Kichik maktab yoshidagi bolalarda aqliy taraqqiyotning namoyon bo‘lishi

CC BY f
10
25
Поделиться
Тохирова, М., & Джухонова, Н. (2023). Kichik maktab yoshidagi bolalarda aqliy taraqqiyotning namoyon bo‘lishi. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp98-103
Мафтунахон Тохирова, Ферганский государственный университет

Psixologiya fakulteti amaliy psixologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Нохида Джухонова, Ферганский государственный университет

Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada kichik maktab yoshida intellektning taraqqiyot xususiyatlari yoritib berilgan. Mazkur muammo ilmiy jihatdan tadqiq qilingan. Har bir yoshdavridagi bolaning intellektining rivojlanishiuni individual xususiyatga ham bog‘liq ekanligi borasida xulosa qilingan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

98

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kichik maktab yoshida intellektning taraqqiyot

xususiyatlari

yoritib berilgan. Mazkur muammo ilmiy jihatdan tadqiq qilingan. Har bir yo

shdavridagibolaningintellektiningrivojlanishiuni individualxususiyatgahambog‘liq ekanligi
borasida xulosa qilingan.

Kalit so‘zlar:

intellekt, faоliyat, idrok qilish, bilim, anglash, aql-zakоvat, tafakkur

Intellekt lоtincha so‘zdan olingan bo‘lib, “anglash”, “tushunish”, ”bilim”, ”idrok

qilish” degan ma’noni bildiradi. Intellekt – insonning aqliy qobiliyati; hayotni atrof
-muhitni ongda aynan aks ettirish va o‘zgartirish, fikrlash, o‘qish –o‘rganish, dunyoni
bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati; turli masalalarni hal qilish, oqilona
ish tutish, voqea- hodisalarni oldindan ko‘ra bilish layoqati tushuniladi. Aql-zakоvat,
intellekt ko‘prоq individual-psixоlоgik xususiyat bo‘lib nisbatan muqimdir, undan
kishi fоydalanadimi-yo‘qmi, yoki fоydalansa qanday maqsadda, qay darajada
fоydalanadi, imkоniyat sifatida nisbatan kam o‘zgaradigan va bir umrga berilgan
xususiyatdir. Insоnning ma’naviy xislatlari esa, ijtimоiy ustqurmalardir. Bu xislatlar shu
jamiyat оngi, mutaxassisning munоsabatlari tizimiga, unga yaratilgan sharоitlarga
bоg‘liq bo‘lib, uning tashqi va ichki muhitlarining o‘zgarishi bilan bu xususiyatlar
ham, o‘zgarishi (takоmillashuvi, mukammallashuvi yoki aksincha, teskari tus оlishi)
mumkin. Intellekt inson aqliy faoliyatining, aql-zakovatini, ongli xatti-harakatining
yuksak shakli hisoblanadi. Intellekt tevarak-atrofni, ijtimoiy muhitni hamda
voqelikni bilish quroli, shuningdek, insonning keng ko‘lamdagi faoliyatini oqilona
amalga oshirishning asosiy sharti sanaldi. Intellekt tarkibiga idrok qilish, xotirlash,
fikr yuritish, so‘zlash va shu kabi psixik holatlar kiradi. Intellektning rivojlanishi
tug‘ma iste’dod, miya imkoniyatlari, jo‘shqin faoliyat, hayotiy tajriba bilan bog‘liq.
Intellekt saviyasi va darajasi inson faoliyatining natijalariga, shuningdek, psixologik
testlarga qarab aniqlash tizimi psixolog olimlar A.Bine, Veksler, Dj.Kettel, E.Xant,
X.Ayzenklar tomonidan ishlab chiqilgan. Inson intellekti nutq bilan, til bilan uo‘zviy
aloqada bo‘lganligi sababli maktabgacha yosh davridagi bolalar fikr yuritishi ya’ni
intellektning vujudga kelishi va rivojlanishi ularning lug‘at boyligi bilan o‘lchanadi.
Biroq ularda ko‘rgazmali- harakat, ko‘rgazmali- obrazli tafakkur turlari so‘z bilan

TOHIROVA MAFTUNAXON
ZOKIRJON QIZI,

Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika-
Psixologiya fakulteti amaliy psixologiya
yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

DJUXONOVA NOHIDA HAYOTJONOVNA

Farg‘ona davlat universiteti
Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

KICHIK MAKTAB
YOSHIDAGI
BOLALARDA AQLIY
TARAQQIYOTNING
NAMOYON BO‘LISHI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp98-103


background image

STARS International University

99

bevosita ifodalanadigan intellektdan oldinroq namoyon bo‘ladi .

O‘qish faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchining aql-idroki, sezgirligi,

kuzatuvchanligi, eslab qolish, esga tushurish imkoniyatlarini rivojlish uchun muhim
shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. Mazkur ta’lim
jarayonida ularning bilimlari ko‘lami kengayadi, bilimga qiziqishlari ortadi, ijodiy
izlanish qobiliyati rivojlanadi, ularda tafakkurning faolligi, mustaqilligi ortadi, aqliy
imkoniyatini ishga solish vujudga keladi. Mazkur yoshdagi bolalar o‘z idroklarining
aniqligi, ravonligi, o‘tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi insonlardan keskin farq
qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o‘ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning
muhim xususiyatlarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

7-10 yoshdagi o‘quvchining idroki,uning xatti-harakati, uyini va mehnat faoliyati

bilan bevosita bog‘liqdir. O‘quvchi o‘zining ehtiyoji, mayli, qiziqish va intilishi
turmushi sharoitiga mos, shuningdek o‘qituvchi tavsiya etgan narsalarni idrok
qiladi.

Maktabga birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini,

ularni makonda joylashishini bilish bilan birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda
muvaffaqiyatli o‘qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasini yuqori bo‘lishi
juda muhim. Maktab yoshiga kelib normal rivojlanayotgan bola rasm va suratlar
real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat
va rasmlarda nimalar aks etganini real xayotga taqqoslagan xolda bilishga harakat
qiladilar. Bola rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini
anglay biladilar. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki
bola shu rasmlar orqali olam go‘zalligini turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi,
ajratadi va o‘z munosabatini bildira oladi.

Tafakkurning rivojlanishini kichik maktab yoshidagi bola psixikasining

sog‘lomligida uning bilish faolligida ko‘rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi
asosan atrof-olamni bilish, o‘rganishiga qaratilgan bo‘ladi. Bola o‘ynab turib
olam sir-sinoatlari, sabab-hodisalari va bog‘liklaridan xabardor bo‘lishga intiladi.
Masalan, bola o‘zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho‘kishi, qaysilari
esa suzishini tadqiq qila oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo‘lsa, u shunchalik
ko‘p savol beradi va bu savollar asosan xilma-xil bo‘ladi. Bolani qor, yomg‘ir qanday
yog‘ishi, quyosh kechasi kayerda bo‘lishi, mashina qanday qilib yurishi, yerdan
osmongacha necha kilometr ekanligini bilish juda qiziqtiradi. Bu ularning juda ko‘p
asosan «Nima uchun?», «Qanday qilib?», «Nima orqali?» savollariga javob olishga
qaratilgan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar asosan o‘zlari ko‘rib turgan narsa haqida
chuqurroq fikr yurita oladilar. Demak, kichik maktab yoshidagi bolalar tafakkurining
asosiy turi obrazli tafakkurdir.

6-10 yoshli bola albatta mantiqiy ham fikrlay oladi, lekin bu yosh asosan

ko‘rganlariga tayanib ta’lim olishga senzetiv bo‘lgan davr hisoblanadi. So‘zsiz
bugungi jamiyatimizda bolalarning aqliy rivojlanishi yangi bilimlarni tuzilish tipiga
ham bog‘lik bo‘lib, ular ma’lum darajada shakllangan kattalar tomonidan tuziladi.
Chunki intellektual rivojlanish ijtimoiy omillar bilan belgilanadi - individ ijtimoiy
munosabatlar bilan o‘zgaradi. Bolaning maktabda muntazam - ravishda o‘qishga
o‘tishi uning atrof-hayotdagi narsa-xodisalarga nisbatan fikrini va munosabatlarini
o‘zgarishiga olib keladi. Kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarning tafakkuri mantiqiy
fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash tahlil qilishning
turli usullarini qo‘llashdek o‘ziga xos xususiyatlari bilan maktabgacha yoshdagi


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

100

bolalardan va o‘smirlardan farq qiladi. Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga,
mustaqil fikrlashga o‘rgatish kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarni kamol
toptirishning garovidir.

O‘quv faoliyat psixik funksiyalarni yuqori rivojlanganlik darajasini talab etadi.

Bolaning diqqati, xotira va tasavvuri mustaqil tus ola boshlaydi. Lekin odatdagi
holat va vaziyatlarda bolaga o‘z psixik funksiyalarini yuqori darajada tashkil etish
hali birmuncha qiyinroq.

6,7-10,11 yoshli bolalar bilish jarayonlaridagi ixtiyoriylik irodaviy zo‘riqish

asosidagina, bola o‘zini atrofdagilarning talabi yoki shaxsiy harakati intilgandagina
yuzaga kelishi mumkin.

Boshlang‘ichsinfo‘quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi,

o‘quvchida beixtiyor his-tuyg‘ular uyg‘otadi, irodaviy zo‘riqishsiz, osongina fan
asoslarini egallash imkonini beradi. 1 -2 sinf o‘quvchilari diqqatining o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri uning yetarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun hamular
diqqatlarini muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat obyektda uzoq tura
olmaydi.

Bolaning xayoli tevarak-atrof taasurotlari, tasviriy san’at asarlarini yetarli

darajada aks ettirishdavujudga keladi. Obrazlar, shartli belgilar, tabiat manzaralari
jamlanib o‘quvchilarda xayol paydo bo‘ladi. O‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv
materiallarini eslab qolishini talab etadi. O‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni eslab
qolishi zarurligi haqida ko‘rsatmalar beradi. O‘quvchi nimani eslab qolishikerakligini
takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat kiladi.Lekin bu yoshdaixtiyorsiz xotira
shubhasiz ustunlik qiladi.Bolaning xotirasida saqlab qolishini asosan uning ishga
bo‘lgan qiziqishi belgilab beradi. O‘quv materialini tushunish eslab qolishning
asosiy sharti hisoblanadi.

Psixolog Piaje tadqiqotlarida 6-7 yoshli bolalardan turli xil balandlikdagi

idishlardagi suv miqdorini belgilash so‘ralgan. Va bolalar suv miqdorini bir-biri bilan
teng bo‘lgan idishlarda ko‘rganlaridan so‘nggina o‘z javoblari noto‘g‘riligni bilganlar.
Kichik maktab davrida tasavvur asosan bolalar rasm chizishda, shuningdek ertak
va hikoyalar to‘qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tasavvuri
juda keng va xilma-xil bo‘ladi. Ayrim o‘quvchilar asosan real borliqni tasavvur etsalar
boshqalari fantastik obraz va vaziyatlarni tasavvuretadilar.

Kichik maktab yoshidagi bolalarni o‘qitish jarayoni o‘quv faoliyatining asosiy

komponetlari o‘quv vaziyatlari,o‘quv harakatlari, nazorat etish va baholash
bilan(V.V.Davidov bo‘yicha)tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada barcha predmetli
harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay bo‘lgan sharoitda amalga oshirilishi juda
muhim. Agar bola o‘quv harakatlarini noto‘‘ri bajarsa bu uning o‘quv harakatlarini
yo nazorat va baholash bilan bog‘liq harakatlarni bilmasligi yoki ularni yaxshi
egallamaganligidan bo‘lishi mumkin.

Biz kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda intellektning taraqqiyot xususiyatla-

rini o‘rganish maqsadida Farg‘ona tumaniXTMFMTTE bo‘limigaqarashli 14 –sonli
umumta’lim maktabining 14 nafar 1- sinf, 15 nafar 3-sinf, 16 nafar 3-sinf, 17 nafar
4-sinf o‘quvchilari bilan Dj. Ravenning «Progressiv matritsalar» testini o‘tkazdik.

1936- yilda Dj.Raven va L.Penrouz tomonidan umumiy intellektni o‘lchashga mo‘l-

jallangan “Progressiv matritsalar

testi ishlab chiqildi. Mazkur test ma’lum shakllar,

ularning xususiyatlari, xarakteri, o‘zaro munosabatlari va munosabatlari yig‘indisi-
ning idrok qilish qobiliyatini o‘rganishga qaratilgan.


background image

STARS International University

101

Unga ko‘ra mantiqiy fikrlash va fikran tahlil etishni talab etuvchi 60 ta test-sinov

topshirigi berilgan. Ular 5 ta guruhga ajratilgan bo‘lib, har bir guruh topshiriqlarini
bajarish ma’lum bir turdagi intellektual qobiliyatni (abstrakt - mavhum fikrlash, man-
tiqiy boglanishlarni topa bilish va tahlil etish, predmetni yaxlit va tarkibiy qismlarga
ajratgan holda ko‘z oldiga keltirish, fikran tasavvur qila bilish ) talab etadi. Biz ushbu
testing “A” seriyasini tanlab oldik.

1-jadval. 1,2,3- sinf o‘quvchilarining “Progressiv matritsalar”

testi bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichi

Sinflar

Umumiy

to

‘plagan bali

Umumiy

sariflagan v

aqti

Not

o

‘g‘ri

ja

voblar

Belgilanmagan

ja

voblar

(UTB+US

V)/

2

(NJ+BJ)/

2

Umumiy /

4

1

1-sinf

96

84

72

0

88

36

66

2

2- sinf

140

72

40

0

107

7

61,75

3

3- sinf

164

74

27

1

120

6

65,5

4

4- sinf

196

62

15

0

125,6

10,5

66,5

1-sinf o‘quuvchilarining ko‘rsatkichi yuqori jadvalda ko‘rsatilgan. Umumiy to‘pla-

gan ballari 96, umumiy sarflagan vaqti84, noto‘g‘ri javoblarning umumiysi72 ni,
belgilanmagan javoblar 0 ni, o‘rta arifmetiklari esa 88ni tashkil etdi.

2-sinf o‘quuvchilarining ko‘rsatkichi yuqori jadvalda ko‘rsatilgan. Umumiy to‘pla-

gan ballari 140, umumiy sarflagan vaqti 72, noto‘g‘ri javoblarning umumiysi40ni,
belgilanmagan javoblar 0ni, o‘rta arifmetiklari esa 107ni tashkil etdi.

3-sinf o‘quuvchilarining ko‘rsatkichi yuqori jadvalda ko‘rsatilgan. Umumiy to‘pla-

gan ballari164, umumiy sarflagan vaqti 74, noto‘g‘ri javoblarning umumiysi27 ni,
belgilanmagan javoblar 1ni, o‘rta arifmetiklari esa 120ni tashkil etdi. 4-sinf o‘quuvc-
hilarining umumiy to‘plagan ballari196, umumiy sarflagan vaqti 62, noto‘g‘ri javob-
larning umumiysi15 ni, belgilanmagan javoblar 0 ni, o‘rta arifmetiklari esa125,6 ni
tashkil etdi. Ushbu natijalar asosida dispersiya ko‘rsatkichini hisoblab chiqdik.

1- sinfda dispersiya ko‘rsatkichi bunda

,

19,71429

ni tashkil etadi. Ushbu natijalarni quyidagicha grafik ko‘rinishida tasvirlash mumkin.

1-grafik. 1- sinf o‘quvchilarining dispersiya ko‘rsatkichlarni grafik tasviri

Formula asosida o‘rtacha kvadrat og‘ish hisoblanadi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

102

o‘rtacha kvadrat og‘ish 1,52 ga teng

Biz 1-sinflarda o‘rtacha kvadrat o‘g‘ishini yuqoridagi formula asosida o‘tkazdik va

u 1,52ni tashkil etdi.

2- sinfda umumiy ball 140ni,

,

ni tashkil etdi.

Bu natijani grafik asosida ko‘rib chiqamiz.
2-grafik. 2- sinf o‘quvchilarining dispersiya ko‘rsatkichlarni grafik tasviri

Biz 2-sinflarda o‘tkazgan ishimizni o‘rtacha kvadrat o‘g‘ishini yuqoridagi formula

asosida o‘tkazdik va u 1,238095ni tashkil etdi.

3- sinfda dispersiya ko‘rsatkich164 ni,

,

7 ni tas-

hkil etdi.

Ushbu natijalarni quyidagicha grafik ko‘rinishida tasvirlash mumkin.
1-grafik. 3- sinf o‘quvchilarining dispersiya ko‘rsatkichlarni grafik tasviri

3-sinflarda o‘rtacha kvadrat o‘g‘ishini yuqoridagi formula asosida o‘tkazdik va

u 0,47ni tashkil etdi. Ushbu natijalar asosida disperssiya ko‘rsatkichini hisoblab
chiqdik.

4-sinfda disperssiya ko‘rsatkich185 ni,

,

7,764706

ni tashkil etdi.

Ushbu natijalarni quyidagicha grafik ko‘rinishida tasvirlash mumkin.
4-grafik. 4- sinf o‘quvchilarining disperssiya ko‘rsatkichlarni grafik tasviri

4-sinflarda o‘rtacha kvadrat o‘g‘ishini yuqoridagi formula asosida otkazdik va u

0,47ni tashkil etdi.

Ushbi natijalarni umumiy jadvalda ko‘rib chiqsak.

2- jadval. Barcha sinflar bo‘yicha umumiy natijalar

Sinflar

Umumiy ball

Dispersiya ko‘rsatkichi

O‘rtacha kvadrat

og‘ish

1

96

19,71429

1,52

2

140

17,33333

1,23

3

164

7

0,47

4

185

7,764706

0,49

Biz unda barcha sinflar bo‘yicha umumiy natijalarni ko‘rib chiqdik. Bunga ko‘ra

1-sinf va 2-sinf o‘quvchilarining o‘rtacha kvadrat og`ish ko‘rsatkichi katta farqni
tashkil etdi. 3-sinf va 4-sinf o‘quvchilarining o‘rtasida esa bu farq 0,2 ni tashkil etdi.
Yuqori sinf o‘quvchilarining to‘plagan umumiy ballari quyi sinf o‘quvchilariga nisba-
tan yuqori natijani ko‘rsatdi. Sarflagan vaqtlari esa tez bajarilgan. Disperssiya ko‘r-
satkichi va induvidual farq pastlab borgan.


background image

STARS International University

103

Olingannatijalar asosida quyidagicha xulosa keldik.
1.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda intellektning taraqqiyot xususiyatlarini-

yoshga proporsionaltarzda rivojlanib boradi.

2. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda intellektning taraqqiyoti yoshgabog‘liq

tarzdarivojlanibborsada,har bir yoshdavridagibolaningintellektinirivojlanishiuni in-
dividualxususiyatgahambog‘liq.

3. Bola intellektiningrivojlanib borishi olamni bilishimkoniyatlarinikengaytiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Выготский Л.С. «Проблема обучения и умственного развития в школьном

возрасте». М.: Педагогика. 1991

2.Пиаже Ж.: теория, эксперименты, дискуссии // Сб. стат. / Под ред. Л.Ф.

Обуховой, Г.В. Бурменской. М. 2001

3.Djuhonova, N. «Preparing students for family life as a pedagogical and psy-

chological problem.» Психологическое здоровье населения как важный фактор
обеспечения процветания общества. 2020.

4.Djuxonova N. X., Mamajonova SH. Mahalla-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash-

ning muhim omili sifatida //INNOVATSII V PEDAGOGIKE I PSIXOLOGII. – 2021. – T.
4. – №. 7.

5.Djuxonova, Nohida. «Badiiy adabiyotlarda psixolingvistikaning qo ‘llanilishi.»

Журнал иностранных языков и лингвистики 2.6 (2021).

6.Джухонова Н. Х., Иброхимов Д. Этнопсихологические особенности

подготовки девушек-студенток к семейной жизни //Scientific progress. – 2021.
– Т. 2. – №. 4. – С. 829-835.

Библиографические ссылки

Выготский Л.С. «Проблема обучения и умственного развития в школьном возрасте». М.: Педагогика. 1991

Пиаже Ж.: теория, эксперименты, дискуссии // Сб. стат. / Под ред. Л.Ф. Обуховой, Г.В. Бурменской. М. 2001

Djuhonova, N. «Preparing students for family life as a pedagogical and psychological problem.» Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества. 2020.

Djuxonova N. X., Mamajonova SH. Mahalla-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashning muhim omili sifatida //INNOVATSII V PEDAGOGIKE I PSIXOLOGII. – 2021. – T. 4. – №. 7.

Djuxonova, Nohida. «Badiiy adabiyotlarda psixolingvistikaning qo ‘llanilishi.» Журнал иностранных языков и лингвистики 2.6 (2021).

Джухонова Н. Х., Иброхимов Д. Этнопсихологические особенности подготовки девушек-студенток к семейной жизни //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 829-835.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов