271
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARINING
INNOVATSION SALOHIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARDAN
SAMARALI FOYDALANISH YO‘LI
Xaydarova E’zoza Shukurullaevna
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
xaydarovaezoza55@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mamalakatimizda qurilish materiallari
sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini ijtimoy-iqtisodiy mohiyati hamda
qurilish materiallari sanoati korxonalarning innovatsion salohiyatiga ta’sir etuvchi
ichki va tashqi omillari tahlili keltirilgan. Bundan tashqari qurilish materiallari
sanoatining innovatsion salohiyati rivojlanishining asosiy omillari bir qator jahon
olimlarining ilmiy izlanishlari natijalari tahlil qilinib, muallif tomonidan ishlab
chiqilgan modellar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
qurilish materiallari, qurilish materiallari
sanoati, innovatsion salohiyat, innovatsion salohiyat omili, korxonalarning
innovatsion rivojlanishi.
THE WAY OF EFFECTIVELY USING FACTORS AFFECTING THE
INNOVATION CAPACITY OF BUILDING MATERIALS INDUSTRY
ENTERPRISES
Khaidarova Ezoza Shukurullaevna
Tashkent University of Architecture and Civil Engineering
Abstract:
This article provides an analysis of the socio-economic
significance of the innovative potential of enterprises of the construction materials
industry in our country, as well as internal and external factors affecting the
innovative potential of enterprises of the construction materials industry. In
addition, the main factors in the development of innovative potential of the
building materials industry are analyzed by the results of scientific research of a
number of world scientists, and the models developed by the author are presented.
Keywords: building materials, building materials industry, innovation
potential, innovation potential factor, innovative development of enterprises.
272
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ПУТЬ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ФАКТОРОВ,
ВЛИЯЮЩИХ НА ИННОВАЦИОННЫЙ ПОТЕНЦИАЛ
ПРЕДПРИЯТИЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ СТРОИТЕЛЬНЫХ
МАТЕРИАЛОВ
Хайдарова Эъзоза Шукуруллаевна
Ташкентский архитектуно
-
строителный университет
xaydarovaezoza55@gmail.com
Аннотация
:
В данной статье проводится анализ социально
-
экономической значимости инновационного потенциала предприятий
промышленности строительных материалов в нашей стране, а также
внутренних и внешних факторов, влияющих на инновационный потенциал
предприятий промышленности строительных материалов. Кроме того, по
результатам научных исследований ряда мировых ученых проанализированы
основные факторы развития инновационного потенциала промышленности
строительных материалов и представлены модели, разработанные автором.
Ключевые слова:
строительные материалы, промышленность
строительных
материалов,
инновационный
потенциал,
фактор
инновационного потенциала, инновационное развитие предприятий.
KIRISH
Dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti integratsiyalashuvi va raqamlashuvining
kuchayishi iqtisodiyot tarmoqlari innovatsion salohiyatidan foydalanish va uni
samarali boshqarishning sezilarli darajada oshishini taqozo etmoqda. Innovatsion
salohiyatni boshqarish nafaqat mamlakat, balki korxonalar darajasida ham samarali
amalga oshirilishi talab etilmoqda. Muntazam o‘zgarib boruvchi tashqi muhitda
zamonaviy qurilish sanoati korxonalarining optimal rivojlanishi va faoliyatini
ta’minlaydigan salohiyatga erishish mazkur yo‘nalishdagi asosiy muammolardan
biriga aylanmoqda. Innovatsion salohiyatdan foydalanish darajasini oshirish qurilish
korxonalariga qo‘shimcha raqobat ustunligini qo‘lga kiritish va bozorda yetakchi
o‘rinlarni egallash maqsadida nafaqat texnologiyalarni, balki qurilish jarayonini
tashkil etish usullarini ham takomillashtirish imkonini beradi. “Qurilish sanoati
sohasi hozirda infratuzilma obektlari va sanoat loyihalaridan turar-joy hamda tijorat
ko‘chmas mulklariga o‘tish davrini boshidan kechirmoqda. Bu esa yuqori sur’atdagi
urbanizatsiyalashuv bilan bog‘liq. Jumladan, dunyo miqyosida 2021-2025 yillar
oralig‘ida turar-joy va tijorat ko‘chmas mulklari qurilishiga global xarajatlar
taxminan 17 trillion dollarga o‘sishi kutilmoqda”. Bu esa beqaror ish sharoitida
faoliyat yuritayotgan qurilish sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini
273
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
munosib baholash va samarali boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratishni
talab etmoqda [1].
Raqamlashtirilgan iqtisodiyot sharoitida zamonaviy qurilish materiallari
sanoatining rivojlanish darajasi, qurilish xom ashyosi, chiqindilar va sanoatdagi
qo‘shimcha mahsulotlarni tejamkor texnologiyalar orqali samarali ekologik toza
qurilish materiallarini ishlab chiqarish va bozorni tuyintirishga bog‘liq hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 23-may
“
Qurilish
materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-4335 sonli qarorida qurilish materiallari sanoatiga
innovatsiyalarni joriy qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar va texnologik
jarayonlarni har tomonlama o‘rganish; yuqori tijorat salohiyatiga ega va ro‘yobga
chiqarishga tayyor bo‘lgan istiqbolli startap-loyihalarni tanlash hamda har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash; mamlakatimizning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim
muassasalarining ilmiy va innovatsion salohiyatidan keng foydalanish orqali yangi
turdagi yuqori samarador qurilish materiallarini yaratishga qaratilgan maqsadli
dasturlarni shakllantirish nazarda tutilgan [2].
ADABIYOTLAR TAHLILI
Qurilish materiallari sanoati turli xil funksional maqsadlar xususiyatlariga
ega bo‘lgan tizim va tuzilmalar asosidagi tadqiqotlarning muhim sohasini qamrab
oladi. Mamlakatimizda qurilish materiallari sanoatiga bo‘lgan yuqori talabni yo‘l
qurilishi va uy-joy qurilishi tarmog‘ining rivojlanishi orqali ko‘rish mumkin.
Qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion salohiyati
muammolarining turli yo‘nalishlari jumladan, uni takomillashtirish jihatlari
bilan bog‘liq jarayonlar xorijiy ilmiy maktab vakillari Y.Shumpeter, G.Mensh,
J.Forrester, I.Ansoff, E.Dixtl, X.Xermgen, F.Kotler, D.Liti, K.Allen, D.Bell,
P.Draker, B.Lundval, N.Mazur, N.Rozenberg, R.Nelsonlar tomonidan
o‘rganilgan.“Innovatsion salohiyat” tushinchasi birinchi marta olim K.Frimenning
ilmiy yondoshuvlarida aks etgan. Uning nazariyasiga ko‘ra innovatsion salohiyat - bu
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslar majmuyi bo‘lib, iqtisodiy sub’ektning
innovatsion faoliyati hisoblanadi [3], [4].
Shuningdek olim I.S.Lukashov
korxonaning “innovatsion salohiyati - bu
korxonaning innovatsiyalarni yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatni
amalga oshirish qobiliyatini aniqlaydigan xususiyatlar majmudir”- deb ta’riflagan
[5].
Korxona innovatsion salohiyatini ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, nazariy
uslubiy jihatlari, innovatsion salohiyatni baholash hamda boshqarish mexanizmlari
muammolari ko‘plab iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan.
274
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Mahalliy iqtisodchi olimlardan Sh.N.Zaynutdinov “Innovatsion salohiyat
mamlakatning texnika va texnologiyasi yangilanishi, unda ilmiy-texnika
rivojlanishi darajasini, diversifikatsiya siyosatining kuchayishini anglatadi” deb
ta’riflagan. Shuningdek, i.f.d. R.I. Nurimbetov fikriga ko‘ra “Innovatsion salohiyat
tushunchasi keng ma’nodagi mamlakatning fan, iqtisodiyot, texnologiya, tibbiyot,
ta’lim va boshqa sohalarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va yangiliklar majmuyini
ifodalaydi.” deb ta’riflagan [6].
METODOLOGIYA
Mavzuni ilmiy o‘rganish, mantiqiylik, tahlil va tadqiq etish jarayonida tizimli
tahlil, ilmiy yondoshuvlardan foydalanilgan. Maqolada, qurilish materiallari sanoati
korxonalari innovatsion salohiyat darajasi, ularga ta’sir qiluvchi omillarning
rivojlanish tendensiyalarini ishlab chiqish va uning iqtisodiy tizimdagi ahamiyatiga
mos ravishda ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar berildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mamlakatimiz yashash muhitini yaxshilash, iqtisodiy - ijtimoiy muhitni
zamon bilan hamohang bo‘lishi qurilish sanoatining yuqori texnologiyali
rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq. Natijada hududlarni qulay yashash va
muvaffaqiyatli biznesning tizimiga aylantirish mumkin hisoblanadi. Qurilish
kompleksining innovatsion rivojlanishi ya’ni milliy, mintaqaviy, tarmoq va
korporativ innovatsion dasturlari va loyihalarini amalga oshirish davomida
mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olishi va qurilish sanoati korxonalarining
innovatsion salohiyati va madaniyatini rivojlantirishi uchun iqtisodiy resurslardan
maksimal foydalanish lozimligini ko‘rsatadi.
Qurilish materiallari sanoati
— bu qurilish sanoati uchun qurilish materiallari
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoatdir. Bu sanoat mamlakat iqtisodiyotining
muhim tarmog‘i bo‘lib, turar-joy binolari va noturarjoy binolari: turar-joy, tibbiy,
ma’muriy, ilmiy maqsadlar uchun, o‘quv va ishlab chiqarish binolarini qurish unga
bog‘liqligi bilan ifodalaniladi.
Qurilish materiallari sanoati xalq xo‘jaligining deyarli barcha tarmoqlari
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, zavod va fabrikalar, uy-joylar, yo‘llar va
irrigatsiya inshootlari qurilishi hajmi ortishi bilan qurilish materiallariga bo‘lgan
ehtiyoj ham oshib boradi. Bu esa qurilish materiallari sanoatiga innovatsiyalarni
jalb qilishni talab qiladi.
Qurilish materiallari sanoati korxonalari innovatsion salohiyat darajasi
ma’lum bir omillar ta’siri natijasida shakllanadi va rivojlanadi. Korxona
innovatsion salohiyatini boshqarish ob’ektiv har tomonlama tadqiq etish natijasida
unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va tizimlashtirish muammosi dolzarb
hisoblanib, yetarlicha ishlab chiqilmagan. Innovatsion salohiyatni murakkab tizim
275
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
sifatida tasniflash uning asosiy tizimli xususiyatlarini aks ettirishi lozim deb
hisoblaymiz. Shundan kelib chiqib,
innovatsion salohiyat
- bu qurilish materiallari
sanoati korxonalarining innovatsion salohiyati tahlil obektining retrospektiv va
perspektiv analitik ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari tizimi sifatida
manfaatdorlikning ortib borishi orqali moliyaviy, ishlab chiqarish, mehnat,
marketing, boshqaruv va ehtimoliy salohiyat turlarining umumiy qobiliyatlari
yig‘indisi sifatida ta’rifladik. Shuningdek
innovatsion salohiyat omili
deganda,
korxona innovatsion salohiyati o‘sishining jadalligi va tavsifiga ta’sir o‘tkazuvchi
shartlar, sabab va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tushunamiz. Korxonalarda innovatsion
jarayon, ko‘plab omillarning o‘zaro ta’siri natijasi sifatida maydonga chiqadi.
Dunyo iqtisodchi olimlari qurilish materiallari sanoati korxonalarning
innovatsion salohiyatiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni o‘z ilmiy
izlanishlarida bir necha turlarga ajratib amaliyotga tadbiq qilishgan. Ular
tomonidan qurilish materiallari sanoati korxonalarning innovatsion salohiyatiga
ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillar o‘zaro farqli ravishda innovatsiyalarni
yaratilishi, innovatsion salohiyatning o‘sishi, rivojlanishi kabi ta’riflar bilan
boyitilgan.
Qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini
boshqarish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, innovatsion salohiyatga ta’sir qiluvchi
omillarning samarasi, moliyaviy resurslar hajmi va investitsiyalar qiymati hamda
ularning o‘z vaqtida kelib tushishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Hozirgi zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning
innovatsion salohiyatini boshqarish zarurati mavjud salohiyat turlaridan samarali
foydalanishda sabab-oqibat munosabatlarini o‘rnatishni talab qiladi.
Korxonalarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish barcha bosqichlarida
ularning innovatsion salohiyatini, xususan uning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish va
moliyaviy barqarorligini ta’minlashda samarali boshqaruv tizimini tashkil etish
lozim. Korxonalarning innovatsion salohiyatini boshqarish barcha mavjud
salohiyat turlarini, jumladan ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat, marketing,
boshqaruv va ehtimoliy salohiyat turlarini boshqaruv tamoyillari, funksiyalari va
shakllari asosida tashkil etish demakdir.
O‘rganishlarimizdan kelib chiqib, qurilish materiallari sanoati
korxonalarining innovatsion salohiyatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillari quyidagilar
deb hisoblaymiz: moliyaviy salohiyat; ishlab chiqarish salohiyati; marketing
salohiyati: mehnat salohiyati; boshqaruv salohiyati va ehtimoiy salohiyat.
276
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
1-rasm. Korxonalarning innovatsion salohiyatini boshqarishga ta’sir qiluvchi
ichki va tashqi omillar[7]
Mexnat salohiyati
Moliyaviy salohiyat
Ishlab chiqarish
salohiyati
Marketing
salohiyati
Boshqaruv
salohiyati
Bu moliyaviy barqarorlik, likvidlilik, foydalilik,
korxona rentabelligi; bozordagi mavqei,
innovatsiyalarning foydaliligi, asosiy kapital,
investitsiyalar, moliyalashtirish manbalarini va
boshqaoarni о‘z ichiga oladi.
Ehtimoliy
salohiyat
Tashkiliy tuzilma, innovatsion infratuzilma,
innovatsion menejmentning samaradorligi,
innovatsiyalarni boshqarishning marketing
strategiyalari, innovatsiyalarni moliyalashtirishni tashkil
qilish, intellektual mulk bо‘yicha qonunchilik darajasi,
intellektual mulkni boshqarishdir.
Bu korxona ishlab chiqarish fondlarining holati va
texnologik darajasi, ishlab chiqarishning zamonaviy
innovatsiyalari va axborot texnologiyalari, ilg‘or
uskunalar, materiallar, laboratoriya va ofis jihozlaridan
iborat.
Ushbu salohiyat turi о‘zida innovatsion salohiyatni
tashkil etuvchi barcha salohiyat turlarining ehtimoliy
rivojlanish imkoniyatlarini о‘zida
ifodalaydi.
Bu xodimlarning tarkibi, ishchilarning malaka darajasi,
xodimlarni ishga jalb qilish, malakasini oshirish va qayta
tayyorlash tizimidir.
1) korxona salohiyatining ajralmas qismi; 2) tovar, narx
kommunikatsiya va savdo siyosati, talabni о‘rganish
sohasida samarali marketing tadbirlarini rejalashtirish va
о‘tkazish hisobiga marketing tizimida korxonnaning
doimiy raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlarning
bozordagi iqtisodiy va ijtimoiy konyunkturasini
ta’minlash qobiliyatlari majmuidir.
Innovatsion salohiyat
Ichki millar
Tashqi omillar
277
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Islohatlarimiz shuni ko‘rsatadiki, korxonaning innovatsion salohiyatiga ta’sir
qiluvchi ichki omillar tarkibi sifatida moliyaviy salohiyat, ishlab chiqarish
salohiyati, marketing salohiyati, mehnat salohiyati va boshqaruv salohiyatilardan
iborat bo’lib, tashqi omil sifatida ehtimoliy salohiyatni ko’rsatganmiz (1-rasm).
XULOSA VA TAKLIFLAR
Qurilish sanoatiga joriy qilingan innovatsion texnologiyalarning global
tendensiyalarining asosiy yo‘nalishi bugungi kunda innovatsion salohiyatni
rivojlantirishga yo‘naltirilgandir. Fikrimizcha qurilish sanoati korxonalarning
innovatsion salohiyatiga ta’sir qiluvchi omillardan samarali foydalanish uchun
shart - sharoitlarni ta’minlaydigan sog’lom muhitni ishlab chiqish, boshqarish va
nazoratni tartibga solishni taklif etamiz.
Moliyaviy salohiyat korxonaning rivojlanish yo‘nalishlarini eng samarali
amalga oshirishga imkon berishi uchun moliyalashtirish manbalarini bozordagi
mavqeini o‘rgangan holda innovatsiyalarning foydaliligini oshirishda xorijiy
investitsiyalarni keng jalb etish, muayyan investitsiya loyihasi uchun qo‘shimcha
aksiyalar, obligatsiyalar chiqarish hamda investitsiya loyihasi amalga
oshirilgandan so‘ng investorga foyda ulushini o‘tkazib berish sharti bilan
investorlarning mablag‘larini ulushli moliyalashtirishni keng jalb qilish orqali
erishiladi.
Ishlab chiqarish salohiyati eng avvalo ehtiyot qismlarga talabning ortishi
va yangi texnologiyalarni joriy qilish orqali, yangi turdagi mahsulotlarni
zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanilgan holda ishlab chiqarishni
taklif qilamiz.
Mehnat salohiyatni oshirish uchun mavjud kadrlarni salohiyatini tahliliy
baholab, tahlil natijalari past chiqqan xodimlarni qayta o‘qitishni tashkil etish,
qayta o‘qitish xarajatlarining ulushini ko‘paytirish, shuningdek xodimlarni mavjud
professional guruhlarga individual va qiyosiy grafiklar tuzib biriktirishni tashkil
etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Shu orqali qurilish materiallari sanoati
korxonalarining mahsulot sifatining oshishiga hamda malakali muxandis-texnik
xodimlarning hissasini oshirishga erishiladi.
Marketing salohiyati - marketing strategiyalarini ishlab chiqib, xom ashyo
bazasi, infratuzilmalar, mehnat va boshqa resurslar bozori mavjudligini inobatga
olib, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni mahalliy bozorga
joylashtirishni tashkil etishi zarur.
Qurilish sanoati korxonalarining boshqaruv salohiyatini texnologik
rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar va dasturlarning rolini oshirish, ular
innovatsion mahsulotni joriy etish hajmi va yo‘nalishlari bo‘yicha muvozanatli
innovatsion tizimning elementlari sifatida qaralishi davlat tomonidan, qurilish
278
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
materiallari sanoati sub’ektlarining innovatsion faolligini rag‘batlantiradi deb
hisoblaymiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Обзор мировой строительной отрасли. Прогноз на 5 лет /
URL:
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 may “Qurilish
materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ- 4335 sonli qarori.
3.
Аллен К. Продвижение новых технологий на рынок.
–
М.: БИНОМ.
Лаборатория
знаний
, 2009. – 455
с
.; Bell, D.G. Knowledge markets and
communities: two approaches for supporting product development teams. Invited talk
at the Fordham Graduate School of Business CEUG Consortium. / D.G. Bell; 2011. –
New York, NY.; Lundvall, B.A. National Systems of Innovation: Towards a Theory
of Innovation and Interactive Learning / B.A. Lundvall. London: Pinter Publishers,
2002;
4.
freeman c.the national system of innovation historical
perspectives. cambridge journal of economics,199
5.vol.19.№1
5.
И.С. Лукашов
“Факторы формирования инновационного потенциала
предприятия” Научно
-
технические ведомости СПбГПУ 4’ 2012. Экономические
науки
6.
Nurumbetov R.R. Innovatsion salohiyat – zamonaviy iqtisodiyotni
rivojlantirish poydevori. BIZNES-EKSPERT
. 2017. №5. 46
-56 b.
Xaydarova E.Sh “Qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion
salohiyatini boshqarish samaradorligini oshirish” nomli dissertatsiyasi. 2024 y.