Авторы

  • Сирожиддин Мурадов
    Каршинского инженерно-экономического институт

Биография автора

  • Сирожиддин Мурадов , Каршинского инженерно-экономического институт
    Стажер-преподаватель

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.98436

Ключевые слова:

Raqamli iqtisodiyot raqamlashtirish mehnat muhofazasi xavfsizlik texnikasi yo‘riqnoma model modul raqamli platforma.

Аннотация

Maqolada raqamli iqtisodiyot va uning afzalliklari, mehnatni
muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zaruriyati va
ahamiyati hamda afzalliklari yoritilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan mehnat
muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va ularning bilimlarini
sinovdan o‘tkazishni raqamlashtirish modeli hamda uning mazmuni to‘g‘risida qisqa
ma’lumotlar keltirilgan.


background image

176

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

SANOAT KORXONALARI RAHBAR VA MUTAXASSISLIKLARINING

MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA BILIMLARINI TEKSHIRISHNI

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING

NAZARIY ASOSLARI

Muradov Sirojiddin Husan o‘g‘li

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti stajyor-o‘qituvchisi

sirojiddinmuradov0@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada raqamli iqtisodiyot va uning afzalliklari, mehnatni

muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zaruriyati va
ahamiyati hamda afzalliklari yoritilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan mehnat
muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va ularning bilimlarini
sinovdan o‘tkazishni raqamlashtirish modeli hamda uning mazmuni to‘g‘risida qisqa
ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, mehnat muhofazasi,

xavfsizlik texnikasi, yo‘riqnoma, model, modul, raqamli platforma.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ ПРОВЕРКИ ЗНАНИЙ

ПО ОХРАНЕ ТРУДА РУКОВОДИТЕЛЕЙ И СПЕЦИАЛИСТОВ

ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ НА ОСНОВЕ ЦИФРОВЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ

Мурадов Сирожиддин Хусан угли

Стажер

-

преподаватель Каршинского инженерно

-

экономического института

sirojiddinmuradov0@gmail.com

Аннотация

:

В статье описаны цифровая экономика и ее преимущества,

необходимость и важность применения цифровых технологий в сфере охраны

труда, а также преимущества. Приведены краткие сведения о разработанной

автором модели цифровизации обучения и проверки знаний работников по

технике безопасности и охраны труда и ее содержании.

Ключевые

слова

:

цифровая экономика, цифровизация, охрана труда,

техника безопасности, методология, модель, модуль, цифровая платформа.


background image

177

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

THEORETICAL BASIS OF ORGANIZATION OF EXAMINATION OF

KNOWLEDGE OF LABOR PROTECTION OF MANAGER AND

SPECIALISTS OF INDUSTRIAL ENTERPRISES ON THE BASIS OF

DIGITAL TECHNOLOGIES

Muradov Sirojiddin Husan ugli

Intern-teacher of the Karshi Institute of Engineering and Economics

sirojiddinmuradov0@gmail.com

Abstract:

The article highlights the necessity and importance of implementing

digital technologies in the field of labor protection, as well as its advantages. It also
introduces a model for quantifying the training of employees in occupational safety
and health, as well as assessing their knowledge.

Keywords: digital economy, digitization, labor protection, safety technique,

guideline, model, module, digital platform.

KIRISH

Raqamli iqtisodiyotga o‘tish zamon talabi va O‘zbekistonni yaqin yillarda

rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Yangi avlod raqamli texnologiyalari
– sun’iy intellekt, robototexnika, internet, simsiz aloqa texnologiyalari va
boshqalarning paydo bo‘lishi ishlab chiqarish, biznes va ijtimoiy sohadagi faoliyat
modellarini o‘zgartirishni talab etmoqda. Yangi raqamli texnologiyalardan samarali
foydalanish infratuzilma va huquqiy muhitni shakllantiruvchi butun mamlakatning
ham, alohida kompaniyalarning ham xalqaro raqobatbardoshligini belgilab bermoqda.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va
odamlar hayotini osonlashtirish uchun raqamli texnologiyalar va innovatsion
yechimlar iqtisodiyotning turli tarmoqlari va jamiyat hayotiga faol joriy etilib,
qo‘llanilmoqda. Raqamli texnologiyalar davlat boshqaruvi, bank ishi, sanoat, tibbiyot
va xavfsizlikni ta’minlashda qo‘llaniladi. Mamlakatimiz kelajagi raqamli
texnologiyalarning keng joriy etilishi va qo‘llanilishi bilan chambarchas bog‘liq [1,2].

Boshqa sohalar kabi O‘zbekistonda mehnat muhofazasini raqamlashtirish ham

o‘ta muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki davlat va jamiyatning
eng muhim vazifalaridan biri fuqarolarning sog‘lom va xavfsiz mehnat qilish
huquqlarini ta’minlash hisoblanadi. Taraqqiy etgan ko‘pgina davlatlarning tajribasi
mehnatni muhofaza qilish madaniyatini rivojlantirish xodimlar uchun ham, ish
beruvchilar va davlat uchun ham manfaatli ekanligidan dalolat beradi. Mehnat
muhofazasi qoidalariga rioya etmaslik mehnat unumdorligi va ishlab chiqarilayotgan
tovarlar sifatini pasaytiradi [1].


background image

178

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ADABIYOTLAR TAHLILI

Mamlakatimizda sanoat korxonalarida mehnat muhofazasini tashkil etish hamda

mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish va xodimlar bilmini
sinovdan o‘tkazish masalalari Yuldoshev O‘.R., Yormatov G.Yo., Isamuxamedov
Yo.U., Zokirova N.Q., Abduraxmonov Q. X., Irmatova A. B. Yunusov B.X. kabi
olimlarning o‘quv va ilmiy adabiyotlarida o‘z aksini topgan[3].

MDH davlatlari korxonalarda mehnat muhofazasini raqamlashtirish masalalari

bo‘yicha Kovrigo O.V., Timofeev A.V., Ryabova V. Ye., Faynburg G. Z., Ivanov S.

Yu., Kalagin I., Titov A., Щemelinin V.,Porochkin D., Kuchumova G. V., Melyakova

O. A., 13. Shabunin K. sarev V., Vesnin Ye., Soloveva A., Venediktova A. ilmiy
tadqiqot ishlarini olib borishgan[4].

Raqamli iqtisodiyotning nazariy asoslari xorijlik olim va mutaxassislardan

M.A.Shneps-Shneppe, D.Ye. Namiot, P.Vinya, M.Keyn, N.Popper, Ye.Filippov, A.
Fork, L.V. Lapidus, D.Bell, M.Kastels, V.Desouza, D.Makkonaz, M.Linch, S.Dirikan,
S.Xalford, M.Savaj kabi xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida atroflicha
yoritilgan. Jumladan, iqtisodchi olimlar M.A.Shneps, Shneppe va Namiot D.Ye.
o‘zining tadqiqotlarida qator Raqamli iqtisodiyot, telekommunikatsiya rivojlanishning
asosiy bo‘g‘ini ekanligi va uning xususiyatlari to‘g‘risida nazariyalarini tadqiq etib
o‘tishgan. L.V. Lapidus o‘z tadqiqotlarida raqamli texnologiyalar evolyusiyasi ta’siri
ostida biznes modellarini o‘zgartirish nuqtai nazaridan elektron biznes va elektron
tijoratni boshqarish bo‘yicha nazariy qoidalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan [3].

O‘zbekistonlik olimlardan S.S.G‘ulomov, R.H.Ayupov, G.R.Boltaboeva,

T.Shodiev, T.Z. Teshabaev, Z.M. Otakuzieva, Sh.Mustafaqulov, R.S.Urunov,
M.Yu.Jumaniyozova, Z.M.Qurbonov, U.M.Asraevlar ishlarida raqamli
iqtisodiyotning nazariy asoslari bayon etilgan. Xususan, Sh.Mustafaqulov o‘zining
ilmiy izlanishlarida rivojlanishning yangi tendensiyalari va xususiyatlari atroflicha
yoritilgan [5].

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida qiyosiy tahlil, umumlashtirish, ekspert so‘rovi, raqamli

texnologiyalar modellari, platformalar va dasturiy vositalardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi raqamlashtirish odatda aqlli kaskalar,

sun’iy intellekt orqali xavflarni aniqlash vositalari va VR ta’lim texnologiyalarini
anglatadi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida elektron hujjat aylanishi va
elektron raqamli imzodan foydalanish yordamida hujjatlar bilan ishlashni
soddalashtirish, ish joyida mehnatni muhofaza qilish madaniyati darajasini oshirish,
xodimlarning huquqlarini himoya qilish va yuqori xavflilikdagi ishlar xavfsizligini


background image

179

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ta’minlashda xam muhim rol o‘ynaydi. Mehnat muhofazasini raqamlashtirish moddiy
xarajatlarni kamaytiradi, vaqt tejaladi, ma’lumotlarni elektron bazasi yaratiladi, ularni
uzatish, qayta ishlash va saqlash imkoniyatlari kengayadi, mehnat muhofazasi bo‘yicha
yo‘riqnomalar berish, ishchi-xodimlar bilimini sinash ishlari onlayn formatga o‘tadi,
hujjatlarni o‘tgan sanalar bilan imzolashga chek qo‘yiladi, korrupsiya oldi olinadi,
ishchi-xodimlarning huquqlari himoyasi mustahkamlanadi hamda hisobotlarda
shaffoflik ta’minlandi[6].

O‘zbekistonda mehnatni muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasining

“Mehnatni muhofza qilish to‘g‘risida qonuni” (2016-yil 22-sentabr, O‘RQ-410-son),
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (28-oktabr 2022-yil, O‘RQ-798 sonli),
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevral, 75-son Qarori.
O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston
– 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish choratadbirlari
to‘g‘risida”gi PK-6079-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
3-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-3832-sonli qarori, Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish
xizmatini yaratish va faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida NIZOM. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori,
Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish
to‘g‘risida NAMUNAVIY QOIDA (272- raqam bilan 1996-yil 14-avgustda
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan) va boshqa
shu kabi huquqiy me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi[7,8].

Sanoat korxonalarida rahbar va mutaxassis xodimlarni mehnat muhofazasi

bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish jarayonini raqamlashtirish

texnologiyalari, modeli va platformasi.

Sanoat korxonalarida rahbar va mutaxassis xodimlarni mehnat muhofazasi

bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish jarayoni, unga tegishli huquqiy
me’yoriy hujjatlar mazmuni, metodlari va shakl hamda vositalari.

Sanoat korxonalarida rahbar va mutaxassis xodimlarni mehnat muhofazasi

bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini sinovdan o‘tkazishni atroflicha tahlil qilish va
O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonuni hamda
mehnat kodeksining yangi tahriri asosida sanoat korxonalarida mehnat muhofazasi
bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini sinovdan o‘tkazishni raqamlashtirishdan iborat.

Sanoat korxonalarida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha

xodimlarni o‘qitish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish tartibi va unga oid huquqyi
me’yoriy hujjatlarni atroflicha tahlil qilish va ushbu ishlarni raqamlashtirishning
zaruriyati va ahamiyatini asoslash;


background image

180

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Xorijda va O‘zbekistonda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etilishini

raqamlashtirish holatini hamda modellarini tahlil etish, ushbu jarayonni
raqamlashtirish tartibi, maqsadi hamda asosiy prinsiplarini asoslash;

Sanoat korxonalarida rahbar xodimlar va mutaxassislarni o‘qitish va bilimlarini

sinovdan o‘tkazishning raqamli moedlini hamda platformasini ishlab chiqish.

Platformaning afzalliklarini asoslash va uning xaritasini hamda undan

foydalanish tartibi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

S

anoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha

o‘qitish hamda xodimlar bilimini sinovdan o‘tkazishning zaruriyati va ahamiyati
hamda ushbu jarayonni amalga oshirishning qonuniy me’yorlari asoslangan;

Sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi

bo‘yicha o‘qitish hamda xodimlar bilimini sinovdan o‘tkazishni raqamlashtirishning
zaruriyati. Afzalliklari va kutilaytgan natijalar asoslangan. Xodimning kasbiy
faoliyaining turli bosqichlarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va
bilimlarni sinash uchun korporativ tizimning raqamli modeli yaratilgan;

Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish va xodimlar

bilimini sinovdan o‘tkazishning raqamli platformasi ishlab chiqilgan. Platformada
mehnat muhofazasi bo‘yicha huquqiy-me’yoriy hujjatlar, kurs o‘qishlari va malaka
oshirish dasturlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha xodimlar bilimini sinovdan o‘tkazish
tartibi, sinov uchun test savollari hamda sinovdan o‘tkazish elektron dasturi o‘z aksini
topgan;

Mazkur platformaning xaritasi hamda undan foydlanish bo‘yicha tavsiyalar

ishlab chiqilgan.

1

XULOSA VA TAKLIFLAR

Mehnatni muhofaza qilishda raqamli transformatsiyaning asosiy

yo‘nalishlaridan biri xodimlarni o‘qitish, va bilimlarini sinovdan o‘tkazish hisoblanadi.
Chunki ushbu jarayon mehnatni muhofaza qilish sohasidagi eng muhim va ko‘p vaqt
talab qilinadigan jarayonlardan biridir. Ushbu jarayonlarni raqamlashtirish tashkilotda
mavjud bo‘lgan ta’lim va sertifikatlash jarayonlarini boshqarish tizimini sezilarli
darajada yaxshilashi mumkin. Asosiysi, raqamlashtirish darajasi korxonaning haqiqiy
ehtiyojlariga mos kelishi, amalga oshirishning murakkabligi va olinishi kerak bo‘lgan
natijalar nuqtai nazaridan optimal bo‘lishi kerak[9,10].

Yuqoridagi talablar asosida korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi va

xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish hamda ishchi-xodimlar bilimini sinovdan
o‘tkazish ishlarini raqamlashtirish modelini ishlab chiqishda qo‘yidagi farazlar
nazarda tutilgan[13]:

1

https://obucheniepootuz.netlify.app/


background image

181

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

-

modelning doimiyligi va barqarorligi, ya’ni model xodimning ishga kirish

jarayonidan tashqari uning barcha mehnat faoliyati davrini o‘z ichiga olishi zarur;

-

model muayyan korxonada ishlaydigan xodimlarni mehnat muhofazasi

bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha Nizom talablari hisobga
olishi shart;

-

modelda mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitishning asosiy maqsadi

belgilangan, ya’ni xodim uchun uning xavfsizligini ta’minlaydigan aniq harakatlar
ketma-ketligi o‘rin olishi lozim;

-

model funksional va uslubiy jihatdan birlashtirilgan, ya’ni mahalliy normativ

hujjatlar va muayyan ish amaliyotlari, shu jumladan ularning salbiy oqibatlariga
asoslangan yagona o‘quv va uslubiy bazaga ega bo‘lishi kerakligi hisobga olingan
bo‘lishi kerak[11.12].

Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati O‘zbekiston sanoat korxonalarida

mehnatni muhofaza qilishni, jumladan mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi
bo‘yicha o‘qitish va xodimlar bilimini sinovdan o‘tkazishni raqamlashtirishning
zaruriyati hamda ahamiyatini asoslanganligi,

xodimning kasbiy faoliyaining turli

bosqichlarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va bilimlarni sinash uchun
korporativ tizimning raqamli modeli hamda platformasi yaratilganligi bilan izohlanadi.

Tadqiqotning natijalarining amaliy ahamiyati sanoat korxonalarida mehnat

muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xodimlarni o‘qitish hamda bilimlarini
sinovdan o‘tkazish ishlarini O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofza qilish
to‘g‘risidagi qonuni va mehnat kodeksining yangi tahriri hamda amaldagi boshqa
huquqiy me’yori hujjatlar asosida qayta ishlab chiqilib, ushbu jarayonlarni
raqamlashtirish modeli hamda platoformasini amaliyotga tadbiq etishga tavsiya
etilganligi

bilan belgilanadi.

FOYDALANILGAN A

DABIYOTLAR RO‘YXATI

13.

Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда //

XXI век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С.

51–62.

https://doi.org/10.21285/2500-1582-2022-1-51-62.

14.

Цифровая

трансформация

охраны

труда

.

URL:

https://journal.эcostandard.ru/ot/tech/tsifrovaya

-transformatsiya-okhrany-truda/

15.

Цифровизация

важнейший тренд в сфере охраны труда

.

URL:

https://www.trudcontrol.ru/press/publications/30216/cifrovizaciya-

vazhneyshiy-trend-v-sfere-ohrani-truda

16.

Rakhimov Oktyabr Dustkabilovich; Muradov Sirojiddin Husan o`g`li.

Innovative Technologies in Teachingdirectors and Specialists of Industrial


background image

182

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Enterprises on "Labor Protection"// European Journal of Life Safety and Stability
(2660-9630), 2021/12/29. 80-85.

17.

O.D. Rakhimov, Muradov S.H. Digitalization of Instructions on Labor

Protection and Safety Techniques. // European journal of life safety and stability
(EJLSS).

2022. №24. Р.80

-86

18.

Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда //

XXI век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51

–62.

https://doi.org/10.21285/2500-1582-2022-1-51-62

.

19.

Muradov Sirojiddin Husan o`g`li, Xakimov Xurshid Hamidulla o‘g‘li, &

Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING
SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY
SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30.
Retrieved from

http://www.ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/article/view/13

20.

Rayimkulov A., Murodov S. Some Issues of Safety in the Use of Tower

Cranes Used in Construction Projects //JournalNX. –

С. 301

-308.

21.

СИРОЖИДДИН М. НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ БЕЗОПАСНОСТИ

ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬНО

-

МОНТАЖНЫХ РАБОТАХ //International journal of advanced research in education,

technology and management. – 2024. –

Т. 3.

№. 2.

С. 167

-177.

22.

Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION ISHLARIDA

KUTARAMA KRANLARDAN USE FUNDAMENTAL SECURITY OF SUPPLY
//Modern Science and Research. – 2024. –

Т. 3.

№. 2.

С. 786

-792.

23.

Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION

IN AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND
RESEARCH, 3(2), 1142–1152.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10701651

24.

Muradov S., Usmonov H. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING

RIVOJLANISH TARIXIY BOSQICHLARINI O ‘RGANISH //Interpretation and
researches. – 2024.

25.

https://obucheniepootuz.netlify.app/

Библиографические ссылки

Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда //

XXI век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51–62.

Цифровая трансформация охраны труда.

URL:https://journal.эcostandard.ru/ot/tech/tsifrovaya-transformatsiya-okhrany-truda/

Цифровизация — важнейший тренд в сфере охраны труда.

Rakhimov Oktyabr Dustkabilovich; Muradov Sirojiddin Husan o`g`li.

Innovative Technologies in Teachingdirectors and Specialists of Industrial

Enterprises on "Labor Protection"// European Journal of Life Safety and Stability

(2660-9630), 2021/12/29. 80-85.

O.D. Rakhimov, Muradov S.H. Digitalization of Instructions on Labor

Protection and Safety Techniques. // European journal of life safety and stability

(EJLSS). 2022. №24. Р.80-86

Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда //

XXI век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51–62.

Muradov Sirojiddin Husan o`g`li, Xakimov Xurshid Hamidulla o‘g‘li, &

Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING

SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY

SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30.

Rayimkulov A., Murodov S. Some Issues of Safety in the Use of Tower

Cranes Used in Construction Projects //JournalNX. – С. 301-308.

СИРОЖИДДИН М. НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ БЕЗОПАСНОСТИ

ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬНОМОНТАЖНЫХ РАБОТАХ //International journal of advanced research in education,

technology and management. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 167-177.

Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION ISHLARIDA

KUTARAMA KRANLARDAN USE FUNDAMENTAL SECURITY OF SUPPLY

//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 786-792.

Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION

IN AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND

RESEARCH, 3(2), 1142–1152. https://doi.org/10.5281/zenodo.10701651

Muradov S., Usmonov H. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING

RIVOJLANISH TARIXIY BOSQICHLARINI O ‘RGANISH //Interpretation and

researches. – 2024.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Сирожиддин Мурадов , MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA O‘QITISH VA YO‘RIQNOMALARNI RAQAMLASHTIRISH ASOSLARI , Цифровая экономика: Том 6 № 6 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA O‘QITISH VA YO‘RIQNOMALARNI RAQAMLASHTIRISH ASOSLARI , Цифровая экономика: Том 8 № 8 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA YETAKCHI XODIMLAR VA MUTAXASSISLARNING BILIMLARI SINOVINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O‘TKAZISHNING HUQUQIY ASOSLARI , Цифровая экономика: Том 8 № 8 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , MEHNATNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELKTNI QO‘LLASH , Цифровая экономика: Том 6 № 6 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , MEHNATNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKTNI QO‘LLASH , Цифровая экономика: Том 8 № 8 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , ЭКОНОМИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ФИНАНСИРОВАНИЯ ОХРАНЫ ТРУДА , Цифровая экономика: Том 6 № 6 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , XAVFLI SANOAT OBYEKTLARIDA SODIR BO‘LGAN AVARIYALAR OQIBATIDA KELTIRILGAN ZARARNI HISOBLASH USULLARI , Цифровая экономика: Том 7 № 7 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA YETAKCHI XODIMLAR VA MUTAXASSISLARNING BILIMLARI SINOVINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O‘TKAZISHNING HUQUQIY ASOSLARI , Цифровая экономика: Том 8 № 8 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Сирожиддин Мурадов , O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA YETAKCHI XODIMLAR VA MUTAXASSISLARNING BILIMLARI SINOVINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O‘TKAZISHNING HUQUQIY ASOSLARI , Цифровая экономика: Том 7 № 7 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"