Elektron ta’lim muhitida o‘quvchilarning refleksiv ko‘nikmalarini pedagogik dasturiy vositalar yordamida rivojlantirish

CC BY f
15
9
Поделиться
Холиков, М., & Насырова, Ш. (2023). Elektron ta’lim muhitida o‘quvchilarning refleksiv ko‘nikmalarini pedagogik dasturiy vositalar yordamida rivojlantirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp216-218
Мухриддин Холиков, Навоийский Государственный Педагогический Институт

doktorant

Шоира Насырова, Навоийский Государственный Педагогический Институт

dotsent, Texnika fanlari doktori (DSc)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada elektron ta’lim muhitida o‘quvchilarning refleksiv ko‘nikmalarini pedagogik dasturiy vositalar yordamida rivojlantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

216

Annotatsiya

:

Ushbu maqolada elektron ta’lim muhitida o‘quvchilarning refleksiv

ko‘nikmalarini pedagogik dasturiy vositalar yordamida rivojlantirish to‘g‘risidagi
ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

elektron, resurs, ta’lim, refleksiv, texnologiya, kompyuter, jarayon,

dastur, vosita.

Jahon miqyosida jamiyat rivojining turli sohalariga axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini keng joriy etish, intellektual salohiyatni rivojlantirishning muhim
omili sifatida elektron ta’lim muhitida o‘quvchilarning refleksiv ko‘nikmalarini
shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar ta’lim jarayonini
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, o‘quvchilarni mustaqil
fikrlash va tahlil qilishga o‘rgatish, o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarning o‘quvchilar
shaxsiy tajribasini boyitishiga erishish muhim o‘rin egallamoqda.

Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborotlashtirish darajasini

oshirishda axborot texnologiyalari, apparat-dasturiy vositalarni intellektual
boshqarish tizimlari asosida elektron axborot resurslarining bilimlar bazasini
shakllantirishda milliy kontentni yaratish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
O‘quvchilarning kompyuter savodxonligini, darslarda ijodkorligini, ilmiy yechimlarni
izlashga qodir, mustaqil fikrlay oladigan, o‘z nuqtayi nazarini bayon qiladigan,
individual yondashuv orqali didaktik ta’minot vositasida muhim xulosalar chiqara
oladigan o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish zarur.

O‘quvchilarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini

modellashtirishda ta’lim-tarbiya jarayonlarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning
o‘ziga xos jihatlari hamda o‘quvchilarning shaxsiy sifatlarining takomillashuvini

XOLIQOV MUHRIDDIN
MARDIQULOVICH,

doktorant, Navoiy davlat
pedagogika instituti.
O‘zbekiston, Navoiy

NASIROVA SHOIRA
NARMURADOVNA,

dotsent, Texnika fanlari
doktori (DSc), Navoiy
davlat pedagogika instituti.
O‘zbekiston, Navoiy

ELEKTRON
TA’LIM MUHITIDA
O‘QUVCHILARNING
REFLEKSIV
KO‘NIKMALARINI
PEDAGOGIK DASTURIY
VOSITALAR YORDAMIDA
RIVOJLANTIRISH

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp216-218


background image

STARS International University

217

ta’minlash uchun imkoniyat yaratuvchi vaziyatlarni vujudga keltirish zaruratlarini
ham inobatga olish zarur.

Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni

amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish kabi ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishga xizmat qiladigan muammoli ta’lim konsepsiyasiga tayangan holda
“Informatika fanidan amaliy ishlarni bajarish uchun” va “Python dasturlash tilida
masalalar yechish” nomli uslubiy qo‘llanmalar yaratildi.

Tadqiqotlar davomida “O‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiruvchi elektron

uslubiy dastur” ishlab chiqildi. Ushbu multimediali ilοva tematik masalalar,
krοssvοdlar, amaliy ishlar va mashq qilish uchun bir qancha vazifalarni o‘z ichiga
qamrab οlgan. Shuningdek, axbοrοt texnοlοgiyalari sοhasida ishlash ko‘nikmalarini
shakllantirish uchun materiallar keltirilgan.

Infοrmatika axbοrοt texnοlοgiyalari darslarida o‘quvchilarning faοlligini οshirish

va mantiqiy fikrlash οrqali o‘zlashtirishlarini ta’minlash, ular yordamida o‘quvchilarn-
ing οg‘zaki va yozma nutqi, tafakkuri, diqqati, xοtirasi hamda axbοrοt texnοlοgi-
yalari sοhasidagi tasavvurlarini rivοjlantiriladi.

Bu dastur maktab o‘quvchilarining shaxsiy erkinlik xususiyatlari, mezonlari va

rivojlanish darajasini aniqlashga ko‘mak berdi. Pedagogik dasturiy vositalar yor-
damida umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining elektron ta’lim muhitida re-
fleksiv ko‘nikmalari rivojlantirildi.

Elektron ta’lim muhitida o‘quvchilarning informatika va axborot texnologiyalari

fanidan refleksiv ko‘nikmalarini shakllantirish ta’lim jarayonining asosiy subyektlari
– o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatiga oid yangi informatsiya intensiv o‘sish sharoiti-
da o‘rganildi hamda o‘quvchining o‘qish jarayonidagi faolligini oshirish muammo-
lari yangi pedagogik texnologiyalar va axborotni qayta ishlashga mo‘ljallangan
zamonaviy vositalar imkoniyatlari tutashgan holda tahlil qilinib, yangi yondashuv
va didaktik ishlanmalar yaratildi.

Olib borilayotgan tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati elektrοn ta’lim muhit-

ida o‘quvchilarining refleksiv ko‘nikmalarini shakllantirishning tashkiliy tuzil-


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

218

masi, o‘ziga xοs xususiyatlari, funksiyalari, nazariy jihatdan asοslangan ilm-
iy takliflar, tavsiyalar va taklif etilgan didaktik ishlanmalar, o‘quvchilarning ijοdiy
qοbiliyatlarini rivοjlantirish, mustaqil izlanishga, yangi materialni o‘rganish
va mustahkamlash, bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga
imkοniyat yaratuvchi dasturiy-didaktik majmualardan fοydalanish uslubiyatini
takοmillashtirish bilan izοhlanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining shaxsiy erkinligining samarali rivo-

jlanishini ta’minlaydigan dasturiy va pedagogik vositalar tizimi yaratildi va ushbu
tizimni kompyuterda o‘rganish sharoitida eksperimental ravishda sinab ko‘rildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, olib borilgan tadqiqotlar, asosan, ta’lim muassasala-

rida elektron ta’lim muhitida o‘quvchilarning shaxsiy erkinligini takomillashtirish,
o‘quvchilarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishga oid bo‘lib, ularda mustaqil
ijodiy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining didaktik ta’minoti-
ni ishlab chiqish va joriy etishga kam e’tibor qaratilgan. Bu esa xalq ta’lim muassas-
alari o‘quvchilarida mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish jarayonida zamonaviy
texnologiyalardan foydalana olish ko‘nikmasini shakllantirish masalasini atroflicha
tadqiq etishni taqozo etadi.

Ta’lim bugungi kunda insonparvarlik pedagogikasi an’analarini, xususan, erkin

tarbiyani anglash davri bo‘lib, unda kompyuterli ta’lim jarayonida o‘quvchilarning
shaxsiy erkinligini takomillashtirish g‘oyalarini tizimli amalga oshirish darajasiga ye-
tkazishi mumkin bo‘lgan tadqiqot nuqtayi nazarining asosi hisoblanadi.

Kompyuterlashgan ta’lim jarayoni axborot-kommunikatsiya muhitining mazmu-

ni, o‘qish jarayoniga o‘quv materiallarini taqdim etish yangi metodlarini ishlab chiq-
ish imkoniyatlarini ochadi va o‘quv jarayoni ishtirokchilari uchun bilish faoliyatining
erkinligini ta’minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Maxmudova M.A., Nasirova Sh.N. Kompyuter dasturlari vositasida o‘quvchilarn-

ing bilim egallashga qiziqishlarini rivojlantirish “Mug‘allim hem uzluksiz bilimlendi-
rio‘” Ilmiy-metodikaliq jurnal № 5 2019 jil. Nukus – 2019, – B. 25–27.

2. Maxmudova M.A. Nasirova Sh.N., Abdullayeva D.A. Efficiency of computer

technology in teaching foreign languages ACADEMICIA: An International Multidis-
ciplinary Research Journal Impact Factor: SJIF 2020 = 7.13, PP. 1443–1450.

3. Maxmudova M.A., Nasirova Sh.N., Yodgorov G.R., Kutbedinova A. Effective-

ness of Using Computer Technologies In Developing Students ‘Learning Ability //
Psychology and Education (ISSN: 0033-3077) (2020) (https://www.scopus.com/
sourceid/50205) USA. – PР. 619–624.

4. Maxmudova M.A. Nasirova Sh.N., Xolmurodova Z.N., Karimova N.A. Specific

features of using the multimedia system in the educational process Asian Journal
of Multidimensional Research (AJMR), 10.5958 / 2278–4853. 2020. 00201.3, Im-
pact Factor: SJIF 2020 = 6.882. – PP. 40–46.

Maxmudova M.A., Nasirova Sh.N., Qo‘ldashev L., Safarov U. Umumta’lim mak-

tab o‘quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish uchun pedagogik das-
turiy vosita. Агентство по интеллектуальной собственности Республики.
Свидетельство об официальной регистрации программы для ЭВМ. Guvohno-
ma № DGU 08188, 12.03.2020.

Библиографические ссылки

Maxmudova M.A., Nasirova Sh.N. Kompyuter dasturlari vositasida o‘quvchilarn-ing bilim egallashga qiziqishlarini rivojlantirish “Mug‘allim hem uzluksiz bilimlendi-rio‘” Ilmiy-metodikaliq jurnal № 5 2019 jil. Nukus – 2019, – B. 25–27.

Maxmudova M.A. Nasirova Sh.N., Abdullayeva D.A. Efficiency of computer technology in teaching foreign languages ACADEMICIA: An International Multidis-ciplinary Research Journal Impact Factor: SJIF 2020 = 7.13, PP. 1443–1450.

Maxmudova M.A., Nasirova Sh.N., Yodgorov G.R., Kutbedinova A. Effective-ness of Using Computer Technologies In Developing Students ‘Learning Ability // Psychology and Education (ISSN: 0033-3077) (2020) (https://www.scopus.com/sourceid/50205) USA. – PР. 619–624.

Maxmudova M.A. Nasirova Sh.N., Xolmurodova Z.N., Karimova N.A. Specific features of using the multimedia system in the educational process Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10.5958 / 2278–4853. 2020. 00201.3, Im-pact Factor: SJIF 2020 = 6.882. – PP. 40–46.Maxmudova M.A., Nasirova Sh.N., Qo‘ldashev L., Safarov U. Umumta’lim maktab o‘quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish uchun pedagogik dasturiy vosita. Агентство по интеллектуальной собственности Республики. Свидетельство об официальной регистрации программы для ЭВМ. Guvohno-ma № DGU 08188, 12.03.2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов