Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini takomillashtirish

CC BY f
27-30
18
78
Поделиться
Абдумаликов, Р. (2023). Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini takomillashtirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 27–30. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp27-30
Рахматулло Абдумаликов, Самаркандский филиал Ташкентского государственного аграрного университета

Студентка 3 курса

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobining xususiyatlari ochib berilib, ta’mirlash xarajatlari hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.


background image

STARS International University

27

ABDUMALIKOV
RAXMATULLO
SHERZODBEK O‘G‘LI,

Toshkent davlat agrar
universiteti
Samarqand filiali 3-kurs
talabasi
O‘zbekiston Respublikasi
Andijon viloyati
Paxtaobod tumani

ASOSIY VOSITALARNI
TA’MIRLASH
XARAJATLARI
HISOBINI
TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya:

Maqolada qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarni ta’mirlash

xarajatlari hisobining xususiyatlari ochib berilib, ta’mirlash xarajatlari hisobini moliyaviy hiso-
botning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Asosiy vosita, joriy ta’mirlash, mukammal ta’mirlash, xarajatlar, tannarx,

buxgalteriya hisoblari, hisoblar bog‘lanishi.

KIRISH

Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda mavjud resurslar: moddiy, moliya-

viy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga bog‘liq. Moddiy resurslardan
moddiy resurslar buxgalteriya hisobida ikki katta guruhga: uzoq muddatli va jo-
riy (qisqa muddatli) aktivlarga guruhlanib, hisobga olib boriladi. Qishloq xo‘jaligi
korxonalarida uzoq muddatli aktivlar tarkibida asosiy vositalar salmoqli o‘rinni
egallaydi.

Asosiy vositalardan foydalanish qishloq xo‘jaligining xususiyatlaridan ke-

lib chiqib, ulardan qishloq xo‘jalik korxonalarida foydalanishda boshqa tarmoq
korxonalariga nisbatan ko‘proq xarajatlarni talab qiladi. Bundan tashqari, qishloq
xo‘jaligida asosiy vositalar foydalanish muddatlari ham, ularning ma’naviy va jis-
moniy eskirish muddatlari ham nisbatan tezroq hisoblanadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlar asosiy vositalardan foydalanishda va

ta’mirlashda sarflanadigan xarajatlar hisobini to‘g‘ri tashkil etish va yuritishda
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari

hisobini olib borishda mukammal ta’mirlashlarning buxgalteriya hujjatlarida o‘z
vaqtida aks ettirilishi, ta’mirlash xarajatlarining buxgalteriya hisoblarida aks etti-
rilishi, xarajatlarning xarajat obyektlariga taqsimlanishi va boshqa holatlarda mu-
ammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp27-30


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

28

TADQİQOT METODOLOGİYASİ

Maqolada qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarni ta’mirlash xarajat-

lari hisobining xususiyatlari va ular hisobining hozirgi holati atroflicha tahlil qili-
nib, uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishda, iqtisodiy
sohada ilmiy-tadqiqotlar olib borishda qo‘llaniladigan tahlil va sintez, muammo-
ga mantiqiy va tizimli yondashuv, statistik va qiyosiy tahlil, ekspert baholash,
taqqoslash, guruhlash kabi usullardan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning barqaror o‘sishi, nafaqat

qayta ishlash sanoati tarmoqlarining rivojlanishiga, balki oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlashga va aholining iste’molini qondirishga xizmat qiladi. Shuning uchun
mamlakatimizda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish
bo‘yicha sezilarli natijalarga erishilmoqda (1-jadval).

1-jadval.

O‘zbekiston Respublikasida 2017-2021 yillarda qishloq

xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish dinamikasi

1

.

Ko‘rsatkichlar

Yillar

2021 yil 2017 yilga

nisbatan o‘zgarishi

2017

2018

2019

2020

2021

Mutlaq

nisbiy,%

1.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekin

maydoni, ming ga.

3474,5

3396,0

3309,4

3396,1

3260,7

- 213,8

- 6,2

O‘tgan yilga nisbatan

o‘zgarishi

-6,3

-2,3

-2,6

2,6

-1,4

-

-

2.

Qishloq xo‘jaligi

mahsuloti, trln. so‘m

148,2

187,4

216,3

250,3

303,4

155,2

204,7

O‘tgan yilga nisbatan o‘sish

sur’ati, %da

101,0

100,2

103,3

102,7

103,9

-

-

Shu jumladan:

3.

Dehqonchilik

83,3

98,4

111,9

123,9

152,1

68,8

182,6

O‘tgan yilga nisbatan o‘sish

sur’ati, %da

98,2

95,8

104,8

103,2

104,3

-

-

4.

Chorvachilik

64,9

89,0

104,4

126,4

151,3

86,4

233,1

O‘tgan yilga nisbatan o‘sish

sur’ati, %da

104,1

105,7

101,6

102,1

103,5

-

-

1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Respublikamiz bo‘yicha 2017 yildan 2021 yilga-

cha bo‘lgan davrda ekin maydoni kamayganligiga qaramasdan, qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini yetishtirish muttasil o‘sgan. Faqat bunda qishloq xo‘jalik mahsu-
lotlari tarkibida o‘zgarish sodir bo‘lgan bo‘lib, 2017 yilda qishloq xo‘jaligi mahsu-

1

https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/agriculture-2


background image

STARS International University

29

lotining 43,8 foizi chorvachilik mahsuloti bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich
49,9 foizni tashkil etgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda xo‘jalik yurituvchi subyekt-

larning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi bilan bir qatorda, ularni saqlash va
maqsadga muvofiq foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish lozim. Asosiy vositalardan
samarali foydalanish hamda ularni doimo foydalanish holatida saqlash uchun
ular vaqti-vaqti bilan ta’mirlanib turadi.

Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari asosiy vositalar hisobining ajralmas qis-

mi bo‘lib, 16-son “Mulk, zavod, mashina va asbob- uskunalar buxgalteriya hiso-
bining xalqaro standarti” (BHXS (IAS)) va 5-son “Asosiy vositalar buxgalteriya
hisobining milliy standarti” (BHMS) bilan tartibga solinadi. Shuningdek, 5-son
“Asosiy vositalar” BHMSning xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgan yangi
tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi.

Biroq bugungi kunda xalqaro standartlarga muvofiq ravishda asosiy vositalar

ta’rifi, tan olish mezonlari, sinflari, mulk (yer), zavod, mashina va asbob-usku-
nalarni davomiy baholash, amortizatsiya usullari, qadrsizlanishi hisobi, tugatish
qiymatini aniqlash kabi muammolar bilan birga asosiy vositalar ta’miri xarajatla-
rining hisobi bo‘yicha ham mavjud muammolar hal etilmagan.

Asosiy vositalar obyektlarini ishchi holatda ushlab turish ularni ta’mirlash

yo‘li bilan amalga oshiriladi. Joriy ta’mir - asosiy vositalar obyektini ishchi hola-
tida ushlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. O‘rta ta’mirda
ta’mirlanadigan agregatni qisman ajratib yig‘ish yoki detallar qismlarini qayta
tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi. Uskuna va transport vositalarini ka-
pital ta’mirlash agregatni to‘liq ajratib yig‘ish, bazaviy va korpus detallari va
uzellarni ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tik-
lash hamda agregatni yig‘ish, sozlash va sinash amalga oshiriladigan ta’mirlas-
hdir.

Obyektni ishchi holatida ushlab turish va undan foydalanishda kelgusidagi

iqtisodiy manfaatning dastlab aniqlangan ma’lum summasini olish maqsadida
amalga oshirilgan xarajatlar ular tegishli bo‘lgan hisobot davri xarajatlari tarkibi-
da olib boriladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalarini ishchi holatida saqlab turish
xarajatlari va ishlab chiqarish asosiy vositalarining barcha turdagi ta’mirlashini
o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqa-
rish tannarxiga, ma’muriy va ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun
mo‘ljallangan asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha esa davr xarajatlari tarkibida
olib boriladi.

Hozirgi kunda amalda bo‘lgan buxgalteriya hisobining me’yoriy-huquqiy huj-

jatlari asosida asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari ta’mirlash turidan qat’i
nazar, asosiy vositalar xizmat ko‘rsatadigan tarmoq xarajatlari tarkibida olib
boriladi. Ushbu xarajatlar asosiy vositalar kapital remont qilinganda xarajat-
larning salmoqli ulushiga ega bo‘ladi. Shuning uchun asosiy vositalarni kapi-
tal ta’mirlash xarajatlari uchun belgilangan tartibda rezerv yaratish va kapital
remont xarajatlarini shu rezerv hisobidan moliyalashtirishga ruxsat etiladi. Al-
batta, yaratiladigan rezerv tartib subyektning “Hisob siyosati”da aks ettirilgan
bo‘lishi lozim.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

30

XULOSA

Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini takomillashtirish maqsadida

yuqorida qayd etilgan mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha olib borilgan ta-
dqiqotlar natijasida quyidagilar taklif qilindi:

-asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini ta’mirlash usuli bo‘yicha hamda alo-

hida hisobga olib borish bo‘yicha tegishli analitik hisoblar ochish;

- asosiy vositalarni kapital ta’mirlash xarajatlarining xarajat obyektlariga yillar

bo‘yicha teng ulushlarda taqsimlanishini ta’minlash uchun, asosiy vositalarni ka-
pital ta’mirlash uchun rezervlar tashkil etish;

- asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini muntazam ravishda nazorat qilib bo-

rish.

Yuqoridagi takliflarimiz asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini bux-

galteriya hisobining xalqaro standartlari asosida olib borishini ta’minlashi bilan
birga xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalardan foydalanish muddatla-
rini uzaytiradi, ta’mirlash xarajatlari hisobiga mahsulot (ish, xizmat) tannarxining
iqtisodiy asoslanmagan holda oshib ketishining oldini olib, moliyaviy natijani ob-
yetiv aniqlash imkonini beradi, natijada boshqaruv qarorlari samaradorligi oshib,
barqaror rivojlanish ta’minlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida (Yangi tah-

rirda)”. 2016 yil 13 aprel. www. lex.uz.

2. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti № 5 “Aso-

siy vositalar”. www. lex.uz.

3. Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 16-son “Mulk, zavod, mashina va

asbob- uskunalar”. www. lex.uz.

4. Urazov K.B., Po‘latov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. –T.: “Innovatsion rivo-

jlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2020 y.

5. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/agriculture-2

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida (Yangi tahrirda)”. 2016 yil 13 aprel. www. lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti № 5 “Asosiy vositalar”. www. lex.uz.

Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 16-son “Mulk, zavod, mashina va asbob- uskunalar”. www. lex.uz.

Urazov K.B., Po‘latov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. –T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2020 y.

https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/agriculture-2

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов