Jamiyat taraqqiyotida elektron kutubxonalarning rivojlantirishning ahamiyati

CC BY f
160-167
8
9
Поделиться
Нишанова , Б. ., & Муминова, Д. . (2023). Jamiyat taraqqiyotida elektron kutubxonalarning rivojlantirishning ahamiyati. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 160–167. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp160-167
Барно Нишанова , STARS International University

Студентка группы 21/2

Дильфуза Муминова, Юнусабадский техникум общественного здравоохранения имени Абу Али Ибн Сино

ведущий преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Har birimizning hayotimizda axborot olamining ahamiyati tobora kuchayib borayotgani kundek ravshan. «Infosfera» (axborot olami) olis manzillarni yaqinlashtirib, oraliqdagi masofalarni qisqartirmoqda. Mazkur olamda insoniyat tarixining barcha bilimlari jamlangan. Bizdan esa “Infosfera”ning kirish eshigi, undan foydalanish imkonini beruvchi asosiy kalit – internetni bilish talab etiladi, xolos. Bu maqolamiz ta’lim va fan sohasida tobora ahamiyati ortib borayotgan, jahon bilim omborining asosiga aylanayotgan elektron kutubxonalarga dahldor.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

160

Annotatsiya:

Har birimizning hayotimizda axborot olamining ahamiyati tobora kucha-

yib borayotgani kundek ravshan. «Infosfera» (axborot olami) olis manzillarni yaqinlash-
tirib, oraliqdagi masofalarni qisqartirmoqda. Mazkur olamda insoniyat tarixining barcha
bilimlari jamlangan. Bizdan esa “Infosfera”ning kirish eshigi, undan foydalanish imkonini
beruvchi asosiy kalit – internetni bilish talab etiladi, xolos. Bu maqolamiz ta’lim va fan so-
hasida tobora ahamiyati ortib borayotgan, jahon bilim omborining asosiga aylanayotgan
elektron kutubxonalarga dahldor.

Kalit so‘zlar:

Elektron kutubxona, e-library, virtual kutubxona, e-kutubxona, Internet,

raqamli kutubxona, digital library

Kirish

Elektron kutubxona deganda nimani tushunamiz? Uning tarkibiy qismlari nima?

Xalqaro Tarmoqdagi minglab kitoblarni o‘z ichiga oladigan saytlar elektron kutu-
bxonami yoki kutubxona saytlari hammi? Raqamli kolleksiyalarni yaratish uchun
qanday bilim va malakalar kerak bo‘ladi? Ushbu maqolada shu kabi savollarga ja-
vob topishga harakat qilamiz (maqolada “elektron kutubxona”, “e-kutubxona” va
“raqamli kutubxona” terminlari bir ma’noda qo‘llaniladi).

Elektron kutubxona- Internetning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. Bu kutubxona-

ning elektron shaklidir. Kutubxona deganda, odatda, ko‘plab kitoblar terib qo‘yil-
gan, uzun, katta javonlar joylashgan xonalar ko‘z oldimizga keladi. Elektron kutu-
bxonada javonlar vazifasini jildlar, kitoblar vazifasini esa Internet saxifalari baja-
radi. Bu kutubxona ma’lumotlari elektron ko‘rinishda bo‘ladi va ular kompyuterda
joylashadi. Bu kutubxonadan foydalanish juda qulay. U orqali Siz dunyoning ixti-
yoriy nuqtasidagi elektron kutubxona ma’lumotlaridan foydalana olishingiz mum-
kin. Yana bir qulay tomoni zarur ma’lumot nusxasini ko‘chirib olishingiz mumkin.
Elektron kutubxonadan foydalanishingiz uchun kompyuter, modem va Internet
tarmog‘i bo‘lishi yetarli.

Faraz qilaylik, biror bir ma’lumot bilan tanishish uchun elektron kutubxona-

dan foydalanmoqchisiz. Kompyuter va Internet yordamida ma’lumotni bir nec-

NİSHONOVA BARNO NODİR QİZİ,

“STARS International University”
21/2 guruh talabasi
barnonishonova1106@gmail.com

ILMİY RAHBAR: MO‘MİNOVA
DİLFUZA MAHKAMOVNA,

Yunusobod Abu Ali ibn Sino
nomidagi jamoat salomatligi
texnikumining yetakchi o‘qituvchisi
mominovadilfuza87@gmail.com

JAMIYAT
TARAQQIYOTIDA
ELEKTRON
KUTUBXONALARNING
RIVOJLANTIRISHNING
AHAMIYATI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp160-167


background image

STARS International University

161

ha daqiqada topish mumkin. Ma’lumot dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan bir zumda
sizning kompyuteringiz ekranida tasvirlanadi. Buning uchun siz kompyuteringiz
tugmachasini bosishingiz va elektron kutubxonaga kirishingiz yetarlidir. Bir ne-
cha daqiqada ma’lumot ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Bu mo‘jizani eslatadi.
Bu mo‘jiza virtuallik deb ataladi. Unga faqat kompyuter va maxsus tarmoq orqali
erishish mumkin. Bir necha yil avval bir maqolani topish uchun oylab vaqt sarflash
zarur edi. Bugun esa bu maqsadni amalga oshirish uchun boshqa shaharga borish
va vaqt sarflash zarurati yo‘qoldi. Elektron kutubxonalar yordamga keldi.

Elektron kutubxonalarni turlicha nomlashadi:

Elektron kutubxona

Virtual kutubxona

E-kutubxona

E-library

Digital library

Keyingi vaqtlarda virtual dunyo, virtual olam, virtual do‘st kabi so‘zlar paydo

bo‘ldi. Virtual so‘zining ma’nosi bu tasavvur qilishdir. Virtual kutubxona bu odat-
dagi kutubxonaning abstrakt ko‘rinishidir. Bu kutubxonaning kitoblari, jurnallari va
ro‘znomalari kitob javonlarida emas, balki kompyuter xotirasida joylashgan bo‘la-
di. Bu kompyuterda yoki kompyuter maxsus qurilmalarida raqamli formatda saqla-
nadigan ma’lumotlar to‘plamidir. Bu- bosma audio, video va multimedia ma’lumot-
laridir. Ma’lumotlar hajmiga qarab, serverlar bitta yoki tarmoq bilan bog‘langan bir
necha kompyuterlardan iborat bo‘ladi.

G‘arb mamlakatlarida, masalan AQShda, kutubxonalarni avtomatlashtirish

60-yillardan boshlangan, kitoblarni kompyuterga kiritish orqali elektron kolleksiya-
larni yaratish 1971-yildanoq bajarib kelinmoqda. Bizning mamlakatimizda Internet
tarmog‘ining 90-yillarning oxiri- 2000-yillarning boshidan ommalashishi bugungi
kunga kelib bizga elektron kutubxonalarni yaratib, mamlakatimiz aholisi va dunyo
ahli bilan alishish imkonini bermoqda. Alisher Navoiy nomidagi Davlat Kutubxona-
si kabi markaziy tashkilotlarning loyihalari, Internet tarmog‘ida tashabbuskor va-
tandoshlarimiz tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan kolleksiyalar bunga misol
bo‘la oladi. Bu loyihalarning bajarilish darajasi turlicha bo‘lib, bu albatta malakali
mutaxassislarning bu jarayonlarda zamonaviy bilimlarni qo‘llagan holda ishtirok
etganlari yoki etmaganlariga bog‘liq. Xalqaro standartlar va muvaffaqiyatli ama-
liyotlar (

best practice

) dan xabardorlik va ko‘p hollardagi vaziyatni tubdan yaxs-

hilashi muqarrar. Shu maqsad yo‘lida elektron kutubxonalar konsepsiyasi, uning
tamoyillari va xorijda to‘plangan tajribalar xususida so‘z yuritamiz.

AQSh universitetlaridan biridagi “Elektron kutubxonalar” kursi talabalari ilmiy

adabiyotdan ushbu atamaning 65 ta ta’rifini to‘plab, umumiy xususiyatlarni ajratib
olishdi.

Unga ko‘ra elektron kutubxona:

• ma’lum jamoalar yoki jamoalar majmuiga xizmat qiladi;
• yagona obyekt bo‘lmasigi mumkin (ya’ni qismlar turi domenlar yoki tashkilot-

larga biriktirilgan);

• barcha qismlar uchun umumiy bo‘lgan mantiqiy tashkiliy strukturaga ega;
• nafaqat erkin foydalanish imkoni, balki ta’limiy komponentlarni o‘z ichiga olgan;


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

162

• inson va texnologik resurslardan unumli foydalangan;
• tez, samarali va to‘siqsiz kirishni ta’minlaydi;
• kirishning turli darajalarini ta’minlaydi (user, contributor, administrator va ho-

kazo.);

• bepul foydalanishni taklif etadi (ehtimol foydalanuvchilarning faqat ayrim gu-

ruhlariga);

• resurslarga egalik va nazorat qilish;
• kolleksiyalar:
• yirik va uzoq muddatga saqlab kelinadigan;
• yaxshi tashkillashtirilgan va boshqariladigan (fayllarning mavjud kategoriya-

larga to‘g‘ri kiritilishi, metadata qoidalarga mos shaklda ta’minlanishi va hokazo.);

• turli xil formatlarni o‘z ichiga olgan;
• nafaqat obyektlar haqida ma’lumot (abstrakt, bibliografik ma’lumot va hoka-

zo.),

• balki ularning o‘ziga ham ega bo‘lishi (kitob, maqola, jurnal va hokazo.);
• boshqa yo‘l bilan qo‘lga kiritib bo‘lmaydigan noyob manbalarga ega bo‘lishi;
• ba’zi fayllar raqamli shaklda yaratilgan (

ab origine

) bo‘lishi mumkin.

Elektron kutubxona tushunchasining quyidagi ta’riflari alohida e’tiborga loyiq:

Elektron kutubxonalar shu turdagi tashkilotlarki, ular raqamli asarlar kolleksiyala-
rini ma’lum bir jamoalar yoki jamoalar majmuiga oson va iqtisodiy jihatdan qulay
holda foydalanish uchun taqdim qiladi; saralash, strukturasini tuzish, intellectual
yo‘l ochish, talqin qilish, tarqatish, to‘laligicha saqlab qolish uchun zarur resurslar,
shu jumladan, ixtisoslashgan xodimlar bilan ta’minlaydi.

Shuningdek:
1.Raqamli kutubxonalar elektron resurslar majmui bo‘lib, axborotni yaratish, iz-

lash va foydalanish uchun zarur texnik quvvatlarni o‘z ichiga oladi. Bu ma’noda
ular axborot saqlash va qidiruv sistemalarini to‘ldiradi va kengaytiradi; distribyut-
lashgan tarmoqlardan joy olib, har qanday ko‘rinishdagi media (matn, surat, ovoz,
sokin va dinamik suratlar) ni manipulyatsiya qilad. Raqamli kutubxonaning tarki-
bida ma’lumotning o‘zi va uning turli xossalarini tasvirlaydigan metadata masalan,
aks ettirish (

representation

) yo‘llari, yaratuvchisi, egasi, qayta bo‘yicha huquqlar

va hokazo.) va boshqa ma’lumot yoki metadata (tashqi yoki raqamli kutubxona
ichidagi) ga bo‘lgan link yoki munosabatni ko‘rsatadigan elementlardan tashkil
topgan bo‘ladi.

2.Elektron kutubxonalar foydalanuvchilar jamoasi tomonidan shakllantirilib,

ularning funksional imkoniyatlari o‘sha jamoaning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondiradi. Ular jamoalarning ajralmas qismi bo‘lib, bundagi yakka shaxs va gu-
ruhlar bir-biri bilan ma’lumot, axborot va bilim resurslari hamda sistemalari orqali
aloqada bo‘ladilar.

Shu ma’noda elektron kutubxonalar foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun turli re-

surslar to‘planib, saqlanib, va taqdim etib kelinadigan an’anaviy informatsion tash-
kilotlarning mantiqiy davomi, kengayishi va integratsiyasidir.

Shu kabi informatsion tashkilotlar sirasiga kutubxonalar, muzeylar, arxivlar va

maktablarni kiritishimiz mumkin. Shuningdek, elektron kutubxonalar sinfxona, ofis,
laboratoriya, uy va boshqa o‘rinlardagi faoliyatni mazmunan boyitadi.

Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, tom ma’nodagi elektron kutubxona

ko‘pchilik fikrlaganidek bir necha o‘nlab kitobning elektron versiyasi joylashtrilgan


background image

STARS International University

163

veb-saytdan farqli xususiyatlarga ega. Bu nafaqat tashabbuskor foydalanuvchi
yoki foydalanuvchilar jamoasi tomonidan Wordpress, Joomla yoki boshqa omma-
bop kontentni boshqarish sistemasi (CMS)ning birlamchi versiyasiga joylashtirib
chiqilgan elektron matnlar va hokazo fayllar majmui, balki ma’lum tayyorgarlik-
ka ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan bibliografik imkoniyatlari keng bo‘lgan
dasturdan foydalangan holda, resurslarni samarali izlab topilishi maqsadida to‘g‘ri
metadata bilan ta’minlangan, doimiy faoliyat ko‘rsatishi uchun muntazam ravishda
boyitilib, hamda moliyaviy quvvatlanib kelinadigan butun boshli tuzilma hamdir.
Shu o‘rinda elektron kutubxonalar bilan chalg‘itish oson bo‘lgan boshqa narsalarni
ajratib olsak:

Bu elektron kutubxona emas (balki kutubxona veb-sayti):


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

164

Bular ham elektron kutubxona emas (balki tijorat mahsuloti bo‘lgan ma’lu-

motlar bazasi va kutubxonaning onlayn katalogidir):

Mana bular esa, ha, ELEKTRON KUTUBXONA

Elektron kutubxona imkoniyatlari:

Elektron kutubxona odatdagi kutubxonaga qaraganda bir qancha qulayliklarga

ega:

• joy tejalishi, ya’ni kitoblarni saqlash uchun maxsus joy zaruriyatining yo‘qligi;
• nodir asar va ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalana olish imkoniyatini

mavjudligi;

• foydalanishning qulayligi va yangiligi;
• qidiruv tizimlarining mavjudligi;
• ma’lumotlar xajmining cheklanmaganligi;
• ma’lumotni audio, video va kompyuter grafikasi yordamida sifatli va yaxshiroq

aks ettirilishi;

• vaqtning tejalishi va cheklanmaganligi, ya’ni undan 24 soat mobaynida foyda-

lanish mumkinligi;

• qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi.
• Demak, elektron kutubxona - turli ma’lumotlar jamlangan Internet sahifalaridir.

Bu sahifa kutubxonalardagi maxsus markaz mutaxassislari tomonidan ma’lumot-
larni muntazam ravishda kompyuterga kiritish va yig‘ish orqali tayyorlanadi. Ya’ni
ma’lumotlar doimo yangilanib turiladi va kutubxona xajmi kengayib boradi.

Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin. Buning uchun kutubxona manzilini

adres maydoniga yozishingiz zarur. Odatdagi kutubxona singari elektron kutu-
bxona ma’lumotlari ham mavzu yoki alfavit bo‘yicha tartiblanadi. Shuning uchun
zarur ma’lumotlarni shu tartibda topish mumkin. Virtual kutubxona haqida ba-
tafsil ma’lumot bilan quyidagi http://vlibrary.freenet.uz- saxifasida tanishishingiz
mumkin.

Hozirgi kunda elektron kutubxonalar son-sanoqsizdir. Kutubxonalar, uni-

versitetlar, ba’zi tashkilotlar o‘z elektron kutubxonalariga ega. O‘zbekistonda ham


background image

STARS International University

165

shunday kutubxonalar mavjud. Quyida ba’zi elektron kutubxona manzillari va tav-
sifini keltiramiz.

Kongress virtual kutubxonasi.

http://Icweb.lok.gov- Kongress kutubxonasining

elektron ko‘rinishi bo‘lib, u dunyodagi eng yirik virtual kutubxonalardan biridir.
Kongress kutubxonasi 1800-yili 24-aprelda tashkil etilgan. Unda 115 milliondan zi-
yod kitob va xujjatlar yig‘ilgan. Virtual kutubxonada tarixga oid ma’lumotlar, turli
kollektsiyalar, rasmlar axborotlar, yangiliklar mavjud. Bu kutubxona bo‘ylab sayr
qilganingizda, unga mujassamlashgan obidalarning uzoq tarixiga safar qilgandek
bo‘lasiz.

WWW Virtual kutubxonasi.

http

://

www

.

vlib

.

org

-

WWW Virtual kutubxonasi

turli-tuman ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: qishloq xo‘jaligi, iqtisod va biznes, kom-
pyuter texnologiyalari, aloqalar, axborot va jurnalistika, o‘qish, qonunlar, ilm-fan va
hokazolar. Kutubxonaning quyidagi bo‘linmalari xam mavjud: Pensilvaniya Davlat
Universiteti (USA), Buyuk Britaniya (UK), Shveytsariya (Switzerland) va Argentina.
Kutubxonada alfabit bo‘yicha so‘z va jumlalar bo‘yicha qidirish tizimi mavjud.

Gpo Access.

http://gpo.gov-

US Goverment Printing Office markazi millionlab

ma’lumotlarni o‘zida mujassamlagan. Unda siz AQSHdagi turli tuman hujjatlar, ki-
toblar, yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Har oyda bu kutubxona 28.000.000
ta xujjat bilan to‘ldirilib boriladi. Bu vazifani maxsus elektron ma’lumotlar b’linmasi
bajaradi. Maslahatlar va buyurtmalar telefon va elektron pochta orqali bajariladi.
Kuniga bir necha minglab foydalanuvchilar bu xizmatdan foydalanadi. Bu kutu-
bxonadan davlat va shaxsiy korxonalar keng foydalanadilar.

Ushbu kutubxonada bolalar uchun maxsus bo‘linma mavjud bo‘lib, bu bo‘linma-

da bolalar o‘ziga zarur va qiziqarli ma’lumotlarni olishi mumkin. Bular: tarix, qonun-
lar, o‘qishga oid zarur to‘plam va ma’lumotlardir. Bu bo‘linmaning nomi - AQSH
hukumatining bolalar uchun sahifasi. (Ben’s Guide to the US government for kids)
manzili http://bensguide.gpo.gov-

Marketing va reklama bo‘limi kutubxona kata-

loglarini ishlab chiqadi va ularni dunyo bo‘ylab tarqatadi.

Virginia Commonwealth University.

http://vcu.library.edu-

Virginia Com-

monwealth University elektron kutubxonasi. Bu kutubxona universitetning elekt-
ron kutubxonasdir. Bu kutubxona o‘zida ko‘pgina kitoblar, maqolalar, jurnallar, au-
dio va video ma’lumotlarni mujassamlashtirgan. Kutubxona barcha konferensiya-
lar, anjumanlar va ma’ruzalar haqidagi ma’lumotlarni muntazam e’lon qilib turadi.

Vashington Universiteti Virtual Kutubxonasi.

www.library.wustl.edu- Ushbu

kutubxonada quyidagi mavzulardagi ma’lumotlar mavjud: san’at va arxitektura,
ilm-fan, tibbiyot, qonunlar va hokazolar. Kutubxonaning qidirish tizimi mavjud. Ku-
tubxona ma’lumotlarga buyurtmalar qabul qiladi.

Rossiya Milliy Elektron kutubxonasi.

http://www.nnc.ru-

Dunyodagi eng yirik

ommaviy axborot vositalarining rus tilidagi elektron to‘plamidir. Unda matbuotdagi
nashrlar, turli xil ma’lumotlar keltirilgan. Ma’lumotlar 2.500 dan ko‘p Moskva, Rossi-
ya mintaqalari, MDX va Boltiq bo‘yi davlatlari axborot manbalaridan olinadi va do-
imo yangilanib turiladi. Kutubxonaga kuniga 6.500 dan ortiq xujjatlar kelib tushadi
va ular to‘la xajmda kutubxonaga kiritiladi. Kutubxonada 4.000.000 dan ortiq xuj-
jatlar yig‘ilgan. Kutubxonada qidiruv tizimi mavjud, u ma’lumotlarni so‘z va iboralar
bo‘yicha topish imkoniyatiga ega. Kutubxona bilan istalgan vaqtda shug‘ullanish
mumkin. Kutubxona manbalaridan tijoriy usulda foydalanish mumkin. Kutubxona
Rossiyadagi eng yirik ommaviy, siyosiy va yangiliklar serveri hisoblanadi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

166

Oliy Axborotlar Agentligi Virtual Kutubxonasi 2000 yilda Yevro- Osiyo fon-

dining moliyaviy ko‘magi yordamida tashkil etildi. Virtual Kutubxona biznes-jur-
nalistlar va ommaviy axborot vositalari mutaxassislarini axborot bilan ta’minlash
uchun yaratilgan. Kutubxona axborot olish, yig‘ish va uzatish uchun zamonaviy
kompyuter va axborot vositalari bilan ta’minlangan. Virtual kutubxona kitobxonla-
riga Respublikamizda va xorijda yuz berayotgan zamonaviy texnologiyalar, xamda
iqtisodiy jarayonlar haqida ma’lumotlar olish uchun maxsus to‘plamlar yaratilgan.

Demak, yuqorida aytib o‘tganimizdek elektron kutubxona resurslari kompyu-

ter xotirasiga joylangan bo‘ladi. Bu kutubxona ma’lumotlari elektron ko‘rinishda
bo‘lib, kompyuterda raqamli formatda, maxsus kompyuterlar serverlarda joylas-
hadi. Elektron kutubxonadan foydalanish uchun kompyuter, modem va internet
tarmog‘i bo‘lishi yetarli. Biz esa shu kutubxona joylashgan internet manzilini bilsak
kifoya. Elektron kutubxonada mas’ul mutaxassislar ma’lumotlarni muntazam ravis-
hda kompyuterga kiritadi va yig‘adi. Ya’ni ma’lumotlar doimo yangilanib turiladi va
kutubxona hajmi kengayib boradi. Elektron kutubxonada kutubxonachi bo‘lmaydi,
shuning uchun zarur kitob yoki ma’lumotni kompyuter javonlaridan o‘zingiz qidi-
rasiz.

Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin?

Buning uchun kompyuteringiz bra-

uzerida kutubxona manzilini yozishingiz kerak. Odatdagi kutubxona singari elekt-
ron kutubxona ma’lumotlari mavzu yoki alifbo bo‘yicha tartiblanadi.

Xo‘sh, kimlar e-kutubxona yaratish bilan mashg‘ul?

Javob shuki, ehtiyoj va

imkoniyatlarga qarab, har qanday tashkilot ham o‘z e-kutubxonasiga ega bo‘lishi
mumkin. Ammo asosan, hukumat tashkilotlari, arxivlar, universitet kutubxonalari
va ommaviy kutubxonalar, noshirlar va ilmiy-tadqiqot markazlari uchun muhim
faoliyat hisoblanadi.

Raqamli kutubxonalar

bilan bog‘liq muammolar ham yo‘q emas. Ulardan eng

ko‘p uchraydigani mualliflik huquqi bilan bog‘liq masalalardir. Ko‘pincha turli on-
layn jamoalar platformalarda u yoki bu asarning muallifi (yoki huquq egasi) ruxsa-
tisiz chop etilishi yuzasidan tortishuvlar bo‘lib turadi. Ko‘pchilik saytlardagi resurs-
lar mualliflik huquqi amal qilish muddati tugagan asarlarni o‘z ichiga oladi. Masa-
lan, Maykl Hartning Project Gutenberg loyihasi doirasida faqat ochiq domendagi
kitoblar raqamlashtirib omma e’tiboriga havola qilinadi.

Boshqa elektron kutubxonalar uchun esa mualliflik huquqi amalda bo‘lib turgan

asarlar uchun litsenziya sotib olinadi (masalan ellektron kolleksiyani boshqarayot-
gan kutubxona yoki universitet tomonidan) va uni tijorat yo‘li bilan tarqatadi.

Muammolardan yana biri esa, an’anaviy kutubxonalardan farqli tarzda, elektron

kolleksiyalarga kirish uchun barqaror axborot texnologiyasi infrastrukturasi talab
qilinadi. Bu esa o‘z navbatida elektr energiyasi va telefon tarmoqlarining mavjudli-
gi va sifatiga chambarchas bog‘liq. Shu sababdan, birinchi qarashda hamma uchun
ochiq, global ko‘lamda deb bilingan elektron kutubxonalardan hamma ham foyda-
lana olmasligi mumkin (masalan, uchinchi dunyo mamlakatlarining aholisi).

Hozirda yirik ko‘lamdagi elektron kutubxonalar yaratilmoqda. Ta’lim va madani-

yat dargohlaridan tashqari, tijorat kompaniyalari ham bu jarayonga kirib kelishdi.
Hammamizga ma’lum qidiruv mashinalari ta’minotchilari bo‘lgan Google, Yahoo
va MSN kutubxonalar jamg‘armasidagi jildlarni skanerlab, o‘z platformalariga joy-
lashtirishni boshlagan edilar. Microsoft kompaniyasini keyinchalik iqtisodiy jihat-
dan o‘zini oqlamaydi deb hisoblab, bu kabi tashabbusni to‘xtagan bo‘lsa ham, Go-


background image

STARS International University

167

ogle kompaniyasi hozirgi kunga qadar millionlab kitoblarni raqamlashtirib, Goog-
le Book Search loyihasi doirasida Internetga joylashtirib kelmoqda. Shu yo‘sinda,
kitoblarni boshqarish, OCR (

optical character recognition

) va e-kitob kabi bosma

nashrlarni aks ettirish texnologiyalarning rivojlanishi sharofati bilan muqobil saq-
lash platformalari va biznes modellarining paydo bo‘lishi elektron kutubxonalar-
ning yanada ommalashuviga turtki bo‘ldi.

Xulosa

Demak elektron kutubxonalar hozirgi zamon talabi bo‘lib qoldi, hozirgi paytda

barcha zamonaviy universitetlarda, maktablarda, korxonalarda va hattoki bola-
lar bog‘chalarida ham o‘z shaxsiy elektron kutubxonalarga ehtiyoj katta deyishim
mumkin. Bu har bir foydalanuvchi uchun juda qulay. E-kutubxonalar foydalanuvc-
hilari soni tobora ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, karantin paytida ham, uyda o‘tirgan
holatda mutolachi istalgan kitobini yoki ma’lumotini masofadan turib foydalana
olishi yana bir misol bo‘la oladi. Hattoki kitoblarning audio shakli ham, foydalanuv-
chilarga yanada qulaygarchiliklar beradi. Siz istalgan vaqda o‘z ehtiyojlaringizdan
kelib chiqqan holda elektron kutubxonalardan bemalol foydalana olasiz. Yana bir
e’tiborni tortadigan jihati shuki, ushbu kitoblarni istalgan tilda topishingiz mumkin.
Kitob mualiflarining bevosita roziligi ostida bugungi kunda Amerikada, Yevropada
elektronlashtirish jarayoni jadallik bilan olib borilmoqda.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов