Авторы

  • Гульмира Умирова
    Джизакского политехнического институт

Биография автора

  • Гульмира Умирова , Джизакского политехнического институт
    Aссистент

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.94063

Ключевые слова:

raqamli iqtisodiyot Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti raqamli texnologiyalar.

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot tushunchasining mazmun-mohiyati, uning nazariy asoslari va uning mamlakatlar iqtisodiyotida tutgan o‘rni
haqida malumotlar keltirilgan.


background image

12

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI VA

UNING MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA TUTGAN O‘RNI

Umirova Gulmira Shodiboyevna

Jizzax politexnika instituti assistenti

umirovagulmira2@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot tushunchasining mazmun-

mohiyati, uning nazariy asoslari va uning mamlakatlar iqtisodiyotida tutgan o‘rni
haqida malumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

raqamli iqtisodiyot, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot

Tashkiloti, raqamli texnologiyalar.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ КОНЦЕПЦИИ ЦИФРОВОЙ

ЭКОНОМИКИ И ЕЕ МЕСТО В ЭКОНОМИКЕ СТРАНЫ

Умирова Гульмира Шодибоевна

ассистент Джизакского политехнического института

umirovagulmira2@gmail.com

Аннотация:

В данной статье представлена информация о содержании

понятия цифровой экономики, его теоретических основах и роли в экономике

стран.

Ключевые слова:

цифровая экономика, Организация экономического

сотрудничества и развития, цифровые технологии.

THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE CONCEPT OF DIGITAL

ECONOMY AND ITS ROLE IN THE ECONOMY OF THE COUNTRY

Umirova Gulmira Shodiboyevna

Assistant of Jizzakh Polytechnic Institute

umirovagulmira2@gmail.com

Abstract:

this article presents information about the content and essence of the

concept of digital economy, its theoretical foundations and its role in the economy of
countries.


background image

13

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Keywords:

digital economy, Organization for Economic Cooperation and

development, digital technology.

KIRISH

Dunyoda jadallik bilan rivojlanib borayotgan raqamli texnologiyalar

mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy etishini, davlatning iqtisodiy siyosati va
boshqaruv tizimini modernizatsiyalashni taqozo etmoqda. Chunonchi raqamli
texnologiyalarning tez sur’atlarda joriy etilishi oqibatida mamlakatlar o‘rtasidagi
rivojlanish tafovutlarining yanada kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Bunda har bir
mamlakatning rivojlanish darajasi, jamiyatning axborotlashganlik darajasi katta ta’sir
ko‘rsatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Raqamli iqtisodiyot bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – AKTga

asoslangan iqtisodiyotdir. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) uni
elektron ma’lumot almashish, uni qayta ishlash va boshqarishni ta’minlaydigan yoki
yaratadigan korxonalar deb tasniflaydi

1

.

Raqamli iqtisodiyot tushunchasiga bir qator ta’riflar berilgan. Jumladan,

iqtisodiyot fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi V.Ivanov
“Raqamli iqtisod - haqiqatimizni to‘ldiradigan virtual muhit” - deb ta’rif bergan. M.L.
Kalujskiy raqamli iqtisodiyot - iqtisodiy internet faoliyati, shuningdek, shakllari,
usullari, vositalari va uni amalga oshirish aloqa muhitidir deb ta’riflagan.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari mutaxassislari: “Raqamli iqtisod – axborot va

kommunikatsiya sohasida yangi umumiy maqsadli texnologiyalarning transformatsion
ko‘rinishidir”

2

. Agar biz iqtisodiyotning konsepsiyasini jamiyatning iqtisodiy faolligi

va ishlab chiqarish, tarqatish, almashinuv va iste’mol tizimida rivojlanib boradigan
munosabatlarning jamiyati sifatida qabul qilsak, Internet, mobil telefonlardan
foydalanishni «iste’mol» deb qarash mumkin.

R. Meshcheryakovning fikricha raqamli iqtisod tushunchasining talqini bo‘yicha

2 xil yondashuv mavjud

3

:

klassik yondashuv: raqamli iqtisod – bu raqamli texnologiyalarga asoslangan

iqtisod bo‘lib, ayni paytda faqatgina elektron mahsulotlar va xizmatlar sohasini
tavsiflaydi. Klassik misollarga teletibbiyot, masofaviy ta’lim, media-kontentni
keltirish mumkin (kino, televizor, kitoblar va boshqalar).

1

Ефимушкин В.А., Ледовских Т.В., Щербакова Е.Н. Инфокоммуникационное технологическое пространство цифровой

экономики // Телекоммуникации и транспорт. 2017. Том 11. №5. С.15

-20

2

Цифровая

экономика:

как

специалисты

понимают

этот

термин.

Режим

доступа:https:/

/ria.ru/science/20170616/1496663946.html.

3

Калужский М.А. Маркетинговые сети ва электронной коммерции: нституциональный подход: монография / изд.3

-

е, перераб.

и доп.

ОмГТУ.

М.

-

Берлин: Директ

-

Медиа, 2015.

338 с.


background image

14

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

zamonaviy yondashuv: raqamli iqtisod – raqamli texnologiyalardan

foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarishdir. Iqtisodchi-sotsiologlarning ta’rifiga
ko‘ra “raqamli iqtisod bizning haqiqatimizni to‘ldiruvchi virtual muhitdir”.

Rossiyalik olim A.A.Engovatova fikriga ko‘ra: “Raqamli iqtisod – bu

ma’lumotni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va uzatishning yangi usullari,
shuningdek, raqamli kompyuter texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan iqtisodiyotdir.
Ushbu iqtisodiy model doirasida mavjud bozorga asoslangan biznes modellari radikal
o‘zgarishlarga duch keladi, qo‘shilgan qiymat modeli sezilarli darajada o‘zgaradi,
iqtisodiyotdagi barcha darajadagi vositachilarning qiymati keskin kamayadi. Bundan
tashqari, mahsulotni shakllantirishga alohida yondashuvning ahamiyati ortib
bormoqda, chunki endi biz hamma narsani simulyatsiya qilishimiz mumkin”

4

.

Akademik S.G‘ulomov fikricha: “Raqamli iqtisodiyot - jarayonlarni tahlil

qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash
asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va
xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda
oshirishga imkon beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab
chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik faoliyatidir”

5

Raqamli iqtisodiyot - raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes

bo‘lib, elektron tijorat bilan bog‘langan hamda raqamli ko‘rinishga ega bo‘lgan
tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyat turi
hisoblanadi. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar bevosita elektron
pul orqali amalga oshiriladi.

Ya’ni, raqamli iqtisodiyot bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes

modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy qilish orqali mavjud iqtisodiyotni
yangicha tizimga ko‘chirish deganidir. Raqamli iqtisodiyotning belgilari ma’lum
bo‘lib, u quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:

-

yuqori darajada avtomatlashtirilganlik darajasi;

-

elektron hujjat almashinuvining amalga oshirilishi;

-

buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining o‘zaro elektron integratsiyalashuvi;

-

ma’lumotlar elektron bazalarining mavjudligi;

-

CRM (mijozlar bilan o‘zaro munosabat tizimi) mavjudligi;

-

korporativ tarmoqlarning rivojlanishi va undan foydalanish.

Raqamli iqtisodiyotning bir qator qulayliklarga ega bo‘lib, u quyidagilar bilan

ajralib turadi:

-

to‘lovlar uchun xarajatlar qisqaradi;

4

А.А.Энговатова, Т.В.Поспелова Цифровая экономика: рекламный лозунг или реальность? Трансформация

бизнес

-

моделей

в условиях цифровой экономики, серия Сборник материалов научно

-

практической конференции

«Неделя инноваций» 12

-18

декабря 2017г.

5

G‘ulomov S.S. va boshqalar. “Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalar”. O‘quv qo‘llanma. T.: Iqtisod-Moliya, 2019 y. 29

bet.


background image

15

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

-

tovar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumot olinadi;

-

aqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish

imkoniyatlari yuqori bo‘ladi;

-

iste’molchi fikrini tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal

takomillashtiriladi;

-

tezroq, sifatliroq va qulayroq imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

METODOLOGIYA

Maqoladagi tadqiqot ma’lumotlari rasmiy manbalardan olingan, taniqli

iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotimizni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyot

muаmmоlаrini ilmiy

-nazariy qarashlarini qiyosiy tahlil qilish bo‘yicha olingan

natijalarga tayangan holda raqamli texnologiyalarning

joriy etish bo‘yicha bir qancha

iqtisodiy islohotlarga erishilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Raqamli texnologiyalarning rolini global miqyosda ham, mahalliy darajada ham

ko‘rish mumkin. Bir tomondan, raqamli iqtisodiyot yangi tarmoqlar to‘plami sifatida
global iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan qismini ifodalaydi. So‘nggi yillarda
zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi Internet xizmatlari, uyali aloqa, onlayn
o‘yinlar sanoati, elektron savdo va boshqalar uchun katta bozorlarni yaratishga olib
keldi. Raqamli iqtisodiyot an’anaviy iqtisodiyotga asoslangan iqtisodiyotdir. Raqamli
iqtisodiyot an’anaviy iqtisodiyotdan farqli o‘laroq, jamiyatni tezkor
axborotlashtirishga qaratilgandan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda
internet orqali yangi raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga asoslangan sohalarni
va ish jarayonlarini ham qamrab oladi (1-rasm).








1-rasm.

An’anaviy iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyotning bog‘liqligi

Raqamli iqtisodiyotning o‘sishiga mobil hamda raqamli texnologiyalar bilan

bevosita bog‘liq bo‘lgan bir qancha bozorlarning o‘sishi kata ta’sir ko‘rsatmoqda.
Raqamli iqtisodiyot kelgusi 15-20 yil davomida an’anaviy iqtisodiyotga bog‘liqligi
saqlanib qoladi. Raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning hozirgi bosqichi va
bozorlarning hozirgi holatida raqamli iqtisodiyotga maqsad sifatida emas, balki
iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish vositasi sifatida qarash o‘rinlidir.

Raqamli iqtisodiyot

Axborot

texnologiyalari

Internet va

raqamli

texnologiyalar

А

n’anaviy

iqtisodiyot


background image

16

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Zamonaviy raqamli iqtisodiyot o‘zgaruvchan tendenstiyalarga mos ravishda
boshqaruv mexanizmlarini o‘zgartirish zarurligini ko‘rsatmoqda, shuningdek, yangi
biznes modellarini taklif qilmoqda. Ba’zi sohalarni raqamli texnologiyalar asosida
tashkil qilish ayniqsa tez sodir bo‘lmoqda.

“Raqamli iqtisodiyot” ning ijobiy taraflari to‘g‘risida fikr yuritsak, uning

natijasida

-

mehnat unumdorligini oshadi;

-

kompaniyalar raqobatdoshligini oshadi;

-

ishlab chiqarish harajatlari kamayadi;

-

yangi sohada yangi ish joylari yaratiladi;

-

qashshoqlik va ijtimoiy tengsizlikka barham beriladi.

Raqamli iqtisodiyotning hayotimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi jihatlari juda

ko‘pdir. Bu turdagi iqtisodiyot iste’molchiga ko‘plab imkoniyatlar berib, o‘z
navbatida bozorning ham imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bir qator olimlar,
muaxassislar tomonidan ijobiy tomonlari to‘g‘rsida juda ko‘p fikrlar bildirilgan.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi xalqaro biznesning ichki va tashqi muhitiga

ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida katta
o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, bu esa kompaniyalar faoliyatining turli yo‘nalishlarida
aks ettirilishi mumkin emas. Internet orqali butun dunyo bo‘ylab o‘z mahsulotlarini
sotishlari mumkin. Kichik investistiyaga ega bo‘lgan kompaniyalar tezda paydo
bo‘lib, tez o‘sib rivojlanishi mumkin.

Axborot texnologiyalari yordamida xarajatlarni kamaytirish hamda ayni

paytdagi iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida mehnat unumdorligi va samaradorligini
oshirish uchun bunday imkoniyatlar mavjuddir. Shu bilan birga, raqamli
iqtisodiyotni hisobga olgan holda bozorda kompaniyalarning pozitsiyasi tobora
murakkablashib bormoqda. Strategik bir qancha qarorlar qabul qilish jarayonida xavf
va noaniqlik darajasi ortib boradi. Bu holat texnologik darajadagi dinamik o‘zgarishlar,
raqobatning o‘sishi va iqtisodiyotga davlat ta’siri tufayli barqaror bozor holatiga
bog‘liq bo‘lmaydi.

Raqamli iqtisodiyotga xos bo‘lgan texnologik o‘zgarishlar ishlab chiqaruvchilar

hamda xaridorlar uchun yangi bozor qoidalarini yaratishi mumkin. Bunday jarayonda
kompaniyalar yangi raqobat strategiyalarini qidirishi va raqobat samaradorligini
oshirishlari kerak bo‘ladi. Omon qolish hamda ayni paytda yangi sharoitda
rivojlanish uchun kompaniyalar raqamli axborot texnologiyalar sohasida o‘z
ulushlarini kengaytirishlari kerak.

Raqamlashtirish bo‘yicha 246 mamlakatda olib borilgan keng ko‘lamli

tadqiqotlarga ko‘ra, raqamli iqtisodning rivojlanish ko‘rsatkichlari turli mamlakatlarda
turlicha tendensiyaga ega. Dunyo mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotning
ko‘rsatkichlari va shuningdek rivojlanish yo‘llarining turlicha bo‘lishiga qaramasdan,


background image

17

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

unga faol innovatsiyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqamli texnologiyalar
hamda infratuzilmaga investisiya harajatlarini sezilarli darajada oshirish kabi umumiy
bo‘lgan xususiyatlarni kiritish mumkindir.

Qisqa vaqtdagi tarixiy taraqqiyot davriga qaramay, raqamli iqtisodiyot birinchi

navbatda savdo va internet xizmatlarida - elektron tijorat, internet -banking, elektron
to‘lovlar, internet-reklama, internet-o‘yinlar va boshqalarda raqamli texnologiyalardan
foydalanishga qaratilgandir. Ta’kidlab o‘tish joizki, bugungi kunda dunyoda raqamli
platformalar “Amazon”, “Alibaba”, “Facebook”, “Ebay”, “Uber”, “Didi Chuxing”
yoki “Airbnb” kabi yirik korporatsiyalar uchun asosiy biznes modeliga aylandi. Bu
korporatsiyalar vositachilar va infratuzilma platformalari sifatida muhim bo‘lgan
afzalliklarga ham egadir. Ular raqamli platformalardan foydalanuvchilar o‘rtasidagi
barcha jarayonlar bo‘yicha ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qabul qilish
imkoniga egadir.

Elektron tijoratning jadal rivojlanishi virtual olamda bozor mexanizmi asoslarini

yaratdi va bu bitimlar sonining barqaror o‘sishiga ham olib keldi. XX-asr boshida,
axborot texnologiyalari bozorlarida mamlakatlarning ikki guruhi samarali faoliyat
yuritganlar:

1) fundamental fani rivojlangan ilg‘or mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya,

Germaniya, Yaponiya va boshqalar);

2) birinchi guruh mamlakatlar (Tayvan, Xitoy, Janubiy Koreya va

boshqalar)ning innovatsiya va texnologiyalaridan foydalanadigan mamlakatlar.

Keyinchalik uchinchi guruh mamlakatlari ham paydo bo‘ldi: Finlyandiya,

Shvetsiya, Norvegiya, Irlandiya va Isroil, ular ta’lim, ilm-fan va axborot
texnologiyalari tizimlarini samarali modernizatsiya qilish orqali jahon bozorlariga
chiqishga imkon topdilar.

Bugungi kunda, raqamli iqtisodiyotda ilg‘or va yetakchi mamlakatlarga

Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariyani kiritish mumkin. TOP 10 talikka AQSh, Buyuk
Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong ham kiradi.

Yuqoridagi fikrlar asosida aytish mumkinki, davlat budjeti va mahalliy

budjetlarni shakllantirish, xarajatlar monitoring va bajarilishini tahlil qilish, moliyaviy
hisobotlarni tayyorlash va topshirish, turli jamg‘armalar mablag‘larini ulardan yordam
oluvchilarga tarqatish, sarflash, monitoringini yuritish va hisobotini topshirish kabi
moliya tizimi bilan bog‘liq turli bo‘g‘inlar o‘rtasida moliyaviy munosabatlarni
takomillashtirishda raqamli iqtisodning ahamiyati ortib boradi. Bunda Click, Payme,
Humo va boshqa dasturlar orqali pul o‘tkazish, moliyaviy operatsiyalarni amalga
oshirish ko‘lamlarini kengaytirish raqamli texnologiyalarni joriy etish imkoniyatini
oshiradi.


background image

18

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

XULOSA VA TAKLIFLAR

Raqamli iqtisodiyot - raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes

bo‘lib, elektron tijorat bilan bog‘langan hamda raqamli ko‘rinishga ega bo‘lgan
tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyat turi
hisobalandi. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar bevosita
elektron pul orqali amalga oshiriladi.

Davlat budjeti va mahalliy budjetlarni shakllantirish, xarajatlar monitoring va

bajarilishini tahlil qilish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va topshirish, turli
jamg‘armalar mablag‘larini ulardan yordam oluvchilarga tarqatish, sarflash,
monitoringini yuritish va hisobotini topshirish kabi moliya tizimi bilan bog‘liq turli
bo‘g‘inlar o‘rtasida moliyaviy munosabatlarni takomillashtirishda raqamli iqtisodning
ahamiyati ortib boradi.

Biroq, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va keng joriy qilish bilan bog‘liq

muammolardan asosiylari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

-

mamlakatning “raqamli suvereniteti”ga tahdid;

-

davlatning raqamli iqtisodiyotni transchegaraviy rolini qayta ko‘rib chiqish;

-

ma’lumotlar xavfsizlik darajasining pasayishi;

-

past hamda o‘rta malakali ish o‘rinlari sonining keskin kamayishi;

-

biznes-modellar va o‘zaro aloqa sxemalari murakkablik darajasining ortishi;

-

iqtisodiyotning barcha sohalarida raqobatning keskin kuchayishi;

-

ma’muriy va soliq kodekslarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyatining paydo

bo‘lishi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Цифровая экономика: как специалисты понимают этот термин. Режим

доступа:https://ria.ru/science/20170616/1496663946.html.

2.

Калужский М.А. Маркетинговые сети ва электронной коммерции:

нституциональный подход: монография / изд.3

-

е, перераб. и доп.

ОмГТУ.

М.

-

Берлин: Директ

-

Медиа, 2015.

338 с.

3.

А.А.Энговатова, Т.В.Поспелова Цифровая экономика: рекламный

лозунг или реальность? Трансформация

бизнес

-

моделей в условиях цифровой

экономики, серия Сборник материалов научно

-

практической конференции

«Неделя инноваций» 12

-

18 декабря 2017г.

4.

Ефимушкин

В.А.,

Ледовских

Т.В.,

Щербакова

Е.Н.

Инфокоммуникационное технологическое пространство цифровой экономики //

Телекоммуникации и транспорт. 2017. Том 11. №5. С.15

-20

5.

G‘ulomov S.S. va boshqalar. “Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn

texnologiyalar”. O‘quv qo‘llanma. T.: Iqtisod-Moliya, 2019 y. 29 bet.


background image

19

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

6.

Paul Vigna, Michael Casey. The Age of Cryptocurrency: How Bitcoin and the

Blockchain Are Challenging the Global Economic Order. 2015, 384 p

7.

Saidahmedova D., Hoshimova M. Raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik

faoliyatini boshqarishga ta’sir etuvchi omillar. Kompyuter ilmlari va muhandislik
texnologiyalari. Xalqaro miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman materiallari to

ʻ

plami –

Jizzax: O

ʻ

zMU Jizzax filiali, 2022-yil 14-15-oktyabr.119-123-bet.

8.

www.banks.cnews.ru

9.

www.risk-manage.ru

10.

https://worldcompetitiveness.imd.org










Библиографические ссылки

Цифровая экономика: как специалисты понимают этот термин. Режим

Калужский М.А. Маркетинговые сети ва электронной коммерции:

нституциональный подход: монография / изд.3-е, перераб. и доп. – ОмГТУ. – М.-

Берлин: Директ-Медиа, 2015. – 338 с.

А.А.Энговатова, Т.В.Поспелова Цифровая экономика: рекламный

лозунг или реальность? Трансформация бизнес-моделей в условиях цифровой

экономики, серия Сборник материалов научно-практической конференции

«Неделя инноваций» 12-18 декабря 2017г.

Ефимушкин В.А., Ледовских Т.В., Щербакова Е.Н.

Инфокоммуникационное технологическое пространство цифровой экономики //

Телекоммуникации и транспорт. 2017. Том 11. №5. С.15-20

G‘ulomov S.S. va boshqalar. “Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn

texnologiyalar”. O‘quv qo‘llanma. T.: Iqtisod-Moliya, 2019 y. 29 bet.

Paul Vigna, Michael Casey. The Age of Cryptocurrency: How Bitcoin and the

Blockchain Are Challenging the Global Economic Order. 2015, 384 p

Saidahmedova D., Hoshimova M. Raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik

faoliyatini boshqarishga ta’sir etuvchi omillar. Kompyuter ilmlari va muhandislik

texnologiyalari. Xalqaro miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman materiallari toʻplami –

Jizzax: OʻzMU Jizzax filiali, 2022-yil 14-15-oktyabr.119-123-bet.

www.banks.cnews.ru

www.risk-manage.ru