XORIJIY DAVLATLARDA ELEKTRON TIJORATNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Annotasiya

Ushbu maqolada mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini
rivojlantirishda elektron tijoratning hozirgi holatini o‘rganish, tahlil qilish va uni
rivojlantirish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilganlini yoritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
191-200
7

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xakimdjanova, . D. (2025). XORIJIY DAVLATLARDA ELEKTRON TIJORATNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. Raqamli Iqtisodiyot, 6(6), 191–200. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/90233
Dildora Xakimdjanova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
Katta o‘qituvchi
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini
rivojlantirishda elektron tijoratning hozirgi holatini o‘rganish, tahlil qilish va uni
rivojlantirish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilganlini yoritilgan.


background image

191

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

XORIJIY DAVLATLARDA ELEKTRON

TIJORATNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Xakimdjanova Dildora Kamilevna

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU

“Menejment va marketing” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini

rivojlantirishda elektron tijoratning hozirgi holatini o‘rganish, tahlil qilish va uni
rivojlantirish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilganlini yoritilgan.

Kalit so‘zlar: axborot-kommunikatsion texnologiyalar, raqamli axborot

texnologiyalari, e-commerce, marketpleys, tranzaksiya, internet texnologiyalari,
B2C, kredit kartalari, onlayn savdolar, veb-saytlar.

ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ЭЛЕКТРОННОЙ КОММЕРЦИИ В

ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАНАХ

Хакимджанова Дилдора Камилевна

ТУИТ имени Мухаммада ал-Хоразмий, старший преподаватель кафедры

«Менеджмент и маркетинг»

Аннотация:

Данной статье подчеркивается, что достигнуты

положительные результаты в изучении, анализе и развитии современного

состояния электронной коммерции в развитии национальной экономики нашей

страны.

Ключевые слова:

информационно-коммуникационные технологии,

цифровые информационные технологии, электронная коммерция, рынок,

транзакция, интернет-технологии, B2C, кредитные карты, онлайн-продажи,

веб-сайты.

TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF E-COMMERCE IN FOREIGN

COUNTRIES

Khakimdjanova Dildora Kamilevna

TUIT named after Muhammad al-Khwarizmi, senior teacher at

“Management and marketing”


background image

192

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Abstract:

This article emphasizes that positive results have been achieved in

the study, analysis and development of the current state of e-commerce in the
development of the national economy of our country.

Keywords:

information and communication technologies, digital information

technologies, e-commerce, market, transaction, Internet technologies, B2C, credit
cards, online sales, websites.

KIRISH

So‘nggi yillarda axborot xizmatlarining va axborot bozorining faol rivojlanishi

kuzatilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda axborot oqimlarining hajmi va
intensivligi, masofadan ma'lumotlarni tezkor uzatishning yangi imkoniyatlari,
shuningdek axborotni saqlash va qayta ishlash usullari kengayib bormoqda. Buning
eng asosiy sababi bu global Internet bo'lib, u dunyo bo'ylab elektron shaklda ish olib

borishga vosita boʻlmoqda. Chunki an'anaviy tarzda rivojlanayotgan biznes va

iqtisodiy hamkorlikdan farqli ravishda, yangi imkoniyatlarni, elektron tijorat va

moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida xoʻjalik faoliyatin

i yuritish

shakllari va usullarining sezilarli oʻzgarishlarini ko'rib turibmiz. Xorijiy va mahalliy

olimlar tomonidan Internet - geoiqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbolli

yoʻnalishlaridan biri sifatida e'tirof etilgan. Yillar davomida rivojlanib boray

otgan

elektron jarayonlar har bir sohada oʻz oʻrniga ega boʻlmoqda. Qaysi sohani tadqiq

qilmaylik, internetning ish quroli sifatida faol ishlayotganligini ko'rishimiz mumkin.
Shu jumladan elektron tijorat ham internetning bir mahsuli sifatida takomillashib
bormoqda, hozirgi kunga kelib bu soha kirib bormagan hayotning biron jabhasi
qolmadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Еlеktrоn tijоrаt vа uning mоhiyаti kо‘pginа iqtisоdchi оlimlаr tоmоnidаn

о‘rgаnib chiqilgаn bо‘lib, ulаrdаn А.V Yurаsоv, J.S.Vеstlаnd, T.K.Klаrk, D.Kоzеlаr

еlеktrоn tijоrаt vа uning mоhiyаtini, M.Rаmzаеv, P.Chujаnоv, V.Tаrаsоvlаr еlеktrоn

tijоrаtning rivоjlаngаn vа rivоjlаnаyоtgаn dаvlаtlаr iqtisоdiyоtidаgi о‘rni, V.V

Sеnkеvin, N.I. Gеrащеnkо vа bоshqаlаr еlеktrоn tijоrаtni bоshqаrishdа dаvlаtning

r

оli bо‘yichа ilmiy tаdqiqоtlаr оlib bоrgаnlаr. Shuningdеk, О‘zbеksitоndа еlеktrоn

tijоrаtni rivоjlаntirish mаsаlаlаri vа istiqbоllаri bо‘yichа А.N.Аripоv,

X.А.Muxitdinоv, M.M.Mаxmudоv, T.K.Iminоv, N.Yusupоvа, B.Еrgаshеv,

S.Аvgаnbаеv, R.I. Isаеv, А.R. Vаliеv vа bоshqаlаr ilmiy tаdqiqоt ishlаridа kо‘rib

chiqgаnlаr.


background image

193

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot davomida ilmiy mushohada, induksiya va deduksiya, dinamik

qatorlar, iqtisodiy-statistik tahlil va sintez, statistik guruhlash, tizimli tahlil,
taqqoslash va boshqa usullardan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Biznesga axborot-kommunikatsion texnologiyalarning (AKT) kirib kelishi

korxonalarning bevosita iste’molchilar bilan aloqalarida о‘ziga xos inqilobni vujudga

keltirdi. Jahonda elektron tijoratni rivojlanishi barcha davlatlarda bu sohani
rivojlanishiga olib keldi. Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida iqtisodiy
rivojlanishning muhim omili hisoblanadi. Hozirgi davrning muhim masalasi,
strategik pozitsiyalash, firmalar tomonidan mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda
axborot asri va yangi iqtisodiy muhit sharoitida sodda, ishchan va hayotiy e-business
strategiyasi asosida, imkoniyatlardan samarali foydalanib eng yuqori foydalilik

darajasiga chiqish hisoblanadi. Shu о‘rinda e

-commerce kichik biznesga yirik biznes

subyektlari bilan raqobatlasha olish imkonini berishini alohida ta’kidlash kerak. Uzoq

vaqt davomida О‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish texnologiyalari bir

-biridan

ayri holda rivojlanib bordi. Aloqa sohasi о‘z xizmat turlarining foydalanilish

belgisiga qarab sun’iy ravishda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish shakllarga
ajratilib qaraldi, butun axborotni yaratish sohasi esa, aloqa sohasidan alohida holda
shakllandi. Shu tariqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi
takomillashuv

i hamda kengayishi natijasida о‘tgan asrning 90

-yillari oxiriga kelib,

ushbu sohalarda qо‘llaniladigan usullar va vositlarning bog‘lanib ketish jarayoni

boshlandi. Tijorat tushunchalarining klassifikatsiyasini ko’rib chiqadigan bo’lsak
birinchi tuchunchani AQSH olimlari A. Summer va Gr.Dunkan quyidagicha
berishgan: Elektron tijorat – bu subyektlar o’rtasidagi munosabat elektron tarzda
(Internet texnologiyalarni qo’llagan holda) amalga oshadigan biznes jarayonning
ixtiyoriy shaklidir. Bu tushunchaning mohiyatiga ko’ra olimlar tomonidan ta’rif o’sha
paytdagi internet tarmog’ini rivojlanish tendentsiyalariga mos keladi. 1999-yillarga
kelib internet savdo tushunchasi kirib keldi. AQSH olimlari A. Summer va
Gr.Dunkan fikricha elektron savdo – biznes tranzaktsiyasining butun sikli yoki uning
bir qismi elektron tarzda amalga oshadigan tovar yoki xizmatlarni xarid qilish va
sotish jarayonidir

1

.

Iqtisodiyot tarmoqlariga axborot texnologiyalarining keng joriy etilishi orqali

iqtisodiyotni raqamlashtirish, kichik biznes hamda tadbirkorlik sub’ektlariga biznes
yuritishda elektron tijoratning raqobat ustunligidan keng foydalanish, yuqori axborot-
texnologiyalarga asoslangan innovasion ishlab chiqarishlarni tashkil etishda muhim

1

Uzbek Scholar Journal Volume- 21, October, 2023

www.uzbekscholar.com

. O’zbekistonda elektron tijoratning

sohalarda rivojlanishi Usmonova Adiba Azim qizi Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti


background image

194

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

omil bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy prognozlarning ko‘rsatishicha yaqin kelajakda dunyo
yalpi ichki mahsulotining salmoqli ulushini axborot mahsulotlari tashkil etib, mazkur
jarayonning o‘zi esa an’anaviy do‘konlar va savdo rastalaridan farqli ravishda turgan
joyda har qanday tovarni dunyoning istalgan qismidan sotib olish imkoniyatini
beruvchi virtual hududga aylanadi.

Axborot-kommunikasiya texnologiyalarning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni

xususida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti to‘xtalib, –“Bugungi kunda jahon
miqyosida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning taxminan 5,5 % axborot-
kommunikasiya texnologiyalari sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Nufuzli xalqaro
ekspertlarning fikriga ko‘ra, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 9 foizdan oshadi. Masalan,
Janubiy Koreyada 9 %, Yaponiyada 5,5 %, Xitoy va Hindistonda 4,7 %,
O‘zbekistonda atigi 2,2 % ni tashkil etadi. Buni axborot - kommunikasiya rivojlanish
indeksi reytingidagi 176 mamlakat orasida O‘zbekiston 95-o‘rinda ekani ham
isbotlab turibdi”

2

, deb ta’kidladilar

.

Dunyoning deyarli barcha davlatlarining tashqi iqtisodiy faoliyati an’anaviy

savdo aloqalaridan uzoqqa chiqib ketishga ulgurdi. Elektron tijoratning rivojlanishi
va Internetda savdo platformalarining paydo bo‘lishi tufayli yuzma-yuz
uchrashuvlarga bo‘lgan ehtiyoj yo‘qolib bormoqda. Har qanday mahsulotni sotib
olish uchun hatto oddiy iste’molchi ham uydan chiqmay turib tovar va xizmatlarni
masofadan xarid qilish imkonini yaratadi. Bu nafaqat o‘z shahringiz yoki
mamlakatingizda xarid qilish, balki boshqa mamlakatlardan tovarlarga buyurtma
berish va yetkazib berish imkoniyati mavjudligini anglatadi. Yangi texnologiyalardan
foydalanish ommabopligi tufayli iste’molchilar huquqlarini himoya qilish zarurati
ortib bormoqda.

Elektron tijorat hamda marketpleyslardan foydalanish tranzaksiya xarajatlarini

kamaytirishi, butun dunyo bo‘ylab yetkazib beruvchilar va xaridorlarni bog‘laydigan
savdo kanali bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bugungi kunda biznes uchun elektron
tijoratning qiymatini baholab bo‘lmaydi: u kompaniyalarning iste’molchilar
ehtiyojlarini tushunishini yaxshilaydi, mahsulot va xizmatlarni jahon bozoriga taqdim
etadi. Hozirgi vaqtda jahon iste’mol tovarlari savdosining qariyb 12 % xalqaro
elektron tijorat orqali amalga oshirilib kelinmoqda va bu ko‘rsatkich doimiy ravishda
o‘sib bormoqda. Yevropa Komissiya

si oʻz tadqiqotida taʼkidlaganidek, onlayn

platformalar Yevropa Ittifoqi va butun dunyoning kelajakdagi iqtisodiy oʻsishini

taʼminlovchi “raqamli qiymat”ni yaratishda yetakchi rol oʻynaydi.

Elektron tijoratning xalqaro statistik ma’lumotlari

3

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligidagi “Axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
natijadorligi”ga bag‘ishlangan yig‘ilishidagi ma’ruzasi – Toshkent 2018 yil 9 yanvar.

3

INFOCOM.UZ, “Dunyo bo‘ylab elektron tijorat statistikasi va faktlari”. Aprel 11, 2023


background image

195

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

-

2023-yilda chakana xaridlarning 20,8 % onlayn tarzda amalga oshirilishi

kutilmoqda.

-

2026-yilga kelib, chakana xaridlarning 24 % onlayn tarzda amalga oshirilishi

kutilmoqda.

-

2023-yilda elektron tijorat savdosi hajmi 10,4 % ga o‘sishi kutilmoqda.

-

2023-yilda global elektron tijorat bozori jami 6,3 trillion dollarni tashkil

qilishi kutilmoqda.

-

2026-yilga kelib, elektron tijorat bozori umumiy hajmi 8,1 trillion dollardan

oshishi kutilmoqda.

-

2023-yilda AQSh elektron tijorat bozori 1,1 trillion dollardan oshadi.

-

AQShda 2023-yilda chakana xaridlarning 16,4 % onlayn tarzda amalga

oshirilishi kutilmoqda.

-

Amazon

elektron tijorat sotuvining 37,8 % tashkil qiladi, bu barcha elektron

tijorat kompaniyalarining eng yuqori bozor ulushidir.

-

Walmart, eBay va AliExpress eng ko‘p tashrif buyuriladigan elektron tijorat

veb-saytlaridir.

Onlayn xarid qilish xulq-atvori statistikasi

-

Onlayn xaridorlarning 57 % xalqaro miqyosda xarid qilishlarini ma’lum

qilishdi.

-

Onlayn xaridorlarning savatdagi xaridlardan voz kechilishining eng keng

tarqalgan sababi yuk tashish, soliqlar va yig‘imlar kabi qo‘shimcha xarajatlardir
(48%).

-

Onlayn xaridorlarning 24 % o‘z savatlarini tashlab ketishadi, chunki sayt

ularni shaxsiy akkaunt yaratishni xohlaydi.

-

22 % onlayn xaridlar yetkazib berish juda sekinligi tufayli xarid jarayonida

to‘xtatiladi.

-

Xaridorlarning 79 % oyiga kamida bir marta onlayn xarid qiladi.

-

Mobil qurilmalarda onlayn yuk tashish savatini tark etish darajasi 84% ni

tashkil qiladi.

-

Shaxsiy kompyuterlar orqali onlayn yuk tashish savatini tark etish

darajasi 72% ni tashkil qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda elektron tijorat statistikasi

-

2020-yilda ijtimoiy tarmoqlar savdosiga 992 milliard dollar sarflangan.

-

Ijtimoiy tarmoqlar savdosi 2026-yilga borib 2,9 trillion dollarga yetishi

kutilmoqda.

-

AQShda 96,9 million kishi ijtimoiy tarmoqlarda xarid qiladi.

-

Xitoyda

esa bu ko‘rsatgich deyarli 890 million kishiga yetadi.


background image

196

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

-

Millenniallar

eng ko’p ijtimoiy tarmoqlarda xarid qiladi – Qo‘shma

Shtatlardagi

18

yoshdan

24

yoshgacha bo‘lgan odamlarning 55 % ijtimoiy

tarmoqlarda xarid qilishgan.

-

Xitoy

ijtimoiy tijorat xaridorlarining eng yuqori ko’rsatkichiga ega – deyarli

50% ijtimoiy tarmoqlardan xarid qilgan.

-

Facebook ijtimoiy tijorat operatsiyalari uchun eng mashhur ijtimoiy media

platformasidir.

-

40 % ijtimoiy media ta’siri tufayli xarid qiladi.

-

Ijtimoiy tijorat xaridorlarining 49 %

influenserlar

ning tavsiyasi ularning

xaridiga ta’sir qilgan.

Mobil elektron tijorat statistikasi

-

91 % smartfon yordamida onlayn xarid qiladi.

-

Mobil tijorat savdosi 2023-yilda barcha chakana savdolarning 6 % ni tashkil

qilishi kutilmoqda.

-

2021-yilda mobil elektron tijorat 360 milliard dollardan ortiq savdoni tashkil

etdi.

-

2025-yilga kelib mobil tijorat savdosi 710 milliard dollarni tashkil qilishi

kutilmoqda.

-

Planshet

elektron tijorat savdosi 2026-yilga kelib 54,01 milliard dollarga

yetishi kutilmoqda.

2022-yil ma’lumotiga ko‘ra mamlakat aholisi 332 millionga teng bo‘lib,

aholining 85 % Internetdan uzluksiz foydalanib kelmoqda. Amerika Qo‘shma
Shtatlarida ko‘plab elektron tijorat veb-saytlari mavjud: Amazon, Walmart, eBay,
Target, Apple, COSTCO va boshqalar. Amazon AQShning eng yirik on-layn
platformasi bo‘lib, butun dunyo bo‘yicha tarqalgan. 2020-yildagi Kovid pandemiyasi
AQSh iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsada, lekin bu elektron tijoratning
mamlakatda jadallik bilan o‘sishiga hissa qo‘shdi va elektron tijoratdan
foydalanuvchilar sonini o‘rtacha 20 % ga oshirdi. Sehrli diyorda on-layn xaridlar,
odatda, kredit kartalari yordamida amalga oshiriladi.

Shuningdek, boshqa to‘lov turlari – Pay Pal va Stripe ham keng qo‘llaniladi.

Amerikadagi on-layn tijoratchilar o‘z mahsulotlarini nafaqat mamlakat aholisiga,
balki boshqa davlatlarga ham eksport qiladilar. Yuqorida aytib o‘tganimizdek,
ko‘plab rivojlangan davlatlar AQShning sifatli tovarlarini on-layn xarid qilishni xush
ko‘radilar. Ushbu mamlakatda elektron tijorat qaynab ketadigan maxsus kunlar ham
mavjud. Xususan, “Black Friday”da qaysikim, “Thanksgiving” bayramidan so‘ng
savdolar miqdori bir necha barobarga oshib ketadi. Ushbu kunda, xaridorlar katta
miqdordagi chegirmalarga ega bo‘ladilar va shuning uchun ko‘plab amerikaliklar
ushbu kunni kutib yashashadi. On-layn veb-saytlarda eng ko‘p sotiladigan tovar turi
bu kiyim-kechaklar hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinda esa oziq-ovqat va ichimliklar toifasi


background image

197

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

tursa, undan keyingi o‘rinlarda oyoq kiyimlari va elektr texnika jihozlari turadi

4

. 68

% amerikaliklar on-layn savdolarni o‘zlarining smart telefonlaridan foydalangan
holda amalga oshiradilar. Amerikalik xaridorlar uchun yetkazib berish tezligi muhim
hisoblanadi va shuning uchun tijorat tashkilotlari sotib olingan mahsulotlarni o‘sha
kunning o‘zida yoki keyingi kun yetkazib berishadi. Bu esa o‘z navbatida, AQShda
transport va logistika, omborxonalar naqadar rivojlanganligini ko‘rsatib beradi.
Yetkazib berish xizmati narxlari turlicha bo‘lib, tovarlar qancha tez yetkazilsa
shuncha qimmatroq va aksincha, sekin 3-4 kunda yetkazilsa shuncha arzonroq
bo‘ladi. Buyuk Britaniyada elektron tijoratning holati. Elektron tijorat buyuk
britaniyaliklarning sevimli mashg‘ulotidan biridir.

2020-yilda umumiy chakana savdoning 36 % onlayn savdoga to‘g‘ri kelgan va

bu ko‘rsatkich 2019-yilga nisbatan 20 % ga ko‘p demakdir

5

. Buyuk Britaniyaning

jami aholisi soni 68 million bo‘lib, shulardan 65 millionga yaqini Internet
foydalanuvchilari hisoblanadi va bu ko‘rsatkich har yili o‘sib bormoqda. 2021-yilga
kelib onlayn shopping bilan shug‘ullanuvchi aholi ko‘rsatkichi umumiy aholining 94
% ga tengdir. Xaridorlarning elektron tijorat uchun sevimli to‘lov turi debit va kredit
kartalardir. Viza va master kardlar deyarli barcha elektron tijorat kompaniyalari
tomondan qabul qilinadi. www.trade.gov saytiga ko‘ra 60 % onlayn savdolar smart
telefonlar orqali amalga oshiriladi. 2020-yilda onlayn savdoga bo‘lgan talabning
kutilmaganda oshib ketishi Buyuk Britaniya tashkilotlari uchun innovativ yetkazib
berish strategiyalarini o‘ylab topishga majbur qildi. Jumladan, ko‘p supermarket va
oziqovqat do‘konlari o‘z omborlarini kattalashtirdi va yetkazib berish bo‘yicha o‘z
imkoniyatlarini oshirdi. Ushbu davrda ko‘plab yangi yetkazib berish sub’ektlari ham
tashkil etildi. Hozirgi vaqtga kelib, o‘rtacha yetkazib berish tezligi o‘rtacha 1,9 kunga
to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, shulardan 57 % tovarlar ko‘pi bilan bir kunda o‘z egalariga
yetkazib berilyapti. Britaniyaliklar on-layn savdo orqali asosan quyidagi tovarlarni
xarid qiladilar: kiyim-kechaklar, oziq-ovqat va ichimliklar, oyoq kiyimlari, kitoblar,
elektron jihozlar, uy jihozlari, atir va kosmetik mahsulotlari va boshqalar. Elektron
tijorat dunyosida Amazonning o‘rni nihoyatda katta va buyuk britaniyaliklar ham
ushbu platformani sevib ishlatishadi. Xaridorlar Amazon.co.uk sayti orqali 2020-
yilda 14,67 million dollarlik mahsulotlarni sotib olishgan va qolgan yirik E-tijorat
kompaniyalari quyidagi miqdorda savdo qilishgan:

1.

Tesko – 7,59 milliard AQSh dollari;

2.

Argos – 5,41 milliard AQSh dollari;

3.

Sainsbarus – 4,55 milliard AQSh dollari;

4.

Karryus – 4,14 milliard AQSh dollari.

4

Jacob wibom westerberg, therése dalebrant, katja kotala. U.s. e-commerce market entry retail playbook.

5

https://www.trade.gov/country-commercial-guides/united-kingdom-ecommerce


background image

198

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Yaponiyada elektron tijorat. www.ecommerce-nation.com sayti yirik elektron

tijorat bozorlarini tahlil qilar ekan, Yaponiya raqamli savdosiga alohida urg‘u berib
ketgan. Yaponiya elektron tijorat savdosi bo‘yicha Osiyoda Xitoydan keyin ikkinchi
o‘rinda tursa, butun jahonda esa ushbu mamlakat to‘rtinchi o‘rinni egallaydi

6

.

Yaponlarning elektron tijoratda o‘ziga xos bozori mavjud bo‘lib, hozirgi kunda bu
bozor jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. 2021-yilga kelib onlayn savdo
qiluvchilar soni deyarli 89 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib
Yaponiyada elektron tijoratdan foydalanuvchilar soni 113 millionga yetishi taxmin
qilinmoqda. Yaponlar odatda on-layn xaridlarni o‘z kredit kartalaridan to‘lashadi,
lekin naqd pul va konbini pul to‘lovlari ham bozorda birdek qabul qilinadi.
Yaponiyada ko‘plab mashhur onlayn tijorat tashkilotlari mavjud bo‘lib, ulardan eng
yiriklari Amazon, Apple, Yodobashi, Rakuten, Monotaro va Zozotownlardir.
Yaponiyada xalqaro on-layn saytlari ham rivojlanayotgan bo‘lsa-da, ular asosan
tovarlarni mahalliy kompaniyalardan xarid qiladilar va bu Yaponiya bozorining
o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. On-layn savdo eksporti haqida gapirsak, ular
tovarlarni aso-san Koreya, Xitoy va Amerikaga sotadilar va bundan ko‘rinib
turibdiki, savdoning ochiqli-gi transchegaraviy savdolar rivojlanishiga olib kelgan.
Yaponiya mamlakati hududi bo‘yicha ancha kichkina, lekin transport va logistika
infratuzilmasi juda rivojlanganligi tovar yetkazib berish uchun ajoyib imkoniyatni
yaratadi. Masalan, Amazon Japan kompaniyasi 80 % aholiga tovar sotib olingandan
keyin o‘sha kunning o‘zida yetkazib berish xizmatini taklif qiladi. Odatda, tovarlar
ko‘pi bilan bir kunda mijozlar qo‘lida bo‘ladi.

Mamlakat aholisi onlayn saytlardan sotib oladigan eng ko‘p mahsulot bu

elektronika va mediatovarlaridir (telefon, soat, tabletlar va TVlar). Yana eng
ommabop xaridlardan biri turli xildagi kiyim-kechakdir. Undan so‘ng esa, oziq-ovqat
mahsulotlari, sayohat paketlari va turli chiptalar mamlakat xaridorlari tomonidan on-
layn sotib olinadi. Aholining Internetdan foydalanish darajasi mamlakatda 93,3 %ga
teng. Yaponiyada raqamli tijorat rivojlanishining asosiy omillari davlatlar kuchli
infratuzilmaning mavjudligi va mijozlarning on-layn savdoni afzal ko‘rishidadir
(xilma-xil tovarlarning mavjudligi va qulayligi uchun). Janubiy Koreya davlatida
raqamli savdo. Ma’lumki, Janubiy Koreya aholisining Internetdan foydalanish
darajasi dunyoda birinchi o‘rinda turadi va bu ko‘rsatkich hozirgi kunga kelib 93 %ga
teng yoki bu 47 million aholi demakdir

7

. Aholining 80 %i esa (taxminan 41 million)

internet orqali savdoni amalga oshiradi. Elektron savdo taxminan 25 yillarcha avval
Korea davlatiga kirib kelgan va shu paytdan beri rivojlanib kelmoqda. Mamlakatda
elektron tijorat rivojlanishi uchun barcha huquqiy asosiy sharoitlar yaratilgan,

6

E-commerce in japan: an island of opportunity for canadian exporters.

Https://www.asiapacific.ca/sites/default/files/filefield/ecommerce_in_japan_report.pdf

7

https://www.statista.com/topics/2230/internet-usage-in-south-korea/#topicHeader__wrapper.


background image

199

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

shuningdek, elektron tijorat bir tekis rivojlanishi uchun yaxshi infratuzilma
yaratilgan. Logistika sohasining yaxshi rivojlanganligi esa sohaning rivojlanishini
tezlashtirgan. Raqamli savdo nafaqat yoshlar tomonidan amalga oshiriladi, balki katta
yoshdagi xaridorlar ham muntazam ravishda on-layn savdoni amalga oshiradi.
Janubiy koreyaliklar odatda internet orqali kiyim-kechaklar, aksessuarlar, uy-ro‘zg‘or
buyumlari, oziq-ovqat va ichimliklar, kosmetika jihozlari, kitoblar va sport jihozlari
kabi tovarlarni sevib xarid qiladilar. Janubiy koreyaliklar nafaqat mahalliy on-layn
savdoni, balki transchegaraviy elektron tijoratni ham amalga oshiradilar.

Ular o‘zlari zarur deb topgan tovarlarni Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yevropa,

Xitoy, Yaponiya, Avstraliya kabi mamlakatlardan buyurtma berib import qiladilar.
Quyidagi xorijiy on-layn platformalar koreyaliklar uchun sevimli hisoblanadi:
Amazon UQ, I Herb US, eBay US, Amazon Japan, Taobao China, Rakuten Japan va
Walmart US. Nowak & Partner Co. Ltd.2021 ma’lumotiga ko‘ra, Naver platformasi
koreyslarning eng ommabop onlayn platformasi hisoblanadi va

2020-yilda jami elektron savdoning 18 % ushbu dastur orqali amalga oshirilgan.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa mos ravishda Coupang and eBay Korea
platformalari 13 % va 12 % bilan egallashgan. 2020-yil boshida pandemiyaning
boshlanishi elektron tijorat foydalanuvchilari sonining oshishiga olib keldi va ushbu
davrda bir paytlar faqat offlayn xarid qilingan oziq,ovqat mahsulotlari ham on-layn
platformalar orqali sotib olingan.

Elektron tijorat korxonalari uchun o‘rtacha konversiya darajasi 1,53% ni

tashkil etdi. Marketpleyslardagi savatchalarning 69,57 % tashlab ketilgan. Yuqori

qo‘shimcha xarajatlar xaridorlarning aravadan yoki savatchadan voz kechishining
asosiy sababidir.

Shopify – bu eng mashhur elektron tijorat saytlarini yaratish texnologiyasi

bo‘lib, bozor ulushi 15% dan oshadi va undan 4 millionga yaqin sayt foydalanadi.
Elektron tijorat ite’molchilari o’rtasida, Internet maydonida nima uchun elektron
tijorat saytlari orqali onlayn xarid qilasiz degan so’rov o’tkazilganda, respondentlar
bu savolga quyidagicha javob berishdi, iste’molchilarning yarmidan ko‘pi (50,7%) bu
elektron tijorat do‘konlari tomonidan taklif qilinadigan bepul yetkazib
berish ekanligini aytishdi. Boshqa asosiy sabablar qatoriga kuponlardan foydalanish
va chegirmalarni qo‘llash (41%), boshqa xaridorlarning sharhlarini o‘qish
(35%), tovarlarni osonlik bilan qaytarish (33%) va mahsulotlarni tezda buyurtma
berish imkoniyati (30%), iste’molchilar tomonidan javob berildi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda virutal makonda elektron

tijoratni samarali yuritishni tashkil qilish hamda elektron tijorat chegaralarini
kengaytirish uchun turli xil mavjud muammolarni hisobga olish kerak. So‘nggi bir


background image

200

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

necha yil ichida elektron tijorat

global chakana savdo

ning ajralmas qismiga aylandi.

Boshqa ko‘plab sohalar singari, tovarlarni sotib olish va sotish Internet paydo
bo‘lishidan keyin jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechirdi va zamonaviy hayotning
davom etayotgan raqamlashuvi tufayli butun dunyodagi iste‘molchilar endi onlayn
tranzaksiyalarning afzalliklaridan foydalanmoqda. Dunyo bo‘ylab Internet orqali
buyurtmalar tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgani sababli, butun jahonda
5

milliarddan ortiq internet foydalanuvchilari onlayn xaridlarni amalga oshirishi

kutilmoqda. So‘nggi yillarda

chakana elektron tijorat

savdosi global miqyosda

5,7 trillion AQSh dollaridan oshdi va kelgusi yillarda bu ko‘rsatkich yangi
cho‘qqilarga chiqishi kutilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Uzbek Scholar Journal Volume- 21, October, 2023

www.uzbekscholar.com

.

O’zbekistonda elektron tijoratning sohalarda rivojlanishi Usmonova Adiba Azim qizi
Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligidagi

“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini
ta’minlash

bo‘yicha

amalga

oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi”ga

bag‘ishlangan yig‘ilishidagi ma’ruzasi – Toshkent 2018 yil 9 yanvar.

3.

INFOCOM.UZ, “Dunyo bo‘ylab elektron tijorat statistikasi va faktlari”.

Aprel 11, 2023

4.

https://www.eastasiaforum.org/2021/10/13/what-is-driving-chinas-e-

commerce-growth/

5.

Jacob wibom westerberg, therése dalebrant, katja kotala. U.s. e-commerce

market entry retail playbook.

6.

https://www.trade.gov/country-commercial-guides/united-kingdom-

ecommerce

7.

E-commerce in japan: an island of opportunity for canadian exporters

8.

https://www.asiapacific.ca/sites/default/files/filefield/ecommerce_in_japan_r

eport.pdf

9.

https://www.statista.com/topics/2230/internet-usage-in-south

korea/#topicHeader__wrapper.

Bibliografik manbalar

Uzbek Scholar Journal Volume- 21, October, 2023 www.uzbekscholar.com.

O’zbekistonda elektron tijoratning sohalarda rivojlanishi Usmonova Adiba Azim qizi

Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligidagi

“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini

ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi”ga

bag‘ishlangan yig‘ilishidagi ma’ruzasi – Toshkent 2018 yil 9 yanvar.

INFOCOM.UZ, “Dunyo bo‘ylab elektron tijorat statistikasi va faktlari”.

Aprel 11, 2023

https://www.eastasiaforum.org/2021/10/13/what-is-driving-chinas-ecommerce-growth/

Jacob wibom westerberg, therése dalebrant, katja kotala. U.s. e-commerce

market entry retail playbook.

https://www.trade.gov/country-commercial-guides/united-kingdomecommerce

E-commerce in japan: an island of opportunity for canadian exporters

https://www.asiapacific.ca/sites/default/files/filefield/ecommerce_in_japan_r

eport.pdf

https://www.statista.com/topics/2230/internet-usage-in-south

korea/#topicHeader__wrapper.