Роль психологических процессов и умений в самосознании человека

CC BY f
383-388
1
0
Поделиться
Эркинбоева, Х., & Отамуродов , Р. (2023). Роль психологических процессов и умений в самосознании человека. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 383–388. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25768
Холида Эркинбоева, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека Джизакский филиал

magistrant

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Insoniyat paydo bo‘lganidan buyon to hozirgi kungacha insonni o‘zi haqidagi masalalar qiziqtirib kelgan. Inson aslida kim ekanligi, qanday paydo bo‘ganligi, qay tariqa yashaganligi va qay tartibda yashashlari kerak ekanligi va boshqa mavzular haqida turli xil tortishuvlar va savollar paydo bo‘lgan. Ushbu maqolada o‘zlikni anglash bo‘yicha ma’lumot batafsil yoritib o‘tilgan.

Похожие статьи


background image

383

2.

Jääskelä, P., Häkkinen, P., & Rasku-Puttonen, H. (2017). Teacher Beliefs

Regarding Learning, Pedagogy, and the Use of Technology in Higher Education.
Journal of Research on Technology in Education, 49, 198 - 211.

3.

Valeriyevna, Izbullayeva. (2023). MUTAXASSISLIKKA KIRISH 1-qism.

4.

Botirovna, O. S. (2022). THE IMPORTANCE OF CRITICAL READING

FOR ACADEMIC PURPOSE OF THE LANGUAGE WITH ANALYZING PISA
TESTS.

Galaxy International Interdisciplinary Research Journal

,

10

(11), 14-18.

5.

Faxriddinovna, J. F. (2023). BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARDA

HUQUQIY ONGNI SHAKLLANTIRISHDA OQUV LOYIHA METODIDAN
FOYDALANISHNING

AHAMIYATI

VA

DOLZARBLIGI.

PEDAGOGS

jurnali

,

1

(1), 184-184.


SHAXSNI O‘ZINI-O‘ZI ANGLASHDA PSIXOLOGIK JARAYONLAR VA

KO‘NIKMALARNING O‘RNI

Erkinboyeva Xolida Shavkat qizi

O‘zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali magistranti

Otamurodov Rustam Uktamovich

O‘zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali

xolidaerkinboyeva4@gmail.com

Annotatsiya:

Insoniyat paydo bo‘lganidan buyon to hozirgi kungacha insonni

o‘zi haqidagi masalalar qiziqtirib kelgan. Inson aslida kim ekanligi, qanday paydo
bo‘ganligi, qay tariqa yashaganligi va qay tartibda yashashlari kerak ekanligi va boshqa
mavzular haqida turli xil tortishuvlar va savollar paydo bo‘lgan. Ushbu maqolada
o‘zlikni anglash bo‘yicha ma’lumot batafsil yoritib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

real, ideal Men, dinamik Men, xayoliy Men,

o‘zini anglash,

«Men-konsepsiyasi».


Ijtimoiy munosabatlar tizimida odamlar bilan o‘zaro muloqotga kirishgandan

so‘ng inson o‘zini atrofdagi muhitdan ajratadi, o‘zidagi jismoniy va ruhiy holatlar,
harakatlar va jarayonlarning sub’ekti sifatida his etadi, shaxsan o‘zi
uchun «boshqalar» qarshisida turgan, shu bilan birga, ularga bevosita bog‘liq bo‘lgan
«Men» sifatida namoyon bo‘ladi. Merriyam-Vebster lug‘atiga binoan, o‘z o‘zini
anglash tushunchasi – «o‘ziga tegishli bo‘lgan va undan kelib chiqadigan harakatlar
yoki holatlarni anglash» deb ta’riflanadi. O‘z–o‘zini anglashning psixologik
xususiyatatlari ijtimoiy psixologiya fanida o‘z – o‘zini anglash, ahloqiy o‘z–o‘zini
anglash ijtimoiy-ruhiy hodisa, jarayon sifatida alohida ilmiy nuqtai nazardan to‘liq
o‘rganilmaganligi tufayli uni tahlil qilish ahloq, milliy xarakter, milliy ma’naviyat va
qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog‘liq ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu
kategoriyalarni o‘ziga xos tarzda yoritish psixologiya fanining asosiy tushunchasi
hisoblanmish shaxsni yaqqol anglash, uning guruh (jamoa)dagi roli, shaxslararo
munosabatdagi ahamiyatini o‘rganish imkoniyatini yaratadi. XX va XXI asr
psixologiya fanida ushbu masalaning ijtimoiy – psixologik tabiatini tushuntirishda ikki


background image

384

xil qarash va yondashuv vujudga kelgan bo‘lib, ular o‘zaro bir – biridan keskin
darajada tavofutlanib turadi. Birinchi yondashuv talqinicha o‘z –o‘zini anglash – bu
o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan ongning aynan o‘zidir. Mazkur talqin rus psixologiyasida
keng tarqalgan bo‘lib, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, V.V.Stolin va ularning shogirdlari
tomonidan tadqiq qilib kelinadi. Ikkinchi yondashuv mohiyati S.L. Rubinshteynning
Ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan. Birinchi yondashuvning namoyondalari talqinida
o‘z–o‘zini anglash: L.S. Vigotskiyning shaxsiy fikricha, o‘z–o‘zini anglash turli xil
ma’nolar orasida birlikni (umumiylikni) vujudga keltiruvchi jarayon sifatida va
o‘zlashtirilgan ong tariqasida namoyon bo‘ladi. A.N. Leontev talqiniga qaraganda,
individual ongdagi mohiyat bilan mazmun o‘rtasidagi ziddiyat o‘zini – o‘zi
anglashning sababchisidir. V.V. Stolinning ta’kidlashicha, o‘zini – o‘zi anglashning
asosida “Men” likning mazmuni va mohiyati o‘rtasidagi ziddiyat yotadi. Ikkinchi
yo‘nalish asoschisi S.L. Rubinshteyn tadqiqotlariga asoslanib, biz o‘z – o‘zini anglash
muammosini tadqiq etishga e’tibor qaratamiz, eng avvalo, uning subektiga, ya’ni shaxs
(individ)ga qaratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Boshqacha so‘z bilan
aytganda, o‘z – o‘zini anglashni shakllantirishning manbai ong va undagi ziddiyat
bo‘lmasdan, balki insonning ijtimoiy muhitda tarkib topishi hamda rivojlanishi
sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus holdagi (vaziyatdagi) obektiv shart – sharoitlari
sifatida odamlarning hayoti, umumiy yashash sharoiti yotadi, — deb yozadi S.L.
Rubinshteyn. Insonning o‘z – o‘zini anglash jarayonidagi subektligi bilan amalga
oshirishga mo‘ljallangan aloqasining shakllanishi va oqibat natijada yuzaga keladigan
yangi sifatiy holat undagi oldingi ichki ziddiyatlardan tamoman forig‘ ekanligini
bildiradi. Demak, bu ilmiy yondashuvda o‘z–o‘zini anglashning uzluksiz ruhiy jarayon
sifatida funksiyalashuvi insonning boshqa odamlar to‘g‘risidagi tasavvurlari va
ularning unga nisbatan munosabatlari o‘rtasidagi ziddiyat bilan belgilanadi. Odatda
inson o‘zi haqida fikr yuritar ekan, albatta, u o‘zining boshqa odamlar bilan kechadigan
o‘zaro munosabatlari natijasini tahlil qiladi va ularning samarali ekanligiga asoslanib
o‘z “Men”ligini yaratadi. S.L.Rubinshteyn va K.A.Abulxanova – Slavskayalar o‘z–
o‘zini anglashning ichki mohiyati ikki negiz (asos) bilan tavsiflanishini ta’kidlaydilar.
Negizning birinchisi – insonning atrof – muhit va shaxslararo munosabatlarining
mazmunidan iboratdir. Uning ikkinchisi esa ana shu munosabatlar to‘g‘risida uni fikr
yuritish imkoniyatining ifodasidir. Shulardan birinchisi ijtimoiy, ya’ni obektiv
xususiyatiga ega bo‘lsa, uning ikkinchisi subektiv, binobarin, insonning
psixofiziologik va ruhiy xususiyatlariga bog‘liqdir. Har ikkala asosning o‘zaro bir –
biri bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi o‘zlik, “Men”lik to‘g‘risidagi aniq, haqqoniy
tasavvurlarni vujudga keltiradi.

SHaxsan «Men» mavjudligining sub’ektiv kechinmasi, avvalambor, insonning

hozirgi, o‘tgan zamon va kelajakda shaxsan o‘ziga nisbatan o‘zining

o‘xshashligini

tushunishi holatida ifodalanadi. SHunday qilib,

o‘zini anglash

yoki «Men-

konsepsiyasi» – bu individning o‘zi haqidagi tasavvurlarning takrorlanmas tizimi
sifatida kechiriladigan nisbatan barqaror u yoki bu darajada anglanganlikdir, uning
asosida individ boshqa odamlar bilan o‘zaro aloqalarini o‘rnatadi va o‘ziga munosabat
bildiradi.

«Men-konsepsiyasi» – bir butun bo‘lsada, lekin ichki qarama-

qarshiliklardan holi emas, o‘ziga nisbatan mayl sifatida namoyon bo‘ladigan va
quyidagi

tarkibiy

qismlardan

iborat

shaxsiy

Men

obrazi

bo‘lib


background image

385

hisoblanadi:

kognitiv

– o‘z

sifatlari, layoqatlari, tashqi ko‘rinishi, ijtimoiy

ahamiyatliligi

va

h.k.lar obrazi;

emotsional

– o‘zini

hurmat, o‘zini

yaxshi

ko‘rish, o‘zini kamsitish va h.k.;

baholash-irodaviy

– o‘ziga berilgan bahoni

ko‘tarishga, hurmatga sazovor bo‘lishga va h.k.ga intilish. «Men-konsepsiyasi»
– ijtimoiy o‘zaro ta’sir sharti va oqibati ijtimoiy tajriba bilan aniqlanadi. Uning tarkibiy
qismlari:

real Men

(o‘zini hozirgi hozirgi zamonda tasavvur etish),

ideal Men

(uning

fikricha,

ahloqiy

qoidalarga

rioya

qilgan sub’ekt kim

bo‘lishi),

dinamik

Men

(sub’ekt qanday

bo‘lishni

xohlashi),

xayoliy

Men

(imkoniyat

bo‘lsa, sub’ekt qanday bo‘lib qolishni istashi) va boshqalar.

I.S. Kon «Men» tushunchasini individga o‘zini anglashnigina emas, balki, o‘z

faoliyatini ongli yo‘naltirish va boshqarish imkoniyatini yaratuvchi faol-
ijodiy, integrativ muqaddima sifatida ochib bergan holda, bu tushunchaning ikki
tomonlama xususiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tadi. O‘zini anglash
ikkilangan «Men»ni o‘z ichiga oladi: 1) «Men» tafakkur sub’ekti sifatidagi, refleksga
ega «Men» – faol, harakatchan, sub’ektga tegishli, ekzistensial «Men»; 2)
«Men» idrok qilish va ichki sezgi ob’ekti sifatida – ob’ektga tegishli, refleksga
ega, noyob hodisaviy, «Men» darajasi yoki «Men» obrazi «Men» tushunchasi,
«Men-konsepsiyasi».

Refleksga ega «Men»

kognitiv chizma

dan iborat bo‘lib, uning yordamida individ

o‘zining ijtimoiy persepsiyasini va boshqalar haqidagi tasavvurlarini tuzadi.
Kognitiv chizma

ikkita

tizimni o‘z

ichiga

oladi: shaxsiy

va

ijtimoiy

o‘xshashlik. SHaxsiy

o‘xshashlik

jismoniy, intellektual va

ahloqiy

qirralar

atamalaridagi o‘z yo‘nalishini belgilashga kiradi. Ijtimoiy o‘xshashlik alohida
o‘xshashliklardan tashkil topib, odamning turli ijtimoiy guruhlar: irq, millat, sinf, jins
va h.k.larga mansubligi bilan belgilanadi. SHaxsiy o‘xshashlik bilan bir qatorda
ijtimoiy o‘xshashlik o‘zini anglash va ijtimoiy hulq-atvorning asosiy boshqaruvchisi
bo‘lib hisoblanadi.

«Men-konsepsiyasi» faqat anglanadiganlarni o‘z ichiga olgani uchun uni ongli

kognitiv idrok va individning o‘zini o‘zi baholashi, ya’ni, o‘zi haqida fikr va mulohaza
bildirishi sifatida aniqlash mumkin.

Ko‘pchilik chet ellik mualliflarning U. Xyuit tomonidan umumlashtirilgan

qarashlariga ko‘ra, «Men-konsepsiyasi» bir necha tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.

Akademik nuqtai nazar

ga ko‘ra, «Men-konsepsiyasi» maktabda olingan baholar

va erishilgan yutuqlar, o‘qishga bo‘lgan istak va malakalar, va shu
kabilarda ifodalanadi. Odatda, ular ikki darajaga bo‘linadi: a) matematika, adabiyot,
chet tillar va boshqa fanlar bo‘yicha erishilgan yutuqlarning qay darajada yaxshi va
yuqoriligida namoyon bo‘ladigan akademik yutuqlarning umumiy jihatdan
baholanishi; b) shaxsiy yutuqlarning bir xil ijtimoiy guruh yoki bir avlodga mansub
bo‘lgan boshqa odamlarning yutuqlari bilan qiyoslashtirish asosida shakllanadigan
akademik yutuqlarning ijtimoiy jihatdan baholanishi.

Ijtimoiy nuqtai nazar

ga ko‘ra, «Men-konsepsiyasi» atrofdagi odamlar bilan – oila

doirasida, qo‘shnilar orasida, ishxonada o‘zaro munosabatlarning o‘rnatilishiga bog‘liq
bo‘ladi.

Ijtimoiy «Men» bizning boshqa odamlar, jamiyat hayotiga kirgan holda bu

jamiyatga nisbatan ba’zi bir majburiyatlarni bajarishimiz, boshqacha aytganda,


background image

386

ijtimoiy rollar: o‘quvchi, o‘g‘il-qiz, do‘st, sportchi, a’lochi, yigit, qiz bolaning rolini
o‘ynaganimiz yuzasidan paydo bo‘ladi. Biz boshqa odamlar bilan rollar darajasidagi
muloqotda juda ko‘p vaqtimizni o‘tkazamiz.

Transshaxsiy nuqtai nazar

ga ko‘ra, «Men-konsepsiyasi» hayot mazmuni

muammosini hal etishga mas’ul bo‘lganligi, inson diniy qarashlari yoki ularning
mavjud emasligi bilan bevosita bog‘liqligi sababidan muhimdir.

Har bir «Men» tamoyillar, mulohazalar, ahloqiy qoidalar, maqsadlar,

motivatsiyalarning yaxlit tizimidir. Balki, har bir «Men» o‘z tiliga egadir. Bunday tillar
qatoriga harakatlar, ishoralar, mazmunlar, ichki nutq tillari kiradi.

Umuman olganda, odamning nechtagacha «Men»i bo‘lishi mumkin? Keling,

yuqorida keltirilgan ba’zi «Men»larni sanab o‘tamiz.

1.

«Sub’ektiv

(nohaqlik)

Men»

– bu da’vogarlik darajasi, yutuqlar motivatsiyasi,

o‘zini yuzaga chiqarishga intilish, shuningdek, o‘z qobiliyatlarini bo‘rttirib ko‘rsatish.
Bunday «Men»ning yana bir turi sifatida tug‘ma qirra – boshqalar harakatini noto‘g‘ri
tushuntirish, shaxsiy sifat va layoqatlarini oshirib ko‘rsatishdan iborat «sevimli
Men» namoyon bo‘ladi.

2.

«Aks ettirilgan Men»

ijtimoiylashuv jarayonida paydo bo‘ladi. Bu tasavvurlar

yig‘indisi boshqalarning biz haqimizdagi fikrlaridir. Individ boshqalarga qarab, o‘z
harakatlariga muntazam ravishda o‘zgartirishlar kiritib turadi. Boshqalar uning uchun
ijtimoiy oyna vazifasini bajaradi.

3.

«Boshqalar kutgan men»

– bu mening fikrimcha, boshqalar menda

ko‘rmoqchi bo‘lganlari, mendan kutayotganlari. Bunda ikkilangan aks ettirishni
ta’kidlash lozim: menda haqiqatdan ham ko‘rmoqchi bo‘lgan xususiyatlar emas,
mening fikrimcha, ko‘rmoqchi bo‘lganlardir.

Ko‘p hollarda «kutilgan men» sohasini ota-onalar belgilaydi. Ba’zan ular o‘z

farzandlariga bu haqda to‘g‘ridan to‘g‘ri gapiradilar («haqiqiy musiqachi bo‘lib
etishishingni orzu qilaman (olim, shoir va sh.o‘.)»).

Odatda, «Kutilgan Men» biz uchun obro‘li bo‘lgan insonga yo‘nalgan holda

tuziladi. Bu ota, ona, qarindoshlar yoki do‘stlardan biri, ba’zida ustoz ham bo‘lishi
mumkin. Bu insonning obro‘si qanchalik kuchli bo‘lsa, uning kutilganlariga nisbatan
yo‘nalish ham shunchalik kuchli bo‘ladi.

4.

«Ko‘rgazmali Men»

yoki

«Namoyishkorona Men»

katta tantanalarda o‘zining

egallab turgan darajasini ko‘rsatish, alohida ko‘rinish uchun kiyiladigan ko‘chalik
ko‘ylakni eslatadi. «Na Men» – bu boshqalarda yaxshi taassurot qoldirish uchun
ko‘rsatiladigan hulq-atvor aktlari yig‘indisi. Bunga, shuningdek, biz o‘z darajamiz
yoki ijtimoiy rolimizdan qat’iy nazar bildiradigan qarashlar, g‘oyalar, hulq-atvor odati
va shu kabilarni kiritish mumkin.

5.

«Uydagi

Men»

ko‘chalik

ko‘ylakni

echib, hulq-atvorning ko‘rgazmali

odatlarini

tashlab,

bo‘shashganda

namoyon

bo‘ladi. Masalan, gerdaygan

general doimo unga boshchilik qilib, hatto, ovozini ko‘taradigan ayolining itoatkor
qo‘g‘irchog‘iga aylanadi. YOki yuvosh ziyoli muhandis uyidagi ayoli va bolalarini
qiynaydigan zolimga aylanadi.

6.

«Samimiy Men»

- eng

yaqin

odamlardan

ham sir

tutiladigan «Uydagi

Men»ning yashirin qismi. Har birimizda, hatto, yaqin odamlarimizdan yashiradigan
sirlarimiz topiladi. U o‘zimiz yakka qolganimizda ochishga imkon berishimiz mumkin


background image

387

bo‘lgan, qachondir sodir etilgan va kechirib bo‘lmaydigan xatolik hisoblanadigan,
anglanmagan va boshqalar tomonidan qoralanadigan istaklar (ayniqsa, jinsiy) va
boshqalar kabi yomon odatlardan shakllanadi. Boshqacha aytganda, bu biz
boshqalarda ta’na qiladigan, lekin o‘zimiz namoyon qiladigan harakatlar va qirralar
uchun zahiradir.

«Men»ning oxirgi uch turi ma’lum ko‘rinishda bir-biri bilan yoki o‘zaro bog‘liq

bo‘ladi. «Men»ning boshqa turlariga qaraganda, ularning o‘zaro bog‘liqligi
kuchliroqdir. Quyidagi belgilanishlarni kiritamiz:

- «Na-Men» - «Namoyishkorona Men»;
- «Uy-Men» - «Uydagi Men»;
- «Sa-Men» - «Samimiy Men».
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, ijtimoiylik insonning ongiga va ruhiyatiga

kirib boradi, ongning, o‘zini – o‘zi anglashning hamda idora qilishning manbai bo‘lib
qoladi. Oxir oqibatda insonning ijtimoiylashuvi deyilganda – bu yondashuv uni
ongining ijtimoiylashuvini nazarda tutadi va ana shu tariqa o‘z – o‘zini anglashning
ijtimoiylashuvdagi o‘rni hamda uning roli huddi shunday tushuntiriladi. Mazkur
yondashuvga binoan, o‘z – o‘zini anglash jarayonida ruhiyat va ijtimoiylashuv
o‘rtasida muttasil ravishda o‘zaro munosabatlar vujudga keladi. Munosabatlarning
o‘zaro mazmuni yuzaga keladi. Bizningcha, insonda o‘z – o‘zini anglashning
subektliligi bosqichidayoq ijtimoiylik aks etadi. Shuning uchun ruhiyat bilan
ijtimoiylik o‘rtasidagi masalalarni maxsus muammo sifatida ajratish, talqin qilish
g‘ayritabiiylikdir. Shaxs o‘z – o‘zini anglaganligi tufayli emas, balki o‘zida o‘z – o‘zini
anglashga nisbatan ichki extiyoj, turtki, motiv kabilar mavjudligi uchun ham u
insondir. Ijtimoiylik huddi shu tariqa insonda o‘z – o‘zini anglashga nisbatan zarur
talab va extiyojni o‘zida ifodalaydi. Holbuki, shunday ekan, inson tomonidan o‘zining
ijtimoiylik, ya’ni insoniylik mohiyati va darajasida anglash psixologik nuqtai nazardan
ana shu muhtojliklar, qiziqishlar, intilishlar mohiyatining anglashi hamda shu asnoda
o‘zining hayoti, faoliyati yuzasidan shaxsiy maqsadini yaratish jarayonidir. Yuqoridagi
fikr – mulohazalardan kelib chiqqan holda ahloqiy o‘z – o‘zini anglashga biz ikki xil
ta’rif berishimiz mumkin: A) O‘z – o‘zini u yoki bu ahloqiy ma’naviy me’yor va
qoidalarga asoslangan holda anglash deb ta’riflansa; B) Bizningcha, ahloqiy o‘z –
o‘zini anglash bu o‘z – o‘zini inson sifatida tasdiqlash va ana shu tariqa o‘zligida
insoniylikni shakllantirishga nisbatan intilishdir. Agarda shaxs o‘z – o‘zini inson
sifatida e’tirof etmas ekan, unda insoniylik fazilatlari vujudga kelishi mumkin emas.
O‘z – o‘zini anglash esa inson uchun ana shu e’tirofni amalga oshiruvchi muhim vosita
sifatida namoyon bo‘lish jarayoni yoki holatidir.

Foydalanilgan adaboyotlar roʻyxati:

1. G’oziyev E (2010) Umumiy psixologiya.T.;
2. Rojers K.R. Psixoterapiyaga qarash. Insonning shakllanishi. (1994) - M.:

Taraqqiyot, - 480 b.

3. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya. (2012) T.;
4. Anorbayevna, G. N. (2016). Influence of the sibling statuse’s of teenagers on

interpersonal relations. European journal of education and applied psychology, (2).


background image

388

5. Ibragimovich, R. A. (2020). MEASUREMENT OF PERSONALITY TYPE

AND ITS FEATURES. European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences Vol, 8(6).

6. Nazarov, A. S. (2021). RAHBAR FAOLIYATIDA BOSHQARUV

QARORLARINI QABUL QILISH TAMOYILLARINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
XUSUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences, 1(Special Issue 2), 342-348.

7.

Rasulova,

N.

T.

PSYCHOSOMATIC

FEATURES

OF

THE

REPRODUCTIVE SPHERE. Международный научно-практический электронный
журнал «МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА». Выпуск № 34 (том 1)(март,
2022). Дата выхода в свет: 31.03. 2022., 192.

OILAVIY MUNOSABATLARDA GENDER TENGLIKNI O‘RGANISHGA

EMPIRIK YONDOSHUVNI AMALGA OSHIRISHNING SHART-

SHAROITLARI

Gʻoyibnazarova Soxiba Shakarovna

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti


Annotatsiya:

Maqolada zamonaviy sharoitda xotin-qizlarga nisbatan umuman

jamiyatda kamchiliklarga barham berish yo‘lida olib borilayotgan ishlar muhim o’rin
tutadi. Shu jumladan ayollarga yanada yaxshi sharoitlar yaratish, ularning oʻz intilish
va qobiliyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqara olishlari uchun imkoniyatlarni
kengaytirish masalasi jahonda ham, respublikamizda ham diqqat markazida ekanligi
yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

Gender tenglik, Qonun, gender tenglik, ijtimoiy to’siqlar, jins, oila,

ayollar manfaati tengsizlik oila, munosabat, oilaviy munosabat, zulmkorlik,
psixoproflaktika, mehnat.

Oilaviy qadriyatlar fenomeni psixologiyada turli xil talqinga ega. Jumladan,

qadriyatlarning mafkuraviy, axloqiy, estetik va boshqa turlari mavjud bo‘lib, ular
odamlarning atrof-muhit va voqelikni baholashi uchun asos sifatida namoyon bo‘ladi.
Odatda qadriyatlar ijtimoiy tajribani egallash jarayonida shakllanib boradi hamda
maqsadlar, g‘oyalar, ideallar, e’tiqodlar shaklida namoyon bo‘ladi. Qadriyatlar tizimi
shaxs yo‘nalganligini mazmun jihatidan izohlaydi va uning borliqqa, o‘zga kishilarga,
o‘ziga nisbatan munosabatining ichki asosini belgilaydi, aniqroq qilib aytadigan
bo‘lsak, hayotiy faollik motivatsiyasining yadrosini, «hayot falsafasi» konsepsiyasi va
dunyoqarashning negizini tashkil qiladi.

O‘z atrofidagi ijtimoiy muhitni anglagan shaxsning, xususan, talaba-yoshlarning

o‘ziga xos xatti-harakat shakllarini namoyon etish jarayonini, psixologik tabiatini,
oilaviy qadriyatlarini ijtimoiy tasavvurlar tizimi orqali tushuntirish hamda baho berish
dissertatsiya ishimizning vazifalari qatoriga kiradi. Bu esa tasavvurlar va ularning
shakllanganlik darajasiga oid ilmiy-nazariy tushunchalarga ta’rif berish zaruriyatini
taqozo etadi.

Библиографические ссылки

G’oziyev E (2010) Umumiy psixologiya.T.;

Rojers K.R. Psixoterapiyaga qarash. Insonning shakllanishi. (1994) - M.: Taraqqiyot, - 480 b.

Karimova V. Ijtimoiy psixologiya. (2012) T.;

Anorbayevna, G. N. (2016). Influence of the sibling statuse’s of teenagers on interpersonal relations. European journal of education and applied psychology, (2).

Ibragimovich, R. A. (2020). MEASUREMENT OF PERSONALITY TYPE AND ITS FEATURES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(6).

Nazarov, A. S. (2021). RAHBAR FAOLIYATIDA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH TAMOYILLARINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 342-348.

Rasulova, N. T. PSYCHOSOMATIC FEATURES OF THE REPRODUCTIVE SPHERE. Международный научно-практический электронный журнал «МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА». Выпуск № 34 (том 1)(март, 2022). Дата выхода в свет: 31.03. 2022., 192.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов