Milliy qadriyatlarimizni yuksaltirish – sog‘lom bola va barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy omili

CC BY f
388-391
14
11
Поделиться
Орокова, Ш. (2023). Milliy qadriyatlarimizni yuksaltirish – sog‘lom bola va barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy omili. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 388–391. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp388-391
Шарофат Орокова, Термезский государственный университет

преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada milliy qadriyatlarimiz davomchisi – oila ma’naviyatini yuksaltirish – sog‘lom bola va barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy omili ekanligi yoritib berilgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

388

Annotatsiya:

ushbu maqolada milliy qadriyatlarimiz davomchisi – oila ma’naviyatini yuk-

saltirish – sog‘lom bola va barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy omili ekanligi yoritib
berilgan.

Kalit so‘zlar:

oila, ma’naviyat, milliy g‘urur, muhabbat, vatanparvarlik, sadoqat, iftixor,

tarbiya, baxt, urf-odat va an’ana, qadriyat.

“Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli

bo‘lsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas xalqim baxtli bo‘lsa
men o‘zimni baxtli deb bilaman” [1]-

deya

ta’kidlaydi Prezidentimiz Sh. Mirziyovev

har safar ma’ruzalarida. Darhaqiqat,

har bir oila ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos

tarzda aks ettiradi. Oilaviy munosabatlar alohida olingan har bir holatda o‘ziga xos
tomonlarga ega bo‘ladi. Chunki, bu munosabatlar o‘ziga xos ma’naviy qiyofaga ega
bo‘lgan kishilarning o‘zaro ta’sirining natijasidir. Shunga ko‘ra, oilaning bolaga ta’siri
spesifik, o‘ziga xos bo‘lgani uchun, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishi
ham o‘ziga xos va takrorlanmasdir.

Bola o‘z ota-onalarining xatti-harakatlari, butun hayotiy faoliyatlarini kuzatib yu-

radi. Shu tufayli narsa va hodisalarga ta’sir qilishga qodir bo‘lgan faoliyatning sub-
yekti sifatida o‘z-o‘zini anglay boshlaydi. Oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat
bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg‘ular jamuljam bo‘ladi. Ana shu boisdan
bola hissiyotini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Agar oilada o‘zaro hurmat
va ishonch bilan birga, yaxshi kayfiyat asosidagi sog‘lom muhit qaror topgan bo‘lsa,
bu bola ruhiyatiga, uning hissiyotiga ijobiy ta’sir etishi tabiiydir.

Oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg‘ulari ham tarbiyala-

nadi. Chunki bola yoshligidanoq hayotda g‘am-tashvishlar bilan quvonch-sevinchlar
birga yurishligini anglab borishi kerak. Ota-onalar bolalarida jamiyatda va oilada ke-
rakli ekanliklarini ilk bor his qilishni uyg‘ota olsalar, insondagi bebaho xislat bo‘lgan
mehnat qilish quvonchidan bolani bahramand qilgan bo‘ladilar.

Oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning mu-

him omili hisoblanadi. Chunki, bola hayoti asosan uy sharoitida o‘tadi. Oila a’zolari
o‘rtasida muomala madaniyati oilaviy tarbiyada muhim o‘rin o‘ynaydi.

Ota-onalar ma’naviy jihatdan qanchalik boy bo‘lsa, ular o‘z farzandlariga nis-

batan shu qadar jiddiy va mas’uliyatli munosabatda bo‘ladilar. O‘zlaridagi mav-
jud ma’naviy-axloqiy fazilatlarni farzandlari timsolida ko‘rishni har qanday ota-ona
orzu qiladi.

O‘ROQOVA SHAROFAT
SAIDQUL QIZI

TerDU o‘qituvchisi

MILLIY QADRIYATLARIMIZNI
YUKSALTIRISH – SOG‘LOM
BOLA VA BARKAMOL AVLODNI
TARBIYALASHNING ASOSIY OMILI

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp388-391


background image

STARS International University

389

Oilada milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Agar ota-o-

nalar jamiyatimiz tomonidan oilaga, o‘sib borayotgan avlod tarbiyasiga qo‘yiladigan
talabni bilsa, axloqiy tarbiya samarali bo‘ladi; axloqiy tarbiyalash jarayonida bola-
larning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy o‘zbek an’analaridan foyda-
laniladi; ota-onalar pedagogika va psixologiyaning zamonaviy yutuqlarini hisobga
olgan holda va oilaviy tarbiya masalalari bo‘yicha Sharq mutafakkirlarining boy ma-
daniy merosidan foydalangani holda o‘zining pedagogik ma’lumotini doimo oshirib
boradi.

Yurtboshimizning: «Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor

qayerda ishlashidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, mu-
nosabat, tarrbiyaga alohida e’tibor berilmasa, hech qachon natija bo‘lmaydi. Shu-
ning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor beraman. Ha bir
farzandimga ham, nevaramga ham alohida o‘zimning munosabatim bor. Har bir ne-
varamning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman”-degan so‘zlarifik-
rimizning yaqqol isbotidir.[2]

Oila va oilaviy tarbiya bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir. Chunki, jami-

yat aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, ruhan boy avlodni tarbiyalashdan
manfaatdor. Bunday avlod, eng avvalo, ma’naviy-axloqiy jihatdan sog‘lom va mus-
tahkam oilada shakllanadi. Chunonchi oilani rivojlantirish va mustahkamlash uchun
qilinadigan g‘amxo‘rlik kelajak avlod taqdiri bilan bog‘liqdir. Har qanday jamiyatda
ham buyuk davlatning barpo etilishi yoshlar qanday bo‘lishlariga, ularning qanday
tarbiya olishlariga bog‘liq. Taniqli o‘zbek pedagogigi Abdulla Avloniy «Tarbiya bizlar
uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasi-
dir» deb yozgan edi. [3].

Milliy mafkuraning negizida yosh avlodni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash g‘oya-

si yotadi. Mustaqillik ruhida tarbiyalash yoshlarni milliy g‘urur, milliy iftixor, milliy ong
va o‘z-o‘zini anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishni taqozo etadi. Oilada
yosh avlodni ota-ona namunasi, oila an’analari, shajarasi, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy
qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat, o‘zaro mehr-muhab-
bat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy hayotga tayyorlash kutilgan
natija beradi. Buning uchun ota-onalarni tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida
ota-onalar universitetlari ishini tiklash va takomillashtirish, umumta’lim maktablari,
oliy va o‘rta maxsus ta’lim mazmuniga «Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash» kursini
kiritish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalar va oila tarbiyasida metodik yordam beruv-
chi oila kutubxonasi seriyasidagi kitobchalar va maxsus «Oila» jurnali orqali, barcha
yo‘nalishlardagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga «Oila psixologiyasi va pe-
dagogikasi» kursini joriy etish oilani namunali tarbiya maskaniga aylantirish vositasi-
dir. Shunday qilib, Vatan muqaddasligini saqlash, vatanparvarlik tuyg‘usi bilan xalq,
davlat, mamlakat rivojiga ulkan ulush qo‘shish har bir fuqaroning jamiyat, kelajak
avlod oldidagi burchidir. Bu burchni halol, pok, fidoyilik va jasorat bilan bajargan
insongina haqiqiy vatanparvardir.

Yurtboshimiz aytganlaridek: «Shu aziz Vatan barchamizniki, uning baxt-saodati,

yorug‘ istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo‘lsa jonni fido
qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir». Vatan kela-
jagi, xalqning baxt-saodati uchun milliy g‘ururi yuksak inson kurashadi. Milliy g‘urur
esa milliy o‘zlikni anglash bilan bevosita bog‘liqdir. Zotan, milliy o‘zlikni anglash - va-
tanparvarlikning yorqin namunasidir. Insoniyatning paydo bo‘lishi bilan asta-sekin


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

390

uning tili, urf-odatlari, an’analari, dini, madaniyati; ezgulikni ifoda etuvchi axloq-o-
dob normalari ham vujudga kela boshlagan. Ularning mazmunida xalqning hayot
tarzi, ruhiyati, ma’naviyati, xulq-odobi mezonlari, kelgusi farovon turmush haqidagi
orzu-o‘ylari o‘z aksini topgan, Davr sinovlaridan o‘tgan ma’naviy va moddiy boylik-
lar mazmunan boyib, sayqallanib qadriyat darajasiga ko‘tarilib kelmoqda. Shuning
uchun ham har bir xalqning, millatning o‘z tarixi, u bilan bog‘liq qadriyatlari mav-
jud. Har bir xalqning o‘z tili, ma’naviyati va ma’rifati, tabiati, axloq-odob normalari,
din-e’tiqodi, tarixi, adabiyot va san’ati, madaniy yodgorliklari, o‘ziga xos qadriyat-
lari, urf-odatlari, an’analari, biologik-fiziologik, psixologik xususiyatlari, ichki muhi-
ti, ijtimoiy taraqqiyoti va shu kabilar millatning o‘zligini tashkil qiladi. Milliy o‘zlikni
anglash esa har bir millatning, elatning o‘z tarixi, moddiy boyligi, dini, madaniyati,
adabiyoti, san’ati, axloqiy-ma’naviy xulq-atvori, xatti-harakat mezonlari, urf-odat va
an’analarini mazmun va mohiyatan bilish, ulardan faxrlanish hamda ularni shakl va
mazmun jihatidan boyitish, kelgusi avlodlarga yetkazish, shuningdek ularni boshqa
millatlarga namoyish etish ehtiyojining qudrati demakdir.

Milliy o‘zlikni anglash o‘zi dunyoga kelib o‘sgan oilasi, mahallasi, Vatanini sevish,

ota-onasi, qarindosh-urug‘lari, do‘st-u birodarlari, xalqi, millatiga chuqur hurmat va
ehtiromdir. Ularning shajarasi, o‘tmish avlod-ajdodlari, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy
qadriyatlarning mukammal bilish va ulardan faxrlanish hissi demakdir.

Xalq, Vatan manfaatlarini o‘z manfaatlaridan yuqori qo‘yish kerak bo‘lsa, ularni har

qanday dushmanlardan, salbiy ta’sirlardan himoya etish uchun jonni ham fido etish
- o‘zlikni yuksak darajaga ko‘tarish demakdir. Millat, oila, vatan sha’ni, obro‘-e’tibori,
qadr-qimmati, hamiyati, g‘ururi kamsitilgan, toptalgan vaqtda uni qo‘riqlash, himoya
etish uchun birlashish, kurashish o‘zlikni anglaganlikning namunasidir.

Milliy o‘zlikni anglash, millatning abadiyligini ta’minlovchi, uning moddiy va ma’na-

viy boyliklarini, manfaatlarini himoya etish, ko‘z qorachig‘idek asrash, umrboqiyligini
ta’minlashda har bir fuqaroni ongli ravishda jipslashishga, birlashishga da’vat etuvc-
hi, o‘z mazmunida milliy g‘urur, muhabbat, vatanparvarlik, sadoqat, iftixor kabi tus-
hunchalarni mujassam etuvchi yuksak tuyg‘udir.

Milliy o‘zlikni anglash umuminsoniy qadriyatlarni inkor etish yoki boshqa millat

ma’naviy va moddiy boyliklarini hurmat qilmaslik holatidan uzoqroqdir. Aksincha,
o‘zga millat va xalqlarning tili, dini, moddiy va ma’naviy qadriyatlari, an’analarini bi-
lish; hurmat qilish zamirida o‘z milliy merosini shaklan va mazmunan boyitish o‘zlikni
anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy o‘zlikni anglash millatchilik, mahalliychilik kabi holatlardan butunlay yiroqdir.

O‘zligini anglagan inson hech qachon sotqinlikka, xiyonatga, razolatga qo‘l urmaydi. [4]

O‘zbek millati tarixida milliy istiqlol tantanasi tub burilish yasadi. Milliy o‘zlikni

anglash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Xalqimiz asrlar davomidagi ong, tafakkur qulligidan ozod bo‘ldi. Sho‘rolar tuzumi

davrida o‘z milliy ma’naviyatimiz, an’analarimiz, ruhiyatimiz, axloqiy-ma’naviy qad-
riyatlarimiz umumsovet qozoniga qo‘shilib, o‘z qadr-qimmatini butunlay yo‘qota
boshlagan edi. Ularni sof milliy qadriyat tarzida saqlamoqchi, umrboqiyligini ta’min-
lamoqchi, shakl va mazmun jihatidan takomillashtirmoqchi, yosh avlodni milliy ruh-
da tarbiyalamoqchi bo‘lgan millatimizning jasur farzandlari “xalq dushmani” yorlig‘i
bilan qatag‘on qilindi, jisman yo‘qotildi.

Shukrlar bo‘lsinki, mamlakatimiz mustaqilligi va istiqlol in’om etgan buyuk ne’mat-

lardan biri erkinlik va o‘zligimizni anglash imkoniyati vujudga kelganligi bo‘ldi.


background image

STARS International University

391

O‘zbek oilasida otaning o‘ziga xos munosib o‘rni bor. U oilaning sarbonidir. Ota-

ning oiladagi o‘rnini o‘lchaydigan toshu-tarozi yo‘q. Oilada otaning obro‘-e’tibori
qadrlanadi, farzandlar otaga suyanadi, ergashadi, ishonadi, faxrlanadi. Lekin oilada
ota-ona qo‘sh-ho‘kiz. Ularni et bilan tirnoqday ajratib bo‘lmaydi. Oilalar bir xil emas.
Ularni bir qolipga sig‘dirish mumkin emas. Ba’zan otasiz qolgan farzandlarni ona-
lar o‘zlari ishlab bolalarni boqadi, o‘zlari tarbiyalaydilar. Biroq unday oila farzandlari
tarbiyasida qandaydir nuqsonlar uchraydi. Milliy mustaqillik sharoitida jamiyatning
ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy va ma’naviy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar tabiiy
ravishda va qonuniy tarzda xalqning ravnaqiga yo‘l ochdi, mustaqillikni mustahkam-
lashga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog‘liq.
Oilada jamiyatning tub mohiyati o‘z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat
deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bag‘rida voyaga yetadi. Ijtimoiy munosa-
batlari o‘zgartiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllan-
tirish, uni hayotga, mehnatgatayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mus-
tahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham
davlat oilani o‘z himoyasiga oladi.

Jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog‘lomligi ko‘p jihatdan oilaviy mada-

niyatga bog‘liq. Oila qanday bo‘lsa, jamiyat ham shunday bo‘ladi. Oilada er va xo-
tinning mavqei, oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir. Mamlaka-
timiz milliy mustaqillik yillarida ma’naviy sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar,
avvalo, oila qadriyatlarini, eng ilg‘or an’analarini tiklashga qaratilgandir. Oila va ayol
muqaddasligi O‘zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda, Qur’oni Karim oyatlarida ona
va ayolning muqaddasligi to‘g‘risidagi g‘oyalar oilaviy munosabatlarni takomillashti-
rishida muhim ahamiyatga ega.

Zero, atoqli pedagogimiz Karimaxon Usmonovna o‘zining “Oila tarbiyasida milliy

va umuminsoniy axloqiy fazilatlarning o‘rni” nomli asarida aytganidek: “To‘g‘ri tarbi-
ya – bizning baxtli kelajagimiz, yomon tarbiya – bizning kelajakdagi qayg‘u-hasratla-
rimiz, ko‘z yoshlarimiz, butun jamiyat oldidagi, butun mamlakat oldidagi aybimizdir”.
[5]

Darhaqiqat, oilaga e’tibor, ota-ona mas’uliyatini oshirish, milliy qadriyatlarning

davomiyligini ta’minlash, oila ma’naviyatini yuksaltirish – sog‘lom bola va barkamol
avlodni tarbiyalashning asosiy omili hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi”

Toshkent -2019-y, 3-bo‘lim.

3. “Oila – ijtimoiy tarbiyaning obyekti sifatida” Qosimova A.//Xalq ta’limi jurn.

2009. №6-91-93b

3. “Sog‘lom ona va bola” yili davlat dasturi. T. 2010-y
4. Asqarova U. M va bosh. Pedagogika T. 2008 y
5. A Avloniy “Turkiy guliston- yoxud axloq”. “Avesto” T. Sharq-2002- y
6. Davlatshin M. “Yosh davrlar va pedagogik psixologiya” T. 2004
7. Kaykovus. “Qobusnoma” T. Istiqlol nashriyoti 1994 y
8.

gazeta.uz 2018.25.07

9. “Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy fazilatlarning o‘rni” -Toshkent

“Adolat - 2016”182-189-b

Библиографические ссылки

“Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” Toshkent -2019-y, 3-bo‘lim.

“Oila – ijtimoiy tarbiyaning obyekti sifatida” Qosimova A.//Xalq ta’limi jurn. 2009. №6-91-93b

“Sog‘lom ona va bola” yili davlat dasturi. T. 2010-y

Asqarova U. M va bosh. Pedagogika T. 2008 y

A Avloniy “Turkiy guliston- yoxud axloq”. “Avesto” T. Sharq-2002- y

Davlatshin M. “Yosh davrlar va pedagogik psixologiya” T. 2004

Kaykovus. “Qobusnoma” T. Istiqlol nashriyoti 1994 y

gazeta.uz 2018.25.07

“Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy fazilatlarning o‘rni” -Toshkent “Adolat - 2016”182-189-b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов