XAVFLI SANOAT OBYEKTLARIDA SODIR BO‘LGAN AVARIYALAR OQIBATIDA KELTIRILGAN ZARARNI HISOBLASH USULLARI

Аннотация

Ushbu maqolada, iqtisodiyot tarmoqlarida texnika yoki
texnologik jarayonlarda sodir bo‘lgan avariyalar oqibatada moddiy boyliklarga
bevosita va bilvosita keltirilgan zararni hamda ekologik muhitga yetkazilgan zararni
hisoblash usullari bayon etilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
580-586
5

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Мурадов S. (2025). XAVFLI SANOAT OBYEKTLARIDA SODIR BO‘LGAN AVARIYALAR OQIBATIDA KELTIRILGAN ZARARNI HISOBLASH USULLARI. Цифровая экономика, 7(7), 580–586. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/106979
Сирожиддин Мурадов , Каршинского инженерно-экономического институт
Стажер-преподаватель
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada, iqtisodiyot tarmoqlarida texnika yoki
texnologik jarayonlarda sodir bo‘lgan avariyalar oqibatada moddiy boyliklarga
bevosita va bilvosita keltirilgan zararni hamda ekologik muhitga yetkazilgan zararni
hisoblash usullari bayon etilgan.


background image

579

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

XAVFLI SANOAT OBYEKTLARIDA SODIR BO‘LGAN AVARIYALAR

OQIBATIDA KELTIRILGAN ZARARNI HISOBLASH USULLARI

Muradov Sirojiddin Husan o‘g‘li

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti stajyor-o‘qituvchisi

sirojiddinmuradov0@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada, iqtisodiyot tarmoqlarida texnika yoki

texnologik jarayonlarda sodir bo‘lgan avariyalar oqibatada moddiy boyliklarga
bevosita va bilvosita keltirilgan zararni hamda ekologik muhitga yetkazilgan zararni
hisoblash usullari bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

xavfli ishlab chiqarish obyeketlari, bevosita zarar, bilvosita

zarar, atrof- muxit, ekologiya, avariya, xavf, xavfsizlik, sanoat xavfsizligi, favqulodda
vaziyat, moddiy boyliklar.

МЕТОДЫ РАСЧЕТА УЩЕРБА ПРИ АВАРИЯХ НА ОПАСНЫХ

ПРОМЫШЛЕННЫХ ОБЪЕКТАХ

Мурадов Сирожиддин Хусан угли

Стажер

-

преподаватель Каршинского инженерно

-

экономического

института

sirojiddinmuradov0@gmail.com

Аннотация:

В данной статье описаны методы устранения прямого и

косвенного ущерба материальным ценностям и ущерба экологической среде в

результате аварий, произошедших в технических процессах в отраслях

экономики.

Ключевые слова

:

oпасные производственные объекты, прямой ущерб,

косвенный ущерб, окружающая среда, экология, авария, риск, безопасность,

промышленная безопасность, чрезвычайная ситуация, материальные ресурсы.

DAMAGE CALCULATION METHODS FOR ACCIDENTS AT

HAZARDOUS INDUSTRIAL FACILITIES

Muradov Sirojiddin Husan ugli

Intern-teacher of the Karshi Institute of Engineering and Economics


background image

580

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

sirojiddinmuradov0@gmail.com

Abstract:

This article describes the methods of calculating direct and indirect

damage to material assets and environmental damage as a result of technical or
technological process accidents in economic sectors.

Keywords: hazardous production facilities, direct damage, indirect damage,

environment, ecology, accident, danger, safety, industrial safety, emergency, material
wealth.

KIRISH

Insoniyat biosferaga tegishli hududlarda o‘zi va oila a’zolari uchun ideal

sharoitlarni yaratish uchun texnosfera muhiti deb ataladigan muhit paydo bo‘ldi va
kengaytirmoqda. Bundan kelib chiqadiki, har bir fuqaro o‘zi yashayotgan jamiyatni
shakllantirish, rivojlantirish, ishlab chiqarish va boshqarishda asosiy kuchdir. Bu
kuchlar ta’sirida mamlakatlar rivojlanib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoiti
shakllanadi. Shu bilan birga, texnosferaning elementlari bo‘lgan ishlab chiqarish
korxonalarida xavfli va zararli omillarning paydo bo‘lish chastotasi ortib bormoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, “inson-mashina-atrof-muhit” tizimida baxtsiz
hodisalar va kasb kasalliklari soni va turlari ortib bormoqda. Xavfli sanoat
obyeketlarida mehnat xavfsizligini ta’minlash, ishchilar salomatligini asrash, sog‘lom
va erkin mehnat muhitini yaratishda texnologik usukuna va qurimalarda sodir bo‘lgan
avariyalarni oqibatlarini baholash va zarar ko‘rsatkichlari hisoblash usullarini
takomillashtirishga qaratilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI

O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat

xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 29-iyunda
qabul qilingan senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda ma’qullangan. Uning

1-moddasida qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish obyeketlarining sanoat
xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat [1].

Maxmatqulov N.I. Sanoat xavfsizligi. Darslik. 5640200-Mehnat muhofazasi va

texnika xavfsizligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
mazkur darslik oliy o‘quv yurtlarida 5640200-Mehnat muhofazasi va texnika
xavfsizligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalariga mo‘ljallangan
bo‘lib, mavzular mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga oid huquqiy-normativ
hujjatlar, xalqaro va mahalliy standartlar, me’yorlar va qoidalar hamda qurilish
meyorlari va qoidalari asosida shuningdek mutaxassislar tomonidan berilgan
ma’lumotlar, mahalliy va chet el adabiyotlaridan olingan ma’lumotlar asosida ilmiy
asoslab yozilgan[2]


background image

581

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Insoniyat sivilizasiya boshidanoq xavfsizligini ta’minlashni, mehnat faoliyati

jarayonini va uni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan xavfli omillarni
o‘rganishni talab qildi. Shu sababli, 384-322 yillarda yaratilgan Arastatel asarlarida
inson mehnat faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilgan.
Miloddan avvalgi 460-377 yillarda yashagan Gippokrat, shuningdek, XII- XIV
asrlarda ijod qilgan Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino XVIII asrlarda ijod
qilgan rus olimlari M.V.Lomonosov, D.L. Kirpichev va boshqa bir qancha olimlar va
tadqiqotchilar shug‘ullangan.

Xavfli sanoat obyektlarida texnologik jarayonlarda sodir bo‘lgan avariyalar

oqibatida obyekt moddiy boyliklarga va atrof- muxitga keltirilgan zararni baholash va
uning miqdorini hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.

Tadqiqot maqsadiga ko‘ra quyidagi vazifalar ko‘rib chiqiladi:
1) xavf sanoat obyektlarida texnologik qurilmalarda sodir bo‘lgan avariyalar

oqibatlari baholash va miqdorini hisoblash metodologiyasini o‘rganish;

2) texologik qurilmalarda sodir bo’lgan avariyalar oqibatida obyekt moddiy

boyliklari, mehnat resurslari va atrof muhitga yetkazilgan bevosita va bilvosita
zararlarni ananaviy usulda baholash va hisoblashda zarar turlari algaritimi ishlab
chiqish.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida ilmiy va o‘quv adabiyotlarini tahlil qilish, qiyosiy tahlil

qilish, umumlashtirish, dasturlash va raqamlashtirish modellari kabi usullardan
foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Insoniyatning ko‘p yillik tajribasidan aniqki, har qanday holatda ham to‘liq

xavfsizlikka erishib bo‘lmaydi. Shu bois ishlab chiqarish bilan bog‘liq avariyalar sodir
bo‘lib turishi bu tabiiy xol. Lekin xavflarni baholash va oqibatlarini hisoblash orqali
uni boshqarish imkoniyati mavjud. Ushbu tadqiqotda ham aynan xavfli sanoat
obyektlarida texnologik qurilmalarda sodir bo‘lgan avariyalar oqibatini baholash orqali
uning zararli miqdorini hisoblashda zarar turlari algaritimi ishlab chiqildi.

Avariya - xavfli ishlab chiqarish obyektida texnik va texnologik tuzilmalar yoki

texnik qurilmalar to‘satdan ishlamay qolishi (buzilish) oqibatida ishlab chiqarish
jarayonlarida uzilishlar vaqtincha tuxtashlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘luvchi
omillar[1].

Zarar-bu ma’lum bir subyekt yoki subyektlar guruhining bir qismini yoki barcha

qiymatlarini yo‘qotish [4].

Zararni baholash sanoat xavfsizligini tartibga solishning zaruriy tarkibiy

qismidir, shu jumladan sanoat xavfsizligi deklarasiyasi va xavfli ishlab chiqarish
obyektlarini sug‘urta qilishni o‘z ichiga oladi.


background image

582

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya natijasida yetkazilgan zararni

baholash quyidagilarga asoslanadi[5]:

-avariyalarni yagona iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobga olish va

rasmiylashtirish;

-xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalar xavfini baholash;
-sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asoslangan qarorlar qabul qilish;
-avariyalardan ko‘rilgan zarar miqdorini kamaytirishga qaratilgan chora-

tadbirlar samaradorligini tahlil qilish.

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalardan yetkazilgan zarar tarkibi

quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

-avariya sodir bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektini ishlatuvchi tashkilotning

umumiy moliyaviy yo‘qotishlari;

-avariyani tugatish xarajatlari;
-odamlar shikastlanishi va o‘limi (tashkilot xodimlari va uchinchi shaxslar) bilan

bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlar;

-tabiiy muhitga yetkazilgan zarar;
-mehnat resurslaridan foydalanishdan davlatga bilvosita zarar va yo‘qotishlar.
Avariyani tekshirish paytida (10 kun) xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya

natijasida yetkazilgan zararni baholashda, dastlabki ma’lumotlar ma’lum bo‘lgan
zararning tarkibiy qismlari hisoblanadi.

1-jadval

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya natijasida yetkazilgan zararni

baholash uchun yig‘ma shakli

Zarar turi

Zarar miqdori, ming so’m

To‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar

Shu jumladan uchinchi shaxslarning mulkiga yetkazilgan zarar

Baxtsiz hodisani bartaraf etish (mahalliylashtirish) xarajatlari

Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlar

Shu jumladan uchinchi shaxslarning o‘limi (jarohatlanishi).

Bilvosita zarar

Shu jumladan uchinchi shaxslar uchun

Atrof-muhitga zarar

Mehnat resurslarining nafaqaga chiqishidan yo‘qotishlar

JAMI:

Shu jumladan uchinchi shaxslarga va atrof-muhitga yetkazilgan
zarar

Avariyadan ko‘rilgan zarar yakuniy hodisani tekshirish tugallangandan va

barcha zarur ma’lumotlar olinganidan keyin hisoblab chiqiladi. Zarar komponentlarini
bir-biridan mustaqil ravishda hisoblash mumkin.


background image

583

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya natijasida yetkazilgan zarar umumiy

shakli quyidagi formula bilan ifodalanishi mumkin [6]:

Pa = Pp.p + Pl.a + Ps.e + Pn.v + Pekol + Pv.t.r,

(1)

bunda P

a

-avariyalardan jami zarar, so‘m.;

Pp.p

- xavfli ishlab chiqarish obyektida

ishlaydigan tashkilotning bevosita yo‘qotishlari so‘m.; P

l.a

-avariyani mahalliylashtirish

(tugatish) va tergov xarajatlari, so‘m; Ps.e-ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlar (odamlar
o‘limi va shikastlanishi natijasida yetkazilgan xarajatlar), so‘m; P

n.v

- bilvosita zarar,

so‘m; P

eko

l - atrof-muhitga yetkazilgan zarar (tabiiy muhit obyektlariga yetkazilgan

zarar), so‘m; P

v.t.r

-odamlar o‘limi yoki ularning mehnat qobiliyatini yo‘qotishi

natijasida mehnat resurslari pensiya (nafaqa) ga chiqishidan yo‘qotishlar.

Avariyalardan bevosita yo‘qotishlar, P

p.p

, formula bilan aniqlanishi mumkin

P

p.p

= P

of

+ P

t.m.s

+ P

im

,

(2)

bunda, P

of-

asosiy vositalar (ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari)

yaroqsizlanishi (buzilishi)* natijasida korxona yo‘qotishlari, so‘m.; P

t.m.ts

- inventar

obyektlarni (mahsulotlar, xom ashyo va boshqalarni) yo‘q qilish (buzish) natijasida
korxona yo‘qotishlari, so‘m.; Pim-uchinchi shaxslar mulkini yo‘q qilish (shikastlash)
natijasida yo‘qotishlar, so‘m.

Avariya natijasida buzilgan (yoroqsizlangan) moddiy boyliklar (binolar,

inshootlar, asbob-uskunalar, mahsulotlar, shaxsiy mulklar va boshqalar) ni avariyadan
keyin ta’mirlash va tiklash ishlari natijasida ulardan qayta o‘z fuksiyasi bo‘yicha
foydalanish yoki ayrim qismlaridan alohida maqsadlar uchun foydalanish yoki
butunlay utilizasiya qilish mumkin. Bu ham iqtisodiy zarar miqdorini aniqlashda
ahamiyatlidir.

Avariyani oqibatlarini minimalashtirish (tugatish) va tekshirish xarajatlari, Pl.a,

formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin.

P

p.p

= P

l

+ Pr,

(3)

bunda, P

l

- avariya oqibatlarini minimalashtirish va bartaraf etish bilan bog‘liq

xarajatlar, so‘m.;P

r

- avariyani tekshirish xarajatlari, so‘m.

Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlar, P

se

P

se

= P

g.p

+ P

g.t.l

+ P

t.p

+ P

t.t.l

,

(4)

bunda, P

g.p

xodimlar o‘limi, P

g.t.l

-uchinchi shaxslar o‘limi, P

t.p

- xodimalar

shikastlanishi P

t .t.l

- uchinchi shaxslar shikastlanishi, tufayli kompensasiya va faoliyat

uchun xarajatlar yig‘indisi sifatida belgilanishi mumkin.

Bilvosita zarar, P

n.v

, avariyalar tufayli korxona to‘xtab turishi natijasida

yo‘qotilgan daromadlar bir qismi sifatida belgilash tavsiya etiladi,

P

n.v

= P

n.p

+ P

z.p

+ P

sh

+ P

n.t.p.l

,

(5)


background image

584

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

bunda, P

n.p

- avariya sababli korxona to‘xtab qolishi natijasida olanmagan

daromod; P

z.p

- ish haqi va taxtab turgan vaqtidagi doimiy xarajatlar ; P

sh

- turli

jarimalar, penyalar va boshqalarni to‘lash natijasida yetkazilgan zararlar; P

n.t.p.l

-

yo‘qotilgan foyda tufayli uchinchi shaxslarga keltirilgan zararlari,

Atrof-muhitga yetkazilgan zarar, Pekol, tabiiy muhit obyektlariga har xil turdagi

zararli ta’sirlardan ko‘rilgan zararlar yig‘indisi sifatida belgilash tavsiya etiladi.

P

ekol

= E

a

+ Ev + Ep + E

b

+ E

o

,

(6)

bunda, Ea - havo ifloslanishidan zarar, so‘m; Ev - suv ifloslanishidan zarar,

so‘m; Ep - tuproq ifloslanishidan zarar, so‘m; Eb - biologik (shu jumladan o‘rmonlar)
resurslarini yo‘q qilish bilan bog‘liq zarar, so‘m; EO - hududning binolar, inshootlar,
jihozlar va boshqalar qoldiqlari (bo‘laklari) bilan ifloslanishi (buzilishi) natijasida
yuzaga kelgan zarar, so‘m.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqorida ta’kidlaganlarga asoslanib, quyidagicha xulosa

qilishimiz mumkin.

Avvalom bor ishlab chiqarish bilan bog‘liq texnologik qurilmalarda avariyalar
iqtisodiyot tarmoqlariga obyektlariga va uning asosiy elementlarini, bino va
inshootlarni voyron qiladi oqibatda esa katta miqdorda moddiy va ma’naviy zarar
yetkazib, obyektlar iqtisodiy barqaror faoliyat olib borishiga ta’siri o‘tkazadi. Bundan
tashqari mehnat resurslarini qaytarib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu esa
obyektlar nafaqat texnik qurilmalar, bino va inshootlar yo‘qatilish, balki jarohatlangan
( olgan) larga tovon pulini to‘lash, atrof muxitga yetkazilgan zararni qoplash kabi
iqtisodiy zarar ham ko‘radi.

Shu sababli ham, doimo texnologik jarayolarni boshqarishda mehnat

muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigienik kabi masallarga jiddiy e’tibor
berish, xavfsizlik belgilari, texnologik qurilmalarni avariya xavfi to‘g‘ilganda
avtomatik o‘chirish, avariya sodir bo‘lganda esa uning rivojlanib ketishing oldini
olish usullari ( bilokrovka, to‘siq va boshq,) keng foydalanish orqaligiga avariyalar
sonini kamaytirish, oqibatlarini esa minimalashtirish mumkin.


FOYDALANILGAN ADADIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat

xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni

2.

Maxmatqulov N.I. Sanoat xavfsizligi. darslik – : «Voris-nashriyot», 2023. 347

s.

3.

Xolbaev B.M., Raximov O.D., Maxmatkulov N.I. Hayot faoliyati xavfsizligi”

darslik (2 qismi ). – : «Voris-nashriyot», 2020. 304 s.

4.

Muradov Sirojiddin Husan o‘g‘li, Xakimov Xurshid Hamidulla o‘g‘li, &

Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING


background image

585

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY
SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30.
Retrieved from http://www.ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/article/view/13

5.

Rayimkulov A., Murodov S. Some Issues of Safety in the Use of Tower

Cranes Used in Construction Projects //JournalNX. –

С. 301

-308.

6.

СИРОЖИДДИН М. НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ БЕЗОПАСНОСТИ

ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬНО

-

МОНТАЖНЫХ РАБОТАХ //International journal of advance

d research in education,

technology and management. – 2024. –

Т. 3.

№. 2.

С. 167

-177.

7.

Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION ISHLARIDA

KUTARAMA KRANLARDAN USE FUNDAMENTAL SECURITY OF SUPPLY
//Modern Science and Research. – 2024. –

Т. 3.

№. 2.

С. 786

-792.

8.

Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION IN

AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND
RESEARCH, 3(2), 1142–1152.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10701651

9.

Muradov S., Usmonov H. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING

RIVOJLANISH TARIXIY BOSQICHLARINI O ‘RGANISH //Interpretation and
researches. – 2024.

10.

Xidirova Dildora, Muradov Sirojiddin. O‘zbekiston respublikasi hududida

seysmoaktiv hududlar va zilzilaning xavfliligi//Innovative Development in
Educational Activities. 2024. 167-172

11.

Muradov S. ЭCONOMIC ANALYSIS OF PROFITS IN THE FIELD OF

LABOR PROTECTION //Modern Science and Research. – 2024. –

Т

. 3. –

№. 1.

С

.

1239-1245

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat

xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni

Maxmatqulov N.I. Sanoat xavfsizligi. darslik – : «Voris-nashriyot», 2023. 347

s.

Xolbaev B.M., Raximov O.D., Maxmatkulov N.I. Hayot faoliyati xavfsizligi”

darslik (2 qismi ). – : «Voris-nashriyot», 2020. 304 s.

Muradov Sirojiddin Husan o‘g‘li, Xakimov Xurshid Hamidulla o‘g‘li, &

Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY

SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30.

Retrieved from http://www.ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/article/view/13

Rayimkulov A., Murodov S. Some Issues of Safety in the Use of Tower

Cranes Used in Construction Projects //JournalNX. – С. 301-308.

СИРОЖИДДИН М. НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ БЕЗОПАСНОСТИ

ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬНОМОНТАЖНЫХ РАБОТАХ //International journal of advanced research in education,

technology and management. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 167-177.

Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION ISHLARIDA

KUTARAMA KRANLARDAN USE FUNDAMENTAL SECURITY OF SUPPLY

//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 786-792.

Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION IN

AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND

RESEARCH, 3(2), 1142–1152. https://doi.org/10.5281/zenodo.10701651

Muradov S., Usmonov H. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING

RIVOJLANISH TARIXIY BOSQICHLARINI O ‘RGANISH //Interpretation and

researches. – 2024.

Xidirova Dildora, Muradov Sirojiddin. O‘zbekiston respublikasi hududida

seysmoaktiv hududlar va zilzilaning xavfliligi//Innovative Development in

Educational Activities. 2024. 167-172

Muradov S. ЭCONOMIC ANALYSIS OF PROFITS IN THE FIELD OF

LABOR PROTECTION //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С.

-1245.