533
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
RAQAMLI IQTISODIYOTNING HOZIRGI TENDENSIYALARI VA
GLOBALLASHUV SHAROITIDA UNING IQTISODIY O‘SISHGA TAʼSIRI
Bazarov Furqat Odilovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, i.f.n., prof.
Ismailov Xusanboy Mahammadqosim o‘g‘li
PhD, dotsent
Annotatsiya:
Maqolada raqamli iqtisodiyot sohasi rivojlanishining hozirgi
tendensiyalari va globallashuv sharoitida uning iqtisodiy o‘sishga taʼsiri ko‘rib
chiqiladi. Jahonda globallashuv va xalqaro raqobatning kuchayib borishi,
raqamlashtirish jarayonlarining kengayishi sharoitida hududlar iqtisodiyoti tarkibini
takomillashtirish borasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilg‘or hududlarni
rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy metodologik yondashuvlarini
ishlab chiqish, yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarni jadal rivojlantirish,
barcha hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy tafovutlarni qisqartirish, aholi bandligi va turmush
darajasini taʼminlashni tartibga solish, boshq
aruv tizimini markazlashtirmaslik
siyosatini keng joriy qilish, hududlarda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va
barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlashga ijtimoiy
-iqtisodiy va ekologik tizimlar hamda
raqamli texnologiyalarning taʼsirini baholash bu bo
radagi ilmiy-tadqiqot ishlarining
ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, Internet,
raqobatbardoshlik, axborotlashgan jamiyat, globallashuv, iqtisodiyot, raqamli
iqtisodiyot tendensiyalari, elektron hukumat, axborot tarmog‘i.
СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ И ИХ
ВЛИЯНИЕ НА ЭКОНОМИЧЕСКИЙ РОСТ В УСЛОВИЯХ
ГЛОБАЛИЗАЦИИ
Базаров Фуркат Одилович
Ташкентский государственный экономический университет, к.э.н., проф.
Исмаилов Хусанбой Махаммадкасим угли
PhD,
доцент
Аннотация
:
В статье рассматриваются современные тенденции развития
цифровой экономики и ее влияние на экономический рост в условиях
534
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
глобализации. Проводится множество научных исследований по
совершенствованию структуры экономики регионов в условиях глобализации и
международной конкуренции в мире, а также расширения процессов
цифровизации. Разработка современных методологических подходов к развитию
и поддержке передовых регионов, опережающее развитие производств на основе
высоких технологий, сокращение социального разрыва между всеми регионами,
регулирование занятости и уровня жизни населения, широкое внедрение
политики децентрализации управления системы, реализация структурных
изменений в регионах и оценка влияния социально
-
экономических и
экологических систем и цифровых технологий на обеспечение устойчивого
экономического роста являются приоритетными направлениями научно
-
исследовательской работы в этой связи.
Ключевые слова:
цифровая экономика, цифровые технологии,
Интернет,
конкурентоспособность,
информированное
общество,
глобализация, экономика, тенденции цифровой экономики, электронное
правительство, информационная сеть.
CURRENT TRENDS OF THE DIGITAL ECONOMY AND ITS IMPACT ON
ECONOMIC GROWTH IN GLOBALIZATION
Bazarov Furkat Odilovich
Tashkent State University of Economics, Ph.D., Prof.
Ismailov Xusanboy Mahammadkosim ugli
PhD, docent
Abstract:
The article examines the current trends in the development of the
digital economy and its impact on economic growth in the context of globalization.
Many scientific studies are being conducted on improving the structure of the economy
of regions in the context of globalization and international competition in the world, as
well as the expansion of digitization processes. Development of modern
methodological approaches to the development and support of advanced regions, rapid
development of industries based on high technologies, reduction of social gaps between
all regions, regulation of population employment and standard of living, widespread
introduction of the policy of decentralization of the management system,
implementation of structural changes in regions and assessment of the impact of socio-
economic and ecological systems and digital technologies on ensuring sustainable
economic growth are main priority directions of scientific and research work in this
regard.
535
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Keywords:
digital economy, digital technologies, internet, competitiveness,
informed society, globalization, economy, digital economy trends, e-government,
information network.
KIRISH
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot sohasini rivojlantirish, jahon bozorida
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish iqtisodiyotni intensiv tarkibiy
o‘zgarishlar bilan ajralib turadigan yangi taraqqiyot darajasiga olib chiqishga yordam
beradi.
Hozirda O‘zbekiston va uning hududlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga
alohida eʼtibor berilmoqda. “IT
-park rezidentlari 5 trillion so‘mlik xizmatlar
ko‘rsatgan, 140 million dollarlik xizmatlarni eksport qilgan. Mavjud 715 ta davlat
xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan o‘tgan yili 12
million aholi foydalangan. Raqamlashtirish natij
asida 70 dan ortiq turdagi maʼlumot
va hujjatlarni aholidan talab qilish bekor bo‘lgan”
.
Shu bilan birga, hududlarda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning
institutsional mexanizmlarini takomillashtirish, infratuzilmani shakllantirish, ijro
etuvchi mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini baholash mezonlarida raqamli
texnologiyalardan foydalanish darajasiga yetarli o‘rin ajratish, hududiy analitik-tahlil
platformalarini yo‘lga qo‘yish, ochiq statistik maʼlumotlar bazasini shakllantirish,
raqamli savodxonlikning hududlar miqyosidagi farqlilik darajasini qisqartirish kabi
vazifalarni amalga oshirish lozim. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini va
undagi tarkibiy o‘zgarishlarga raqamli texnologiyalar taʼsirini baholash amalga
oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirishni taqozo etadi.
So‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyot elementlarining butun iqtisodiyotga kirib
borishi jadallashmoqda. Mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasiga
muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini raqamlashtirish, davlat axborot tizimlari
va elektron xizmatlarni joriy etish, shuningdek, raqamli texnologiyalardan keng
foydalanishni taʼminlash bo‘yicha xalq taʼlimi, davlat xizmatlari, sud, moliya va bank
tizimida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini
samarali reyting baholash tizimi hamda uni amalga oshirishning idoralararo
mexanizmining yo‘qligi iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni raqamli transformatsiyasi
hozirgi holatini chuqur tahlil qilishga to‘sqinlik qilmoqda.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, umuman, milliy iqtisodiyotning
raqobatbardoshligi axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq. Jahon
iqtisodiy forumining maʼlumotlariga ko‘ra,
davlatlarning iqtisodiy raqobatbardoshligi
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan “Soha va hududlarda raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish
masalalari” bo‘yicha yig‘ilish. 2023-yil 22-fevral. https://president.uz/uz/lists/view/5943
536
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bilan yuqori
darajada bog‘liqlikka ega. Axborot texnologiyalari sohasi dunyodagi eng jadal
rivojlanayotgan tarmoqlardan biridir.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Raqamli iqtisodiyot hamda axborotlashgan jamiyat, uning shakllari va taʼsir
etuvchi omillarining ilmiy-metodologik jihatlari ko‘plab xorijlik olimlar, jumladan: N.
Negroponte, I. Boyko, V. Bondarenko, G. Gasanov, G. Golovenchik va boshqalar
tomonidan tadqiq qilingan. O‘zbekiston iqtisodiyotida axborot texnologiyalaridan
foydalanish, raqamli iqtisodiyotni joriy etishning dolzarb masalalari va iqtisodiyotga
taʼsirini baholash bilan bog‘liq tadqiqotlar Gulyamov (2019), O. Abdullayev, Ayupov
(2019), Umarov (2018) va mamlakatimizning boshqa ko‘plab yetakchi iqtisodchi
olimlari tomonidan olib borilgan. Ularning ilmiy tadqiqot ishlarida isteʼmolchilar va
ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlarini taʼminlaydigan, shuningdek, ular o‘rtasida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini beradigan funksiyalar to‘plamiga
ega bo‘lgan raqamli muhit bo‘yicha izlanishlar o‘rin olgan.
Negroponte “raqamli iqtisodiyot” tushunchasiga “Axborot hajmi bilan
almashtiriladigan mahsulotlarning jismoniy og‘irligi yo‘qligi, elektron mahsulotlarni
ishlab chiqarish uchun resurslarning arzonligi, mahsulotlarning ancha kichikroq
maydoni, shuningdek, tovarlarning Internet orqali deyarli bir zumda harakatlanishi”,
deb taʼrif bergan (Nicholas N., 1995: 18 b.)
.
Boyko va boshqalar esa, “Biz raqamli iqtisodiyotni raqamli texnologiyalarga
asoslangan faoliyat majmuasi, shuningdek, raqamli texnologiyalarning ishlashini
taʼminlovchi infratuzilma sifatida tushunamiz. Raqamli texnologiyalar bu holda
raqamli tizimlar asosida axborotni yaratish, to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish
bilan bog‘liq texnologiyalar sifatida tushunilishi kerak”, deya taʼrif bergan (Бойко И.,
2017: 23 b.).
Bondarenko “Raqamli iqtisodiyot bu to‘rtinchi sanoat inqilobi texnologiyalariga
mos keladigan odamlar o‘rtasidagi munosabatlar modelini topishning yaxlit, tizimli,
murakkab muammosi, yaʼni raqamli texnologiyalar bilan XXI asrning boshqa yuqori
texnologiyalarini shakllantirish, ishlab chiqish va amalga oshirishda obyektiv
belgilangan maqsadga erishishni taʼmi
nlash kerak”, deya o‘z mualliflik fikrini
bildirgan (Бондаренко В., 2017: 3 b.)
.
Gasanov esa “raqamli iqtisodiyot” tushunchasiga quyidagicha taʼrif bergan:
“Raqamli iqtisodiyot bu ilg‘or fan yutuqlari va ilg‘or texnologiyalarga, birinchi
navbatda raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan
iqtisodiyotdagi institutsional toifalar (konsepsiyalar) tizimi bo‘lib, uning faoliyati
ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy barqarorlikni saqlash,
mamlakat fuqarolarining farovonli
gi va hayot sifatini oshirishga qaratilgan” (Гасанов
537
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Т., Гасанов Г., 2017: 4 b.)
.
Golovenchik o‘z tadqiqotlari natijasida “Raqamli iqtisodiyot bu global axborot
makonida faoliyat yurituvchi, raqamli tarmoqdan keng foydalanish orqali davlat,
biznes hamjamiyat va fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va texnologik
aloqalar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv
usullari va texnologiyalarida doimiy innovatsion o‘zgarishlarga olib keladigan
mahsulotlar va xizmat
larni ishlab chiqarish va isteʼmolchiga yetkazishning raqamli
turlari va shakllarini yaratuvchi texnologiyalar tizimi”,
deb taʼrif bergan (Головенчик
Г., 2019: 4 b.)
.
Gulyamov va boshqalar “Raqamli (elektron) iqtisodiyot bu axborot, jumladan,
shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini
maksimal darajada qondirish uning o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan iqtisodiyotidir”, deya
fikr bildirganlar (Gulyamov S. va boshqalar, 2020: 21 b.).
Abdullayev O. va boshqalar o‘zlarining tadqiqotlari natijasida “Raqamli
(elektron) iqtisodiyot –
onlayn texnologiyalarga asoslangan va hayotiy neʼmatlar bilan
ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan, bu esa, o‘z navbatida xo‘jalik yuritishning
yangi usullarini shakllantirishni ko‘zda tutadigan va davlat tomonidan tartibga
solishning amaliy vositalarini talab qiladigan ishlab chiqarish, ayirboshlash va isteʼmol
jarayonlarida yuzaga keladigan munosabatlar yig‘indisidir”,
deb taʼrif berganlar
(Abdullayev O. va boshqalar, 2020: 20 b.).
O‘zbekistonda UNDP – Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi
(BMTTD) loyihasi doirasida bir qator maxsus tadqiqotlar o‘tkazildi. Jumladan,
“O‘zbekistonda Internet rivojlanishining holati va istiqbollarini tahlil qilish”,
“O‘zbekistonda dasturiy taʼminotga intelle
ktual mulk huquqi bo‘yicha qo‘llanma”,
“O‘zbekistonda axborot jamiyati holatini tahlil qilish”, “O‘zbekistonda dasturiy
taʼminot eksporti sanoatini rivojlantirish holati va istiqbollari” va boshqalar shular
jumlasidandir.
METODOLOGIYA
Tadqiqotda umumlashtirish va tizimlashtirish, statistik, tarkibiy va qiyosiy tahlil,
grafik tasvirlash, ekspert baholash, strategik rejalashtirish va ekonometrik
modellashtirish usullaridan foydalanilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
So‘nggi yillarda ko‘plab mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar raqamli iqtisodiyot
konsepsiyasiga o‘tish va uni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni ustuvor vazifa
sifatida belgilab olganlar. Shunga o‘xshash yo‘nalishlar AQSH, Buyuk Britaniya,
Kanada, Finlyandiya, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Hindiston va boshqalarda ishlab
chiqilgan hamda amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-
538
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”
PF-60-son Farmoni, 2018-yil 3-iyul PQ-3832-son “O‘zbekiston Respublikasida
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-maydagi 421-sonli “Zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish hisobidan aholiga davlat
xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qarori, 2021-yil 15-iyundagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron
hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” VMQ-373-son qarori hamda mamlakatda raqamli
iqtisodiy tizimga o‘tishni rag‘batlantirish va jadallashtirishga qaratilgan boshqa
meʼyoriy
-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bugungi kunning
dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
O‘zbekistonda Internet tarmoqlarining yaxshi rivojlanmaganligi, elektron savdo
xizmati rivojlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Internet kelajak texnologiyasidir, ushbu
texnologiyadan qanday samarali foydalanish kerakligini bilish muhim ahamiyat kasb
etadi. Zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasining barpo etilishi raqamli
iqtisodiyot rivojlanishi uchun eng muhim omillardan biri.
Bu borada mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xalqaro
internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik imkoniyatini 2022-yilda
3200 Gigabit/sekundni tashkil etdi. 2022-yilda ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining
o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat va tuman markazlari darajasida 1,5 barobarga oshdi.
2023 yilda telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha
50 ming kilometrdan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy
uzunligi 170 ming kilometr yetkazildi, va buning natijasida aholi maskanlarining 80
foiziga mazkur tarmoq kirib bordi. Optik tarmoqni kengaytirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar kelgusi yillarda ham shu sur’atda davom ettirilishi belgilangan.
Aholiga yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatish qurilmalarining umumiy
sig‘imi 4,6 millionga yetkazildi.
2023-yilning o‘n oyi mobaynida 5000 dan oriq qo‘shimcha tayanch stansiyalari
o‘rnatilib ularning umumiy soni 59,2 mingtaga yetkazildi, respublika bo‘yicha mobil
aloqa qamrovi darajasi 99 foizga (mobil aloqa abonentlari soni 31,3 mln.), keng
polosali mobil Internet qamrovi 98,5 foizga yetkazildi. Natijada o‘tgan davr mobaynida
yuqori tezlikdagi mobil internet foydalanuvchilar soni 4 millionga ortdi. Xalqaro va
davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini 75 foizini mobil aloqa qamrovi bilan
ta’minlash natijasida axoli va turistlarning yo‘llarda internetdan foydalanish
imkoniyati kengaytirildi.
Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yillarga
nisbatan 42,9 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 30,0 ming so‘mni tashkil
etmoqda. Bugungi kunga kelib 99 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab
539
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
olingan, 70 foiz uy xo‘jaliklariga yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni
yaratilgan.
“O‘zbektelekom” AK maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini
yaratish” loyihasi doirasida 70 ta telekommunikatsiya shkaflari, 194 ta bleyd-serverlar,
5 Petabayt maʼlumotlarni saqlash tizimiga ega maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash
markazi ishga tushirildi hamda mavjud Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi
40 ta bleyd-
server va maʼlumotlar saqlash tizimi 5 Petabayt hajmga kengaytirildi.
Shuningdek, 2022-yil 3-choragida “Uptime Institute” xalqaro tashkilotining TIER III
standarti asosida loyihalashtirilgan Toshkent viloyatida Elektron hukumat tizimining
maʼlumotl
arini saqlash va qayta ishlash yagona markazi qurilib, 300 ta
telekommunikatsiya shkaflari, 580 ta server, 20 Petabayt maʼlumotlarni saqlash
tizimiga ega maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushirildi.
Kelgusi 2 yilda optik tolali aloqa liniyalarini respublikadagi barcha aholi
maskanlariga yetkazib borish, barcha xonadonlar uchun yuqori tezlikdagi internetdan
foydalanish imkoniyatini yaratish hamda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik
avtomobil yo‘llarini mobil internet qamrovi bilan ta’minlanadi.
Narxlar islohoti tufayli O‘zbekiston Britaniyaning Cable.co.uk portali reytingiga
ko‘ra eng arzon internetga ega 230 davlat orasida 21-o‘rinni egalladi.
Telekommunikatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalari qatorida ijtimoiy soha
obyektlarin
i yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan taʼminlash
rejasi ham mavjud.
Bugungi kunga qadar umumtaʼlim maktablarining 100 foizi, mahalla fuqarolar
yig‘inlarining 97 foizi, ichki ishlar organlari shuningdek, maktabgacha taʼlim va
tibbiyot muassasalarining 100 foizi yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan.
2024-yil oxiriga qadar barcha ijtimoiy soha obyektlari yuqori tezlikdagi internet
tarmog‘i bilan to‘liq taʼminlanadi.
Quyidagi jadvalda O‘zbekiston hududlari bo‘yicha 2018 va 2022 yillarda yalpi
hududiy mahsulot hamda AKT sohasida band bo‘lganlar soni bo‘yicha tahlil amalga
oshirilgan (1-jadval).
1-jadval
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hamda
AKT sohasida band bo‘lganlar soni
Hududlar
2018
2022
O‘zgarishi (+), (-)
YaHM,
mlrd.
so‘m
Bandlar
soni,
kishi
YaHM,
mlrd. so‘m
Bandlar
soni,
kishi
YaHM,
mlrd. so‘m
Bandlar
soni,
kishi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
15 009,4
1 031
29 925,4
1 309
+14 916,0
+278
Andijon
26 503,0
1 397
54 464,0
1 611
+27 961,0
+214
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlari asosida muallif tomonidan
shakllantirilgan.
540
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Buxoro
21 158,3
1 506
45 797,3
1 908
+24 639,0
+402
Jizzax
12 074,7
731
27 140,8
1 133
+15 066,1
+402
Qashqadaryo
27 962,2
927
49 520,8
1 256
+21 558,6
+329
Navoiy
22 132,2
1 219
66 685,4
1 346
+44 553,2
+127
Namangan
18 046,0
1 234
41 098,2
1 625
+23 052,2
+391
Samarqand
31 233,5
1 503
62 440,3
2 090
+31 206,8
+587
Surxondaryo
17 802,0
855
34 858,5
1 125
+17 056,5
+270
Sirdaryo
8 066,3
211
18 136,8
664
+10 070,5
+453
Toshkent
38 774,3
1 865
93 433,1
2 896
+54 658,8
+1 031
Farg‘ona
26 611,5
2 341
55 972,1
2 388
+29 360,6
+47
Xorazm
15 242,5
1 039
31 963,1
1 277
+16 720,6
+238
Toshkent shahri
54 694,3
24 389
147 414,6
36 506
+92 720,3 +12 117
2022-yilda YaIM tarkibida Toshkent shahri 16,6%, Toshkent va Navoiy
viloyatlari 10,5% va 7,5% ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.
Respublika YaIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (2,0%) va Jizzax (3,1%)
viloyatlariga to‘g‘ri kelgan. AKT sohasida band bo‘lganlar soni bo‘yicha 2018- va
2022-yillarda Toshkent shahri (mos ravishda 24389 va 36506 nafar), Farg‘ona (mos
ravishda 2341 va 2388 nafar) va Toshkent (mos ravishda 1865 va 2896 nafar)
viloyatlari respublika hududlari orasida yetakchi o‘rinlarni egallagan.
AKT sohasida band bo‘lganlar soni bo‘yicha eng yuqori o‘sish 2018-yilga
nisbatan 2022-yilda Toshkent shahri (+12117 nafar), Toshken (+1031 nafar) va
Samarqand (+587 nafar) viloyatlarida kuzatilgan.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga
oshirish hamda infratuzilmani yaratish bilan aholini yangi texnologiyalarga tezkor jalb
qilish zarurati tug‘iladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni taʼkidlash mumkinki,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning barcha yo‘nalishlarida
amalga oshirilgan O‘zbekiston Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish
strategiyasi ijobiy tendensiyani namoyish etmoqda.
O‘zbekistonda maʼlumotlar uzatish tezligi va tarmoq
qa ulangan abonentlar soni
yildan yilga ortib bormoqda. Quyidagi rasmda 2015 - 2023-yillar kesimida tarmoqqa
ulangan mobil aloqa abonentlari soni bo‘yicha ma’lumotlari keltirilgan (1-rasm).
O‘zbekistonda tarmoqqa ulangan mobil aloqa abonentlari soni 2015-yilda 18,3
million nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil 1-yanvarga kelib bu ko‘rsatkich 34,2
millionga yetdi.
Bu chora-tadbirlarning barchasi aloqa kanallarining o‘tkazuvchanligini oshirish
imkonini berdi. Internet-kanallarning umumiy o‘tkazuvchanligi yildan yilga oshib
bormoqda. 2020-yilda internet-kanallarning umumiy o‘tkazuvchanligi 1200 Gbit/s ni
tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yildan boshlab bu ko‘rsatkich 1800 Gbit/s ni tashkil
etmoqda.
541
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
1-rasm. O‘zbekistonda tarmoqqa ulangan mobil aloqa abonentlari soni, mln.
birlik
Uzoq muddatli istiqbolda milliy iqtisodiyotning axborot-kommunikatsiya
sohasini rivojlantirishning tizimli muammosini amaliy hal qilishda ikkita asosiy
tamoyilga amal qilish muhimdir:
AKTning muhim yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun
mablag‘larning to‘planishi: fundamental va amaliy bilimlarning ko‘payishi; “Inson
kapitali” sifat darajasini oshirish bu sohada O‘zbekistonning raqobatdosh
ustunliklaridan biri bo‘lishi mumkin;
Davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalangan holda bilimlarning bozor
mahsulotiga aylanishini taʼminlaydigan axborot infratuzilmasini yaratish lozim. Ilmiy
tadqiqotlarning bir qismi hamda axborot infratuzilmasini joriy etish ishlari davlat
ishtirokida, bozorni tijoratlashtirish esa asosan biznesning o‘zi tomonidan amalga
oshirilishi kerak.
Shu bilan birga, AKT mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlangan
mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chirish jarayoni mavjud bo‘lgan
dunyo axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorining rivojlanish
tendensiyalarini hisobga olish kerak. Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va
Sharqiy Yevropa mamlakatlari olisdagi ishlab chiqarish va eksport zonalari bo‘lib,
ko‘plab xorijiy AKT kompaniyalarini o‘z ichiga oladi. Ular AKT ishlab chiqarishni
rivojlantirish uchun katalizatorga aylandilar, bu yerda ularning katta mablag‘lari
yo‘naltiriladi. Buning sababi shundaki, ushbu mahsulotlar yuqori sifatli, lekin
rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligida arzonroq narxlarda ishlab
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlari asosida
muallif tomonidan
shakllantirilgan.
18,3
19,5
20,6
20,3
22,5
26,4
29,5
32,0
34,2
0
5
10
15
20
25
30
35
40
201 5
2 0 16
2 01 7
2 0 18
2019
2020
2021
2022
2023
542
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
chiqarilmoqda. Bu ularga tegishli
mahsulotlarning jahon bozoridagi
raqobatbardoshligini oshiradi. Umuman olganda, AKT bozori jahon iqtisodiyotining
eng dinamik va katta tarmoqlaridan biriga aylandi. Bu o‘z navbatida ushbu sohada
xalqaro raqobatni kuchaytirishga olib keldi va ko‘plab mamlakatlarga ilmiy-tadqiqot
va tajriba-
konstruktorlik ishlari global AKT sohasida yetakchilikni taʼminlash uch
un
innovatsiyalar va mahsulotlar xarajatlarini ko‘paytirishga olib keldi.
Global raqamli texnologiyalar bozorida talabning shakllanishiga oid o‘ziga xos
xususiyatlarni tahlil qilish, ushbu mahsulotning xususiyatlariga asoslanib axborot
texnologiyalariga bo‘lgan global talabni shakllantirish
uchta asosiy isteʼmolchilar
guruhini ajratishga imkon beradi (2-jadval).
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va
sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, taʼlim, sog‘liqni saqlash v
a qishloq
xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2-jadval
Raqamli texnologiyalarga global talabni shakllantiradigan
isteʼmolchilarning asosiy guruhlari
№
Nomi
Tarkibi
1
Sanoat ishlab
chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohasida
band bo‘lgan xususiy
va davlat korxonalari
Jahon iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlarida raqobat
kuchayib borayotgan sharoitda, boshqaruv samaradorligini
oshirishga intilib, turli integratsiyalashgan boshqaruv
tizimlariga (Enterprise Resource Planning Systems – ERP
Systems, Customer Relationship Management Systems –
CRM Systems, Product Service Management Systems – PSM
Systems) ulanish
barqaror talabni taʼminlaydi
. Ularning savdo
daromadlari yildan yilga o‘sib bormoqda.
2
Ilmiy-tadqiqot
muassasalari va
universitetlar
Ilmiy-
tadqiqot muammolarini hal qilish, moliya va maʼmuriy
bo‘limlar, milliy kutubxonalar faoliyatini avtomatlashtirish,
shaxsiy kompyuterlar uchun infratuzilma dasturlari va katta
hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash uchun hisoblash
markazlari xizmatlari uchun qo‘llaniladigan dasturiy
taʼminotga asosiy talabni shakllantiradi
3
Uy xo‘jaliklari
Ular, birinchi navbatda, shaxsiy kompyuterlar uchun dasturiy
taʼminot, matn,
tovush, video va grafik maʼlumotlarni qayta
ishlash uchun talabga ega.
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va
axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning
barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar
4
Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida muallif tomonidan shakllantirilgan.
543
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
bilan taʼmi
nlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish
boshlangan.
Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan
geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani
boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va
keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi
“Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga oshirilmoqda.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Shunday qilib, asosiy vazifa texnologik rivojlanishning milliy ustuvor
yo‘nalishlarini samarali amalga oshirish uchun respublikada ilmiy-tadqiqot sohasining
salohiyatidan foydalanish, ayni paytda axborot-kommunikatsiya sektorini “bilim
iqtisodiyoti” ishlab chiqarish tarmog‘iga aylantirishdir. Istiqbolda ushbu muammoning
quyidagi asosiy jihatlarini o‘rganish talab etiladi:
Respublika axborot-kommunikatsiya sohasini global jahon bozoriga integratsiya
qilish strategiyasiga konseptual yondashuvlarni ishlab chiqish;
Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbol
ida “Big Data” (ulkan maʼlumotlar),
“Cloud Computing” (bulut texnologiyasi), “Artificial intelligence” (sunʼiy
intellekt)dan foydalanish istiqbollari va Crowdsourcing – qo‘shimcha ko‘ngillilar,
“Blockchain technology” (blokcheyn texnologiyalari)ni tatbiq etishning uslubiy
jihatlari hamda ushbu texnologiyalarning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishga taʼsirini
tadqiq qilish;
Jahonning iqtisodchi olimlari bugungi raqamlashib borayotgan global olamda
raqamli iqtisodiyotning qiymati va samaradorligini baholash bo‘yicha yagona integral
indikatorni yaratish bo‘yicha muammolarga duch kelishmoqda. Ushbu holatlarni
bartaraf etishda empirik va statistik maʼlumotlarning yetishmasligi, texnologik
rivojlanish jarayonlarining shiddat bilan o‘zgarib borayotganligi, institutsional
o‘zgarishlarning tez surʼatlarda amalga oshayotganligi sabab bo‘lmoqda;
Raqamli transformatsiya (digital transformation) keng maʼnoda raqamli
texnologiyalarni qabul qilish bilan taʼminlangan strategiya, modellar, operatsiyalar,
mahsulotlar, marketing yondashuvi va maqsadlarni qayta ko‘rib chiqish orqali
boshqaruv tizimini o‘zgartirishni talab qiladi. U savdo-sotiq, biznes va umumiy
iqtisodiyotning o‘sishini tezlashtirish hamda notijorat tashkilotlarning (masalan,
universitetlar va boshqa o‘quv muassasalari) samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni raqamli transformatsiya jarayonlarini
tartibga soluvchi huquqiy asos hisoblanadi).
Ushbu tadqiqotlar davomida olingan nazariy natijalar axborotlashgan jamiyatni
544
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
shakllantirish, raqobatbardoshlikni oshirishning yangi shart-sharoitlari va manbalarini
yaratish, shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonini jadallashtirish orqali raqamli
iqtisodiyotga o‘tish hamda ularni jahon iqtisodiy tizimining globallashuv
muammolariga moslashtirish mexanizmini kengaytirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy
yondashuvlarni kengaytirish zarur hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Abdullayev O. va boshqalar. Raqamli iqtisodiyot // O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent: Lesson press, 2020.
2. Ahmediyeva
А.,
Ma’murov B. Mamlakatda raqamli transformatsiyaning
iqtisodiy samaradorlikka ta’siri //
Архив научных исследований.
–
Т
oshkent, –
№ 1
,
2022.
3. Ayupov R., Baltaboyeva G. Raqamli iqtisodiyot: muammolar va yechimlar. //
Xalqaro moliya va hisob. Ilmiy elektron jurnal. –
№ 1
, 2019.
4. Gulyamov S. va boshqalar. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari.
– Toshkent, 2019.
5. Kadyrov A., Akhmedieva A., Bazarov F., Ma’murov B. (2021) Formation of
information society and its influence on competitiveness of national economies in the
context of world economy globalization. // ICFNDS 2021: The 5th International
Conference on Future Networks & Distributed Systems. – P. 672-684.
6. Nicholas Negroponte. Being Digital. – New York: Alfred Knopf, 1995.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-
son “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi.
8. Umarov
О.
Raqamli iqtisodiyot va uning rivojlanish tendensiyalari. //
Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. Ilmiy elektron jurnal. –
№ 3, 2018
.
9.
Бондаренко В. Мировоззренческий подход к формированию, развитию
и реализации “цифровой экономики” // Журнал “Современные ИТ и ИТ
образование”
, 2017.
10.
Гасанов Т., Гасанов Г. Цифровая экономика как новое направление
экономической теории // РППЭ.
–
№
6 (80), 2017.
11.
Головенчик Г. Теоретические подходы к определению понятия
"цифровая экономика" // Наука и инновации.
–
№
2 (192), 2019.
12.
Маъмуров Б.Х.
Государственная поддержка инновационной
активности системы предпринимательства //
Технологии информационного
общества
, 2016. –
С. 318
-319.
13.
Маъмуров Б.Х. Цифровая трансформация в экономике Узбекистана //
Big Data and Advanced Analytics. –
№. 6
-2, 2020. –
С. 181
-187.