Авторы

  • Сирожиддин Мурадов
    Каршинского инженерно-экономического институт

Биография автора

  • Сирожиддин Мурадов , Каршинского инженерно-экономического институт
    Cтажер-преподаватель

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.89747

Ключевые слова:

raqamli iqtisodiyot raqamlashtirish mehnat muhofazasi xavfsizlik texnikasi yo‘riqnoma model modul raqamli platforma.

Аннотация

Maqolada raqamli iqtisodiyot va uning afzalliklari, mehnatni
muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zaruriyati va
ahamiyati hamda afzalliklari yoritilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan mehnat
muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va ularning bilimlarini
sinovdan o‘tkazishni raqamlashtirish modeli hamda uning mazmuni to‘g‘risida qisqa
ma’lumotlar keltirilgan.


background image

271

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA

O‘QITISH VA YO‘RIQNOMALARNI RAQAMLASHTIRISH ASOSLARI

Muradov Sirojiddin Husan o‘g‘li

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”

kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi

sirojiddinmuradov0@gmail.com


Annotatsiya.

Maqolada raqamli iqtisodiyot va uning afzalliklari, mehnatni

muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zaruriyati va
ahamiyati hamda afzalliklari yoritilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan mehnat
muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va ularning bilimlarini
sinovdan o‘tkazishni raqamlashtirish modeli hamda uning mazmuni to‘g‘risida qisqa
ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, mehnat muhofazasi,
xavfsizlik texnikasi, yo‘riqnoma, model, modul, raqamli platforma.

ОБУЧЕНИЕ

ТЕХНИКЕ

ОХРАНЫ

ТРУДА

И

ТЕХНИКИ

БЕЗОПАСНОСТИ,

ОСНОВЫ

ОЦИФРОВКИ

ИНСТРУКЦИЙ

Мурадов Сирожиддин Ҳусан ўғли

стажер-преподаватель Каршинского инженерно-экономического института

sirojiddinmuradov0@gmail.com

Аннотация

:

В статье описаны цифровая экономика и ее преимущества,

необходимость и важность применения цифровых технологий в сфере охраны

труда, а также преимущества. Приведены краткие сведения о разработанной

автором модели цифровизации обучения и проверки знаний работников по

технике безопасности и охраны труда и ее содержании.

Ключевые

слова

:

цифровая экономика, цифровизация, охрана труда,

техника безопасности, методология, модель, модуль, цифровая платформа.

FUNDAMENTALS OF DIGITALIZATION OF TRAINING AND

INSTRUCTIONS ON LABOR PROTECTION AND SAFETY TECHNIQUES

Muradov Sirojiddin Husan ugli

Intern-teacher of the Karshi Institute of Engineering and Economics


background image

272

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

sirojiddinmuradov0@gmail.com

Abstract:

The article highlights the necessity and importance of implementing

digital technologies in the field of labor protection, as well as its advantages. It also
introduces a model for quantifying the training of employees in occupational safety
and health, as well as assessing their knowledge.

Keywords: digital economy, digitization, labor protection, safety technique,

guideline, model, module, digital platform.

KIRISH

Raqamli iqtisodiyotga o‘tish zamon talabi va O‘zbekistonni yaqin yillarda

rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Yangi avlod raqamli texnologiyalari
– sun’iy intellekt, robototexnika, internet, simsiz aloqa texnologiyalari va
boshqalarning paydo bo‘lishi ishlab chiqarish, biznes va ijtimoiy sohadagi faoliyat
modellarini o‘zgartirishni talab etmoqda. Yangi raqamli texnologiyalardan samarali
foydalanish infratuzilma va huquqiy muhitni shakllantiruvchi butun mamlakatning
ham, alohida kompaniyalarning ham xalqaro raqobatbardoshligini belgilab bermoqda.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va
odamlar hayotini osonlashtirish uchun raqamli texnologiyalar va innovatsion
yechimlar iqtisodiyotning turli tarmoqlari va jamiyat hayotiga faol joriy etilib,
qo‘llanilmoqda. Raqamli texnologiyalar davlat boshqaruvi, bank ishi, sanoat, tibbiyot
va xavfsizlikni ta’minlashda qo‘llaniladi. Mamlakatimiz kelajagi raqamli
texnologiyalarning keng joriy etilishi va qo‘llanilishi bilan chambarchas bog‘liq.

Boshqa sohalar kabi O‘zbekistonda mehnat muhofazasini raqamlashtirish ham

o‘ta muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki davlat va jamiyatning
eng muhim vazifalaridan biri fuqarolarning sog‘lom va xavfsiz mehnat qilish
huquqlarini ta’minlash hisoblanadi. Taraqqiy etgan ko‘pgina davlatlarning tajribasi
mehnatni muhofaza qilish madaniyatini rivojlantirish xodimlar uchun ham, ish
beruvchilar va davlat uchun ham manfaatli ekanligidan dalolat beradi. Mehnat
muhofazasi qoidalariga rioya etmaslik mehnat unumdorligi va ishlab chiqarilayotgan
tovarlar sifatini pasaytiradi.

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi raqamlashtirish odatda aqlli kaskalar,

sun’iy intellekt orqali xavflarni aniqlash vositalari va VR ta’lim texnologiyalarini
anglatadi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida elektron hujjat aylanishi va
elektron raqamli imzodan foydalanish yordamida hujjatlar bilan ishlashni
soddalashtirish, ish joyida mehnatni muhofaza qilish madaniyati darajasini oshirish,
xodimlarning huquqlarini himoya qilish va yuqori xavflilikdagi ishlar xavfsizligini
ta’minlashda xam muhim rol o‘ynaydi. Mehnat muhofazasini raqamlashtirish moddiy
xarajatlarni kamaytiradi, vaqt tejaladi, ma’lumotlarni elektron bazasi yaratiladi, ularni


background image

273

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

uzatish, qayta ishlash va saqlash imkoniyatlari kengayadi, mehnat muhofazasi bo‘yicha
yo‘riqnomalar berish, ishchi-xodimlar bilimini sinash imshlari onlayn formatga o‘tadi,
hujjatlarni o‘tgan sanalar bilan imzolashga chek qo‘yiladi, korrupsiya oldi olinadi,
ishchi-xodimlarning huquqlari himoyasi mustahkamlanadi hamda hisobotlarda
shaffoflik ta’minlandi [1].

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik

kuzatuv, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, dasturlashtirish va raqaamlashtirish modellari
kabi metodlardan foydalanildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Mehnatni muhofazasini raqamlashtirish va unda sun’iy intelktni qo‘llash unda

foydalanish mavzusida ko‘plab olimlar izlanishlar olib borishgan. Bu mavzudan bir
nechta ilmiy ommobop maqolalar hamda ilmiy ishlar bajarilgan bo‘lib, ulardan

Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. larning “Цифровое будущее охраны труда”

maqolasi hamda ishlab chiqarish va sonoatdagi sohada qo‘llanilayotgani mehnatni
muhofaza qilishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intelekt orqali xavfsiz mehnat
sharoitlarini yaratilish munkunligi isbotlangan.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMALAR

Mutaxassislarning fikricha, mehnatni muhofaza qilishda raqamli

transformatsiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri xodimlarni o‘qitish, va bilimlarini
sinovdan o‘tkazish hisoblanadi. Chunki ushub jarayon mehnatni muhofaza qilish
sohasidagi eng muhim va ko‘p vaqt talab qilinadigan jarayonlardan biridir. Ushbu
jarayonlarni raqamlashtirish tashkilotda mavjud bo‘lgan ta’lim va sertifikatlash
jarayonlarini boshqarish tizimini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Asosiysi,
raqamlashtirish darajasi korxonaning haqiqiy ehtiyojlariga mos kelishi, amalga
oshirishning murakkabligi va olinishi kerak bo‘lgan natijalar nuqtai nazaridan optimal
bo‘lishi kerak [2,3].

Muallif tomonidan yuqoridagi talablar asosida korxona va tashkilotlarda mehnat

muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish hamda ishchi-xodimlar bilimini
sinovdan o‘tkazish ishlarini raqamlashtirish modeli ishlab chiqildi. Model barcha
korxonalar uchun xos bo‘lgan o‘qitish va sertifikatlash jarayonining standart
shakllariga asoslangan. Bu xodimning ishga qabul qilingan paytdan boshlab
korxonadagi to‘liq mehnat faoliyatini o‘z ichiga oladi.

Korxonalarda mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish va bilimlarni sinovdan

o‘tkazishning raqamli modelini ishlab chiqishda qo‘yidagi talablar hisobga olindi:

-

modelning doimiyligi va barqarorligi, ya’ni model xodimning ishga kirish

jarayonidan tashqari uning barcha mehnat faoliyati davrini o‘z ichiga oladi;


background image

274

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

-

model muayyan korxonada ishlaydigan xodimlarni mehnat muhofazasi

bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha Nizom talablari hisobga
olingan;

-

modelda mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitishning asosiy maqsadi

belgilangan, ya’ni xodim uchun uning xavfsizligini ta’minlaydigan aniq harakatlar
ketma-ketligi o‘rin olgan;

-

model funksional va uslubiy jihatdan birlashtirilgan, ya’ni mahalliy normativ

hujjatlar va muayyan ish amaliyotlari, shu jumladan ularning salbiy oqibatlariga
asoslangan yagona o‘quv va uslubiy bazaga ega bo‘lishi kerakligi hisobga olingan.

Raqamli model quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
-

ichki korporativ talablarga hamda huquqiy-me’yoriy talablarga

moslashuvchan yagona dasturiy platforma;

-

axborotni taqdim etishning samarali shakllari - birinchi navbatda audiovizual,

video lavhalar, elektron resrslar va elektron test ;

-

bilim darajasini doimiy monitoring qilish imkoniyati va materialni

o‘zlashtirish va xodimning egallagan bilimlari darajasi bo‘yicha baholash, tegishli
tartibda sertifikat yoki guvohnoma berish ishlari.

Amaldagi huquqiy hujjatlarga muvofiq xodimlarga xavfsizlik texnikasi, ishlab

chiqarish sanitariyasi, yong‘in xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilishning boshqa
qoidalari haqida yo‘l-yo‘riqlar berish hamda xodimlarning mehnatni muhofaza
qilishning hamma talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi
ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.

Xodimlarga yo‘riqnoma berish, o‘qitish va ularning bilimlarini tekshirish

ishlarini tashkil etish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va
bilimlarni sinash to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat
raqami 272-son) muvofiq amalga oshirilishi lozim.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qitish, yo‘l-yo‘riqlar

berish va bilimlari tekshirishdan o‘tmagan xodimlarni ishga qo‘yish taqiqlanadi.

Xodimlarni xavfsiz mehnat usullariga o‘qitishni tashkil qilish va amalga oshirish

bo‘yicha umumiy raxbarlik va javobgarlik korxona raxbariga yuklatiladi. Xodimlarni
yo‘riqnomadan o‘tkazish turlari ikkiga ya’ni kirish va ish joyida o‘tkaziladigan
yo‘riqnomaga bo‘linadi. Ish joyidagi yo‘riqnoma uz navbatida birlamchi, davriy va
navbatdan tashqari yo‘riqnomalarga bo‘linadi.

Xodimlarni kirish yo‘riqnomasidan o‘tkazish tartibi

Korxonaga ishga kirgan xodimlar, boshqa tashkilotlardan shu korxonaga ishlash

uchun xizmat safariga yullanganlar va amaliyotni o‘tash uchun kelgan o‘quvchilar
kirish yo‘riqnomasidan o‘tadi. Xodimlarni kirish yo‘riqnomasidan o‘tkazishni
mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimi yoki ushbu vazifa yuklatilgan boshqa bir
xodim amalga oshiradi.


background image

275

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Hozirgi kunda amalda kirish yo‘riqnomasidan tegishli me’yoriy xujjatlar va

kurgazmali kurollar bilan jixozlangan mehnat muhofazasi xonasida o‘tkaziladi.

Ushbu yo‘riqnoma raqamli texnologiyalar bilan tashkil etilganda interfaol

taqdimotlar, video materiallar, interfaol matnlar hamda boshqa turdagi elektron ta’lim
resurslari foydalanish tavsiya etiladi [4]. Ularning o‘ziga xos xususiyati - bu xodimning
idrokiga, eshitish va vizual kanallardan foydalanishga salohiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Biroq, ushbu raqamli texnologiyalarga asoslangan materiallarni ishlab chiqish,
yangilash hamda ularni muntazam platformaga kiritib borish katta vaqt va moliyaviy
mablag‘lar talab etadi. Platformada kirish yo‘riqnomasidan o‘tgan xodimlar maxsus
onlayn jurnalga qayd etiladi.

Kirish yo‘riqnomasi dasturi qo‘yidagilarni o‘z ichiga olishi talab etiladi:
1.Korxona to‘g‘risida umumiy ma’lumot.
2. Mehnatni muhofaza qilish:

ish vaqti va dam olish vaqti, yoshlar va ayollar

mehnatini muhofazasi, ichki mehnat tartib qoidalari, ishlab chiqarishda baxtsiz
hodisalar sodir bo‘lganda xodimning brinchi navbatdagi harakatlari.

3. Xavfsizlik texnikasi:

-

xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlari va ulardan himoyalanish,

korxonadagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining asosiy sabablari;

-

ish joyidagi uskunalar (texnikalar) va ishlab chiqarish jarayonining mehnat

xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) talabiga mosligi,

-

to‘suvchi, saqlovchi va ogohlantiruvchi uskunalar, xavfsizlik belgilari va

ranglari,

-

elektr tokining odam organizmiga ta’siri, elektr tokidan tan jaroxati oldini olish

chora tadbirlari,

-

korxonaga va ish joyiga kuyilgan xavfsizlik talablari.

4. Ishlab chiqarish sanitariyasi:

-

ishlab chiqarishdagi asosiy sanitariya-gigiena faktorlari,

-

mehnat sharoitlarini yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar (tenikaviy va

tashkiliy, sanitariya-gigiena xamda davolash), shamollatish (ventilatsiya) uskunulari
va yoruglik me’yorlari.

5. Xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan bepul ta’minlanishi:

-

korxonalarda sharoiti zararli va xavfli yoki ifloslanishlar bilan bog‘liq

sharoitlarda bajariladigan ishlarda Mehnat qiluvchilarga belgilangan me’yorlarda
maxsus kiyim, poyafzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, yuvish va
dezinfeksiyalash vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq-ovqat
mahsulotlari, parhez ovqat bepul berish tartiblari,

-

ushbu himoya vositalarini mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST)

talablariga mosligi, ularni saqlash, ta’mirlash, tozalash, yuvish va to‘g‘ri foydalanishi.

6. Korxonaga yongin xavfsizligi buyicha quyilgan talablar.


background image

276

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

7. Birinchi yordam kursatish:

-

xodimlar tan jaroxati olganda, kislota va ishqorlar natijasida kuyganda, gazdan

zaxarlanganda, elektr toki tasirida jaroxatlanganda va boshqa xollarda birinchi yordam
kursatish.

8.Texnika xavfsizligi yuriknomasi talablarini buzganda xodimning javobgarligi

kabi masalalarni o‘z ichiga olgan kirish yo‘riqnomasi tuziladi.

Xodimlarni ish joyida yo‘riqnomadan o‘tkazish tartibi:

-

barcha xodimlar kirish yo‘riqnomasidan tashqari ish joyida xam

yo‘riqnomadan o‘tishlari shart;

-

ish joyida yo‘riqnomadan o‘tkazishning maqsadi har bir xodimni xavfsiz va

to‘g‘ri ish olib borish usullariga o‘rgatish;

-

ish joyida yo‘riqnomadan o‘tkazishda xodimni mexanizmlar, dastgoxlar va

uskunalarning tuzilishi, xavfli va xavfsiz joylari xamda ish joyini ishga tayyorlash
jarayoni bilan tanishtiriladi;

-

ish joyida yo‘riqnomadan o‘tkazish xodimga bevosita raxbarlik qiluvchi

brigadir (bo‘linma) zimmasiga yuklatiladi;

-

yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va yo‘riqnomalar bilan ishlovchilar hamda ish

joylarini ta’minlash mehnatni muhofaza qilish xizmati yoki uni vazifasini bajaruvchi
rahbarlardan biriga yuklatiladi;

-

yo‘riqnomadan o‘tgan xodimlar ish joyida yo‘riqnomadan o‘tkazish jurnaliga

qayd etilib, tegishli imzolar quyilishi bilan rasmiylashtiriladi;

-

xodimlar ish staji va malakasidan qat’iy nazar uzog‘i bilan 6 oyda navbatdagi

yo‘riqnomadan o‘tkazilishi shart;

-

ishlab chiqarish texnalogiyalarida o‘zgarishlar bo‘lganda, dastgohlar

almashganda va boshqa xolatlar natijasida mehnat sharoitlarida o‘zgarishlar bo‘lganda,
ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganda, xavfsiz mehnat olib borish
bo‘yicha yo‘riqnomalarga o‘zgartirishlar kiritilganda va boshqa xolatlarda navbatdan
tashqari yo‘riqnomadan o‘tkaziladi;

-

navbatdan tashqari yo‘riqnomadan o‘tkazish ham ish joyida yo‘riqnomadan

o‘tkazish kabi sabablari ko‘rsatilgan holda jurnalga qayd qilinadi.

Ishchi xodimlarni ishni xavfsiz bajarish usullari bo‘yicha o‘qitishni

raqamlashtirishda real vaziyatlarni simulyatsiya qiluvchi video darsliklar, xavflarni
baholash va to‘g‘ri harakatlarni aniqlash uchun interaktiv simulyatorlar hamda elektron
simulyatorlardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek o‘qitishning eng zamonaviy
texnologiyalari [5,6] jumladan tinglovchilarni mustaqil va ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar metodidan foydalanish yaxshi
samara beradi [7].

Hozirgi kunda instruktajlar o‘tilishini raqamlashtirishda bir qancha

muammolarga to‘g‘ri kelinadi, jumladan:


background image

277

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

-

imzolarni elektron imzoga o‘tilish muammosi. Bu masala birmuncha

murakkab jarayon bo‘lsada, hozirgi kunda ba’zan uchrayotgan qalbaki imzolash
hamda qog‘oz variantda keyingi sanalar bilan hujjatlashtirish kabi noqonuniy ishlarga
barham beradi. Elektron imzo o‘rniga ishchi-xodimning va yo‘riqnoma o‘tuvchining
barmoq izi hamda videokamerada qayd etilgan rasmi va yo‘riqnomadan o‘tgan sanasi,
vaqti ham kiritilishi mumkin. Bu esa to‘liq shaffoflikni ta’minlaydi.

-

yo‘riqnomalarni onlayn o‘tkazish va ularni elektron imzolar bilan tasdiqlash

huquqiy-me’yoriy hujjatlarga alohida o‘zgartirishlar kiritishni talab etadi;

-

o‘tilgan onlayn yo‘riqnomalarni tegishli davlat nazorat organlari tomonidan

tan olinishi muammosi;

-

ishlar turi va kasblar bo‘yicha yo‘riqnomaga oid materiallarni hamda

yo‘riqnomalar o‘tish grafiklarini platformaga kiritish hamda uni yangilab borish.

Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish kurslari ham bevosita

ushbu platformada amalga oshiriladi. Buning uchun malaka oshirish dasturi asosida
kurs qo‘yidagi modullarga ajratiladi:

1-modul -mehnat muhofazasining huquqiy va me’yoriy asoslari;
2-modul ishlab chiqarish sanitariyasi va shaxsiy gigiena;
3-modul –xavfsizlik texnikasi;
4-modul –yong‘in xavfsizligi
5-modul –vrachgacha birinchi tibbiy yordam.

1-rasm. Obucheniepootuz.netlify.app sayti bosh sahifasi

3

3

obucheniepootuz.netlify.app


background image

278

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Har bir modul bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun elektron

resurslar hamda o‘zlashtirishni baholash uchun test savollari kiritiladi. Onlayn malaka
oshirish kursi yakuniy nazorat bilan tugallanadi hamda bitiruvchilarga elektron
sertifikat taqdim etiladi.

2-rasm. Obucheniepootuz.netlify.app sayti mehnatni muhofaza qilishga o‘qitish

bo‘limlari

4

Yuqoridagi nazariy modul asosida

https://obucheniepootuz.netlify.app/

sayti

yaratilib, unda yuqorida ko‘rsatilgan nazariya asosida mehnatni muhofazasi sohasida
kasbiy xavfsizlik etikasi, xavfsizlik yo‘riqnomalarini onlayn shaklda amalga oshirish
ishlari muvoffaqiyatli bajarilgan.

XULOSA

Axborotlashgan jamiyatda hamda ishlab chiqarishda muhitida mehnatni

muhofaza qilish ishlarini raqamlashtirish juda katta ahamiyat kasb etadi. Video tahlil,
o‘qitish va yo‘riqnomalarni raqamli platformaga o‘tkazish elektron o‘quv-uslubiy
materiallar bilan ta’minlash kasbiy faoliyatda xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol
o‘ynaydi. Korxona va tashkilotlarda yo‘riqnomalar o‘tkazish hamda ishchi-xodimlarni
mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish ishlarini raqamlashtirish
kelgusida korxonadagi mehnatni muhofaza qilish xizmatini to‘liq raqamlashtirish,
elektron ruyxatdan o‘tkazish va ishga ruxsat berish imkoniyatlarini yaratadi hamda
elektron ish joyini yaratishga zamin bo‘ladi. Raqamlashtirish sanoat korxonalarida
ishchi-xodimlar hayotiy faoliyati xavfsizligini ta’minlash va kasbiy xavflarni
minimallashtirish muammolarining samarali va zamonaviy yechimdir.
Raqamlashtirishni joriy etish mutaxassisning ish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi,
mehnatni muhofaza qilish va yangi boshqaruv yondashuvlarini joriy etish, yaratish
imkoniyatini beradi va korxonada xavfsizlik madaniyatini oshirishga olib keladi.

4

obucheniepootuz.netlify.app


background image

279

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда // XXI

век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51

–62.

https://doi.org/10.21285/2500-1582-2022-1-51-62.

2.

Цифровая

трансформация

охраны

труда

.

URL:https://journal.эcostandard.ru/ot/tech/tsifrovaya

-transformatsiya-okhrany-truda/

3.

Цифровизация

важнейший тренд в сфере охраны труда

.

URL:https://www.trudcontrol.ru/press/publications/30216/cifrovizaciya-
vazhneyshiy-trend-v-sfere-ohrani-truda

4.

Rakhimov Oktyabr Dustkabilovich; Muradov Sirojiddin Husan o`g`li.

Innovative Technologies in Teachingdirectors and Specialists of Industrial
Enterprises on "Labor Protection"// European Journal of Life Safety and Stability
(2660-9630), 2021/12/29. 80-85.

5.

O.D. Rakhimov, Muradov S.H. Digitalization of Instructions on Labor

Protection and Safety Techniques. // European journal of life safety and stability
(EJLSS).

2022. №24. Р.80

-86

6.

Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда // XXI

век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51

–62.

https://doi.org/10.21285/2500-1582-2022-1-51-62.

7.

Muradov Sirojiddin Husan o`g`li, Xakimov Xurshid Hamidulla o‘g‘li, &

Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING
SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY
SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30.
Retrieved from http://www.ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/article/view/13

8.

Rayimkulov A., Murodov S. Some Issues of Safety in the Use of Tower

Cranes Used in Construction Projects //JournalNX. –

С. 301

-308.

9.

СИРОЖИДДИН М. НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ БЕЗОПАСНОСТИ

ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬНО

-

МОНТАЖНЫХ РАБОТАХ //International journal of advanced research in education,

technology and management. – 2024. –

Т. 3.

№. 2.

С. 167

-177.

10.

Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION ISHLARIDA

KUTARAMA KRANLARDAN USE FUNDAMENTAL SECURITY OF SUPPLY
//Modern Science and Research. – 2024. –

Т. 3.

№. 2.

С. 786

-792.

11.

Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION

IN AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND
RESEARCH, 3(2), 1142–1152. https://doi.org/10.5281/zenodo.10701651

12.

Muradov S., Usmonov H. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING

RIVOJLANISH TARIXIY BOSQICHLARINI O ‘RGANISH //Interpretation and
researches. – 2024.

Библиографические ссылки

Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда // XXI

век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51–62.

Цифровая трансформация охраны труда.

URL:https://journal.эcostandard.ru/ot/tech/tsifrovaya-transformatsiya-okhrany-truda/

Цифровизация — важнейший тренд в сфере охраны труда.

Rakhimov Oktyabr Dustkabilovich; Muradov Sirojiddin Husan o`g`li.

Innovative Technologies in Teachingdirectors and Specialists of Industrial

Enterprises on "Labor Protection"// European Journal of Life Safety and Stability

(2660-9630), 2021/12/29. 80-85.

O.D. Rakhimov, Muradov S.H. Digitalization of Instructions on Labor

Protection and Safety Techniques. // European journal of life safety and stability

(EJLSS). 2022. №24. Р.80-86

Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда // XXI

век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51–62.

Muradov Sirojiddin Husan o`g`li, Xakimov Xurshid Hamidulla o‘g‘li, &

Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING

SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY

SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30.

Rayimkulov A., Murodov S. Some Issues of Safety in the Use of Tower

Cranes Used in Construction Projects //JournalNX. – С. 301-308.

СИРОЖИДДИН М. НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ БЕЗОПАСНОСТИ

ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬНОМОНТАЖНЫХ РАБОТАХ //International journal of advanced research in education,

technology and management. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 167-177.

Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION ISHLARIDA

KUTARAMA KRANLARDAN USE FUNDAMENTAL SECURITY OF SUPPLY

//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 786-792.

Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION

IN AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND

RESEARCH, 3(2), 1142–1152. https://doi.org/10.5281/zenodo.10701651

Muradov S., Usmonov H. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING

RIVOJLANISH TARIXIY BOSQICHLARINI O ‘RGANISH //Interpretation and

researches. – 2024.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Сирожиддин Мурадов , MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA O‘QITISH VA YO‘RIQNOMALARNI RAQAMLASHTIRISH ASOSLARI , Цифровая экономика: Том 8 № 8 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , MEHNATNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELKTNI QO‘LLASH , Цифровая экономика: Том 6 № 6 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA YETAKCHI XODIMLAR VA MUTAXASSISLARNING BILIMLARI SINOVINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O‘TKAZISHNING HUQUQIY ASOSLARI , Цифровая экономика: Том 8 № 8 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , MEHNATNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKTNI QO‘LLASH , Цифровая экономика: Том 8 № 8 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , ЭКОНОМИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ФИНАНСИРОВАНИЯ ОХРАНЫ ТРУДА , Цифровая экономика: Том 6 № 6 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , XAVFLI SANOAT OBYEKTLARIDA SODIR BO‘LGAN AVARIYALAR OQIBATIDA KELTIRILGAN ZARARNI HISOBLASH USULLARI , Цифровая экономика: Том 7 № 7 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA YETAKCHI XODIMLAR VA MUTAXASSISLARNING BILIMLARI SINOVINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O‘TKAZISHNING HUQUQIY ASOSLARI , Цифровая экономика: Том 7 № 7 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA YETAKCHI XODIMLAR VA MUTAXASSISLARNING BILIMLARI SINOVINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O‘TKAZISHNING HUQUQIY ASOSLARI , Цифровая экономика: Том 8 № 8 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , SANOAT KORXONALARI RAHBAR VA MUTAXASSISLIKLARINING MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA BILIMLARINI TEKSHIRISHNI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI , Цифровая экономика: Том 7 № 7 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"