“O‘zbek tilim – O‘zbekligim”

CC BY f
200-203
10
8
Поделиться
Кабилова , М. (2023). “O‘zbek tilim – O‘zbekligim”. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 200–203. https://doi.org/10.47689/.STARS.university-pp200-203
Мадина Кабилова , Термезский государственный педагогический институт

Факультет начального образования. Направление начального образования Студент 2 курса 21-04 группы

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

1989-yil 21-oktabr… Qalblarni to‘lqinlantirgan mustaqillikning ilk nasimlarini olib kelgan qutlug‘ kun. Ona tilimiz sha’ni va qadr-qimmatini yuksaklarga ko‘tarishga tashlangan mardona qadam.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

200

Annotatsiya:

1989-yil 21-oktabr… Qalblarni to‘lqinlantirgan mustaqillikning ilk nasimlarini

olib kelgan qutlug‘ kun. Ona tilimiz sha’ni va qadr-qimmatini yuksaklarga ko‘tarishga
tashlangan mardona qadam.

Kalit so‘zlar:

til, “Mo‘g‘ullar tarixi”, qasida, davlat tili, qonuniy maqom, ma’naviyat, ona

tili, millat, O‘zbektoy.

Til-millat ko‘zgusi, ma’naviyat sarchashmasidir. O‘zbekiston Respublikasi Birinc-

hi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov bejizga ona tilimizni: “Jamiki ezgu fa-
zilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.
Ona tili- bu millatning ruhidir” deya e’tirof qilinmagan. O‘z tilini yo‘qotgan har qan-
day millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar. “O‘zbek tilim- o‘zligimdir”. Islom Kari-
mov tufayli O‘zbekiston yurti o‘zining tiliga, ya’ni o‘zbek tiliga ega bo‘ldi. O‘zbek
tili- ona tilidir. 1989-yil 21-oktabr kuni “ Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib,
o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri
bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.

O‘zbek tili o‘zining shirali, har bir quloqqa xush yoqishi bilan o‘ziga jalb qiladi.

Hattoki ko‘plab chet elliklar ham o‘zbek tiliga qiziqib, uni o‘rganib, gapirishmoqda.
Ona tilimizni eshitgan har bir inson entikib ketadi. O‘zbekistonlik barcha insonlar
o‘zbek tilini sevadilar, iftixor bilan gapiradilar.

O‘zbek tilini, ya’ni davlat tilini rivojlantirish, uni dovrug‘ini ko‘klarga ko‘tarish faqat

tilshunoslar, shoir yoki yozuvchilarning ishi emas, balki mana shu yurtda yashab,
shu yurtning changini yutib, suvini ichib, tuzini totib yashayotgan har bir insonning
vazifasi hisoblanadi. Oddiy dehqon bo‘laylik yoki farrosh, novvoy, farrosh, quruv-
chi, qaysi soha vakili bo‘lishimizdan qat’iy nazar, davlat tilining rivoji uchun hissa
qo‘shish, shu Vatan, shu xalqqa bo‘lgan farzandlik burchimizdir. Xo‘sh, bu nimadan
boshlanadi?! Ona tilimizga bo‘lgan e’tibor birinchi navbatda, hurmat-ehtiromdan
boshlanadi. Xalqimizda “O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir” degan maqol bejisga
aytilmagan. Ya’ni “ O‘ynab yozsang ham, o‘ylab yoz” degan ma’noda. Hozirgi kun-
da ko‘chalarimizning peshtaxtalarida yozilgan so‘zlarning xato ekanligi tilimizning

QOBILOVA MADINA SOBIR QIZI,

Termiz davlat pedagogika instituti
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
2-kurs 21-04-guruh talabasi

“O‘ZBEK TILIM –
O‘ZBEKLIGIM”

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp200-203


background image

STARS International University

201

buzilishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston yurtida istiqomat qiluvchi fuqarolarning
ko‘pi so‘zlarni buzib, xato va qo‘pol gapirishmoqda. “Зато”, “конечно”, “уже” kabi
chetdan kirib kelgan so‘zlarni qo‘shib, o‘zbek tiliga befarq ekanliklarini namoyon
qilmoqdalar. Eng achinarlisi faqatgina nutqimizda emas, balki yozuvda ham qo‘pol
xatoliklar aks etmoqda. So‘zlarni qisqartirib yozishlar, chet so‘zlarni aralashtirib
tashlashlar, ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlar kuzatilmoqda. Ularni tartibga keltirish uc-
hun qanchalab maslahatchilar joylarda ish olib borib, tadbirkorlarga, aholiga pesh-
lavhalar, axborot matnlari va e’lonlarni tartibga keltirish borasida tavsiyalar, amaliy
yordamlar bermoqdalar. Taassufki, ayrim yurtdoshlarimiz, o‘zbekistonlik, shu yurt
fuqarosi bo‘la turib, bu kabi islohotlarga panja ortidan qaramoqdalar. Go‘yoki bu
ishlarga ularning aloqasi yo‘q, xuddiki ular chet el fuqarosidek! Ammo, ulardan
farqli o‘laroq ayrim yurtdoshlarimizga, tadbirkorlarga ham minnatdorlik bildirish
lozim. Ular o‘zlariga tegishli bino, do‘kon, savdo shaxobchasining peshonasiga
davlat tilida bitilgan xatosiz, chiroyli matnlarni joylashtirmoqdalar.

O‘zbeklar Qoraqalpog‘iston Respublikasida (397ming 800), shuningdek, Toji-

kiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmanistonda ham yashaydilar. Afg‘oniston,
Saudiya Arabistoni, Turkiya, Eron, Xitoyning Shinjon uyg‘ur viloyatida va boshqa
davlatlarda ham bor. Bundan ko‘rinib turibdiki o‘zbek xalqi dunyoning har bir bur-
chagida mavjuddir. O‘zbek tili qadim tarixga va o‘zining betakror yozma an’anala-
riga ega bo‘lgan nufuzli tillardan biridir. O‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning soni yer
yuzida 35milliondan ortiq kishini tashkil etadi. Shundan 25milliondan ortig‘i O‘zbe-
kistonda istiqomat qiladi.

O‘zbek atamasi tarixda ilk bor XII asrda Rashididdinning “Mo‘g‘ullar tarixi” asari-

da atoqli ot ma’nosida tilga olinadi. Jaloliddin Manguberdining qo‘shin boshliqlari-
dan biri O‘zbektoy deb atalgan. O‘zbek degan so‘zning “o‘ziga bek”, “otliq qo‘shin”,
“soda”, “to‘g‘ri”, “insofli”, “saxiy”, “odamoxun”, “diltortar”, “suyukli” kabi ma’nolari
mavjud. Herman Vamberining “Turkiy xalq” asarida esa “o‘zbek” so‘ziga shunday
ta’rif berilgan: “O‘zbek, degan so‘z qaysi ma’noni bildiradi deganda, eng avvalo,
shuni aytib o‘tish kerakki, bu so‘z “o‘z” va “bek” so‘zlaridan iborat bo‘lib, shulardan
birinchisi “asl”, “ajoyib”, “tagi mustahkam”, “sardor” ma’nolarini bildiradi. Demak,
bu so‘zning ma’nosi “asl bek”dir.

O‘zbek xalq tilining takomillashuvida XIV asrdan XIX asr ikkinchi yarmigacha

bo‘lgan tarixiy davr muhim rol o‘ynadi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad
Bobur, Turdi Farog‘iy, Boborahim Mahrab, Zokirjon Holmuhammad o‘g‘li Furqat,
Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning eski o‘zbek tilini yangi taraqqiyot bosqichiga
olib chiqishdagi xizmatlari katta. Ayniqsa, bu borada Alisher Navoiy ulkan ishlar
qildi. U o‘zbek tilini xazina deb bildi. Bu xazinani ilonlar va tikonlar o‘rab turganini
ta’kidladi. Navoiy eski o‘zbek adabiy tilini “ilon”lardan va “tikon”lardan tozalab ber-
di. O‘zbek- jahon xalqlari orasida birinchilardan bo‘lib, turkiy xalqlar o‘rtasida esa
eng oldin o‘troqlashgan, madaniy turmush kechiruvchi, jahon sivilizatsiyasiga hissa
qo‘shgan millatdir (“Jahon qomusiy lug‘ati”).

Jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlarda so‘zlashish odobiga qat’iy rioya qilishlari

zarurligi ta’kidlanadi. Kishi aytadigan har bir so‘zi (gapi)ni avval o‘ylab olishi, so‘ng-
ra so‘zlashi lozim. O‘ylamay aytilgan so‘z kishini ko‘pchilik oldida uyalib qolishiga,
hatto fojeiy ahvolga tushishiga sabab bo‘lishi mumkin. “So‘zni ko‘ngilda pishqar-
maguncha tilga kelturma va har nekim ko‘ngilda bor tilga surma” (Navoiy). Bundan
tilning qachalik qudratli kuchga ega ekanligini bilib olishimiz mumkin. Xalqimizda


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

202

“O‘ylamaguncha so‘ylama”, “Ko‘p o‘yla, oz so‘yla”, “O‘n qatim o‘yla, bir qatim so‘y-
la”, “Dilda pishir, tilda gapir”, “O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir”, “Tez so‘zlagan
tez pushaymon bo‘lur” kabi turli xil maqollar mavjud.

“O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi

kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”. – Abdulla Qo-
diriy. Tarix guvohki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz hanuzgacha
o‘zining ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. Mirtemir aytganidek, yoshligimizda-
noq jon-u qulog‘imizga singib ketgan. Onalarimiz allalari-yu, bobo-buvilarimiz-
dan eshitgan ertak, hikoya, rivoyat va masalalar orqali yuragimiz tub-tubigacha
kirib brogan, o‘z navbatida ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg‘ot-
gan. Yozuvchi va shoirlarimiz tilimiz haqida ko‘plab purma’no hikmatli so‘zlar-
ni aytganlar va tilni turlicha ta’riflaganlar. Abdulla Oripov o‘zbek tili yo‘qolsa,
to‘tiga aylanib qolishini, Erkin Vohidov ona tilimiz o‘lmasligini bot-bot ta’kid-
laydi. Rasul Hamzatov esa ona tilisi yo‘qolsa, hatto o‘limga ham rozi ekanligini
qalamga oladi.

Ona tili har bir insonning taqdiri, o‘tmishi va kelajagida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Ulug‘ shoirimiz yozganidek:

Tug‘ilgan yurt menga vatan,
Ona tilim jonimdir.
Til-u yurtdan ayrilmasam agar,
Shu kun o‘lgan onimdir.
Shukur Qurbononning “Ona tilim” qasidasida ona tilining manguligi, barhayotli-

gi oldida inson umrining bir lahzalik xotira ekanligini ta’kidlanadi:

Sen mangusan, baqosan,
Men esam – o‘tkinchi zot.
Sen hamisha bahorsan,
Men- lahzalik xotirot.
Ona tilim, jon tilim.
Xulosa qilib aytganda, Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustah-

kamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sa-
doqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Allo-
hga behisob shukurlar bo‘lsinki, o‘zbek tilining shon- shuhrati, obro‘si yildan yilga
oshib bormoqda. Sport, fan, madaniyat va san’at sohasida O‘zbekiston yoshlari-
ning sa’y-harakatlari beqiyosdir. O‘zbekiston yoshlari qatorida men ham ona tili-
miz sofligini saqlash, uni yanada yuksaltirishga o‘z hissamni qo‘shish uchun astoy-
dil harakat qilaman. Ushbu she’r bilan gapimni tugallayman:

Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o‘z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo‘qolsa,
Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.
(Rasul Hamzatov)

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. “O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami” N. Erkaboyeva.- T.: “LESSON PRESS”,2017.
2. Rauf Parfining shaxsiy arxivi, 4-daftar (Ch. Ro‘ziyevda saqlanadi).
3. Erkin Vohidov. Asarlar. Yoz harorati. –T.: “Sharq”, 2015.


background image

STARS International University

203

4. Qobilova M. S., Norqobilova R. D. Hujjatlarning paydo bo‘lish tarixi, inson

hayotida tutgan o‘rni, mustaqilligimizdan keyingi o‘zgartirishlar. Mug‘allim hem
uzliksiz bilimlendiriu. №3-2022 jil.

5. R.Norqobilova, M.To‘rayeva Importance of talent in child development. Web

of Scientist: International Scientific Research Journal. ISSN: 2776-0979, VOLUME
3, ISSUE 7,July. 2022 57-61.

6. R.D.Norqobilova, P.Nazarova. “Pedagogical Possibilities of education of

young generation at Abu Rayhan Beruni teaching”. Web of Sciencentific Research
Journal. ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 6, June 2022. 1908-1911.

7. R.D.Norqobilova. “Methods of Forming Beautiful Writing Skills in Primary

School Students”. International Journal of Development and Public Policy. |e-ISSN:
2792-3991| www.openaccessjournals.eu| Volume: 1 Issue: 7 181-183.

8. R.D.Norqobilova, S.Xoliyeva. “Eastern Scientists Views on Speech”. Web of

Sciencentific Research Journal. ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 6, June 2022.
1434-1437.

9. R.D.Norqobilova, S.Xoliyeva, M.Mamatmurodova. “The importance of people’s

oral creativity in the development of spech by primary school students”. European
Journal of Humanities and Educational Advancements. https: //www.scholarzest.
com Vol.3 No.06, June 2022 2660-5589. 84-86

10. R.D.Norqobilova, S.Ibrohimova, M.Mamatmurodova. “Pedagogical and

Psychological Factors of using the heritage of asian thinkers in the formation of
cological thinking in primary school science”. European Journal of Humanities
and Educational Advancements. https: //www.scholarzest.com Vol.3 No.06, June
2022 2660-5589. 81-83

Библиографические ссылки

“O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami” N. Erkaboyeva.- T.: “LESSON PRESS”,2017.

Rauf Parfining shaxsiy arxivi, 4-daftar (Ch. Ro‘ziyevda saqlanadi).

Erkin Vohidov. Asarlar. Yoz harorati. –T.: “Sharq”, 2015.

Qobilova M. S., Norqobilova R. D. Hujjatlarning paydo bo‘lish tarixi, inson hayotida tutgan o‘rni, mustaqilligimizdan keyingi o‘zgartirishlar. Mug‘allim hem uzliksiz bilimlendiriu. №3-2022 jil.

R.Norqobilova, M.To‘rayeva Importance of talent in child development. Web of Scientist: International Scientific Research Journal. ISSN: 2776-0979, VOLUME 3, ISSUE 7,July. 2022 57-61.

R.D.Norqobilova, P.Nazarova. “Pedagogical Possibilities of education of young generation at Abu Rayhan Beruni teaching”. Web of Sciencentific Research Journal. ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 6, June 2022. 1908-1911.

R.D.Norqobilova. “Methods of Forming Beautiful Writing Skills in Primary School Students”. International Journal of Development and Public Policy. |e-ISSN: 2792-3991| www.openaccessjournals.eu| Volume: 1 Issue: 7 181-183.

R.D.Norqobilova, S.Xoliyeva. “Eastern Scientists Views on Speech”. Web of Sciencentific Research Journal. ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 6, June 2022. 1434-1437.

R.D.Norqobilova, S.Xoliyeva, M.Mamatmurodova. “The importance of people’s oral creativity in the development of spech by primary school students”. European Journal of Humanities and Educational Advancements. https: //www.scholarzest. com Vol.3 No.06, June 2022 2660-5589. 84-86

R.D.Norqobilova, S.Ibrohimova, M.Mamatmurodova. “Pedagogical and Psychological Factors of using the heritage of asian thinkers in the formation of cological thinking in primary school science”. European Journal of Humanities and Educational Advancements. https: //www.scholarzest.com Vol.3 No.06, June 2022 2660-5589. 81-83

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов