Boshlang‘ich ta’lim jarayonida sifat va samaradorlikni oshirishda interfaol metodlardan foydalanish

CC BY f
11
9
Поделиться
Тожимирзаева, Б. (2023). Boshlang‘ich ta’lim jarayonida sifat va samaradorlikni oshirishda interfaol metodlardan foydalanish . Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp104-106
Бузулайхо Тожимирзаева, Термезский государственный педагогический институт

 Boshlang‘ich ta‘lim fakulteti 303-guruh talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar va o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishlarini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

104

Annotatsiya.

Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar va o‘qituvchi o‘rtasidagi

faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishlarini faollashtirish, shaxsiy
sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini
oshirishga yordam beradi.

Kalit so‘zlar:

interfaol metodlar, interfaol usul, V.A.Suxomlinskiy, samaradorlik, dolzarb

muammolar, intellektual salohiyat.

Bugungi kunda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlar-

dan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o‘qi-
tuvchilari dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq
foydalanmoqdalar.

Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish,

xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish,
sog‘lom muloqot , munozara , bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib , rivojlanib
boradi.

Interfaol usullar ko‘p turli bo‘lib, ularning hammasi

ham har qanday progressiv usullar

Kabi, eng avvalo , o‘qituvchidan mashg‘ulot oldidan katta tayyorgarlik ko‘rishni

talab qiladi.

O‘quv jarayonida o‘quvchining o‘z-o‘ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojla-

nadi. O‘quvchi uchun dars qiziqarli o‘qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi.
O‘qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo‘ladi. Har bir o‘quvchining
o‘zi mustaqil fikr yurita olishga, izlanishga , mushohada qilishga olib keladi. Interfaol
usulda o‘tilgan darslarda o‘quvchi faqat ta’lim mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay ,
balki o‘zining tanqidiy va mantiqiy fikrlarini ham rivojlantiradi. Xulosa shuki, bunday
sharoitda o‘qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo‘yicha
chuqur mushohada yuritishga , muammolarni o‘z vaqtida yecha oladigan qobiliyat-
ga ega bo‘lishi kerak. Interfaol metodlarda darslarni tashkil etishda o‘quvchi shaxsini

TOJIMIRZAYEVA BUZULAYXO
MAXAMMADJON QIZI,

Termiz davlat Pedagogika Instituti
Boshlang‘ich ta‘lim fakulteti
303-guruh talabasi

BOSHLANG‘ICH TA’LIM
JARAYONIDA SIFAT
VA SAMARADORLIKNI
OSHIRISHDA INTERFAOL
METODLARDAN
FOYDALANISH

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp104-106


background image

STARS International University

105

rivojlantirish o‘zi-o‘ziga zamin yaratishdan boshlanishi kerak. Ya’ni o‘quvchining:

- o‘zi mustaqil mutolaa qilishi , o‘qishi asosida bilim olishi;
- o‘zini-o‘zi anglab yetishga , anglab tarbiya topishga;
- o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga;
- o‘quv mehnatiga mas’uliyat hissi bilan qarashga;
- o‘z faoliyatini mustaqil tashkil eta olishi , har bir daqiqani g‘animat bilishga;
- o‘quv mehnatiga o‘zida xhxish , istak uyg‘ota olishga;
- har qanday vaziyatda faollik ko‘rsata olishga;
Ayniqsa, ular hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishga o‘r-

ganmog‘i zarur.

Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘quvchining o‘zini o‘zi rivojlantirish texno-

logiyasini yaratish pedagogika, didaktika fani oldida yechimini kutayotgan dolzarb
muammolardandir.

Keyingi vaqtlarda o‘qituvchilar orasida shaxsga qaratilgan ta’lim nima, interfaol

metodda o‘qitish nima uchun zarur, uning qanday turlari mavjud, tarkibiy tuzilishi
qanday u ta’lim jarayoniga qanday olib kiriladi, uning avvalgi usullardan farqi nima-
da, degan savollar uchraydi.

Interfaol usullardagi darslarda o‘quvchini ijodiy fikrlashga , olingan axborotlarni

o‘zaro faollikda hal etishga , o‘z fikrini erkin bayon etishga , tashabbuskorlikka ,
guruhlarda masalalar yechimini topishga , hamkorlik , hamjihatlikda ish yuritishga ,
fikrni mantiqan yozma ravishda bayon etishga chorlaydi.

Interfaol metodlarda ish yuritish , an’anaviy usullardan voz kechish degani emas.
Balki ta’lim mazmunini o‘zaro faollikda hal eta olish demakdir. Interfaol usulning

bosh maqsadi o‘quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali o‘quvchining
faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishdir. U o‘zining intellektual salohiyatini , im-
koniyatlarini namoyon etadi va o‘quv sifati va samaradorligini oshiradi.

O‘qish inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qish orqali inson borliq , ja-

miyat haqida bilimga ega bo‘ladi , o‘qishni bilmagan odamning ko‘zi ojiz kishidan
farqi yo‘q.

Boshlang‘ich sinfda o‘qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi.
V.A.Suxomlinskiy bu haqida shunday deydi: ‘’Bolalar dunyoni va o‘z-o‘zini bila bo-

rish bilan birga katta avlodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar uchun o‘zi-
ning mas’ulligini oz-ozdan bila borishlari kerak. …Bolaga yaxshilik va yomonlikni
to‘g‘ri ko‘rish imkonini berish kerak. Yaxshilik unda quvonch , zavq , hayajon , ma’na-
viy go‘zallikka erishish ishtiyoqini hosil qiladi; yomonlik qahr-g‘azab , murosasizlik
uyg‘otadi , haqiqat va adolat uchun kurashga chorlovchi ma’naviy kuchga to‘ldiradi”.

Maktablarda darslarning samaradorligi ko‘p jihatdan interfaol metodlarni to‘g‘ri

qo‘llash bilan bog‘liq. Interfaollik asosida o‘tgan darsni tashkil etish shunday kecha-
diki , bu jarayonda birorta ham o‘quvchi chetda qolmaydi , ya’ni ular ko‘rgan, bilgan,
o‘ylagan fikrlarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘quvchilarning
har bir bildirgan fikrlari , u to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishidan qat’i nazar , tanqid qilin-
maydi. O‘quvchilar hamkorlik ham ijodkorlikda ishlashda mavzu mazmunini bilish
va o‘zlashtirishda o‘zlarining shaxsiy hislarini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘zaro bilimlar, g‘oyalar, fikrlarni almashish jarayoni sodir bo‘ladi. Bunday holatlar
o‘zaro samimiylikni ta’minlaydi , yangi bilimlarni olish , o‘zlashtirishga havas ortadi.

Interfaol metodlarni tashkil qilish va olib borish bu mashg‘ulotlarning sifati va sa-

maradorligini yanada oshirishga yordam beradi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

106

Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechta masalani hal

etishga imkoniyat beradi. Bulardan asosiysi o‘quvchilarning muloqot olib borish
bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi, o‘quvchilar orasida emotsional
aloqalar o‘rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o‘z o‘rtoqla-
rining fikrini tinglashga o‘rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishi ta’minla-
nadi. Shu bilan birga, amaliyotda ma’lum bo‘lishicha, dars jarayonida interfaol me-
todlarni qo‘llash o‘quvchilarning asabiy zo‘riqishlarini bartaraf qiladi, ular faoliyati-
ning shaklini almashtirib turish, diqqatlarini dars mavzusining asosiy masalalariga
jalb qilish imkoniyatini beradi.

Interfaol metodlarni mashg‘ulot maqsadiga muvofiq tanlash lozim, interfaol mas-

hg‘ulot turlari ko‘p bo‘lib, ular dars mavzusining xususiyatlari hamda ko‘zda tutilgan
maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik ko‘riladi.

Interfaol mashg‘ulotda ishtirok etish uchun o‘quvchilarning tayyorgarliklariga o‘zi-

ga xos talablar qo‘yiladi, bular mashg‘ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilim-
larni o‘zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o‘zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikr-
lash, o‘z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko‘nikmalari va boshqalardan
iborat.

Mashg‘ulotda vaqtdan unumli foydalanish zarur . Buning uchun keraklivositalar-

ni to‘g‘ri tanlash, tayyorlash hamda mashg‘ulot o‘tkazuvchilar va ularning vazifala-
ri aniq belgilangan bo‘lishi lozim. Interfaol metodlar bilan an’anaviy ta’lim usullari
orasida o‘ziga xos farqlar mavjud bo‘lib, har bir o‘qituvchi bu farqlarni qiyoslashi ,
ularning bir-biriga nisbatan afzalliklari va kamchiliklarini darsni rejalashtirish va uni
o‘tkazish usullarini tanlashda to‘g‘ri hisobga olishi zarur. Bunda yangi bilimlarni be-
rish, ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash,
amalda qo‘llash mashg‘ulotlarida hamda o‘quv fanining xususiyatlarini hisobga ol-
gan holda har bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulot uchun eng maqsadga muvofiq bo‘l-
gan interfaol yoki boshqa metodlarni to‘g‘ri tanlash nazarda tutiladi.

To‘g‘ri tanlangan metodlarni qo‘llash mashg‘ulotning qiziqarli va samarali bo‘lis-

hini ta’minlaydi.

Interfaol metodlar konstruktiv tizimining quyidagi asosiy xulosalarini hisobga

olish lozim: o‘quvchi o‘zi o‘rganishi kerak , aks holda unga hech kim hech narsani o‘r-
gata olmaydi: o‘qituvchi o‘quvchilarga bilimlarini “kashf qilishga” yordam beradigan
jarayonni tashkil qiladi; bilim borliqdan ko‘chirilgan nusxa emas, uni odam shakllan-
tiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Turdiyev N.SH., Asadov YU.M , Akbarova S.N , Temirov D.SH. Umumiy o‘rta talim
tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim
texnologiyalari. //O‘quv uslubiy qo‘llanma(I-qisim). Toshkent, 2015.
2. A.A.Abduqodirov , R.Ishmuxamedov , A.Pardaev. Ta’limda innovatsion texno-

logiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar). T.: Is-
te’dod, 2008.

3. Manzura90.zn.uz/interfaol-metodlar/
4. uz.denemetr.com/docs/769/indexs-31326-1.html?page=2
5. bilim13.zn.uz/dars-ishlanma/interfaol-metodlar/

Библиографические ссылки

Turdiyev N.SH., Asadov YU.M, Akbarova S.N, Temirov D.SH. Umumiy o‘rta talim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. //O‘quv uslubiy qo‘llanma(I-qisim). Toshkent, 2015.

A.A.Abduqodirov , R.Ishmuxamedov , A.Pardaev. Ta’limda innovatsion texno-logiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar). T.: Is-te’dod, 2008.

Manzura90.zn.uz/interfaol-metodlar/

uz.denemetr.com/docs/769/indexs-31326-1.html?page=2

bilim13.zn.uz/dars-ishlanma/interfaol-metodlar/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов