739
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA FOND BOZORINING MAZMUNI,
IQTISODIYOTDAGI AHAMIYATI VA O‘RNI
Sayfullayev Sanjarbek Nurilla o‘g‘li
SamDU Urgut filiali talabasi
sanjarbeksayfullayev04@agmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada fond bozorining iqtisodiy mohiyati, ularning
obyektiv zarurligi, funksiyalari, davlatning investitsion siyosatining mazmuni va uning
yo‘nalishlari, fond bozori tizimi va uning elementlari, fond bozoridagi munosabatlar,
fond bozori ishtirokchilari, moliya bozorini muvofiqlashtirish kabi fond-moliya
bozorining mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar
:
bozor, fond bozori savdo tizimi, aksiyadorlar, investitsion
kreditlar, likvidlilik, elektron savdo, bozor signallari, kapital.
СОДЕРЖАНИЕ, ЗНАЧЕНИЕ И МЕСТО ФОНДОВОГО РЫНКА В
ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ
Сайфуллаев Санжарбек
Нурилла угли
Студент Ургутского филиала СамДУ.
sanjarbeksayfullayev04@agmail.com
Аннотация:
В
данной статье рассматриваются экономическая природа
фондового рынка, его объективная необходимость, функции, содержание
инвестиционной политики государства и ее направления, система фондового
рынка и ее элементы, отношения на фондовом рынке, участники фондового
рынка. Раскрывается сущность фондово
-
финансового рынка, такая как
координация финансового рынка.
Ключевые слова
:
рынок, биржевая торговая система, акционеры,
инвестиционные кредиты, ликвидность, электронные торги, рыночные
сигналы, капитал.
CONTENT, SIGNIFICANCE AND PLACE OF THE FUND MARKET IN THE
DIGITAL ECONOMY
Saifullayev Sanjarbek
Student of Urgut branch of SamDU
740
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
sanjarbeksayfullayev04@agmail.com
Abstract:
In this article, the economic nature of the stock market, its objective
necessity, functions, the content of the state's investment policy and its directions, the
stock market system and its elements, relations in the stock market, participants of the
stock market, the essence of the stock-financial market, such as the coordination of the
financial market, are revealed. information is provided.
Keywords:
market, stock market trading system, shareholders, investment
loans, liquidity, electronic trading, market signals, capital.
KIRISH
Hozirda kriptovalyutalar (cryptocurrency)larga bolgan talab kuchayib bormoqda
va ularni chiqarayotgan hamda sotib olayotganlar soni ham ortib bormoqda.
Yurtdoshlarimiz orasida ham cryptocurrency oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan yoki
shug‘ullanmoqchi bo’lganlar soni ko‘paymoqda. Bu esa o‘z navbatida hozirda
zamonaviy kasb hisoblangan trading sohasini rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda esa fond bozori infratuzilmasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi
omillarni chuqurroq tahlil qilish va unda inson manfatlariga qaratilgan aniq maqsadlar
belgilanganligi bu vazifaning davlat darajasiga ko‘tarilganligini yanada yorqin
ifodalaydi. Xususan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
“...moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi
iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lishi kerak. Yangi moliyaviy
instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali bank xizmatlari
ko‘lamini yanada kengaytirish, ilg‘or axborot texnologiyalari asosida bank
tizimini rivojlantirish zarur”
deb ta’kidlaganida mutaxassislar va keng
jamoatchilikning e’tiborini aynan mana shu dolzarb masala - milliy fond
bozorini yanada rivojlantirishga qaratdi [1].
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan fond bozori yanada zamonaviylashib,
raqamli platformalar, sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalari orqali
yangilanmoqda. Bu esa iqtisodiyotning barcha jabhalariga ijobiy ta’sir ko'rsatmoqda
va uni yanada barqaror va samarali qiladi. Shu o‘rinda 2022-yil 17-yanvardagi
"
Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga
doir qo’shimcha chora-tadbirlar to
‘
g
‘
risida
"dagi PQ-90-son Qarorlarini keltirib
o‘tish o‘rinli [2].
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tushunchalarning mohiyatini olimlar,
ekspertlar tomonidan tortishuvlar, ilmiy-nazariy jihatdan qarashlar, o‘sha davr
g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan, uni bajaradigan funksiyalari, tamoyillari, o‘ziga xos
xususiyatlari, xarakterli tomonlari, bozor segmentlari orqali hamda ularning
ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar nuqtayi nazaridan yanada chuqurroq
741
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ilmiy asoslab berish takomillashib bir tizimga keltirilmoqda, zamon talablari va
fundamental omillarga mos holda u ilmiy jihatdan asoslangan holda rivojlantirib
borilmoqda. Xususan, fond bozorlarining iqtisodiy mohiyatini turli davrlarda yashab
o‘tgan iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil g‘oyalari orqali nazariyalar yaratilgan.
Lekin, har bir iqtisodiy kategoriya doimiy ravishda zamonaviy omillar asosida
takomillashib boradi. Jahon fond bozori ham hozirgi kunda qo‘shimcha tarzda
noan’anaviy, zamonaviy, yangi va xilma-xil funksiyalarni bajarmoqda. Shu nuqtai
nazardan uning iqtisodiy mohiyatini bir nechta iqtisodchi olimlarning nazariy ilmiy
qarashlarini, hozirgi zamonaviy omillarni va boshqa o‘ziga xos tomonlarini hisobga
olgan holda chuqurroq o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Shuningdek, Qulmatovning fikricha: “Bugungi kun nuqtai nazari bilan
qaraganda, banklar va dillerlarning qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bo‘linishida uchta
asosiy sababni ko‘rish mumkin. Birinchidan, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni
kafolatlash bo‘yicha banklarni biznesga kiritish o‘ta xatarli (risk) tuyuladi.
Ikkinchidan, ahvol tashvishli bo‘lib, anderrayter sifatida banklarning roli
to‘g‘ridanto‘g‘ri manfaatlar to‘qnashuvida tashvishli holatga olib keladi. Uchinchidan
esa, tashvishli hol asosan moliya sohasidagi kontsentratsiyaning o‘sib borayotganligini
aks ettiradi” [3].
Xojimatovning fikricha, mamlakatdagi davlat banklarit ijorat banklarining
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish bilan birga, ularning fond
bozorlari rivojiga ijobiy ta’siri nihoyatda muhimdir. Fond bozorlarini
rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularning
samaradorligini oshirishda tijorat banklarining noan’anaviy instrumentlarini keng
joriy etish muhim o‘rin egallaydi. Xususan, “avvalo mamlakatimizda fond
bozorlarini rivojlanishtirish, bozorlarni yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarning
noan’anaviy instrumentlarini keng joriy etish orqali tijorat banklarining
kapitallashuvi va bozor kapitallashuvining xalqaro miqyosda mavqeyini oshirish
uchun o‘rnatilgan me’yorlarga tenglashtirish, jahondagi yirik xalqaro moliya-kredit
institutlari bilan teng raqobat darajasiga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish uchun
o‘zlarining yuqori likvid an’anaviy obligatsiyalarini muomalaga chiqarish lozim” [4].
Xalqaro fond bozori rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini o‘rgangan
Qulmatov va To‘ychiyevlarning fikricha, “xalqaro kapital bozori moliyaviy
globallashuv jarayoni mahsuli bo‘lib, industrial mamlakatlarning umumjahon
miqyosida iqtisodiy samaradorligini keskin oshirdi. Lekin, bu jarayon rivojlanayotgan
mamlakatlar rivojiga ijobiy ta’sirdan ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatishi hozirda
barchaga ayon bo‘lib qoldi. Buning sababi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti
industrial davlatlar iqtisodiyotiga ko‘proq bog‘liqdir” [5].Iqtisodiy adabiyotlarda fond
742
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori bir xil mazmundagi tushunchalar sifatida
talqin etilgan. Shu sababli avvalo ushbu tushunchalarning turli davrlarda tadqiqot olib
borgan iqtisodchi-olimlarning ilmiy ishlarida yoritilishini o‘rganish maqsadga
muvofiq, deb hisoblaymiz.Kapital bozorining iqtisodiy mohiyati, zaruriyati,
tasniflanishi hamda uning mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi o‘rni
haqida ko‘plab iqtisodchilar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan.
Sohaning yetakchi olimlaridan Azizovning fikricha, kapital bozori aholining
bo‘sh turgan mablag’lari iqtisodiyot tarmoqlariga jalb qilinishida, xorijiy
to‘g’ridan-to‘g’ri investitsiyalar oqimi ko‘payishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z
navbatida, fond bozori moliya bozorining tarkibiy qismi sifatida kredit bozori bilan
raqobatga kirishishi kapital bozorida o‘ziga xos raqobat muhitini yuzaga keltiradi.
Bundan esa iqtisodiyot, qolaversa, farovonlik oshishi hisobiga aholi yutadi. Yana bir
yetakchi iqtisodchi olim professor Elmirzayevga ko‘ra, pul bozorida naqd pul, qisqa
muddatli to‘lov vositalari, bir yilgacha bo‘lgan qisqa muddatli jamg’armalar
muomalasi tashkil etiladi. Kapital bozorida esa “uzun pullar” muomalasi tashkil etilib,
unda asosan aksiyalar va obligatsiyalar amal qiladi [6].
METODOLOGIYA
Ushbu maqola har bir ilmiy izlanish kabi olimlarning fikrlari va mulohazalarini
tahlil etishni oʻz ichiga olib asosiy maqsadga
erishish uchun ilmiy abstraksiyalash,
induksiya, deduksiya, tizimli yоndashish, qiyоsiy tahlil kabi usullardan fоydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Raqamli iqtisodiyot sharoitida fond bozori iqtisodiyotning muhim
komponentlaridan biri hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar, internet, sun‘iy intellekt
va boshqa ilg‘or texnologiyalar fond bozorining rivojlanishiga katta ta’sir
ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiyotning turli jabhalariga ham o‘zgarishlar
kiritmoqda.
Fond bozori moliyaviy vositalar, xususan, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa
qimmatli qog‘ozlar sotilishi va sotib olinishini amalga oshiradigan bozor hisoblanadi.
Fond bozori ikki asosiy segmentga bo'linadi:
1.
Birlamchi bozor
: Bu yerda kompaniyalar o‘z aksiyalarini yoki
obligatsiyalarini birinchi marta investorlarga sotadi. Bu jarayon IPO (Initial Public
Offering) deb ataladi.
2.
Ikkinchi darajali bozor
: Bu yerda investorlar o‘zaro qimmatli qog‘ozlarni
sotadi va sotib oladi. Bu bozorda birinchi marta chiqarilgan aksiyalar va obligatsiyalar
bilan savdo qilinadi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida fond bozori
Raqamli texnologiyalar fond bozorida bir qancha o‘zgarishlar kiritmoqda:
743
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
1.
Elektron savdo platformalari
: Internet va raqamli platformalar orqali
qimmatli qog‘ozlar savdosi amalga oshirilmoqda, bu esa investorlar va savdo
jarayonini osonlashtiradi.
2.
Sun
‘
iy intellekt va algoritmlar
: Savdo jarayonida algoritmik treyding va
sun‘iy intellektdan foydalanish orqali savdo strategiyalari optimallashtirilmoqda.
3.
Blokcheyn texnologiyasi
: Qimmatli qog‘ozlarning xavfsizligi va
shaffofligini ta‘minlash uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanish imkoniyatlari
kengaymoqda.
Fond bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyati
1.
Kapital yig‘ish
: Kompaniyalar fond bozori orqali kapital yig‘ishi mumkin,
bu esa ularga yangi loyihalar amalga oshirish, texnologik yangilanishlar va kengayish
imkonini beradi.
2.
Likvidlik
: Investorlar o‘z aktivlarini tez va oson naqd qilish imkoniyatiga ega
bo'ladilar.
3.
Bozor signallari
: Fond bozoridagi narxlar va ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning
holati haqida ma‘lumot beradi, bu esa investorlarga va korxonalarga strategik qarorlar
qabul qilishda yordam beradi.
4.
Moliyaviy barqarorlik
: Keng rivojlangan fond bozori moliyaviy
barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi, chunki bu bozorda turli moliyaviy
instrumentlar mavjud bo'lib, risklar diversifikatsiya qilinadi.
5.
Innovatsiyalar va tadbirkorlikni rag‘batlantirish
: Fond bozori yangi
kompaniyalar va startaplar uchun kapital manbai bo'lib xizmat qiladi, bu esa
innovatsiyalar va tadbirkorlikni rag'batlantiradi.
6.
Xalqaro integratsiya
: Fond bozori xalqaro miqyosda investitsiyalar oqimini
osonlashtiradi, bu esa milliy iqtisodiyotlarning global iqtisodiyotga
integratsiyalashuvini ta‘minlaydi.
7.
Samaradorlik
: Raqamli texnologiyalar asosida ishlaydigan fond bozorlari
tezkor va samarali bo‘lib, iqtisodiy resurslarni eng samarali yo‘llar bilan taqsimlash
imkonini beradi.
2022-yil 17-yanvardagi "Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali
mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"dagi PQ-90-
son Qarorlarini keltirib o‘tish o‘rinli. Ushbu me’yoriy hujjatlarda kapital bozorini
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan bo‘lib, ular quyidagilar:
- kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini
2023- yil yakuniga qadar 45 trln. so‘mga yetkazish, bank tomonidan kreditlashga
muqobil bo’lgan samarali moliyalashtirish mexanizmini yaratish;
- xalqaro moliya bozorlari bilan faol integratsiyalashuv, zamonaviy
axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va xorijda
744
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan ilg‘or yondashuvlarni qo‘llash orqali barcha toifadagi
investorlar uchun kapital bozorining qulayligini oshirish;
- kapital bozorining uyg‘un faoliyati va uning barcha segmentlari rivojlanishini
ta’minlash orqali 2023-yil yakuniga qadar respublika va hududiy investitsiya dasturlari
doirasida loyihalarning qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali moliyalashtirilgan qismini
5 foizga yetkazish;
- sohaga ilg‘or xalqaro amaliyotni joriy qilish, ortiqcha to‘siqlar va cheklovlarni
bartaraf etish orqali fond bozorida rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilgan
investitsiyalarni faol moliyalashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
- xalqaro mezonlar va tajribalarni joriy qilgan holda, kapital bozorini tartibga
solishning yaxlitligini va tizimli tavakkalchiliklarning oldini olishni ta’minlovchi
qonunchilik bazasini yaratish;
- kapital bozorini zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar bilan ta’minlash
tizimini rivojlantirish, istiqbolli, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun
jozibador shart-sharoitlarni yaratish;
- kapital bozori uchun soha mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash,
ularning malakasini oshirishni tizimli yo‘lga qo‘yish;
- minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi
keng qatlamlarining bilimlari, ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirishni
qo‘llab quvvatlash dasturlari doirasida 2023-yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholini
qamrab olish.
1-rasm. Investitsion kreditlar statistikasi
[7]
Iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, uning
raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, innovatsion va
energiyani tejaydigan texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil
etish, jahon bozorida talab mavjud bo‘lgan yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarishni
o‘zlashtirish va shu orqali mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini
0
5000
10000
15000
20000
25000
30000
35000
40000
Tijorat banklari tomonidan 2018-yil 1-dekabr holatiga ajratilgan
investitsion kreditlar to'g'risida MA'LUMOT
Tijorat banklari tomonidan 2018-yil 1-dekabr holatiga ajratilgan investitsion
kreditlar to'g'risida MA'LUMOT
745
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ta’minlashda bank tizimi tomonidan olib borilayotgan investitsion siyosat o‘z
samarasini bermoqda.
Xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash,
zamonaviy texnologiya asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil
etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan 2018 yilning 1 dekabr holatiga 35,1 trln.
so‘m yoki 2017 yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobarga ko‘p investitsion kreditlar
ajratildi.
Bunda banklarning investitsiyaviy faoliyati ustuvor ravishda tarmoqlarni
rivojlantirish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish Dasturlariga kiritilgan
loyihalarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirishni ta’minlashga qaratilmoqda.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Raqamli iqtisodiyot sharoitida fond bozori iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi
bo‘lib, uning ahamiyati va o‘rni sezilarli darajada oshib bormoqda. Raqamli
texnologiyalar fond bozorining rivojlanishiga katta ta‘sir ko'rsatmoqda va uning
faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Quyidagi jihatlar raqamli iqtisodiyotda
fond bozorining ahamiyatini yanada oshirmoqda:
1.
Innovatsiyalarni rag
‘
batlantirish
: Fond bozori yangi texnologiyalar va
innovatsiyalarni moliyalashtirishga imkon berib, tadbirkorlikni va texnologik
rivojlanishni tezlashtiradi.
2.
Global integratsiya
: Raqamli texnologiyalar orqali fond bozorlari xalqaro
darajada birlashib, global investitsiyalar oqimini oshiradi va milliy iqtisodiyotlarning
global iqtisodiyotga integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
3.
Samaradorlik va likvidlik
: Elektron savdo platformalari, sun‘iy intellekt va
algoritmik treyding savdo jarayonlarini tezkor va samarali qiladi, bu esa resurslarning
optimal taqsimlanishiga yordam beradi.
4.
Xavfsizlik va shaffoflik
: Blokcheyn texnologiyasi orqali qimmatli
qog‘ozlarning xavfsizligi va shaffofligi ta’minlanadi, bu esa investorlarga bozorga
ishonch bilan kirish imkonini beradi.
5.
Moliyaviy barqarorlik
: Fond bozori turli moliyaviy vositalar va
diversifikatsiyalashgan portfellar orqali moliyaviy barqarorlikni saqlashda muhim rol
o‘ynaydi.
Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot sharoitida fond bozori iqtisodiy o‘sish va
barqarorlikni ta‘minlashda, yangi imkoniyatlar yaratishda va global integratsiyani
kuchaytirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, raqamli
texnologiyalar fond bozori uchun yangi imkoniyatlar ochib, uni yanada samarali va
xavfsiz qilishga yordam bermoqda. Bu jarayonlar natijasida fond bozori
iqtisodiyotning innovatsion va barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
746
MOLIYA, PUL MUOMALASI VA KREDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati davlat rahbarining 2019
yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasi.
2. 2022-yil 17-yanvardagi "Kapital bozorini qo’llab-quvvatlashning samarali
mexanizmlarini joriy etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"dagi PQ-90-
sonli.
3. Qulmatov Ch. Xalqaro kapital bozori rivojlanishining tendentsiyalari.
Экономика. Научно
-
аналитический электронный журнал. Выпуск No 2. Июльe
-
journal.uz
4. Xojimatov R.X. Fond bozorini rivojlantirish xususiyatlari va istiqbolli bank
vositalari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. No 2,
mart-aprel.
5. To‘ychiyev N. Xalqaro kapital bozori rivojlanishining tendentsiyalari.
Экономика. Научно
-
аналитический электронный журнал. Выпуск
No
2. Июль
e-
journal.uz
6. Azizov U.O‘. “Kapital bozori: Iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi drayver”
7. Markaziy bankning tijorat banklarining 2018-yil 1-dekabrdagi hisoboti.
https://cbu.uz/uz/statistics/financing/72798/
8
.
Sh.Z Abdullayeva. Pul, kredit va banklar. Toshkent, iqtisod-moliya, 2007.
9.Baxriddin, N. INVESTITSIYA LOYIHALARNI MOLIYALASH
SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA BANKLARNING O‘RNI. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 223-229.
10. Mirzaaliyevich. O‘ZBEKISTON BANK SEKTORINI RIVOJLANTIRISHDA
DIVIDEND SIYOSATINING ROLINI OSHIRISH MASALALARI. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 267-277.