Ona tili va o‘qish sav odxonligi darslarida matn ustida ishlash yo‘llari

CC BY f
288-291
32
31
Поделиться
Зокиров , Д. (2023). Ona tili va o‘qish sav odxonligi darslarida matn ustida ishlash yo‘llari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 288–291. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp288-291
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy asarni o‘rganishda bevosita asar matni ustida ishlashga bog‘liq bo‘lishi, matn ustida ishlashning xilma-xil usullari, ana shular orasidan obrazlarning portretini o‘rganish muhim hisoblanishi, badiiy asarlarda qatnashuvchi qahramonlar ham bir-biridan farq qilishi, insonlar tashqi ko‘rinishi, xarakterlari, kiyinishi bilan bir-biriga o‘xshamasligi, har bir inson o‘ziga xos tashqi ko‘rinishga va ichki xislatlarga ega bo‘lishi haqida fikr yuritildi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

288

Annotatsiya:

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy asarni o‘rga-

nishda bevosita asar matni ustida ishlashga bog‘liq bo‘lishi, matn ustida ishlashning
xilma-xil usullari, ana shular orasidan obrazlarning portretini o‘rganish muhim hisoblani-
shi, badiiy asarlarda qatnashuvchi qahramonlar ham bir-biridan farq qilishi, insonlar tashqi
ko‘rinishi, xarakterlari, kiyinishi bilan bir-biriga o‘xshamasligi, har bir inson o‘ziga xos tashqi
ko‘rinishga va ichki xislatlarga ega bo‘lishi haqida fikr yuritildi.

Kalit so‘zlar:

lug‘at ustida ishlash, matn, obraz, asar qahramonlari, matn ustida ishlash,

portret, badiiy asar, obrazlarning portreti.

Boshlang‘ich sinf darsliklarida berilgan badiiy asarlarda qahramonlar va per-

sonajlarning portreti ham bayon qilib boriladi. Badiiy asarlarda voqealar rivoji
bilan bog‘liq ravishda unda qatnashuvchi obrazlarning tashqi ko‘rinishi ham aks
ettiriladi. Yozuvchilar badiiy asarda olg‘a surgan g‘oyalarini amalga oshirishda
unda qatnashuvchilarning tashqi ko‘rinishini tasvirlashdan ham foydalanishadi.
Odatda, ijobiy obrazlarning tashqi ko‘rinishi yoqimli tarzda tasvirlanadi. Kishilarn-
ing yuz, quloq, ko‘z, burun va gavda tuzilishini tasvirlash o‘quvchida ma’lum bir
obrazga nafrat uyg‘otsa, ba’zilariga nisbatan katta hurmat va cheksiz muhabbat
uyg‘otadi. Chunki odatiy hollarda insonning ichki his-tuyg‘ulari va kechinmalari
ularning ko‘z qarashida, yuz tuzilishida, qo‘l harakatida, imo-ishoralarida ham o‘z
ifodasini topadi.

Bo‘riboy Axmedovning

“Elim deb, yurtim deb yashagan inson”

asari parchasi-

ni o‘qish davomida buyuk bobomiz Amir Temurning portreti tasvirlangan o‘rinlar-
ni o‘qish orqali unga o‘quvchilarning mehr-muhabbati uyg‘otiladi. Matnning butun
mazmunida Amir Temurning faoliyati, kurashi va g‘alabasi, o‘z eli va yurti manfaa-
ti yo‘lida olib borgan ezgu ishlari bayoniga tashqi ko‘rinishi (portreti) tasviri ham
qo‘shilib, buyuk inson to‘g‘risida har tomonlama bilimga ega bo‘lish imkoniyati-
ni tug‘diradi. O‘quvchining unga nisbatan muhabbatini uyg‘otadi. Buyuk bobomiz
Amir Temuruzoq o‘lkalarda, jang-u jadallarda, o‘z Vatani, eli va xalqi deb kurashdi.
Bu yo‘lda ba’zan juda og‘ir voqealarni boshidan kechirganda ham, hech ikkilanmay
ozodlik va erk yo‘lida ishonch bilan o‘ta tadbirkorlik ishlatib olg‘a boraveradi. O‘z

ZOKIROV JAVOHIR
G‘AYBULLO O‘G‘LI,

Termiz davlat universiteti
Boshlang‘ich ta’lim
kafedrasi o‘qituvchisi

ONA TILI VA O‘QISH
SAVODXONLIGI
DARSLARIDA MATN
USTIDA ISHLASH
YO‘LLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp288-291


background image

STARS International University

289

Vatanini faqat mustaqil davlatga aylantirib qolmay, uni butun dunyoga mashhur qil-
ish sharafiga muyassar bo‘ldi. Dunyoning barcha o‘lkalarida buyuk Temur nomi ja-
rangladi. Uning tabarruk nomi bilan birga turk xalqi ham yer yuziga tanildi. Shuning
uchun asrlarosha xalqimiz Sohibqiron Amir Temurni alohida hurmat bilan tilga oladi.

Matn yuzasidan berilgan topshiriqlar va savollar qismida quyidagicha vazifani

o‘qiymiz: “Amir Temurning ko‘rinishini kitobdagi rasmga qarab tasvirlab bering.
Tasvirlashda matndagi rasmga oid o‘rindan foydalaning”. Yuqoridagi topshiriqni
bajarish uchun matn diqqat bilan o‘qiladi. Amir Temur bobomizning yoshligi, o‘qish
yillari, ulg‘ayish jarayoni, el va yurt uchun bir umr xizmat qilganligini bilib olishadi.
Uning bo‘yi, yuzi, soqol-mo‘ylovi, ko‘zi, qoshi, qo‘li va kiyimlari haqida suhbat uy-
ushtiriladi. Suhbat davomida tasvirlanayotgan inson azosini bayon qilishda ishlat-
ilishi mumkin bo‘lgan so‘zlar majmuasi beriladi.

Quyidagi namuna sifatida yuz tasviriga oid so‘zlarni keltiramiz:
qalpoq sarg‘imtil
cho‘zinchoq kulrang
kulchabet nur sochib turadi
qurumsoq loladek
qip-qizil nuroniy
Shundan keyin o‘quvchilar diqqati portret tasvirini so‘z bilan bayon qilishda ni-

malarga e’tibor berish kerakligiga qaratiladi. Buning uchun kishining tashqi ko‘rin-
ishini tasvirlashda ishlatiladigan so‘zlar majmuasi beriladi. Yuqoridagi matn yuzasi-
dan o‘qituvchi quyidagi ko‘rgazmali vositani xattaxtaga ilib qo‘yadi.

O‘quvchilar buyuk Amir Temur portretiga oid so‘zni topib, nuqtalar o‘rniga joy-

lashtirib chiqadilar. Qo‘yiladigan so‘zlar jadvalning o‘ng tomonida aralash berilgan.
O‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri joylashtirib chiqishlari lozim.

1-jadval

Amir Temur portreti

Portret elementlari

So‘zlar

1.

Bo‘yi

Keng

2.

Qomati

Yo‘g‘on

3

Kallasi

Sersoqol

4.

Peshonasi

Yo‘g‘on

5.

Yuzi

Katta

6.

Qo‘l-oyog‘i

Oq-qizil

7.

Yelkasi

Semiz

8.

Barmoqlari

Kelishgan

9.

Poychasi

Qalin

10.

Soqoli

Baland

11.

Qoshlari

Keng

12.

Ovozi

Baquvvat

13.

O‘ng qo‘li va oyog‘i

Tik

14.

Qaddi-qomati

Zaxmdor


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

290

O‘quvchilar ko‘rgazmali vositada berilgan portret elementlari va unga mos so‘zni

ikki qator qilib ko‘chirishadi. Natijada, bolalarning daftarlarida quyidagicha yozuv
paydo bo‘ladi. Topshiriqni bajarish uchun matndan foydalanishga ruxsat beriladi.

Bo‘yi baland. Barmoqlari yo‘g‘on.
Qomati tik. Poychasi semiz.
Kallasi katta. Soqoli sersoqol.
Peshonasi keng Qoshlari qalin.
Yuzi oq-qizil. Ovozi yo‘g‘on.
Qo‘l-oyog‘i baquvvat. O‘ng qo‘li va oyog‘i zaxmdor.
Yelkasi keng. Qaddi-qomati kelishgan
Bolalar yuqoridagi topshiriqni bajarib bo‘lganlaridan keyin Amir Temurning

ko‘rinishi berilgan o‘rinni matndan qayta o‘qiydilar va uning tashqi ko‘rinishini
og‘zaki tasvirlab berishga tayyorgarlik ko‘radilar. Matnda Amir Temurning tashqi
ko‘rinishini tasvirlashda nechta rang ishlatilganligini aniqlash va har bir rang qaysi
so‘z bilan tugatilganligiga e’tibor berish topshiriladi. O‘quvchilar to‘rt rang orqali
ulug‘ bobomizning tashqi ko‘rinishi bayon qilganligini va bu gaplar “edi” so‘zi bi-
lan tugaganligini aytadilar. Shundan keyin o‘qituvchi tomonidan kishining tashqi
ko‘rinishi bayon qilinar ekan, bu gaplar ko‘proq ichki fe’l-atvori bilan birga bayon
qilinishini tushuntiradi. Ushbu matnda bobomizning tashqi ko‘rinishi eng yaxshi
fazilatlari bilan qo‘shib tasvirlanganini bayon qiladi va xattaxtaga quyidagi gaplarni
yozib qo‘yadi: “U yolg‘onni yoqtirmaydigan, yutuqlardan shodlanib ketmaydigan
odam edi. Qo‘rqmas, shijoatli, botir va mard kishilarni yoqtirardi”. Bu gapni o‘quv-
chilar xo‘r bo‘lib o‘qishadi va daftarlariga ko‘chirib olishadi. Bunday mashg‘ulotlar
o‘quvchilarning portret tasviri yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Shu tariqa portret tasviri orqali ko‘z, soch, yuz, soqol tasvirlari ham ko‘rgazma-

li vositalar bilan o‘quvchilarga tushuntiriladi va Amir Temur bobomizning tashqi
ko‘rinishi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar.

Yoshlarni jonajon O‘zbekistonimizga sodiq insonlar qilib tarbiyalash hamda ular-

ga bugungi taraqqiyot talablari asosida bilim berish barcha xalq ta’limi xodimlari,
maktab o‘qituvchilarining amaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Biz bugungi kun
o‘qituvchilari o‘z fikrini dadil himoya qiladigan va ijodiy fikrlashga qodir bo‘lgan
avlodni tarbiyalab yetishtirishimiz kerak. Bu vazifani ro‘yobga chiqarish uchun,
birinchi navbatda, o‘zimiz bugungi kun ilm-fan yutuqlarini o‘rganib, hayot bilan
hamohang qadam tashlashimiz, o‘quvchining ko‘proq bilim olishi uchun xilma-xil
samarali uslublarni izlab topib, dars jarayoniga tatbiq qilishimiz zarur. Shundagina
yosh avlodning jonajon O‘zbekistonimizning munosib farzandlari bo‘lib yetishishi-
ga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. A.B.

Radjiyev, A.A.

Ismailov, J.R.

Narziyev, H.P.

Tog‘ayeva, “O‘quvchilar

savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqiotlar dastur”, Qo‘llanma, 2019-yil.

2. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy

markazi veb-sayti www.markaz.tdi.uz.


background image

STARS International University

291

3. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X. va boshqalar. “Ona tili o‘qitish

metodikasi”. Toshkent, 2009.

4. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursun Sh. “Ona tili va o‘qish savodx-

onligi”. Respublika ta’lim markazi. Toshkent, 2021.

5. Yoqubov S., & Zokirov J. (2017). O‘quvchilarni savol berishga orgatish usullari.

In Научный поиск в современном мире (PP. 110–112).

Библиографические ссылки

A.B. Radjiyev, A.A. Ismailov, J.R. Narziyev, H.P. Tog‘ayeva, “O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqiotlar dastur”, Qo‘llanma, 2019-yil.

Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi veb-sayti www.markaz.tdi.uz.

Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X. va boshqalar. “Ona tili o‘qitish metodikasi”. Toshkent, 2009.

Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursun Sh. “Ona tili va o‘qish savodxonligi”. Respublika ta’lim markazi. Toshkent, 2021.

Yoqubov S., & Zokirov J. (2017). O‘quvchilarni savol berishga orgatish usullari. In Научный поиск в современном мире (PP. 110–112).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов