Samarqand shahrining M-39 avtomobil yo‘lining chiqish yo‘li chorrahasi yechimi

CC BY f
146-149
6
6
Поделиться
Мадиев, Ф. (2023). Samarqand shahrining M-39 avtomobil yo‘lining chiqish yo‘li chorrahasi yechimi. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 146–149. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp146-149
Фаррух Мадиев, Самаркандский государственный архитектурно-строительный институт

старший преподователь

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Samarqand shahrining asosiy Panjikent ko‘chasining M-39 avtomobil yo‘lining chiqish yo‘li chorrahasi uchun taklif qilinayotgan chorraha yechimi loyihasi bo‘lishiga qaramasdan, unda svetofor yo‘q, transportlar harakati uzluksiz, ya’ni taklifloyiha shunday loyihalashtirilganki, transportlarning hamma tomonga harakati svetoforsiz ham ta’minlangan; mavjud qurilgan binolarni buzib, orqaroqqa surishning hojati yo‘qyo‘lning mavjud gabaritidan maksimal darajada foydalanilgan; taklif qilinayotgan loyiha ni va bajarilgan ishlarni nafaqat Samarqand viloyatida, balki Respublikamizning boshqa aholisi zich, tirband ko‘chalarida loyihalash va ularni amalda qo‘llash maqsadida yuqoridagi amaliy tavsiyalarni hayotga tadbiq etish mumkin.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

146

SAMARQAND
SHAHRINING
M-39 AVTOMOBIL
YO‘LINING
CHIQISH YO‘LI
CHORRAHASI
YECHIMI

MADIEV FARRUKH
MUYSINOVICH,

katta o‘qituvchi, Samarqand
Davlat arxitektura – qurilish
instituti, djfmfarruh@mail.ru

Annotatsiya:

Samarqand shahrining asosiy Panjikent ko‘chasining M-39 avtomo-

bil yo‘lining chiqish yo‘li chorrahasi uchun

taklif qilinayotgan chorraha yechimi loyihasi

bo‘lishiga qaramasdan, unda svetofor yo‘q, transportlar harakati uzluksiz, ya’ni taklif-lo-
yiha shunday loyihalashtirilganki, transportlarning hamma tomonga harakati svetoforsiz
ham ta’minlangan; mavjud qurilgan binolarni buzib, orqaroqqa surishning hojati yo‘q,
yo‘lning mavjud gabaritidan maksimal darajada foydalanilgan; taklif qilinayotgan loyiha-
ni va bajarilgan ishlarni nafaqat Samarqand viloyatida, balki Respublikamizning boshqa
aholisi zich, tirband ko‘chalarida loyihalash va ularni amalda qo‘llash maqsadida yuqori-
dagi amaliy tavsiyalarni hayotga tadbiq etish mumkin.

Kalit so‘zlar:

M-39 avtomobil yo‘li, estakada, yo‘lo‘tkazgichlar.

Samarqand viloyat arxitektura va qurilish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra,

Samarqand viloyatida 60 dan ortiq yirik ko‘prik va estakada joylashgan.

Bu suratlar 2021-yilning 20-fevral kuni soat 15 dan 02 daqiqa o‘tganda va 15 dan

18 daqiqa o‘tganda olingan. Shahar ko‘cha va yo‘llari tirbandliklariga Samarqand
shahri misolida to‘xtaladigan bo‘lsak, bizga ma’lumki, Samarqand shahri tarixiy
shahar hisoblanadi. Shunday ekan, oldimizda shahardagi mavjud tarixiy obida-
larga va shaharning arxitekturaviy dizayniga ziyon yetkazmagan holda ko‘cha va
yo‘llardagi, chorrahalardagi tirbandliklarni bartaraf etish masalasi turibdi. Shahri-
miz ko‘chalari bo‘ylab yo‘l yoqalarida bir-biridan ko‘rkam va shinam qator jamoat
va ma’muriy binolar qad ko‘tarib turibdi. Bu binolarni buzib, 5-10 metr orqaga
surgandan yoki boshqa bir joyga ko‘chirgandan ko‘ra chorrahalarda yo‘l o‘tkaz-
gich, ko‘priklar orqali tirbandlikning olish hamda shaharning arxitekturaviy dizay-
ni va masalaning iqtisodiy tomondan samaradorligi yuqoridir.

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp146-149


background image

STARS International University

147

1-rasm. Panjikent ko‘chasining M-39 avtomobil yo‘li 1081-km.ga

chiqish yo‘li chorrahasining sputnik orqali aeroxaritasi ko‘rinishi.

Quyidagi geodezik ishlar, gen plan, chorraha rejasi, 3D ko‘rinishlar orqali Pan-

jikent ko‘chasining M-39 avtomobil yo‘li chiqish yo‘li chorrahasiga o‘zimning tak-
lif-loyihamni taklif etaman.

Mazkur inshootni bunyod etishdan ko‘zlangan maqsad Samarqand shahri-

da transport infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda yangi qurilayotgan “Sa-
marqand city” hududiga keladigan sayyohlar va fuqarolarga qulaylik yaratishdir.

Samarqand shahridan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1083-kilometrida yangi

yo‘lo‘tkazgich “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Ko‘prikquri-
lishloyiha” korxonasi hamda Rossiyaning yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlik-
da tayyorlangan loyiha asosida barpo qilinmoqda.

Loyihaga ko‘ra, yo‘lo‘tkazgichning balandligi 5,5; uzunligi 110, kengligi esa 28,9

metrni tashkil etib, inshootdan ikki tomonga yo‘nalish bo‘ylab ikkita syezd mavjud.
Ushbu yo‘lo‘tkazgich foydalanishga topshirilgach, bir soatda qariyb 600 ga yaqin,
bir sutkada esa 14 mingta avtomobilni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

Amalga oshirilayotgan loyihaning oraliq qurilmasi kesimsiz uch oraliqli balka

bo‘lib, qurilish balandligi bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ikki chetidagi oraliq qu-
rilmaning uzunligi 33 metr, o‘rtadagi oraliq qurilmaning uzunligi esa 42 metrdan
iborat bo‘ladi. Mazkur yo‘lo‘tkazgichga jami 6000 metr kub beton yotqizish ishlari
mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 3000 metr kub beton yotqizildi.

Deformatsion choklar rezina-metalli qoplama turidan iborat bo‘lib, o‘tkazgich-

ning eni va uzunligi bo‘ylab harakatlanishiga imkoniyat beradi hamda avtomobil-
larning tekis va ravon harakatlanishiga zamin yaratadi. Mutaxassislarning aytishic-
ha, bunday deformatsion choklar birinchi marotaba ishlatilmoqda.

Monolit oraliq qurilma ham yaxlit havozalarda 2 bosqichda quriladi. Dastlab bir

yo‘nalishda uchta harakat yo‘li, ikkinchi yo‘nalishda xuddi shuncha harakat yo‘li
barpo etiladi. Ushbu yo‘lo‘tkazgich qurilishini “Ko‘prikqurilish tresti” korxonasining
200 nafar mutaxassisi zamonaviy texnika va uskunalardan foydalangan holda
amalga oshirmoqda.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

148

Panjikent ko‘chasining M-39 avtomobil yo‘li chiqish yo‘li chorrahasining atrofida

joylashgan ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarning, avtomobil yo‘llarining, mavjud
binolarning gen plani loyihalashtirildi.

Panjikent ko‘chasining M-39 avtomobil yo‘li chiqish yo‘li chorrahasi uchun mav-

jud gen planga taklif qilinayotgan yo‘lning rejasi loyihalandi.

Yuqoridagi ma’lumotlar asosida Panjikent ko‘chasining M-39 avtomobil yo‘li

chiqish yo‘li chorrahasiga taklif qilinayotgan loyihaning 3 o‘lchamli (3D) ko‘rinishi
ishlab chiqildi.

Aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish, qulay sharoitlar yaratish

maqsadida Respublikamizning yirik shahar markazlari, aholi zich joylashgan
hududlari hamda shaharlarda tirbandliklarning oldini olishga keng e’tibor qara-
tilyapti.

Yo‘l tarmoqlarini kengaytirish va rivojlantirish sanoat, qurilish va, ayniqsa, sha-

har xo‘jaligi taraqqiyoti sur’atlarini ancha tezlashtiradi.

Bundan ko‘rinib turibdiki mavjud chorrahalardagi svetofor 2,3,4 marta yashil

yonganda yo‘ldan yo‘lga yoxud yo‘lni davom ettirishdagi o‘tish davri 4,5-7,5
daqiqani tashkil etishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, kichik halqa yo‘li orqali yo‘ldan
yo‘lga yoki yo‘lini davom ettirish davri bor yoki 20 soniyani, yoinki boshqa sabab-
lar bilan 1 daqiqani tashkil etadi. Bu esa nafaqat tirbandlikning oldini oladi, balki
avtotransport vositalaridan chiqadigan chiqindi gazlarni kamaytirib, shahar havosi
ifloslanishining oldini olishiga ham katta hissa qo‘shadi. Avtotransport vositalari
harakati jadallashgan chorrahalarda kichik halqa yo‘lini qo‘llash orqali ham vaqt-
dan, ham ekologik jihatdan samaradorlikka erishgan bo‘lamiz. Chunki ushbu loyiha
tirbandlikka yo‘l qo‘ymaydi va ekologiyaga chiqarilayotgan chiqindi gazlar ta’sirini
kamaytiradi. Ma’lumki, harakatlanayotgan avtotransport vositasidan chiqayotgan
chiqindi gazdan ko‘ra joyidan qo‘zg‘alayotgan avtotransport vositasi 2.1% ko‘proq
chiqindi gaz chiqaradi.

2-rasm. Avtomobil yo‘llarida yo‘l belgisi va inshootlarni joylashtirish

va ular asosida chorrahani tartibga solishning loyihaviy ko‘rinishi.


background image

STARS International University

149

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxat:

1. F.M.Madiev., N.Saidova, Sh.Xaydarov;,Samarqand shahrida transportlar hara-

katini takomillashtirish,VI Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya
«GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2019: CENTRAL ASIA,1,13,71-73,2019,

2. F.M.Madiev., S.U.Rahmonkulov;,Standardization of traffic,”Scientific research

results in pandemic conditions (COVID-19) Proceedings of International Multidis-
ciplinary Conference, Part-3,Shawnee, USA”,1,1,135-139,2020,

3. F.M.Madiev., N.Saidova.;,Landscaping is a priority for development,”Scientific

research results in pandemic conditions (COVID-19) Proceedings of International
Multidisciplinary Conference, Part-3,Shawnee, USA”,1,3,139-142,2020,

4. F.M. Madiev. O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda oliy ta’lim rivojla-

nitish chora – tadbirlari,”Sovremennыe nauchnыy resheniya aktualnыx problem”
mejdunarodnaya nauchno – prakticheskaya konfrensiya. g. Rostov-na Donu, Ros-
siya”, 140-142,2020,

F.M. Madiev., N. Saidova; 4r-45 “Samarqand aylanma yo‘li” avtomobil yo‘lining

10-33-km qismida avtomobillarning oraliq masofalarini tadqiq qilish., “Me’morchi-
lik va qurilish muammolari (ilmiy texnik jurnali)”, 4,1,109-111, 2020,

Библиографические ссылки

F.M.Madiev., N.Saidova, Sh.Xaydarov;,Samarqand shahrida transportlar harakatini takomillashtirish,VI Mejdunarodnaya nauchno prakticheskaya konferensiya «GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2019: CENTRAL ASIA,1,13,71-73,2019,

F.M.Madiev., S.U.Rahmonkulov;,Standardization of traffic,”Scientific research results in pandemic conditions (COVID-19) Proceedings of International Multidisciplinary Conference, Part-3,Shawnee, USA”,1,1,135-139,2020,

F.M.Madiev., N.Saidova.;,Landscaping is a priority for development,”Scientific research results in pandemic conditions (COVID-19) Proceedings of International Multidisciplinary Conference, Part-3,Shawnee, USA”,1,3,139-142,2020,

F.M. Madiev. O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda oliy ta’lim rivojlanitish chora – tadbirlari,”Sovremennыe nauchnыy resheniya aktualnыx problem” mejdunarodnaya nauchno – prakticheskaya konfrensiya. g. Rostov-na Donu, Rossiya”, 140-142,2020,

F.M. Madiev., N. Saidova; 4r-45 “Samarqand aylanma yo‘li” avtomobil yo‘lining 10-33-km qismida avtomobillarning oraliq masofalarini tadqiq qilish., “Me’morchilik va qurilish muammolari (ilmiy texnik jurnali)”, 4,1,109-111, 2020,

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов