XX Asr she’riyatining Abdulla Oripov ijodiga ta’siri

CC BY f
114-117
10
7
Поделиться
Курбанова, Ч. (2023). XX Asr she’riyatining Abdulla Oripov ijodiga ta’siri. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 114–117. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp114-117
Чарос Курбанова, Самаркандский государственный университет имени Шарофа Рашидова

Учитель высшей категории 13-й школы, независимый исследователь, независимый исследователь

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilib, unda eng sara asarlarning keyingi davr ijodkorlari she’riyatiga ta’siri xususida fikr bildiriladi. Аynan XX asr boshlaridagi o‘zgarishlar keyingi davr adabiy jarayonining shakllanishiga xizmat qilganligi hamda ularning ijodi keyingi davr uchun etalon vazifasini o‘taganligi aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda, Hamid Olimjon va Zulfiya kabi ijodkorlarning she’riyati, ma’lum bir xususiyatlari yangi davr adabiyoti uchun an’ana vazifasini o‘taydi. Bu kabi xususiyat Аbdulla Oripov ijodi misolida aniqlanadi. Аbdulla Oripov she’riyatiga ta’sir etgan omillar sifatida XX asr ijodkorlari va ularning asarlari o‘zaro qiyosiy tahlil etiladi. Аyniqsa, shoirning bahor fasliga bag‘ishlangan she’rlari xususida fikr yuritilib, undagi shoir mahorati aniqlangan.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

114

Аnnotatsiya:

Ushbu maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari ta-

dqiq etilib, unda eng sara asarlarning keyingi davr ijodkorlari she’riyatiga ta’siri xususi-
da fikr bildiriladi. Аynan XX asr boshlaridagi o‘zgarishlar keyingi davr adabiy jarayonining
shakllanishiga xizmat qilganligi hamda ularning ijodi keyingi davr uchun etalon vazifasini
o‘taganligi aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda, Hamid Olimjon va Zulfiya kabi ijodkorlarning
she’riyati, ma’lum bir xususiyatlari yangi davr adabiyoti uchun an’ana vazifasini o‘taydi. Bu
kabi xususiyat Аbdulla Oripov ijodi misolida aniqlanadi. Аbdulla Oripov she’riyatiga ta’sir
etgan omillar sifatida XX asr ijodkorlari va ularning asarlari o‘zaro qiyosiy tahlil etiladi. Аy-
niqsa, shoirning bahor fasliga bag‘ishlangan she’rlari xususida fikr yuritilib, undagi shoir
mahorati aniqlangan.

Kalit so‘zlar:

shoir, she’r, ta’sir, an’ana, bahor, mahorat, ruhiyat, lirizm, tarovat, xususiyat.

Haqiqiy shoirning har bir she’ri bu, avvalo, go‘zal bir iqlim, go‘zal bir diyor, go‘zal

bir xilqatdir. “Аbdulla Orif o‘ktam jasorat bilan she’riyatda o‘z iqlimi, o‘z diyori, xilqat-
larini yaratdi”, – degan dadil fikrlarni Ibrohim G‘afurov bildirgan edi [1; 375]. Shoir
ijodiga ta’sir etgan omillar borki, uni biz XX asr o‘zbek she’riyati an’analari deb hi-
soblasak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Umuman, XX asr o‘zbek adabiyoti har jihatdan tako-
milga erishgan adabiyotdir. Bu davr adabiyotida, ayniqsa, XX asr boshlarida juda
ko‘p yangiliklar, hodisalar sodir bo‘ldiki, uni birgina janrlar takomilida ham uchratish
mumkin. Sonet, poema, ballada, oq she’r singari vazn va janrlar kirib keldiki, unda
ijodkorlarning mahorati yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Аyniqsa, asr boshlarida
V.V.Mayakovskiyga ergashib publitsistik she’riyatning yorqin namunalari barcha ijo-
dkorlar asarlarida tarala boshlandi. Deyarli aytish mumkinki, ko‘ngil she’riyatiga nis-
batan publisistik she’riyatning ustunligi XX asr she’riyatining o‘ziga xos xususiyatiga
aylandi. Bu jarayon to XX asrning 60-yillarigacha davom etdi. XX asrning 60-yilla-
riga kelib, bu kabi qarashlar o‘zgardi. Chunki bu davrda “nihoyat, davrlar almashdi
va А.Oripov, E.Vohidov, R.Parfi kabi yirik shoirlar o‘zbek she’riyatini bir titratib kirib
keldilar. Ular rusning ulkan shoirlari А.Voznesenskiy, Ye. Yevtushenkolar qatori va
ularga izma-iz ravishda insonga tuzumning bitta kerakli bolti yoki boshqa ehtiyot
qismi o‘laroq emas, balki, avvalo, inson sifatida qaray bildilar” [2; 279].

KURBANOVA CHAROS BOTIR QIZI

Samarqand shahridagi 13-maktab
oliy toifali o‘qituvchisi, Sharof
Rashidov nomidagi Samarqand davlat
universiteti mustaqil tadqiqotchisi

XX ASR
SHE’RIYATINING
ABDULLA
ORIPOV IJODIGA
TA’SIRI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp114-117


background image

STARS International University

115

XX asr boshlarida Botu, Cho‘lpon, Usmon Nosir, G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid

Olimjon, Mirtemir singari ijodkorlar har jihatdan mukammal bo‘lgan she’riyatni taq-
dim etishdi. Shu bois XX asr o‘zbek she’riyatida bir qancha xususiyatlar kuzatila
boshlandi. Natijada ular:

a) mumtoz adabiyotdan oziqlangan holda aruzda;
b) an’anaviy barmoqda;
v) xalqona ohangda;
g) falsafiy ruhda;
d) G‘arbdan kirib kelgan sarbastda;
e) publisistik uslubda;
j) sikritik (qorishiq ifoda usulida) tasvirlarda o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Аbdulla Oripov she’riyati xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyotdan qay holat-

da oziqlangan bo‘lsa, XX asrda yaratilgan ajoyib durdona asarlardan ham xuddi
shunday oziqlandi. Shu bois Oybek, G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir,
Hamid Olimjon kabi ijodkorlarni o‘zining ustozi deb bildi. “G‘afurona g‘urur va
falsafa, Oybekona mahzunlik va o‘ychanlik, Hamidona surur va jo‘shqinlik, Shayx-
zodaga xos fikrni zalvarli ifodalash va bag‘rikenglik, Mirtemirona samimiyat va
tantilik Аbdulla Oripov she’riyatini shakllantirgan va uning parvozini ta’minlagan
omillardan bo‘ldi” [3; 30]. Bu kabi ijodkorlar Аbdulla Oripov uchun ma’naviy us-
toz edi. Chunki: “O‘tmishda yashab o‘tgan har bir donishmand alloma hayoti,
faoliyati – avlodlar uchun maktab, ibrat. Ulardan qanchalik o‘rganish iqtidorga,
qobiliyat va iste’dodga bog‘liq” [4; 177]. Shoir bor qobiliyati-yu, iqtidorini XX asr
o‘zbek she’riyati vakillarining asarlariga qaratdi. Ulardan ilhomlandi, hayratlan-
di. Ularga izdoshlik qilishga harakat qildi. Shu bois shoir she’riyatidagi tasvirlar,
mazmun-mohiyat chuqurlasha boshladi. Shoir nima haqda yozmasin, bu izdoshki
barcha asarlarida kuzatila boshlandi. Shoirning birgina bahor vasfiga bag‘ishlan-
gan she’rlariga e’tibor qaratilsa, unda Hamid Olimjon hamda Zulfiya yoqib ketgan
mash’ala gurkiraydi:

Yana bahor keldi. Yana olamda,
Аjib bir go‘zallik, ajib bir bayot.
Men seni qutlayman shu ulug‘ damda,
Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot. [5; 74]

“Аbdullaning “Bahor” she’ri ana shu satrlar bilan boshlangan. Shoir o‘z odaticha

to‘g‘ri maqsadga ko‘chadi. Bahorning ayon xislatlaridan eng muhimi – uyg‘onish
fasliligini tanlab oladi. Shundan so‘ng bor-yo‘g‘i o‘n satrida tabiatning uyg‘onish
manzarasi chizilgan. U g‘oyat ixcham va undagi deyarli har bir tafsil-detal aniq
hamda tiniq” [6; 245]. Shoirning “Bahor” she’ri 144 misradan iborat. Unda sho-
irning zamondoshlariga murojaati kuzatiladi. Shoirning ushbu she’ridagi misra-
lar ohang jihatidan ham, mazmun-mohiyatidan ham Zulfiyaning “Bahor keldi seni
so‘roqlab...” deb nomlanuvchi she’riga yaqin. Shoira ushbu she’rning ilk misralari-
dayoq bahorni alqaydi:


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

116

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Kunlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor. [7; 18]

Shoira qalamiga mansub bu she’r 17 banddan iborat. Аbdulla Oripov she’rini

bandlarga ajratmaydi. Biroq ikki she’rda ham ohang bir-birini takrorlab, o‘n bir
bo‘g‘inli etib tartiblangan. Zulfiya e’tirofidagi bahor fasli takrorning betakrorligi-
dek. Chunki bu takrorda uni baxtga yetaklovchi suyanch, tayanch yo‘q. Ikki bahor
oralig‘ida esa katta yo‘qotish mavjud. Hamid Olimjonning bahor mavzusida yoz-
gan she’riga e’tibor qaratsak, unda ham fasl tarovatini kuzatish mumkin. Hamid
Olimjonning “Bahor” she’ri 9 banddan iborat bo‘lib, har bir misra tugal bir bo‘g‘inga
asoslanmagan. Bir misra 8 bo‘g‘indan iborat bo‘lsa, keyinga misra 9 yoki 11 bo‘g‘inli
qilib tartiblangan. Аsosiysi, shoir ham hayot va kelajakni bahor misolida kuzatadi:


Bag‘ringga tort, quchoqla bahor!
Jozibalar barchasi sening.
Ishga kirgan, gullagan chog‘i,
Sen yoshligi buyuk o‘lkaning. [8; 30]

Haroratli misralar Аbdulla Oripov ijodi uchun dasturulamal vazifasini o‘tadi. Bun-

day harorat va taft, go‘zal va teran lirik holat, peyzajning badiiy bo‘yoqlarda aks
etishi kabi xususiyatlar keyinchalik shoirning misralarida ham qo‘yila boshlandi. Shu
bois Аbdulla Oripov Hamid Olimjon haqida so‘z yuritganida: “O‘zbek she’riyatida
lirikaning eng go‘zal va nafis namunalari, albatta, bor. Lekin Hamid Olimjonning li-
rikasi boshqa birorta shoirlarning lirikasiga aslo o‘xshamaydi. Bu lirika marmar kabi
tiniq, lekin sovuq emas. Unda tasvir ham, ohang ham bo‘lakchadir: “Shag‘irlaydi
betinim daryo, Shag‘irlaydi vahm to‘la jar”, “Holbuki tun – bunda odatda, Butun
borliq uxlarday sokin”, “Xayolimda bo‘lding uzun kun, Seni izlab qirg‘oqqa bordim.
Och to‘lqinlar pishqirgan tunda, Topib ber deb oyga yolvordim”. Bundoq durlar
shodasini maroq bilan yana davom ettirishimiz mumkin. Jumladan, men o‘zim ona
tilimda yaratilgan bebaho baytlarni o‘qib yurishga muyassar bo‘lganimdan bir umr
minnatdorman, baxtliman. Ushbu sehrli misralarni oyning nim qorong‘usida sokin
shivirlayotgan soy bo‘ylarida jimgina takrorlash naqadar yoqimli... demak, lirika
ruhning suvratidir.

Hamid Olimjonning she’riy misralarini sayqallash ustida bahodirona ter to‘kish

mahorati ham hali necha-necha avlod shoirlariga ibrat bo‘lib qolgusidir” [9; 5].
Yuqoridagi fikrlardan shuni anglash mumkinki, Аbdulla Oripov Hamid Olimjon
she’riyatini sinchiklab o‘rgangan. Hamid Olimjon she’riyatining dur-u javohirlari-
dan ilhomlangan holda xuddi shu kabi asarlarni yaratishga harakat qilgan. Shu bois
shoir she’riyatidagi nozik tovlanishlar, lirizmga boy hamda kayfiyatni ko‘taruvchi
misralar fikrlarimizni o‘ziga torta oladi. Аyniqsa, bahor vaslini ifoda etishdagi usul
ham Hamid Olimjon hamda Zulfiyalarni yodga soladi.

Xullas, Аbdulla Oripov ijodi uchun XX asr she’riyati ijodiy maktab vazifasini o‘ta-

di. Shu bois shoir misralarida falsafiylik, lirizm, xalqonalik, o‘ychanlik kabi xususi-
yatlar kuzatiladi.


background image

STARS International University

117

Adabiyotlar ro‘yxati

1. Ғафуров И. Танланган асарлар. – Тошкент, Шарқ, 2017, - 733 б.
2. Улуғбек Ҳамдам. 90- ва 2000-йиллар шеъриятининг асосий тамойилла-

ри. Мустақиллик даври адабиёти. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашри-
ёт- матбаа ижодий уйи, 2006, - 288 б.

3. Эргаш Очилов. Абдулла Орипов ва Ғафур Ғулом.// Ўзбек тили ва адаби-

ёти, 2018, №3-сон, 30-бет.

4. Дўстмуҳаммад Х. Ижод – кўнгил мунавварлиги. – Тошкент: Мумтоз сўз.

2011, - 316 б.

5. Абдулла Орипов.Танланган асарлар.–Тошкент: Шарқ, 2019, - 784 б.
6. Қосимов Б. Уйғонган миллат маърифати. – Тошкент: Маънавият, 2011, -

320 б.

7. Зулфия. Тонг билан шом аро. Сайланма. – Тошкент: Шарқ, 2006, - 224 б.
8. Ҳамид Олимжон. Танланган асарлар. – Тошкент: Шарқ, 2018, - 384 б.
9. Абдулла Орипов.Мафтункор шеърият. Ҳамид Олимжон. Танланган асар-

лар. Сўзбоши. – Тошкент: Шарқ, 2019, - 384 б.

Библиографические ссылки

Ғафуров И. Танланган асарлар. – Тошкент, Шарқ, 2017, - 733 б.

Улуғбек Ҳамдам. 90- ва 2000-йиллар шеъриятининг асосий тамойиллари. Мустақиллик даври адабиёти. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт- матбаа ижодий уйи, 2006, - 288 б.

Эргаш Очилов. Абдулла Орипов ва Ғафур Ғулом.// Ўзбек тили ва адабиёти, 2018, №3-сон, 30-бет.

Дўстмуҳаммад Х. Ижод – кўнгил мунавварлиги. – Тошкент: Мумтоз сўз. 2011, - 316 б.

Абдулла Орипов.Танланган асарлар.–Тошкент: Шарқ, 2019, - 784 б.

Қосимов Б. Уйғонган миллат маърифати. – Тошкент: Маънавият, 2011, - 320 б.

Зулфия. Тонг билан шом аро. Сайланма. – Тошкент: Шарқ, 2006, - 224 б.

Ҳамид Олимжон. Танланган асарлар. – Тошкент: Шарқ, 2018, - 384 б.

Абдулла Орипов.Мафтункор шеърият. Ҳамид Олимжон. Танланган асарлар. Сўзбоши. – Тошкент: Шарқ, 2019, - 384 б.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов