Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning bugungi kundagi dolzarbligi

Annotasiya

Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorliknining, ijtimoi yiqtisodiy tizimdagi o‘rni muhokama qilinadi. Korxonadan oldingi talqinlarni umumlashtirishga asoslanib, iqtisod bilan bir qatorda, uning ijtimoiy tarkibi, ayniqsa rivojlanayotgan bozorlarga ega mamlakatlar uchun ham ahamiyatli ekanligi ko‘rsatilgan. Ayniqsa, kichik tadbirkorlik rivojlanishida, iqtisodiy o‘sish va siyosiy barqarorlikka chiqishida bajaraladigan funksiyalar va ommaviy innovatsiyalarning o‘ta muhimligi ko‘rsatildi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
doi
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Alikulov, A. (2023). Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning bugungi kundagi dolzarbligi. Global Dunyoda Ilm-Fan Va ta’limdagi Nnovatsion Rivojlanishning Zamonaviy Trendlari, 1(1), 47–48. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp47-48
Azizbek Alikulov, Oliy maktab

magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorliknining, ijtimoi yiqtisodiy tizimdagi o‘rni muhokama qilinadi. Korxonadan oldingi talqinlarni umumlashtirishga asoslanib, iqtisod bilan bir qatorda, uning ijtimoiy tarkibi, ayniqsa rivojlanayotgan bozorlarga ega mamlakatlar uchun ham ahamiyatli ekanligi ko‘rsatilgan. Ayniqsa, kichik tadbirkorlik rivojlanishida, iqtisodiy o‘sish va siyosiy barqarorlikka chiqishida bajaraladigan funksiyalar va ommaviy innovatsiyalarning o‘ta muhimligi ko‘rsatildi.


background image

STARS International University

47

ALIKULOV AZIZBEK
ERNAZAROVICH

Oliy maktab magistranti
alikulovaziz@mail.ru

KICHIK BIZNES
VA XUSUSIY
TADBIRKORLIKNI
RIVOJLANTIRISHNING
BUGUNGI KUNDAGI
DOLZARBLIGI

Annotatsiya:

Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorliknining, ijtimoi y-iqtisodiy ti-

zimdagi o‘rni muhokama qilinadi. Korxonadan oldingi talqinlarni umumlashtirishga asos-
lanib, iqtisod bilan bir qatorda, uning ijtimoiy tarkibi, ayniqsa rivojlanayotgan bozorlarga
ega mamlakatlar uchun ham ahamiyatli ekanligi ko‘rsatilgan. Ayniqsa, kichik tadbirkorlik
rivojlanishida, iqtisodiy o‘sish va siyosiy barqarorlikka chiqishida bajaraladigan funksiyalar
va ommaviy innovatsiyalarning o‘ta muhimligi ko‘rsatildi.

Kalit so‘zlar:

tadbirkor, kichik tadbirkorlik, kichik biznes, ommaviy innovatsiya.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bugungi kunda, ahamiyati va zaruriya-

ti o‘ta muhim omillardan biridir. Olib borilgan izlanishlar asosida qo‘lga kiritlgan
ma’lumotlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyot taraqqiyotidagi o‘r-
ni, uning ahamiyati va zaruriyati O‘zbekiston iqtisodi rivojlanishining asosini tashkil
etishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tad-
birkorlikrivojlanishining amaliy jihatlari, mamlakatda shu sohaga tegishli huquqiy
asoslar, muammolar va ularni hal etish choralari to‘g‘risida fikr-mulohazalar tah-
lili olib borilganda, bu hodisa va tushuncha bir qarashda juda oddiy, hammaga
ravshandek tuyuladi. Haqiqatan esa, u juda murakkab, ko‘pqirrali, fundamental
ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Tadbirkorlik ideologi hisoblangan Y.Shumpeter: tad-
birkorlikni barcha turdagi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga xos hodisa bo‘lib, ularning
nafaqat tarkibiy qismi, balki iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch, deb ta’kidlab
o‘tgan. Tadbirkorlik O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida hamda jahon mo-
liyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy ta’sirini yumshatish va oqibatlarini bartaraf etish-
da shunday kuch ekanligini namoyon etmoqda va yetakchi sohaga aylanmoqda.
Lekin haligacha tadbirkorlikning barcha qirralari va funksional xossalari yetarli
darajada o‘rganilmagan va natijada uning imkoniyatlari to‘liq safarbar etilmagan.
Demak, tad birkorliklar va iqtisodchilar oldida ulkan vazifalar turibdi. Bunday vazi-
falani umumlashtirgan holda quyidagicha ifodalash mumkin:

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp47-48


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

48

1. Nazariya sohasida: tadbirkorlik hodisasini kengroq va chuqqurroq tadqiq

qilish, uning fundamental funksional xossalarini aniqlab, yaxlit nazariy modelini
shakllantirish. Uslubiyot sohasida: hozirda shakllangan va qo‘llab kelinayotgan
nazariy-amaliy tadqiqotlar uslubiyotini yangi va mavjud samarali usullar, yon-
dashuvlar bilan boyitish va jiddiy takomillashtirish;

2. Amaliyot sohasida: yangi nazariy-uslubiy yondashuvlar bilan boyitilgan mu-

kammal uslubiyot yordamida tadbirkorlik amaliyotini chuqurroq tahlil qilish va mu-
ammolarining samarali yechimlarini tavsiya etish;

3. Ma’rifiy sohada: talabalar, o‘quvchilar, tadbirkorlar, mutaxassislarning tadbir-

korlik faoliyatini yuksak madaniy darajada tashkil etish va amalga oshirishni ta’min-
laydigan bilimlar, ko‘nikmalar, dunyoqarash bilan qurollantirish;

4. Targ‘ibot sohasida: tadbirkorlikning insoniyat va jamiyat uchun ahamiyati va

roli, jamiyatdagi yutuqlari va istiqbollari, ilg‘or tajribasini ilmiy-amaliy targ‘ib qilish.

Shundan kelib chiqqan holda ushbu ishning vazifasi quyidagilarda aniqlana-

di: tadbirkorlikning mohiyati, ahamiyati va roli, belgilari va tamoyillari, ijtimoiy,
huquqiy, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, insoniy, boshqarish, marketing, tahliliy asos-
lari to‘g‘risida bilimlar tizimini shakllantirish; O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlan-
tirish va qo‘llab-quvvatlash siyosati, amaliyoti, muammolari va istiqbollari to‘g‘ri-
sida tasavvur hosil qilish; tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish
ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Tadbirkorlik shu paytgacha ishlatilmay kelgan aholi
jamg‘armalari, mahalliy resurslar, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar, xorijiy in-
vestitsiyalarni ijtimoiy-iqtisodiy jarayonga faol jalb etib, ishlab chiqa rishni kengay-
tirish, milliy mahsulot va boylikni ko‘paytirishga olib keladi.

Adabıyotlar ro‘yxatı:

1. A.Bekmuradov, B.Goipnazarov, M.Amanov, M.Toshxudjayev. O‘zbekiston iqti-

sodiyotini liberallashtirish yillarida. 1-qism. Makroiqtisobiyot va iqtisodiy isloxatlar,
savdo va investitsiyalar oqimlari. T.: TDIU, 2005y.

2. A.Bekmuradov, R.Toirov, E.Maxmudov, M.Isakov, J.Turayev. O‘zbekiston iq-

tisodiyotini liberallashtirish yillarida. 5-qism. Tashqi iqtisodiy siyosat: savdo va
investitsiyalar oqimlari. T: TDIU, 2005.

3.G‘ozibekov D.Yo.Invetsitsiyalarni moliyalashtirish masalari. T: “Moliya”, 2003.
4.Shodibekov D.I., Shodibekova D.A.Moliyaviy menejment Magisratura talabala-

ri uchun o‘quv qo‘llanma./ Toshkent.:TDIU, 2006y.

5. Рикардо Д. Начала политической экономии и податного обложения М.,

2020.

6. KICHIK biznesning ahamiyati, 4-ma’ruza, L.X.Gaffarov, Mavzuni о‘qitishdagi

interfaol ta’lim metodlari va ilg‘or xoriji.

7. http://www.spc.gov.uz/ru/esupport/mdex3.html
8. http://www.spc.gov.uz/ru/spmanagement/gppredp.html

Bibliografik manbalar

A.Bekmuradov, B.Goipnazarov, M.Amanov, M.Toshxudjayev. O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish yillarida. 1-qism. Makroiqtisobiyot va iqtisodiy isloxatlar, savdo va investitsiyalar oqimlari. T.: TDIU, 2005y.

A.Bekmuradov, R.Toirov, E.Maxmudov, M.Isakov, J.Turayev. O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish yillarida. 5-qism. Tashqi iqtisodiy siyosat: savdo va investitsiyalar oqimlari. T: TDIU, 2005.

G‘ozibekov D.Yo.Invetsitsiyalarni moliyalashtirish masalari. T: “Moliya”, 2003.

Shodibekov D.I., Shodibekova D.A.Moliyaviy menejment Magisratura talabalari uchun o‘quv qo‘llanma./ Toshkent.:TDIU, 2006y.

Рикардо Д. Начала политической экономии и податного обложения М., 2020.

KICHIK biznesning ahamiyati, 4-ma’ruza, L.X.Gaffarov, Mavzuni о‘qitishdagi interfaol ta’lim metodlari va ilg‘or xoriji.

http://www.spc.gov.uz/ru/esupport/mdex3.html

http://www.spc.gov.uz/ru/spmanagement/gppredp.html