Совершенствование диагностики и лечения персистирующих желтых тел у продуктивных коров (обзор литературы)

CC BY f
479-481
21
18
Поделиться
Сардор Суванов, Ветеринарный научно-исследовательский институт

Докторант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье представлен анализ литературы по диагностике и лечению персистентного желтого тела у коров


background image

478

UDK:619.616.993.193.1:636.22/28.

MAHSULDOR SIGIRLARDA PERSISTENT SARIQ TANANING

DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH

(Adabiyotlar tahlili)

Suvanov Sardor Anvarovich

Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti

Samarqand. O‘zbekiston

Annotasiya:

Maqolada sigirlarda persistent sariq tananing diagnostikasi va

davolash vositalarining usullari bo‘yicha adabiyot ma’lumotlarining taxlili bayon
qilingan.

IMPROVEMENT OF DIAGNOSIS AND TREATMENT OF PERSISTENT

YELLOW BODIES IN PRODUCTIVE COWS

(Literature review)

Annotation:

The article provides an analysis of the literature on the diagnosis

and treatment of persistent jaundice in cows.

Keywords:

ovaries, hypofunction, corpus luteum, infertility, heartburn,

reproductive organs, follicular cyst, nymphomania.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ДИАГНОСТИКИ И ЛЕЧЕНИЯ

ПЕРСИСТИРУЮЩИХ ЖЕЛТЫХ ТЕЛ У ПРОДУКТИВНЫХ КОРОВ

(обзор литературы)

Аннотация:

В статье представлен анализ литературы по диагностике и

лечению персистентного желтого тела у коров.

Ключевые слова:

яичники, гипофункция, желтое тело, бесплодие, изжога,

репродуктивные органы, фолликулярная киста, нимфомания.

Mavzuning dolzarbligi.

Respublikamiz Prezidentining qator farmon va qarorlari

aholini sifatli go‘sht va sut bilan ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, bugungi
kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Mahsuldor sigirlarda reproduktiv
a’zolar kasalliklari va persistent sariq tana oqibatida bepushtliklarning kuzatilishi
sigirlarda mahsuldorlik va ulardan bola olishning kamayishi, yuqori mahsuldor
hayvonlardan xo‘jalikda foydalanish muddatlarining qisqarishi hisobiga katta iqtisodiy
zararga sabab bo‘lmoqda.

Respublikamiz fermer xo‘jaliklariga xorijdan keltirilgan sigirlar orasida

bepushtliklarning kelib chiqishi sabablari, rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish asosida
tuxumdonlar funksional xolatiga ta’sir etuvchi va uning kasalliklarini, jumladan,
persistent sariq tanaga diagnoz qo‘yish va davolash usullarini takomillashtirish va
amaliyotga tavsiya etish tadqiqotlarimiz maqsadini tashkil etadi.


background image

479

Persistent yoki so‘rilmay qolgan sariq tana - deb bo‘g‘oz bo‘lmagan hayvon

tuxumdonidagi tug‘ishdan 25-30 kundan keyin so‘rilib ketmagan sariq tanaga aytiladi.
Ko‘pchilik mutaxassislar persistent sariq tana follikulalarning yetilishi va
rivojlanishini susaytiradigan gormonlar ishlab chiqaradi, hamda 30-75 % hollarda
hayvonning qisir qolishiga sabab bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelishgan.
Persistent sariq tana ko‘pincha sigirlarda va kamroq boshqa turdagi hayvonlarda
uchraydi. [3]

Sigir tuqqach, 3-5 kundan keyin bo‘g‘ozlik sariq tanasining gormonal funksiyasi

tugaydi va 15-16 kuniga borib, to‘liq so‘rilib ketadi. Persistent sariq tana bo‘g‘ozlik
sariq tanasidan va ko‘pincha anovulyator jinsiy sikl oqibatida jinsiy sikl sariq tanasidan
hosil bo‘lishi mumkin.

Persistent sariq tananing asosiy belgisi hayvonning kuyga kelmasligidir. Kamdan

kam hollarda hayvonda kuyikish bo‘lsada, ovulyasiya bo‘lmaydi. To‘g‘ri ichak orqali
tekshirishda bitta yoki ikkala tuxumdonlarning biroz kattalashganligi, yuzasining
noteks va tuxumdonning o‘z to‘qimasiga qaraganda zichlashganligi qo‘lga seziladi.
Bachadon bo‘shashgan, kattalashgan, qorin bo‘shlig‘iga osilib tushgan, ayrim hollarda
patologik o‘zgarishlarsiz bo‘ladi.

Persistent sariq tanani bo‘g‘ozlikda uchraydigan haqiqiy sariq tanadan farqlash

ba’zan qiyin bo‘ladi. Shuning uchun davolashga kirishishdan oldin hayvonni bo‘g‘oz
emasligiga ishonch hosil qilish kerak, chunki bo‘g‘oz bo‘lsa bola tashlashi mumkin.
Hayvonning bo‘g‘oz-qisirligi noaniq bo‘lsa, 2-3 haftadan keyin yana tekshirib ko‘rish
kerak.[2]

Persistent sariq tana og‘ir kasalliklar yoki hayvonlarni noto‘g‘ri parvarishlash va

oziqlantirish natijasida kelib chiqadi. To‘liq fiziologik rivojlanmagan hayvon birinchi
marta tuqqanida ko‘pincha tuxumdonlar gipofunksiyasi kuzatiladi. Yetarli
oziqlantirmaslik, rasionda mineral moddalar va vitaminlarning yetarli bo‘lmasligi
tuxumdonlar faoliyatining susayishiga va fiziologik sariq tana so‘rilmasdan potologik
holatga o‘tishiga olib keladi. Bir tomonlama o‘ta to‘yimli oziqlantirish ham
tuxumdonlarda yog‘ to‘planishi va follikulalarning degenerasiyaga uchrashi potologik
sariq tana saqlanib qolishi tufayli tuxumdonlar funksiyasining susayishi va atrofiyasiga
sabab bo‘lishi mumkin [9].

Bepushtlikning belgilari hayvonning uzoq muddat davomida kuyga kelmasligi,

bir necha marta urug‘lantirishdan keyin ham urug‘lanmaslik, jinsiy sikl muddatlarining
buzilishi hisoblanadi [5].

Persitent sariq tanaga diagnoz asosan anamnez ma’lumotlari, klinik belgilari va

rektal tekshirishga asoslanadi. Bazan biopsiya usulidan foydalaniladi.

Davolashda tuxumdonlarda qon aylanishi va oziqlanishini yaxshilash maqsadida

har bir tuxumdon 3-5 daqiqa davomida massaj qilinadi. Tuxumdonlar faoliyatini
qo‘zg‘atish uchun estrogenlar bilan birga vagotron moddalar ham ishlatiladi: teri ostiga
0,5%-li prozerin eritmasi yoki 0,1%-li karboxolin eritmasi 2-3 ml yuboriladi, shundan
5 kun o‘tgach esa 0,005%-li stilbestrol eritmasidan 2 ml muskul orasiga yoki
sinestrolning 1%-li yog‘li eritmasidan 1-1,5 ml teri ostiga yuboriladi. Kuyga kelishini
yaxshilash uchun ineksiyani 24-28 soat oralatib, 4-5 marta takrorlash kerak. [7].

Yuqori mahsuldor sigirlarda tuxumdonlar gipofunksiyasi paytida dinamik

elektroneyrostimulyasiya usulini qo‘llash davolashni boshlashdan otalanishgacha


background image

480

bo‘lgan muddatni 18,4 kunga qisqarishini, birinchi marta o‘rug‘lantirishda otalanishni
30,36% ga ortishi va otalanish indeksini 0,3 ga kamayishini ta’minlaydi [6].

Sinxronlash usullaridan birining mohiyati shundan iboratki sigir va tanalarga 6-

15 kun davomida progestogenlardan biri (progesteron, magestrol asetat va b.,) ineksiya
qilinadi, undan keyin BBQZ (bo‘g‘oz biya qon zardobi) yoki estrogenlardan biri
ineksiya qilinadi. Yana bir variantda jinsiy qo‘zg‘alishni sinxronlashda prostoglandin
F

2

α yoki uning sintetik analoglari (10-11 kun oraliq bilan 2 marta) qo‘llaniladi [9].

Adabiyot [8] ma’lumotlariga ko‘ra, sigirlarning asosiy podadan chiqarilishiga 80-

90% hollarda bepushtliklar, modda almashinuvlarining buzilishi kasalliklari – 74-90%,
sut bezlarining kasalliklari – 17%, tuxumdonlar gipofunksiyasi – 19%,
tuxumdonlarning follikulyar va lyuteal kistalari – 3%, oyoqlarning kasalliklari – 15-17
%, ovqat hazm qilish tizimining kasalliklari - 14-16%, mahsuldorlikning past bo‘lishi
– 18 % hollarda sabab bo‘ladi. Sigirlardan xo‘jalikda foydalanish o‘rtacha 2,6
laktasiyaga teng bo‘lgan.

Hayvonlarda

tuxumdonlar

kasalliklari

tuxumdonlar

funksiyalarining

buzilishlarida gonadotrop gormonlar, F-2α va gonadoliberinlar, ayrim hollarda
neyrotrop preparatlar (prozerin, karbaxolin) va tuxumdonlar gormonlari preparatlari
(progestagenlar, estrogenlar) ishlatiladi. Gormonal preparatlar tuxumdonlarning
endokrin

va

generativ

funksiyalarini

me’yorlashtiradi,

bachadonning

qisqaruvchanligini oshiradi, proleferativ-sekretor jarayonlarni faollashtirib, sigir va
tanalar pushtdorligini tiklaydi.

Adabiyot [1] ma’lumotlariga ko‘ra persistent sariq tanaga diagnoz qo‘yish asosan

anamnez ma’lumotlati, klinik belgilari va ovulyatsiyadan sung 9-11-kun tug‘ri ichak
orqali tuxumdonlar paypaslab ko‘riladi. Jinsiy siklning 10-11 kuni odatda sariq tana
tuxumdon yuzadida qo‘ziqorin shaklida yumshoq kosistensiyada bo‘ladi.

Davolashda asosan dori preparatlaridan foydalaniladi.

1. Multivet 15 ml muskul ichiga.
2. Surfagon 5 ml dozada (25 mkg) birinchi urug‘lantirishdan 8-10 soat avval.
3. 50 mkg (10 ml) surfagon muskulga urug‘lantirilgandan 8-10 kundan so

ng.

Xulosa:

Adabiyot ma’lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, xozirgi kungacha

Respublikamiz qoramolchilik fermer xo‘jaliklari sharoitida parvarishlanayotgan
sigirlar orasida reproduktiv a’zolar kasalliklari va tuxumdonlarda persistent sariq
tananing tarqalishi oqibatida mahsuldor sigirlarning bepusht bo

‘lib qolishi va

mahsuldorligini keskin kamayishiga olib kelmoqda ushbu kasallikni

diagnostikasi

va davolash, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitlariga mos keladigan usullari yetarlicha
ishlab chiqilmagan va natijada mol bosh sononi ko

‘paytirish va mahsulot olishning

bir muncha sezilarli darajada kamayishiga olib kelmoqda.

Adabiyotlar ruyxati

1.

Губаревича Я. Г управление репродуктивной функцией у коров в

условиях молочно-товарных Витебск ВГАВМ, 2018

2.

Дюльгер Г. П., Храмцов В.В. и др., Лекарственные средства,

применяемые в ветеринарном акушерстве, гинекологии, андрологии и
биотехнике размножения животных: Справочное пособие. - СПб.: Издательство
«Лань», 2016,- 2 7 2 с.


background image

481

3.

Кондрахин И.П., Левченко В.И. Диагностика и терапия внутренних

болезней животних. М.: Изд.ООО «Аквариум-Принт», 2005.С.-652-664.

4.

Сафиуллов Р.Н. Лечебно-профилактическая эффективност препарата

"Экстракт плаценти с лешиной" при катарално-гнойном ендометрите коров.
авторефф. дисс…канд. вет.наук. Казан. 2009. С. 2-5.

5.

СИОН-Исроил компанияси менежери Дани Глад томонидан тақдим

етилган презентасия материаллари. Паяриқ тумани қ/х касб ҳунар коллежи.
03.2011.

6.

Соколова О.В. Осенка биоресурсного потенсиала високопродуктивних

коров при разних технологиях содержания. Автореф.дисс… канд. биол. наук. –
2007. С 19.

7.

Кононова Г.А. Колос Л. ВЕТЕРИНАРНОЕ АКУШЕРСТВО И

ГИНЕКОЛОГИЯ (Ленинград)1977

8.

Чомаев А.М., Чернишева М.Н., Голдина А.А. Молочная продуктивность

и сроки осеменения коров. Ж.Зоотехния, №6, 2003, с.30.

9.

Eshburiyev B.M. Veterinariya akusherligi. Toshkent, Fan va texnologiyalar

nashriyoti, 2018.

10.

http://vak.ed.gov.ru/common/img/uploaded/files/vak/announcemens/Veterin

ar/2009/1506/Koba I.S.

11.

http://bd.patent.su/2372000-2372999/pat/servl/servlet5ae1.html

12.

http://webmvc.com/bolezn/livestock/ tocology/retentio.php

Библиографические ссылки

Губаревича Я. Г управление репродуктивной функцией у коров в условиях молочно-товарных Витебск ВГАВМ, 2018

Дюльгср Г. П., Храмцов В.В. и др., Лекарственные средства, применяемые в ветеринарном акушерстве, гинекологии, андрологии и биотехнике размножения животных: Справочное пособие. - СПб.: Издательство «Лань», 2016,- 2 7 2 с.

Кондрахин И.П., Левченко В.И. Диагностика и терапия внутренних болезней животних. М.: Изд.000 «Аквариум-Принт», 2005.С.-652-664.

Сафиуллов Р.Н. Лечебно-профилактическая эффективност препарата "Экстракт плацента с лешиной" при катарално-гнойном ендометрите коров, авторефф. дисс...канд. вет.наук. Казан. 2009. С. 2-5.

СИОН-Исроил компанияси мснсжсри Дани Глад томонидан такдим етилган презентасия материаллари. Паярик тумани к/х касб хунар коллежи. 03.2011.

Соколова О.В. Осенка биоресурсного потенсиала високопродуктивних коров при разних технологиях содержания. Автореф.дисс... канд. биол. наук. -2007. С 19.

Кононова Г.А. Колос Л. ВЕТЕРИНАРНОЕ АКУШЕРСТВО И ГИНЕКОЛОГИЯ (Ленинград) 1977

Чомаев А.М., Чернишева М.Н., Голдина А.А. Молочная продуктивность и сроки осеменения коров. Ж.Зоотехния, №6, 2003, с.30.

Eshburiyev В.М. Veterinariya akusherligi. Toshkent, Fan va texnologiyalar nashriyoti, 2018.

http://vak.cd.gov.ru/common/img/uploadcd/filcs/vak/announccmcns/Vctcrin ar/2009/1506/Koba I.S.

http://bd.patent.su/2372000-2372999/pat/servl/servlet5ael .html

http://webmvc.com/bolezn/livestock/ tocology/retentio.php

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов