Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
94
Annotatsiya:
ushbu maqolada men ta’lim texnologiyalarining rivojlanishi kadrlarga
bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha malakali pe-
dagog-o‘qituvchilarni ta’lim bermoqda, yurtboshimiz ta’lim to‘g‘risidagi malakali kadrlarni
bo‘yicha keng imkoniyatlarni yaratib bermoqda bu maqolda men ta’lim texnologiyalari-
ning rivojlanishi haqida o‘z fikrimni bayon etdim.
Kalıt so‘zlar.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, malakali kadrlar tayyorlash jarayoni, zamo-
naviy ta’lim texnologiyalarni kiritish, kompyuter texnologiyalari ,kadrlar tayyorlash milliy
dasturi, texnologik jarayon va texnologik operatsiya.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng kadrlarga bo‘lgan eh-
tiyoj ortib bordi. Har bir sohada, har bir jabhada yetuk kadrlar tayyorlash maqsadida
yurtimizda yangi tizimdagi oliy ta`lim muassasalari soni ortib bormoqda. Bu borada
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va undagi komponentlarni zamonaviy usullarda ri-
vojlantirish tamoyilarini ishlab chiqilmoqda.
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan
holda, kadrlar tayyorlash mazmunini takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasi-
ga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ta’limga texnologik yondashuvni
talab etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy kom-
ponentlari, Ta’lim tizimini takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanti-
rishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini
qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tay-
yorlashda ta’lim texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir.
Kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassa-
salarida o‘qitish yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodi-
yot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq
dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish.
“Ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik tex-
nologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini
sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada
takomillashtirish”.
TO‘XTAYEVA GULSHODA OTABEK QIZI
21/2 guruh talabasi
Stars International University
gulshodatoxtayeva@icloud.com
ILMIY RAHBAR: MARHABO
SAIDOVA XABİBULLO QİZİ,
PhD, Dotsent
Stars International University
saidovamarhabo1991@gmail.com
TA’LIM
TEXNOLOGIYALARINING
RIVOJLANISHI
https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp94-97
STARS International University
95
1. Zamonaviylik ta’lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajriba-sinovda tekshiril-
gan, tasdiqlangan didaktikaga oid yangiliklar, tartib-qoidalarni joriy etish majburiyli-
gini taqozo etadi. 2. O‘quv jarayonini maqbullashtirish. 3. Ilmiylik ta’limda yangi vo-
sitalar, faol usullar, didaktik materiallarni, tashkiliy masalalarning yangi yechimlarini
qo‘llashni taqozo etadi. 4. Talaba va pedagog-o‘qituvchining dasturli faoliyati o‘quv
jarayonidan jamiki ortiq harakatlarni yo‘qotishga, yuqori hamjihatlikni ta’minlashga,
kerakli natijalarni qo‘lga kiritishga intilishni talab etadi. 5. Ta’limni faollashtiruvchi
axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samarasini belgilaydigan
didaktik materiallardan. 6. O‘quv jarayoni uchun moddiy-texnik bazaning maqsadga
muvofiqligi pedagogik texnologiyalarning navbatdagi belgisidir. 7. O‘quv-tarbiyaviy
jarayon natijalarini sifatli baholash pedagogik texnologiyaning o‘z oldiga qo‘ygan
natijaviy maqsadidir. “Ta’lim to‘g‘risida”gi
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ta’lim tizi-
mini isloh qilish; ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida muhitini shakllantirish negizida
ta’lim tizimini yagona o‘quv ilmiy ishlab chiqarish majmua sifatida izchil rivojlantiris-
hni ta’minlash; ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan
yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’min-
lash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarishdan iborat.
Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o‘zida ta’lim jarayonini
samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi
darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarni kiritish va ularni qo‘llashda
quyidagi vazifalar belgilanadi va hal etiladi: - pedagog-o‘qituvchilarni zamonaviy
ta’lim texnologiya asoslari bilan tanishtirish - ma’ruza, adabiyotlar tavsiya etish; -
zamonaviy ta’lim texnologiyalar asosida ishlashni xohlovchi fidoyi o‘qituvchilarni
aniqlash. Ular orqali pedagog-o‘qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiya-
larni qo‘llashdan ko‘zda tutilgan maqsadni, uning mohiyatini yetkazish; - zamonaviy
ta’lim texnologiyalari asosida ishlamoqchi bo‘lgan pedagog-o‘qituvchilarni zamona-
viy pedagogik texnologiyalar qo‘llash jarayoniga tayyorlash yuzasidan quyidagi tas-
hkiliy ishlarni amalga oshirish: ta’lim (tarbiya) jarayonining umumiy, yaxlit loyihasini
ishlab chiqish, ta’lim (tarbiya) jarayonida hal etilishi lozim bo‘lgan aniq maqsad va
vazifalarni belgilash, ta’lim (tarbiya) jarayoni mohiyatini bashoratlash (taxmin qilish)
va uning samaradorligini ta’minlashga yordam beruvchi eng samarali, maqbul shakl,
usul hamda texnik vositalarni tanlash, ta’lim jarayonida talabaning erkin, mustaqil
faoliyat ko‘rsatishi uchun muayyan shart-sharoitlarni yaratish, ularda ma’lum ko‘nik-
ma hamda malakalarning shakllanishi uchun vaqt o‘rnini belgilash.
- zamonaviy ta’lim texnologiyalar asosida ishlovchi pedagog o‘qituvchilar tomo-
nidan ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya loyihasini mashg‘ulotlar jarayonida
sinash, maqsadning natijalanganlik darajasini tahlil etish va zamonaviy pedagogik
texnologiyalar bo‘yicha ishlashning qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash; - oliy o‘quv
yurtlari qoshida tashkil etilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ish-
lovchi innovatsion (pedagogik texnologiya) markazlar zarur didaktik va metodik
materiallar, texnika vositalari bilan ta’minlanishi zarurligi;
- ta’lim texnologiyalar va undan ta’lim jarayonida foydalanish borasidagi nazariy
va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan ilg‘or pedagog-o‘qituvchilardan pedagogik jamo-
ani shakllantirish.
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
96
Kompyuterlar texnologiyalari
.
Hozirgi texnologiyalar kompyuterlarda videoyo-
zuvlarni amalga oshirish, hamda o‘zingizning raqamli kamerangizdagi rasmlarni on-
layn tarzda oilangiz va do‘stlaringiz bilan baham ko‘rishingiz mumkin. Bu va shunga
o‘xshagan texnologiyalar bugungi kunlik hayotimizning ajralmas qismi hisoblanadi.
Bular ayniqsa: uyda, maktabda, yoki ishda. Texnologiya sizga axborotlardan sama-
rali foydalanish va qidirish, do‘stlaringiz va boshqalar bilan fikrlar, rasmlar va video-
larni baham ko‘rish; boshqa odamlar bilan muloqot qilish va uchrashish, masalalarni
boshqarish, xizmatlar va tovarlardan foydalanish, o‘yinlar o ‘ynash yoki dam olish
vositalarining boshqa manbalaridan foydalanish, hayotingizni va faoliyatingizni tar-
tiblash va biznes faoliyatlarini oxiriga etkazishni samarali amalga oshirishga imkon
yaratadi.
Texnologiya vositasidan ushbu yumushlarni bajarishda foydalana oladigan odam-
lar bugungi kunda texnik faollar deb yuritiladi. Raqamli sohadagi (Digitally) bilim-
donligingizni saqlab qolishingiz uchun o ‘zgarib borayotgan texnologiyalar bilan qa-
damba-qadam borishingiz kerak.
Texnologiya (yunon. “techne” - mahorat, san’at, “logos” - tushuncha, ta’limot) -
muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va b.) jarayonlarning yuksak mahorat,
san’at darajasida tashkil etilishi Ta’lim texnologiyasi (ingl. “an educational techno-
logy”) - ta’lim (o‘qitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil eti-
lishi Ta’lim texnologiyasi - ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni,
ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-
bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod, usul va
vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim
jarayonini yuqori darajada boshqarish.
Ta’lim texnologiyalari haqida mutaxassislarni aynan ana shu mazmunda “tex-
nologiya” termini va uning “o‘qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda
texnologiya” shakllari pedagogik adabiyotlarda foydalanila boshlandi va mualliflar
ta’lim texnologik jarayonining tuzilishi va tashkil etuvchilarini qanday tasavvur etish-
lariga qarab ko‘plab ifodalarga ega bo‘ldi. O‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatis-
hga undovchi darsning metodik ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli o‘laroq,
ta ’lim texnologiyasi ta’lim oluvchilar faoliyatiga nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lib, u ta’lim
oluvchilarning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga ol-
gan holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoit-
larni yaratishga xizmat qiladi.
“Texnik texnologiya” atamasi dastlab ishlab chiqarishda qo‘llanilgan bo‘lib, unga
xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlarga ishlov berish yoki ularning tarkibini, xu-
susiyatlarini, tayyorlanishini, qo‘llanish sohasini o‘zgartish usullari haqidagi fan sifa-
tida tushunilgan.
Masalan, sanoatda ishlab chiqariladigan mahsulot, aytaylik, detal loyihalangan-
da qanday materialdan tayyorlanadi, shakli qanday bo‘ladi, buning uchun standart
belgilari, chizmalarga ulardagi o‘lchamlarni aniqlash va boshqa talablar aks ettiriladi,
Texnologik jarayon - ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona
jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig‘indisi. Texnologik operat-
siya - ishchi tomonidan o‘zining ish joyida bajariladigan yakuniga yetkaziladigan
harakat ko‘rinishidagi jarayonning bir qismi. Texnologik xarita - ma’lum bir mahsulo-
tni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik
hujjat. Texnologik rejim - texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi
STARS International University
97
tartib bo‘lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalar-
ning vaqti, sharoitlarini belgilaydi. Umuman, ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli
xomashyo materiallariga ishlov berish operatsiyalari yuqori darajali kasb ustalari to-
monidan bajarilsagina mahsulot sifati kafolatlanadi.
Ta’limni texnologiyalashtirish bu o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish aso-
sida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‘llari va samarali vositalarni ta-
dqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yo‘nalishdir.
Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi - ta’lim oluvchi shaxsini rivojlanti-
rish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta ’minlashdan iborat.
Pedagogik texnologiyaning didaktik asosi uning ta’lim-tarbiya qoida va tamoyilla-
riga muvofiqligini belgilaydi. Didaktik talablar ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning nazariy
jihatdan to‘g‘ri bajarilishini ta’minlaydi. Ta’lim texnologiyalarning pedagogik asosi
zamonaviy pedagogika fanining ilmiy xulosalaridan kelib chiqadi. Bunda pedagogik
texnologiyaning umumiy tarkibiy tuzilmasi, mazmuni, shakli, usullari, vositalari, pe-
dagogik jarayonning tashkil qilinishi, olib borilishi, uning diagnostikasi, monitoringi,
o‘quv-mavzu rejalar va shu kabilarning ilmiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi ta’minlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Talim texnologiyalari. Z. F. Shapova. Toshkent 2021yil. 1. Talim texnologiyalarini
rivojlantirish tuzilmalari. Www. Kutubxona.uz. 3. Pedagogik texnologiyalar. Z. Tur-
sunbayeva. Toshkent. 2013 yil