STARS International University
247
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yosh o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlant-
irish, hamda ularda kasbiy malakalar asosida, kasbiy komprtentlikni shakllantirish-
ning nazariy imkoniyatlari haqida mulohazalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
kompetentsiya, kompetentlik, maxsus kompetentsiya, ijtimoiy kom-
petentsiya, shaxsiy kompetentsiya, individual kompetentsiya, asosiy kompetentsi-
yalar.
Har qanday ta’lim tizimi zamonaviy ta’lim mazmunini aniqlashga bo‘lgan
tamoyillarga binoan nazariy bilim bilan birga ta’lim oluvchining kompetentligini
rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Bizning tadqiqot ishimizda kompetentli
yondashuv bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishda o‘qituvchi
kasbiy kompetentligining tuzilmaviy komponentlarini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Bu, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy
kompetentligini rivojlantirish muammosini hal etishda muhim ahamiyatga ega.
Shu tariqa, kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘quv-bilish
faoliyatida kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonini har tomonlama tadqiq
etish orqali bilish faolligini oshirish ko‘nikmasini rivojlantirish imkonini yaratadi.
Qo‘yilgan muammoni hal etish uchun «kompetentlik», «kasbiy kompetentlik»,
«o‘qituvchining kasbiy kompetentligi» tushunchalari mohiyatini aniqlashga asosiy
yondashuvlarni tahlil qilamiz.
YULDASHEVA MALOHAT
ERKINOVNA
Қўқон давлат педагогика
институти тадқиқотчиси
.
E-mail: raximovaferuzaxonferuza@
gmail.com
TA’LIM
JARAYONIDA YOSH
O‘QITUVCHILARNING
BILISH FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISH
O‘QITUVCHI
KOMPETENTLIGINI
SHAKLLANTIRISHNING
ASOSIY OMILI
https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp247-251
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
248
1.1-rasm. Kompetentli yondashuv asosida kasbiy shakllangan
bo‘lajak o‘qituvchi tarbiyalash jarayoni
Adabiyotlarni o‘rganish natijalari ko‘rsatishicha: birinchidan, «kompetentlik»
tushunchasining falsafiy va psixologik lug’atlardagi talqini mavjud emas;
ikkinchidan, ba’zi mualliflar psixologik-pedagogik adabiyotlarda «kompetentlik» va
«kompetentsiya» tushunchalarini ajratmaydilar.
«Kompetentsiya» va «kompetentlik» tushunchalarini farqlash uchun mazkur
tushunchalar rus tili atamalar lug’atida, boshqaruv bo‘yicha atamalar lug’ati va
boshqalarda qanday ifodalanganligini tahlil qilamiz. «Kompetentsiya» tushunchasi
lug’atlarda quyidagicha talqin etiladi: [1 с,105]
• bu muayyan organ yoki mansabdor shaxsning qonun bilan, mazkur organ
ustavi yoki boshqa qoidalar bilan belgilangan vakolatlari (huquq va majburiyatlari)
yig’indisi;
• kimdir yaxshi xabardor bo‘lgan masalalar sohasi;
Mazkur ta’riflardan ko‘rinib turganidek, kompetentsiya tushunchasi turlicha
talqin etiladi.
B.Xodjaevning fikricha, kompetentsiya (lotincha so‘z bo‘lib, erishaman, to‘g’ri
kelaman ma’nolarini bildiradi) – subyektning maqsadni qo‘yish va unga erishish
uchun tashqi va ichki zahiralarni samarali birga tashkil qila olishiga tayyorligi
boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan kasbiy masalalarini yecha
olishga shaxsiy qobiliyatidir. [2. с,178]
N.M.Muslimovning fikricha inglizcha “competence” tushunchasining lug’aviy
ma’nosi “qobiliyat” demakdir, biroq kompetentsiya atamasi bilim, ko‘nikma, mahorat
va qobiliyatni ifoda etishga xizmat qiladi.
N.V.Tarasova “kompetentsiya” tushunchasini “muammoni hal etish uchun bilim
va vaziyat, bilim va harakat o‘rtasida aloqadorlikni ta’minlash imkonini beradigan
bilim, qadriyatlar, layoqatlarga asoslangan umumiy qobiliyat” sifatida talqin etadi.
Muallifning fikridan kelib chiqqan holda, kompetentsiya insonning mavjud bilim
va hayotiy tajribalarga tayangan holda ma’lum bir muammoni hal etishga doir
qobiliyati, degan xulosaga kelish mumkin. [4.с, 208]
Demak, bizning fikrimizcha ham kompetentsiya insonga nafaqat kasbiy, balki
uning butun hayotiy faoliyati davomida kerak bo‘ladigan qobiliyatlar yig’indisidir.
Ularni to‘la egallamay turib hech bir mutaxxasis o‘z pedagogik faoliyatini
muvaffaqqiyatli yurita olmaydi.
Kompetentsiyaning turlarini tasniflashga doir xilma xil yondashuvlar mavjud.
Jumladan, N.A.Muslimov va M.B.Urazovalar kasbiy ta’lim nuqtayi nazaridan
kompetentsiyalarni quyidagi turlarga ajratadi:
STARS International University
249
• maxsus kompetentsiya – yetarli yuqori darajada o‘z kasbiy faoliyatini egallash,
keyingi kasbiy rivojlanishini loyixalashtira olish;
• ijtimoiy kompetentsiya – birgalikdagi kasbiy faoliyat, hamkorlikni egallash, o‘z
mehnati natijalariga ijtimoiy javobgarlik:
• shaxsiy kompetentsiya – shaxsiy mustaqil aks etish va mustaqil rivojlanish
usullari, shaxsning kasbiy deformatsiyalarga qarshi turish vositalarini egallashi;
• individual kompetentsiya – kasb doirasida individuallikni mustaqil qo‘llash va
rivojlantirish usullarini egallash, kasbiy-shaxsiy o‘sish, mustaqil tashkil qilish va
mustaqil reablitatsiya qilishga tayyorgarlik;
• asosiy kompetentsiyalar – moslashish va maxsuldor faoliyat uchun zarur bo‘lgan
shaxsning madaniyatlararo va sohalararo bilim, qobiliyat va ko‘nikmalari.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, kompetentsiyalarning har bir turi kasb
ta’limi o‘qituvchilarining uzluksiz ravishda rivojlanib borishini ta’minlovchi bilim,
ko‘nikma va qobiliyatlari yig’indisidir
O.Hayitov va N.Umarovalar klaster yondashuvi asosida kompetentsiyalarni
quyidagicha guruhlashni taklif etishadi:
• axborotlar bilan ishlashga doir kompetentsiyalar: axborotlarni to‘plash va tahlil
etish, qarorlar qabul qilish; axborotlarni qayta o‘zgartirish;
• muvaffaqqiyatga erishishga doir kompetentsiyalar: rejalashtirish, faoliyatni
tashkillashtirish, natijalarni tahlillash;
• insonlar bilan ishlashga doir kompetentsiyalar: munosabatlarni boshqarish,
komandada ishlash, atrofdagilarga ta’sir ko‘rsatish;
• o‘z-o‘zini takomilashtirishga doir kompetentsiyalar: o‘z-o‘zini tekshirish, kasbiy
o‘sish, innovatsion mobillik [5.с, 86]
Ushbu fikrlardan shuni ayta olishimiz mumkinki, klaster yondashuvi asosidagi
kompetentsiyalar bo‘lajak pedagogning yangilikka intiluvchi va kreativ jixatlarini
ham to‘la ta’minlab bera oladi.
Yana shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, kompetentsiyalarning metodik harakteri
insonning butun hayoti davomidagi nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq eta olish
imkoniyatini yaratadi.
Ushbu fikrlardan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, kompetentsiya
tushunchasining umume’tirof etilgan mohiyati va kompetentsiyalarning yagona
tasnifi mavjud emas.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining
asosiylaridan biri – bu yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib
tarbiyalash. Albatta, barkamol inson deyilganda ma’naviy jihatdan yetuk, o‘z
Vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun qayg’uradigan, hamda jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishi ishtiyoqida yonib yashaydigan
shaxsni tarbiyalash bugungi kun talabiga hamohangdir. Ushbu tushunchaga tahliliy
yondashilsa, uning naqadar serqirra, murakkab va har tomonlama umuminsoniy
qadriyatlarga mos kelishini idrok etish mumkin [78].
Aytish mumkinki, barkamol insonning shakllanishi, uning munosib kasb-korni
egallashi, jamiyat taraqqiyoti uchun baholi qudrat o‘z hissasini qo‘shib yashashi
va shu tufayli jamiyatda o‘zligini anglashi, namoyon etishi, bir so‘z bilan aytganda
shaxs sifatida kamol topishi nazarga olinadi. Komillik sari intilish shaxsning kasbiy
shakllanishi bilan birgalikda, yaxlit holda kechadigan va deyarli bir umr davom
etadigan murakkab jarayondir. Keng ma’noda kasbiy shakllanish deyilganda,
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
250
insonning o‘z aqliy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari, u yoki bu sohaga bo‘lgan
layoqatlari, qiziqish va intilishlari, shuningdek, qadriyat va dunyoqarashlariga
ko‘ra biron-bir kasb sohasiga oid ta’lim olishi, keyinchalik shu sohaga kirishib,
moslasha borishi va nihoyat, yillar davomida yetuk va malakali mutuxassis bo‘lib
yetishishi tushuniladi. Zero kasbiy shakllanmagan kadr o‘qituvchi faoliyatida turli
qiyinchiliklarga duch kelishi, kasbiy muammolarni hal qilishlarida turli qiyinchiliklarga
uchrashi mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.B.X.Xodjaev “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” pedagogika ta’lim
sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun darslik «Sano-standart» nashriyoti
Toshkent – 2017.
2.Muslimov N.A muallifligi asosida yozilgan. “Kasb ta’limi o‘qituvchilarining
kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” nomli Monografiyasi. Fan va
texnologiya.: 2013 y.
3 Tokhirovich, Turaev Kuvonchbek. “The Role and Importance of Tourism in
the Economy of Small Regions.”
International Journal of Culture and Modernity
9
(2021): 62-66.
4 Клюев, Роман Владимирович, et al. «ИССЛЕДОВАНИЕ И АНАЛИЗ ПОКА-
ЗАТЕЛЕЙ НАДЕЖНОСТИ ОТДЕЛЬНЫХ СТРУКТУРНЫХ ЭЛЕМЕНТОВ ЦИФРО-
ВЫХ ПОДСТАНЦИЙ.» Вести высших учебных заведений Черноземья 1 (2021):
68-79.
5 Abdunazarov, H. M., et al. “USING INTERACTIVE METHODS IN TEACHING THE
SUBJECT OF GEOGRAPHY OF THE WORLD NATURAL RESOURCES.”
European
Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol
7.12 (2019).
6 Abduhafizovna, Melikuziyeva Mavluda, and Yigitaliev Mirzoxid. “WAYS TO
INCREASE THE LEGAL KNOWLEDGE OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS.”
Web of
Scientist: International Scientific Research Journal
3.02 (2022): 124-130.
7 Nargiza, Yunusalieva. “SOCIAL AND MORAL EDUCATION OF STUDENTS
AND DEVELOPMENT OF VALUES.”
Galaxy International Interdisciplinary Research
Journal
10.1 (2022): 300-305.
8 Nodirovna, Khushnazarova Mamura. “THEORETICAL AND METHODOLOGICAL
BASIS OF TRAINING OF MANAGEMENT PERSONNEL IN THE PROCESS OF
HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION.”
INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL
SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429
11.04 (2022): 171-177.
9 Nodirovna, Khushnazarova Mamura. “PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL
FEATURES OF PROFESSIONAL TRAINING OF TEACHERS OF PRE-SCHOOL
EDUCATIONAL ORGANIZATIONS.”
INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL
SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429
11.03 (2022): 22-26.
10 Исроилов, Ш. Ш. «РОЛЬ КОМАНДЫ В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТИ
ИГРОКА.» Экономика
и
социум 3-1 (2021): 583-587.
11 Erkinovna, Yuldasheva Malohat. “THEORETICAL AND HISTORICAL BASIS FOR
THE DEVELOPMENT OF THE COGNITIVE ACTIVITY OF FUTURE TEACHERS IN
INNOVATIVE EDUCATIONAL SETTINGS.”
INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL
SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor:
7.429
11.05 (2022): 90-93.
STARS International University
251
12 Erkinovna, Yuldasheva Malohat. “DEVELOPMENT OF THE COGNITIVE
ACTIVITY OF FUTURE TEACHERS IN INNOVATIVE EDUCATIONAL CONDITIONS
AS A SOCIAL PEDAGOGICAL NECESSITY.”
INTERNATIONAL JOURNAL OF
SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact
factor: 7.429
11.04 (2022): 196-199
13 Abduhafizovna, Melikuziyeva Mavluda, and Yigitaliev Mirzoxid. “WAYS TO
INCREASE THE LEGAL KNOWLEDGE OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS.”
Web of
Scientist: International Scientific Research Journal
3.02 (2022): 124-130.
14 Abduhafizovna, Melikuziyeva Mavluda, and Yigitaliev Mirzoxid. “WAYS TO
INCREASE THE LEGAL KNOWLEDGE OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS.”
Web of
Scientist: International Scientific Research Journal
3.02 (2022): 124-130.
15 Najmiddinovna, Rahimova Feruza. “PEDAGOGICAL CONDITIONS OF
IMPROVEMENT OF SOCIAL PEDAGOGICAL ACTIVITY OF STUDENTS ON THE
BASIS OF MULTIMEDIA TOOLS.”
INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE
& INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429
11.07
(2022): 108-112.
16 Najmiddinovna, Rahimova Feruza, and Muxammadiev Baxromjon
Baxtiyorjon o‘g’li. “FACTORS AFFECTING THE SOCIAL PEDAGOGICAL
ACTIVITY OF MULTIMEDIA.”
INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE
& INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429
11.05
(2022): 114-118.
17 Раҳимова, Феруза Нажиддиновна. “МУЛЪТИМЕДИА ВОСИТАЛАРИНИНГ
ИЖТИМОИЙ ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТГА ТАЪСИР ЭТУВЧИ ПЕДАГОГИК-ПСИ-
ХОЛОГИК ОМИЛЛАРИ.”
Academic research in educational sciences
3.NUU
Conference 2 (2022): 879-884.
18 Akbarovna, Abdullajonova Shaxnoza. “INCLUSIVE EDUCATION AND ITS
ESSENCE.”
INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY
RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429
11.01 (2022): 248-254.
19 Nargiza, Yunusalieva. “SOCIAL AND MORAL EDUCATION OF STUDENTS
AND DEVELOPMENT OF VALUES.”
Galaxy International Interdisciplinary Research
Journal
10.1 (2022): 300-305.
20 Adxam, Z. (2021). Педагогические факторы формирования чувства Ро-
дины на основе национальных и общечеловеческих ценностей у учащихся
начальной школы. Среднеевропейский научный вестник, 17, 284-286. https://
doi.org/10.47494/mesb.2021.17.814