Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
120
Annotatsiya:
Ushbu maqola PISA xalqaro baholash dasturi tadqiqotlarini o‘tkazishda
qo’llaniladigan topshiriqlarni takomillashtirish va topshiriq matnlari ustida olib boriladigan
ishlar bo‘yicha dasturda ishtirok etadigan muassasalar hamda o‘quvchilarga samarali
ko‘mak berishga qaratilgan.
Kalit so‘z:
PISA xalqaro baholash, o‘qish savodxonligi, topshiriqlar, matn, o‘quvchi.
PISA tadqiqotlari topshiriqning murakkabligi, o‘ziga xos xususiyati, maqsadidan
kelib chiqib o‘zgaradi, ammo bu o‘zgarish o‘zgacha bilish jarayonlarini amalga
oshirishni taqozo etadi. Shu asosida aytishimiz mumkinki, PISA o‘quvchilarning
o‘qish savodxonligini baholash dasturi sifatida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar
tomonidan o‘qiladigan topshiriq ko‘lamini,hajmini o‘zgartirish, o‘qishdan ko‘zlangan
maqsad yoki o‘qish uchun talab etilgan turli vaziyatlar yordamida o‘quvchilarning
o‘qish jarayonlarini (matnga nisbatan aqlan yondashuv) boshqarishni nazorat qiladi.
O‘quvchilarning bilim va o‘qish ko‘nikmasiga bir xil baho berilmaydi, chunki shunday
“o‘quvchi bilan bog‘liq omillar” mavjudki, bu omillar aql bilan boshqarilmaydi,
aksincha, ular bajargan topshiriqlar natijasi baholash mezonlari orqali boshqariladi.
O‘qish savodxonligidagi 3 xususiyatdan foydalanib baholash mezonlari ishlab
chiqiladi va, albatta, bu xususiyatlarning qiymatlarini ham aniqlash muhim bir
masaladir. O‘qish savodxonligining bunday xususiyatga ega ekanligi test materialini
tuzuvchilarga natijalarni talqin etish, ma’lumotlarni izohlashda foydalanish mumkin
bo‘lgan topshiriqlarni tasniflashga katta yordam beradi.Mana shunday topshiriqlar
bevosita matn bilan ishlash orqali bajariladi. Masalan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari 4-sinf o‘qish darsligidan o‘quvchilarga Dilfuza Shomalikovaning “Kuz
hayajonlari” asari uchun berishi mumkin bo‘lgan topshiriqni olaylik, quyida matn va
matn uchun tayyorlangan topshiriqni keltirib o‘taman:
TURANAZAROVA NILUFAR
Stajyor-o‘qituvchi, Jizzax davlat
pedagogika universiteti
Jizzax, O‘zbekiston
turanazarovanilufar@gmail.com
PISA XALQARO
BAHOLASH DASTURIDA
O‘QUVCHILARNING
O‘QISH SAVODXONLIGINI
BAHOLASHDA
FOYDALANILADIGAN
TOPSHIRIQLAR USTIDA
ISHLASH
https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp120-123
STARS International University
121
Kuz hayajonlari
Kuz yozga alla aytdi. Qish esa kuzga allasini xirgoyi qilayotir. Bog‘lar to‘nini
almashtirdi. Dov-daraxtlar bir xil rangga bo‘yalganidek, yelkalariga sarg‘imtir
choponini ilishgan. Tabiat oltinday tovlanadi. Binolar ortidan boshlanadigan bog‘lar,
tutzorlar, yiroq adirlar, tepaliklar yarim beligacha qirmizi rang quyosh nuriga
cho‘miladi.
Yoz bo‘yi yer-u ko‘kni tandirday qizitgan quyoshning tafti so‘ngan. Osmon-u
falakda kuz havosi. Osmonda parqu bulutlar suzib yuribdi. Bulutlar esa kuzning
darakchisi. Osmonning tusi o‘zgaradi. Katta bayramga yasanayotgandek, yelkasiga
guldor libos tashlagan kelinchakdek ko‘zga yaqin bo‘lib qoladi.
Gala-gala chumchuqlar, chug‘urchuqlar, maynalar daraxt shoxlari, simyog‘ochlarga
qo‘nib olib, issiq o‘lkalarga uchish maslahatini boshlaydilar. Janub tomon yo‘l olgan
turnalarning “qiyov-qiyov” ovozini eshitgan bolalar ko‘kka qarab qo‘l silkib qoladilar.
Qizaloqlar ham olis o‘lkalarga yo‘l olgan turnalarni xomush kuzatadilar.
Kuz havosi dillarga zavq bag‘ishlaydi. Kishilar quyoshning taftidan rohatlanadilar.
Onda-sonda osmonga ko‘tarilgan qora bulutlar odamlarni qo‘rqitmoq istaydi. Qish
taraddudini ko‘rishga undaydi. Ko‘p o‘tmay yomg‘ir shivalaydi.
Dehqon bobo nabiralarim yesin deb chetanga qovun bosadi. Ekin-tikinlarni
yig‘ishtirishga kirishadi. Uzum, anor, behilarni ombor shiplariga osadi. Kartoshka,
sabzi, sholg‘omlarni o‘ralarga joylaydi. Qo‘llarini duoga ochib, yurtga tinchlik-
totuvlik, elga hurlik, to‘kinlik, yoshlarimizga bekam baxt-u saodat, ilm-u ma’rifat
so‘raydi.
Hosil yig‘ilmasdan havo aynisa, yomg‘ir momolarning yuragiga yog‘gandek
bo‘ladi. Katta-kichik dalada paxta hosilini tezroq yig‘ib olmoq payida. Ularning
chehrasi quyosh aksi ko‘chgandek tovlanadi.
Hademay o‘lkamizda hosil bayrami boshlanadi.
“Kuz hayajonlari” mavzusiga oid fikrlaringizni quyidagi namuna asosida
yozing:
Tabiat hodisalari:______________________________________________
Qushlar:_____________________________________________________
Odamlarning munosabati:________________________________________
Bobodehqon mehnati:___________________________________________
Mevalar: ____________________________________________________
Dala ekinlar: _________________________________________________
“Kuz hayajonlari” mavuziga oid mantiqiy topshiriqlar
So‘zlar O‘xshatishlar
___________________ ____________________________
___________________ ____________________________
___________________ ____________________________
___________________ ____________________________
___________________ ____________________________
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
122
“Ketma-ketlikni top”
Gaplar:
• Osmonda parqu bulutlar suzib yuribdi.
• Ko‘p o‘tmay yomg‘ir shivalaydi.
• Bog‘lar to‘nini almashtirdi.
• Janub tomon yo‘l olgan turnalarning “qiyov-qiyov” ovozini eshitgan bolalar
ko‘kka qarab qo‘l silkib qoladilar.
• Hosil yig‘ilmasdan havo aynisa, yomg‘ir momolarning yuragiga yog‘gandek
bo‘ladi.
• Dehqon bobo nabiralarim yesin deb qovun bosadi.
• Yoz bo‘yi yer-u ko‘kni tandirday qizitgan quyoshning tafti so‘ngan.
• Qo‘llarini duoga ochib, yurtga tinchlik-totuvlik, elga hurlik, to‘kinlik,
yoshlarimizga bekam baxt-u saodat, ilm-u ma’rifat so‘raydi.
• Hademay o‘lkamizda hosil bayrami boshlanadi.
• Qish taraddudini ko‘rishga undaydi.
Tartibsiz berilgan harflardan so‘z hosil qiling.
RIGYIOX __________________________
TG‘RAIMRIS ________________________
CHIO G‘YOSM______________________
OTAKRASHK _______________________
IZMZIQI ___________________________
Quyidagi birikmalar asosida gaplar tuzing.
Sarg‘imtir chopon _____________________________________________
Parqu bulutlar ________________________________________________
Ko‘zga yaqin _________________________________________________
Ona tabiat haqida qanday maqollar bilasiz?
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
Yuqorida berilgan topshiriqlarni bajarish uchun o‘quvchi, eng avvalo, topshiriqda
ifodalangan ma’lumotlar kiritilgan matn bilan tanishishlari zarur ekanligi shu
namunada ham o‘z isbotini topgan. Matndagi ma’lumotlarni turli yo‘sinda ichki
aqliy imkoniyatlar yordamida qayta ishlash orqali topshiriqlarni bajarish mumkin
bo‘ladi.
STARS International University
123
O‘quvchining topshiriq shartlarini mustaqil tarzda talqin qila olishi topshiriqni
bajarilish jarayoni uchun muhimdir, ammo o‘quvchining matndan olgan
tushunchasi topshiriqni bajarish uchun berilgan yaqqol ko‘rsatmasidan boshqacha
bo‘lishi mumkin, chunki xulosalar o‘quvchilarning o‘z aql va zehni, qiziqishlari va
tashabbuslari asosida hosil qilinadi. Shunga qaramay, PISA o‘quvchilarning o‘qish
savodxonligini baholovchi xalqaro dastur sifatida o‘quvchilar berilgan topshiriqni
bajarishlari uchun aniq shart va ko‘rsatmalar asosida shakllanadigan ma’lumotlarga
e’tibor qaratadi. Topshiriqlardan tashqari PISA dasturining asosiy so‘rovnomasida
o‘quvchining o‘qish savodxonligi usullaridan xabardorligini tekshish ham ko‘zda
tutilgan. Kelgusida o‘tkaziladigan dastur jarayonlarida o‘quvchilarning topshiriqlarni
bajarish ko‘nikmalarini baholash sifatida kompyuterda bajarilgan savollarni tahlil
qilish (masalan, topshiriqni bajarish mobaynida o‘quvchi matnning muayyan
sahifasini necha marotaba va qancha vaqt oralig‘ida o‘qishi yoki o‘quvchi savolga
necha marotaba nazar tashlashi kabi) ko‘rsatkichlari ham hisobga olinadi. Xulosa
qiladigan bo‘lsak, PISA xalqaro baholash qamrovi doirasi o‘quvchilarning maqsadli
o‘qish faoliyatini tashkil etuvchi bilish jarayonlarining tushunarli va batafsil tasnifini
yoritib beruvchi tadqiqot ishidir, chunki u alohida yoki bir necha matnlar bilan
ishlash ko‘nikmalarini batafsil yoritib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ismailov A. va boshqalar Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
o‘qish savodxonligini baholash (Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar va soha
mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma). Toshkent, 2019-yil, 92 bet.
2. Norboyeva D. 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash bo’yicha
o’tkaziladigan xalqoro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish uchun daftari Toshkent,
2019-yil, 15 bet.
3. www.oecd.org/pisa - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining rasmiy
veb sayti
4. S.Matchonov, A.Shojalilov, X.G‘ulomova, Sh.Sariyev, Z.Dolimov 4-sinf O‘qish
kitobi-Toshkent 2017.