Современные международно-правовые вопросы квалификации кибершпионажа

CC BY f
46-50
28
7
Поделиться
Мирзаев, Ш. (2021). Современные международно-правовые вопросы квалификации кибершпионажа. Правовые вопросы противодействия мошенничеству и киберпреступлений, 1(1), 46–50. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/cybercrime_conference/article/view/3441
Шухрат Мирзаев, Исследовательский институт правовой политики при Министерстве юстиции

ответственный сотрудник

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Шпионаж-это скрытая операция (или несколько таких операций), осуществляемая при поддержке государства и осуществляемая путем физического проникновения на чужую территорию или с использованием удаленных средств сбора информации. Следует различать шпионаж, осуществляемый в военное время (к этому периоду будут относиться соответствующие нормы права международных вооруженных конфликтов) и в мирное время. В то время как международное право установило режим ограниченной допустимости в отношении военного шпионажа, шпионаж в мирное время не имел четкого международно-правового регулирования. Эксперты говорят, что квалификация шпионажа в международном праве неоднозначна и противоречива, полна коллизий[1] в то время как международные договоры, регулирующие шпионаж в мирное время, существуют отдельно, исследователи обращаются к международному обычному праву для определения статуса деяния.


background image

Firibgarlik va kiberjinoyatlar sodir etilishini oldini olishdagi huquqiy

muammolar”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 5-oktyabr)

46

Mirzayev Shuxrat Mashrabovich

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti

mas’ul xodimi

KIBERJOSUSLIKNI KVALIFIKATSIYA QILISHNING ZAMONAVIY

XALQARO-HUQUQIY MUAMMOLARI

Mirzaev Shukhrat Mashrabovich

Senior researcher of the Research Institute of Legal Policy under the Ministry of Justice

MODERN INTERNATIONAL LEGAL ISSUES OF CYBER

ESPIONAGE QUALIFICATION

Мирзаев Шухрат Машрабович

Ответственный сотрудник Исследовательского института правовой политики

при Министерстве юстиции

СОВРЕМЕННЫЕ МЕЖДУНАРОДНО-ПРАВОВЫЕ ВОПРОСЫ

КВАЛИФИКАЦИИ КИБЕРШПИОНАЖА

Josuslik

– bu davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan va chet el

hududiga jismoniy kirish yoki masofaviy ma

’lumot to‘plash vositalaridan

foydalanish orqali amalga oshiriladigan yashirin operatsiya (yoki bunday
operatsiyalarning bir nechtasi) hisoblanadi. Urush vaqtida (bu davrga xalqaro
qurolli t

o‘qnashuvlar huquqining tegishli normalari taalluqli bo‘ladi) va tinchlik

davrida amalga oshirilgan josuslikni farqlash kerak. Xalqaro huquq harbiy
josuslikka nisbatan cheklangan ruxsat etilganlik rejimini

o‘rnatgan bo‘lsa-da,

tinchlik davridagi josuslik aniq xalqaro huquqiy tartibga solinmagan.

Mutaxassislarning ta

’kidlashicha, josuslikni xalqaro huquq bo‘yicha

kvalifikatsiya qilish noaniq va qarama-qarshi, kolliziyalarga boydir[1]. Tinchlik
davridagi josuslikni tartibga solishning xalqaro shartnomalari mavjud b

o‘lma-

gan sharoitda, tadqiqotchilar qilmishning maqomini aniqlash uchun xalqaro
odat huquqiga murojaat qilishadi.

University of Detroit Mercy School of Law (AQSh) professori N. Jupillat

ta'kidlaganidek, doimiy va keng tarqalgan josuslik amaliyotining qonuniy va
huquqiy ekanligini tan olish uchun, opinio juris bo

‘lishi lozimligi talabiga rioya

qilishning o

‘zi yetarli emas, boisi, muallifning fikricha, josuslikka nisbatan bu

qoida amalda deyarli kuzatilmaydi: davlatlar t

o‘liq qonuniylik asosida ish olib

borayotganini hisobga olib, bir-birlariga josuslik qilmaydi; ular josuslikning nizoli
xususiyatidan xabardor; bundan tashqari, davlatlar tarixan

o‘z ayg‘oqchi-

larining sudlanganligi, deportatsiya qilingamligi yoki personae non gratai deb
e

’lon qilinishiga norozilik bildirmagan[1]. Bu davlatlar o‘zlarining josuslik

harakat-larini qonuniy deb hisoblamasligidan dalolat beradi. Xalqaro


background image

Firibgarlik va kiberjinoyatlar sodir etilishini oldini olishdagi huquqiy

muammolar”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 5-oktyabr)

47

majburiyatlarni oldindan prezupciya qilishga y

o‘l qo‘yib bo‘lmasligi printsipi

asosida josuslikni qonuniy deb hisoblash ham mumkin emas: davlat
suvereniteti haqiqatan ham uning harakatlarining qonuniyligi prezumpsiyasini
anglatadi, ammo ular boshqa davlatlar suveren huquqlariga zarar etkazmasligi
shart[1].

K

o‘p hollarda josuslik ob’ekti bo‘lgan davlatlarning o‘z xatti-harakatlari

uning qonuniyligini anglatgan holda not

o‘g‘ri talqin qilinadi: davlatlarning

javobgarlikni amalga oshirish uchun sud yoki diplomatik vositalarga murojaat
qilmasligi keng tarqalib ketganligi ularning josuslik ob'ekti b

o‘lishga roziligini

anglatmaydi, yoki ularga nisbatan majburiyat y

o‘qligini tan olishni ko‘zda

tutmaydi. Ba

g‘rikenglik qonuniylikni anglatmaydi: davlatlar status quo saqlab

qolish, bu borada noaniqlikni ushlab turish, shuningdek, josuslik bilan
shu

g‘ullanish istagiga ega. Shunday qilib, josuslik asosan tartibga solinmagan

faoliyat b

o‘lib, na qonuniy, na noqonuniy bir soha, o‘ziga xos "kulrang zonada"

qolgan.

Yel yuridik maktabi (AQSh) doktoranti A. Luben biroz boshqacha fikrni

himoya qiladi[3]. U josuslik huquqini davlatning suveren huquqi (jus ad
explorationem) deb hisoblaydi va uning chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanligini,
suverenitetning Vestfal kontseptsiyasi bilan chambarchas bo

g‘liqligini va

zamonaviy xalqaro huquqiy tartibotda

o‘z ahamiyatini saqlab qolganini

ta

’kidlaydi[3]. Muallifning fikriga ko‘ra, xalqaro huquqiy miqyosda kuch ishlatish

va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishni taqiqlashning tan olinishi
bu huquqqa juda oz ta'sir k

o‘rsatdi, chunki bu davlatning mohiyati va mavjudligi

huquqidan kelib chiqadi, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Nizomining 51-moddasida belgilangan

o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini tan

oladigan qoidalariga k

o‘ra global xavfsizlik tuzilmasidan kelib chiqadi.

Xalqaro huquqning josuslikka nisbatan

o‘ta sabr-bardoshli va tolerantligi

Syracuse University College of Law (AQSh) faxriy professori, Milliy xavfsizlik
va terrorizmga qarshi kurash instituti direktori (AQSh) U.Benks tomonidan qayd
etilgan. U xalqaro huquqni bugungi kunda rivojlangan iqtisodiy josuslik va
ommaviy elektron kuzatuv amaliyotining “befarq guvohi” deb ataydi[2]. Garchi
hozirgi status quo razvedka faoliyatin yuritish uchun yetarli moliyaviy va
texnologik resurslarga ega b

o‘lgan davlatlarni qanoatlantirsa-da, bu holat

shiddat bilan

o‘zgarmoqda. Kibermakon turli davlatlar pozitsiyalaridagi

tengsizliklarni kamaytiradi: qudratli davlatlarning jiddiy kiberresurslari ularning
davlat va xususiy sektorlarida sezilarli zaifliklarni taqozo etadi. Bu ularni
josuslikni cheklash y

o‘llarini izlashga majbur qilmoqda.

N. Djupillat joriy xalqaro huquq salohiyati kiberjosuslik amaliyotining

rivojlanishiga qarshilik k

o‘rsatish imkonini berishi haqidagi pozitsiyani himoya

qiladi, chunki kiberjisuslik an

’anaviy josuslikdan, jumladan, unga huquqiy baho

berishda ancha farq qiladi. Muallif ma'lumotlarni masofaviy yi

g‘ish usullarining

bir nechta toifalarini ajratib k

o‘rsatib, agar uning ob'ekti bir davlatda joylashgan

b

o‘lsa va tegishli faoliyat boshqa davlat tomonidan yoki uning nomidan amalga

oshirilsa, kiberjosuslik deb tasniflanishi mumkin deydi[1]. Bu usullarga


background image

Firibgarlik va kiberjinoyatlar sodir etilishini oldini olishdagi huquqiy

muammolar”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 5-oktyabr)

48

kompyuter tarmoqlaridan foydalanish, aloqa vositalarini razvedka qilish yoki
ushlash, davlat-xususiy sheriklik yoki xalqaro shartnomalar asosida faoliyat
yurituvchi maxfiy axborot almashish dasturlarini kiritadi.

Kompyuter tarmoqlaridan foydalanish (shu jumladan xakerlik hujumlari)

majburlashdan foydalanish bilan bo

g‘liq deb hisoblanishi mumkin, bu qilmishni

boshqa davlatlarning ishlariga noqonuniy aralashuv sifatida kvalifikatsiya qilish
sharti hisoblanadi. Bundan tashqari, xakerlik hujumlari hududga noqonuniy
kirish potentsial shakli hisoblanadi, chunki davlatlar

o‘z hududida joylashgan

davlat yoki xususiy kiber infratuzilmaga nisbatan suveren huquqlarga ega.

Aloqa vositalarini razvedka qilish yoki ushlash usuli raqamli asrda yangi,

shu jumladan ekstraterritorial va transmilliy xususiyatdagi imkoniyatlarga ega
b

o‘ldi. Ushbu usuldan foydalanishning huquqiy kvalifikatsiyasi ushlash qayerda

sodir b

o‘layotganiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, suv osti kabellariga

ulanish (ular Internet-trafikning qariyb 99 foizini tashiydi) 1884 yildagi suv osti
telegraf kabellarini himoya qilish b

o‘yicha xalqaro konventsiyaga zid bo‘lishi

mumkin.

Chet el hududida ushlash punktlari yoki maxsus serverlarni joylashtirish

boshqa davlatlarning ishlariga noqonuniy aralashishning bir k

o‘rinishi, bunday

infratuzilmani xalqaro rejimga ega b

o‘lgan hududlarda joylashtirish esa ulardan

tinch maqsadlarda foydalanish maqsadiga zid b

o‘lishi mumkin. Shuningdek,

k

o‘lami va kontekstga qarab, davlat o‘z hududidan bevosita amalga oshirilgan

aloqalarni ushlab q

o‘lishi ham noqonuniy bo‘lishi mumkin.

Yashirin axborot almashish dasturlarini amalga oshirish, agar u hududida

axborot t

o‘plangan davlat qonunchiligiga zid bo‘lsa yoki uchinchi davlatga

qarshi qaratilgan b

o‘lsa, davlat suverenitetini ham buzishi mumkin. Bunday

dasturlar davlat xizmatlarining internet provayderlar, telekommunikatsiya
kompaniyalari, internet-

kompaniyalar (ijtimoiy tarmoqlar, “bulutli” xizmatlar,

servis ilovalari va boshqalar) bilan tuzilgan shartnomalari, shuningdek, xalqaro
shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

N.Jupillatning s

o‘zlariga ko‘ra, kiberjosuslik, bir qator sabablarga ko‘ra

davlatlar

o‘rtasida keskinlikning kuchayishi va nizolarning paydo bo‘lishi xavfini

yaratadi, bu uning misli k

o‘rilmagan miqyosi, o‘ziga xos xususiyatlari va

ehtimoliy oqibatlari bilan bo

g‘liq[1]. Kiberjosuslikning iqtisodiy samaradorligi va

uning masofaviy tabiati global Internetning tobora taraqqiy etib borishi bilan
birgalikda ma'lumotlarni ommaviy yi

g‘ish uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlarni

ochib beradi va shuningdek, uni an

’anaviy shakllardagi josuslik amaliyot-

chilariga qaraganda kengroq davlatlar uchun ochib beradi. Zamonaviy texno-
logiyalar razvedka maqsadlarida katta hajmdagi ma

’lumotlarni qayta ishlash

imkonini beradi. Natijada, kiberjosuslik amaliyotida jiddiy

“sakrash” sodir bo‘ldi,

bu esa,

o‘z navbatida, uning sifat xususiyatlarining o‘zgarishini keltirib chiqardi:

an

’anaviy, “bir nuqtaga qaratilgan” josuslik davlat manfaatlariga kamroq zarar

yetkazar edi va kirib borishi uncha chuqur emasdi. Bundan tashqari, kiber-
josuslik garov moddiy yoki nomoddiy zarar etkazish bilan birga b

o‘lishi mumkin.


background image

Firibgarlik va kiberjinoyatlar sodir etilishini oldini olishdagi huquqiy

muammolar”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 5-oktyabr)

49

Bizning fikrimizcha, kiberjosuslikning ushbu

o‘ziga xos xususiyatlari

uning xalqaro huquqiy kvalifikatsiya qilish va xalqaro huquqdagi an'anaviy
josuslikning mavhum maqomi

o‘rtasidagi farqlarni ham belgilaydi. Aralash-

maslik t

o‘g‘risidagi amaldagi xalqaro huquqiy kontseptsiya tegishli aktlarning

k

o‘lami va mazmunidan kelib chiqqan holda kiberjosuslik amaliyotining

rivojlanishini cheklash imkonini beradigan koordinatalar tizimidir. Bir qator
davlatlarda (Braziliya, Frantsiya, Germaniya, AQSh) AQSh Milliy xavfsizlik
agentligi tomonidan ommaviy kuzatuv faktlari aniqlanganligi munosabati bilan
tutgan pozitsiyalari shuni k

o‘rsatadiki, bu miqyos kiberjosuslikni unchalik

maqbul deb bilmaydi, chunki bu davlatlarga

o‘z hududida inson huquqlari

asosiy kafolatlarini ta

’minlashga imkon bermaydi.

Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishga y

o‘l qo‘yilmasligi

xalqaro huquqiy tamoyili kiberjosuslik amaliyotining rivojlanishiga qarshi
kurashishning eng asosiy huquqiy negizlaridan biri hisoblanadi. V. Banks
boshqa yondashuvlarga ham e

’tibor qaratadi[2]. Jumladan, elektron kuzatuvni

inson huquqlari nuqtai nazaridan 1966 yildagi Fuqarolik siyosiy huquqlari
t

o‘g‘risidagi xalqaro paktning 17-moddasidagi shaxsiy hayotga o‘zboshimchalik

yoki noqonuniy aralashuvdan himoyalanish kafolatlari va inson huquqlariga
doir boshqa xalqaro bitim va shartnomalarning tegishli qoidalarini buzilishi deb
hisoblash mumkin. Shuningdek, davlatlar milliy xavfsizlik va boshqa maqsad-
larda (shu jumladan iqtisodiy va tijorat) josuslikni farqlash, tor ma'noda xavf-
sizlikni ta'minlashga qaratilmagan tegishli xatti-harakatlarga nisbatan murosa-
sizlik pozitsiyasini tanlashi mumkin. Buning uchun xalqaro miqyosda ichki
huquqiy tartibga solish tajribasidan foydalanish mumkin, Jahon savdo tashkiloti
mexanizmlari jalb qilinishi va 2001-yildagi Kompyuter axboroti sohasidagi jinoyatlar
t

o‘g‘risidagi konventsiyaning tegishli qoidalari bilan to‘ldirilishi mumkin.

Lincoln Memorial University Duncan School of Law (AQSh) huquq

professori M. Reyd iqtisodiy josuslikka qarshi kurashda alohida davlatlarning
tajribasini

o‘rganadi. U AQSh, Kanada, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya,

Avstraliya, Yaponiya va ayrim Lotin Amerikasi davlatlarining yondashuvlarini
tahlil qiladi va kiberjosuslik amaliyotining faol rivojlanishi va bu chaqiruvga
global javob berishning kamchiliklarini qayd etadi[4]. Muallif buning sabablarini
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlari

o‘rtasidagi qarama-

qarshilik, davlat va xususiy sektor

o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatishga

b

o‘lgan yondashuvlardagi farqlar, turli mamlakatlardagi madaniy va huquqiy

tushunchalarning farqlanishi, milliy jinoyat qonunchilik siyosati yetarli darajada
qat

’iy emasligi bilan bog‘laydi.


Foydalanilgan adabiyot:

1.

Jupillat N. From the Cuckoo’s Egg to global surveillance: cyber

espionage that becomes prohibited intervention // North Carolina journal of
international law and commercial regulation.

– Chapel Hill, 2017. – Vol. 42. –

N 4.

– PP. 933–988;


background image

Firibgarlik va kiberjinoyatlar sodir etilishini oldini olishdagi huquqiy

muammolar”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 5-oktyabr)

50

2. Banks W.C. Cyber espionage and electronic surveillance: Beyond the

media coverage // Emory law journal.

– Atlanta, 2017. – Vol. 66, Issue 3. – PP.

513

–525.;

3. Lubin A. Espionage as a sovereign right under international law and its

limits // International law students association quarterly.

– Washington, 2016.

– Vol. 24, Issue 3. – PP. 22–28.

4. Reid M. A comparative approach to economic espionage: is any nation

effectively dealing with this global threat? // University of Miami law review.

Coral Gables, 2016.

– Vol. 70. – Issue 3. – PP. 757–829.

5.

Турсунов, Ахтам Соломович, and Абдулазиз Каримович Расулев.

"УГОЛОВНО-ПРАВОВЫЕ И КРИМИНОЛОГИЧЕСКИЕ МЕРЫ БОРЬБЫ С
ПРЕСТУПЛЕНИЯМИ В СФЕРЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ И
БЕЗОПАСНОСТИ." Вопросы криминологии, криминалистики и судебной
экспертизы 2 (2019): 40-44.

Библиографические ссылки

Jupillat N. From the Cuckoo’s Egg to global surveillance: cyber espionage that becomes prohibited intervention // North Carolina journal of international law and commercial regulation. - Chapel Hill, 2017. - Vol. 42. -N 4. - PP. 933-988;

Banks W.C. Cyber espionage and electronic surveillance: Beyond the media coverage // Emory law journal. - Atlanta, 2017. - Vol. 66, Issue 3. - PP. 513-525.;

Lubin A. Espionage as a sovereign right under international law and its limits // International law students association quarterly. - Washington, 2016. - Vol. 24, Issue 3. - PP. 22-28.

Reid M. A comparative approach to economic espionage: is any nation effectively dealing with this global threat? // University of Miami law review. -Coral Gables, 2016. - Vol. 70. - Issue 3. - PP. 757-829.

Турсунов, Ахтам Соломович, and Абдулазиз Каримович Расулев. "УГОЛОВНО-ПРАВОВЫЕ И КРИМИНОЛОГИЧЕСКИЕ МЕРЫ БОРЬБЫ С ПРЕСТУПЛЕНИЯМИ В СФЕРЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ И БЕЗОПАСНОСТИ.' Вопросы криминологии, криминалистики и судебной экспертизы 2 (2019): 40-44.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов