Globallashuv sharoitida ma’naviy-axloqiy tahdidlarga qarshi kurashda ta’lim-tarbiya muassasalarining vazifalari

CC BY f
97
18
Поделиться
Сеиткасимов, Ж. (2023). Globallashuv sharoitida ma’naviy-axloqiy tahdidlarga qarshi kurashda ta’lim-tarbiya muassasalarining vazifalari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp70-73
Ж.Н. Сеиткасимов, Навоийский государственный горно-технологический университет

Ассистент кафедры социально-гуманитарных наук

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir paytda yoshlarning ma’naviy xavfsizligini ta’minlash masalalari alohida tadqiqot obyekti sifatida tahlil qilingan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

70

Annotatsiya:

Maqolada globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir paytda

yoshlarning ma’naviy xavfsizligini ta’minlash masalalari alohida tadqiqot obyekti sifatida
tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

g‘oyaviy qarama-qarshilik, ma’naviy xavfsizlik, milliy qadriyatlar,

vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonuniylik, milliy va umuminsoniy
qadriyatlar, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya, sog‘lom turmush tarzi,
ma’naviy immunitet.

Globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi natijasida inson uchun xavfli

bo‘lgan turli xil noan’anaviy tahdidlar yuzaga kelmoqda. Bulardan eng xavflilari
insonlarning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazish orqali millatlarning qadriyatlari va turmush
tarzini izdan chiqarishga qaratilgan axloq-odob¸ oila va jamiyat hayotida jiddiy
ta’sir ko‘rsatadigan ma’naviy tahdidlar hisoblanadi.

Ma’naviy tahdidlar shaxs axloqiy ongida salbiy tushunchalar, tuyg‘ular, xususiyatlar

va sifatlarni hosil qiluvchi illatlar majmuidir. Сhunki tahdid so‘zi “xavf-xatar, xuruj va
buzish” ma’nolarini anglatadi. Shu ma’noda ma’naviy tahdidlarni shaxsni aqliy va
axloqiy jihatdan buzishga qaratilgan maqsadli xurujlar deyish mumkin.

Ma’naviy tahdidlardan maqsad, birinchidan, shaxsning ma’naviy-axloqiy olamini

buzish; ikkinchidan, o‘z vatani va jamiyatiga nisbatan yovuzlik fikrini uyg‘otish;
uchinchidan, milliy axloqiy qadriyatlarni aynitish; to‘rtinchidan, o‘zgalar jamiyatini
ideal deb bilish ko‘nikmasini hosil qilish; beshinchidan, zararli odatlarga xuruj
qo‘yishdir. Diqqat qilsak, ma’naviy tahdidlarning barcha turi nosog‘lom turmush
tarzi bilan bog‘liqligiga va u mafkuraviy nuqtayi nazardan eng xavfli omil ekanligiga
amin bo‘lamiz. Сhunki uning negizini shaxs tarbiyasini izdan chiqarishga qaratilgan
g‘oya tashkil etadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda ma’naviy tahdidlar
quyidagicha illatlarni targ‘ib qilayotgani namoyon bo‘lmoqda: xudbinlik, nopoklik,
nafs qutqusiga uchish, huzur-halovatga berilish, yengil-yelpi umr kechirishga da’vat,

SEITKASIMOV J.N

Navoiy davlat konchilik va
texnologiyalar universiteti
huzuridagi Nukus konchilik
instituti Ijtimoiy-gumanitar
fanlar kafedrasi assistenti

GLOBALLASHUV
SHAROITIDA MA’NAVIY-
AXLOQIY TAHDIDLARGA
QARSHI KURASHDA
TA’LIM-TARBIYA
MUASSASALARINING
VAZIFALARI

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp70-73


background image

STARS International University

71

giyohvandlik, mutaassiblik, tajovuzkorlik, mol-u dunyoga o‘chlik, axloqiy buzuqlik,
zo‘ravonlik, axloqsizlikni madaniyat deb bilish va, aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni
eskilik sarqiti deb qarash, loqaydlik, mahalliychilik, irodasizlik va h.z. Globallashuv
yaratayotgan imkoniyatlardan hozirgi kunda ma’naviy bo‘shliqni to‘ldirishga harakat
qilayotgan siyosiy va mafkuraviy markazlar foydalanmoqdalar. (2) Buning oqibatida
insoniyat tomonidan katta ma’naviy yo‘qotishlar, millatimizning asriy qadriyatlari,
axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarziga xavf solayotganini alohida
qayd etish lozim. Lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, bunday mafkuraviy xurujlar milliy
va diniy tomirlarimizga bolta urishini, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz
maqsadlarni ko‘zlashini, yurtimizda yashaydigan sog‘lom fikrli har bir odam yaxshi
tushunadi.Bunday tajovuzkorona harakatlar bizlar uchun mutlaqo begona mafkura
va dunyoqarashni, avvalo, beg‘ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga
qaratilganligi bilan, ayniqsa, xatarlidir.

Yangi tahdidlar, jumladan, “ommaviy madaniyat” xavfi va boqimandalik kayfiyati

paydo bo‘layotgan, odob-axloq, qadriyatlarni yo‘qolish xavfi yuzaga kelayotgan
hozirgi globallashuv sharoitida tarixiy merosimizni asrab-avaylash, o‘rganish
va ajdodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida jiddiy e’tiborda ekanligi kishining ko‘ngliga taskin beradi.
Har bir narsaning yaxshi va yomon tomoni bo‘lgani kabi globallashuv jarayoni ham
salbiy va ijobiy mohiyat kasb etadi. Professor S.Otamurodov globallashuvning
ijobiy jihatlariga to‘xtalar ekan, “ko‘pgina mamlakatlarga fan-texnika, texnologiya
yutuqlarining jadal kirib kelishi globallashuv tufayli. Bu esa ularning iqtisodiy hayoti
rivojiga, xalqlar turmush tarzining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqa. Shu tariqa
bashariyatning umumiy intellektual salohiyati yuksalishiga yordam bermoqda”,
deb ta’kidlaydi.

Globallashuvning milliy ma’naviyatga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’sirlari to‘g‘risida

bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa qilish mumkin:

– madaniy aloqalar va munosabatlarning globallashuvi bir hududda yangi

madaniy va ma’naviy qadriyatlarni, san’at turlarining vujudga kelishiga sabab
bo‘ladi, bu esa milliy ma’naviyat tarkibini yanada boyib borishiga olib keladi;

– iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi esa mamlakatlar moddiy hayotini

yaxshilashga keng yo‘llar ochib beradi hamda fuqarolar farovonligining
ta’minlanishiga imkon beradi;

– fan va texnika sohasining globallashuvi milliy ma’naviyatning asosi bo‘lmish

milliy intellektual salohiyatni kuchaytiradi;

– siyosiy-mafkuraviy sohalarning globallashuvi umumjahon ma’naviy muhitning

rivojlanishiga zamin yaratadi, bu esa milliy ma’naviyatning yanada takomillashishiga
asos bo‘ladi.

Shu bilan bir qatorda, globallashuv jarayonlarining milliy ma’naviyatga

ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri xususida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

– demografik ko‘chishlarning ayrim hududlarda haddan ziyod oshib ketishi

ma’naviy ta’sirlar oqimining ham oshishiga olib keladi, bu holat shu hududdagi
milliy ma’naviyatga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi;

– umumjahon miqyosida ma’naviy-madaniy ne’matlarga ehtiyoj rivojlangan

davlatlar talabiga ko‘ra shakllanishi milliy ma’naviyatga bir qutbli ta’sirini
kuchaytiradi;


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

72

– transmilliy kompaniyalar mahsulotlari dunyo bo‘ylab tarqalishi ma’naviy ta’sirlar

tashuvchisi sifatida, ayniqsa, jamiyat kelajagi bo‘lgan yosh avlod dunyoqarashida
shakllanishi o‘z milliy zaminlari hisobiga emas, balki unga zid bo‘lgan “ommaviy
madaniyat” hisobiga rivojlanishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, milliylikning
barbod bo‘lish jarayonini tezlashtiradi;

– siyosiy-mafkuraviy munosabatlar keskinlashuvi, bu boradagi raqobat dunyo

siyosiy manzarasida moddiy fan, texnik, texnologik imkoniyatlari yuksak taraqqiy
qilgan mamlakatlarning ma’naviy ustuvorligini ta’minlashga, bu, o‘z navbatida,
milliy ma’naviyatning yemrilishiga olib keladi.

Bularning oldini olishda, birinchi navbatda, mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh

avlodni milliy an’analar va ma’naviy qadriyatlarni, Vatanni sevish va mas’uliyatni
his etish ruhida tarbiyalash, shu bilan birga, andisha, g‘urur, or-nomus, ulug‘larga
hurmat, murosachilik prinsipiga asoslangan “sharqona de-mokratiya” tushunchasini
yoshlar ongiga singdirish, ularni xalqimizning urf-odatlariga, ma’naviy merosini
ulug‘lash, umuminsoniy tamoyillar va inson qadrini hurmat qilish kabi fazilatlarini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish kerak. Yoshlar hayotiga ko‘rinmas, yashirin
tarzda kirib kelayotgan global xurujlarga ongli ravshda munosabat bildirish,
yoshlarga “ommaviy madaniyat” niqobidagi mafkura nima ekanligini tushuntirish
va bu tahdidlarga qarshi kurasha oladigan barkamol insonlarni voyaga yetkazish
zarurdir. (4) Bulardan tashqari, jamiyatda ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy
ishlarni olib borish bilan birga bugungi globallashuv sharoitida yosh avlodda
mustaqil ongni shakllantirish maqsadida quyidagi vazifalarni belgilash maqsadga
muvofiqdir:

Birinchidan,

davlatning yoshlarga oid siyosatini amalga tatbiq etishda siyosiy

institutlar, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar, mahalla bilan
doimiy hamkorliklarni kuchaytirish va bu orqali yoshlar qiziqishlari, muammolarini
o‘rganib chiqish.

Ikkinchidan,

yoshlarning innovatsion faoliyatini boyitish, ularning xulq-atvori,

qiziqishi, qobiliyati, bilimi, harakatini hisobga olib, ijodiy faolligini har tomonlama
oshirish, ularning mustaqilligini ta’minlash.

Uchinchidan,

yoshlarda mustaqil fikrlashni shakllantirishda san’at va madaniyat

sohasidagi qiziqishlarini yuksaltirish, ularda milliy va umumbashariy qadriyatlarga
sodiqlik hissini mustahkamlash.

To‘rtinchidan,

axborot almashinishi, aloqa, yosh avlodni rivojlantirish va

tarbiyalash uchun axborot muhitini xatarsiz, qulay tarzda kengaytirish. Ommaviy
axborot vositalari, matbuot, internet portallaridan yoshlarni ijobiy va samarali
foydalanishga jalb etish zarurdir.

Bu xususiyat va omillarning yoshlar kamolotida ahamiyati katta. Bu, avvalambor,

ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni
zamonaviy bilim olishga yo‘naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog‘liq
ekanini yaxshi anglaymiz.

Mamlakatimizda davlat byudjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan

7%i ta’lim-tarbiya sohasiga yo‘naltirilmoqda. Bularning barchasi bugungi kunda
o‘z samarasini bermoqda. Yoshlarimiz biznes, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot
va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz
istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib
davom ettirishiga katta ishonch bag‘ishlaydi. Bu imkoniyatlar, o‘z navbatida,


background image

STARS International University

73

yoshlarning bugungi globallashuv jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashda,
mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagiga o‘z bilim va mahorati bilan hissa qo‘shishlarida
katta amaliy yordam bo‘lib xizmat qiladi. Buning uchun ta’lim-tarbiya muassasalarida
har bir pedagog gumanistik (insonga, uning mavjudligini ta’minlashga, rivojlanishi
va o‘z-o‘zini namoyish qilishga yo‘naltirish); aksiologik(jahon va ko‘p millatli
o‘zbekistonliklarning qadriyatlarini saqlash); ijtimoiy-madaniy (milliy madaniyat
bilan boshqa xalqlar va jahon madaniyatini omixta qilgan holda o‘z xalqi madaniyatini
egallashga ko‘maklashish); ijtimoiy-moslashuv(dinamik yangilanuvchan ijtimoiy
hayotga samarali moslashish, shuningdek, kasbiy faoliyatga tayyorlashga ta’sir
ko‘rsatish); innovatsion(insondagi bilimlar va faoliyat usullarini yangilash, ilmiy-
tadqiqot faoliyatida uning tayanch yo‘nalishlarini shakllantirish); prognostik(inson
hayotida uchraydigan turli tahdidlarni oldindan sezish va unga qarshi tura olish
ko‘nikmasini shakllantirish) asosida yoshlarni davrga moslashtirishga barcha bilim
va mahoratini qaratishlari lozim.

Xulosa qilib aytganda, globallashuv sharoitida ma’naviy-axloqiy tahdidlarga

qarshi kurashda ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyati tizimida bosh harakatdagi
shaxs, pedagog, o‘z shaxsiy potensiali va mahoratini ishga solgan holda talabalar
bilan hamkorlikda ijodiy va hayotiy faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda tashkil
etsa, o‘rganuvchilar uning barcha shakl va ko‘rinishlarida real subyektga aylanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Қаранг: 2022–2026 йилларга мўлжалланган “Янги Ўзбекистоннинг та-

раққиёт стратегияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президенти-
нинг Фармони, 28.01.2022 йилдаги ПФ–60-сон. Lex.uz, 29.01.2022.

2. Ш. Мирзиёев. Янги Ўзбекистон Стратегияси.Тошкент, – Ўзбекистон, 2021.

– Б. 457.

3. Қаранг: Марказий Осиё: кеча, бугун, эртага. Ишонч. 2001 йил 29-декабр.
4. Алимов Р.М. Центральная Азия: общность интересов. – Т.: Шарқ, 2005. –

148 бет.

5. Қаранг: Шавкат Мирзиёев БМТнинг 72-сессиясида илгари сурган

5 ташаббусдан 4таси амалга ошди – ТИВ вакили. Интернет манба: Kun.uz.
22:46 / 27.08.2020.

6. Normatovich B.B., Boboyorov S.B.O. Cybersecurity and Information War

// 2021 International Conference on Information Science and Communications
Technologies (ICISCT). – IEEE, 2021.

Библиографические ссылки

Қаранг: 2022–2026 йилларга мўлжалланган “Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони, 28.01.2022 йилдаги ПФ–60-сон. Lex.uz, 29.01.2022.

Ш. Мирзиёев. Янги Ўзбекистон Стратегияси.Тошкент, – Ўзбекистон, 2021. – Б. 457.

Қаранг: Марказий Осиё: кеча, бугун, эртага. Ишонч. 2001 йил 29-декабр.

Алимов Р.М. Центральная Азия: общность интересов. – Т.: Шарқ, 2005. – 148 бет.

Қаранг: Шавкат Мирзиёев БМТнинг 72-сессиясида илгари сурган 5 ташаббусдан 4таси амалга ошди – ТИВ вакили. Интернет манба: Kun.uz. 22:46 / 27.08.2020.

Normatovich B.B., Boboyorov S.B.O. Cybersecurity and Information War // 2021 International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT). – IEEE, 2021.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов