O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING SHAKLLANIB BORISH JARAYONLARI

Аннотация

Maqolada raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha
tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, elektron hukumat
tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining
mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida
IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash
bo‘yicha ilmiy izlanishlar bayon etilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
434-440
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Мухитдинов X. (2025). O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING SHAKLLANIB BORISH JARAYONLARI. Цифровая экономика, 9(9), 434–440. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/128889
Хаёт Мухитдинов, "Менеджмент" института "INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE"
Доцент
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha
tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, elektron hukumat
tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining
mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida
IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash
bo‘yicha ilmiy izlanishlar bayon etilgan.


background image

434

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING SHAKLLANIB BORISH

JARAYONLARI

Muxitdinov Xayot Talatovich

“INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE”

instituti, “Menejment” kafedrasi dotsenti

Annotatsiya:

Maqolada raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha

tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, elektron hukumat
tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining
mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida
IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash
bo‘yicha ilmiy izlanishlar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

raqamli O‘zbekiston va elektron tijorat, AKT, IT-kompaniyalar,

Raqamli Toshkent, raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, keng polosali Internet,
internet-bank xizmatlari.

ФОРМИРОВАНИЕ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Мухитдинов Хаёт Талатович

Доцент кафедры "Менеджмент" института "INTERNATIONAL SCHOOL OF

FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE"


Аннотация:

В статье представлены научные исследования по активному

развитию цифровой экономики, совершенствованию системы государственного
управления, образования и электронного правительства во всех отраслях и
сферах, в первую очередь в государственном управлении, дальнейшему
развитию отечественного рынка программных продуктов и информационных
технологий, созданию IT-парков во всех регионах республики, а также
обеспечению отрасли квалифицированными кадрами.

Ключевые слова:

цифровой Узбекистан и электронная коммерция, ИКТ,

ИТ-компании, Цифровой Ташкент, цифровая экономика, кибербезопасность,
широкополосный Интернет, услуги интернет-банкинга.

DIGITAL ECONOMY FORMATION IN UZBEKISTAN

Muhitdinov Hayat Talatovich


background image

435

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Associate Professor of the Department of Management of the Institute

"INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE"

Annotation:

The article presents scientific research on the active development

of the digital economy, improvement of the public administration system, education
and e-government in all sectors and areas, primarily in public administration, further
development of the domestic market of software products and information
technologies, creation of IT parks in all regions of the republic, as well as providing
the industry with qualified personnel.

Keywords

:

Digital Uzbekistan and e-commerce, ICT, IT companies, Digital

Tashkent, digital economy, cybersecurity, broadband Internet, Internet banking
services.

KIRISH

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va

sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq
xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu masalalarning nihoyatda
dolzarbligi tufayli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrda
PF-6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilinib, uning asosida bu
yo‘nalishlardagi barcha ishlar tizimli olib borilmoqda. Xususan, elektron hukumat
tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining
mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida
IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni
ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. Bundan
tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integrasiyalashgan geoportalni ishga
tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot
tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa
hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi
amalga oshirilmoqda. Ushbu Farmon bilan sohaga ma’sul bo‘lgan raqamli
texnologiyalar vazirligining 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni nazarda
tutuvchi barcha uchun ochiq bo‘lgan mahalliy dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlar
elektron platformasini yaratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullangan bo‘lib, unda:

a) mahalliy IT-kompaniyalar va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar

hamda ularning mahsulotlari va xizmatlarining yagona ma’lumotlar bazasini
shakllantirish, shuningdek, ularga o‘z mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ilgari
surishda ko‘maklashish;


background image

436

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

b) davlat organlari va tashkilotlarida axborot tizimlari va boshqa dasturiy

mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha to‘g‘risida ma’lumotlarni e’lon qilish;
rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumotlarni e’lon qilish;

v) mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning amaliy masalalarini hal

qilish hamda axborot texnologiyalari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish
jarayonida samarali va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish belgilab qo‘yilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qishloq xo‘jaligi

mahsulotlarini sotish bo‘yicha elektron savdo maydonchasidan foydalanishni
takomillashtirish keltirib o‘tilgan [2].

Mamasoatov

D.R.

Tadbirkorlik

subyektlari

eksportini

rivojlantirish

samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash istiqbollari tahlil qilingan [3].

Mamasoatov D.R. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, afzalliklari va amaliy

ahamiyati. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, afzalliklari va amaliy ahamiyati haqida
batafsil yoritilgan [4].

Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qishloq xoʼjaligi

mahsulotlarini sotish boʼyicha elektron savdo maydonchasidan foydalanishni
takomillashtirish jihatlari yoritilgan [5].

Mamasoatov

D.R.

Tadbirkorlik

subyektlari

eksportini

rivojlantirish

samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash istiqbollari keltirib o‘tilgan [6].

Jahon bankining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zorya

mamlakatimizning agro oziq-ovqat mahsulotlari eksportidagi quyidagi masalalarga
e’tiborini qaratadi [7].

METODOLOGIYA

O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning shakllanib borish jarayonlari bo‘yicha

mavjud bo‘lgan ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish qiyosiy solishtirish, statistik
ma’lumotlarni o‘rganish va iqtisodiy jihatdan taqqoslash va tahlil qilish, mantiqiy
fikrlash, ilmiy abstraksiyalash, ma’lumotni guruxlash, analiz va sintez, usullaridan
keng foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

“Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga

oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab qo‘yilganidek, 2023-yildan
boshlab, strategiya erishilgan natijalar va maqsadli ko‘rsatkichlar (1-jadval) hamda
tegishli davr uchun raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlaridan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tasdiqlanadigan
ikkiilga mo‘ljallangan dasturlar asosida amalga oshiriladi. Strategiyaning maqsadli
ko‘rsatkichlariga erishish ustidan tizimli nazoratni tashkil etilib, shuningdek,


background image

437

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Muvofiqlashtiruvchi komissiya

yig‘ilishlarida mas’ul vazirlik va idoralar

rahbarlarining raqamlashtirish sohasidagi faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish bo‘yicha
takliflar kiritib boriladi.

1-jadval

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ayrim maqsadli ko‘rsatkichlari

T/r

Ko‘rsatkich nomi

O‘lchov

birligi

Joriy

holati

Yillar kesimidagi maqsadlar

2022

2025

2030

1

Respublika hududlarining yuqori
tezlikdagi Internet jahon axborot
tarmog‘i bilan qamrov darajasi

foiz

67

74

85

100

2

Uy xo‘jaliklarining keng polosali
Internet jahon axborot tarmog‘i
bilan ta’minlanganlik darajasi

foiz

67

74

85

100

3

Davlat

xizmatlari

markazlari

tomonidan ko‘rsatiladigan davlat
xizmatlariga

nisbatan

yagona

interaktiv davlat xizmatlari portali
orqali ko‘rsatiladigan elektron
davlat xizmatlarining ulushi

foiz

34

60

70

90

4

Korxona resurslarini boshqarish
tizimini (ERP) joriy qilgan yirik
xo‘jalik

yurituchi

subyektlar

ulushi

foiz

20

40

65

100

5

Onlayn

bank

xizmatlari

foydalanuvchilari soni (yuridik va
jismoniy shaxslar)

mln.

nafar

10

15

15

20

Vazirlik va idoralarning raqamlashtirish bo‘yicha quyidagi ustuvor vazifalari

belgilab berilgan:

- axborot tizimlari va resurslarini keng joriy etish nazarda tutuvchi idoraviy

raqamli transformatsiya dasturlarini ishlab chiqish va o‘z vaqtida amalga oshirish;

- elektron davlat xizmatlarini mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning

boshqa shakllari orqali ko‘rsatishni yanada kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish;

- idoralar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, Internet tarmog‘ida

ochiq ma’lumotlarni va boshqa axborotlarni joylashtirib borish bo‘yicha choralar
ko‘rish;

- idoraviy raqamli infratuzilmaning axborot xavfsizligini, shuningdek, elektron

ma’lumotlar va hujjatlarni himoyasini ta’minlash.

O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning shakllanib borish jarayonlari so‘nggi

yillarda jadal rivojlanib, mamlakatning iqtisodiy sektori va jamiyat hayotining barcha
jabhalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, asosan, axborot


background image

438

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

texnologiyalari (AT) va Internet aloqalarining kengayishi, raqamli xizmatlar va
mahsulotlar bozorining o‘sishi, shuningdek, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi
hamkorlikning kuchayishi bilan bog‘liq. O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini
shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bir necha asosiy yo‘nalishlarni o‘z
ichiga oladi:

1. Raqamli infratuzilmani rivojlantirish.

O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning

asosiy infratuzilmasi yaratish bo‘yicha bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Yirik telekommunikatsiya kompaniyalari va internet provayderlari mamlakatda yuqori
tezlikdagi internetni taqdim etishga harakat qilmoqda. Shuningdek, “Smart city”
konsepsiyasi doirasida yirik shaharlar, jumladan, Toshkentda raqamli infratuzilma
kengaytirilib, “aqlli” boshqaruv tizimlari, onlayn xizmatlar va raqamli xizmatlar bilan
ta’minlanmoqda.

2. Dasturiy ta’minot va startaplar.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishida

dasturiy ta’minot ishlab chiqarish va startap ekotizimining o‘sishi katta ahamiyatga
ega. O‘zbekistonda yoshlar orasida IT sohasiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.
Buning natijasida turli dasturiy ta’minot va texnologik startaplar faoliyat
ko‘rsatmoqda. Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish, masalan, mobil ilovalar va veb-
servislar orqali iqtisodiyotni yanada raqamlashtirish imkoniyatlari yaratilmoqda.

3. Elektron tijorat.

O‘zbekistonda elektron tijorat (e-commerce) bo‘yicha

sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Raqamli platformalar va internet-savdo tizimlari
yordamida mahalliy va xorijiy tovarlar onlayn ravishda sotilmoqda. Shuningdek,
banklar va moliya muassasalari tomonidan internet-bank xizmatlari va onlayn to‘lov
tizimlari taklif qilinmoqda, bu esa raqamli savdoning rivojlanishiga yordam bermoqda.

4. Raqamli ta’lim va malaka oshirish.

O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning

rivojlanishiga mos ravishda ta’lim tizimida ham raqamli texnologiyalarni qo‘llash
bo‘yicha o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Universitetlar va oliy o‘quv yurtlarida
informatika va raqamli texnologiyalar bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, masofaviy ta’lim platformalari va onlayn kurslar orqali xodimlar va
talabalar uchun raqamli malaka oshirish imkoniyatlari yaratilmoqda.

5. Davlat raqamli xizmatlar.

Davlat tomonidan raqamli iqtisodiyotning

rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun bir qator huquqiy va tashkilotchilik islohotlari
amalga oshirilmoqda. Masalan, davlat xizmatlari raqamlashtirilmoqda, “Yagona
interaktiv davlat xizmatlari portal” orqali aholiga onlayn tarzda xizmatlar taqdim
etilmoqda. Shuningdek, elektron hukumat tizimi yaratilib, davlat ma’lumotlar bazalari
va raqamli arxitektura joriy qilinmoqda.

6. Kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish

.

Raqamli iqtisodiyotning

rivojlanishi bilan birga kiberxavfsizlik masalalari ham dolzarb bo‘lib bormoqda.
O‘zbekistonda kiberxavfsizlikni ta’minlash uchun maxsus tashkilotlar va qonunlar


background image

439

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ishlab chiqilmoqda. Ma’lumotlarni himoya qilish, shuningdek, foydalanuvchilarning
shaxsiy ma’lumotlarini xavfsiz saqlash masalalari ustuvor vazifalardan biridir.

7. Yangi texnologiyalarni qo‘llash.

O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotga sun’iy

intellekt (AI), blokcheyn texnologiyalari va “Internet of Things” (IoT) kabi yangi
texnologiyalarni joriy etish jarayonlari ham amalga oshirilmoqda. Bu texnologiyalarni
turli sohalarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport va sog‘liqni saqlashda
qo‘llash rejalashtirilgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning shakllanishi

davom etayotgan bir jarayon bo‘lib, bu jarayon davlat va xususiy sektor hamkorligi,
yangi texnologiyalarga sarmoya kiritish, infratuzilma rivojlanishi va ta’lim sohasidagi
o‘zgarishlar orqali amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotga o‘tishda
o‘ziga xos imkoniyatlar yaratish va mavjud muammolarni hal etish uchun izchil
ishlarni amalga oshirmoqda.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan birga O‘zbekistonda elektron tijorat

(e-commerce) va startap ekotizimi faol ravishda rivojlanmoqda. Xususan, mahalliy e-
commerce platformalari, masalan, Oson, ZoodMall, Ucell Online Store kabi elektron
savdo tarmoqlari orqali odamlar turli tovarlar va xizmatlarni onlayn ravishda sotib
olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha turli
dasturlar, akseleratorlar va inkubatorlar tashkil etilmoqda.

Bundan tashqari, onlayn to‘lov tizimlari va elektron pul o‘tkazmalarining joriy

etilishi raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda. Banklar va boshqa
moliya muassasalari raqamli bank xizmatlarini, onlayn kreditlash va to‘lov tizimlarini
taklif qilish mumkin. Shuningdek, O‘zbekistonda davlat xizmatlari sektori
raqamlashtirilmoqda. “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali aholiga
davlat xizmatlari onlayn tarzda taqdim etilmoqda. Bu platforma fuqarolar uchun vaqt
va xarajatlarni tejash imkonini yaratadi, shuningdek, davlat xizmatlari taqdimotining
samaradorligini oshiradi. Raqamli xizmatlar tizimi doirasida elektron soliqlar, onlayn
viza va pasport xizmatlari, shuningdek, elektron mahkama va sud tizimi kabi
yangiliklar joriy etilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030”

2020-yil 5-oktyabrda PF-6079 sonli farmoni.

2.

Mamasoatov D.R. “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qishloq xo‘jaligi

mahsulotlarini sotish bo‘yicha elektron savdo maydonchasidan foydalanishni
takomillashtirish”. Iqtisodiyot va taʼlim 24 (5), 394-399 2023 y.


background image

440

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

3.

Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari eksportini rivojlantirish

samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash istiqbollari. Science and innovative
development jurnali 5 (3), 122-133 2022 y.

4.

Mamasoatov D.R. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, afzalliklari va amaliy

ahamiyati. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, afzalliklari va amaliy ahamiyati. In
Konferensiyalar| Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 731-734). 2023, November.

5.

Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qishloq xoʼjaligi

mahsulotlarini sotish boʼyicha elektron savdo maydonchasidan foydalanishni
takomillashtirish. Iqtisodiyot va taʼlim, 24 (5), 394-399. (2023).

6.

Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari eksportini rivojlantirish

samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash istiqbollari. Science and innovative
development jurnali 5 (3), 122-133 2022 y.

7.

Sergiy Zorya Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasida qishloq

xo‘jalik muammolari bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi.

8.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati -Toshkent 2010.

9.

www.undp.org/facs/publications/working-power-multi-stakeholder-

processes

10.

Alibaba.com

11.

EBay.com

12.

Bigcommerce.com, Shopify.com

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030”

-yil 5-oktyabrda PF-6079 sonli farmoni.

Mamasoatov D.R. “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qishloq xo‘jaligi

mahsulotlarini sotish bo‘yicha elektron savdo maydonchasidan foydalanishni

takomillashtirish”. Iqtisodiyot va taʼlim 24 (5), 394-399 2023 y.

Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari eksportini rivojlantirish

samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash istiqbollari. Science and innovative

development jurnali 5 (3), 122-133 2022 y.

Mamasoatov D.R. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, afzalliklari va amaliy

ahamiyati. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, afzalliklari va amaliy ahamiyati. In

Konferensiyalar| Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 731-734). 2023, November.

Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qishloq xoʼjaligi

mahsulotlarini sotish boʼyicha elektron savdo maydonchasidan foydalanishni

takomillashtirish. Iqtisodiyot va taʼlim, 24 (5), 394-399. (2023).

Mamasoatov D.R. Tadbirkorlik subyektlari eksportini rivojlantirish

samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash istiqbollari. Science and innovative

development jurnali 5 (3), 122-133 2022 y.

Sergiy Zorya Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasida qishloq

xo‘jalik muammolari bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati -Toshkent 2010.

www.undp.org/facs/publications/working-power-multi-stakeholderprocesses

Alibaba.com

EBay.com

Bigcommerce.com, Shopify.com