O‘zbek xalq musiqa ijodida ustoz-shogird an’analari | Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире

O‘zbek xalq musiqa ijodida ustoz-shogird an’analari

CC BY f
110
Поделиться
Турдиев, Ш. (2023). O‘zbek xalq musiqa ijodida ustoz-shogird an’analari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp124-128
Ш. Турдиев, Кокандский государственный педагогический институт

katta o‘qituvchi

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada o‘qitishning milliy, ustoz-shogird uslubini, yangi zamonaviy uslublarini yaratishda ta’lim texnologiyalarining muhim o‘rni va vazifalari qiziqarli ma’lumotlar asosida yoritildi. O‘zbek xalq musiqa ijodi fanidan yaratilgan ushbu maqolada zamon talablari asosida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, o‘quv reja asosida ma’ruza va amaliy tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan mashg‘ulotlarda o‘zbek xalq musiqa ijodining hududlarga xos murakkab ijro uslublari, mohir ijrochilar, cholg‘u sozlari, katta ashula, dostonchilik, xalfachilik, folklor va baxshichilikka oid ma’lumotlarkeltirilgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

124

Tengsiz ma’naviy boyligimiz bo

lmish mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir na-

munalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlargabezavol yetka-
zish jahondagi ilg

or fikrli olimlar va san’atkorlarning, davlat va jamoat arboblari,

barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir.

Folklor san’ati, ta’bir joiz bo‘lsa, bu – insoniyatning bolalik qo‘shig‘idir.

O

zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev.

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘qitishning milliy, ustoz-shogird uslubini, yangi

zamonaviy uslublarini yaratishda ta’lim texnologiyalarining muhim o‘rni va vazifalari
qiziqarli ma’lumotlar asosida yoritildi. O‘zbek xalq musiqa ijodi fanidan yaratilgan
ushbu maqolada zamon talablari asosida yangi pedagogik texnologiyalardan foy-
dalangan holda, o‘quv reja asosida ma’ruza va amaliy tarzda o‘tkazilishi rejalash-
tirilgan mashg‘ulotlarda o‘zbek xalq musiqa ijodining hududlarga xos murakkab
ijro uslublari, mohir ijrochilar, cholg‘u sozlari, katta ashula, dostonchilik, xalfachilik,
folklor va baxshichilikka oid ma’lumotlarkeltirilgan.

Tayanch iboralar:

ustoz, shogird, o‘rganuvchi, hofiz, yaktak, ma’ruza, mumtoz

san’at, hududga xos musiqa, xalfachilik, dostonchilik, baxshichilik, shashmaqom,
mavrigi.

An’ana, qadriyat, urf-odatlar har bir xalqning o‘zigagina xos milliy xususiyat-

larini ifodalovchi omillardir. Ayni jihat inobatga olingan holda, O‘zbekistonda
an’anaga aylanib qolgan 2019 yilda o‘tkazilan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa
festivalidan tashqari yana“Maqom”, “Baxshichilik”, “Folklor” va “Hunarmandchi-
lik” xalqaro festivallari tashkil etildiki,ushbu festivallar yurtimizda muvaffaqiyat-
li tarzda o‘tkazib kelinmoqda. O‘tkazilgan festivallarda jahonning yuzdan ortiq
mamlakatlaridan turli sohalarbo‘yicha rahbarlar, mutaxassislar va mehmonlar is-
htirok etdilar. Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda barcha sohalar bo‘yicha yaratib
berilgan keng imkoniyatlar, yurtimizda mavjud sharoitlar bois shunday nufuzli
xalqaro festivallar tantanavor tarzdao‘tkazildi va bu jarayonni butun dunyo ahli
o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Bu, albatta, O‘zbekistondagi barqaror tinchlik va xotirjam-
likning nishonasidir. Yuqorida sanab o‘tilgan festivallar natijasida Samarqand-u
Buxoroda, Qashqadaryo,Surxondaryoda, Xorazm-u Qoraqalpoq diyorida, Jizzax-u
Sirdaryoda go‘zal vodiyning qo‘shiq va laparlari, xalq amaliy san’ati ham-

SH.TURDIEV

Qo‘qon DPI, katta o‘qituvchi

O‘ZBEK XALQ
MUSIQA IJODIDA
USTOZ-SHOGIRD
AN’ANALARI

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp124-128


background image

STARS International University

125

da hunarmandchiligi, umuman aytganda, hududlarning serjilo madaniy hayoti
rang-barang chizgilarda gavdalantirilmoqda.

O‘zbek xalqining urf-odatlari, marosimlari va an’analariga berilayotgan katta e’ti-

bor, ularni tiklash, saqlash va keyingi avlodlarga yetkazish yo‘lida samarali sa’y-ha-
rakatlar olib borilmoqda. Bu borada “Ustoz-shogird” an’anasining davom ettirilishi
yoshlarga saboq berishning o‘ziga xos ko‘rinishlaridan biridir.

Xalqimizda: “Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg ‘alar”,- degan naql

bor. Har kasbning o‘z ustalari bo‘lgani kabi ustozlikkasbini avloddan avlodga yet-
kazuvchi izdoshlar, o‘rinbosarlar, qisqa qilib aytganda, shogirdlarning ham bo‘lishi
tabiiy. O‘z kasbining ustasi bo‘lgan ustozlar o‘zlarining bebaho hunarlarini o‘zi bilan
olib keta olmasligi barobarida o‘sha hunarni shogirdlariga o‘rgatadi. O‘z navbatida,
shogirdlar ham ustozdan o‘rgangan hunarni rivojlantirib, o‘z imkoniyati darajasida
keyingi avlod shogirdlarini yetishtirib chiqaradi. Ustoz-shogirdlik bizning milliy an’a-
nalarimizga xosdir. San’at, xususan, qo‘shiqchilikdagi mazkur an’ana borasida katta
tajribaga egamiz. Ozod diyorimizda shunday ijrochilik maktablari mavjudki, bir-biri-
dan go‘zal, bir-biridan zabardast, rang-barangligini ta’riflashga til ojiz:

Ustoz Hojixon Boltayev - shogird Ro‘zmat Jumaniyozov;
Ustoz Yunus Rajabiy - shogird Orif Alimahsumov;
Ustoz Hoji Abdulaziz Abdurasulov - shogird domla Halim Ibodov;
Ustoz Jo‘raxon Sultonov - shogird Ma’murjon Uzoqov;
Ustoz Fattoxon Mamadaliyev – shogird Mahmudjon Tojiboyev;

Ustoz Faxriddin Umarov - shogird Hojiakbar Hamidov. Buni yana uzoq davom et-

tirish mumkin. Ustoz-shogirdlik an’anasida yana shunday bir qonun mavjudki, ustoz-
lar ijro uslubidagi o‘zlariga ma’lum sirlarini shogirdlariga o‘rgatmaydilar. Zero shogird
o‘z iqtidori, quvvayi-hofizasi ila bu sirni kashf etadi. Aytishlaricha, Ustoz Jo‘raxon
Sultonov “Sodirxon ushshog‘i” ashulasini ustozi Sodirxon hofizdan bevosita o‘rgan-
magan. Balki o‘zbeklarga xos bo‘lgan to‘y-hashamlarda, ustozi ishtirok etadigan
davralarda birga bo‘lib, aynan shu qo‘shiq ijrosini sinchkovlik bilan kuzatib, tinglab,
“Sodirxon ushshog‘i” ashulasi ijro etilganda butun vujudini quloq qilib o‘rganganligi
xususida ibratli hikoyatlar yuradi. Asrlar davomida shakllanib, qaror topib rivojlanib
kelgan ustoz-shogirdlik an’analarining davomchilari bo‘lgan Tavakkal Qodirov va
Sultonali Mannopov ustoz-shogird sifatidagi faoliyatlari “San’atga baxshida umr”
deb nomlangan risolada aks ettirilgan. Ushbu risolada Farg‘ona vodiysi ijrochilik
maktabining vakillari xususida so‘z yuritiladi. Farg‘ona vodiysi - qadimdan san’atga
shinavanda xalq. Farg‘ona vodiysi san’atning o‘chog ‘i, qaynab turgan bulog‘i hi-
soblanadi. Farg‘onadan juda ko‘plab san’atkorlar, xalq e’tiboriga tushgan xonanda
va sozandalar yetishib chiqqan. Ayniqsa, hofizlik borasida so‘z ketganda, Hamroqul
qori To‘raqulov, Erka qori Karimov, Boltaboy Rajabov, Mamatbuva Sattorov, Akbar
Haydarov, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Murodjon Ahmedov, Rasulqori
Mamadaliyev, Tavakkal Qodirov, Fattohon Mamadaliyev singari ustoz-hofizlar ya-
ratib ketgan Farg‘ona ijrochilik maktabi alohida o‘rin tutadi. Farg‘ona ijrochilik mak-
tabi o‘zgacha bir uslublari va ohanglar jozibadorligi bilan boshqa viloyat ijrochilik
maktablaridanajralib turadi. Farg‘ona vodiysi ijrochilik maktabi qadimdan rivojlanib
kelgan. Bu maktabni rivojlantirishda juda ko‘p ustozlarning mehnatlari singgan. Ana
shunday ulug‘ ustozlardan biri, bor umrini san’atga baxshida etgan, “O‘zbekiston


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

126

bulbuli” degan ulug‘ bir nomga sazovor bo‘lgan, O‘zbekiston xalq artisti Tavakkal
Qodirov fikrimizning isbotidir. O‘zbek qo‘shiqchiligi san’atida ustoz-shogirdlik
an’anasi g‘oyibona tarzda ham amalga oshiriladi. Masalan, ushbu uslubda shogird
mashhur qo‘shiqchi san’atkorning ijodini mustaqil tarzda o‘rganadi va o‘rga-
nish ishlari me’yoriga yetganda, o‘sha ustozga o‘rgangan qo‘shiqlarini ijro etib,
ustozning xulosasini oladi. Buning isboti uchun quyidagi dalilni keltirish kifoya
deb o‘ylayman:1958 yilning yoz oylarida bir unutilmas ustoz-shogird uchrashuv ro‘y
berdi. Bu uchrashuv g‘oyibona shogird (Tavakkal Qodirov)ning hayotida yana
yangi bir sahifa ochdi. Mashhur hofiz, O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov
yangi tuzgan “Lazgi” ansambli bilan Farg‘onaga gastrolga keldi. Ansambl tarkibida
Kommuna Ismoilova, Quvondiq Iskandarov, Ro‘zimat Jumaniyozov, Nurmuhammad
Boltayev, Sharif Sultonov, Jumanazar Bekjonov, O‘rinboy Otajonov singari taniqli
san’atkorlar bor edi.

Qadim zamonlardan buyon to‘ylarda aytiladigan “Yor-yor”, “Yalla”lar ham jamoa

bilan, ya’ni, xor bo‘lib ijro etilgan. Asrlar davomida to‘plangan boy merosimiz “Shas-
hmaqom”ning ashula (vokal) qismidagi taronalar ham ko‘pchilik xonandalar tomo-
nidan jamoa bo‘lib ijro etilgan. Xalq orasida keng tarqalgan “Katta ashula”lar ham
ikki, uch va to‘rt kishi bo‘lib ijro qilingan. Bu ijrochilik san’ati ham jamoaviy ijroning
bir ko‘rinishidir. O‘zbek xalqining ko‘p janrli mumtoz musiqa ijodiyotida katta ashula
janri alohida, salmoqli o‘rinni egallaydi.U yirik ashula janri bo‘lib, asosan, Farg‘ona
vodiysiga xosdir. Katta ashula muxlislar davrasida baland va kuchli ovozda ijro eti-
ladi. Xalq orasida uni “likop ashula” yoki “likopcha ashula” deb ham atashgan. Katta
ashula ijrosida musiqa cholg‘u sozlari jo‘rligidan foydalanilmaydi. Zamonaviy musiqa
terminlari bilan aytadigan bo‘lsak, ushbu janrning ayrim jihatlarini vokal-xor ijrosida-
gi “A-kapella”ga qiyoslash mumkin. Katta ashulamono, duet, trio, kvartet uslubida
ko‘proq ijro etiladi. Bu bilan shuni ta’kidlash lozim bo‘ladiki, o‘zbek qo‘shiqchiligi
o‘zining ko‘p ming yillik boy tarixiga egadir. Katta ashula janrining o‘ziga xos asosiy
jihatlaridan yana biri ushbu janr kuylovchi oldiga juda katta talablarni qo‘yadi. Ma-
salan, qo‘shiq kuylovchi ijro san’atidan puxta bilim va tajribaga ega bo‘lishi, o‘zbek
mumtoz she’riyatini yaxshi bilishi, keng diapazonli tiniq va jarangdor ovoz sohibi
bo‘lishi, ovozni to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida qo‘lidagi likopchani harakatlantira bi-
lishi va h.k.larni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham katta ashula
janriga uncha-muncha qo‘shiqchilar qo‘l ura olmaydilar. Buning boisi shundaki, kat-
ta ashulalar muxlislar ko‘z oldida jonli ijroda kuylanadi va ashaddiy tinglovchilarning
olqishlaridan ruhlangan ijrochi ashulaning avj va katta avj qismlarini bir, ikki (ton)
parda va undan-da yuqoriroqda kuylab, yonidagi kuylayotgan hamrohini qiynab
qo‘ygan ijro holatlarini eslab o‘tish kifoya qiladi. Bu katta ashulaning erkin ijro shak-
liga kiradi. Ijroning ushbu turi xuddiki askiyachilarning payrovlar aytish jarayonidagi
so‘zamolligini namoyish qilish singari kechadi va ovozi kuchli, mohir qo‘shiqchilar
muxlislar tomonidan shu yo‘l bilan saralab olingani bizga tariximizdan ma’lum. Bun-
day ijodiy raqobatlar ijodkorlarni o‘z ustlarida ishlashlariga, o‘z iste’dodlarini maro-
miga yetkazish maqsadida tinmay izlanishlariga dalda bo‘lgan.

Katta ashula O‘rta asrlarda marosim va mehnat qo‘shiq-aytimlari negizida mum-

toz she’riyat va xonandalik ijro madaniyatining rivojlanishi, mumtoz (klassik) g‘azal-
larni an’anaviy o‘qish, o‘rganish asosida yuzaga kelib rivojlandi. Uning o‘tmishdagi
namunalarida ishqiy-lirik g‘azallar bilan bir qatorda, didaktik (nasihat), tasavvuf
ruhidagi she’rlar ham kuylangan. Keyinchalik Lutfiy, Navoiy, Mashrab, Amiriy, Xazi-


background image

STARS International University

127

niy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Miskin va boshqa shoirlarning she’r va g‘azallari ham
katta ashulada qo‘llangan. Katta ashula rivojida masnaviy, ruboiy, muxammas,
musaddas kabi poetik janrlar muhim rol o‘ynaydi.

Aruz vaznida yozilgan bu g‘azal tinglovchilarda zavq-u shavq, turfa ruhiy ke-

chinmalar uyg‘otib, katta ashula janri orqali xalq orasida keng tarqalishiga olib
keldi. Musiqiylik – she’riyatning eng asosiy fazilati, deb bejiz aytilmagan. Katta
ashula mazmun jihatdan falsafiy, ishqiy-lirik, didaktik turlarga bo‘linadi. Hofizlar,
odatda, she’r baytidan boshlang‘ich birinchi-uchinchi misralarining har birini nav-
batma-navbat ijro etadilar. Boshlovchi birinchi misra bilan reja tashlasa, ikkinchi
hofiz (agar ikki ijrochidan iborat bo‘lsa) shu misrani takrorlaydi. Kuy yo‘nalishiga
u ayrim o‘zgarishlar (variantlar) kiritadi. Keyingi misra ikkala ijrochi tomonidan bir
parda (ton) balandroq, navbatma-navbat aytiladi. Avj qismi ham shunday uslubda
yuqori pardalarda ijro etiladi. Har band (bayt)ning oxirgi misrasi aytilganda, goh
misra boshidan, goh misra yarmidan ashula nihoyasiga yetkazilganda, ikkala ho-
fiz birga birovozlik (unisson) tarzida kuylab, ashula daromadi boshlovchi tashlab
bergan reja darajasiga tushiriladi. Shu sababli katta ashulada nota misollarida
o‘lchov ishlatilmaydi. Katta ashulani yoshlarimizga faqat “Ustoz-shogird” uslubida
o‘rgatish mumkin. Buning uchun “Bolalar musiqa va san’at maktab”lari qoshida
ushbu sohaga alohida ahamiyat berilmoqda.Ustoz tomonidan katta ashula ijro-
si (mutatsiya yoshini qat’iy hisobga olgan holda) o‘rgatilgan bolalarda kuy va
qo‘shiqchilik borasida notalar balandligini aniq ijro etish malakalari tez va soz rivo-
jlanadi. Bu esa yoshlarimizni yengil-yelpi “zamonaviy musiqa asarlariga” berilmas-
likka, haqiqiy san’at asarini qalban his etishga, uni e’zozlash, qadrlashga orgatadi,
albatta.Respublikamizda katta ashulani muhofaza qilish va rivojlantirish borasida
bir qator ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. O‘zbekistonlik hofizlarimiz xo-
rijiy mamlakatlarda katta ashula ijrochilik san’atini namoyish etmoqdalar. “Sharq
taronalari” xalqaro musiqa festivallarida xonandalarimiz Munojot Yo‘lchiyeva, So-
yibjon Niyozov va ushbu qo‘shiqchilik uslubi vodiyga xos bo‘lgani sababli vo-
diyning yetuk qo‘shiqchi hofizlari va ko‘plab mahoratli yosh ijrochilar aynan katta
ashula ijrochiligi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etib faxrli o‘rinlarga ega
bo‘lishmoqda. Yoshlarni katta ashula, maqom, folklor, dostonchilik, baxshichi-
lik, askiya san’atiga jalb qilish kabi vazifalar har bir pedagog-ustozning oldidagi
burchidir. Zero, yuqorida sanab o‘tilgan san’at turlari insoniyat hayoti sivilizatsi-
yasining durdonalaridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev.
“Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ochilishiga bag‘ishlangan tantanali maro-

sim”dagi nutqi. “Xalq so‘zi” gazetasi 2019 yil 7 aprel, № 68 (7298).

2.Saodat Yo‘ldosheva, professor. “O‘zbek xalqining milliy folklor san’ati va etno-

madaniy qadriyatlari” Ilmiy to‘plam. Toshkent “Navro‘z” nashriyoti 2013 yil

3.Askarova, S. “Great Song Genre in the Ethno Music of Uzbek Folk Music.” Jour-

nalNX 7.05 (2021): 131-134.

4.Asqarova, Sohibaxon, and Muslimaxon Muhammadjonova. “O ‘YIN TA’LIM JA-

RAYoNINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK VOSITASI SIFATIDA.” Scientific prog-
ress 2.2 (2021): 317-321.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

128

5.Madaminovich, Fozilov Qaxramon. “Problems of Orchestra Performance in

The Practice of Training Smugglers.” European Journal of Life Safety and Stability
(2660-9630) 8 (2021): 42-45.

6.KHOLJURAYEVICH, MADAMINOV NASIMJON, and FOZILOV KAXRAMON MA-

DAMINOVICH. “The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing.” Jour-
nalNX 7.1: 128-130.

7.Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. “The role of national music in education

of youth.” ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH
JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.

8.Asqarova, S. . «XOR VA XORSHUNOSLIK FANI DARSLARIDA KOMPETENSI-

YALARNI RIVOJLANTIRISH».

Eurasian Journal of Academic Research

, т. 2, вып. 7,

июль 2022 г., сс. 62-65, https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/1972.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ochilishiga bag‘ishlangan tantanali maro-sim”dagi nutqi. “Xalq so‘zi” gazetasi 2019 yil 7 aprel, № 68 (7298).

Saodat Yo‘ldosheva, professor. “O‘zbek xalqining milliy folklor san’ati va etno-madaniy qadriyatlari” Ilmiy to‘plam. Toshkent “Navro‘z” nashriyoti 2013 yil

Askarova, S. “Great Song Genre in the Ethno Music of Uzbek Folk Music.” Jour-nalNX 7.05 (2021): 131-134.

Asqarova, Sohibaxon, and Muslimaxon Muhammadjonova. “O ‘YIN TA’LIM JARAYoNINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK VOSITASI SIFATIDA.” Scientific prog-ress 2.2 (2021): 317-321.

Madaminovich, Fozilov Qaxramon. “Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers.” European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

KHOLJURAYEVICH, MADAMINOV NASIMJON, and FOZILOV KAXRAMON MADAMINOVICH. “The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing.” Jour-nalNX 7.1: 128-130.

Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. “The role of national music in education of youth.” ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.

Asqarova, S. . «XOR VA XORSHUNOSLIK FANI DARSLARIDA KOMPETENSI-YALARNI RIVOJLANTIRISH». Eurasian Journal of Academic Research, т. 2, вып. 7, июль 2022 г., сс. 62-65, https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/1972.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов