Milliy iqtisodiyot bank tizimida muammoli kreditlar salmog'ini kamaytirish asoslari

CC BY f
422-425
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Хаитбаев J., & Кочкаров X. (2024). Milliy iqtisodiyot bank tizimida muammoli kreditlar salmog’ini kamaytirish asoslari . Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики, 1(1), 422–425. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dev-national-economy/article/view/58669
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada milliy iqtisodiyot bank tizimida muammoli kreditlar salmog'ini kamaytirish asoslari, potentsial muammoli kreditlarni erta aniqlash, bank tizimidagi muammoli kreditlarni qisqartirishning ko'p qirrali muammosi va uning milliy iqtisodiyot uchun oqibatlari, barqaror iqtisodiy o'sishni va umumiy farovonlikni ta'minlaydigan yanada mustahkam va inklyuziv moliyaviy tizimni yaratish yo'lida harakatlari to'g'risida to'liq bayon qilingan.


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

422

MILLIY IQTISODIYOT BANK TIZIMIDA MUAMMOLI KREDITLAR

SALMOG'INI KAMAYTIRISH ASOSLARI

Xaitbayev Jasurbek Otaxanovich

Kochkarov Xudaybergen Atadjanovich

Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti

Annotatsiya.

Mazkur maqolada milliy iqtisodiyot bank tizimida muammoli kreditlar

salmogʻini kamaytirish asoslari, potentsial muammoli kreditlarni erta aniqlash, bank tizimidagi
muammoli kreditlarni qisqartirishning koʻp qirrali muammosi va uning milliy iqt

isodiyot uchun

oqibatlari, barqaror iqtisodiy oʻsishni va umumiy farovonlikni taʼminlaydigan yanada

mustahkam va inklyuziv moliyaviy t

izimni yaratish yoʻlida harakatlari toʻgʻrisida toʻliq bayon

qilingan.

Kalit soʻzlar:

muammoli kreditlar, bank tizimi, milliy iqtisodiyot, moliyaviy barqarorlik,

iqtisodiy oʻsish, kreditlar

ni qayta tuzish, aktivlarni boshqarish, moliyaviy savodxonlik.

Moliyaviy sektorni izchil isloh etish vaqtida qator chora-tadbirlar amalga

oshirildi va buning natijasida ilgʻor b

ank biznesini yuritish, shuningdek mazkur

sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun kerak huquqiy shart-sharoitlar

yaratildi. Ammo, muammoli kreditlarning mavjudligi -

toʻliq toʻlanishi mumkin

boʻlmagan kreditlar

- tizim barqarorligiga tahdid solishi va

iqtisodiy oʻsishga

toʻsqinlik qilishi mumkin.

Muammoli kreditlar, shuningdek, ishlamaydigan kreditlar sifatida ham

tanilgan, turli omillar, jumladan, iqtisodiy tanazzul, kredit tavakkalchiligini

yomon baholash va qarz oluvchining moliyaviy qiyinchiliklari tufayli yuzaga

keladi. Ushbu kreditlar bank kapitalini bogʻlaydi, rentabelli

kni pasaytiradi va

korxonalar va jismoniy shaxslarga yangi kredit berish imkoniyatini cheklaydi.

Ma'lumki, oxirgi vaqtlarda kredit va ularga hisoblangan foizlarni oʻz vaqtida

qay

tarish hamda kredit taʼminoti bilan uzviy bogʻliq bo'lgan bir nechta masalalar

paydo boʻlmoqda. 2020 yilda iqtisodiyotda kuzatilgan murakkab sharoitlarga

qa

ramay, kredit qoʻyilmalari qoldigʻi yil boshiga qaraganda 34,3 foizga yoki YAIM

nominal oʻsishiga nisbatan 2,5 barobar yuqori surʼatlarda oʻsib, 2021 yil 1 yanvar

holatiga ko'ra

280,4 trln. soʻmga yetdi. Xususan, yuridik shaxslarga ajratilgan

kredit qoʻyilmalari qoldigʻi 1,3 barobarga yoki 56,7 trln. soʻmga (jami 222,5 trln.

soʻm), jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit qoʻyilmalari esa qariyb 1,4 barobarga

yoki 15 trln. soʻmga (jami 54,9 trln. soʻm) oʻsdi. [3]

Potentsial muammoli kreditlarni erta aniqlash asosiy ahamiyatga ega.

Banklar kredit tavakkalchiligini baholashning mustahkam tizimlarini joriy

etishlari va qarz oluvchilar faoliyatini yaqindan kuzatib borishlari kerak.
Kredit

ni toʻlash muddatini uzaytirish yoki foiz stavkalarini pasaytirish kabi

kreditni qayta tuzish imkoniyatlari qarz oluvchilarga vaqtinchalik

qiyinchiliklarni kamaytirishga yordam beradi. [4]


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

423

"Muammoli kredit" tushunchasi "kredit risklari" kategoriyasi bilan bevosita

bogʻliqdir. Shu tufayli, muammoli kreditlar mohiyatini ochib berishda bank

kredit risklarining iqtisodiy mohiyatiga toʻxtalib oʻtish oʻrinli boʻladi. Bu

yuqorida

qoʻyilgan maqsadga erishishda asos boʻlib xizmat qiladi. Tijorat

banklarida vujudga keladigan kredit riskining muhim qismi mamlakatdagi ayrim

bir tarmoqdagi mahsulotga bo

ʻ

lgan talab va ishlab chiqarishning pasayib ketish

ehtimoli bilan uzviy bogʻliqdir. [3

]

Muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi 2012-2017 yillarda

doimiy tarzda tushish tendensiyasiga ega. 2012 yilda jami kreditlarning 3,06

foizi muammoli kreditlar boʻlgan boʻlsa, keyingi vaqtlarda keskin pasayish holati

kuzatilgan. 2017 yilga kelib 0,74 foizni tashkil qilgan. Biroq 2018 yilga kelib 1,2

foizga yetgan va oldingi yilga nisbatan 0,5 f.p.ga oshgan. 2019 yilga kelib esa 0,08

f.p.ga oshib, 1,28 foizni tashkil etgan. Agarda bank kredit qoʻyilmalarining so'nggi

yillardagi keskin oʻsish surʼ

atlarini va kreditlarning hajmini inobatga oladigan

boʻlsak, bu bank tizimi uchun sal

biy holati hisoblanadi.

So'nggi vaqtlarda, yaʼni pandemiya davrida iqtisodiy faollikning pasayishi,

moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan aholi va tadbirkorlik subʼektlar

ining

kredit toʻlovlari vaqtining uzaytirilishi natijasida bank tizimida muammoli

kreditlar ulushi (90 kundan ortiq muddatga kechiktirilgan) 0,6 foiz bandga
oshib, 2020-

yil yakuni boʻyicha 2,1 foizni (5,8 trln. soʻm) tashkil etgan boʻlsa, 1

-

may holatiga

ushbu koʻrsatkich, 4 (12,933 trln. soʻm) foizga yetgan. [1]

Ma'lumki, statistik maʼlu

motlarga e'tibor berganimizda, joriy yilda tijorat

banklarining muammoli kreditlari biroz kamayib 17,1 trln soʻmni tashkil qildi.

Muammoli kredit ulushi ―Oʻzagroeksportbank"da kamaygan boʻlsa, ―Ravnaq

bank"da 72,3% ga yetgan. Markaziy bank joriy yilning 1-oktabr holatiga tijorat

banklarining muammoli kreditlari haqida statistikani eʼlon qildi. 2022

-yildagi

maʼlumotlari asosida Muammoli kreditlar hajmi biroz kamayib 17,1 trln soʻm

yaʼni 4,7% ni tashkil qiladi. Sentabr oyida esa ularning koʻrsatkichi 17,4 trln soʻm

edi. Shundan 14,7 trln soʻmi davlat ulushi mavjud banklarga, qolgan 2,3 trln

s

oʻmi xususiy banklar hissasiga toʻgʻri keladi. [2]

Banklarning jami kreditlar ulushi hisobida eng muammoli kreditlar

"Oʻzagroeksportbank"da kuzatildi. Ushbu bankning kre

dit portfeli jami 8 mlrd

soʻmni tashkil qilib, muammoli kredit ulushi 7 mlrd soʻm —

91,9%ga yetgan.

Sentabr oyida mazkur bankning muammoli kreditlari 94,9%ni tashkil qilgandi.

Xususiy banklardan "Turkiston bank" hamda "Hi-Tech bank"ning muammoli

kredit ulushi 95% va 93,8%ni tashkil qildi. Shuningdek, "Ravnaq bank"ning ham

muammoli kreditlar hajmi 72,3%ga yetgan. Oʻtgan oyda bu koʻrsatkich 58,5%ni

tashkil qilgan edi. [7]

Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va moliyaviy resurslarning

samarasiz taqsiml

anishiga sabab bo‘luvchi imtiyozli kreditlash va direktiv

kreditlash usullaridan bosqichma-

bosqich voz kechish choralarini ko‘rish; bank

tizimida ajratilayotgan kreditlarning 60 foizi direktiv asosda ajratilgan kreditlar


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

424

hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va aynan

ushbu omil ta’sirida tijorat banklarining

kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi yuqori darajada qolmoqda.

Shu munosabat bilan ushbu holatlarning yuzaga kelishining oldini olish

maqsadida quyidagi faoliyatlarni amalga oshirish taklif etiladi:

- ajratilgan kreditlarni ustuvor ravishda avval berilgan kreditlarning

qaytishi hisobidan amalga oshirish;

-

banklar tomonidan 2020 yil yakunlari boʻyicha olingan sof foydani

banklar

kapitalini oshirishga yoʻnaltirish orqali banklarning kapital buferini maqbul

darajada saqlab qolish;

- bank kengashlari tomonidan kreditlash hajmlarini banklarning moliyaviy

holatidan kelib chiqqan holda biznes-reja parametrlari doirasida amalga

o

shirilishini qatʼiy nazoratga olish. [6]

Ayrim davlatlarda hukumatlar tomonidan banklarning "yomon" aktivlari

bilan maqsadli ishlash uchun maxsus korporatsiyalar tuzilgan. Xalqaro

amaliyotda muammoli aktivlarni boshqarishda ikkita yondashuv foydalaniladi:

markazlashgan va markazlashmagan. Markazlashmagan usulning mohiyati esa,

bankning tarkib

ida ishlamayotgan aktivlarni boshqarish boʻyicha tegishli

tuzilmani tashkil qilishdan iborat, Kreditlardan koʻriladigan zararlarni

qoplashga belgilangan zaxira ajratmalarining amaldagi darajasiga baho berish

uchun esa quyidagilarga alohida eʼtibor berish m

aqsadga muvofiq:

-

bank tomonidan berilgan kreditlarning toʻgʻri tasniflanganligiga,

- zaxira ajratmalarini tasniflash yordamida kreditlarning toifalariga

mutanosib ravishda tashkil qilinganligiga,

-

foizlarni oʻstirmaslik maqomiga ega boʻlgan kreditlar boʻ

yicha hisoblangan

va muddati oʻtgan foizlarni oʻz vaqtida

va toʻliq, tijorat bankining balansidan

chiqarilganligiga. [5]

Xorijda kichik korxonalarni davlat tomonidan q

oʻllab

-quvvatlash orasida

maqsadli moliyalash va imtiyozli kreditlash alohida oʻrin tuta

di. Har yili bunga

taxminan 600 mlrd. lira sarflanadi. Imtiyozli kreditlash kabi yordam turida
xarajatlarning 40 foizigacha davlat tomonidan qoplanishi mumkin. Yangi

korxonalarni tashkil etiladigan loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar 15

yilga, faoliyat yuritayotgan korxonalarni zamonaviylashtirish yoki kengaytirish

uchun 10 yil vaqtga beriladi. [2]

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, muammoli kreditlar muammosi

ni

hal qilish banklar, qarz oluvchilar, davlat va nazorat qiluvchi tashkilotlar

ishtirok

ida koʻp qirrali yondashuvni talab qiladi. Keng qamrovli strategiyalarni

amalga oshirish va masʼuliyatli kreditlash va qarz olish madaniyatini oshirish

yordamida mamlakatlar muammoli kreditlar yukini kamaytirishi va yanada

mustahkam va barqaror moliyaviy tizimni qurishi mumkin. Hozirgi kunda

respublikamizda tijorat banklari kredit qoʻyilmalari yе

tarli darajada

diversifikatsiyalangan boʻlib, respublika bank tizimida iqtis

odiyot tarmoqlari

faoliyati bilan bogʻliq xatarlar moʻtadil darajada shakllangan.


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

425

Adabi

yotlar roʻyxati:

1. Gulyamov S.S. va boshqalar. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari.

Т

.:

Iqtisod-Moliya, 2020.

2. Ismailova Nasiba Komildjanovna. PUBLIC DEBT AND FINANCIAL SECURITY OF

UZBEKISTAN. E Conference Zone. 2022.

3. Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarish. Sh.Abdullaeva, Z. Safarova. "Moliya"

2020.

4. Bank, pul kredit jurnali Kapital bozor: iqtisodiy

oʻsishni taminotchi drayver. 2019.

5. Jiyanova N.E. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini samarali boshqarish yo‘nalishla

ri.

. I.f.n. ilm. dar. uch. taqd. et. diss. avtoref.

Toshkent, 2021.

6. Turopova N. O ‘zbekiston moliya tizimida mahalliy moliyaning o ‘ziga xos xususiyatlari. –

2023.

7. I. R. Toymuhamedov «Bank ishi». O'quv qo'llanma, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2005, 144 b.

ИНВЕСТИЦИОН ЖОЗИБАДОРЛИК ТУШУНЧАСИНИНГ

НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ

Хайдаров Хуршидбек Латипжонович

ТДИУ ҳузуридаги Ўзбекистон иқтисодиётини ривожлантиришнинг

илмий асослари ва муаммолари илмий тадқиқот маркази

Инвестицион жозибадорлик тушунчаси ҳар бир давлатнинг

иқтисодий ривожланишида ҳал қилувчи аҳамият касб этади

.

Инвестициялар иқтисодиётнинг турли соҳаларига сармоя киритиш

орқали янги иш ўринлари яратиш, технологияларни модернизация қилиш

ва ялпи ички маҳсулотни оширишга хизмат қилади. Шу сабабли,

инвестицион жозибадорликни ошириш механизмларини яратиш нафақат

иқтисодий, балки ижтимоий тараққиёт учун ҳам муҳимдир.

Инвестицион жозибадорлик

-

бу мамлакат ёки соҳанинг сармоядорлар

учун қизиқарли ва манфаатли бўлиши ҳолатидир. Бу тушунча

сармоядорларнинг қарор қабул қилиш жараёнидаги иқтисодий, сиёсий,

ҳуқуқий ва инфратузилмавий омилларни ўз ичига олади. Инвестицион

жозибадорлик даражаси юқори бўлган мамлакатлар кўпроқ сармоя жалб

қилади, бу эса иқтисодий ўсишга олиб келади. Инвестицион жозибадорлик

мавзусида иқтисодчи олимларнинг турли тадқиқотлари ва фикрлари баён

этилган. Жумладан, И.Винникова тадқиқотларига кўра, компанияларнинг

инвестицион жозибадорлиги уларнинг молиявий ҳолатини баҳолаш ва

шунингдек,

логистик

регрессия

модели

асосида

инвестиция

жозибадорлигини

ўлчаш билан боғлиқ. Бу модел компаниянинг

инвестицияга жозибадор ва жозибадор бўлмаган жиҳатларини кўрсатади

[4].

А.Погребняк ва В.Лопатюк тадқиқотлари корхоналарнинг маҳсулот,

молиявий ҳолат, инновацион ривожланиш ва ижтимоий жозибадорлик

Библиографические ссылки

Gulyamov S.S. va boshqalar. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. - T.: Iqtisod-Moliya, 2020.

Ismailova Nasiba Komildjanovna. PUBLIC DEBT AND FINANCIAL SECURITY OF UZBEKISTAN. E Conference Zone. 2022.

Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarish. Sh.Abdullaeva, Z. Safarova. "Moliya" 2020.

Bank, pul kredit jurnali Kapital bozor: iqtisodiy o'sishni taminotchi drayver. 2019.

Jiyanova N.E. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini samarali boshqarishyo'nalishlari. I.f.n. Um. dar. uch. taqd. et. diss, avtoref. - Tashkent, 2021.

Turopova N. 0 'zbekiston moliya tizimida mahalliy moliyaning о 'ziga xosxususiyatlari. -2023.

I. R. Toymuhamedov «Bank ishi». O'quv qo'llanma, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyotjamg'armasi nashriyoti, 2005,144 b.