Zamonaviy tasviriy san’atda qalam tasvirning o‘rni qanchalik muhim

CC BY f
228-232
23
3
Поделиться
Джаббаров, Р. (2023). Zamonaviy tasviriy san’atda qalam tasvirning o‘rni qanchalik muhim. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 228–232. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp228-232
Рустам Джаббаров, Ташкентский государственный педагогический университет имени Низоми

доцент кафедры изобразительного искусства и др

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada tasviriy san’atning turi bo‘lgan grafika, ya’ni qalamtasvirning rangtasvirda tutgan o‘rni beqiyosligi haqida nazariy fikr va mulohazalar hamda amaliy qo‘llanilishi tahlil etiladi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

228

Annotatsiya:

Maqolada tasviriy san’atning turi bo‘lgan grafika, ya’ni qalamtasvirning

rangtasvirda tutgan o‘rni beqiyosligi haqida nazariy fikr va mulohazalar hamda amaliy
qo‘llanilishi tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

tasviriy san’at, tur va janr, qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya, fazoviy

perspektiva, bo‘yoq, rang va tus, shtrix, nisbat, hajm, joylashtirish, uyg‘unlik, surtma, yorug‘
va rang munosabatlari.

Mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi yilda tasviriy va amaliy san’atdan yoshlarga

zamonaviy talablar asosida ta’lim berish sifatini oshirish, jumladan, tasviriy san’at
o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini xalqaro malaka talablar asosida tashkil etish kabi
ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan keng qamrovli
islohotlar natijasida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlashning ilg‘or xo-
rijiy tajribalarga asoslangan milliy tizimi yaratildi. Shular bilan bir qatorda, tasviriy
san’at o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini oshirishda kasbiy kompetensiyalarni shakl-
lantirishga oid yondashuvlarni jadallashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Shu maqsadda respublikamiz hukumatining qator hujjatlari Vatanimizning har

tomonlama jahon andozalari asosida rivojlanishiga qaratilmoqda. Jumladan, yosh-
larga ta’lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, milliy san’atimiz namu-
nalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashhur bo‘lgan
ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda.

Ayni kunlarda hamma sohalarda bo‘lgani kabi oliy ta’lim tizimida, ixtisoslashtiril-

gan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham talaygina amaliy tadbirlar amalga oshiril-
moqda. Xususan, iqtidorli o‘quvchilarni tayyorlashda yangi o‘quv rejalar, namunaviy
dasturlar tuzilmoqda.

Respublikaning turli oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlarida talabalar-

ga milliy san’at namunalarini o‘qitishning ilmiy asoslangan yangi shakli, metodlari
ishlab chiqilmoqda. Talabalarni badiiy jihatdan barkamol, Vatanga va milliy san’atga
sadoqat ruhida tarbiyalab voyaga yetkazishda tasviriy san’at, xususan, qalamtasvir,
rangtasvir, kompozitsiya fanlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z
navbatida, oliy o‘quv yurti fakultetlarida, ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitiladi-
gan maxsus fanlarning chuqur va asosli bo‘lishini taqozo etib, pedagoglar zimmasi-
ga yuksak vazifalarni belgilaydi.

JABBAROV RUSTAM
RAVSHANOVİCH

Nizomiy nomidagi Toshkent
Davlat pedagogika
universiteti Tasviriy san’at
kafedrasi dotsent va b.

ZAMONAVIY TASVIRIY
SAN’ATDA QALAM
TASVIRNING
O‘RNI QANCHALIK MUHIM

https://doi.org/10.47689/
STARS.university-pp228-232


background image

STARS International University

229

Tasviriy san’atda rangtasvir fani ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitiladigan bar-

cha fanlar qatori muhim hisoblanadi va ular orasidagi bevosita bog‘liqlikni ta’min-
laydi. Rangtasvirdan yetarli bilim va malakalarni egallamay turib, talaba haykalta-
roshlik, xalq amaliy san’ati va boshqa fanlarni yuqori darajada o‘zlashtira olmaydi.

Tasviriy faoliyatning nazariyasini muntazam o‘rganish tasviriy san’at ta’limini

muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning asosiy shartlaridandir. Rangtasvir qonun-qoidalari-
ni puxta egallagan talabagina amaliy ijodda samarali shug‘ullanishi mumkin. “Kim-
da-kim ilmni amaliyotsiz tasavvur etsa, – u bamisoli suzishga eshkaksiz chiqayotgan
qayiq haydovchisidir va u hech qachon qayerga ketayotganligiga to‘la ishonch hosil
qila olmaydi, – deya ta’kidlagan buyuk rassom Leonardo da Vinchi. Ayniqsa rang-
tasvir sohasida amaliyot hamisha kuchli nazariyot bilan bog‘liq holda amalga oshiri-
lishi zarur va bularsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi”.

Rangtasvir haqqoniy shaklning rangli tuzilishi qonuniyatlariga asoslangan. Ran-

gtasvirni o‘rganish – bu tekislikdagi rangli shaklning nisbatlari, konstruktiv qurilishi,
hajmi, fazoviy tuzilishi usullarini izlash yo‘lidir. Shularga bog‘liq holda har bir talaba
buyum va narsalarni perspektiva qonunlariga asoslanib, konstruktiv tuzilishi, fazoviy
joylashuvi, nisbat, hajmni mukammal tasvirlay olishi zarur. Qalamtasvirda rang va
tusning yaxlit bir butunlikda garmonik uyg‘unlashuvi bu haqiqiy rangtasvirdir.

Tasvirda qalamsurat mukammal bo‘lishi lozim, aks holda turli bo‘yoqlar ham od-

diygina narsa va buyumning qurilishi, hajmini savodli ifodalab bermaydi. Havo pers-
pektivasiga bog‘liq holda ranglarning nozik o‘zgarishini ifodalovchi, matoga beril-
gan rang-barang surtmalar ham, o‘z-o‘zidan, fazoviy kenglikni ifoda eta olmaydi.
Faqat perspektiva qoidalariga to‘g‘ri amal qilib tasvirlangan qalamtasvirgina rang-
larni yanada ham jozibali ko‘rsatadi.

Agar tabiat manzarasi perspektiva qonun-qoidalariga amal qilinmay tasvirlansa,

kenglikni ifodalovchi rangning o‘rni ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Rangtasvirni rassom-
lar shunday ta’riflaydilar: “Bu yuz foiz qalamtasvir va yuz foiz rangtasvirning bir-bi-
riga chambarchas bog‘liqligidir”.

Rangtasvirning jozibali chiqishida qalamtasvirning o‘rni beqiyosdir. Ammo mohir

rassom qalamdan foydalanmasdan ishni bo‘yoqlar bilan tasvirlashi ham mumkin.
Ijodkor izlanish jarayonida rangtasvirning qalamtasvir bilan bevosita bog‘liqligini
his etadi. Ya’ni buyumlarning fazoviy joylashuvi, nisbatlarning aniqligi, ranglarning
to‘g‘ri qo‘yilishi, ishning bir butunlikda yakunlanishi ko‘p jihatdan ijodkorga bog‘liq-
dir. Rassom qalamtasvirni puxta o‘zlashtirib olgandagina (qog‘ozga to‘g‘ri joylashti-
rish, narsa va buyumlarning fazoviy joylashuvi, perspektiva qoidalariga amal qilish,
nisbatlarni to‘g‘ri topish, ishni metodik ketma- ketlikda tuslash va h.k) rangtasvir-
da ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin, aks holda noaniq yechilgan qalamtasvir
ishini tahlil etsak, ranglar qanchalik jozibali bo‘lmasin, baribir bu ishni sifatli deb
bo‘lmaydi. Shuning uchun turli rassomlik maktablarining tarixiy tajribalari shundan
guvohlik beradiki, ta’limning dastlabki bosqichlarida qalamtasvirni mukammal o‘z-
lashtirish, keyingi o‘rganish mashq jarayonlari uchun zamin yaratadi. Yosh rassom
Eduardo Fioletti Venetsiyaga o‘qishga kelganida: “Rangtasvirni mukammal egallash
uchun nima qilish kerak”, degan savoliga ustoz rassom Tintoretto: “Rasm chizish!”
deb javob bergan. “Rassom bo‘lish uchun yana qo‘shimcha nimalarni maslahat berar
edingiz?” degan Fiolettining qayta savoliga Tintoretto: “Rasm chizish va yana rasm
chizish!” deb javob qilgan, u rasm chizish rangtasvirga nafislik va mukammallik ato
etishini haq deb bilgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

230

Buyuk haykaltarosh Mikelanjelo qalamtasvirda (rangtasvir, haykaltaroshlik,

me’morchilikda) “har qanday ilmning ildizi va negizini ko‘rgan”. “Qalamtasvir doimo
bizga yo‘l ko‘rsatib turuvchi qutb va kompas bo‘lib, turli bo‘yoqlar ummonlarida
cho‘kayotganlarga najot berish omilidir,- deya ta’kidlagan Sharl Lebren.

Engr o‘z ustaxonasining eshiklariga quyidagi so‘zlarni yozgan: “Bu yerga kelgan

shogirdlarga qalamtasvirni o‘rgataman, ketayotganda esa ular rangtasvirning ustasi
bo‘lib yetishadi”.

“Shunday narsa mavjudki, u hamma san’at turlarining asosi hisoblanadi,

bu – qalamtasvir. Kimki qalamtasvir san’atini mukammal egallasa, u rangtasvirni
ham haykaltaroshlikni ham o‘zlashtira oladi”, – deb aytgan rassom Karachchi. “Har
qanday shaklni ajoyib nafis qiluvchi ranglar emas, balki aniq chizilgan qalamtasvir-
dir”, – degan Titsian. U qarigan chog‘larida ham, ko‘mir yoki bo‘r bilan nimalarni-
dir tasvir etmagan kuni bo‘lmagan. “Qalamtasvirga asoslanmagan rangtasvir san’at
emas, balki rangli dog‘larning tartibsiz yig‘indisidir”, – deya doim takrorlagan taniqli
ijodkor V.Ye. Makovskiy. “Qalamtasvirni puxta bilmagan ijod ham qila olmaydi”, –
deb ta’lim bergan rassom-pedagog P.P. Chistyakov. I.Ye. Repin kunora 2-3 soat qa-
lamtasvir bilan shug‘ullangan va uni “rangtasvirning asosi”deb hisoblagan.

Taniqli ijodkor A.V. Vasnesov, P.P. Chistyakovning ta’lim berish tizimini yodga olib,

“uning sevimli mashg‘uloti qalamtasvir edi”, deb eslaydi. A. Ashbening Myunxenda-
gi rassom-pedagog maktabida, hattoki san’at akademiyasini tamomlaganlar ham
ta’lim olar, ta’lim berish faqat qalamtasvir bo‘yicha bo‘lib (shaklning konstruktiv tu-
zilishi,tus-soya,yorug‘lik munosabatlari aks etgan tasvir, grizayl), u uzoq vaqt o‘tka-
zilgan, shuning natijasidagina shaklni konstruktiv qurish va tus munosabatlari puxta
egallanib, so‘ng ranglar bilan tasvirlashga o‘tilgan.

Yetuk rassomlarning yaratgan asarlari shunisi bilan diqqatga sazovorki, ular kom-

pozitsiyaning mohirona topilganligi, mavzuning dolzarbligi, issiq va sovuq ranglar-
ning o‘zaro hamohangligi bilan kishini hayratga soladi.

Mashhur rassomlarning ko‘pchiligi, avvalambor, yetuk qalamtasvir ustalaridir. Bu-

lar qatoriga K.P. Bryullov, I.I. Shishkin, V.Ye. Makovskiy, V.A. Polenov, I.Ye. Repin,
M.A. Vrubel, V.A. Serov, K.A. Korovin, M. Nabiev, R. Ahmedov, B. Jalolov, A. Mirza-
ev, A. Ikromjonov kabi mohir mo‘yqalam sohiblari kiradi.

Rangtasvirda nozik plastik shaklning mavjudligi, nisbatlarining mutanosibligi,

hajm, fazoviy sifatlar muhim o‘rin egallaydi. Rassom naturadagi ana shu jihatlarni
to‘laqonli aks ettira olsagina, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda bu jihatlar mavjud
bo‘lmasa, tasvir pala-partishlik bilan ishlangan sifatsiz ish deb baholanadi.

Rangtasvirda ranglar qalamtasvir bilan uzviy bog‘lik bo‘lishi zarur. Ya’ni ishni

rangda boshlash uchun qalamda naturaning zarur joylarini belgilab olib, shaklning
shartli chiziqlarini unutib, ranglar vositasida shakl hajmini tasvirlash darkor.

D.N. Kardovskiyning fikricha, agar biz rangtasvir bu qalamtasvirning rangda da-

vom etishi deb aytsak, shaklning rangda talqin etilishi qalamtasvirdan boshlanadi
va ijod jarayonida u bir necha marotaba to‘g‘rilanadi, ranglar bilan sayqallanadi. Qa-
lamtasvir mahoratini puxta egallash, betakror rangtasvir asarlari yaratish garovidir.
P.P. Konchalovskiy rangtasvirda qalamtasvirning mohiyatini ko‘rib shunday yozgan:
“Rangtasvirning haqiqiy usuli – bu shaklni mutlaqo aniq yetkazib berish yo‘li bilan
beriladigan bo‘yoq surtmadir”.

Haqqoniy san’atda asosiy badiiy qiyofa bu qalamtasvirdir. U jism shaklini qayta

ishlab chiqadi, voqea va insonlar haqida ma’lumot beradi. Qalamtasvirda tasavvur,


background image

STARS International University

231

kompozitsiya g‘oyalari mujassamlashgan bo‘ladi. Kompozitsiyaning g‘oyasi, avva-
lo, qalamtasvir ko‘rinishida paydo bo‘ladi va ifoda etiladi. Hattoki haykaltarosh va
me’morlarning dastlabki g‘oyalari qalamtasvirdagi qoralamalardan boshlanadi.

Rassomlarda esa plastika haqidagi fikr, kompozitsiya to‘g‘risidagi umumiy o‘ylar

doimo qalamtasvirda paydo bo‘ladi.

Qalamtasvir san’atining haqiqiy ustasi bo‘lish va uni to‘g‘ri tushunish turli yo‘na-

lishdagi rassomlarga: grafik rassom, me’morga, sahna bezakchisiga, monumentalchi
rassomga va boshqalarga juda muhimdir. Agar kino yoki teatr rassomi qalamtasvir
sir-asrorlarini mukammal egallamagan bo‘lsa, uni haqiqiy ijodkor deb bo‘lmaydi.

Hattoki, haqqoniy qalamtasvir chizish maktablarida tarbiyalangan rassomlar ham

tasviriy san’atning har qaysi turi bo‘yicha yaratilgan ijodiy ishining qiymatiga qarab
baholanadi va qadrlanadi.

Agar bezatuvchi, rassom, pedagog yoki monumentalchi kabi ixtisosliklardagi ras-

som haqiqiy qalamtasvir asoslarini puxta o‘rganmay turib asar yaratishni boshlasa,
u dastgohli san’at asarining to‘la yaratilishiga, tasvirda soxta manzaraning paydo
bo‘lishiga, haqiqiy inson qiyofasining to‘laqonli aks etmasligiga sababchi bo‘lib, tas-
virlanayotgan voqea va hodisalarning asl mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi. Shu-
ning uchun talabalar rangtasvirda mohirona ijod qilishlari uchun quyidagi bilim va
malakalarni puxta o‘zlashtirmog‘i lozim:

1. Kuzatuv perspektiva (ufq chizig‘i, yassi jismlar va ufq chizig‘i perspektivasi) ele-

mentlari. Tekisliklar bilan chegaralangan jismlarning konstruktiv va perspektiv quri-
lishi (kub, prizma, interer va eksterer).

2. Silindr shaklidagi jismlarning perspektiv qurilishi.
3. Geometrik shakllarda soya-yorug‘ munosabatlari (kub, silindr va shardagi so-

ya-yorug‘likning taqsimlanishi, havo perspektivasining elementlari).

4.Qalamtasvirda hajm, fazo va materiallikni tasvirlash usullari (turli materiallar-

ning soya-yorug‘lik xususiyati, tus munosabatlari, hajmni ko‘rsatishda chiziq va “sht-
rix”ning o‘rni, fazo va moddiylik).

Talabalar qalamtasvirda faqat nazariy bilimlarni mustahkamlab qolmay, balki

amaliy jihatdan ham katta tajribaga ega bo‘lmog‘i lozim: qo‘yilmadagi nisbatlar-
ni aniq topish, nozik perspektiv o‘zgarishlarni seza bilish, tasvirni qog‘oz yuzasi-
da asosli-konstruktiv qurish va joylashtirish, shakl hajmini tushayotgan soya-yorug‘
orqali mohirona ifoda etish hamda ishni tus jihatidan yaxlit bir butunlikda yakunlashi
zarur. Qo‘yilmani turli ranglarda bajarish ham mas’uliyatli vazifadir, chunki rangtas-
virda rang va tus munosabatlari yaxlit bir butunlikka asoslanadi. Shakl hajmini tas-
virlashda tus o‘rnini mohiyatini to‘g‘ri tushunmaslik turli chalkashliklarga olib keladi.
Demak, eng muhimi, talabalarning qalamtasvirda ishni tus jihatdan yaxlit bir butun-
likka erishib yakunlashi hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, talabalarning rangtasvir-
da samarali ijod qilishlariga qulay imkon yaratadi.

Talabalarning uzluksiz mashqlari natijasida ranglardagi nozik o‘zgarishlarni farq-

lashga, kuzatuvchanlikning rivojlanishiga, rang-baranglikni sezishga hamda tas-
viriy vositalarni mohirona egallashlariga zamin yaratiladi. Tajribali rassomlarning
ranglavhalarini kuzatganlarida ularning nihoyatda nafis va jozibali tasvirlangani-
ga havas bilan qaraydilar. Shuning uchun talabalar mohirona tasvirlash malakasi-
ga ega bo‘lishlari uchun tinmay mashq qilishlari natijasida ko‘zlangan maqsadga
erishadilar.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

232

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Абдирасилов С., Толипов Н. “Рангтасвир”. Дарслик – Т., Инновация-Зиё,

2019, 56-бет.

2. Талипов Н.Х. (2022). Тасвирий санъат машғулотларида перспективани

қўллашнинг аҳамияти. Бошқарув ва Этика Қоидалари онлайн илмий журнали,
2(1), 27–36.

3. Talipov N., & Talipov N. (2021). Creative technologies for the development of

students’creative activity through art education. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

4. Jabbarov R., & Rasulov M. (2021). Further formation of students’ creative abi-

lities by drawing landscapes in painting. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ. https://
doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09

5. Талипов

Н., & Талипов

Н. (2021). Проблема исторического жанра

в изобразительном искусстве: взгляд на творческую школу художника Малика
Набиева. Общество и инновации, 2(4/S), 607–613. https://doi.org/10.47689/2181-
1415-vol2-iss4/S-pp607-613.

6. Talipov N.X., & Aliev N.S. (2021). The importance of perspective in teaching art

to future fine arts teachers. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR),
10(2), 97–103.

7. Jabbarov R. (2021). Уникальное направление, вдохновленное творчеством

Камолиддина Бехзода, великого миниатюриста Восточного Возрождения.
Общество и инновации, 2(5/S), 59–67. https://doi.org/ 10.47689/2181-1415-vol2-
iss5/S-pp59-67

8. Талипов Н., & Талипов Н. (2021). Талабаларни бадиий таълим орқали

қобилиятларини ривожлантириш. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

9. Talipov Nozim Khamidovich, & Kholmurodova Fotima, Kholmurodova Zukhra.

(2022). Features of art education for future fine art teachers. current research jour-
nal of pedagogics, 3(01), 33–https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-03-01-06

10. Jabbarov R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the

Basics of Composition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive
Sciences and Technologies, 17(1), 285–288. DOI: http://dx.doi.org/ 10.52155/ijpsat.
v17.1.1424

11. Ravshanovich J.R. (2021). Rangtasvir Taraqqiyotining Ustuvor Yo‘nalishlari.

Бошқарув ва Этика Қоидалари онлайн илмий журнали, 1(6), 137–148.

12. Rustam Ravshanovich J. (2021). Formation of Creative Abilities of Students by

Teaching the Genre “Landscape” of Fine Arts. Spanish Journal of Society and Sus-
tainability, 1, 1-8. Retrieved from http://sjss.indexedresearch.org/ index.php/sjss/
article/view/1.

13. Tulanova D. (2021). Imaginary line in landscape painting of Uzbekistan. Acade-

micia: An international multidisciplinary research journal, 11(2), 773–778.

Библиографические ссылки

Абдирасилов С., Толипов Н. “Рангтасвир”. Дарслик – Т., Инновация-Зиё, 2019, 56-бет.

Талипов Н.Х. (2022). Тасвирий санъат машғулотларида перспективани қўллашнинг аҳамияти. Бошқарув ва Этика Қоидалари онлайн илмий журнали, 2(1), 27–36.

Talipov N., & Talipov N. (2021). Creative technologies for the development of students’creative activity through art education. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

Jabbarov R., & Rasulov M. (2021). Further formation of students’ creative abilities by drawing landscapes in painting. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09

Талипов Н., & Талипов Н. (2021). Проблема исторического жанра в изобразительном искусстве: взгляд на творческую школу художника Малика Набиева. Общество и инновации, 2(4/S), 607–613. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp607 613.

Talipov N.X., & Aliev N.S. (2021). The importance of perspective in teaching art to future fine arts teachers. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 97–103.

Jabbarov R. (2021). Уникальное направление, вдохновленное творчеством Камолиддина Бехзода, великого миниатюриста Восточного Возрождения. Общество и инновации, 2(5/S), 59–67. https://doi.org/ 10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp59-67

Талипов Н., & Талипов Н. (2021). Талабаларни бадиий таълим орқали қобилиятларини ривожлантириш. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

Talipov Nozim Khamidovich, & Kholmurodova Fotima, Kholmurodova Zukhra. (2022). Features of art education for future fine art teachers. current research journal of pedagogics, 3(01), 33–https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-03-01-06

Jabbarov R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics of Composition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 285–288. DOI: http://dx.doi.org/ 10.52155/ijpsat.v17.1.1424

Ravshanovich J.R. (2021). Rangtasvir Taraqqiyotining Ustuvor Yo‘nalishlari. Бошқарув ва Этика Қоидалари онлайн илмий журнали, 1(6), 137–148.

Rustam Ravshanovich J. (2021). Formation of Creative Abilities of Students by Teaching the Genre “Landscape” of Fine Arts. Spanish Journal of Society and Sustainability, 1, 1-8. Retrieved from http://sjss.indexedresearch.org/ index.php/sjss/ article/view/1.

Tulanova D. (2021). Imaginary line in landscape painting of Uzbekistan. Academicia: An international multidisciplinary research journal, 11(2), 773–778.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов