Tijorat bank biznesini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish

Поделиться
Курбанова, Д. (2023). Tijorat bank biznesini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 139–141. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp139-141
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda tijorat bank faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi axborot texnologiyalari, innovatsion g‘oyalar hamda raqamli marketing, shuningdek, tijorat banklarida yangicha yondashuvni talab qiladigan texnologiyalarning ahamiyati yoritib berilgan.


background image

STARS International University

139

TIJORAT BANK
BIZNESINI
INNOVATSION
YONDASHUVLAR
ASOSIDA
RIVOJLANTIRISH

KURBANOVA DURDONA
BAHODIR QIZI,

ms.durdona@mail.ru

Annotatsiya

:

Ushbu maqolada bugungi kunda tijorat bank faoliyatiga bevosi-

ta va bilvosita ta’sir etuvchi axborot texnologiyalari, innovatsion g‘oyalar hamda
raqamli marketing, shuningdek, tijorat banklarida yangicha yondashuvni talab qil-
adigan texnologiyalarning ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

tijorat bank, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar.

Iqtisodiyotning innovatsion tarmoqlarini takomillashtirish O‘zbekiston iqtisodi-

yotidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, innovatsiyalarni qo‘llab-quv-
vatlashni ta’minlash esa davlatning iqtisodiy siyosati oldiga qo‘yilgan strategik
vazifalar biridir.

Tijorat bank faoliyatiga innovatsiyalarning joriy etilishi mamlakatning iqtisodiy

o‘sishiga, uning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirishga, iqtisodiyotdagi
tarkibiy o‘zgarishlarga, shu jumladan, moliyaviy tarmoqlarning rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatadi.

Mamlakatimizda banklarning innovatsion faoliyatini takomillashtirish-

ga alohida e’tibor berilib, uning taraqqiyotini ta’minlash maqsadida 2020–
2025-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qil-
ish strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida
bank tizimining barqarorligini safarbar etish, iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlash-
da banklarning ishtirokini kengaytirish bank xizmatlari sohasida vazifalar belgilab
berildi.

Bu hujjatga, asosan, quyidagilar bu bosqichning asosiy vazifalari qilib belgilandi:
– bank tizimining samaradorligini oshirish;
– bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
– bank sektorida davlat ulushini kamaytirish;
– moliyaviy xizmatlarning ommabopligi va sifatini oshirish;

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp139-141


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

140

– xalqaro reytinglarda O‘zbekiston bank tizimining mavqeyini oshirish;
– nobank moliya institutlarini rivojlantirish;
– Markaziy bank va prudensial nazoratning roli;
– Moliya vazirligining roli va asosiy vazifalari;
– strategiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari va uni ro‘yobga chiqarish ustidan mo-

nitoring.

Bank boshqaruv organi ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun moliyaviy,

moddiy, tashkiliy, huquqiy, ma’naviy, psixologik shart-sharoitlarni yaratish, bosh-
qaruv vazifalarining bevosita ijro etilishi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z ichiga oladi.

Banklarning innovatsion faoliyati turli darajada murakkab jarayonni ifodalaydi,

chunki yangi g‘oyalar, taklif etilayotgan yangi mahsulotlar bank va mijoz man-
faatlariga mos kelishi asosida uzluksiz davom etishi bank muvaffaqiyatini ta’min-
lashga xizmat qiladi. Shuning uchun banklarning raqobatdoshligi va ular faoli-
yatining samaradorligi turli vositalar (axborot texnologiyalari, boshqaruv, mar-
keting) asosida yangi xizmatlar taqdim etilib borilishiga bog‘liq. Shunday qilib,
bank xizmatlari bozoridagi taqdim etilayotgan yangi yoki takomillashgan xizmat
turlari banklarning innovatsion mahsulotlari hisoblanadi. Demak, banklarning
mahsulotlari innovatsion yangi yoki takomillashgan xizmatlarni taqdim etish va
operatsiyalar bajarish orqali namoyon bo‘ladi. Bank mahsulotlariga talab darajasi
esa bank xizmatlari bo‘yicha yangilikning samaradorligi orqali belgilanadi. Bank
faoliyatidagi innovatsiyalar mohiyatini bir necha guruhlarga tasniflash maqsadga
muvofiq: mahsulot innovatsiyasi, texnologik innovatsiya, marketing innovatsiya-
si, boshqaruv innovatsiyasi.

Zamonaviy raqamli texnologiyalar bank sohasida yangi elektron mahsulotlar

va xizmatlarni joriy etish bilan bir qatorda ularni taklif qilayotgan tashkilotlarning
rivojlanishini ko‘rish imkonini beradi.

Iqtisodiy adabiyot va ilmiy tadqiqotlarda moliyaviy innovatsiyalarga turli qa-

rash hamda tushuntirishlar berilgan. Masalan, S. V. Vikulovning fikricha, “Moliyaviy
innovatsiyalar bu – ilgari taklif qilingan bank mahsulotini iste’molchilarga yana-
da takomillashtirilgan yoki potensial xaridorning ilgari qoplanmagan ehtiyojlarini
qondirishga qodir yangi mahsulot yaratish”

Yuqoridagi yondashuvlardan kelib chiqib, bank innovatsiyalarining rivojlanishini

quyidagi uch yo‘nalish bilan uzviy bog‘lash mumkin:

– yangi innovatsion texnologiyalarning yaratilishi;
– bank chakana xizmatlari hajmi hamda turlarining ko‘payishi;
– mijozlarga xizmat ko‘rsatish bozorida yangi segmentlarning shakllanishi.
Bank innovatsion faoliyatining kengayish omillari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish

mumkin: banklar o‘rtasida raqobat muhiti, axborot texnologiyalarining jadal rivo-
jlanishi, aholi turmush faoliyatida axborot va aloqa vositalarining ahamiyatining
keskin osishi va boshqalar.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mohiyatga ko‘ra, innovatsiya fan, ishlab

chiqarish va kapitalning yangi shaklidagi integratsiyasi orqali namoyon bo‘lishidir.
Banklar esa yuori innovatsion potensialga ega iqtisodiy subyekt hisoblanadi, ularn-
ing amalga oshirayotgan innovatsion faoliyati nafaqat banklarning o‘zini, shun-
ingdek, boshqa sohalar faoliyatining ham rivojlanishiga ta’sir etadi. Muvaffaqiyatli
innovatsion siyosat istiqbolli rivojlanishni ta’minlaydi va natijada banklarning raqo-
batdoshligi innovatsion mexanizmlarni joriy qilish orqali mustahkamlanadi. Bu esa,


background image

STARS International University

141

o‘z navbatida, mamlakatimiz miqyosida innovatsion jarayonlarning yanada rivojla-
nishiga olib keladi.

Moliyaviy innovatsiyalardan faol foydalanish kredit tashkilotlarining moliya bo-

zoridagi mavqeini mustahkamlashga olib keladi, bu esa o‘z o‘rnida har xil turdagi
tijorat banklari o‘rtasidagi mijozlar uchun raqobatdosh sharoitni oshiradi.

Banklarda moliyaviy innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish hozirgi kun-

da eng dolzarb mavzulardan biri, joriy etilayotgan innovatsiyalar nazariy hamda
amaliy jihatdan o‘rganib chiqiladi, mahalliy va xorijiy tajriba batafsil tahlil qilina-
di, Rossiya iqtisodiyotining moliyaviy va real sektorlari o‘rtasidagi samarali ham-
korlikni modernizatsiya qilish va tashkil etish uchun olingan bilimlarni amaliyotda
qo‘llash.

Banklarda moliyaviy innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish bugungi kun-

da eng dolzarb mavzu bo‘lib, moliyaviy innovatsiyalarni joriy etishning nazariy va
amaliy jihatlarini yanada chuqurroq o‘rganishni, mahalliy va xorijiy tajribani batafsil
tahlil qilishni, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashni talab qiladi. Bu o‘z o‘rnida
O‘zbekiston iqtisodiyotining moliyaviy va real sektorlari o‘rtasidagi samarali ham-
korlikni modernizatsiya qilish va tashkil etish uchun xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. 2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston respublikasining bank tizimini

isloh qilish strategiyasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining far-
moni, 12.05.2020 yildagi PF–5992-son https://lex.uz/docs/-4811025.

2. Bank ishi: Darslik / Sh.Z. Abdullayeva; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta

maxsus ta’lim vazirligi. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2017.

3. Яковенко С.Н., Тимченко А.А. Финансовые инновации в деятельности

коммерческих банков: теоретико-экономические аспекты. Современные
проблемы науки и образования. 2013.

4. Мишина А.А. Финансовые инновации: классификации и виды. Государ-

ственный аудит: Право. Экономика. 2017.

5. Дубинин М.В. Банковские технологии: сущность, история развития и

перспективы // Финансы и кредит. 2007.

Библиографические ссылки

2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 12.05.2020 yildagi PF–5992-son https://lex.uz/docs/-4811025.

Bank ishi: Darslik / Sh.Z. Abdullayeva; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2017.

Яковенко С.Н., Тимченко А.А. Финансовые инновации в деятельности коммерческих банков: теоретико-экономические аспекты. Современные проблемы науки и образования. 2013.

Мишина А.А. Финансовые инновации: классификации и виды. Государственный аудит: Право. Экономика. 2017.

Дубинин М.В. Банковские технологии: сущность, история развития и перспективы // Финансы и кредит. 2007.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов