Ona-tilim sen ruhimning qanotisan

CC BY f
222-225
11
8
Поделиться
Сапарниязова , Д. (2023). Ona-tilim sen ruhimning qanotisan. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 222–225. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp222-225
Дияра Сапарниязова , Термезский государственный педагогический институт

Направление начального образования студент 2 курса

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek tilining nafis, jozibadorligi, xalqimiz uchun uning tarixiy ahamiyati, o‘zbek tilini yuqori cho‘qqiga ko‘targan she’riyat sultoni A. Navoiyning tilimiz boyishiga qo‘shgan benazir hissasi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bugungi kunda ona tilimizning birligi va rivojlanishi yo‘lidagi ba’zi bir muammolar va ularning yechimi haqida bayon etilgan.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

222

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek tilining nafis, jozibadorligi, xalqimiz uchun uning

tarixiy ahamiyati, o‘zbek tilini yuqori cho‘qqiga ko‘targan she’riyat sultoni A. Navoiyning
tilimiz boyishiga qo‘shgan benazir hissasi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bu-
gungi kunda ona tilimizning birligi va rivojlanishi yo‘lidagi ba’zi bir muammolar va ularning
yechimi haqida bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

milliy til, tarix, A. Navoiy, Ozod Sharofiddinov, huquq, nafis, rivojlanish, Is-

lom Karimov, Ismoilbek Gaspirali, ma’rifat-ma’naviyat.

O‘zbek tili – bu o‘zbek xalqining azaliy va umumiy bitmas-tuganmas bebaho

boyligidir. U ming yillar davomida ota-bobolarimizdan tarixan meros bo‘lib, va-
tandoshlarimizning qon-qoniga, qalb qo‘riga singib ketgan, o‘zligini belgilab
beradigan oltin yanglig‘ zanglamas tildir. Ona tilimiz o‘zbek millatininguzoq ta-
rixiy ildizlariga,o‘z siyosiy-huquqiy asoslariga ega muqaddas qadriyati,ulkan
ma’naviy yutug‘idir. Bugungi taraqqiyotga qadar shonli va sharafli yo‘llarni bo-
sib, keskin va shiddatli to‘fonlarni yengib kelayotgan milliy tilimiz davlat maqo-
mida yanada ulug‘vor va ustuvorligini namoyon qilmoqda. O‘zbek tiliga dav-
lat tili maqomini berish jarayoni ham osonlikcha ro‘y bergani yo‘q. XX asrning
80-yillarida boshlangan urinishlar natijasi o‘laroq, 1988-yilga kelib qator olim-
larimiz tilimiz haq-huquqini tiklash yo‘lidagi dadil fikrlari bilan matbuotda
chiqish qildilar. Nihoyat, 1989-yil 21-oktabrda XI chaqiriq O‘zbekiston Res-
publikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qa-
bul qilindi. 1995-yil 21-dekabrda qayta tahrir qilingan mazkur tarixiy qonun
24 moddadan iborat bo‘lib, mazmun-mohiyati va ijtimoiy ahamiyati jihatidan dol-
zarbdir. Qarangki, bugun o‘sha kunga sakkiz yil emas,o‘n yil emas, o‘ttiz uch yil
to‘libdi. Shu davr ichida ona tilimizga bo‘lgan munosabat qanchalik yaxshi to-
monga o‘zgarganini o‘ylasak, yurtimizdagi mustaqillik tuyg‘usi xalqimiz ruhiyatini
ko‘targanligi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Mustabid tuzum zamonida xalqi-
miz aytmoqchi bo‘lgan gaplarni rus tilida ifodalay olmay qanchalik qiynalgani biz-
ga sir emas. Istiqlol arafasida tilimizga davlat maqomi berilganida, chin ma’noda,
erkinlik gashtini yurakdan his qildik. Qonunning 2-moddasining “O‘zbek tili o‘zbek

SAPARNIYOZOVA DIYORA
SHODURDIYEVNA

Termiz davlat pedagogika
instituti Boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishi 2-kurs talabasi.

ONA-TILIM SEN
RUHIMNING
QANOTISAN

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp222-225


background image

STARS International University

223

xalqining ma’naviy mulkidir”, – deya mustahkamlab qo‘yilishi keng jamoatchilik-
ning g‘ururiga g‘urur qo‘shdi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganidan keyin 27 yil o‘tib,yana bir tarixiy

voqea ro‘y berdi. 2016-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili
va adabiyoti uni versiteti tashkil etildi. O‘zbek tili va adabiyotining haqiqiy tabiatini
o‘rganish, unga rivojlanish yo‘lini ochish bilan mashg‘ul oliy o‘quv yurtini Navo-
iydan boshqa yana kimning nomi bilan atash mumkin. She’r va tafakkurning bu-
yuk sohibqironi Alisher Navoiy o‘zida tug‘ilgan har bir fikrni nazm bilan ifoda qi-
lar edi. Eski o‘zbek adabiy tilining rivojlanishida shoirning xizmatlari beqiyosdir. U
“Chor devon”, “Xamsa”, “Mahbub ul-qulub”, “Majolis un-nafois”, “Mezon ul-avzon”,
“Muhokamat ul-lug‘atayn” kabi asarlari bilan eski o‘zbek adabiy tilini yuqori pog‘o-
naga ko‘tardi. Navoiy o‘z badiiy asarlari bilan o‘zbek adabiy tilining imkoniyatlarini
kengaytirgan bo‘lsa, ilmiy asarlari orqali o‘zbek tilining boyligini nazariy jihatdan
isbotlab berdi. Navoiygacha o‘zbek va, umuman, turk xalqlari adabiyoti Eron ada-
biyotining ta’siri ostida edi. Hamma shoirlar deyarli fors tilida yozar edilar. O‘zbek
tilida yozish ayb sanalar,asarlarini saroy ahllari tan olmas edilar. Navoiy shunday
bir sharoitda “Muhokamat ul-lug‘atayn” nomli mashhur asarni yozib, o‘sha davrda
turk tili deb atalagan qadimgi o‘zbek tilining fors tilidan ham boy, rang-barang
ekanligini isbot qiladi va o‘z asarlarini o‘zbek tilida bitadi. Shuning uchun Alisher
Navoiyni o‘zbek adabiy tilining asoschisi deymiz. Navoiy: “Tilga ixtiyorsiz – elga
e’tiborsiz”, – deganida kishi o‘z tilini sevmasa, unga e’tibor bermay,o‘zga tilda so‘z-
lashsa, nafaqat tiliga, balki o‘z ona xalqiga va Vataniga nisbatan e’tiborsizligini
ifodalaydi, degan ma’noni ilgari suradi.

Yangi o‘zbek adabiy tili XIX asrning ikkinchi yarmidan rivojlanib,bu vaqtga ke-

lib, Furqat, Zavqiy kabilarning tili jonli tilga yaqinlashdi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili
esa XX asr 20-yillaridan shakllana boshladi. Fitrat,Abdulla Qodiriy, Oybek, Hamid
Olimjon, G‘afur G‘ulom, Komil Yashin, Zulfiya asarlari hozirgi adabiy tilning rivojla-
nishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning ma’navi-
yati,madaniyati,urf-odati,uning turmush tarzi, tarixi, eng muhimi, mustaqillik belgi-
sidir. Bugun O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh
tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat
tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda. Ona tili – millatning
ruhi,uning or–nomusi, ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarining namunasidir. Ona tili
millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida o‘z at-
rofiga birlashtiradi va dunyoda borliqni ta’min etadi. Har bir millatning o‘z Vatani,
oilasi bo‘lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo‘ladi. Inson Vatanini,o-
ta-onasini,dunyoni o‘z ona tili orqali anglaydi. Jamiki ezgu fazilatlar, avvalo,ona
allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Turk dunyosining buyuk ma’ri-
fatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali aytganidek: ”Millatning ikki asosi bordir. Bu
ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug‘urib olinsa,bu
millat tanazzulga yuz tutar”. Suvsiz daryo bo‘lmaganidek, tilsiz millat ham vujudga
kelmaydi. Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi,tuganmas mulkidir. Chunki
millatning tarixi, uning madaniy–ma’naviy merosi,urf-odatlari va an’analari unda
mujassam bo‘ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ta’biri bilan aytganda:
“O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar va ajdodlar o‘rtasida-
gi ruhiy ma’naviy bog‘liqlik til orqali vujudga keladi”.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

224

Dunyoda mavjud tillardan faqat 200 tasigina Davlat tili sifatida qabul qilingan.

Ular orasida o‘zbek tilining borligi uning naqadar sof, mukammal, purma’no va jo-
zibadorligidan darak beradi. Rossiyalik tilshunos olima,professor A.M. Kozlyanina:
“O‘zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibador”, – deb bejiz ta’kidlamagan. Shun-
day ekan, ona tilimizning shunday go‘zalligini, sofligini keyingi avlodlariga yetka-
zish bizning vazifamizdir. Negaki ona tilimizni ulug‘lash, asrab-avaylash, o‘sha tilda
so‘zlashadigan har bir insonning burchidir. Ona tilimizga bo‘lgan e’tibor, nafaqat
bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib
kelgan. Shu o‘rinda atoqli olim O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinovning
quyidagi fikrlariga e’tibor qaratsak: “O‘zbek tili nafaqat qadimiy til, u g‘oyat nafo-
satga boy til, u har qanday ma’noni eng inja qatlamlarigacha ochib bera oladigan,
o‘zining go‘zalligi bilan odamga zavq-shavq ulasha oladigan, bahri dili ochib qon-
dira oladigan tildir”. Haqiqatan ham, ona tilimiz bu kurrayi zamin osmonidagi por-
lab turgan quyosh yangling‘ ko‘ngillarni maftun etgay. Chunonchi, xalqning, mil-
latning o‘zligini anglashi, tarixini namoyon qilishida o‘z “oliy zaboni” bo‘lmish ona
tilining o‘rni beqiyosdir. O‘zligini qadrlagan, o‘z millatiga daxldorligini his qilgan,
milliy g‘urur va iftixorini yuqori tutgan har bir fuqaro o‘z ona tilida sof va samimiy
so‘zlashadi. Tajribadan ayonki, ko‘p til bilish- rivojlanishning ilg‘or qonuniyati, mu-
vaffaqiyat garovidir. Ammo o‘z milliy tilini unutish milliy tilingni unutish,uni o‘zga
tillar bilan chog‘ishtirish, qorishtirish evaziga emas! O‘zga tillarni o‘rganish orqali
taraqqiyotga erishishni yoqlab chiqqan ma’rifatparvar jadidlar ham bu borada eh-
tiyotkor va mas`uliyatli bo‘lishgan. Xususan, A. Avloniy o‘z qayg‘usini: “Milliy tilni
yo‘qatmak millat ruhini yo‘qatmak”, – degan o‘tli fikrlarida ta’sirchan oshkor qilgan.
Bu fikrlar ayni kunda yana ham dolzarblashmoqda. Milliy tilga e’tibor va ehtirom
– millatsevarlik, vatanparvarlik, oliyjanoblikning yorqin ifodasi. O‘z milliy tiliga mu-
habbati yo‘q, o‘zga tillarga ehtiromi yuksak insonni millat vakili,vatanparvar shaxs
deb atash mumkinmi?! Til – millatga, jamiyatga, vatanga daxldor oliy tushuncha.
Shu boisdan bu borada ehtiyotkor bo‘lish, ajdodlardan meros buyuk ne`mat ildi-
ziga bolta urmaslik talab qilinadi. Shu kunlarda, balki o‘tgan yillar davomida ham
millatsevar tushunchalar,ma’rifat ziyolilarini o‘zbek tilining rasmiy talablarini kuc-
haytirish, milliy martabasini oshirish barcha soha vakillarining adabiy til me’yorla-
riga amal qilishiga erishish kabi dolzarb muammolar hamisha o‘ylantirib, muno-
zaralarga chorlab kelgan. Shu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, milliy-ma’na-
viy merosimiz ona tilimizga muhabbat va ehtirom, avvalo,oiladan boshlanadi. Oila
qadriyatlar beshigi ekanligini e’tiborga tutgan holda farzand tarbiyasida ona tilini
puxta egallash, milliy tilni, qadriyatlarni avaylash,ijtimoiy daxldorlik,vatanparvar-
likni shakllantirish usullari tavsiya qilingan, uning nufuzini oshirishimiz, go‘zal va
sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz,dunyoga tanitishda o‘z hissamiz-
ni qo‘shishimiz kerak. Taniqli ijodkorimiz Cho‘lpon aytganidek: “Til yashasa, millat
yashaydi”. Darhaqiqat,millat bor ekan, til ham shu millat, shu xalq qalbida, dilida va
tilida mangu yashaydi. Zero, rus tarixchisi Shobelov aytganidek: “Millatni yo‘q qilish
uchun u yerga qurol ko‘tarib borish shart emas, uning tilini, ma’naviyatini, adabiyo-
tini yo‘q qilish kerak, shunda millatning o‘zi yo‘q bo‘lib ketadi”, degan fikri naqadar
to‘g‘ri ekanligini ko‘rishimiz munkin. Shuni ham unutmaslik joizki, insonning ona ti-
liga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshirishda,albatta, kitobxonlik madaniyatining o‘rni
ham juda kattadir. Zotan, turli xildagi badiiy, publisistik va ilmiy xarakterdagi asar-
lar mutolaasi jarayonida o‘quvchi ongida ona tiliga bo‘lgan, uning sehr-u joziba-


background image

STARS International University

225

siga, tarovatiga bo‘lgan mehri ham bosqichma-bosqich rivojlanib boradi. O‘z ona
tilida xatosiz yozish va gapirish ko‘nikmasi shakllanadi. Shu o‘rinda shuni alohida
ta’kidlash joizki, ona tilida sof va samimiy gapirish nafaqat madaniyatlilik, balki o‘z
ona tiliga nisbatan hurmat va e’tiborning natijasidir.

Xulosa qilib aytganda,inson tug‘iliboq padari buzrukvori hamda volidasi-

ning mehri, shirin kalomi, allasi-yu sevgisini ona tilida eshitadi, tuyadi. Ilk so‘zla-
ri,fikr-o‘ylari,tevarak-atrof haqidagi mulohazalarini shu tilda bayon etadi. Mana
shuning uchun bo‘lsa kerak, har bir insonning o‘z ona tiliga bo‘lgan mehr-u mu-
habbati bo‘lakchadir, u kishining qalbida,yurak to‘ridadir. Shu boisdan ham
har bir inson ona tilini qadrlamog‘i,uning sofligini saqlashga,rivojiga o‘z hissasi-
ni qo‘shmog‘i lozimdir. Chunki ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy aytganidek,
“Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oyinai hayoti til va adabiyo-
tidir, milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”. Darhaqiqat, so‘zlarni buzib
gapirish,o‘rinsiz chet so‘zlarini tilimizga qo‘shib gapirish o‘zbek tilimiz taraqqiyo-
tiga uriladigan boltadir. Shuni alohida aytib o‘tish lozimki,o‘zbek tilining rivojlanis-
hi,undagi o‘zgarishlar ijtimoiy-siyosiy hodisalarga bog‘liq ravishda ro‘y beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish

yuritish.

2. X. S. Muhiddinova., Z. I. Salisheva., X. S. Po‘latova. O‘zbek tili.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini

yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi 2017-yil
7-fevraldagi farmoni.

4. Tojiyev Y., Hasanova N., Tojimatov, Yo‘ldosheva O. O‘zbek nutq va uslubiyat

asoslari. – Toshkent, 1994.

5. Berdiyev X. X. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi.

Библиографические ссылки

Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish.

X. S. Muhiddinova., Z. I. Salisheva., X. S. Po‘latova. O‘zbek tili.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi 2017-yil 7-fevraldagi farmoni.

Tojiyev Y., Hasanova N., Tojimatov, Yo‘ldosheva O. O‘zbek nutq va uslubiyat asoslari. – Toshkent, 1994.

Berdiyev X. X. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов