132
УДК: 618.1:636.5
ASAL TARKIBIDAGI DIASTOZA FERMENTINI ANIQLASH
Ibragimov Furqat Boʻriyevich
E-mail: ibragimov@mail.ru
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universitet dotsenti, veterinariya fanlari nomzodi Samarkand. Uzbekistan
Nasimova Dildora Rayimjonovna
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti, assistenti
E-mail: nasimova6446@gmail.com
Raxmatov Jahongir Orifjon Oʻgʻli
E-mail: raxmatovjahongir1997@gmail.com
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti, magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Samarqand viloyatidagi asalarichilik fermer va
dehqon xoʻjaliklarida yetishtirilgan asal mahsulotining tarkibidagi diastoza fermenti
faolligini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan tajribalarning maʼlumotlari keltirilgan.
Kalit soʻzlar:
Asal, ferment, distillangan suv, probirka, kraxmal, yod, suv
hammomi.
Mavzuning dolzarbligi:
Аsal asalarilar tomonidan gul sharbatini yigʻib qayta
ishlangan murakkab tarkibli yuqori sifatli va qimmatbaho oziq-ovqat mahsuloti boʻlib
1gr asal tarkibida 100 dan ortiq inson organizmi uchun muhim boʻlgan moddalar
boʻlishi bilan ham yuqori baholanadi. Аsal tarkibida koʻp miqdorda moddalar boʻlishi
bilan birgalikda organizmda sintezlanmaydigan aminokislotalar, garmonlar,
vitaminlar, oqsillar va fermentlar boʻlishi bilan ham katta ahamiyatga ega. Аsal
takibidagi fermentlardan invertaza, diastaza va katalaza fermentlari asosiy fermentlar
hisoblanadi. Ular gul sharbati tarkibidagi murakkab uglevodlarni, oddiy uglevodlarga
(monosaxaridlar) aylantirishda ishtirok etadi. Fermentlar asal tarkibiga asosan
oʻsimliklardan, oz miqdorda asalari jagʻosti bezi soʻlagidan oʻtadi. Аsal qimmatbaho
oziq-ovqat mahsuloti va koʻp miqdorda yetishtirishni qiyinligi sababli, isteʼmolga
chiqarilgan asal tarkibi koʻp hollarda soxtalashtiriladi. Buning natijasida asalni sifat
koʻrsatkichi va faol xususiyati pasayib ketadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib biz oʻz
tajribalarimizda turli hududlardan keltirilgan asal namunalari tarkibidagi diastoza
fermenti faolligini aniqlash boʻyicha ishlarni bajardik.
Material va metodlar:
Asalning tabiiyligini aniqlashda qoʻllaniladigan muhim
koʻrsatgichlardan biri Gote birligida ifodalanadigan diastoza soni hisoblanadi. Standart
talabi boʻyicha tabiiy asalda diastoza soni 10-65 Gote birligidan kam boʻlasligi kerak.
Bu koʻrsatgichning pasayishi asalning qalbakilashtirilganligidan dalolat beradi. Asal
50° S dan ortiq darajada qizdirilganda va uzoq muddatda saqlanganda (bir yildan ortiq)
diastozaning aktivligi qisman yoki butunlay yo‘qoladi. Diastoza fermentining
faolligini sifat usulda aniqlashda 50 ml li kolbaga 5gr asal solinib, kolbani 50 ml
133
koʻrsatgichigacha distillangan suv solindi. Tayyorlangan bu eritmani 1ml da 0,1gr asal
boʻladi (10%li eritma). Tayyor eritma 1-jadval asosida 11ta probirkaga quyildi va
jadvalda koʻrsatilgan qoʻshimchalar har bir probirkaga koʻrsatilgan miqdorda
qoʻshildi.
1-jadval
Qoʻshimchalar ml hisobida:
Eritmalar
miqdori ml
Probirkalar raqamlari
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
10% asal
eritmasi
1,0
1,3
1,7
2,1
2,8
3,6
4,6
6,0 7,7
11,1
15,0
Distillangan suv
9,0
8,7
8,3
7,9
7,2
6,4
5,4
4,0 2,3
-
-
0.58% li osh
tuzi eritmasi
0,5
0,5
0,5
0,5
0,5
0,5
0,5
0,5 0,5
0,5
0,5
1% li kraxmal
eritmasi
5,0
5,0
5,0
5,0
5,0
5,0
5,0
5,0 5,0
5,0
5,0
Diastoza soni
50,0
38,0
29,4
23,8
17,9
13,9
10,9
8,0 6,5
4,4
3,3
Probirkalar ogʻzi yopilib, yaxshilab aralashtirildi va 40%li suv hammomiga
1 soatga qoʻyildi. Keyin probirkalar suv xammomidan olinib, xona haroratigacha
sovitildi va har bir probirkaga 1ml dan yod eritmasi quyildi. Bunda qaysi probirkada
1ml dan yod eritmasi quyilgandan keyin, kraxmal parchalanmasa eritma koʻk rangga
kiradi. Bu diastaza fermentining yoʻqligidan dalolat beradi. Аgar probirkadagi
eritmada binafsha rang hosil boʻlsa, bunda kraxmal qisman parchalangan, diastaza
fermenti kam yoki faolligi past. Eritmada kraxmal toʻliq parchalangan boʻlsa (kraxmal
boʻlmasa), yod bilan reaksiya sodir boʻlmaydi, natijada rang oʻzgarishi kuzatilmaydi.
Diastoza sonini hisoblashda reaksiya koʻrsatgan probirkadagi 10% li asal eitmasi
miqdorini birlik sanoq sistemasidan oʻnlik sanoq sistemasiga oʻtkazib olinadi va toza
asal miqdoriga boʻlish orqali aniqlanadi.
Olingan natijalar va ularning tahlili:
Biz tomonimizdan oʻrganilgan 4 ta asal
namunalari sifat usulda tekshirish ishlaridan olingan natijalar quyidagi jadvalda oʻz
aksini topdi.
2-jadval
№
Asal namunalari
Tekshirish
natijalarida rang
oʻzgarishlari
Diastoza fermentining
faollik koʻrsatgichi
Gote birligida
1.
“Orzu Olim Dilmurod” F/X
Rang oʻzgarishi
kuzatilmadi
13,9
2.
“Bolari Lazzati” D/X
Binafsha
10,9
3.
“Shifo Moʻjizasi” F/X
Rang oʻzgarishi
kuzatilmadi
13,1
4.
“Jartepa asali” D\X
Rang oʻzgarishi
kuzatilmadi
12,3
134
Olingan natijalar muhokamasi:
2-jadvalda keltirilgan maʼlumotlar shuni
koʻrsatadiki, “Orzu Olim Dilmurod”, “Shifo Moʻjizasi”, “Jartepa asali” fermer va
dehqon xoʻjaliklaridan keltirilgan asal namunalarida diastoza fermentini faollik
koʻrsatgichi yuqori. Kattaqoʻrgʻon tumani “Bolari Lazzati” dehqon xoʻjaligidan
keltirilgan asal namunasida diastaza fermentini faollik koʻrsatgichi talab darajasidan
past ekanligini bildirdi.
Xulosa:
Respublikamiz aholisining toza asalga boʻlgan talabi yuqori darajada
hisoblanadi. Lekin hozirgi vaqtda asalni sifatini belgilovchi asosiy koʻrsatkichi boʻlgan
diastoza fermentining miqdori sotuvdagi asalda belgilangan miqdordan kam ekanligi
kuzatilmoqda. Biz tomonimizdan oʻrganilgan Kattaqoʻrgʻon tumani “Bolari Lazzati”
dehqon xoʻjaligidan keltirilgan asal namunasida diastoza fermenti faollilik koʻrsatgichi
past ekanligi aniqlandi. Olingan bu natija asalni soxtalashtirilganligini koʻrsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A.I. Isamuhammedov. Asalarichilik. “Oʻqituvchi” 1995-yil.
2.
S.M. Murodov. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarining veterinariya sanitariya
ekspertizasi, qayta ishlash texnologiya asoslari va standartizatsiyasi. Darslik.
Samarqand, 1997 yil.
3.
S.M. Murodov. Veterinariya – sanitariya ekspertizasi. Darslik. Samarqand,
2006-yil.
4.
A.I. Isamehammedov, X.K. Nikadambayev. Asalarichilikni rivojlantirish
asoslari. Toshkent, 2013-yil.
5.
S.M. Murodov, F.B. Ibragimov, S.F. Xoliqov, Achilov O.E. Veterinariya-
sanitariya ekspertizasi fanidan laboratoriya mashgʻulotlarini bajarish boʻyicha uslubiy
qoʻllanma. Samarqand, 2017-yil.