Bo‘lajak muhandislarning me’yoriy-metrologik kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy jihatlari

CC BY f
552-555
1
0
Поделиться
Носиров, Д. (2023). Bo‘lajak muhandislarning me’yoriy-metrologik kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy jihatlari. Информатика и инженерные технологии, 1(2), 552–555. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25657
Джахангир Носиров, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана

базовый докторант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Muhandisning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish muammosi, texnologik jarayonlarni rejalashtirish va amalga oshirish, jixozlarni sinash, montaj qilish va sozlash, chiqarilayotgan mahsulot sifatini o‘lchash va nazorat qilish, me’yoriy xujjatlarni muhandislar tomonidan tahlil qilish, ishlab chiqarishini metrologik ta’minoti bilan bog‘liq va chiqarilayotgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi kasbiy masalalar borasida tahliliy xulosalar keltirilgan.


background image

552

BO‘LAJAK MUHANDISLARNING ME’YORIY-METROLOGIK
KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY

JIHATLARI

Nosirov Jahongir Normurot o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali tayanch doktoranti

jakhongir.nosirov@inbox.ru

Annotatsiya:

Muhandisning

kasbiy

kompetensiyalarini

shakllantirish

muammosi, texnologik jarayonlarni rejalashtirish va amalga oshirish, jixozlarni sinash,
montaj qilish va sozlash, chiqarilayotgan mahsulot sifatini o‘lchash va nazorat qilish,
me’yoriy xujjatlarni muhandislar tomonidan tahlil qilish, ishlab chiqarishini
metrologik ta’minoti bilan bog‘liq va chiqarilayotgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi
kasbiy masalalar borasida tahliliy xulosalar keltirilgan.

Tayanch so‘zlar:

Kompetensiya, kasbiy ta’lim, me’yoriy-metrologik

kompetensiya,

me’yoriy-metrologik

xarakter,

kompetentlilik,

loyihalash

konstruktorlik, metrologik ta’minot, aniqlik darajasi, standartlashtirish, konstruktorlik
va texnologik xujjat.

Muhandisning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish muammosi, hozirgi

vaqtda qabul qilinayotgan qarorlar uchun shaxsiy javobgarlikni anglagan professional
mutaxasisga jamiyatning ijtimoiy ehtiyoji bilan bog‘liq ravishda dolzarblashdi. Kasbiy
ta’lim tizimi ushbu muammoga, ta’lim oluvchilarning kasbiy kompetensiyalarini
amalga oshirish yo‘li bilan javob berdi. Uchunchi avlod oliy kasbiy ta’lim federal
davlat ta’lim standartini ishlab chiqishning asosiga, ta’lim mazmunini yangilashning
ijtimoiy-kasbiy birliklari sifatida “kompetensiya” va “kompetentlilik” tushunchalari
chiqadigan kompetentli yondashuv qo‘yilgan.

Bo‘lajak

muhandisning

me’yoriy-metrologik

kompetensiyalarning

komponentlari mavzusini loyihalash maqsadida muhandisning kasbiy faoliyatini
mashinasozlik sanoati misolida bizni qiziqtirgan aniqlikni ta’minlash nuqtai nazaridan
tahlil qilamiz:

-

Berilgan element, uzel, mexanizm uchun aniqlikning optimal darajasini

me’yorlash;

-

Berilgan aniqlik darajasini taminlash texnologiyasi;

-

Erishilgan aniqlik darajasini nazorat qilish uchun ishlab chiqarish jarayonini

metrologik ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish; (1-rasm)
mashinasozlik ishlab chiqarishini konstruktorlik-texnologik ta’minoti yo‘nalishi
bo‘yicha davlat ta’lim standartini tahlil qilamiz.

Standartda muhandis bajarishi mumkin bo‘lgan quyidagi kasbiy faoliyat turlari

ajratib ko‘rsatilgan:

-Loyihalash konstruktorlik;
-Ishlab chiqarish-texnologik;
-Tashkiliy-boshqaruv;
-Ilmiy-boshqaruv;
-Ilmiy-tadqiqotchilik;


background image

553

-Ekspluatatsion.












1-rasm. Mashinasozlik mahsulotini sifatini ta’minlashning strukturaviy (tuzilmaviy)

mantiqiy sxemasi

“Rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilarning lavozim malaka

ma’lumotnomasi” muhandisning lavozim majburiyatlari quyidagicha izohlanadi:
“muhandis … metrologik ta’minot, texnik nazorat va h.k. bo‘yicha ilmiytexnik faoliyat
sohasida … ishlarni bajaradi. Metodik va me’yoriy xujjatlarni, texnik xujjatlarni ishlab
chiqadi. Standartlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok etadi. Texnik
xujjatlarni ekspertizasini amalga oshiradi va jihozlar holati va ekspluatatsiyasi ustidan
kuzatuv va nazoratni amalga oshiradi. O‘rnatilgan talablar, amaldagi me’yor, qoida va
standartlarga rioya etilganligini kuzatadi.
Bilish kerak: ishlab chiqilayotgan va foydalanilayotgan texnik vositalar ishlash
prinsipi, texnik tavsifini; texnik xujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish bo‘yicha
amaldagi standartlar, texnik shartlar, qoidalar va yo‘riqnomalarni…”

Asos sifatida berilgan me’yoriy xujjatlarni muhandis oldida turgan,

standartlashtirish, ishlab chiqarishini metrologik ta’minoti bilan bog‘liq va
chiqarilayotgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi kasbiy masalalarni olamiz.

Qoida tariqasida

loyihalash-konstruktorlik faoliyati

mahsulotlarning eskizi,

texnik, ishchi loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek boshqa, mexanik, texnologik,
ekspluatatsion, iqtisodiy va estetik parametrlarni hisobga olib, boshqa konstruktorlik
va texnologik xujjatlarni ishlab chiqishdan iborat.

Ishlab chiqarish texnologik jarayon

texnologik jarayonlarni rejalashtirish va

amalga oshirish, jixozlarni sinash, montaj qilish va sozlash, chiqarilayotgan mahsulot
sifatini o‘lchash va nazorat qilishdan iborat. Muhandisning kasbiy faoliyatining ushbu
turning dastlabki materiali buyumlar yaratiladigan moddiy resurslar hisoblanadi,
mahsuloti esa – tayyor texnik qurilmalar. Muhandisning funksiyasi (vazifasi) buyumni
ishlab chiqarish tashkil etish va tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqarishdan iborat.

Muha

nd

isn

ing

kas

b

iy

fao

li

yat

i t

u

rl

ar

i

Loyihalash-

konstruktorlik

Ishlab chiqarish

texnologik

Tashkiliy-boshqaruv

Ilmiy tadqiqotchilik

ekspluatatsion

Ishlab chiqarish

jarayonini

aniqligini

me’yorlash va

metrologik taminoti

Mashinasozlik

ishlab chiqarish

mahsuloti sifati


background image

554

Ushbu ishda me’yoriy xujjatlar muhim ro‘l o‘ynaydi, chunki alohida texnologik
jarayonlar xalqaro, davlat standartlari yoki tashkilot standartlarida izohlangan.

Ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati

mashinasozlikning mahsulotlari va yangi

texnologiyalarini ishlab chiqilishini nazarda tutadi, yuqori darajadagi aniqlik bilan
texnik eksperementlarni o‘tkazish, ishonchlilik va takrorlanuvchanlikni nazarda tutadi.
Buning uchun mavjud me’yor va qoidalarni mukammal bilish zarur va ilmiy-texnik
taraqqiyot yutuqlarini hisobga olib va istemolchilarning sifat sohasidagi talablari va
kutishlarini oshirishni hisobga olib yangini yaratish uchun ijodiy tafakkurga ega
bo‘lish zarur.

Ekspluatatsion faoliyat

texnik tuzumlarni ekspluatatsiyasi, buyumlarning

ekspluatatsion xarakteristikalarini o‘lchashning metod va vositalarini tanlash bilan
bog‘liq. Bu holda tayyorlanayotgan mahsulotning erishilgan sifat darajasi haqida
axborotni olish maqsadida o‘lchashlarni bajarish malakasi zarur.

Shunday qilib me’yoriy-metrologik kompetensiyani shakllanishi natijasida

talaba:

1.

Standartlashtirish tizimi asoslarini bilish, o‘zaro almashuvchanlik tamoyillari,

metrologik ta’minot parametrlari va mohiyatini aniqligini me’yorlashni ko‘rsatishi
kerak;

2.

Texnika va texnologiya sohasida zamonaviy yutuqlarni baholash, ushbu

bilimlar kontekstida kasbiy axborotni mustaqil izlash va tahlil qilishni amalga oshira
olishi kerak;

3.

Sanoat mahsulotining sifati va raqobatbardoliligini ta’minlash uchun

me’yoriy hujjatlar talablarining rioya etilishini muhumligini tushunganligini ko‘rsatish
kerak;

4.

Mahsulot sifatini baholash uchun o‘lchash axborotini olish maqsadida kasbiy

bilim va tajriba sintezini amalga oshirishi kerak;

5.

O‘zining bilim va malakalarini shunday tarzda qo‘llash kerakki, yechish

usullarini tanlashni va turli tumanligini nazarda tutuvchi me’yoriy-metrologik
xarakterdagi kasbiy masalalarni yechish uchun qo‘llashi kerak;

6.

Korxonaning strukturaviy bo‘limi darajasida standartlashtirish va metrologik

ta’minot sohasida ishlarni bajarishi natijasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi
kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Nosirov J.N. Noaniqlik konsepsiyasi – o‘lchashlarning sifatini xalqaro tan

olingan mezoni va o‘lchovidir. “Fan va texnika taraqqiyotida intellectual yoshlarning
o‘rni” mavzusidagi yoshlarning Respublika ilmiytexnikaviy anjumani. Tezislar
to‘plami. Тoshkent-2020 y. 137-139 betlar.

2.

Nosirov J.N. Umumkasbiy fanlar bo‘yicha yaratiladigan electron o‘quv

adabiyotlar mazmunini konstruksiyalash texnologiyasi //JizPI XABARNOMASI –
2022 yil 1 (10) son. 71-77.

3.

Nosirovich A.N. et al. CYBERSPACE IN THE REAL WORLD //Journal of

Academic Research and Trends in Educational Sciyences. – 2022. – T. 1. – №. 10. –
S. 410-414.


background image

555

4.

Nosirov

J.

Bo‘lajak

muhandislarning

me’yoriy-metrologik

kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy jihatlari//O‘zMU XABARLARI – 2023
yil 1/6 son. 134-137.

5.

Равен Дж. Компетентность в современном обществе: выявление,

развитие и реализация [Текст] / Дж. Равен. - М., 2002. - 396с.

6.

Сергеев А.Г. Метрология [Текст] / А.Г. Сергеев. - Москва: Логос, 2005.

- 272 с

7.

Марков Н.Н. Метрологическое обеспечение в машиностроении [Текст] /

Н.Н. Марков. - М.: Изд-во «Станкин», 1995. -468 с.

OʻSMIRLARDA DESTRUKTIV XULQ KOʻRINISHLARINI

SHAKLLANISHI

Komilova Aziza Sunnatullaevna

Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Maxmudova Xurshida Mirzabek qizi

Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o’smir yoshdagi o’quvchilarda kuzatiladigan

xulq-atvor ko’rinishlarini shakllanishi, ularni shakllanishiga sabab bo’luvchi omillarni
aniqlash va shuningdek, ularga to’g’ri diagnoz qo’yish va ular bilan korreksiya ishlarini
olib borish usullari haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit soʻzlar:

destruktiv xulq, deviant tur, eros, tanatos, libido, ong va ongsizlik,

jazirama issiq, fazoil nutqiya, fazoil xulqiya, anomiya.


Destruktiv xulq muammosi 20-asrning o‘rtalarida shakllangan. Psixologik

yondoshuv shaxsning og‘ishgan xulqidagi alohida ko‘rinishlarini ijtimoiy-psixologik
tafovutini ajratishga asoslangan. Destruktiv xulq- jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy
xulq ko’rinishlariga zid bo’lgan har qanday muqobil fikrlarni inkor etishga
yo’naltirilgan xulq ko’rinishidir.

Destruktiv xulq 2 asosiy turlarda namoyon bo‘ladi
1. Delinkvent tur —jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy xuquqiy me’yorlarga

qarama qarshi bo‘lgan xatti — harakatlarga xulqning yo‘nalganligi maishiy oilaviy
nizolar, yo‘l transport xodisalari, qo‘pollik

2. Deviant tur —jamiyatda qabul qiliingan axloqiy me’yorlarga qarama —

qarshi xulqiy ko‘rinshlarni namoyon etish [alkogolizm, suitsid narkomaniya] mexr
muxabbatga ega bo‘lmaganligi.

Destruktiv xulq bolalikdagi salbiy emotsional kechinmalar, ota onaning bolaga

nisbatan emotsional sovuqqonligi natijasida zarur vaqtlarda ulardan etarli darajada
mexr muxabbatga ega bo‘lmaganligi, nasliy omillar bo‘lishi ham mumkin. Bundan
tashqari quyidagi sabablar ham aloxida e’tibor talab qiladi:

Psixik sog’lomlik xolati xayot davomida qo‘zg’ovchi omillar ta’sirida o‘zgarib

turishi mumkin

Библиографические ссылки

Nosirov J.N. Noaniqlik konsepsiyasi – o‘lchashlarning sifatini xalqaro tan olingan mezoni va o‘lchovidir. “Fan va texnika taraqqiyotida intellectual yoshlarning o‘rni” mavzusidagi yoshlarning Respublika ilmiytexnikaviy anjumani. Tezislar to‘plami. Тoshkent-2020 y. 137 139 betlar.

Nosirov J.N. Umumkasbiy fanlar bo‘yicha yaratiladigan electron o‘quv adabiyotlar mazmunini konstruksiyalash texnologiyasi //JizPI XABARNOMASI – 2022 yil 1 (10) son. 71-77.

Nosirovich A.N. et al. CYBERSPACE IN THE REAL WORLD //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciyences. – 2022. T. 1. – №. 10. – S. 410-414.

Nosirov J. Bo‘lajak muhandislarning me’yoriy-metrologik kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy jihatlari//O‘zMU XABARLARI – 2023 yil 1/6 son. 134-137.

Равен Дж. Компетентность в современном обществе: выявление, развитие и реализация [Текст] / Дж. Равен. - М., 2002. 396с.

Сергеев А.Г. Метрология [Текст] / А.Г. Сергеев. - Москва: Логос, 2005. - 272 с

Марков Н.Н. Метрологическое обеспечение в машиностроении [Текст] / Н.Н. Марков. - М.: Изд-во «Станкин», 1995. -468 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов