Ta’limda o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor va ehtirom

Поделиться
Хайдарова , Х., & Якубова, Х. (2023). Ta’limda o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor va ehtirom. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 258–260. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp258-260
Хаётхон Хайдарова , Школа 32

учитель родного языка и литературы

Хуснида Якубова, Школа 19

учитель биологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada milliy tilimizning keiib chiqishi va rivojlanishi haqida ma'lumotlar batafsi! yoritilgan. Ona tilimizning jahonda tutgan o‘rnini va nufuzini oshirish uchun ishiab chiqiigan qarodar va berilayotgan e’tibor to'g'risida mulohazalar keltirilgan.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

258

Annotatsiya:

Ushbu maqolada milliy tilimizning kelib chiqishi va rivojlanishi haqida

ma’lumotlar batafsil yoritilgan. Ona tilimizning jahonda tutgan o‘rnini va nufuzini oshirish
uchun ishlab chiqilgan qarorlar va berilayotgan e’tibor to‘g‘risida mulohazalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

o‘zbek tili, ajdodlarimiz merosi, Milliy dastur, zamonaviy texnologiyalar,

o‘zbek tilshunosligi.

Kechmishi olis tarixga borib taqaladigan, o‘zining betakror yozma manbalariga

ega bo‘lgan nufuzli tillardan biri bu - o‘zbek tilidir. Bu tilda so‘zlashuvchilarning
soni yer yuzida 35 milliondan ortiqni tashkil etadi. Darhaqiqat, o‘zbek tili shu kun-
gacha ko‘p ming yillik tarixiy taraqqiyot yo‘lini mardonavor bosib kelmoqda. Eng
qadimiy manbalardan tortib, hozirgi davrgacha yaratib kelinayotgan adabiy ifoda-
si, ma’no qatlamlari, lug‘at tarkibi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar mavjud.

O‘zbekning buyuk ma’rifatparvari A.Avloniy: “Har bir millatning dunyoda bor-

lig‘in ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak mil-
latning ruhini yo‘qotmakdur”, - deganlarida nechog‘li haq edilar. Adib o‘sha paytda
ham tilimiz haqida qayg‘urib, “Milliy tilimizni saqlamoq bir tarafda tursin, uni unu-
tib, yo‘qotmoqdamiz”, deya jon kuydirgan edi.

Xo‘sh, bugun ajdodlarimizdan meros milliy tilimizni qay darajada saqlamoqda-

miz?

Bosh qomusimizning 4-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili

o‘zbek tilidir”, deb yozib qo‘yilganiga 33 yil to‘ldi. Bu yillar o‘zbek tilining jami-
yatdagi mavqeini tiklash uchun oz davr emas. Hozirgi kunda bu xususda turli fikr
va munozaralar olib borilmoqda. Lekin bu munozara va bahslar amalda ham o‘z
ifodasini topyaptimi? Ko‘chalardagi, turli muassasalardagi yozuvlarning “Davlat
tili to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligini ta’minlash borasidagi ishlar hamon
to‘g‘rilanib kelmoqda. Bularning barchasi o‘zbek tiliga hurmat, ehtiromning faqat
qog‘ozlarda ekanligini isbotlaydi. To‘g‘ri, bu borada talay ishlar olib borilmoqda,
xususan, ajdodlarimiz merosi o‘rganilib, tadqiq qilinayotir. Lekin barcha ishlarning
boshi ona tiliga hurmat va ehtiromdan boshlanmaydimi? Negaki oramizda hanuz-
gacha o‘z ona tilini bilmaydigan, fikrlarini o‘z tilida ravon bayon qila olmaydigan

Farg

ona tumani 32-maktab ona

tili va adabiyot fani o

qituvchisi

XAYDAROVA HAYOTXON;

Farg

ona tumani 19-maktab

biologiya fani o

qituvchisi

YOQUBOVA XUSNİDA

TA’LIMDA O‘ZBEK
TILIGA BO‘LGAN
E’TIBOR VA
EHTIROM

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp258-260


background image

STARS International University

259

kimsalar ham yo

q emas. Afsuski, bunday kimsalar millat milliyligiga bepisand qa-

rovchilardir.

Menimcha, bugungi kunda ta’limga, yosh avlodga tilimizni bolalikdan singdiris-

hga e’tiborni kuchaytirmog‘imiz zarur. Buning uchun ta’limning barcha bosqich-
larida o‘zbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal
o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, ta’limda savodli pedagoglarni bunga targ‘ib qilish zarur.
Chunki o‘zi yaxshi bilimga ega bo‘lmagan tarbiyachi-o‘qituvchi kelajak avlodni izi-
dan ergashtirishi dargumon,albatta.

Amalda Milliy dastur bo

yicha yangi avlod darsliklarining bosqichma-bosqich

tatbiq qilinayotgani diqqatga sazovordir. Ayniqsa, 6-sinf darsligida berilayotgan
manbalar boshqa fanlar bilan uzviy bog

liqlikni belgilab bermoqda. O

quvchilar

ona tili fani orqali tabiiy, aniq va gumanitar fanlarga bevosita murojaat qilgandek
bo

lishmoqda. Terminlarning to‘g‘ri yozilishi o

rgatib borilgan.

Yaqinda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘zbek tilini o‘rganish masalalari yuzasi-

dan taqdimotlar tanlovi o‘tkazildi. Bu tanlov respublikadagi barcha o‘qituvchilarni
o‘z ustida ijodiy ishlashga chorladi. Chunki ta’lim jarayonida har bir darsda yangi-
liklar kiritish, mavzularning zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilishi ta’lim sifatini
oshirishga xizmat qiladi.

Mana o‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilganiga ham 33 yil to‘ldi. O‘tgan

davr mobaynida tilimizning nufuzi va mavqeyi oshdi, ijtimoiy vazifasi va qo‘llanish
doirasi kengaydi. Ish yuritish o‘zbek tilida olib borilmoqda.

Istiqlol sharofati bilan o‘zbek tilida qator asarlar yaratilmoqda. Oliy ta’lim mu-

assasalari va umumta’lim maktablarida barcha yo‘nalishlar hamda sohalar bo‘yic-
ha yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar nashr qilindi. Ayniqsa, o‘zbek tilshunosligi
sohasida yuzlab, balki minglab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, mazkur soha
bo‘yicha o‘zining yechimini kutayotgan ayrim nazariy muammolar o‘rganib ke-
linmoqda.

Shu o‘rinda Is’hoqxon To‘ra Ibratning:

“Bizning yoshlar, albatta, boshqa tillar-

ni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo

qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir

”, deb bir

asr narida aytgan so‘zlarini keltirish mumkin. Albatta, mamlakatimiz ko‘pmillatli,
har bir millat o‘z ona tiliga ehtirom ko‘rsatishi kerak, shu o‘rinda o‘zbek millati ham.

So‘nggi yillarda o‘zbek tili va adabiyotini rivojlantirishga, tilimizning davlat tili

sifatidagi nufuzini oshirishga qaratilgan bir qancha samarali ishlar amalga oshiril-
moqda.Bugun milliy yetakchimiz boshchiligida tilimizni asrab-avaylash maqsadida
qonun, bir nechta farmonlar qabul qilingan. Qonun bilan o‘zbek tiliga davlat tili
maqomi berilgan kun bayrami kuni sifatida belgilanib,tilga bo‘lgan e’tibor amaliyo-
tga ko‘chirilib, mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadri-
yat ekanligi namoyon etilmoqda.

Ayni damlarda butun mamlakatimiz bo‘ylab, jumladan, vazirliklar, agentliklar,

qo‘mitalar, viloyatlardagi barcha idoralar, tashkilotlar, korxonalar, tumanlar va sha-
har hokimliklarida 21-oktabr — “O‘zbek tili” bayrami kuni munosabati bilan o‘tka-
zilayotgan tadbirlar ko‘lamining kengligidan bu yilgi bayramning har yilgidan ham
boshqacha o‘tganini

sezish mumkin. Bu esa Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni

uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi aniq. Zero, til mamlakat taraqqi-
yoti va kelajagini belgilovchi asosiy omildir.

Tilimiz o‘zbekning o‘ziday qadimiy va barhayotdir! Shuning uchun bugungi kun-


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

260

da dunyo maydonida tik va mag‘rur, qaddi va qadri baland tilimizni asramoq va uni
jahonga tanitmoq faqat va faqat o‘zimizning qo‘limizda.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, til - millat ko‘zgusi. Shunday ekan, til qonu-

niyatlarini to‘liq anglab yetishlik har bir inson uchun muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ashrapova.T, Odilova. M. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi”

Qo‘qon 2008-yil 10-12-bet

2. Usmanov.N “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini milliy g‘oya targ‘ibotiga

tayyorlashning pedagogic va texnologik asoslari” Toshkent 2012-yil

3. Qosimova K., Matchonov S. “Ona tili o‘qitish metodikasi” Toshkent 2009-yil.

Библиографические ссылки

Ashrapova.T, Odilova. M. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi” Qo‘qon 2008-yil 10-12-bet

Usmanov.N “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini milliy g‘oya targ‘ibotiga tayyorlashning pedagogic va texnologik asoslari” Toshkent 2012-yil

Qosimova K., Matchonov S. “Ona tili o‘qitish metodikasi” Toshkent 2009-yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов