Barcha maqolalar

3-8 240 0

Husayn Jovid ijodining O‘zbekistonda o‘rganilishitakomili

Nurboy Jabborov

Maqolada Ozarbayjon shoiri va dramaturgi Husayn Jovid ijodining O‘zbekistonda o‘rganilishi tahlil qilinadi. Yigirmanchi asr boshlarida yozuvchining buyuk o‘zbek shoiri va dramaturgi Abdulhamid Cho‘lpon asarlariga e’tibor qaratilishi, XXI asr boshlarida Usmon Quchqor va Tohir Qahhorlar tomonidan uning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgani haqida tahliliy fikrlar bildirildi. Husayn Jovidning o‘zbek adabiyotshunosligidagi ijodiga bag‘ishlangan dissertatsiya hamda bugungi kunda qator tadqiqotlar yaratilishi. Husayn Jovid adabiy merosining o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari rivojida tutgan o‘rni ilmiy asosda yoritilgan.

204-207 215 0

HOZIRGI ZAMON SHARQ FALSAFASIDA INSON MUAMMOSI

Mamurov Jasur Jo’rabek o’g’li
Ushbu maqola hozirgi zamon Sharq falsafasida inson muammosini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Maqolada Sharq falsafasining tarixiy va kontseptual asoslari, shuningdek, uning inson hayotiga, maqsadiga va axloqiy qarashlariga qanday ta’sir ko‘rsatganligi tahlil qilinadi. Hindiston, Xitoy va Fors falsafalaridagi asosiy yondashuvlar orqali insonning mavjudligi, ruhiy holati va maqsadlari muhokama qilinadi. Maqola, shuningdek, hozirgi zamon Sharq falsafasining ijtimoiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlarga qanday javob berayotganini, uning insonning ichki dunyosini va jamiyatdagi o‘rnini qanday tushunishini ko‘rsatadi. Hozirgi kunda Sharq falsafasining meditatsiya, yoga, mindfulness kabi amaliyotlar orqali insonning ruhiy muammolarini hal qilishdagi roli o‘rganiladi. Maqola, shu bilan birga, Sharqfalsafasining inson muammosiga bo‘lgan yondashuvlarini zamonaviy dunyo sharoitida qadriyatlar, ekologik va ijtimoiy adolatga oid masalalar bilan bog‘laydi
254-260 95 0

Hanafiy mazhabida boshqa mazhab qoidalari asosida fatvo berish tartibi

Nodirbek Sherboyev, Dilafruz Karimova
Islom dini qiyomatgacha bo'ladigan oxirgi dindir. Shuning uchun, faqihlar, olimlar, muftiy va qozilar o'z zamonlarida din qoidalarini mukammal о ‘rganib, ummatga to ‘g ‘ri yetkazishlari lozim bo ‘ladi. Ma ’lumki shari ’at hukmlari bir mazhabga cheklanib qolmagan, balki har bir mazhab shari’atning bir juzi hisoblanadi. Shari’at hukmlari mazhablar orasida aylanib turadi. Shari’at to'rt mazhabdan biriga cheklangan degan inson aniq xato qilgan bo 'ladi. Biror bir mazhab sha ’niga dog ’ tushirishga imkon yo ‘q. Shunday ekan, bir mazhabning muftiysi boshqa mazhab qovlini nafsu - havosiga ergashmagan va shartlariga rioya qilgan holda fatvo herish uchun olsa joiz bo ‘ladi.
11-19 50 0

HAKIM TERMIZIYNING ILMIY-FALSAFIY MEROSINING ZAMONAVIY FAN RIVOJIDAGI AHAMIYATI

Erkin Rahmatov

Ushbu maqolada IX asrning yirik mutafakkiri, islomiy tasavvuf falsafasining mashhur namoyandasi Hakim Termiziyning ilmiy-falsafiy merosi zamonaviy gnoseologik va antropologik kontekstda chuqur tahlil qilinadi. Termiziyning asarlarida ruhiy poklanish, nafsni tarbiya qilish, ichki tajriba orqali haqiqatga yetishish g‘oyalari markaziy o‘rinda ko‘rib chiqilib, ular zamonaviy falsafaning asosiy yo‘nalishlari – bilish nazariyasi, psixologik antropologiya va axloqshunoslik bilan ilmiy asosda solishtiriladi. Tadqiqot davomida neytral falsafiy pozitsiya saqlangan holda, Termiziy ta’limotining zamonaviy insonshunoslik fanlariga integratsiyalash imkoniyatlari o‘rganiladi. Ayniqsa, uning tafakkurida ichki tajribaning bilishdagi o‘rni va inson tabiatini mukammallashtirishga doir g‘oyalari bugungi axloqiy tanazzul va ruhiy inqiroz sharoitida alohida dolzarblik kasb etadi. Maqola tarixiy-falsafiy merosni zamonaviy ilmiy va ma’naviy rivojlanish kontekstida baholaydi.

1-250 14 0

FАLSАFА o‘quv qo‘llanma(Falsafa fanidan)

Bobur Kuyliev

Mazkur o‘quv qo‘llanmada falsafa fanining mohiyati, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni, tarixiy va nazariy asoslari yoritilgan. Unda Sharq va G‘arb falsafasi o‘rtasidagi tafovutlar, ularning ijtimoiy va ilmiy taraqqiyotga qo‘shgan hissasi ko‘rib chiqiladi. Borliq va rivojlanish, bilish, jamiyat, tarix, madaniyat va sivilizatsiya, inson va qadriyatlar kabi asosiy falsafiy muammolar tahlil etilgan. Har bir mavzu doirasida nazariy yondashuvlar, asosiy tushunchalar, zamonaviy talqinlar va mantiqiy xulosalar berilgan. O‘quv qo‘llanma falsafa fanini chuqur o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan.

59-62 222 0

Fitratning adabiy tur va janrlarga munosabati

Orzigul Xamroyeva

Annotatsiya. O’z davrining yirik olimi sifatida Abdurauf bitrat ilmiy risola va maqolalaridagi adabiy tur va janrlar, ularning ilmiy-nazariy qoidalari va amaliy tat big’ i tadqiqiga oid tahlillar adabiyot nazariyasiga oid tadqiqotlar uchun muhim ahamiyatga ega. Maqolada olimning bu boradagi ilmiy qarashlari tadqiq etiladi. 

177-185 98 0

Fiqhiy qoidalar islom huquqining tarkibiy qismi sifatida

Shoira Avazova
Mazkur maqolada islom huquqi tizimida fiqhiy qoidalarning ahamiyati, ishlab chiqilishi, huquqiy munosabatlarni tartibga solishda tutgan o'rni, fiqhiy qoidalarni asoslab, tartibga solgan yirik faqih olimlarning bu sohadagi asarlari о 'rganilgan. Fiqhiy qoidalarda nazarda odat huquqining ahamiyati yoritib berilgan,shuningdek, fiqhiy qoidalarning zamonaviy protsessual qonunchilik bilan qiyosiy tahlili amalga oshirilgan.
459-471 105 0

Bibleistikada diniy manbalarni o‘rganishda ilmiy-tanqidiy metodlardan foydalanishning ahamiyati

Boburbek Egamberganov, Yosinbek Rahimov

Maqolada zamonaviy bibleistika (yoki isagogika)ning yo‘nalishidan biri bo‘lgan – Bibliya matnlari tanqidining nazariy va metodologik asoslari ko‘rib chiqilgan. Jumladan uning, tekstologik, tarixiy, adabiy, manbaviy, an’anaviy va tahririy tanqid yondashuvlari keltirib o‘tilgan. Bunday yondashuv va nazariy asoslar bilan diniy manbaning yaratilish va tarqalish vaqtlarini identifikatsiya qilishga yordam beradi.

19-30 200 0

Alisher Navoiy ijodining islomiy-ma’rifiy asoslari

Nurboy Jabborov

Maqolada ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodiy kamolotining ijtimoiy-ma’rifiy va badiiy-estetik omillari, birinchidan, uning Qur’oni karim va sunnatni puxta o‘rgangani, mana shu ikki qudratli manbaga og‘ishmay amal qilganligi ko‘rib chiqiladi. buyuk islom mutafakkirlari, so‘fiylik bilimdoni va ularning g‘oyalarini tinimsiz rivojlantirib borganligi, o‘z asarlarida yuksak badiiy talqinlar berganligi, uchinchidan, o‘zi mansub bo‘lgan turkiy xalqlar tarixini mukammal bilganligi, o‘z tarixini mukammal bilganligi, tasavvuf ilmining mutafakkirlari asarlarini o‘qiganligi, o‘z asarlarida yuksak badiiy talqinlar berganligi, xalq sha’ni va sha’nini himoya qilish va yuksaltirish uchun butun ijodiy va ilmiy salohiyatini safarbar etish. Unda Alisher Navoiyning iymon va shariat tamoyillariga qanday amal qilganligi, buyuk mutafakkir o‘qigan tafsir va hadislar, so‘fiy allomalarning asarlari haqida so‘z boradi. Uning diniy-ma’rifiy va falsafiy-tasavvufiy g‘oyalarni yuksak saviyada badiiy talqin qilgani ijodi tahlili bilan ham tasdiqlanadi. “Xamsa”ning “hamd” (Allohga hamd), “munojot” (Allohga iltijo) va “nat” (payg‘ambarga hamd) kabi qismlarining mohiyati o‘rganilmoqda. Islomiylik va millatchilikning bir-birini to‘ldirishi, buyuk shoirning islom ma’rifatiga bag‘ishlangan ijodi kontseptsiyasini qo‘llab-quvvatlash, uning asarlarida milliy ruhni ifodalashga to‘sqinlik qilmaganligi haqida tahliliy qarashlar ilgari suriladi. Tahlil natijasida nazariy umumlashtirishlar amalga oshiriladi.

5-16 276 0

Alisher Navoiy ijodida “mani” talqini va “mahli maoni” tasviri

Nurboy Jabborov

Maqolada Alisher Navoiy ijodida “ma’ni” (“ma’no”) va “ahli maoniy” (“fikr tashuvchilari”) atamalarining qo‘llanishi va badiiy talqini masalalari tahlil qilingan. Bu tushunchalar buyuk shoir ijodi konsepsiyasining asosini tashkil etishi ilmiy jihatdan isbotlangan.

537-539 428 0

Abu Nasr farobiyninig mantiq ilmiga oid qarashlari

Islom Xosilmurodov

Ushbu maqola IX-X asrlarda yashab o‘tgan yetuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning Mantiq ilmi rivojiga qo‘shgan o‘ziga xos hissasi, uning Mantiq ilmiga oid asarlari va qisqacha mantiqiy qarashlari haqida bo‘lib, maqolada mutafakkirning falsafiy qarashlaridan ba’zi namunalar ham keltirilgan.

679-685 109 0

19—20-asrlar boʻsagʻasidagi oʻzbek adabiyotining oʻziga xosligi

Cevinch Kenjayeva

Мақолада адабиёт бутун дунёни, инсониятни ва ўзини билиш усулларидан бири сифатида кўриб чиқилади