Условия реализации эмпирического подхода к изучению гендерного равенства в семейных отношениях

CC BY f
388-393
0
0
Поделиться
Гойибназарова, С. (2023). Условия реализации эмпирического подхода к изучению гендерного равенства в семейных отношениях. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 388–393. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25771
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada zamonaviy sharoitda xotin-qizlarga nisbatan umuman jamiyatda kamchiliklarga barham berish yo‘lida olib borilayotgan ishlar muhim o’rin tutadi. Shu jumladan ayollarga yanada yaxshi sharoitlar yaratish, ularning oʻz intilish
va qobiliyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqara olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalasi jahonda ham, respublikamizda ham diqqat markazida ekanligi yoritilgan.

Похожие статьи


background image

388

5. Ibragimovich, R. A. (2020). MEASUREMENT OF PERSONALITY TYPE

AND ITS FEATURES. European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences Vol, 8(6).

6. Nazarov, A. S. (2021). RAHBAR FAOLIYATIDA BOSHQARUV

QARORLARINI QABUL QILISH TAMOYILLARINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
XUSUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences, 1(Special Issue 2), 342-348.

7.

Rasulova,

N.

T.

PSYCHOSOMATIC

FEATURES

OF

THE

REPRODUCTIVE SPHERE. Международный научно-практический электронный
журнал «МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА». Выпуск № 34 (том 1)(март,
2022). Дата выхода в свет: 31.03. 2022., 192.

OILAVIY MUNOSABATLARDA GENDER TENGLIKNI O‘RGANISHGA

EMPIRIK YONDOSHUVNI AMALGA OSHIRISHNING SHART-

SHAROITLARI

Gʻoyibnazarova Soxiba Shakarovna

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti


Annotatsiya:

Maqolada zamonaviy sharoitda xotin-qizlarga nisbatan umuman

jamiyatda kamchiliklarga barham berish yo‘lida olib borilayotgan ishlar muhim o’rin
tutadi. Shu jumladan ayollarga yanada yaxshi sharoitlar yaratish, ularning oʻz intilish
va qobiliyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqara olishlari uchun imkoniyatlarni
kengaytirish masalasi jahonda ham, respublikamizda ham diqqat markazida ekanligi
yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

Gender tenglik, Qonun, gender tenglik, ijtimoiy to’siqlar, jins, oila,

ayollar manfaati tengsizlik oila, munosabat, oilaviy munosabat, zulmkorlik,
psixoproflaktika, mehnat.

Oilaviy qadriyatlar fenomeni psixologiyada turli xil talqinga ega. Jumladan,

qadriyatlarning mafkuraviy, axloqiy, estetik va boshqa turlari mavjud bo‘lib, ular
odamlarning atrof-muhit va voqelikni baholashi uchun asos sifatida namoyon bo‘ladi.
Odatda qadriyatlar ijtimoiy tajribani egallash jarayonida shakllanib boradi hamda
maqsadlar, g‘oyalar, ideallar, e’tiqodlar shaklida namoyon bo‘ladi. Qadriyatlar tizimi
shaxs yo‘nalganligini mazmun jihatidan izohlaydi va uning borliqqa, o‘zga kishilarga,
o‘ziga nisbatan munosabatining ichki asosini belgilaydi, aniqroq qilib aytadigan
bo‘lsak, hayotiy faollik motivatsiyasining yadrosini, «hayot falsafasi» konsepsiyasi va
dunyoqarashning negizini tashkil qiladi.

O‘z atrofidagi ijtimoiy muhitni anglagan shaxsning, xususan, talaba-yoshlarning

o‘ziga xos xatti-harakat shakllarini namoyon etish jarayonini, psixologik tabiatini,
oilaviy qadriyatlarini ijtimoiy tasavvurlar tizimi orqali tushuntirish hamda baho berish
dissertatsiya ishimizning vazifalari qatoriga kiradi. Bu esa tasavvurlar va ularning
shakllanganlik darajasiga oid ilmiy-nazariy tushunchalarga ta’rif berish zaruriyatini
taqozo etadi.


background image

389

Talaba yigit-qizlarning oilaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlari ularning shaxsiy

tajribalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, tasavvurlar tizimining shakllanishiga o‘z
ta’sirini o‘tkazadi. U yoki bu obekt yoxud hodisa haqida bilimning yo‘qligi
tasavvurning ham yo‘qligidan darak beradi. Shaxsgacha yetib kelayotgan ma’lumotlar
va ular asosida shakllanayotgan bilimlar aniq yoki noaniq, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lib,
biror narsa va hodisalar vositasida shakllanadi hamda bu bevosita ta’sir bo‘lgani uchun
ham tasavvurlar ana shunga muvofiq tegishli zaylda paydo bo‘ladi.

V.M. Karimovaning fikricha tasavvurlar yuzaki, chuqur ma’noli, keng miqyosli

yoki tor bo‘lgani uchun ham ularning har bir shaxsda qay darajada shakllanganligi
to‘g‘risida mulohaza yuritish mumkin. Xususan, oilaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi
tasavvurlarning shakllanganligi uchta: quyi, o‘rta va yuqori darajada bo‘lishi mumkin.
Bu darajalarning har biri, tasavvurlar obrazining real ob’ektlarga qanchalik mos kelishi
va ongda adekvat aks ettirilishi, ya’ni reallikdagi hodisaga mos kelishi bilan bog‘liqdir.
Masalan: talaba-yoshlarda qadriyatlar xususidagi tasavvurlar shakllanganligining quyi
darajasi, odatdagiday oddiy, sodda, kundalik holatlar yuzasidan paydo bo‘ladigan
obrazlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Unda ob’ektlar haqidagi tasavvurlar ancha
xira, tartibga solinmagan, tizimsiz, tarqoq bo‘lib, uning yo‘qolishi ham shunchalik
oson kechadi. Shu bois ham, mazkur sodda obrazlardan talaba yigit-qizlarda o‘zlari
uchun ahamiyatlisini ajratib olish jarayoni qiyin kechadi.

Aniqlanilishicha, ijtimoiy tasavvurlar shakllanganligining o‘rtacha darajasi,

ob’ektlar haqidagi haqqoniy qarashlarni o‘z ichiga oladi-yu, lekin talaba (yigit, qiz)
uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, shaxsiy ma’no kasb etadigan hodisalarni
qamrab ololmaydi.

V.M. Karimovaning ta’kidlashicha, bu darajadagi tasavvurlar maktab

o‘quvchilari (13-16 yoshlilar) psixologiyasiga xos bo‘lib, ularda to‘g‘ri, ob’ektiv
tasavvurlar asossiz boshqa hayotiy zarur tasavvurlar bilan uyg‘unlashgan, shuning
uchun, bu holat doimo ham xulq-atvorning yo‘nalishini belgilab beravermaydi.

Shuningdek, oilaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllanganligining

yuqori darajasi o‘spirinlik yoshidan boshlanib, ular borliq haqidagi bilimlar tizimi,
asosan, muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa va ob’ektlar haqida aniq
obrazlarda o‘z aksini topgan. Ma’lumki, bu yoshda o‘spirin uchun o‘ta muhim
elementlar, ma’naviy mavzular mavjud bo‘lib, boshqalari shu tasavvurlar atrofida
uyg‘unlashib boradi. Bu darajadagi tasavvurlar ob’ektivligi bilan tavsiflanib,
shakllanishi jihatdan ijtimoiy-psixologik tabiatga ega bo‘ladilar. Shu bois, bu kabi
oilaviy qadriyatlar haqida tasavvurlar yuqori darajada shakllangan ijtimoiy
tasavvurlardir.

Jumladan, V.M. Karimovaning ilmiy izlanishlari tahlilida «oilaviy ijtimoiy

tasavvurlar» kategoriyasi qo‘llangan bo‘lib, muallifning ta’kidlashicha, oilaviy
ijtimoiy tasavvurlar (OIT) – shaxsning shunday tasavvurlari tizimiki, ular vositasida
shaxs «Oila» tushunchasi atrofidagi barcha hodisa va ob’ektlarni tushunadi va o‘z
munosabat (ijtimoiy ustanovka)larini shakllantiradi. Ular mohiyatan ijtimoiy bo‘lgani
uchun ham oilaviy hayotning deyarli barcha sohalarini – o‘zaro munosabatlar, rollar,
reproduktiv xulq-atvor, oila a’zolarining shaxsiy fazilatlari haqidagi qator
tasavvurlarni o‘z ichiga oladi.

Biz o‘z ilmiy izlanishimiz jarayonida «oila-nikoh ustanovkalari»ning kognitiv


background image

390

komponentini ochishga yo‘naltirilgan «Oilaviy qadriyatlarni baholash» metodikasidan
foydalandik . Tadqiqot maxsus yo‘riqnoma asosida o‘tkazildi hamda olingan natijalar
ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan tahlil qilindi.

Respondentlar (talaba qizlar va talaba yigitlar) hukmiga «er-xotinning

xushmuomalaligi va odobi», «bir-biriga e’tiborlilik», «er-xotinning sevgisi», «fikr va
qiziqishlarning birligi, umumiyligi», «xotinning vafodorligi», «er-xotinning jinsiy
mosligi», «er-xotinning bir-biriga moslashib ketishga intilishi», «farzandlarning
borligi», «yashash joyi bilan ta’minlanganligi», «turmush o‘rtog‘ining qarindosh
urug‘lari bilan yaxshi munosabatda bo‘lish», «kishilar haqida fikrlarning mos kelishi»,
«moddiy ta’minlanganlik», «xotinning qiziqarli ishi», «er-xotin ma’lumot darajasining
tengligi», «erning xizmat mavqei», «erning vafodorligi» kabi 16 ta oilaviy qadriyatlar
ifodalangan parametrlar havola etilgan bo‘lib, talaba-yoshlar o‘zlari uchun
ahamiyatlilik darajasiga qarab ushbu qadriyatlarni o‘rinlarga qo‘yib chiqishdi. Bunda
har bir ishtirokchi 1-o‘rinda eng ahamiyatli qadriyat va keyingilari o‘zining
ahamiyatliligi jihatidan pasayib borishini bildirishi tushuntirildi.

Natijalar tahlili, oila-nikoh ustanovkalarining kognitiv komponentini ochishga

yo‘naltirilgan mazkur metodika talaba-yigitlar va talaba-qizlarning oilaviy
qadriyatlarini baholash darajasini ko‘rsatib berdi. Unga ko‘ra talaba-yigitlar uchun
oilaviy qadriyatlar orasida «Erning xizmat mavqei», «Moddiy ta’minlanganlik»,
«Yashash joyi bilan ta’minlanganligi» kabi an’anaviy qadriyatlar ustun ekan. Talaba-
qizlar uchun kognitiv komponent sifatida o‘zaro va emotsional munosabatlarni
bildiruvchi qadriyatlar orasida «Er-xotinning sevgisi», «Bir-biriga e’tiborligi»,
«Farzandlarning borligi», «Er-xotinning xushmuomalaligi va odobi» kabi qadriyatlar
yuqori baholangan. E’tiborli tomoni shundaki respondentlarning aksariyat qismi uchun
oilaviy qadriyat sifatida bir xil qadriyatlar ko‘rsatib berilgan. Bular «Yashash joyi bilan
ta’minlanganlik», «Er-xotinning bir-biriga moslashib ketishga intilishi», «Er-xotinning
jinsiy mosligi» kabi qadriyatlardir.

Bu olingan natijalar talaba-yoshlarni oila-nikoh ustanovkalarining kognitiv

komponentini anglash, ularning oilaviy qadriyatlarga nisbatan munosabatlari namoyon
bo‘lishini ko‘rsatadi, shu bilan birga talaba-yoshlarning oila qurish arafasida oilaviy
qadriyatlarning boshqa komponentlarini ham inobatga olishlarini o‘rgatish lozimligini
bildiradi.

Talabalarning

oilaviy

hayotga

tayyorlik

va

oila-nikoh

ustanovkalari

bog‘liqligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganishni to‘g‘ri tashkil etish
uchun tadqiqot bosqichlarini belgilab olish maqsadga muvofiq va ushbu bosqichlar
quyidagilar:

Birinchi bosqichda talaba-yoshlarda bugungi kunda oila to‘g‘risidagi

tasavvurlarni qay darajada shakllanganligi, oilaviy munosabatlarning ijobiy kechishi
uchun to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan holatlar, mavjud tasavvurlarni rivojlantirish
imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bera oladigan so‘rovnoma ishlab chiqildi.
So‘rovnomani yaratish davomida, avvalo uning ishonchlilik, to‘liqliq, aniqliq
jihatlariga, ayrim etnopsixologik xususiyatlarning o‘ziga xos tomonlariga alohida
e’tibor qaratildi. Bunda, ayniqsa, ekspertlar bahosi muhim rol o‘ynadi.

Bundan tashqari, so‘rovnoma savollarini iloji boricha sodda, tushunarli qilib

ifodalashga harakat qilindi. So‘rovnomani yaratish davomida, uning oldiga ilmiy-


background image

391

uslubiy xususiyatga ega bo‘lgan quyidagi vazifalar qo‘yildi:

turli bosqichlarda tahsil olayotgan hamda turli jins vakillari bo‘lgan talaba

yoshlarda oila va oilaviy munosabatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar haqida kengroq
ma’lumotga ega bo‘lish;

ularning individual hamda jinsiy tafovutlardan kelib chiqan holda

tasavvurlari xususiyatlarini oydinlashtirish;

mavjud ma’lumotlarga tayangan holda barqaror oilani vujudga keltirish

uchun zarur bo‘lgan shaxs sifatlari, xususiyatlari, imkoniyatlari hamda «nikoh
motivatsiyasi» majmuini tashkil etuvchi motivlar xususida aniq tavsiyalar bera olish.

Tadqiqotning ikkinchi bosqichida, talaba-yoshlarda oiladagi rolli munosabatlar,

rollarning taqsimlanishi, jins xususiyatlari va tafovutlari to‘g‘risidagi tasavvurlarning
qay holatda ekanligini, o‘rganish imkoniyatini bera oladigan S.V. Kovalevning RFM
(rolli-funksional munosabatlar) metodikasidan foydalanildi. Fikrimizcha, aynan oilada
belgilangan rollarning qay tarzda tushunilishi va jins vakillari tomonidan qabul
qilinishi ko‘p hollarda oila barqarorligini belgilovchi asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Metodikaning asosiy mohiyati berilgan rollar bo‘yicha real (aslida, haqiqatda) va ideal
(istak va xohish) o‘rtasidagi mavjud tafovutni matematik-statistik yo‘l bilan aniqlash
va ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilishdir.

Tadqiqotning uchinchi bosqichida, asosan, tarkib toptiruvchi tajribalar amalga

oshirildi. Ushbu bosqichni o‘tkazish dasturini yaratar ekanmiz, avvalo oldingi
bosqichning natijalari biz uchun tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qildi. Masalan, talaba
yoshlarda oila va oilaviy munosabatlarni ijobiy kechishi uchun u yoki bu holat hamda
xususiyat yaxshi rivojlanmaganligi aniqlangan bo‘lsa, tarkib toptiruvchi tajribani
tashkil qilishda xuddi ana shu holatga asosiy e’tibor qaratildi. Jumladan, ana shu
xususiyat yoki holatning oilaviy munosabatdagi roli, shakllantirish imkoniyatlari
haqida ma’lumotlar berildi hamda real vaziyatlar (psixotrening mashg‘ulotlari
orqali)da tahlil qilishga harakat qilindi. Shuningdek, nikoh-oila munosabatlari qanday
darajadagi ehtiyojlar hisobidan qondirilishi aniqlanib, mavjud ehtiyojlarga mos
ravishda «nikoh-oila ustanovkalari» ham tafovutlandi.

Bu keltirilgan tadqiqot bosqichlari dissertatsiya ishida qo‘yilgan maqsad va

vazifalarni amalga oshirish uchun tuzilgan tadqiqot dasturida belgilab olindi. E’tirof
etganimizdek, tadqiqotimizda ilmiy farazni quyidagicha ilgari surgan edik: yoshlardagi
oila-nikohga aloqador ijtimoiy ustanovkalar eng avvalo ularning jinsga, yoshga,
xududga, ijtimoiy muhitga hamda talabaning tanlagan ixtisoslik yo‘nalishiga (aniq
fanlar, texnik, iqtisodiy yoki gumanitar) bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarida aks etishi va
oilaga psixologik jihatdan tayyorligini belgilovchi omillar rolini o‘ynashi ehtimol
tutiladi.

Demak, tadqiqotimizda talaba-yoshlarda oilaviy hayotga tayyorlik va oila-nikoh

ustanovkalari bog‘liqligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari muammosi mahsus
o‘rganish dasturi tuzildi va uni amalga oshirish 3 ta muhim bosqichdan iboratdir.

Oila haqidagi tasavvurlarini o‘ziga xos jihatlarini tekshirish va ilmiy asoslangan

holda shakllantirish imkoniyatlarini o‘rganish orqali ularning oilaviy hayotga
tayyorgarlik darajasini «oila-nikoh ustanovkalari» yordamida tadqiq etish asosiy
maqsadimizdir. Buning uchun psixologiyaning oila psixologiyasi, ijtimoiy
psixologiya, psixodiagnostika va etnopsixologiya sohalari mutaxassislari tomonidan


background image

392

yaratilgan hamda amaliyotda qo‘llanilayotgan mezonlar tanlab olindi. Tadqiqotimizda
oilaviy munosabatlar haqidagi ijtimoiy tasavvurlarni aniqlashga, talaba-yoshlardagi
psixologik jins xususiyatlari hamda o‘zaro jinsiy moslik jihatlarini o‘rganishga, oila-
nikohga nisbatan ustanovkaning xulq-atvor bilan bog‘liq xususiyatlarini tadqiq etishga,
oila-nikoh ustanovkalarining kognitiv komponentini ochishga yo‘naltirilgan hamda
talabalarning oilaviy hayotga tayyorligini aniqlashga xizmat qiladigan, yoshlarning
oilaviy ustanovkalarini mustahkamlashga doir metodika, ijtimoiy-psixologik
so‘rovnoma (IPS) va ijtimoiy-psixologik trening (IPT)lardan maqsadga mos xolda
foydalanildi.

Tadqiqot metodlari quyidagilardan iborat bo‘ldi: S.V. Kovalevning «Rolli

funksional munosabatlar»; I.Neyaning «Oilada rollarning taqsimlanishi»; S.V.
Kovalevning «Oilaviy qadriyatlarni baholash» S.V. Kovalevning «Nikohga nisbatan
individual motivatsiyani o‘rganish», «Talabalarning oilaviy hayotga tayyorligini
aniqlovchi ekpress-diagnostika» metodika (V.M. Karimova modifikatsiyasi) lari va
«Nikohga ma’naviy tayyorlik» testi (G‘.B. Shoumarov va N.A. Sog‘inovlar
modifikatsiyasi) hamda talaba-yoshlarning oilaga bo‘lgan munosabatlarini
o‘rganishda nostandart intervyu, individual suhbat kabi usullardan samarali
foydalanildi. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma (IPS)
orqali talaba yoshlardagi oilaviy munosabatlar haqidagi ijtimoiy tasavvurlar aniqlandi
hamda oila-nikoh ustanovkalarini shakllantirishga mo‘ljallangan ijtimoiy-psixologik
treninglar yordamida qator mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiya kuniga

bag‘ishlangan tantanali marosimda qilgan maьruza. T., Xalq so‘zi, 2020 yil dekabr.

2. Mirziyoyev Sh.M. “Yoshlar forumidagi va ma’naviyat haqida” nutqidan 25

dekabr 2020 yil, 18:00 Siyosat.

3. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. – T.: Adolat. 1998. O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, №5-6, ilova.

4. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. – T.: Rasmiy nashr. 2003.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, №2-ilova; 1996
yil, 11-12-son.

5. Mualliflar jamoasi. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga sharxlar. –

T.: Adolat. 2000. – 446 b.

6. Umarova M.M. O‘smirlarda oilaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar

shakllanishining ijtimoiy psixologik shart-sharoitlari. Psixol. fan. nom. ... dis.
avtoreferati. – T.: O‘zMU, 2004. – 27b.

7. Lutfullaeva N.X. Turmush qurgan talabalarning oilaviy munosabatlarga

tayyorligining ijtimoiy psixologik xususiyatlari: Psixol. fan. nom.…dis. avtoreferati.–
T.: O‘zMU, 2006.– 25 b.

8. Saribaeva U.S. Oila barqarorligiga jinsiy-psixologik mutanosiblikning ta’siri:

Psixol. fan. nom. ... dis. avtoreferati. – T.: O‘zMU, 2007. – 22 b.

9. Fayzieva M.X. Oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta’sirining

ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (Er-xotin misolida). Psixol. fan. nom. ... dis.
avtoreferati: 19.00.05. – T.: O‘zMU, 2005. – 25b.


background image

393

10.Nechayeva A.M. Semeynoye pravo. Kurs leksiy. – M.: Yurist. 1998. – 336s.
11. Otaxo‘jayev F.M. Oila huquqi. – T.: TDYUI. 2005. – 280 b.
Internet saytlari:
8. https://www.
9. https://president.uz
10. https://yuz.uz/news


OʻZ-OʻZINI BOSHQARISHNING OʻZIGA HOS XUSUSIYATLARI

Komilova Aziza

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Husenova Mohinabonu

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada inson shaxsining oʻz-oʻzini boshqarish

tamoyillari, sezish qobiliyatiga bogʻliq boʻlgan boshqaruvchanlik konsepsiyasi. Oʻz-
oʻzini boshqarish organlari faoliyatida inson asab tizimi va boshqa qator tana
aʼzolarining ishi haqida ma`lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Oʻz-oʻzini boshqarish, tartibga solish, psixika, nerv sistemasi,

stress, gipnoz, affect his-tuygʼu, oilaviy munosabatlar.

O'z-o'zini boshqarish psixologiyasi psixologiya fanining muhim sohasidir.

Biz ko'rgan, eshitadigan, his qiladigan, boshdan kechirgan hamma narsani har

daqiqada ham o'ylay olmaymiz. Bizning vaqtimiz va butun hayotimiz beqarorlik,
noaniqlik bilan tavsiflanadi “ertaga” tushunchasi asosida harakat qiladi. Shuning uchun
ko'pchilik deyarli doimiy va juda o'ziga xos psixofizik stress holatida yuradi. Bu holat
oxir-oqibat, siz to'lashingiz kerak bo`lgan masalani yuzaga keltiradi. Bunda avvalo,
sog'liq asosiy o`rinda turadi. Keng statistik ma'lumotlar juda achinarli vaziyatni
ta'kidlaydi - iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda o'limning yarmiga yaqini yurak va
qon tomirlari kasalliklaridan kelib chiqadi. Ushbu kasalliklar jismoniy ortiqcha yuk
bilan bog'liq holda rivojlanmaydi, lekin asosan surunkali neyropsixik ortiqcha
kuchlanishdan. Shuningdek, u birinchi navbatda yurak-qon tomir tizimiga ta'sir qiladi,
bu bizning fikrlarimiz va his-tuyg'ularimiz dunyosida sodir bo'ladigan hamma narsaga
juda keskin munosabatda bo'ladi. Biz uzoq vaqt davomida biror narsadan norozi
bo‘lsak, nimadandir qo‘rqamiz, azob

chekamiz yoki boshqa salbiy, zararli his-

tuyg‘ular ta’siriga tushib qolamiz va bu xolatlar o`zining izlarini qoldirmay qo`ymaydi
albatta. Shuning uchun bugungi teskor zamonda har bir inson o'zini, ruhiy va jismoniy
holatini boshqarishni o'rganishi kerak. Faqatgina shu holatda biz insonlar stressli
vaziyatlarga dosh bera olamiz. Boshqacha qilib aytganda, har bir kishi aqliy o'zini o'zi
boshqarishga xos bo'lgan qobiliyatlarga ega bo'lishi kerak.

Tabiat, odamlarni yaratib, ularning tanasiga o'zini o'zi boshqarish qobiliyatini

bergan. Buning yordamida, masalan, yurishdan yugurishga o'tganimizda, yurakning
o'zi, bizning aralashuvimizsiz, kuchliroq ura boshlaydi. Bir vaqtning o'zida nafas
chuqurlashadi, metabolizm faollashadi - va bularning barchasi bizning yordamimizsiz,

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiya kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda qilgan maьruza. T., Xalq so‘zi, 2020 yil dekabr.

Mirziyoyev Sh.M. “Yoshlar forumidagi va ma’naviyat haqida” nutqidan 25 dekabr 2020 yil, 18:00 Siyosat.

O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. – T.: Adolat. 1998. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, №5-6, ilova.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. – T.: Rasmiy nashr. 2003. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, №2-ilova; 1996 yil, 11-12-son.

Mualliflar jamoasi. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga sharxlar. – T.: Adolat. 2000. – 446 b.

Umarova M.M. O‘smirlarda oilaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllanishining ijtimoiy psixologik shart-sharoitlari. Psixol. fan. nom. ... dis. avtoreferati. – T.: O‘zMU, 2004. – 27b.

Lutfullaeva N.X. Turmush qurgan talabalarning oilaviy munosabatlarga tayyorligining ijtimoiy psixologik xususiyatlari: Psixol. fan. nom.…dis. avtoreferati.– T.: O‘zMU, 2006.– 25 b.

Saribaeva U.S. Oila barqarorligiga jinsiy-psixologik mutanosiblikning ta’siri: Psixol. fan. nom. ... dis. avtoreferati. – T.: O‘zMU, 2007. – 22 b.

Fayzieva M.X. Oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (Er-xotin misolida). Psixol. fan. nom. ... dis. avtoreferati: 19.00.05. – T.: O‘zMU, 2005. – 25b.

Nechayeva A.M. Semeynoye pravo. Kurs leksiy. – M.: Yurist. 1998. – 336s.

Otaxo‘jayev F.M. Oila huquqi. – T.: TDYUI. 2005. – 280 b. Internet saytlari:

https://www.

https://president.uz

https://yuz.uz/news

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов