Italyan tilida sifat komponentli frazeologik iboralarning semantik xususiyatlari

CC BY f
264-269
6
1
Поделиться
Худойкулов , Б. (2023). Italyan tilida sifat komponentli frazeologik iboralarning semantik xususiyatlari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 264–269. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp264-269
Бехзод Худойкулов , Деновский институт предпринимательства и педагогики

преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning semantik asosidir. Belgi bildirish xususiyati va tabiati jihatidan tub va nisbiy sifatlar bir-biridan qisman farqlanuvchi o‘zgachaliklarga egadir.
Sifatlar frazeologik iboralar tarkibida ham tez-tez qo‘llanilishini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Har bir tilda frazeologik iboralar tuzilishi, lеksik-sеmаntik, funksiоnаl uslubiy vа sintаktik vаzifаlаri, shuningdеk, o‘zigа хоs shаkllаnish хususiyatilаrigа egа bo‘lgаn til birligidir.
Ushbu maqolada italyan tilidagi sifat komponentli frazeologik iboralar va ularning semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Sifat komponentli frazeologik iboralarga oid misollar orqali, frazeologik iboralarda eng ko‘p qo‘llaniladigan sifatlar tahlili ham berilgan.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

264

Annotatsiya:

Narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning se-

mantik asosidir. Belgi bildirish xususiyati va tabiati jihatidan tub va nisbiy sifatlar
bir-biridan qisman farqlanuvchi o‘zgachaliklarga egadir.

Sifatlar frazeologik iboralar tarkibida ham tez-tez qo‘llanilishini ham ta’kidlab

o‘tish joiz. Har bir tilda frazeologik iboralar tuzilishi, lеksik-sеmаntik, funksiоnаl-uslu-
biy vа sintаktik vаzifаlаri, shuningdеk, o‘zigа хоs shаkllаnish хususiyatilаrigа egа
bo‘lgаn til birligidir.

Ushbu maqolada italyan tilidagi sifat komponentli frazeologik iboralar va ularn-

ing semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Sifat komponentli frazeologik iboralarga
oid misollar orqali, frazeologik iboralarda eng ko‘p qo‘llaniladigan sifatlar tahlili
ham berilgan.

Kalit so‘zlar:

sifat, frazeologiya, frazeologik ibora, shakl va ma’no, ko‘chma

ma’no, tarjima.

So‘z leksikologiyada tekshirilishiga qaramay, u ma’lum tomonlari bilan gramma-

tikaga ham aloqadordir, so‘z umuman tilning birligi sifatida baholansa maqsadga
muvofiq bo‘ladi.

Har bir tilning grammatik qurilishi ma’lum normalarga, qonun- qoidalarga ega-

dir. Italyan tilida ham so‘z turkumlari dastlab ikki turga mustaqil (parte del dis-
corso variabile) va yordamchi (parte del discorso invariabile) so‘z turkumlariga
bo‘linadi. Mustaqil so‘z ma’lum tushuncha ifodalab, biror predmet, belgi, harakat
nomini ataydi, gapda biror gap bo‘lagi bo‘lib keladi. Yordamchi so‘zlar turkumi tus-
huncha ifoda etmaydi, faqat grammatik ma’no ifodalab gapda so‘zlarning o‘zaro
munosabatini o‘rnatishga xizmat qiladi. Demak, ularni funksional grammatik belgi-
lar farqlab turadi. Yordamchi so‘zlarda morfemalarga yaqinlik belgisi - funksional
belgisidir.

Sifatlar predmetning rangini, shaklini, mazasini, hajmini va shu kabilarni ifoda-

lashi mumkin. Demak, sifatlar ma’nosiga ko‘ra turlarga ajratiladi, masalan:

Italyan tilida - Iqlim va haroratga nisbatan ishlatiladigan sifatlar:

Afosa-jazira-

ma; bollente-qaynoq; calda-issiq; Estiva-yozgi; Mite-mayin; Nuvolosa-bulutli; Pio-

XUDO YQULOV BEHZOD,

Denov tadbirkorlik va
pedagogika instituti
o‘qituvchisi,
behzod_xudoyqulov@dtpi.uz

ITALYAN TILIDA
SIFAT KOMPONENTLI
FRAZEOLOGIK
IBORALARNING
SEMANTIK
XUSUSIYATLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp264-269


background image

STARS International University

265

vosa-yomg‘irli;

Italyan tilida – Fasl va davrga nisbatan ishlatiladigan sifatlar:

Al-

legra-quvnoq; Affollata-gavjum; Bella-ajoyib; Bollente-qaynoq; Brutta-yomon;
Buona-yaxshi; Calma-sokin; Costosa-qimmat; Diversa-har xil; Divertente-qiziqa-
rli; Eccezionale-Juda ajoyib;

Italyan tilida – Inson hayotini tasvirlovchi sifatlar:

lunga-uzoq umr; dolce-shirin; complicata-murakkab; pubblica-ommaviy; inten-
sa-qizg‘in,jadal; nuova-yangi; spericolata-bee’tibor,beparvo; serena-tinch,sokin;

movimentata-voqealarga boy; spensierata-tashvishlardan holi,bexavotir;

Italyan

tilida – Kitob va uning mazmuniga nisbatan ishlatiladigansifatlar:

noioso-zerikar-

li; pesante-og‘ir; economico-iqtisodiy; romantic-romantik; rovinato-abgor,vayron
bo‘lgan; bianco-oq;antico-qadimiy; giallo-detektiv; divertente-ajoyib,qiziqarli;

It-

alyan tilida – Ta’mga nisbatan ishlatiladigan sifatlar:

Gradevole-yoqimli; Piacev-

ole-yoqimli; Buono-yaxshi; Delicate-nozik; Fine-nozik; Soave-shirin; Squisito-nafis;
Potente-kuchli; Sottile-nozik; Aromatic-xushbo‘y; Abboccato-juda shirin;

Italyan

tilida – Ovoz,tovushga nisbatan ishlatiladigan sifatlar:

Acuta-o‘tkir; Alta-baland;

Allegra-quvnoq; Chiara-aniq; Dolce-shirin; Debole-zaif; Forte-baland ovoz; Gros-
sa-yo‘g‘on; Grave-jiddiy; Limpida-aniq; Melodiosa-ohangdor;

Italyan tilida – Inson

tuzilishi va ko‘rinishiga nisbatan ishlatiladigan sifatlar:

bassa-past; alta – baland; di

media statura-o‘rta balandlikda; grassa – semiz; magra - ozg‘in;snella – nozik; nor-
male – normal; diritta-qaddi to‘g‘ri; curva-egilgan; esile /gracile – nozik; grande-kat-
ta; grossa-katta; piccolo-kichik; robusta-baquvvat; forte-kuchli;

Italyan tilida sifat komponentli iboralar ham anchagina bo‘lib ularning se-

mantik jihatlarini tahlili qilish qiziqarli mavzulardan biridir. Italyan tilidagi sifat

komponentli iboralarni o‘rganish jarayonida rang-tus sifatlari iboralarda ko‘proq

ishlatilishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ularni quyidagi misollar orqali tahlil qil-

ishimiz mumkin:

In

buone

mani -

Ishonchli qo‘llarda, himoyada bo‘lmoq;

Avere le mani

lunghe

- Qo‘li uzun bo‘lmoq, yetarli qudrati bo‘lmoq.

Andare a testa

alta

– Mag‘rur odamga nisbatan ishlatiladi -Mag‘rur bo‘lib yur-

moq.

Andare con la testa

alta

– (

Boshi baland) Xijolatsiz, boshini tik tutib yura oladi-

gan odamga nisbatan ishlatiladi.

Cavarsela a

buon

mercato – Qiyin vaziyatdan chiqib ketish

Essere

bianco

dalla paura

- Juda qo‘rqmoq.

Essere

rosso

dalla vergogna

- Juda tortinmoq/uyalmoq.

Parlare a cuore

aperto/

col cuore in mano (Parlare con sincerità e fiducia.)

Ochiqko‘ngillik bilan,samimiylik bilan gapirish.

Andare in

bianco

-

So‘zma so‘z tarjimada,

Oq ranga borish”deb tarjima qilina-

di. Ibora, Rad etilmoq, rad javobini olmoq ma’nolarida ishlatiladi.

Avere il sangue

blu

So‘zma – so‘z tarjimada, ‘ko‘k qoni bo‘lmoq’ tarzida

bo‘ladi. Ibora, Oliy zotli, aristokrat ma’nolarida ishlatiladi.

Avere l’argento

vivo

addosso –

Jo‘shqin,faol kishi/to‘xtamasdan harakatlanib

turadigan bola kabi ma’nolarda ishlatiladi.

Cronaca

nera

So‘zma – so‘z tarjimada, Qora yangiliklar deb tarjima qilinadi.

Ibora, Kriminal xabarlar ma’nosida keladi.

Cronaca

rosa

So‘zma – so‘z tarjimasi, “Pushti yangiliklar” tarzida bo‘ladi. Ibo-

ra sifatida quyidagi ma’noni anglatadi: Odamlar haqidagi/Shaxsiy hayoti haqidagi
(g‘iybat) xabarlar.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

266

Felice

come unaPasqua

- So‘zma-so‘z tarjimada,”Pasxadek xursand bo‘lish”.

Ibora holatida esa, juda ham xursand bo‘lish ma`nosida keladi.

Lavorare in

nero -

So‘zma so‘z tarjimada,” qora kiyimda ishlash” Ibora holati-

da esa, shartnomasiz soliq to‘lamasdan noqonuniy ishlash ma`nosida keladi.

Lungo

come la Quaresima -

Ibora holatida juda uzoq muddat davom etish

ma`nosida keladi.

Mangiare in

bianco –

So‘zma- so‘z tarjimada, “oq rangda ovqatlanish”. Ibora

holatida esa,yengilgina tamaddi qilish ma`nosida keladi.

Mettere

nero

su bianco -

Bu iborani «oq ustiga qora qo‘yish» deb tarjima qilish

mumkin va bu qarorni tasdiqlamoq, muayyan narsa uchun shartnoma imzolamoq
degan ma’nolarni anglatadi.

Scoprire l’acqua

calda -

So‘zma- so‘z tarjimada, “iliq suvni kashf qilish” Ibora

holatida esa hammaga ma`lum bo‘lgan narsani eslatish ma`nosida keladi.

Una giornata

grigia -

So‘zma -so‘z tarjimada, “kulrang kun” Ibora holatida esa

juda yomon kunni tasvirlashda ishlatiladi .

Un pezzo

grosso -

So‘zma- so‘z tarjimada, “katta parcha” Ibora holatida esa,

juda muhim bo‘lgan insonni ifodalashda ishlatiladi.

Vedere i sorci

verdi -

So‘zma- so‘z tarjimada, “yashil kalamushlarni ko‘rish”

Ibora holatida esa, yomon kunlarni boshidan kechirish, ko‘p azob chekishni an-
glatadi.

Vedere

rosa -

So‘zma so‘z tarjimada, “ pushtini ko‘rish” Ibora holatida esa, op-

timistic bo‘lish ya`ni doim yaxshi narsalar haqida o‘ylash ma`nosida keladi.

Vedere

rosso -

So‘zma so‘z tarjimada, “qizilni ko‘rish ma`nosida, Ibora holatida

esa,g‘azablanish , aqldan ozdirish ma`nosida ishlatiladi.

Vedere tutto

nero -

So‘zma so‘z tarjimada, “ hamma narsani qora ko‘rish”

Ibora holatida esa doim pessimistic ya`ni har narsaning yomon tomonini ko‘rish
ma`nosida keladi.

Di

buon

passo

- Tez qadamlar bilan

Di

buona

lega

- Yaxshi sifatda (sifatli).

Di punto in

bianco

- To‘satdan, tasodifan

Di

gran lunga

- Juda, juda ko‘p;

In stato

interessante

= incinta

- Homilador

Buono

come il pane“

– Muloyim insonga nisbatan ishlatiladi

Andare con la testa

bassa

-

Boshi egik, uyaladigan odam ga nisbatan ishlati-

ladi.

Vedere di

buon

occhio

Xayrihoxligi bo‘lmoq (biror kishiga yoki vaziyatga

nisbatan).

Vecchio

lupo del mestiere -

O‘z ishining ustasi

Fame

da lupo -

Ishtahasi karnay

Passare la notte

in bianco

- Tunni uyqusiz o‘tkazish.

Dare

/

fare un assegno

in bianco

- Kimgadir moliyaviy ekinlik (pul sarflashga)/

ruxsat berish.

Fare una settimana

bianca

- Tog‘da qishki ta’tilni o‘tkazish.

Essere al

verde

- Pulsiz bo‘lmoq.

Essere

verde

dall’invidia

- Juda hasadgo‘y bo‘lish.

Avere il pollice

verde

- Gul/o‘simlik parvarishlashda uddaburon. Qo‘li gul.

Dare il disco

verde

-

Biror narsaga yo‘l ochib berish.


background image

STARS International University

267

Romanzi

/

film

gialli

- Detektiv asar yoki film.

Dare il disco

rosso

-

Bir narsani to‘xtatmoq.

Di

gran

tempo -

Katta yoshda

Tempo

grasso

-

Bulutli ob-havo

Tempo

grosso

-

Bulutli

Nascere sotto una

buona

stella -

Baxtli yulduz ostida tug‘ilgan

Parola

grossa

-

Kuchli so‘z

Parlare

grasso

-

Qo‘pol bo‘lish

Testa

vuota

Kallasi bo‘m-bo‘sh

,

Javob bera olmaydigan, ma’suliyatsiz odam

ga nisbatan ishlatiladi.

A occhi

chiusi

Osonlik bilan, katta ishonch bilan (biror ishni bajarmoq)

Avere la parola

pronta

-

Javob berishga hozir bo‘lmoq, savolga javobi tayyor

bo‘lmoq

Avere le braccine

corte

-

So‘zma-so‘z tarjimada, “qo‘llaro kalta”. Ibora ‘Ziqna

bo‘lish’ ga nisbatan ishlatiladi.

Avere una faccia da pesce

bollito/lesso

Bu iboraning ma’nosi quyidagicha:

Yuzi ifodasiz, ma’nosiz bo‘lish.

Bastian

contrario

-Iboraning ma’nosi quyidagicha: Teskari qarash/fikr, Bosh-

qalarning fikriga/ishiga qarama-qarshi fikr.

Cascarci come una pera

cotta

So‘zma – so‘z tarjimada, Pishgan nok kabi

tushish,to‘kilish; tarzida bo‘ladi. Ibora ma’nosida, kimdir yolg‘on gapirganda va siz
darhol unga ishonganda ishlatiladi.

Farsi I cavoli

propri

- So‘zma-so‘ z tarjimada,” o‘z karamlari haqida o‘ylash”.

Ibora holatida esa, o‘z ishi bilan mashg ‘ul bo‘lish ma`nosida keladi.

Fa un

freddo

cane!

- So‘zma-so‘z tarjimada,”it kabi sovuq bo‘lish”. Ibora holati-

da esa, juda qattiq sovuq bo‘lish ma`nosida keladi.

Lamentarsi di gamba

sana -

So‘zma- so‘z tarjimada, “sog‘lom oyoq bilan shi-

koyat qilish” Ibora holatida esa, hech qanday sababsiz shikoyat qilish ma`nosida
keladi.

Magro

come un’acciuga -

So‘zma so‘z tarjimada “ sho‘r baliqdek ozg‘in” Ibora

holatida esa, juda ozg‘in, oriq ma`nosida keladi.

Matto

come un cavallo -

So‘zma so‘z tarjimada, “otdek aqldan ozgan” Ibora

holatida esa, esh-hushidan yo‘qotgan ma`nosida keladi.

È acqua

passata

So‘zma-so‘z tarjima qilganda quyidagicha bo‘ladi: Bu oqqan

suv. Ibora sifatida quyidagicha bo‘ladi: O‘tgan/unutilgan narsa.

Piangere sul latte

versato -

So‘zma -so‘z tarjimada “ to‘kilgan sut uchun ko‘zy-

osh to‘kish” Ibora holatida esa, o‘tgan voqea-hodisa uchun achinish ma`nosida
ishlatiladi.

Rimanere a bocca

asciutta -

So‘zma- so‘z tarjimada, “ og‘iz quruq qolish” Ibora

holatida esa, olmoqchi bo‘lgan narsani olmaslikni ifodalash uchun ishlatiladi.

Se non è zuppa, è pan

bagnato

! -

So‘zma so‘z tarjimada “ sho‘rva bo‘lmasa,

ho‘l non” Ibora holatida esa,bir xillikni ifodalashda ishlatiladi..

Sordo

come una campana -

So‘zma -so‘z tarjimada, “ qo‘ng‘iroqdek kar” Ibora

holatida esa haqiqatdan ham kar ekanligini ifodalashda ishlatamiz.

Tempo di vacche

magre -

So‘zma- so‘z tarjimada, “ nozik sigirlar vaqti” Ibora

holatida esa, puli yo‘q paytlarni, qiyin holatni ifodalashda foydalaniladi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

268

Una patata

bollente -

So‘zma -so‘z tarjimada,”issiq kartoshka” Ibora holatida

esa, yechim toppish qiyin bo‘lgan muammo ma`nosida keladi..

Veloce

come una leper -

So‘zma- so‘z tarjimada, “quyondek tez” Ibora holati-

da kelganda esa, juda tez harakatlanish ma`nosida ishlatiladi.

Avere il cuore

libero

(Non essere innamorati di nessuno.) -

Bu ibora, Sevgisiz

qalb ma’nosini ifodalaydi. Lekin il cuore libero so‘zlarining asl tarjimasi – “bo‘sh
yurak” tarzida bo‘ladi.

Avere il cuore

d’oro

(Essere una persona generosa e buona.) -

Bu ibora, Sax-

iy, yaxshi inson ma’nosini ifodalaydi. Iboradagi Il cuore d’oro – so‘zlari esa aslida
- oltin yurak deb tarjima qilinadi.

Avere il cuore

pesante

(Essere delusi o dispiaciuti o addolorati per qualco-

sa.) -

Ushbu iboraning ma’nosi: Xafa, og‘ringan yurak. Iboradagi il cuore pesante

– vazni og‘ir yurak , deb tarjima qilinadi

A caro prezzo

- Qimmat narxda

A nessuno e

nascosto

- Hech kimga sir emas (hammaga ma’lum...)

A passo

saldo

- Dadil qadam bilan

Con sua

buona

pace -

Sizning ruxsatingiz bilan. [Oltiev, B.Xudoyqulov. 2021;]

Rang-tusni ifodalovchi sifatlar soni:

Bianco - oq

7 ta iborada

Rosso - qizil

5 ta iborada

Verde - yashil

4 ta iborada

Nero - qora

3 ta iborada

Boshqa sifatlar:

Buono - yaxshi

8 ta iborada

Lungo - uzun

3 ta iborada

Caldo - issiq

3 ta iborada

Grande - katta

2 ta iborada

Grasso – semiz, katta

2 ta iborada

Til orqali fikrlashishda, aloqa aralashuv hodisasida, nutqda, til materiallaridan

shu qonun-qoidalar asosida foydalaniladi, bu bilan tilning realizatsiya, tildan foy-
dalanishning aniq ko‘rinishlari, nutq hosil bo‘lishi shubhasizdir. Chunki tildan foyda-
lanish aniq qoidalar, normalar asosida bo‘lib, bu til tuzilishining o‘zida bor, gram-
matik qoidalar, ma’lum tartibda bayon qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bondarko А.V. (1976) Teoriya morfologicheskikh kategoriy. L: Nauka.
2. Gianluca Aprile. (2008). Italiano per modo di dire//Alma Edizione .


background image

STARS International University

269

3. Oltiev T., Xudoyqulov B. Italyan tilidagi iboralarning tarjimasi” lug‘ati. – 2021.
5. Pittano G., (2001) ` Frase fatta capo ha. Dizionario dei modi di dire, proverbi

e Locuzioni, 5th ed., Bologna.

6. Quartu B. M., (2000) Dizionario dei modi di dire della lingua italiana, 4th ed.,

Milano.

7. Qudrat Musaev. (2005) “ Tarjima nazariyasi asoslari: Darslik.T.: «Fan» nashri-

yoti, -13 b.

8. Turrini G., Alberti C. (2002) Santullo M. L., Zanchi G., Capire l’antifona. Dizion-

ario dei modi di dire con esempi d’autore, 6th ed., Bologna.

9. Vladimir Kovalev. il Kovalev, (2014) Dizionario Russo-Italiano Italiano-Russo.

Quarta edizione. Collana: I grandi dizionari .

10. Xudoyqulov B., Yangiboyeva M. ITALYAN VA INGLIZ TILLARIDAGI AYRIM

RANG KOMPONENTLI IBORALARNING SEMANTIKASI //Academic research in
educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 4. – С. 564-570.

11. Xudoyqulov B., Jumayeva M. FRAZEOLOGIK IBORALARNING TEMATIK VA

SEMANTIK TAHLILI (ITALYAN TILIDAGI IBORALAR MISOLIDA) //Academic re-
search in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 2. – С. 698-706.

12. Худойкулов Б. Frazeologik iboralarni italyan tilidan o ‘zbek tiliga tarjima qilish

muammolariga doir //Переводоведение: проблемы, решения и перспективы.
– 2022. – №. 1. – С. 73-75.

Библиографические ссылки

Bondarko А.V. (1976) Teoriya morfologicheskikh kategoriy. L: Nauka.

Gianluca Aprile. (2008). Italiano per modo di dire//Alma Edizione .

Oltiev T., Xudoyqulov B. Italyan tilidagi iboralarning tarjimasi” lug‘ati. – 2021.

Pittano G., (2001) ` Frase fatta capo ha. Dizionario dei modi di dire, proverbi e Locuzioni, 5th ed., Bologna.

Quartu B. M., (2000) Dizionario dei modi di dire della lingua italiana, 4th ed., Milano.

Qudrat Musaev. (2005) “ Tarjima nazariyasi asoslari: Darslik.T.: «Fan» nashriyoti, -13 b.

Turrini G., Alberti C. (2002) Santullo M. L., Zanchi G., Capire l’antifona. Dizionario dei modi di dire con esempi d’autore, 6th ed., Bologna.

Vladimir Kovalev. il Kovalev, (2014) Dizionario Russo-Italiano Italiano-Russo. Quarta edizione. Collana: I grandi dizionari .

Xudoyqulov B., Yangiboyeva M. ITALYAN VA INGLIZ TILLARIDAGI AYRIM RANG KOMPONENTLI IBORALARNING SEMANTIKASI //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 4. – С. 564-570.

Xudoyqulov B., Jumayeva M. FRAZEOLOGIK IBORALARNING TEMATIK VA SEMANTIK TAHLILI (ITALYAN TILIDAGI IBORALAR MISOLIDA) //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 2. – С. 698-706.

Худойкулов Б. Frazeologik iboralarni italyan tilidan o ‘zbek tiliga tarjima qilish muammolariga doir //Переводоведение: проблемы, решения и перспективы. – 2022. – №. 1. – С. 73-75.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов