Роль коммуникативных отношений в формировании отношения студентов к образованию

CC BY f
292-296
0
0
Поделиться
Джуманов, Ш. (2023). Роль коммуникативных отношений в формировании отношения студентов к образованию. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 292–296. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25709
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida talabalarni ta’lim jarayoniga moslashishi, talim jarayonida faolligini oshirishda kommunikativ munosabatlarning roli va o‘rni yoritiladi. Maqoladan bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ qobiliyatni shakllantirishni takomillantirish muammosi bilan shug‘ullanuvchilar foydalanish mumkin.

Похожие статьи


background image

292

2.

Информатика 7-9 И.Н. Цыбуля, Л. А. Сымыкбаева, А. А. Беляев, Н.

Н. Осипова, У. Э. Мамбетакунов Бишкек Б.: «Сорос- Кыргызстан» Фонду, 2020
- 208 бет.

3.

Роберт И.В. Уч. курс «Современные информационные и

коммуникационные технологии в образовании» // Информатика и образование.
– 1998. - №

4.

Министерство образования и науки Кыргызской Республики,

Методическое пособие по внедрению цифрового образования в систему
образования Кыргызской Республики, Бишкек 2020.

5.

2021-2040-жылдары Кыргыз Республикасында билим берүүнү

өнүктүрүү программасы-

http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ky-kg/158227

6.

Курманалиева А. О. Болочок инженерлердин креативдүүлүгүн

маалыматтык

технологияларды

колдонуу

менен

калыптандыруунун

дидактикалык

негиздери

(п.и.д.,

Сияевдин

жетекчилигинде)-2019.

http://arabaev.kg/dp.kg/img/1496309467_%20%D0%9A%D1%83%D1%80%D0%B
C%D0%B0%D0%BD%D0%B0%D0%BB%D0%B8%D0%B5%D0%B2%D0%B0%
20%D0%90..pdf

7.

Шолохович В.Ф. Дидактические основы информационных

технологий обучения в образовательных учреждениях: Дис. … д-ра пед. наук. –
Екатеринбург, 1995. – 364 с.


TA’LIM OLUVCHILARNI TA’LIMGA BO‘LGAN MUNOSABATINI

SHAKLLANISHIDA KOMMUNIKATIV MUNOSABATLARNING O‘RNI

Djumanov Sherali Zakirovich

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

sherali.zhumanov.83@bk.ru

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida talabalarni ta’lim jarayoniga

moslashishi, talim jarayonida faolligini oshirishda kommunikativ munosabatlarning
roli va o‘rni yoritiladi. Maqoladan bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ
qobiliyatni shakllantirishni takomillantirish muammosi bilan shug‘ullanuvchilar
foydalanish mumkin.

Kalit so‘zlar:

Ta’lim-tarbiya jarayoni, ustoz va shogird faoliyati, shakllantirish,

shaxsiy muvaffaqiyat, tarkib toptirish, diskommunikatsiya, omillar, xushomad qilish
usuli, ijtimoiy yaqinlik.

Mavzuning

dolzarbligi:

ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarni mustakil

fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bulib, dunyo miqyosida
o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan kadr bo‘lib kamol topishi,
pedagogika sirlarini o‘rganishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorlab
borish masalasi asosiy muammolar tariqasida ta’lim jarayonida asosiy vazifa bo‘lib
kelgan.


background image

293

Pedagog kishilar bilan normal munosabatlarni o‘rnata olmaslik, ayniqsa,

pedagogik sohasida o‘quvchilar va uning ichki kechinmalari va o‘ziga bo‘lgan
munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ
o‘quvsizlik yoki diskommunikatsiya holatini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham
talabalarni kommunikativ bilimdonlikka o‘rgatish, ularda zarur kommunikativ
malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir ziyoli kishi boshqalar
bilan hamqorlik qilish mahorati va san’atiga ega bo‘lishi kerak. Bu vazifa odamlarni
muomala va muloqot etikasiga o‘rgatishni har qachongidan dolzarb qilib ko‘ymoqda.

Ushbu muammo ta’lim jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchilar hamkorligining

turli jihatlari haqida sharq mutafakkirlarining asarlarida ham qimmatli ma’lumotlar
uchraydi. Jumladan, Forobiyning o‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etish, ustoz va
shogird faoliyati haqida shaxsga qo‘yiladigan talablar, insonlar jamoasidagi o‘zaro
hamjihatlik, yordam, inson kamolati va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni
to‘g‘risidagi g‘oyalari hozirgi o‘quv-tarbiya jarayonlarini takomillashtirishda, ustoz va
shogird hamkorlik munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda, yoshlarda kasbiy va
shaxsiy fazilatlarning shakllanishida g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.

Ibn Sino (980-1037) “Tib qonunlari” asarida o‘quv tarbiya jarayoni yagona

jarayon ekanligini ta’kidlab, bolani olti yoshdan boshlab muallimga topshirish
xususida fikr yuritadi. Ta’limda o‘qitish oddiylikdan murakkablikka qarab borish
qoidasiga amal qilish, shuningdek, bolaga kuchi etadigan (jismoniy va psixologik
imkoniyatlariga mos) mashqlarni bajartirish amali bu jarayonda katta ahamiyat kasb
etishini ta’kidlaydi.

Muallif bolalarni yakka-yakka o‘qitishdan ko‘ra, jamoada ta’lim tarbiya berish,

o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish afzal ekanligini
e’tirof etadi. Allomaning fikricha, jamoada o‘qitilganida ularda ilmga intiluvchanlik
kuchayadi, boshqalardan orqada qolishga g‘ururi yo‘l qo‘ymaydi. O‘zaro hamkorlik
ular nutqining o‘sishida, fikrining charxlanishida, xotirasining mustahkamlanishida
muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar bir-birlari bilan inoqlashadilar,
o‘zaro hurmat qilishga odatlanadilar, munozara qilishni o‘rganib, o‘zaro
musobaqalashadilar, o‘zlarining xulq va burchlari haqida fikr almashadilar. Ana
shunday qoidalarga asoslangan o‘quv-tarbiya jarayonigina yoshlarning aqliy va
axloqiy kamolotini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Ibn Sino hamkorlikning mohiyati haqida mulohaza yuritib shunday deydi: “Inson

o‘z faoliyatida nimagaki erishsa, u faqat o‘z mehnati bilan amalga oshira olmaydi,
ularni yaratish uchun boshqalar ham ishtirok etishi kerak yoki jamoa yordam berishi
lozim. Buning uchun jamoa a’zolari o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lishlari kerak.
Yaxshilik odamlarni inoqlikka, yomonlik esa kelishmovchilikka olib boradi. Aniq
maqsad bilan harakat qilish insonni va jamoani yomondan saqlaydi, yaxshi ishlar
qilishga yo‘llaydi, unda ishonch tuyg‘usini uyg‘otadi”.

Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, sharq mutufakkirlarining hayotiy

kuzatishlari va g‘oyalari nafaqat o‘z davrida ta’lim-tarbiya sohasini rivojiga, balki
hozirgi kunda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotning

maqsadi:

zamonaviy

o‘qituvchi pedagogik

faoliyatda

kommunikativ munosabatlar usullaridan to‘g‘ri foydalanib, o‘quvchilar ongiga
quyidagicha ta’sir etsa, o‘quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida ruhan kuchli bo‘ladi.


background image

294

Ularning bu darajada bo‘lishlariga o‘qituvchining kommunikativ munosabatniga
bog‘liq.

Tadqiqot usullari:

har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat

kerak. Pedagogik qobiliyat sog‘lom o‘qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori,
o‘rtacha va past darajada bo‘lishi mumkin.

Pedagogik faoliyatda kommunikativ munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish

uchun o‘qituvchi:

o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi;

munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi;

bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘rnatish;

munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni pedagogik talablar asosida oqilona

boshqarish;

munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi lozim.

O‘qituvchi tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi o‘quvchilarni o‘zi uchun hamisha

tarbiya ob’ekti deb hisoblashi kerak. Biroq tarbiyalanuvchi o‘qituvchi-o‘quvchi bilan
erkin va ongli munosabatda bo‘lishga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar samarali
xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy faoliyatning kommunikativ munosabatlar jarayonida
o‘ziga xos qator qoidalari ham mavjud bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarga pedagogik
ta’sir ko‘rsatishda ushbu qoidalarni mukammal bilishi lozim.

Pedagogik muloqotda ilhomlantiruvchi pedagogik ta’sirlar

Muloqot

usullari

Muloqotning mazmun-

mohiyati

Muloqot ta’sirining maqsad-

vazifalari

1

Munosabatlar

oynasi

Munosabatlar oynas
usulining mazmuni
pedagogik jarayonda
o‘quvchilarga ta’sir
ko‘rsatish.

Muloqot

jarayonida

o‘qituvchi

o‘quvchiga

“Men

-

sizning

do‘stingizman!” degan belgini va
signalni o‘tkazish. Do‘st esa insonni
kerakli

paytda

himoya

qiladi.

Himoyalanishga

bo‘lgan

ehtiyojning qondirilishi har qanday
shaxsda ijobiy hissiy holat vujudga
keltiradi. Sizda bunday ijobiy hissiy
holatni vujudga keltirgan insonga
nisbatan moyillik shakllanadi.

2 Ismi bilan atash O‘quvchiga ismi bilan

murojaat qilish va uning
shaxsga bo‘lgan
e’tiborini tortish

Har qanday inson o‘z ismi orqali o‘z
shaxsini namoyon qiladi, uning ismi
unga uning ichki kiyimi kabi yaqin
ham deyishadi. O‘quvchiga ismi
bilan murojaat qilish va o‘quvchida
o‘z shaxsini namoyon qila olish
ehtiyojining

qondirish

hamda

o‘quvchida ijobiy hissiy kechinmani
vujudga keltirish.

3 Oltinga teng

so‘zlar

O‘quvchidagi

ijobiy

sifatlarni ko‘ra olish va

Kompliment quyidagi shakllarda
amalga

oshirilishi

mumkin:


background image

295

(kompliment),
xushomad
qilish usuli

bir oz bo‘lsa ham
o‘quvchini

ijobiy

hislatlarini bo‘rttirishga
qaratiladi.

to‘g‘ridan-to‘g‘ri

o‘quvchiga

murojaat

qilib,

undagi

ijobiy

sifatlarni

aytish

orqali,

“solishtirish”, ya’ni adabiyotlardagi
ijobiy qahramonlar bilan solishtirish
yordamida,

“ikki

tomonlama

kompliment”

-

suhbatdoshning

o‘g‘li va qizi to‘g‘risida iliq
fikrlarni

bildirish

chog‘ida,

suhbatdosh

haqida

iliq

fikrlar

bildirish

orqali

muloqotda

o‘qituvchi o‘quvchida suhbatga
moyillikni vujudga keltirish, unda
o‘z navbatida kompliment hosil
qilish,

yaxshi

munosabatni

mustahkamlash,

berilgan

ko‘rsatmani bajarishga undash,
muvaffaqiyatga

undovchi

turtki

berish,

muvaffaqiyatsizlikdan

saqlovchi motivlar hosil qilish,
suhbatdoshninig

moslashishga

yordam berish kabi bir qator
psixologik vazifalar kuzatiladi.

4 Sabr - toqatli

tinglovchi
bo‘lish usuli

O‘qituvchi o‘quvchini
suhbatda sabr-toqat va
e’tibor bilan tinglashdan
iborat

Bunda o‘quvchi o‘z fikrini to‘liq
ayta olish ehtiyojining qondirilishi
va shu bilan bog‘liq ravishda ijobiy
hissiy holatning vujudga kelishi
amalga oshadi.


Xulosa:

demak, tinglash madaniyati muloqot jarayonining samarali bo‘lishida

muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun talabalarni diqqat bilan tinglashimiz, unda o‘z-
o‘ziga hurmatni tarbiyalashimiz, uni ilhomlantirishimiz va ruhlantirishimiz orqali
ta’lim samaradorligini oshirishga erishamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Djumanov Sh.Z. Talabalarda kommunikativ qobiliyatlarni shakllantirish

texnologiyalari // Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari. Xalqaro
miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman materiallari toʻplami – Jizzax: OʻzMU Jizzax filiali,
2022-yil 14-15-oktyabr. 522-bet.

2.

Djumanov Sh.Z.

Talabalarni kommunikativ qobiliyatlarini shakllantirish va

kasbiy

muomala

jarayoniga

tayyorlash.

Ўзбекистонда

психологияни

ривожлантириш муаммолари: назария ва амалиёт уйғунлиги

, 112-115.

3.

G‘oziyev.E.G‘. Muomala psixologiyasi. - Toshkent: Universitet, 2001. - 140

b.


background image

296

4.

Karimova V.M., Akramova F.A., Ochilova G.O., Musaxanova G.M.

Pedagogika psixologiya. O‘quv qo‘llanma – T-: TDIU, 2010 - 393 b.

5.

To‘raqulova I.X. Talabalarning ma’naviy – immuniologik tarbiyasini

takomillashtirish texnologiyalari. Ped.fan.nom. …diss. – T.: 2011 - 52 b.

6.

Zakirovich, Djumanov Sherali. "TALABALARDA KOMMUNIKATIV

QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI."

International

Journal of Contemporary Scientific and Technical Research

(2022): 543-545.

7.

Zunnunov A. O‘zbek pedagogikasi tarixi.- Toshkent: O‘qituvchi , 1997. – 272

b.

8.

Джуманов, Ш., & Холикулова, С. (2022). Талабаларда коммуникатив

қобилиятларни шакллантириш имкониятлари.

Современные инновационные

исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и
перспективы

,

1

(1), 513-515.


RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BO‘LAJAK

ENERGETIKLARNING KASBIY MAHORATINI OSHIRISH

KONSEPSIYASI

Hafizov Erkin Alimboy o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bo‘lajak energetik muhandislarni raqamli

texnalogiyalar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini rivojlantirishi haqida
so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

kasbiy, raqamli, muhandis, texnalogiya, konsepsiya.

Bugungi kunda mamlakatimizda zamon talablari asosida ta’lim jarayonini

tashkil etish, jumladan, texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalari elektr energetikasi
sohasi boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bu esa Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha harakatlar
strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim
xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos
yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim va oʻqitish sifatini baholashning xalqaro
standartlarini joriy etish” vazifasi belgilanganligida oʻz aksini topadi. Bularni amalga
oshirishda boʻlajak energetik muhandislar kasbiy kompetentligini rivojlantirish
boʻyicha kasbiy faoliyat obyektlariga mos oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, ularni
innovatsion sharoitlarga mos ravishda kasbga tayyorlash metodikalari va didaktik
ta’minotini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda sanoatning
barcha tarmoqlarida shu jumladan, ishlab chiqarish korxonalari uchun texnika
yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalaridagi energetik muhandislarni tayyorlashda
mutaxassislik fanlarini samarali o‘rgatishga katta e’tibor qaratilmoqda[1].

Zamonaviy sharoitda energetik muhandislar uchun raqamli texnologiyalar

konstruktiv vosita hisoblanib, energetik muhandislarning kasbiy mahoratini oshirish
va kelajakda funktsional vazifalarni bajarishga moslashishlarida asosiy ish qurol

Библиографические ссылки

Djumanov Sh.Z. Talabalarda kommunikativ qobiliyatlarni shakllantirish texnologiyalari // Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari. Xalqaro miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman materiallari toʻplami – Jizzax: OʻzMU Jizzax filiali, 2022-yil 14-15-oktyabr. 522-bet.

Djumanov Sh.Z. Talabalarni kommunikativ qobiliyatlarini shakllantirish va kasbiy muomala jarayoniga tayyorlash. Ўзбекистонда психологияни ривожлантириш муаммолари: назария ва амалиёт уйғунлиги, 112-115.

G‘oziyev.E.G‘. Muomala psixologiyasi. - Toshkent: Universitet, 2001. - 140 b.

Karimova V.M., Akramova F.A., Ochilova G.O., Musaxanova G.M. Pedagogika psixologiya. O‘quv qo‘llanma – T-: TDIU, 2010 - 393 b.

To‘raqulova I.X. Talabalarning ma’naviy – immuniologik tarbiyasini takomillashtirish texnologiyalari. Ped.fan.nom. …diss. – T.: 2011 - 52 b.

Zakirovich, Djumanov Sherali. "TALABALARDA KOMMUNIKATIV QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2022): 543-545.

Zunnunov A. O‘zbek pedagogikasi tarixi.- Toshkent: O‘qituvchi , 1997. – 272 b.

Джуманов, Ш., & Холикулова, С. (2022). Талабаларда коммуникатив қобилиятларни шакллантириш имкониятлари. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 513-515.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов