Влияния эймериостатиков на формерования иммунитета против болезни и на морфологические показатели рови кур

CC BY f
363-368
63
16
Поделиться
Давлетбай Ибрагимов, Самаркандский ветеринарный медицинский институт, кафедра биохимии и патологической физиологии животных

katta o‘qituvchisi

Дусмурат Эшимов, Самаркандский ветеринарный медицинский институт, кафедра биохимии и патологической физиологии животных

Rahbar, dotsent

Диёр Тошмуродов, Самаркандский ветеринарный медицинский институт, кафедра биохимии и патологической физиологии животных

tayanch doktoranti

Мансур Шомуродов, Самаркандский ветеринарный медицинский институт, кафедра биохимии и патологической физиологии животных

laborant

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассмотрена эффективность никрабазина-25, монлара и ампробела эймериостатиков при экспериментальном эймериозе кур, влияние на иммунную систему и морфологию крови в организме на фоне заболевания.

Похожие статьи


background image

363

UDK: 619:616.993.192.612:11/12.636.5

TOVUQLAR EYMERIOZGA QARSHI QO‘LLANILGAN

EYMERIOSTATIKLARNING IMMUNITETGA VA QONNING

MORFOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI

Ibragimov Davletbay

SamVMI “Hayvonlar fiziologiyasi biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi

katta o‘qituvchisi.

Eshimov Dusmurat

SamVMI “Hayvonlar fiziologiyasi biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi

mudiri dotsent. Samarqand. O‘zbekiston.

Toshmurodov Diyor Sobir o‘g‘li

SamVMI “Hayvonlar fiziologiyasi biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi

tayanch doktoranti.

Shomurodov Mansur Akmal o‘g‘li

Talaba. SamVMI “Hayvonlar fiziologiyasi biokimyosi va patologik fiziologiya”

kafedrasi laboranti.

Izoh: Maqolada jo‘jalarning eksperimental eymeriozida Nikrabazin-25, monlar

va amprobel eymeriostatiklarining samaradorligi, kasallikka qarshi organizmda hosil
bo‘ladigan immunitetga va qonning morfologik ko‘rsatkichlarig ta’sir doiralari
o‘rganilgan.

ВЛИЯНИЯ ЭЙМЕРИОСТАТИКОВ НА ФОРМЕРОВАНИЯ

ИММУНИТЕТА ПРОТИВ БОЛЕЗНИ И НА МОРФОЛОГИЧЕСКИЕ

ПОКАЗАТЕЛИ РОВИ КУР

Аннотация: В статье рассмотрена эффективность никрабазина-25,

монлара и ампробела эймериостатиков при экспериментальном эймериозе кур,

влияние на иммунную систему и морфологию крови в организме на фоне

заболевания.

Ключевые слова: Цыплят, ооцист, иммунитет, летальная доза, шприц,

зонд, кровь, эритроцит, гемоглобин, лейкоцит, тромбоцит.

EFFECT OF EMERIOSTATICS APPLIED AGAINST EMERIOSIS IN

CHICKENS ON IMMUNITY AND MORPHOLOGICAL

INDICATIONS OF BLOOD

Annatation: The article examines the effectiveness of Nikrabazin-25, monlar

and amprobel eymeriostatics in experimental eimeriosis of chickens, the impact on the
immune system and blood morphology in the div against the disease.

Keywords: Chicks, oocyst, immunity, lethal dose, syringe, probe, blood,

erythrocyte, hemoglobin, leukocyte, platelet.


background image

364

Mavzuning dolzarbligi.

O‘zbekiston respublikasida mustaqillikka erishgandan

keyin tovuqchilik fabrikalari asosan aksionerlik, masuliyati cheklangan jamiyatlarda,
dehqon fermer, va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda asralib kelinmoqda.

Parrandalarning eng mahsuldor zotlari xorijiy mamlakatlardan keltirilib simli

katakchalarda hamda to‘shamalar ustida cheklangan joyda ko‘p bosh soni
saqlanayotgan bir vaqtda ularnig orasida infeksion, invazion va ichki yuqumsiz
kasalliklar tez-tez uchrab turadi. Oqibatda xo‘jaliklarga katta iqtisodiy zarar yetkazadi.

Parazitar kasalliklardan eymerioz kasalligi sababli yosh parrandalarning nafaqat

ko‘pchiligi nobud bo‘lishiga qaramasdan qolganlari o‘sish va rivojlanishdan qoladi.

Kasallik qo‘zg‘atuvchilari katta reproduktiv xususiyatga ega ya’ni

E.aservulinaning bitta oosistasi ikki hafta ichida 2 mln.gacha reproduksiya berish
xususiyatiga ega. Hozirgi vaqtda qo‘zg‘atuvchilarni o‘ldiraoladigan bironta
dezinfektant mavjud emas.

Qo‘zg‘atuvchilarning endogen rivojlanishiga qarshi kurashish borasida

kimyoviy preparatlardan foydalaniladi. Ular ham ta’sir mexanizmiga qarab ikki
guruhga bo‘linadi jumladan:

1. Tovuqlar organizmida kasallikga qarshi hosil bo‘ladigan immunitetga

to‘sqinlik qiladigan. Bu guruhga ma’nsub koksidiostatiklar kasallikning oldini olish
maqsadida broyler yo‘nalishidagi tovuqlarga bir kunligidan boshlab to so‘yilishiga
5 kun qolganigacha uzluksiz beriladi. 2 guruh preparatlar ham go‘sht va nasldor
parrandachilikda kasallikning oldini olish maqsadida vaqti vaqti bilan qo‘llash mumkin
bo‘ladi.

Eymerioz kasalligining qo‘zg‘atuvchilari ichak tizimining har xil bo‘laklarida

shilliq pardalarda rivojlanib so‘rilish jarayonini buzadi va ayrim turlari gemorragik
jarayonlarni hosil qilib qon ketish sababli o‘lim sodir bo‘ladi. Qo‘llaniladigan
eymeriostatiklarga kasallik qo‘zg‘atuvchilari qisqa vaqt ichida ya’ni 4-5 yilda o‘rganib
qoladi. Shuning uchun bu kasallikni davolash va profilaktika qilish maqsadida yangi
yangi preparatlar ishlatish zarur.

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari.

Parrandachilik amaliyotiga eymerioz

kasalligini davolash va profilaktika qilish maqsadida xorijiy mamlakatlarda sintez
qilingan yangi koksidiostatiklarni sinovdan o‘tkazish

– jo‘jalarning eksperimental eymeriozida yangi koksidiostatiklarning

samaradorligi

– qo‘llanilgan koksidiostatiklarning jo‘jalar organizmida eymerioz kasalligiga

qarshi hosil bo‘lgan immunitetga ta’sirini o‘rganish.

– koksidiostatiklarning eymerioz invaziyasining intensivligiga ta’sirini

o‘rganish

– koksidiostatiklarning jo‘jalar qonining morfologik ko‘rsatkichlariga ta’sirini

o‘rganish

Materiallar va tadqiqot usullari:

Tajribalar Samarqand veterinariya

meditsinasi institutining “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya
” kafedrasining ilmiy laboratoriya olib borildi.

Labaratoriya tajribalari uchun “Lomann-LSL-Klassik” zotiga ma’nsub bir

kunlik jo‘jalar SP “Axaliq Loman Parranda” tovuqchilik korxonasidan 50 bosh jo‘jalar


background image

365

olib kelindi va tushamalar ustiga kasallik qo‘zg‘atuvchilaridan ozod toza joyga
joylashtirildi. Ular toza oziqa bilan hamma oddiy vodoprovod suvi bilan ta’minlandi.
Jo‘jalar 14 kunlik bo‘lganlarida ulardan analoglar qoidasiga rioya qilingan holda tirik
vaznlari 10 boshdan oddiy tarozida o‘lchanib beshta guruh tuzildi.

Birinchisi qiyosiy toza nazorat bo‘lib ular tajriba oxirigacha toza oziqa bilan

oziqlantirildi. Ikkinchisi qiyosiy yuqtirilib davolanmagan nazorat guruhi jo‘jalari
eymerioz kasalligi qo‘zg‘atuvchilarining eng virulentli turlari bilan (Ye.asurvulina-200
ming, Ye.maksima-20 ming, Ye.tenella-40 ming dona 1 mm

3

suspenziyada) oldin

o‘ldirish dozasi (O‘D

50-75

) titrlangan, sporalangan oosistalar shpris zond orqali 1

ml.dan jo‘jalarning zobiga yuborilib yuqtirildi va tajriba oxirigacha toza oziqa bilan
boqildi. Uchinchi tajriba guruhi jo‘jalariga yuqtirilishi bilanoq 12 kun davomida
nikarbazin –

25 koksidiostatigidan 500 mg/kg oziqa bilan berildi. Toʻrtinchi t

ajriba

guruhiga esa zararlantirilishi bilan monlar eymeriostatigidan 1000 mg/kg oziqa bilan

va beshinchi tajriba guruhi joʻjalariga yuqtirilgandan keyin amprobel

koksidiostatigidan 400 mg/kg oziqaga nisbatan 12 kun davomida berildi. Tajriba
tugagandan keyi

n yana joʻjalarning tirik vaznlari oʻlchandi.

Qoʻllanilgan koksidiostatiklarning samaradorlik koʻrsatkichlari joʻjalarning

saqlanuvchanlik va bir bosh joʻja tirik vaznining oʻsish foiziga, eymeriozga qarshi

indeksiga (EQI), oosistalar reproduksiyasiga, qon

ning morfologik koʻrsatkichlariga,

ichki organlardagi

patologoanatomik oʻzgarishlarga hamda kasallikning klinik

a’lomatlari paydo bo‘lishi va bo‘lmasligiga qarab baholandi.

Eymeriozga qarshi indeks (EQI) D.V.Porter va S.A.Djonson (19966) hamda

M.В.Kроликов

(1969) takomillashgan usuli bo‘yicha

Invaziyaning intensivligini jo‘jalar eymerioz qo‘zg‘atuvchilari bilan

yuqtirilgandan keyin 5, 7, 10, 15 va 20-

chi kunlari ГОСТ 25383

-

82 (СT СЭВ 2547

-

80) «Meтоды лабараторной диагностики коксидиоза» q

o‘llanmasiga asosan 1

gramm axlat tarkibidagi oosistalar soni aniqlandi.

Eymerioz kasalligiga qarshi jo‘jalar organizmida hosil bo‘lgan immunitet

darajasini birinchi marta yuqtirilgan qo‘zg‘atuvchilari bilan 21 kun o‘tgach yana shu
oosistalar turlarining aralashmalari bilan 2 LD

100

dozada qayta yuqtirish yo‘li bilan

aniqlandi.

Qonning morfologik ko‘rsatikichlari tajribaning 5, 7, 10, 15 va 20-chi kunlari

jo‘jalar qanot osti venasidan qon olinib tekshirildi.

Qon tarkibidagi gemoglobin miqdori gemoglobin-sianid usulida

(ayetonsiangidrin bilan) FEK-56M-da aniqlandi I.P.Kondraxin va boshq. (1985).

1 mm

3

qonidagi eritrositlar, leykositlar va trombositlar soni Goryayev sanoq

to‘rida Romanov Gimza va metilvialent buyoqlari bilan bo‘yalib I.A.Bolotnikov,
Yu.V.Solovyov (1980) usullarida sanaldi.

Tajriba davomida olingan raqamlarga S.I.Lyutinskiy va V.S.Stepinlar (1989)

uslublarida statistik ishlov berilib ular orasidagi farqlarga Styudent jadvalidan
foydalanib aniqlik kiritildi R < 0,05.

Tadqiqot natijalari.

Bu borada «Lomann Braun» zotiga ma’nsub bir kunlik

jo‘jalar olindi va umumiy gala qilib to‘shamalar ustida boqildi. Ularga 14 kun
to‘lganlarida tirik vaznlari oddiy tarozida o‘lchandi va 5 ta guruh tuzildi, har birida 10
boshdan qilinib alohida joylashtirildi.


background image

366

Birinchi guruh jo‘jalari qiyosiy toza nazorat bo‘lib ularga oddiy oziqa berildi.

Ikkinchi guruh jo‘jalari Ye.aservulina, Ye.maksima, Ye.tenella qo‘zg‘atuvchilarining
aralash kulturasi bilan O‘D

50-70

dozada shpris zond orqali har birining zobiga 1 ml.dan

jo‘natildi va tajriba oxirigacha toza yem bilan boqildi. Uchinchi tajriba guruhi jo‘jalari
yuqtirilishi bilanoq nikarbazin-25 koksidiostatigidan 500 mg/kg oziqa bilan, to‘rtinchi
tajriba guruhi jo‘jalariga zararlanishi bilan monlar 1000 mg/kg oziqa bilan va beshinchi
tajriba guruhi jo‘jalari yuqtirilishi bilan amprobel 400 mg/kg oziqa bilan12 kun
davomida berildi.

Jo‘jalarni eymerioz qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlash payti
Qo‘llanlgan preparatlarning eymerioz kasalligiga qarshi samaradorligiga,

jo‘jalarning saqlanuvchanligiga, bir bosh jo‘ja tirik vaznining o‘sishiga, EQI,
kasalligiga xos klinik alomatlarning paydo bo‘lishi va ichki organizmdagi
patologoanatomik o‘zgarishlarga qarab baholandi.

Shunday qilib tajriba guruhlaridagi jo‘jalar qo‘llanmalariga asosan nikarbazin-

25, monlar va amprobel preparatlarini 12 kun davomida oziqa orqali olganlarida
tajribaning oxirigacha kasallikning klinik alomatlari namoyon bo‘lmasdan tashqi
muhit ta’surotchilariga javob reaksiyasi yuqori bo‘lib saqlanuvchanlik darajalari
100%-larni, bir bosh jo‘janing tirik vaznining o‘sishi 131,0, 128,5, 123,4 foizlarni
tashkil etib EQI-lari esa 194,2, 192,4 va 189,0 ballarga oshdi.

O‘lgan jo‘jalarning murdasi yorib ko‘rilganida ingichka bo‘lim ichaklarning

shilliq paradalari kataral yallig‘lanishlar va tajribaning 5, 6 va 7-chi kunlari ko‘r
ichakning ichki bo‘shlig‘ida gemmoragik holatlar, shilliq pardasida nuqtali qon
quyilishi kabi o‘zgarishlar kuzatilib, bu guruhdagi saqlanuvchanlik 30 %-ni, bir bosh
jo‘ja tirik vaznining o‘sishi 19,5 %-ni va EQI-44,0 ballni tashkil etdi.

Laboratoriya tajribasining 21-chi kuni qo‘llanilgan koksidiostatiklarning jo‘jalar

oranizmida kasallikga qarshi hosil bo‘ladigan immunitetga ta’sirlarini aniqlash
maqsadiga birinchi marta yuqtirgan oosistalarning 2 O‘D

100

dozada qayta yuqtirildi va

8-chi kuniga kelib birinchi qiyosiy toza nazorat guruhidagi jo‘jalarning
saqlanuvchanligi 30,0 %-ni hamda nikarbazin-25 preparatini olgan 3-chi tajriba guruhi
jo‘jalari 40,0 %-ni tashkil etdi. Qolgan guruhlarning barchasida saqlanuvchanlik
darajalari 100 %-larni tashkil etdi.

Jo‘jalarning eksperimental eymeriozida preparatlarning samaradorligi

T/r

Guruhlar

nomi

Preparatlar

nomi

Preparatlar

dozasi

(mg/kg

oziqa bilan)

Guruhlardagi

jo‘jalar bosh

soni

Saqlanuv-

chalik (%)

Tirik

vazning

o‘sishi

(%)

EQI
(200

ball)

1

Qiyosiy
yuqtirilmagan
nazorat

-

-

10

100

139,0

200

2

Qiyosiy
yuqtirilib
davolanmagan
nazorat

-

-

10

30

19,5

44,0

3

Tajriba

Nikrabazin-
25

500

10

100

131,0

194,2

4

Tajriba

Monlar

1000

10

100

128,5

192,4

5

Tajriba

Amprobel

400

10

100

123,4

189,0


background image

367

Invaziyaning maksimal intensivlik darajasi yuqtirilib davolanmagan qiyosiy

nazorat (2-chi) guruhi jo‘jalari axlatida kuzatilib tajribaning 5-chi kuni 780 ming,
7-chi kuni 1,350 ming, 10-chi kuni 298 ming, 15-chi kuni 36 ming va 20-chi kuniga
kelib 2 ming oosista 1 g. axlat bilan ajraldi.

Tajriba guruhlari jo‘jalarining nikrobazin-25 preparatini 500 mg/kg oziqa bilan

olganlarida (3-chi guruh) kuzatishning 5-chi kuni 249 ming, 7-chi kuni 362 ming,
10-chi kuni 140 ming, 15-chi kuni 18 ming va 20-chi kuni 1 ming dona oosistalar
g. axlat bilan ajraldi.

To‘rtinchi tajriba guruhi jo‘jalari monlar ionofor antibiotigini 1000 mg/kg oziqa

bilan olganlarida tajribaning 5-chi kuni 264 ming, 7-chi kuni 412 ming, 10-chi kuni
159 ming, 15-chi kuni 27 ming va 20-chi kuniga kelib 1 g axalat bilan 3 ming dona
oosistalar ajraldi.

Beshinchi tajriba guruhi jo‘jalari amprobel preparatini 400 mg/kg oziqa bilan

12 kun davomida olganlarida tajribaning 5-chi kuni 335 ming, 7-chi kuni 655 ming,
10-chi kuni 213 ming, 15-chi kuni 30 ming va 20-chi kuni 2 ming dona oosistalar 1 g
axlat bilan ajraldi.

Qonning gematologik va oqsilli qismining ko‘rsatkichlari organizmning

umumiy funksional hamda immunologik holatlarini belgilaydi.

Tajriba davomida jo‘jalarni eymerioz qo‘zg‘atuvchilarining aralash turlari bilan

O‘D

50-70

dozada yuqtirilib preparatlar olgan guruh jo‘jalari qonining morfologik

ko‘rsatkichlari soni va sifati jihatidan qiyosiy toza nazorat guruhi jo‘jalari qonining
morfologik ko‘rsatkichlaridan farq etmadi R < 0,05.

Qonning morfologik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar asosan 2-chi qiyosiy

yuqtirilib davolanmagan nazorat guruhi jo‘jalari qonida kuzatildi.

Tajribaning 5,7,10,15-chi kuni 1 mm

3

qondagi eritrositlar soni 28,8 %,7- kuni

37,3%, va 8,4% 15 kuni qiyosiy nazorat guruhidan farq etmadi. Gemoglobin miqdori
27,3 %, 45,6, 14,2%, 6,1% trombositlar sonlari 24,7 %, 33,2%, 48,1% va 12,1% larga
qiyosiy toza nazorat jo‘jalarining qon ko‘rsatkichlariga nisbatan kamaygan.

Xulosa.

Jo‘jalarning eksperimental eymeriozida qo‘llanilgan eymeriostatiklar

ya’ni monlar, nikarbazin-25 va amprobel preparatlari kasallikdan to‘lig‘icha saqlab
qolish xususiyatiga ega. Invaziya intensivligini 3-4 barobarga kamaytirib qonning
morfologik ko‘rsatkichlariga hamda organizmda kasallikga qarshi hosil bo‘ladigan
immunitetga monlar, amprobel preparatlari salbiy ta’sir qilmaydi, lekin nikarbazin-
25 salbiy ta’sir ko‘rsatganligi uchun uni faqat broiler yo‘nalishida ishlatish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Паразитология и инвазионные болезни животных/ М. Ш. Акбаев, А. А.

Водянов, Н. Е. Косминков и др.; под ред. М. Ш. Акбаева.

-

М.: КолосС, 2002.

-

743с.

2. Практикум по болезням птиц / Б. Ф. Бессарабов, Ф. И. Василевич, И. И.

Мельникова и др.

-

М.: КолосС, 2005.

-

200 с.

3

. Вскрытие и патоморфологическая диагностика болезней животных/ под

ред. А. В. Жарова.

-

М.: Колос, 2000.

-

400с.


background image

368

4

. Жаров А.В., Шишков В.П., Жаков М.С. и др., Патологическая анатомия

сельскохозяйственных животных.

--

4е изд., перераб. и доп.

--

М.: КолосС, 2003.

--

568с.

5

. Практикум по болезням птиц / Б.Ф. Бессарабов, Ф.И. Василевич, И.И.

Мельникова и

др.

-

М.: КолосС, 2005.

-

200с.

6.

Беспалова Н.С. Современные противопаразитарные средства в

ветеринарии.

-

М.: КолосС, 2006.

-

192с.

7

. Методические указания к выполнению и оформлению курсовой работы

по паразитологии и инвазионным болезням животных. / Н.С. Беспалова, И.Д.

Шелякин, В.А. Степанов.

-

Воронеж, 2006.

-

35с.

8

. Андреева А. Журнал "Ценовик.

Cельскохозяйственное

обозрение"

-

Москва, 2015.

-

177с.

9

. Слюсарь А. Журнал

«Perfect Agriculture». –

М.: Издатель и учредитель:

ООО «Агентство «Современные технологии», Выпуск № 3/2015.

10

. Кузьменко Т. интернет

-

издание "AtmAgro. Агропромышленный

вестник". 2014

- http://atmagro.ru

Библиографические ссылки

Паразитология и инвазионные болезни животных/ М. Ш. Акбаев, А. А. Водянов, Н. Е. Косминков и др.; под рсд. М. Ш. Акбасва. - М.: КолосС, 2002. -743с.

Практикум по болезням птиц / Б. Ф. Бессарабов, Ф. И. Василевич, И. И. Мельникова и др. - М.: КолосС, 2005. - 200 с.

Вскрытие и патоморфологическая диагностика болезней животных/ под рсд. А. В. Жарова. - М.: Колос, 2000. - 400с.

Жаров А.В., Шишков В.П., Жаков М.С. и др., Патологическая анатомия сельскохозяйственных животных.—4е изд., перераб. и доп.—М.: КолосС, 2003.— 568с.

Практикум по болезням птиц / Б.Ф. Бессарабов, Ф.И. Василевич, И.И. Мельникова и др. - М.: КолосС, 2005. - 200с.

Беспалова Н.С. Современные противопаразитариые средства в ветеринарии. - М.: КолосС, 2006. - 192с.

Методические указания к выполнению и оформлению курсовой работы по паразитологии и инвазионным болезням животных. / Н.С. Беспалова, И.Д. Шелякин, В.А. Степанов. - Воронеж, 2006. - 35с.

Андреева А. Журнал "Ценовик. Сельскохозяйственное обозрение" -Москва, 2015. - 177с.

Слюсарь А. Журнал «Perfect Agriculture». - М.: Издатель и учредитель: ООО «Агентство «Современные технологии», Выпуск № 3/2015.

Кузьменко Т. интернет-издание "AtmAgro. Агропромышленный вестник". 2014 - http://atmagro.ru

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов