Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
68
BEKMIRZAYEV MIRZABEK,
STARS international university 2-kurs
sirtqi ta’lim PT 21/6 guruh talabasi.
ILMIY RAHBAR: PHD, SHODIEV E.T.,
Stars international university dotsenti
BUXGALTERIYADA
PESTEL
TAHLILINING
AHAMIYATI
Annotatsiya:
Maqola PESTEL atamasi kelib chiqishi, bu nima uchun kerakligi, PASTEL
tahlili tarkibi va Pestel tahlili natijalari haqida yozilgan.
Kalit so‘zlar:
PESTEL.
KIRISH
Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish,
elektron davlat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish borasida izchil izlanishlar olib borilmoqda.
Bu sohani yanada avj olishiga prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qilingan
“Axborot tehnologiyalari va komunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish”-
ga oid Farmon va Qarorlar (PF–5349); (PQ–3549) katta turtki bo‘ldi.
Shuningdek, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlanti-
rishda jahon tajribasida sinovdan o‘tgan “Boshqaruv hisobi” usullarini amaliyotga
tatbiq etish asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda.
Shu o‘rinda ACCA tarkibidagi Pestel tahlili strategik biznes muhitidagi o‘zgarish-
larni aniqlab, strategik qarorlarni qabul qilish uchun ishlatiladigan analitik vosita.
1. Kelib chiqishi.
Bu atama haqida dastlabki ma’lumotlarni Frensis Aguilarning 1967-yilda nashr-
dan chiqqan
“PETPS”
(iqtisodiy, tehnik,siyosiy va ijtimoiy) tahlillari kiritilgan. “Kor-
parativ muhitni o‘rganish” kitobidan olishimiz mumkin.
Keyinchalik bu kitob nazariyasi o‘zgartiriladi va “strategik tendentsiyalarni baho-
lash jarayoni” deb yuritildi. Jarayon modifikatsiya qilindi va
PESTEL
omillarini o‘z
ichiga olgan lekin qonuniy omillardan yiroq bo‘lgan
STEPE
tahlili paydo bo‘ldi.
1980-yil boshlarida axloqiy omil uchun
STEEPLE,
ta’lim va demokrafik omillar
uchun
STEEPLED
hamda xalqaro omillar uchun
PESTLIED
variantlari ish olib bordi
va hammasi umumlashib
PESTEL
tahlili o‘z ish faoliyatini boshladi.
2. Pestel nima uchun kerak?
Bu tahlildan strategik, tashkiliy va marketingni rejalashtirishda foydalanish mum-
kin. Bu esa menejerlarga yaxshi tahlil qilinishi kerak bo‘lgan omilni ko‘rsatib beradi.
https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp68-70
STARS International University
69
Istalgan turdagi marketing strategiyasini amalda qo‘llashdan oldin vaziyatni
to‘liq o‘rganish kerak bo‘ladi. Bu vaziyatda PESTEL biz uchun ajoyib vosita. Siz o‘z
faoliyatingiz davomida biznesingizdagi o‘zgarishlarini muvaffaqqiyatli ko‘rib chiqa
olasiz. O‘zgarishlarga munosabat bildirish orqali siz o‘z tashkilotingiz raqobatdos-
hingizning tashkilotidan ustun ekanligini ifodalaysiz.
3.PESTEL tarkibi:
Ushbu ro‘yxatni siz biznesingiz va ish muhitingizga moslab olishingiz mumkin.
Bu ro‘yhat makro marketing muhitini muntazam tahlil qilish va kuzatishda yaqin-
dan yordam beradi.
Siyosiy omil
•
Sanoat qoidalari:
•
Tijorat imtiyozlari:
•
Soliq siyosati:
•
Saylovlar:
•
Subsidiyalar.
Iqtisodiy omil
•
Iste’molchiga bo‘lgan ishonch:
•
Foiz stavkalar:
•
Yalpi ichki mahsulot:
•
Valyutalar kursi:
•
Sarmoyadorlar ishonchi.
Ijtimoiy omil
•
Jamoatchilik tartib qoidalari:
•
Demografik o‘zgarishlar.
Tehnologik omil
•
Qurilmalardan foydalanish:
•
Yangi mahsulot ishlab chiqarish:
•
Ma’lumotlardan to‘gri foydalanib
yangi amaliyotlar bajarish.
Ekologik omil
•
Atrof- muhit tozaligi:
•
Axloqiy manbaalar
Huquqiy omil
•
Sog‘lik va xavfsizlik
•
Ish haqi bilan ta’minlash
•
Rag‘batlantirish
4. Tahlil namunasi. (Fanta misolida)
Bu taniqli brend va alkogolsiz ichimliklar ishlab ishlab chiqaradi. Fanta butun
dunyoga o‘z xizmatlarini taklif etgan.
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
70
•
Siyosiy omil.
Fanta o‘z mahsuloti kirgan har bir mamlakat qoidalariga amal qilishi kerak va
do‘konlarni eng sifatli tovarlar bn ta’minlashi kerak. Agar mamlakat ichki qoidala-
riga rioya qilmasa mahsulot tarqalishiga katta to‘siq bo‘ladi hatto biznesi to‘xtab
qolishi ham mumkin.
•
Iqtisodiy omil.
Fanta butun dunyo bo‘yicha o‘z mijozlariga ega. Kompaniya o‘z mahsulotini turli
mamlakatda ishlab chiqaradi. U o‘z mijozlariga qanday ta’m yoqishini biladi. Daro-
madning asosiy qismi ichimliklardan keladi.
•
Ijtimoiy omil.
Tovar uchun eng yaxshi sotuv joylar odamlar gavjum yashaydigan joydir. Lekin
Amerika uchun sog‘lom mahsulotni ko‘proq taklif qiladi. Masalan: suv va choy.
•
Texnologik omil.
Kompaniya o‘z texnika va texnologiyalarini tez-tez yangilaydi. Natijada iste’mol-
chi uchun sifatli mahsulot o‘z vaqtida yetkazib beriladi. Shuningdek, o‘z mashhur-
ligini orttirish uchun ijtimoiy tarmoqlardan, reklamalardan foydalanadi.
•
Ekologik omil.
Fanta o‘z mahsulotini ishlab chiqarish uchun asosan suvdan foydalanadi. Agar
firma joylashgan hududda suv taqchil bo‘lsa ish faoliyatini yurgizishda katta mu-
ammoga duch keladi.
•
Huquqiy omil.
Mahsulot reklama vaqtida o‘ziga raqobatchi bo‘lgan boshqa maxsulotni huquq-
lariga tegmagan bo‘lishi kerak. Shuningdek mahsulot tarkibida inson hayoti uchun
xavfli moddalar qo‘shilmasligi kerak.
XULOSA VA TAKLIFLAR
XXI asr texnologiyalar asri deb nom olgan bir paytda imkoniyatlardan unumli
foydalanish kerak. Shuningdek, biz iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish va jahon
bozorida mustahkam o‘rnimizni topish uchun chet el tajribalari bilan ham ishlas-
himiz kerak. Kompaniya tashkil topgandan buyon qanday muammolarga duch
kelganini taqqoslash ham foydalidir. Bu ma’lumotlarni internet yoki biznes nash-
rlaridan olishimiz mumkin. To‘plangan ma’lumotlarni o‘rganib chiqib,kelgusi 3-4
yil davomida biznesingizda duch keladigan muammolar ro‘yhatiga ega bo‘lasiz.
Natijada siz kelajagi mustahkam kompaniya egasi bo‘lasiz.
Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:
1.
KB boshqarish (2019) kbmanage.com.
2.
CFI (2019) Pestel tahlili.
3.
Corporatefinanceinstitute.com.
4.
Prezident qarori: (PQ–3549).
Prezident farmoni (PF–5349).
