Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
332
O‘ZBEKISTON
IQTISODIYOTI
ISTIQBOLLARI VA
XAVF-XATARLAR
YOQUBJONOV ABDULAZIZ
ABDUVAHOB O‘G‘LI
Stars International University
Buxgalteriya hisobi va audit 21-B
guruh talabasi
abdulazizronaldo77@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan iqtisodiy islohotlar,
o‘zgarishlar, iqtisodiyotning istiqbollari va xavf-xatarlar, pul oqimlari, mamlakat inflyatsiya
ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar berilgan. Mamlakat iqtisodiyotining yanada rivojlanishi
uchun yana qanday chora-tadbirlar qilinishi kerakligi to‘g‘risida taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
iqtisodiyotning istiqbollari, inflyatsiya, modernizatsiya qilish, aholi turmush
darajasini yaxshilash.
KIRISH
O‘zbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan ko‘ra kechroq boshla-
gan bo‘lsa-da, o‘tish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan mu-
him saboqlarni olishi mumkin, deb hisoblaydi Jahon banki mutaxassislari. Rivojla-
nayotgan mamlakatlarga yordam beruvchi yirik xalqaro moliya tashkiloti yaqinda
O‘zbekiston iqtisodiyotiga bag‘ishlangan yangi hisobotini taqdim etdi. Unda o‘tgan
2018-yil va joriy 2019-yilning birinchi yarmida mamlakatda yuz bergan makroiqti-
sodiy, ijtimoiy va tarkibiy o‘zgarishlar hamda yaqin 2 yil – 2021-yilgacha bo‘lgan
istiqbollar keng sharhlanadi.
ASOSIY QISM
O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’ati sekin, ammo ijobiy bo‘lib qolmoq-
da. Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (to‘siqlarni) bartaraf etish
va yuqori o‘sish potensialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi.
2019–2020-yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli
inflyatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021-yilga borib, u pasayishi ku-
tilmoqda. Jahon banki prognozlariga ko‘ra, tashqi savdo balansining salbiy saldosi
yuqoriligicha qoladi. Sababi, O‘zbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish uchun ko‘plab mashina va uskunalarni import qi-
lishni davom ettiradi.
https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp332-334
STARS International University
333
Shuning uchun mamlakatning o‘zida kerakli korxonalarni ko‘paytirish lozim.
Ko‘plab mahsulotlarni import qilish natijasida yoki monopol korxonadan xarid
amalga oshirilmoqda. Natijada, aholi bundan aziyat chekmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2020-yildagi PF–5975-son “Iqti-
sodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan
yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, “Kambag‘allikni qisqar-
tirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yax-
lit tizim va muvofiqlashtiruvchi davlat organi, me’yoriy-huquqiy baza, mezonlar va
baholash uslubiyotining mavjud emasligi, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish vazifalarining aniq ajratib olinma-
ganligi sababli tegishli aholi guruhlari bilan amalga oshirilayotgan ishlarning sama-
radorligi past darajada qolmoqda”, deya ta’kidlanmoqda.
Kreditlarning haddan tashqari o‘sishi barqarorlikka tahdid solishi mumkin. Jahon
banki jamoasi fikriga ko‘ra, kreditlarning davomli va haddan tashqari o‘sishi inflyat-
siya bosimini kuchaytiradi va bu makroiqtisodiy barqarorlik uchun asosiy xavflardan
biridir. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, mamlakat hukumati moliyaviy intizomni saqlash
uchun maqsadli kreditlar hajmini kamaytiradi. Bundan tashqari, barqaror iqtisodiy
o‘sish va pul o‘tkazmalari oqimi mamlakatda asta-sekin qashshoqlikni qisqartirishga
yordam berishi ham kutilmoqda. Davlatning ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarishlari kam
daromadli oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini yanada kengaytirish orqali qash-
shoqlikni kamaytirishi mumkin.
Bank ekspertlarining fikricha, ayrim tovarlar narxining jahon bozorida ko‘tarilis-
hi va olib borilayotgan islohotlar tufayli O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan
investitsiyalar ko‘payishi uchun qulay istiqbollar mavjud, biroq salbiy omillar xavfi
ham saqlanib qolmoqda. O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari Rossiya, Xitoy
va Qozog‘istonda iqtisodiy o‘sishning ancha zaifligi, tarkibiy va tizimli islohotlarni
amalga oshirishning kechikishi, inflyatsiyaning o‘sishiga asosiy omil bo‘lib xizmat
qiladi.
O‘zbekistonning yetarli darajadagi valyuta zaxiralariga egaligi va davlat tas-
hqi qarzining nisbatan kamligi sabab iqtisodiyotning tashqi barqarorlik xavfi
o‘rtacha bo‘ladi. Islohotlarning keyingi bosqichi mamlakat korxonalari va moliya
sektori, qishloq xo‘ jaligi uchun mo‘ ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish va
qishloq xo‘jaligidagi islohotlar kabi ancha murakkab muammolarni hal qilishga
qaratilgan. Ushbu islohotlar iqtisodiy o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quv-
vatlash va ish o‘rinlarini yaratish uchun muhim ahamiyat ega. Shu bilan birga,
ular puxta nazorat qilinishi kerak bo‘lgan muhim iqtisodiy va ijtimoiy xavflarni
ham qamrab oladi.
O‘zbekiston Prezidenti devonining bayonotida sanoat ishlab chiqarishi
9,5 foizga, xizmat ko‘rsatish sohasi 20 foizga, qurilish sektori 6 foizga va qishloq
xo‘jaligi sektori 4 foizga o‘sganligi, yillik inflyatsiya 10 foizdan past bo‘lganligi qayd
etildi. 2022-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7% ga o‘sishi kutilmoqda. Bundan tas-
hqari, 2022 yilda inflyatsiya darajasi 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lumot
o‘rnida, o‘tgan 2020 yilda inflyatsiya darajasi 11,1 foizni, 2019 yilda esa 15,2 foizni
tashkil etgan.
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
334
XULOSA VA TAKLIFLAR
Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanish uchun ancha kech qadam qo‘ygan bo‘lis-
higa qaramay, ko‘plab islohotlar bo‘layotganligi tufayli mamlakatda rivojlanish
tezlashmoqda. Lekin bunday vaziyatda ehtiyotkorlik ham zarar qilmaydi, sababi,
arzimas ko‘ringan xato ko‘plab muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan
tashqari, aholining turmush darajasini yaxshilash maqsadida, monopol korxonalar-
ga raqobatbardosh korxonalarni tashkil qilish bozorda narxlarning arzonlashishiga
sabab bo‘lar edi va, albatta, monopol korxonaning yanada yaxshi, sifatli mahsulot-
lar ishlab chiqarishiga sabab bo‘lar edi. Hozirda monopol korxonalar o‘zi xohlagan
mahsulotini xohlagan narxiga sotishmoqda. Aholi esa o‘z ehtiyojlari tufayli sotib
olishga majbur bo‘lishmoqda.
Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı
1. “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti istiqbollari va xavf-xatarlar” https://
kun.uz/uz/news/2019/08/31/ozbekiston-iqtisodiyoti-istiqbollar-va-xavflar.
2. “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat si-
yosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 26.03.2020-yildagi
PF–5975-son Farmoni.
“2022-yilda o‘zbekistonliklarni necha foiz inflyatsiya kutib turibdi?” https://
qalampir.uz/uz/news/2022-yilda-uzbekistonliklarni-necha-foiz-inflyatsiya-ku-
tib-turibdi-49749.
