Важные факторы повышения активности студентов высших учебных заведений

CC BY f
210-213
0
0
Поделиться
Садуллаев, Х., & Хамидуллаев, Ш. (2023). Важные факторы повышения активности студентов высших учебных заведений. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 210–213. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25662
Хамидулло Садуллаев, Ферганский политехнический институт

dots.

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida ishga mahkamachilik asosida yondoshishning salbiy oqibatlari tahlil qilinib, o‘qish va o‘rganishda talabalar faolligini oshirishning ayrim qirralari yoritib berilgan.


background image

210

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy

yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori. “Ma’rifat” gazetasi, 2017 yil 27 may, 42-son.

4. Пўлатова Д.Т. Таълим жараёнига электрон ахборот таълим

ресурсларини жорий этишнинг педагогик шарт-шароитлари.// Замонавий
таълим.-Т.: 2015.-№7.-11-16 б.

5. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T.: O‘qituvchi, 1994.
6. Alimova D.A. Tarix fani metodologiyasi. T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy

jamiyati” nashriyoti, 2018.

7. “Xalq ta’limi” jurnali. 2017 yil №5-son.
8. Qodirov P. Amir Temur siymosi. T.: O‘zbekiston, 2007.
9. Bozorboevich R. K. The Ethnic Structure of the Population of the Bukhara

Emirate //International Journal on Integrated Education. – T. 4. – №. 12. – S. 8-12.

10. Bozorboevich R. K. Political and administrative structure of the emirate of

bukhara in the late xix and early xx centuries on the population and ethnotoponyms
//current research journal of history (2767-472X). – 2022. – T. 3. – №. 04. – S. 48-54.

11. Khaydarov S.A. Pedagogic and didactic possibilities of using.

International

Journal of Psychosocial Rehabilitation.

2020/Volume 24 Issue 8. Page 1475- 1479.

(2020.15.03)

12. Юлдошев И.А. Ўқувчилар мустақил таълимини ташкил этишда мобил

технологиялардан фойдаланиш.// Замонавий таълим.-Т.: 2017.-№12.-65-70 б.


OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARI FAOLLIGINI

OSHIRISHNING MUHIM OMILLARI

dots. Sadullayev Hamidullo Mansurovich,

Hamidullayev Shoxjahon Hamdam o‘g‘li

Farg‘ona politexnika instituti

sadullayev.ferpi@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida ishga mahkamachilik

asosida yondoshishning salbiy oqibatlari tahlil qilinib, o‘qish va o‘rganishda talabalar
faolligini oshirishning ayrim qirralari yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

professional jasorat, byurokratik yondashuv, pedagogik faoliyat,

salbiy omillar, o‘quv materialini tanlash, o‘qishga havas muhiti.


Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ko‘plab yutiqlar orasida

professional jasorat ta’lim berishdagi eng jiddiy va eng mushkul masalalarni hal etish
kalitini topish harakati qayta jonlantirilishi o‘z dolzabligini yo‘qotgani yo‘q.

Oliy ta’lim muassasalari talabalarida o‘qishga qiziqish, faollik, mustaqil fikrlash

kabi xislatlarni tarbiyalash, ularning ta’lim olishdagi faolliklariga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadigan omillarni tadqiq etish va to‘g‘ri xulosalar, tavsiyalar ishlab chiqish uchun
ham professional jasorat talab etiladi.


background image

211

Ta’lim – tarbiya jarayoniga mahkamachilik turli cheklashlar, byurokratik

yondashuvlarning o‘rnashib olishi davlat, xalq manfatlariga xizmat qilmaydi.
Jamiyatning beg‘amlikka, xotirjamlikka va rasmiyatchilikka qarshi kurash olib
borilayotgan hozirgi sharoitda bu ayniqsa muhim.

Bunda asosiy maqsad – ko‘plab pedagogik faoliyat ustalarining, professor –

o‘qituvchilarning progressiv, zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan hamohang
tajribalari, yangi xulosalari, interfaol usullarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalari bilan
o‘qitish amaliyotini boyituvchi, yangicha yondashish va konsepsiyalarga yo‘l ochib
beruvchi tajribalarni umumlashtirish, tahlil qilib berishdir.

Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ko‘plab

qarorlar qabul qilinmoqda, o‘qish va ishlash uchun shart-sharoitlar yaxshilanmoqda.
Lekin, ta’lim sifatining yaxshilanib borayotganligi yaxshi ko‘zga tashlanmayapti.

Albatta, kompyuterlashtirish, texnik vositalardan, axborot – kommunikatsion

texnologiyalardan foydalanish, xorijiy tillarni o‘rganish borasida yutuqlar salmoqli.
Hozirgi har bir auditoriya, kabinetlar, laboratoriyalarga ham video kameralar
o‘rnatilgan. O‘quv jarayoni doimiy kuzatuv ostiga olingan. Iqtidorli talabalar bor,
“elita” guruhlari ham tashkil etilgan. Ularda darslar xorijiy tillarda olib borilmoqda. Bu
ishlar o‘zining ijobiy natijasini berishi kerak.

Yaratib berilayotgan bunday sharoitda natijalar yanada yaxshi bo‘lishi kerak edi.

Lekin amalda, afsuski bunday bo‘lmayapti. Chunki, oliy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir
etayotgan ayrim omillar mavjud bo‘lib, ular bartaraf etilmaguncha kutilayotgan
natijalarga erishish qiyin.

Ta’lim beruvchilarda o‘quv yuklamasining ko‘pligi emas, balki bu yuklamani

to‘laqonli, sifatli bajarish uchun vaqtning yetishmasligi ham bir muammo. Odatda,
professor – o‘qituvchilar kuniga o‘rtacha 8 soat ishda bo‘lishadi. Shundan 3 – 4 soati
to‘g‘ridan – to‘g‘ri ta’lim – tarbiya bilan bog‘liq bo‘lmagan behuda ishlar – rejalar,
tadbirlar, “yo‘l xaritalari”, dasturlar majmualar tuzish, yuqoridan beriladigan joriy
topshiriqlar (modemogrammalar, buyruqlar, bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash,
jadvallar to‘ldirish, bayonnomalar, hisobotlar tuzish va sh.o‘) ijrosini ta’minlash,
talabalar davomatini jurnallarga belgilash va “Hemis” dasturiga qayd qilish kabi
ko‘plab behuda ishlarga sarf bo‘layotgani ham sir emas.

Oddiy davomatni belgilash uchun auditoriyadagi 100-150 nafar talabaning

ro‘yxat bo‘yicha familiyasini o‘qish, uni ko‘z bilan ko‘rib, jurnalga
rasmiylashtirishning o‘zi 10-15 minut dars vaqtning bekor sarflanishiga olib kelayapti.
Buni shu kuniyoq soat 24

00

gacha “Hemis” dasturiga kiritish uchun ham yana 10-15

minut vaqt sarflanadi. Bir kunda o‘rtacha 2-3 juftlikda dars o‘tilganda shu
rasmiyatchilik uchungina 1-1,5 soat vaqt yo‘qotiladi.

Bugungi kunda, XXI asrda davomatni qayd etishning boshqa imkoni yo‘qmi?

Ta’lim muassasalariga kirish joylariga “Turniket” tizimlarini joriy etish mumkin
emasmi?

Oliy ta’limda reyting uchun kurash avjida. Aslida, ta’lim muassasasi obro‘-

e’tibori avvalo dars jarayonida vujudga keltiriladi. Kelajakda har tomonlama barkamol,
yetuk mutaxassislar “Hemis” dasturida emas, auditoriyalarda, laboratoriyalarda, ishlab
chiqarish korxonalarida o‘tkaziladigan amaliyotlar davomida, kurs ishlari, loyihalari,
bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va himoya qilish jarayonlarida shakllantiriladi.


background image

212

Tarbiya daqiqalari darsda odatdagi ishlarga: o‘qituvchining savollari, talabaning

javoblari, yoki aksincha, o‘qituvchining harakatlari talabalarning harakatlariga
chirmashib boradi.

Talabalardagi

tirishqoqlik,

qiziquvchanlik

o‘tini,

yangi

bilimlarni

o‘zlashtirishga chanqoqlikni asrashimiz kerak.

O‘qishdagi muvaffaqiyat quvonchli, talabaning faxr tuyg‘usi shu o‘tni

oziqlantiruvchi manba sanaladi. Chunki talabaning o‘qishi – uning asosiy mehnati.
Afsuski, shuncha qarorlar qabul qilinayotganiga qaramasdan qog‘ozbozlik
kamaymayapti, aksincha endi turli xujjatlar, ma’lumotlar, hisobotlarning ham qog‘oz,
ham elektron varinatlari talab etilishi oddiy hol bo‘lib qoldi.

Shubhasiz, darsga bo‘lgan qiziqish o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialining

qanday tanlanishiga ham bog‘liq.

O‘qitilayotgn fan mavzusini yoritishda yordam beradigan, talabalarni hayajonga

solgan kundalik turmushning eng xilma – xil muammolari: do‘stlik va o‘rtoqlik haqida,
mehnatga, atrofdagi odamlarga, tabiatga, institut (universitet), mamlakat hayotidagi
voqea – hodisalarga bo‘lgan munosabat to‘g‘risida gaplashib olish, fikr yuritish
mumkin bo‘lishi uchun o‘quv materiali qiziqarli, jonli va rang – barang bo‘lmog‘i
lozim. Har bir darsni qiziqarli o‘tkazish uchun esa o‘qituvchining unga tayyorlanishga
yetarli vaqti bo‘lishi kerak.

Oliy ta’limda birinchi kundan boshlab erkinlik, havas muhiti hukmron

bo‘lishini, ta’minlash talabalar astoydil berilib o‘qishlari uchun rag‘batlash usullarini
qo‘llay bilish kerak bo‘ladi.

Behuda, samarasiz mehnat kattalar uchun ko‘ngilga uradigan, miyani

o‘tmaslashtiradigan, mazmunsiz mehnatga aylanishini e’tiborga olib jarayonlarini
bilmaslikdan bilishga, qo‘lidan kelmaslikdan udda qila olishga, yutuqlar quvonchini
his eta olishga imkon beruvchi shart – sharoitlarni yaratishga yo‘naltirish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.

Agar talabaning sarflagan kuch – g‘ayratlari muvaffaqiyat keltirmasa, uning o‘z

imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchi yo‘qola boshlaydi. Doimiy muvaffaqiyatsizliklar
o‘qishga bo‘lgan havasni so‘ndiradi: nima keragi bor, baribir hech narsa chiqmaydi,
degan kayfiyati paydo qiladi.

Shu sababli, professor – o‘qituvchilar yaxshi o‘qiy olmayotgan talabalarni

qo‘llab – quvvatlashga, uning ko‘nglini ko‘tarishga, dalda berishga, hatto ilgari
bosilgan arzimas qadam uchun ham maqtashga e’tibor berishlari foydali bo‘ladi.

Shunday qilib, oliy ta’lim – tarbiyada muvaffaqiyatlar uchun kurashish – bu

ortiqcha rasmiyatchiliklardan uzoqlashish, qog‘ozbozlikdan voz kechish, butun bilim,
tajriba va imkoniyatlarni asosan yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash uchun talabalarni
o‘qishga rag‘batlantirish, dars mashg‘ulotlarini qiziqarli va jozibador tarzda tashkil
qilish va o‘tkazish, har bir talabaing o‘z imkoniyatlariga ishonishga yordam berish,
uyushqoqlik, mustaqillik, mas’uliyatlilik, mehnat intizomini tarbiyalash ekanligini
to‘g‘ri tushunish demakdir.





background image

213

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Sadullaev, X., Tojiyev, R., & Mamarizaev, I. (2021). Experience of training

bachelor-specialist mechanics. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy
jurnali, 1(5), 116-121.

2. Sadullaev, X., Alimatov, B., & Mamarizaev, I. (2021). Development and

research of a high-efficient extraction plant and prospects for industrial application of
extractors with pneumatic mixing of liquids. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn
ilmiy jurnali, 1(5), 107-115.


INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INTERFAOL USULDAGI

DARSLARNI TASHKIL ETISH

Quybakov Xurshid Raxmatullayevich

Samarqand davlat universiteti akademik litseyi

xquybaqov@gmail.com

Annotatsiya:

Maqola umumta’lim maktablari va akademik litseylarda fizika

fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar asosida interfaol usullarni dars
mashg’ulotlarida qo’llash masalalariga bag‘ishlangan. Fizika fanining o‘qitish sifatini
yaxshilashda innovatsion texnologiyalarni dars jarayonida samarali qo’llashda
o‘qituvchining bilim va mahoratiga, eng muhimi o‘quvchining bilim olish
motivatsiyasiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar:

umumta’lim maktabi, akademik litsey, fizika, zamonaviy

innovatsion texnologiyalar, kasbiy mahorat, motivatsiya.


Hozirgi zamon darsiga juda katta talablar qo‘yilmoqda. Ulardan biri har bir

darsda o‘tiladigan mavzuni ilmiy asoslangan bo‘lishidir, ya’ni darsdan ko‘zlangan
maqsad hamda o‘quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash,
uning murakkabligini aniqlash, avvalgi o‘rganilgan mavzu bilan bog‘lash,
o‘quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash,
darsda kerak bo‘ladigan jihozlarni belgilash, qo‘shimcha axborot texnologiya
(kompyuter)laridan foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni yaratish
hisoblanadi.

Ta’limda yuqori samaradorlikka erishish uchun o‘qitishning noan’anaviy

metodlaridan, ya’ni zamonaviy pedagogik texnalogiyaning turli elementlaridan dars
mavzusiga mos ravishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu murakkab va uzoq
muddat davom etadigan jarayon bo‘lib, o‘qituvchining mashaqqatli mehnat bilan
mahorat pillapoyalarini bosqichma-bosqich egallashi, yuksak pedagog darajasiga
ko‘tarilishidir.

Yuqori ko‘rsatkichga erishishni maqsad qilgan o‘qituvchi, avvalo har bir darsga

ijobiy yondashishi, darsni loyihalashda ko‘zda tutilgan barcha bosqichlarni erkin
amalga oshira oladigan mahoratga ega bo‘lishi kerak. Kasbiy mahorat esa o‘qituvchi
shaxsidagi tabiiy imkoniyatlar, pedagogik-psixologik iqtidor, o‘z ishiga mas’uliyat

Библиографические ссылки

Sadullaev, X., Tojiyev, R., & Mamarizaev, I. (2021). Experience of training bachelor-specialist mechanics. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 1(5), 116-121.

Sadullaev, X., Alimatov, B., & Mamarizaev, I. (2021). Development and research of a high-efficient extraction plant and prospects for industrial application of extractors with pneumatic mixing of liquids. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 1(5), 107-115.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов