STARS International University
183
Annotatsiya.
Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitishda tex-
nologiya fanining dolzarbligi aniqlandi, Texnologiya darslarida o‘quvchilarning
xotirasini, nutqini, diqqatini, tafakkurini, dunyoqarashini rivojlantirish uchun amaliy
mashg’ulotlar muhimligi ma’lum bo‘ldi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning
shaxsiy bilim faollik darajasi yetarli emas va uni oshirish uchun o‘qituvchi ta’lim
faoliyatini faollashtirishga yordam beradigan vositalardan foydalanishi kerakligi
ma’lum bo‘ldi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning motivatsiyasi bo‘yicha o‘tka-
zilgan tadqiqotlar qiziqarli ma’lumotlarni aniqladi. Ma’’lum bo‘lishicha, muvaffaqi-
yatli o‘qish uchun motivatsiyaning qiymati o‘quvchining aql-zakovatidan yuqoriro-
qdir. O‘quvchining qobiliyatlari yetarli darajada yuqori bo‘lmagan taqdirda yuqori
ijobiy motivatsiya kompensatsiya qiluvchi omil rolini o‘ynashi mumkin, ammo bu
tamoyil teskari yo‘nalishda ishlamaydi - hech qanday qobiliyat o‘quv motivining
yo‘qligini yoki uning past jiddiyligini qoplay olmaydi va muhim akademik ta’sirni
ta’minlay olmasligi tavsiflandi hamda imkoniyati cheklangan bolalarga texnologi-
ya fanini o‘qitish jarayonida ta’limning, pedagogik va axborot-kommunikatsiya tex-
nologiyalaridan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari, yangi informatsion pedagogik
texnologiyalarni tadbiq qilishning muhim ahamiyatlari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
Inklyuziv ta’lim, tarbiya, xotira, nutq, murakkab konstruksiya.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimida amalga oshirilayot-
gan o‘zgarishlar, shu jumladan inklyuziv ta’limni rivojlantirish, ta’lim olishda teng
huquqlilik imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun maxsus maktab internatlarida
ta’lim olish imkoniyatini kafolatlaydi. Bu bugungi kunda bolaga imkon qadar ko‘proq
bilim berish emas, balki uning umumiy madaniy, shaxsiy va kognitiv rivojlanishini
ta’minlash, uni bunday muhim ko‘nikma bilan qurollantirish muhimligi sababli dol-
zarbdir. Hozirgi vaqtda, zamonaviy amaliyotda maxsus maktab internatlarida tex-
nologiya fanini o‘qitish jarayoniga inklyuzivlikni joriy etish bo‘yicha ma’lum ijobiy
tajriba mavjud. Imkoniyati cheklangan bolalar Texnologiya fanini bilish orqali, biror
bir hunarni o‘rganishga, mustaqil bo‘lishiga va tengdoshlari bilan muloqot qilishda
qiyinchiliklarga duch kelmasligiga yordam beradi. Buning yordamida inklyuziv
ta’limning asosiy vazifasi – imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiylashtirish amal-
ga oshirilmoqda. Bu shuni anglatadiki, ular hayotda o‘z o‘rnini topish imkoniyatiga
ega bo‘ladilar, lekin faqat o‘zlarining rivojlanish darajasida. Shunday qilib, imkoni-
USMONOVA MUXLISAXON
SOBIROVNA,
dotsent,
Qo‘qon davlat pedagogika
instituti, Qo‘qon, O‘zbekiston
e-mail: usmonovamuxlisaxon@
gmail.com
IMKONIYATI
CHEKLANGAN
BOLALARNI O‘QITISHDA
TEXNOLOGIYA FANINING
DOLZARBLIGI
https://doi.org/10.47689/STARS.uni-
versity-pp183-186
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
184
yati cheklangan bolalar uchun texnologiya fanini o‘orgatishning maqsadi rivojlant-
irishdir. Texnologiya darslarida o‘quvchilarning xotirasini, nutqini, diqqatini, tafak-
kurini, dunyoqarashini rivojlantirish zarur. Murakkab konstruksiya va kelishishlarni
bunday o‘quvchilar to‘liq o‘zlashtira olmasligi mumkin, chunki ularda aqliy rivojlan-
ish darajasi past. Ba’zan siz ushbu konstruktsiyalarni kiritishingiz mumkin, lekin
faqat tanishish uchun. Integratsiyalashgan sinfda darslarni rejalashtirishda an’anav-
iy darslarga qo‘shimcha ravishda: ta’lim, tarbiya va rivojlanish, shuningdek, tuzatish
maqsadi ham mavjud. Psixologlarning ta’kidlashicha, agar siz aqli zaif bolalarni
diqqat bilan o‘rganib to‘g’ri ta’lim bersangiz, ular moslashishga va zamonaviy jami-
yatning uyg‘un qismiga aylanishga qodir. Shu bilan birga, imkoniyati cheklangan
bolalarni o‘qitish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maktab
va maktab-internatlarida tashkil etish hozirgi zamon talablariga to‘liq javob beradi.
Imkoniyati cheklangan bolalarning asosiy toifalariga quyidagilar kiradi: 1. Eshitish
qobiliyati buzilgan bolalar (kar, zaif eshitish, kech karlik); 2. Ko‘rishda nuqsoni
bo‘lgan bolalar (ko‘r, zaif ko‘rish); 3. Nutq buzilishi bo‘lgan bolalar (logopatlar); 4.
Tayanch-harakat apparati faoliyati buzilgan bolalar; 5. Aqli zaif bolalar; 6. Xulq-at-
vori va muloqoti buzilgan bolalar; 7. Psixofizik rivojlanishining murakkab buzilish-
lari bo‘lgan, murakkab nuqsonlar deb ataladigan bolalar (ko‘r-kar, kar yoki aqli zaif
bolalar). Imkoniyati cheklangan bolalarni hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun albatta
ular biror bir hunarni bilishi kerak. Zamonaviy dunyoda hayot internetsiz (aloqa,
ish) mumkin emas va bu sohada to‘liq huquqli faoliyat uchun kompyuter texnologi-
yalarini bilish kerak. Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida Texnologi-
ya fanini o‘rgatishning asosiy va yetakchi maqsadi - bu butun ta’lim jarayonini bel-
gilaydigan kommunikativ maqsad. Hozirda imkoniyati cheklangan bolalarni normal
rivojlanayotgan o‘quvchilar bilan teng ravishda o‘qitish tajribasi faol shakllantirilm-
oqda. Ushbu turdagi ta’lim amaliyoti har bir o‘quvchining individualligini qabul qil-
ish g‘oyasiga asoslanadi, shuning uchun jarayon nogiron bolaning ehtiyojlarini
qondiradigan tarzda tashkil etilishi kerak. Shu bois mazkur ishning maqsadi jis-
moniy imkoniyati cheklangan bolalarni o‘quv jarayoniga jalb etish va ularning nati-
jalarini yaxshilash uchun Texnologiya fanini o‘rgatishning zamonaviy texnologiyala-
rini o‘rganishdan iborat. Inklyuziv ta’lim darslarni rejalashtirish va tashkil etishda
rioya qilinishi kerak bo‘lgan maxsus didaktik tamoyillarga asoslanadi. Bir dars davo-
mida barcha psixik jarayonlarni tuzatish mumkin emas. Darsda qaysi analizatorlar
ko‘proq qatnashishini mavzuning o‘zi aniqlaydi. Tuzatish-rivojlantiruvchi vazifa juda
aniq bo‘lishi kerak. Umuman olganda, olimlarning hech biri tuzatish vazifasini ba-
tafsil, aniq shakllantirishni talab qilmaydi, chunki bu oson emas, lekin aniq tuzatish
yo‘nalishi hali ham yaxshi dars uchun zaruriy shartdir. Rivojlanish xususiyatlariga
ko‘ra individual yondashuv va qo‘shimcha e’tiborga muhtoj bo‘lgan har bir bola
uchun vazifa bloklarini o‘z ichiga olgan sinf uchun umumiy rejani tuzish joiz bo‘lgan-
ligi sababli, buni shu tarzda qilish kerak. Shakllar boshqacha bo‘lishi mumkin; aso-
siysi, dars jarayonida “s‘lom” bolalar sinfida bo‘lgan individual bolaning faoliyati
traektoriyasini aks ettirishdir. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun darslarda
texnologiya fanining mazmuni asosan ikki xil shaklda o‘rgatiladi. Birinchisi nazariy,
ikkinchisi amaliy ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi, ularda amaliy faoliyatni o‘zlashtir-
ish bilan bog’liq bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish uchun o‘qituv-
chi amaliy mashg’ulotda tayyorlanadigan buyumni amalda tayyorlab ko‘rsatishi
asos bo‘ladi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun Texnologiya fani mashg’ulotlari-
STARS International University
185
ni ta’lim tamoyillariga asoslangan holda tashkil etish o‘quvchilarning reproduktiv
faolligini shakllantirishi va rivojlantirishi uchun xizmat qiladi. Imkoniyati cheklangan
o‘quvchilarning aksariyatida kognitiv faollik darajasi etarli emas bo‘lishi mumkin,
o‘quv faoliyati uchun motivatsiyaning yetuk emasligi, samaradorlik va mustaqillik
darajasi pasaygan. Shuning uchun o‘qitishning faol shakllari, uslublari va usullarini
izlash va ulardan foydalanish o‘qituvchi faoliyatidagi tuzatish va rivojlantirish jaray-
onining samaradorligini oshirishning zarur vositalaridan biridir.O‘quvchilarning
faoliyati faqat materialni eslab qolishga emas, balki mustaqil ravishda bilim olish,
faktlarni tadqiq qilish, xatolarni aniqlash va xulosalar chiqarishga qaratilgan bo‘lishi
kerak. Albatta, bularning barchasi o‘quvchilar uchun qulay darajada va o‘qituvchi
yordamida amalga oshirilishi kerak. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning shaxsiy
bilim faolligi darajasi etarli emas va uni oshirish uchun o‘qituvchi ta’lim faoliyatini
faollashtirishga yordam beradigan vositalardan foydalanishi kerak. Imkoniyati
cheklangan o‘quvchilarning motivatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar qiziqarli
narsalarni aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, muvaffaqiyatli o‘qish uchun motivatsiyaning
qiymati o‘quvchining aql-zakovatidan yuqoriroqdir. O‘quvchining qobiliyatlari ye-
tarli darajada yuqori bo‘lmagan taqdirda yuqori ijobiy motivatsiya kompensatsiya
qiluvchi omil rolini o‘ynashi mumkin, ammo bu tamoyil teskari yo‘nalishda ishla-
maydi - hech qanday qobiliyat o‘quv motivining yo‘qligini yoki uning past jiddiylig-
ini qoplay olmaydi va muhim akademik ta’sirni ta’minlay olmaydi. Hozirgi rivojlan-
gan zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan birgalikda foydalanish imkoniyati
cheklangan bolalarga Texnologiya fanini o‘rgatishda yaxshi natijalarga erishishimiz
mumkin. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘qituvchilar tomonidan tobora ko‘proq
talab qilinmoqda, shuning uchun o‘yin va aloqa-axborot texnologiyalari amaliyot-
da qo‘llaniladi. Ushbu texnologiyalarga quyidagilar kiradi: o‘yin texnologiyalari, loy-
iha usuli va hamkorlik texnologiyasi. O‘yin texnologiyalari. O‘yin texnologiyalari -
bu o‘quvchilarning ishini qiziqarli va hayajonli qilish imkonini beruvchi ta’lim shakli.
O‘yinning shartli dunyosining o‘yin kulgisi ma’lumotni eslab qolish, takrorlash, mus-
tahkamlash yoki o‘zlashtirishning monoton faoliyatini ijobiy hissiy rangga aylanti-
radi va o‘yin harakatining emotsionalligi bolaning barcha aqliy jarayonlari va funkt-
siyalarini faollashtiradi. O‘yinning yana bir ijobiy tomoni shundaki, u bilimlardan
yangi vaziyatda foydalanishga yordam beradi. O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiril-
gan material o‘ziga xos amaliyotdan o‘tadi, o‘quv jarayoniga rang-baranglik va
qiziqish uyg’otadi. Darsning maqsadiga qarab, o‘yinlar juda xilma-xil bo‘lishi mum-
kin. Ular o‘quv materialini mustahkamlash jarayonida ham, muayyan mavzuni
o‘rganishning dastlabki bosqichida ham taklif qilinishi mumkin.Avvalo, o‘yinlarni
faoliyat turlari bo‘yicha jismoniy (harakatli), intellektual (aqliy), mehnat, ijtimoiy va
psixologik o‘yinlarga bo‘lish kerak. Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalar
uchun o‘yinlarni tanlashda quyidagi talablarni hisobga olish kerak: - Darslarning
o‘yin shakli sinfda o‘quvchilarni o‘quv faoliyatiga undash, rag’batlantirish vositasi
sifatida ishlaydigan o‘yin texnikasi va vaziyatlar yordamida yaratiladi. O‘yinning bo-
laning yoshiga yoki uning hozirgi rivojlanish darajasiga muvofiqligi; -nuqson tuzil-
ishini hisobga olish; - asta-sekin murakkablashadigan o‘yin materialini tanlash;
-o‘yin mazmuni va bolaning bilim tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlik; - darsning korreksion
maqsadiga muvofiqligi; -faoliyatni o‘zgartirish tamoyilini hisobga olish; -Yorqin,
ovozli o‘yinchoqlar va qo‘llanmalardan foydalanish; - o‘yinchoqlar va qo‘llanmalarn-
ing gigienik talablarga muvofiqligi, xavfsizligi. O‘yin shaklida bo‘shashgan muhitda
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
186
so‘z boyligini to‘ldirish imkoniyati oddiy darsga qaraganda ancha yuqori. Quyidagi
o‘yinlar amaliy bilim darajasini oshiradi, balki xotira va diqqatni rivojlantiradi. Tex-
nologiya fani 2 ta faoliyatni oz ichiga oladi: nazariy va amaliy. Nazariy ma’lumotlar
o‘rganiladigan buyum haqida nazariy ma’lumot berishga asoslangan bo‘lib, unda
tuzilmalarni eng oddiydan eng murakkabgacha takroriy tinglash sizga kerakli ma-
terialni yaxshiroq o‘rganish imkonini beradi. Amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish
uchun men turli mashqlardan foydalanaman: Kichkina multfilm, videoklip, animat-
sion qo‘shiq taqdim etsa, bolalar ancha ishtiyoqli bo‘lishadi. Amaliy ko‘nikmalarini
rivojlantirish uchun vazifalar quyidagicha bo‘lishi mumkin: amaliy ish ketma ketlig-
ini topish, moslashtirish. Siz ma’lum faktlarni topishga harakat qilib, “To‘g’ri/Yolg’on”
mashqlarini bajarishingiz mumkin. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun nazariy
materialni, amaliy konstruktsiyalarni o‘zlashtirish sekin kechadi, amalda biror bir
buyumni tayyorlay olish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun, assimi-
lyatsiya qilish uchun men faqat uy ro‘zg’orda eng ko‘p ishlatiladigan buyumlarni
tayyorlashni o‘rgatishdan boshlayman, ularni faqat vizualizatsiya asosida tanishti-
raman va ularni tayyorlashni mashq qildiraman. Har bir darsni hunar haqidagi hik-
matli so‘zlar va hunar haqidagi maqollar bilan boshlayman. Men she’rlar, qofiyalar,
maqollardan foydalanaman. Bu o‘rganish to‘sig’ini yengish va hunar o‘rganish
ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi, ular orasida ritm va intonatsiya
muhim ahamiyatga ega. Bu nogiron bolaning har tomonlama rivojlanishiga yordam
beradi, uning nutq apparatini rivojlantirishga, cheklovni yengishga imkon beradi.
Nogiron bolalarda murakkab amaliy ishlarni amalda qo‘llanilishini idrok etish juda
qiyin. Ular tayyorlanishi jihatidan murakkab buyumlarni tayyorlashni o‘zlashtira ol-
maydilar, chunki buni o‘rganish darajasi bolaning umumiy rivojlanish darajasiga
bog’liq. Ammo ular o‘zlarining rivojlanish darajasida boshqa sodda buyumlarni tay-
orlay oladilar. Shuning uchun men o‘rganish uchun o‘rganish oson bo‘lgan buyum
tuzilmalarni tanlayman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Maxsus psixologiya/ L.Muminova О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta
maxsus ta’lim vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universteti.
- Toshkent: Noshir, 2012, 2016. - 88 b. 4.
2.Ijtimoiy psixologiya о‘quv qo‘llanma. Nurjahon Ismoilova Dilbar Abdullayeva