O‘zbek tilida ko‘plik ifodalanishi (Ot so‘z turkumi misollari asosida)

Поделиться
Мухаммадов, А. . (2023). O‘zbek tilida ko‘plik ifodalanishi (Ot so‘z turkumi misollari asosida). Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 148–150. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp148-150
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘zbek tilida birlik va ko‘plik, ya’ni son kategoriyasining o‘rganilish masalalariga,tahliliga bag‘ishlanadi. Ko‘plik ma’nolarining tuzilishi, mazmuni, vazifasi va qo‘llanishini, o‘zbek tili tarixida ko‘plikning grammatik ko‘rsatkichlari yozma manbalar asosida aniqlanishi, ko‘plik ma’nosini ifodalovchi morfologiyaga doir ishlarda ot turkumida gram matik kategoriya sifatida o‘rganildi.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

148

Annotatsiya:

O‘zbek tilida birlik va ko‘plik, ya’ni son kategoriyasining o‘rganilish mas-

alalariga,tahliliga bag‘ishlanadi. Ko‘plik ma’nolarining tuzilishi, mazmuni, vazifasi va qo‘lla-
nishini, o‘zbek tili tarixida ko‘plikning grammatik ko‘rsatkichlari yozma manbalar asosida
aniqlanishi, ko‘plik ma’nosini ifodalovchi morfologiyaga doir ishlarda ot turkumida gram-
matik kategoriya sifatida o‘rganildi.

Kalit so‘zlar:

o‘zbek tili, affiks, ko‘plik, birlik, son kategoriyasi, grammatika. til falsafasi,

so‘z turkumlari, mantiqiy va grammatik son, morfologik tuzilishi, affiksatsiya usuli va sin-
taktik usul.

KIRISH

O‘zbek tilshunosligi mustaqillik yillarida katta odimlar bilan rivojlanmoqda. Ay-

niqsa, o‘zbek tilini sistem asosda o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar salmog‘i
oshmoqda.

Tilning grammatik kategoriyalari va uning tarkibiy qismlari an’anaviy tilshunos-

likda keng o‘rganilgan, lekin uni sistem asosida o‘rganishga e’tibor berilmay kelin-
moqda. Ko‘plik va jamlik kategoriyalarining til falsafasidagi xususiyatlari to‘g‘risida
ham ilmiy qarashlar mavjud emas. Demak, ko‘plikning ilmiy talqini, unga yangicha
qarash masalalari hozirgi davrda maxsus tadqiqot ishini talab qilishi tabiiy hol bo‘lib
turibdi. Ma’lumki, grammatik son kategoriyasi jamlik ma’nosini ham o‘zida birlas-
htiradi. Bu esa mazkur muammoni ko‘plik – jamlik ziddiyatida maxsus o‘rganishni
taqozo qiladi. Ushbu hodisani o‘zaro ziddiyatda o‘rganish bu ikki lingvistik hodi-
saning tabiatini ochishga imkoniyat beradi. Ko‘plik va jamlik ot turkumigagina xos
emas, balki bu hodisalar grammatik sistemaning deyarli barcha qirralarida namo-
yon bo‘la oladi va o‘ziga xos sistemani tashkil etadi. O‘zbek tilshunosligida bu mu-
ammoga muayyan darajada e’tibor qaratilgan, lekin u yangi talqinlarda o‘rganilishi
lozim. Ko‘plik shakllarining ilmiy talqini amalga oshirish, uning jamlik bilan o‘xshash
va farqli xususiyatlarini belgilash ushbu ishning dolbzarbligini tashkil etadi.

O‘zbek tilida ko‘plik ma’nosinining ifodalanishiga doir tadqiqotlarda ot katego-

riya talqini keng o‘rin egallaydi.

1

Xususan ko‘plikning

–lar

morfologik ko‘rsatkic-

1

G‘ulomov A. O‘zbek ilida ko‘plik kategoriyasi. –T: Fan. 1994-56 b

ABRORXO‘JA MUHAMMADOV

O‘ZBEK TILIDA
KO‘PLIK
IFODALANISHI (OT
SO‘Z TURKUMI
MISOLLARI ASOSIDA)

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp148-150


background image

STARS International University

149

hi orqali ifodalanishiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari asosiy qismni tashkil
etadi.

O‘zbek tilshunosligida ham son kategoriyasi tahliliga doir tadqiqotlarning ak-

sariyati ko‘plikni ifodalash turlariga bag‘ishlangan. “O‘zbek tiliga nisbatan “faqat
birlikda ishlatiluvchi otlar”, “faqat ko‘plikda ishlatiluvchi otlar” haqida emas, balki

–lar

affiksini oluvchi va

–lar

olmaydigan otlar haqida, bularning o‘z ichki ma’no gu-

ruhlanishi haqida gapirish ma’qul.

1

-lar affiksining tarixiy kelib chiqishi va shakllanishi haqida turli qarashlar ham

mavjud:

“-lar affiksining boshqa barcha funksiyalarini son kategoriyasi doirasida izohlash

ham o‘rinli emas. Son kategoriyasida beriladigan talqinlar orasidan -lar affiksining
egalik va tuslovchi tarkibida qatnashuvini chiqarib tashlash lozim: bular son kate-
goriyasining shakli emas, balki -lar ko‘rsatkichining boshqa grammatik kategoriya-
larning formalari tarkibida qatnashuvidir

2

.

Otlarning ko‘plik shaklini yashash uchun

–lar

qo‘shimchasi qo‘shiladi.

Kiyim+lar,

bola+lar, stol+lar. –lar

qo‘shimchasini olgan ot birdan ortiq ekanini o‘z o‘zidan ifo-

dalaydi.

–lar

qo‘shimchasini quyidagi hollarda qo‘shilganda u modal ma’nolarni

ifodalashga xizmat qiladi.

1. Mavhum otlarga qo‘shilganda.
2. Atoqli otlarga qo‘shilganda
3. Inson tanasidagi asli bir dona bo‘lgan predmetlar bildirgan so‘zlarga qo‘shil-

ganda;

4.Donalab sanalmaydigan otlarga qo‘shilganda;
5. Vaqt ma’nosidagi otlarga qo‘shilganda;
6. Juft predmetni anglatgan otlarga qo‘shilganda;
7. Aniq va mavhum otlarga qo‘shilib, hurmat, kuchaytiruv-ta’kid, izzat ma’nosi

ifodalanganda.

Mavhum otlar (sevgi, iymon, baxt, omad), donalab sanalmaydigan predmetlami

anglatuvchi otlar (un, suv, yog‘, guruch, mosh kabi), yakka bir predmetni angla-
tuvchi otlar (til, bosh, yurak kabi). juft predmetni anglatuvchi otlar (ko‘z. qosh, qo‘l,
etik. paypoq kabi), atoqli otlar (Munira. Toshkent. Buxoro kabi) kiradi. Ayrim hol-
larda bu otlarga -lar ko‘plik affiksi qo‘shila oladi. Bunday holda -lar ko‘plik ma’nosi-
ni emas. balki quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi: 1. Mavhum otlar, yakka bir pred-
metni anglatuvchi otlar, juft predmetni anglatuvchi otlarda -lar affiksi qo‘shilganda
ma’noni kuchaytiradi yoki ta’kidlaydi: Kumushning qoshlari chimirildi (A.Qodiriy).
2. Donalab sanalmaydigan predmetni anglatuvchi otlarga -lar affiksi qo‘shilganda,
shu predmetning turi, navi, yoki mo‘llik kabi ma’nolami bildiradi: Zilol suvlar, eram
kabi bog‘-u bo‘stonlar (G‘ayratiy). 3. Atoqli otlarga qo‘shilganda esa umumlas-
htirish, birgalik kabi ma’nolarni bildiradi: Saidalar kelishdi kabi. Shuningdek, qa-
rindosh-urug‘lik munosabatini bildiruvchi (ota, ona, buvi, aka, opa kabi) otlarga
egalik qo‘shimchasidan keyin

-lar

affiksi qo‘shilganda, bu otlar hurmat ma’nosini

anglatadi: otamlar, opamlar, buvimlar kabi. Lekin –lar egalik qo‘shimchasidan oldin
kelganda ko‘plik ma’nosini bildiradi: opalarim, akalarim, amakilarim.

Otlarda ko‘plik ma’nosi leksik ma’nosi ko‘p predmetni bildiradigan otlar orqali

ham anglashiladi. Bunday otlar birlik shaklida bo‘lsa ham, bir turdagi predmetla-

1

O‘zbek tili gramatikasi I (Morfologiya). – T.: Fan 1975.-126 b

2

O

zbek tili grammatikasi, 1975: 126-127


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

150

ming to‘dasini, jamini bildiradi: to‘da, gala, aholi, xalq, olomon kabi. Ko‘plik ma’no-
sining bunday jamlovchi otlar orqali ifodalanishi leksik-semantik usul deyiladi. Bun-
day ma’nodagi otlarga grammatik jihatdan birlik shaklda (shaklan birlik, ya’ni –lar
ishtirok etmaydi.), lekin semantik jihatdan ko‘plikda deb qaraladi.

3. Otlarda ko‘plik ma’nosi ot oldidan miqdor bildiruvchi ravishlar, sanoq sonlar,

gumon olmoshlarini keltirish, so‘zlarni takrorlash bilan ham hosil qilinadi. Bu usul
bilan ko‘plik ma’nosining ifodalanishiga sintaktik usul deyiladi: ko‘p bola, uchta ki-
tob, bir necha qiz, dasta-dasta gul, to‘da-to‘da odam kabi.

Xulosa o‘rnida, o‘zbek tilida otlarning birlik ko‘rsatkichi yo‘q. Ko‘plik esa, aso-

san, morfologik usul, ya’ni -lar affiksi bilan ifodalanadi. Ko‘plikni sintaktik usul bilan
ham ifodalash mumkin: uch kishi, 5—6 ta odam kabi. Otga har 2 shaklni qo‘shib
(4 ta kitoblar kabi) qo‘llash uslubiy xato hisoblanadi. Son kategoriyasi otlarning
leksik-semantik guruhlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ushbu juftliklarning birinchi
qismi — turdosh, aniq va yakka otlar birlikda ham, ko‘plikda ham qo‘llana oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Фитрат. Ўзбек тили қоидалари тўғрисуда бир тажриба. Биринчи китоб:

Сарф. Танланган асарлар. V жилдлик. -Тошкент: Маънавият‚ 2006. –IV жилд.
–Б. 140-175.2. Сафаров Ф. Ўзбек тилида сон-мидор микромайдони ва унинг
лисоний-нутқий хусусияти: Филол.фан.номз.дисс.-Самарқанд,2004. 134б3.
Sayfullayeva R.,Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova
M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili / Darslik. – Toshkent: Universitet, 2010. -335

4. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., 2005
5. M.Mirzayev, C.Usmonov, I.Rasulov. O‘zbek tili. T.,1978 O‘zbek tili leksikologiyasi.

T., 1981.

6. B.Mengliyev, O‘. Xoliyorov. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. T., 2007
7. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili system leksikologiyasi asoslari. T., 1995.
8. Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. T., 1996
9. Qilichev E. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Buxoro, 2001
10. S.Rahimov, B.Umurqulov, A.Eshonqulova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., 2001
11. S.Rahimov, B.Umurqulov. Hozirgi o‘zbek tili. T., 2003.
12.G‘ulomov A. O‘zbek ilida ko‘plik kategoriyasi. –T: Fan. 1994-56 b
13.O‘zbek tili gramatikasi I (Morfologiya). – T.: Fan 1975.-126 b
14. M.Hamroyev, D.Muhammedova va b. Ona tili –Toshkent 2007- 85b
15.Dildoraxon Abdullayeva. Turkiy xalqlar adabiyoti , Toshkent-2014.
16.Uchqun o‘g‘li S. E. et al. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SON KATEGORIYALARINING

O‘RGANILISHI //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. –
2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 1-7.

17.Abdullayeva O. O. Q., O‘g‘li T. D. R. OTLARDA KO‘PLIK SHAKLINING

O‘RGANILISH TARIXIGA OID NAZARIY QARASHLARNING UMUMIYLIGI //Central
Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2022. – Т. 2. – №.
Special Issue 4. – С. 140-142.

Библиографические ссылки

Фитрат. Ўзбек тили қоидалари тўғрисуда бир тажриба. Биринчи китоб: Сарф. Танланган асарлар. V жилдлик. -Тошкент: Маънавият‚ 2006. –IV жилд. –Б. 140-175.

Сафаров Ф. Ўзбек тилида сон-мидор микромайдони ва унинг лисоний-нутқий хусусияти: Филол.фан.номз.дисс.-Самарқанд,2004. 134б

Sayfullayeva R.,Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili / Darslik. – Toshkent: Universitet, 2010. -335

H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., 2005

M.Mirzayev, C.Usmonov, I.Rasulov. O‘zbek tili. T.,1978 O‘zbek tili leksikologiyasi. T., 1981.

B.Mengliyev, O‘. Xoliyorov. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. T., 2007

Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili system leksikologiyasi asoslari. T., 1995.

Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. T., 1996

Qilichev E. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Buxoro, 2001

S.Rahimov, B.Umurqulov, A.Eshonqulova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., 2001

S.Rahimov, B.Umurqulov. Hozirgi o‘zbek tili. T., 2003.

G‘ulomov A. O‘zbek ilida ko‘plik kategoriyasi. –T: Fan. 1994-56 b

O‘zbek tili gramatikasi I (Morfologiya). – T.: Fan 1975.-126 b

M.Hamroyev, D.Muhammedova va b. Ona tili –Toshkent 2007- 85b

Dildoraxon Abdullayeva. Turkiy xalqlar adabiyoti , Toshkent-2014.

Uchqun o‘g‘li S. E. et al. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SON KATEGORIYALARINING O‘RGANILISHI //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 1-7.

Abdullayeva O. O. Q., O‘g‘li T. D. R. OTLARDA KO‘PLIK SHAKLINING O‘RGANILISH TARIXIGA OID NAZARIY QARASHLARNING UMUMIYLIGI //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2022. – Т. 2. – №. Special Issue 4. – С. 140-142.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов