Koronavirus infeksiyalari profilaktikasi

CC BY f
584-585
0
0
Поделиться
Юнусова, М., & Мухамедова, Н. (2023). Koronavirus infeksiyalari profilaktikasi . Перспективы развития медицины, 1(1), 584–585. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/development_medicine/article/view/21634
Мохинур Юнусова, Ташкентский педиатрический медицинский институт

420 - 1 группа Факультет педиатрии и народной медицины

Н Мухамедова, Ташкентский педиатрический медицинский институт

Научный руководитель: доцент кафедры общественного здоровья и управления здравоохранением

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Koronaviruslar - asosan hayvonlar zararlanadigan viruslar oilasi bo'lib, ammo ba'zi hollarda odamlarga ham yuqishi mumkin. Odatda, koronaviruslar keltirib chiqaradigan kasalliklar og'ir alomatlarga olib kelmasdan yengil kechadi. Shu bilan birga, og'ir shakllari ham bo'lishi mumkin, bularga Yaqin Sharq respirator sindromi (Mers) va og'ir o'tkir respirator sindromi (Sars) kabilar mansub.


background image

584

KORONAVIRUS INFEKSIYALARI PROFILAKTIKASI

Yunusova Mohinur Pirnazar qizi, 420 - guruh 1 Pediatriya va xalq tabobati

fakulteti

Ilmiy rahbar: dotsenti Muhamedova N.S.

ToshPTI, Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi

Koronaviruslar - asosan hayvonlar zararlanadigan viruslar oilasi bo'lib, ammo ba'zi hollarda

odamlarga ham yuqishi mumkin. Odatda, koronaviruslar keltirib chiqaradigan kasalliklar og'ir
alomatlarga olib kelmasdan yengil kechadi. Shu bilan birga, og'ir shakllari ham bo'lishi mumkin, bularga
Yaqin Sharq respirator sindromi (Mers) va og'ir o'tkir respirator sindromi (Sars) kabilar mansub.

Ishning maqsadi:

aholi o'rtasida koronavirus infeksiyasi oldini olishning asosiy yo'nalishlarini

o'rganish.

Materiallar va tadqiqot usullari.

Koronavirus infeksiyasi oldini olish chora-tadbirlari juda

muhim ahamiyatga ega. Kasallikka moyil bo'lganlar: qariyalar, kichik bolalar, homilador ayollar va
surunkali kasalliklarga chalingan odamlar (astma, diabet, yurak-qon tomir kasalliklari) va immuniteti
zaif insonlardir.

Tadqiqot natijalari.

Yangi koronavirus sabab bo'lgan kasallik belgilari charchoq hissi, nafas

qisilishi, yuqori isitma, yo'tal yoki tomoq og'rig'i bilan ajralib turadi. Alomatlar ko'plab nafas yo'llari
kasalliklariga juda o'xshash, ko'pincha oddiy tumov va grippga o'xshash bo'lishi mumkin.
Boshqa nafas olish viruslari singari, koronavirus ham kasal odam yo'talganda yoki aksirganda hosil
bo'lgan tomchilar orqali tarqaladi. Bundan tashqari, har qanday ifloslangan yuzaga, masalan, eshik
tutqichiga tegsa ham tarqalishi mumkin. Odamlar virusni ifloslangan qo'llar bilan og'ziga, burniga yoki
ko'zlariga tekkanda yuqtirishadi.
O'zingizni himoya qilish uchun qila oladigan eng muhim narsa bu qo'llaringiz va yuzalaringizni toza
saqlashdir. Qo'lingizni toza tuting va sovun bilan tez-tez yuving yoki dezinfeksiyalovchi vositalardan
muntazam ravishda foydalaning. Shuningdek, yuvilmagan qo'llar bilan og'zingizga, buruningizga yoki
ko'zingizga tegmaslikka harakat qiling (odatda bunday teginishlarni biz ongsiz ravishda soatiga o'rtacha
15 marta amalga oshiramiz). Har qanday sharoitda qo'lingizni tozalashingiz uchun qo'llaringizni
tozalovchi dezinfeksiya vositalarini olib yuring. Ovqatlanishdan oldin har doim qo'lingizni yuving. Aholi
gavjum joylarda, aeroportlarda va boshqa jamoat transporti tizimlarida ayniqsa ehtiyot bo'ling. Bunday
joylarda yuzalarga va narsalarga tegishni iloji boricha kamaytiring va yuzingizga tegmang. Bir marta
ishlatiladigan salfetkani olib yuring va yo'talganda yoki aksirganda har doim burun va og'zingizni yoping
va ishlatilgandan keyin ularni tashlab yuborishni unutmang.
Boshqa odamlar barmoqlarini botirgan umumiy qadoqlar yoki idishlardan oziq-ovqat (yong'oq, chips,
pechenye va boshqalar) yemang. Epidemiologik vaziyat barqarorlashmagunga qadar, qo'l siqishish va
yonoqdan o'pib salomlashishdan saqlaning. Ish paytida ish stolingizdagi siz tegib turadigan sirt yuzalar
va qurilmalarni (kompyuter klaviaturalari, keng tarqalgan ofis uskunalari panellari, smartfon ekranlari,
masofadan boshqarish pultlari, eshik tutqichlari va tutqichlar) muntazam ravishda tozalab turing.

Yuz va niqob orasidagi bo'shliqni kamaytirish uchun burun va og'zingizni niqob bilan yumshoq qilib
yoping va uni mahkamlang. Foydalanish paytida niqobga tegmang. Masalan, uni olib tashlash uchun
ishlatilgan niqobga qo'l tekkizganingizdan so'ng, qo'lingizni yuving. Niqob namlangan yoki
ifloslanganidan so'ng, yangi toza va quruq niqob taqing. Bir martalik maskalarni qayta ishlatmang. Ular
har foydalanishdan keyin tashlanishi kerak va olib tashlangandan so'ng darhol ularni yo'q qilish kerak.
Koronavirusning oldini olishdagi profilaktika ishlari to'g'risida bolalaringizga aytib bering. Bolalarga
mikroblar qanday tarqalishini va nima uchun qo'l va yuzni yaxshilab saqlash muhimligini tushuntiring.

Xulosa:

koronavirus infeksiyasining oldini olish chora - tadbirlariga rioya qilish infeksiya bilan


background image

585

zararlanish xavfini deyarli 80 foizga kamaytiradi.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Расулова, Х. А., & Азизова, Р. Б. (2014). Естественные нейротропные аутоантитела в
сыворотке крови больных, страдающих эпилепсией. Вестник Российской академии
медицинских наук, 69(5-6), 111-116.

Библиографические ссылки

Расулова, Х. А., & Азизова, Р. Б. (2014). Естественные нейротропные аутоантитела в сыворотке крови больных, страдающих эпилепсией. Вестник Российской академии медицинских наук, 69(5-6), 111-116.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов