Значение стрессовых ситуаций для человека

CC BY f
404-407
2
0
Поделиться
Джалолиддинова, С. (2023). Значение стрессовых ситуаций для человека. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 404–407. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25777
Севинч Джалолиддинова, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

talaba

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada odamlarni psixik va fiziologik muhitiga bevosita daxl qilayotgan xavotir hissi va buning oqibatida asab buzilishi, kuchli nevrozlarni yuzaga kelishi va omillari, menopauza va gormonal yetishmovchilikka duchor bo'lgan ayollarning psixik holati va buning natijasida insonlarning kundalik hayotda ishlash qobiliyatiga salbiy ta’sir etishi, uni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Похожие статьи


background image

404

4.

Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. –T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi,1993.

Elektron kitob. 3jildli saylanma. 1-jild.

5.

G‘aybullayeva N.I. “O‘zbek tilida tibbiy evfemizmlar (tibbiy davriy nashr

materiallari asosida)” Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi.
Buxoro – 2019;

6.

Abuzalova M., Islomova Sh. Tilshunoslik va tibbiyot integratsiyasi: tabobatda

davo bilan bog’liq paremiologik birliklar.—B.: Durdona, 2021.—B. 44.

7.

Ўзбек тилининиг изоҳли луғати. 5 томлик. 2-том. “Ўзбекистон Миллий

Энсиклопедияси”. – T.: 2006. 582-бет.

INSONLARDA UCHRAYDIGAN XAVOTIRLI VAZIYATLARNING

AHAMIYATI

Jaloliddinova Sevinch Aktam qizi

O‘zbekiston Milliy Universiteti talabasi

Annotatsiya

: Ushbu maqolada odamlarni psixik va fiziologik muhitiga bevosita

daxl qilayotgan xavotir hissi va buning oqibatida asab buzilishi, kuchli nevrozlarni
yuzaga kelishi va omillari, menopauza va gormonal yetishmovchilikka duchor bo'lgan
ayollarning psixik holati va buning natijasida insonlarning kundalik hayotda ishlash
qobiliyatiga salbiy ta’sir etishi, uni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit soʻzlar

: Xavotirlilik, hissiy kechinmalar, anksiyete, nevroz, ijtimoiy

fobiya, agorafobiya, psixologik himoya.

Psixologiya

sohasining

dolzarb

muammolariga

aylanib

borayotgan

xavotirlilik, nafaqat inson psixikasiga balki, uning fiziologik jihatlariga ham o‘zining
salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmayotganligini amaliy jarayonlardan ko‘rish mumkin.
Hozirda juda ko‘p shaxslarning sog‘lom turmush tarzini o‘zgarishiga ta’sir etayotgan
salbiy hissiy kechinmalar bisyor. Ulardan biri - xavotir hissi. Xavotirlilik qandaydir
muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘rquv va tashvish hislarining uyg‘unlashuvi
hisoblanadi. Bu holat odamga faoliyatning har qanday ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Hozirda AQSH aholisining har o‘nta odamidan biri xavotir va hissiy
kechinmalar tufayli kelib chiqadigan asab buzilishining qurboni bo‘lmoqda. Xavotir
hissi hozirda ruhiy kasallik darajasigacha ko‘tarilgan dolzarb muammoga aylanib
bormoqda. Bu tuyg‘u odamlarga keyingi o‘ttiz yil ichida chechakka nisbatan o‘n karra
ko‘proq zarar keltirgan[1].
Taxminlarga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan olib borligan
xavotir testlarining natijasida 264 million insonda xavotirlilik aniqlangani va bu
ko‘rsatkichning 63 foizini ayollar tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. Demak erkaklarga
qaraganda ayollarda xavotirlilik ikki baravar ko‘p uchraydi.
Anksiyete – lotin tilidan olingan bo‘lib, insonning iztirob yoki qayg‘u holati yoki
tananing tashvish va qo‘rquvga bo‘lgan munosabati. Bu holat kuchli nevrozga sabab
bo‘lishi mumkin. Jismoniy va psixologik ortiqcha ish, yengil yoki o‘tkir stressli
vaziyatlar odamda tashvishli nevrozning sabablari hisoblanadi. Bu buzilish ko‘pincha


background image

405

depressiyaning murakkab shakliga yoki hatto fobiyaga aylanadi. Shuning uchun
anksiyete nevrozini davolash imkon qadar erta boshlanishi kerak.[2]

Ko'proq ayollar ushbu kasallikdan aziyat chekishadi, chunki ularning gormonal

darajasi ko‘proq himoyasiz. Nevrozning belgilari:

tashvish hissi;

yurak urishi;

bosh aylanishi;

turli organlarda og‘riq;

Anksiyete

nevrozi beqaror psixikaga ega bo‘lgan yoshlarga, endokrin tizimidagi

muammolarga, menopauza va gormonal yetishmovchilikka duchor bo‘lgan ayollarga,
shuningdek, qarindoshlari nevroz yoki depressiyadan aziyat chekkan odamlarga ta'sir
qiladi.

Nevrozning o‘tkir davrida odam qo‘rquv tuyg‘usini boshdan kechiradi, vahima

hujumiga aylanadi, bu 20 daqiqagacha davom etishi mumkin. Nafas qisilishi, havo
yetishmasligi, titroq, disorientatsiya, bosh aylanishi, hushidan ketish mavjud.

Ba’zida inson xavotiriga sabab undagi fobiya ham bo‘lishi mumkin. Masalan,

quyidagilar:

Ijtimoiy fobiya - diqqat markazida bo'lishdan qo‘rqish;

Agorafobiya - ojiz qolishdan qo‘rqish.[3]

Xavotirga tushgan ko‘plab odamlar uchun ularning holati kundalik hayotda
ishlash qobiliyatiga ta’sir qiladi. Umumiy tashvish buzilishi bo‘lganlar uchun
alomatlar namoyon bo‘lishi mumkin: bezovtalik, o‘zini chekkada his qilish, charchoq,
diqqatni jamlash qiyinligi va mushaklarni kuchlanishi. Ko‘p tashvish kasalliklari
odamlarda vahima qo‘zg‘ashga olib keladi, bu ob’ekt yoki vaziyat tomonidan
qo‘zg‘atilgan kuchli qo‘rquv davri bo’lib, ular bir necha daqiqada eng yuqori
darajasiga ko‘tarilishi mumkin. Bundayin xavotirlilik inson sog‘ligiga jiddiy ziyon
yetkazishi mumkinligi ko’plab olimlar tomonidan e’tirof etildi. Nafaqat insondagi
xavotirlilik, balki negativ bo’lgan barcha hislarni boshdan kechirganda, ular
organizmda asoratsiz ketmaydi.
“Meyo” klinikasi shifokori doktor U.S. Alvares shunday degandi: “ Oshqozon
yarasi ko’pincha sizning hissiy holatingiz ko’tarilishi va pasayishi tufayli kuchayishi
yoxud pasayishi mumkin”. Bu “ Meyo” klinikasida oshqozonning u yoki bu
kasalliklarini davolash kursini o‘tayotgan 15 ming mijozni tadqiq qilish natijasida o‘z
tasdig‘ini topdi. Har besh mijozni to‘rttasida kasalliklar paydo bo’lishi uchun jismoniy
asos yo’q. Qo‘rquv, xavotir, nafrat, o‘ta xudbinlik va voqelikka moslasha olmaslik
oshqozon kasalliklari, xususan, oshqozon yarasining asosiy sababchilaridir. Oshqozon
yarasi odamni o‘lim holatigacha olib kelishi mumkin. Amerikaning “ Life” jurnali
ma’lumotlariga ko‘ra, oshqozon yarasi odamlar o‘limining eng ko‘p tarqalgan
sabablari orasida o‘ninchi o‘rinni egallar ekan. Xavotirning sababchisi qo‘rquv bo’ladi.
Xavotir asabiy zo‘riqishga olib keladi, bu esa oshqozon nervlariga ta’sir qiladi. Aslini
olganda, u me’yoriy o‘lchamlardan chetga og‘dirib, oshqozon shirasi tarkibini
o‘zgartiradi. Bu ko‘pincha oshqozon yarasiga olib keladi.


background image

406

Tibbiyot sohasida “Nobel “ mukofoti sovrindori doktor Aleksis Karrel
shunday degan: “Xavotirga qarshi kurasha olmaydigan tadbirkorlar yosh o‘lib
ketmoqdalar”. Bu uy bekalari, veterinarlar va tosh teruvchilarga ham tegishli.
Xavotir revmatizm yoki artrit natijasida insonni harakatlanishdan cheklashi
mumkin. “ Kornuel” universitetining tibbiyot fakulteti professori va artrit bo’yicha
dunyoda katta obro‘ qozongan doktor Rassel L.Sessil mazkur kasallik kelib
chiqishining to‘rtta eng ko’p tarqalgan omilini ro‘yxatini bergan:

1.

Omadsiz nikoh

2.

Moliyaviy fojia yoki baxtsizlik.

3.

Yolg‘izlik va xavotir

4.

Kimgadur nisbatan pinhona kek saqlash.

Mazkur to‘rtta hissiy omilni artritning ko‘plab turlarini keltirib chiqaradigan

omil deb hisoblagan. Bundan tashqari xavotirga nisbatan yana shunday qarash borki, “
Xavotir barqaror suv tomchilariga o‘xshaydi. Doimiy xavotir esa odamni aqldan ozish
va joniga qasd qilishgacha olib boradi”.[1]

Umuman olganda shaxsdagi xavotirlanish darajasi har bir yosh davrida har

xilcha namoyon bo‘ladi: o‘smirlikda xavotirlanish xususiyatlari va psixologik himoya
imkoniyatlari mutanosibligining o‘rtacha umumiy va qiyosiy tipik ko‘rsatkichlari tahlil
qilinganda 9-sinf o‘quvchilariga nisbatan 5-sinf o‘quvchilarida ham shaxsiy, ham
reaktiv xavotirlik darajasi ham yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi. Demak, ta’lim muassasa
rahbarlari, maktab o‘qituvchilari, psixologlari, ota-onalar bu holatni inobatga olgan
holda ta’lim tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo’yishlari talab qilinadi. Aks holda
ekstremal vaziyatlarda shaxsning psixologik himoya imkoniyatlari pasayib ketishi
mumkin.[4]
Biz olib borgan kichik kuzatuvlarimiz asosida quyidagi tavsiyalarni berishni
maqsadga muvofiq deb bildik:

Ta‘lim muassasa rahbarlari, maktab o‘qituvchilari, psixologlari, ota-onalar

sinf o‘quvchilarida ham shaxsiy, ham reaktiv xavotirlik darajasi yuqori ekanligini
ta’lim -tarbiya jarayonida hisobga olishsa;

Ko‘plab stressli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi kasblar va o‘sha kasb

vakillari orasida ish jarayonida psixologik muhitni yaratish va psixologik bilimlarini
oshirish chora tadbirlarini ko‘rish;

Turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarda inson ruhiy holatiga doir seminar

treninglar tashkil etilsa va boshqalar.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Deyl Karnegi. “Bezovtalikdan xalos bo‘lish va yangi hayot boshlash sirlari”.

Yangi asr avlodi nashriyoti. Toshkent.2009 – yil.

2. Barno, N., & Buvirobiya, H. (2023). MAKTABGACHA YOSH

DAVRIDAGI

BOLALAR

PSIXOLOGIYASINING

O

‘ZIGA

XOS

TOMONLARI. International Contemporary Scientific and Technical Research, 394-
397.

3. Shavkatovna, N. B. (2022). Axborot texnologiyalari bilan ishlovchi

shaxslarning

psixologik

xolatining

patologiyasi. International

Journal

of

Contemporary Scientific and Technical Research, 658-662.


background image

407

4. Mingboyevich, U. B., & Shavkatovna, N. B. (2022). TA’LIM

TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA DARS JARAYONINI TASHKIL ETISHNING
PSIXOLOGIK MEZONLARI. International Journal of Contemporary Scientific and
Technical Research, 276-279.

5. Норбекова, Б., & Орокбоева, М. (2022). Sharq mutafakkirlarining oilada

bolalar

shaxsida

etnopsixologik

xususisyatlarni

tarbiyalash

haqidagi

qarashlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и
развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 440-442.

6. Norbekova, B. S. (2021). The Role of National Traditions in the Formation of

Ethnopsychological Characteristics in Children and Teenagers. Turkish Journal of
Computer and Mathematics Education (TURCOMAT), 12(10), 1848-1853.

7. Norbekova, B. (2021). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR

NUTQINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI: MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI. Мактабгача таълим
журнали, 3(3).

ZOʻRAVONLIKKA DUCH KELGAN OILALARNING FARZANDLARIDA

PSIXOLOGIK HOLATLAR

Muxammadiyeva Kamuna Orifxon qizi

Oʻzbekiston-Finlandiya instituti

Annotatsiya.

Ushbu maqola zo'ravonlik tarixi bo'lgan oilalar farzandlariga

qaratilgan mavjud adabiyotlar va tadqiqotlarni har tomonlama ko'rib chiqishga
asoslangan. Tanlangan tadqiqotlar miqdoriy tadqiqotlar, sifatli intervyular va bo'ylama
tadqiqotlar kabi bir qator metodologiyalarni qamrab oldi.

Kalit soʻzlar:

zo'ravonlik, bolalar, psixologik sharoitlar, oila, aralashuvlar,

qo'llab-quvvatlash tizimlari.


Oila sharoitida zo'ravonlikning ta'siri bolalarning psixologik farovonligiga

sezilarli va uzoq muddatli ta'sir ko'rsatishi mumkin. O'z uylarida zo'ravonlikka guvoh
bo'lgan yoki to'g'ridan-to'g'ri duch kelgan bolalar turli xil psixologik sharoitlarni
rivojlanish xavfi yuqori. Zo'ravonlikning bolalarga ta'sirini tushunish ushbu salbiy
natijalarni yumshatish uchun tegishli choralar va qo'llab-quvvatlash tizimlarini ishlab
chiqish uchun juda muhimdir. Ushbu maqola zo'ravonlikni boshdan kechirgan oilalar
farzandlari ko'rsatishi mumkin bo'lgan psixologik sharoitlarni, kelajakdagi tadqiqotlar
uchun potentsial aralashuvlar va takliflarni o'rganishga qaratilgan.

Oilalarida zo'ravonlikni boshdan kechirgan bolalar turli xil psixologik

sharoitlarni rivojlanish xavfi yuqori. Guvoh bo'lish yoki zo'ravonlikka bevosita duchor
bo'lish bolaning hissiy va psixologik farovonligiga katta ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Zo'ravon oilalar farzandlari boshdan kechirishi mumkin bo'lgan ba'zi umumiy
psixologik holatlar:

Travmadan keyingi Stress buzilishi( TSSB): zo'ravonlik guvohi bo'lgan yoki

qurboni bo'lgan bolalarda intruziv fikrlar, kabuslar, chaqmoqlar, gipervigilans,

Библиографические ссылки

Deyl Karnegi. “Bezovtalikdan xalos bo‘lish va yangi hayot boshlash sirlari”. Yangi asr avlodi nashriyoti. Toshkent.2009 – yil.

Barno, N., & Buvirobiya, H. (2023). MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASINING O ‘ZIGA XOS TOMONLARI. International Contemporary Scientific and Technical Research, 394-397.

Shavkatovna, N. B. (2022). Axborot texnologiyalari bilan ishlovchi shaxslarning psixologik xolatining patologiyasi. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 658-662.

Mingboyevich, U. B., & Shavkatovna, N. B. (2022). TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA DARS JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PSIXOLOGIK MEZONLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 276-279.

Норбекова, Б., & Орокбоева, М. (2022). Sharq mutafakkirlarining oilada bolalar shaxsida etnopsixologik xususisyatlarni tarbiyalash haqidagi qarashlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 440-442.

Norbekova, B. S. (2021). The Role of National Traditions in the Formation of Ethnopsychological Characteristics in Children and Teenagers. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT), 12(10), 1848-1853.

Norbekova, B. (2021). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI. Мактабгача таълим журнали, 3(3).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов