NARX KATEGORIYASIGA BO‘LGAN NAZARIY QARASHLAR

Аннотация

Maqolada narxning iqtisodiy kategoriya sifatida mazmuni va
shakllanishi hamda unga ta’sir etuvchi omillar yoritilgan. Narxni shakllanish
jarayonlari mumtoz va yetakchi iqtisodchi olimlarning qarashlari tadqiq qilingan.
Tadqiqot jarayonida qo‘llanilgan tadqiqot metodlari berilgan. Tahlillar asosida tegishli
xulosa va takliflar keltirib o‘tilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
465-474
4

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Бабабекова G., & Бабабекова N. (2025). NARX KATEGORIYASIGA BO‘LGAN NAZARIY QARASHLAR . Цифровая экономика, 6(6), 465–474. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/93118
Гулчехра Бабабекова , Ташкентского университета прикладных наук
Старший преподаватель
Наргиза Бабабекова , Ташкентского университета прикладных наук
Старший преподаватель
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada narxning iqtisodiy kategoriya sifatida mazmuni va
shakllanishi hamda unga ta’sir etuvchi omillar yoritilgan. Narxni shakllanish
jarayonlari mumtoz va yetakchi iqtisodchi olimlarning qarashlari tadqiq qilingan.
Tadqiqot jarayonida qo‘llanilgan tadqiqot metodlari berilgan. Tahlillar asosida tegishli
xulosa va takliflar keltirib o‘tilgan.


background image

465

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

NARX KATEGORIYASIGA BO‘LGAN NAZARIY QARASHLAR

Bababekova Gulchehra Baxtiyarovna

Toshkent Amaliy fanlar universiteti “Umumiqtisodiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi

gulchehrabababekova2023@mail.ru

Bababekova Nargiza Baxtiyarovna

Toshkent Amaliy fanlar universiteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi katta

o‘qituvchisi

azmyus0960@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada narxning iqtisodiy kategoriya sifatida mazmuni va

shakllanishi hamda unga ta’sir etuvchi omillar yoritilgan. Narxni shakllanish
jarayonlari mumtoz va yetakchi iqtisodchi olimlarning qarashlari tadqiq qilingan.
Tadqiqot jarayonida qo‘llanilgan tadqiqot metodlari berilgan. Tahlillar asosida tegishli
xulosa va takliflar keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

bozor, narx, konyuktura, talab, taklif, naflilik, qiymat, raqobat,

omil, kategoriya, ishlab chiqarish, harajat.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ

ПОДХОДЫ

О ЦЕНОВОЙ КАТЕГОРИИ

Бабабекова Гулчехра Бахтияровна

Старший преподаватель кафедры “Обшеэкономика” Ташкентского

университета прикладных наук (UTAS)

gulchehrabababekova2023@mail.ru

Бабабекова Наргиза Бахтияровна

Старший преподаватель кафедры “Экономика отраслей” Ташкентского

университета прикладных наук (UTAS)

azmyus0960@gmail.com

Аннотация

:

В данной статье изложены сущность и цены как

экономической категории, а также факторы, влияющие на нее формирование.

Изучены взгляды ведущих экономистов и классиков формировании цены как

экономическая категория . Приведены методы исследования, используемые в


background image

466

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

исследовательском процессе. На основе анализа изложены соответствующие

выводы и рекомендации.

Ключевые слова:

рынок, цена, конъюнктура, спрос, предложение,

полезность, стоимость, конкуренция, фактор, категория, производство,

стоимость.

THEORETICAL APPROACHES ABOUT PRICE CATEGORY

Bababekova Gulchehra Bakhtiyarovna

Senior Lecturer at the Department of General Economics, Tashkent University of

Applied Sciences (UTAS)

gulchehrabababekova2023@mail.ru

Bababekova Nargiza Bakhtiyarovna

Senior Lecturer at the Department of Economics of Industries, Tashkent University

of Applied Sciences (UTAS)

azmyus0960@gmail.com

Abstract:

This article outlines the essence and prices as an economic category,

as well as the factors influencing its formation. The views of leading economists and
classics of price formation as an economic category have been studied. The research
methods used in the research process are given. Based on the analysis, relevant
conclusions and recommendations are presented.

Key words:

market, price, conjuncture, demand, supply, utility, cost,

competition, factor, category, production, cost.

KIRISH

Milliy iqtisodiyotning barqaror ravishda rivojlanishi, uning tarkibiy

tuzilmasidagi o‘zaro ichki mutanosiblik va muvozanatning ta’minlanishi ko‘p jihatdan
narxga bog‘liq. Narx va narxni shakllanishi iqtisodiyotining asosiy elementlaridan biri
hisoblanadi.

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi sharoitida narxning shakllanish jarayonlari

iqtisodiy isloxotlar davrida alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayon narxlarni
shakllantirish va unga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda unda sog‘lom
raqobat muhitini shakllantirishni talab etadi. Shu o‘rinda mamlakatimiz Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “Davlat
tomonidan 37 turdagi mahsulot va xizmatlar narxining tartibga solinayotgani erkin
raqobatga salbiy ta’sir qilmoqda. Shuni hisobga olib, endi asosiy e’tiborni narxlarni


background image

467

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

belgilashga emas, balki korxonalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlash orqali
narxlarni pasaytirishga va sifatni oshirishga qaratishimiz kerak” [1]. Ushbu nuqtai-
nazardan narxlarning iqtisodiy kategoriya sifatida shakllanishi va unga ta’sir etuvchi
omillarni xorijlik va maxalliy iqtisodchi olimlarimiz tomonlaridan bildirilgan nazariy
qarashlar asosida tahlil etishni lozim topdik.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Narxning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni iqtisodiy mohiyatini klassik

va hozirgi zamon yetakchi iqtisodchi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Jumladan,
iqtisodiy tarix sahnasida Aristotel pulning tovar munosabatlari asosida vujudga kelishi,
narx esa tovarning pulda ifodalanishi ekanligini ta’kidlagan [2]. Shuningdek, xorijlik
iqtisodchi olimlardan S.A.Bartenev “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” nomli darslikda u
ayirboshlash shaxsiy ehtiyojlarning oqilona hajmiga muvofiq holdagi “adolatli narx”
bo‘yicha amalga oshishi lozimligini ta’kidlaydi [3]. Tabiiy narx to‘g‘risidagi ta’limot
asoschisi V.Pettining fikriga ko‘ra tabiiy narxni qiymat deb bilganlarini oqlash uchun
ishlatildi. [4]

Kembrij maktabi asoschisi A.Marshall narx nazariyasi bo‘yicha so‘z yuritar

ekan, mazkur nazariya uning nazariy mulohazalari markazida turadi.

A.Marshall qiymat va narx kategoriyalarini aynan bir narsa deb ko‘rsatib, aslida,

qiymatni tenglashtirib qo‘ydi va narxni bozor munosabatining eng muhim elementi deb
hisobladi. [5]

Fransuz klassik iqtisodchilaridan bo‘lmish P.Buagilber ham narx nazariyasiga

hissa qo‘shgan bo‘lib, u o‘z e’tiborini narxlarni belgilashda optimal narxning paydo
bo‘lishiga qaratdi. [6]

Shu o‘rinda akademik M.Sh.Sharifxo‘jayev, prof. O‘lmasovlar narxning

shakllanishiga quyidagi omillar ta’sir etishini qayd etganlar: “Qiymat narxning
obyektiv asosi bo‘lsa-da, uni shakllantiruvchi yagona omil emas, naflilik yuqori
bo‘lishi baland narxni taqoza etsa, raqobat kurashi uni pasaytiradi “Narxni
shakllantiruvchi eng muhim omil talab va taklif nisbati” [7] asosiy omil sifatida
yuzaga chiqishini qayd etganlar.

Professor Sh.Sh.Shodmonov, prof. R.H. Alimov, dots. T.T. Jo‘rayevlar

tomonidan narxni shakllantirishda quyidagi omillar ta’sir etishini qayd etganlar:
“Qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari, tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga
talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. Bu omillar
ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi”
[8].

Len Rodjersning fikriga ko‘ra “tovar ishlab chiqaruvchilar narxni belgilanishiga

quyidagi omillar ta’sirida qiymat, harajat, raqobat, maishiy rag‘batlantirish, jamoat
fikri, xizmat ko‘rsatish ta'siri kabi omillar asosida yuz beradi” [9] deb qayd etgan.


background image

468

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu maqolaning metodologiyasi tizimli yondoshuv, ilmiy tadqiqot jarayonida

kuzatish solishtirish va hamda tendentsiyalarni tahlil qilish usullari qo‘llanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Narxning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni quyidagi jarayonlar orqali

namoyon bo‘ladi: narxning iqtisodiy mohiyatini ifodalovchi asosiy tavsifiy belgi va
ichki rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish; uning iqtisodiy vazifalari hamda amal
qilish tamoyillarini aniqlash; narxlarning shakllanishi, ulardan to‘g‘ri va samarali
foydalanish hamda iqtisodiyotni boshqarishda tutgan o‘rnini aniqlash; narx tizimini
tahlil qilish va ulardan samarali foydalanishning shart-sharoitlarini ko‘rib chiqish va
hakozo.

Narxning mazmuniga qiziqish, uning obyektiv asoslarini tadqiq etishga

urinishlar nisbatan ancha ilgari boshlangan. Jumladan, Aristotel pulning tovar
munosabatlari asosida vujudga kelishi, narx esa tovarning pulda ifodalanishi ekanligini
qayd etilgan Shuningdek, u ayirboshlash shaxsiy ehtiyojlarning oqilona hajmiga
muvofiq holdagi “adolatli narx” bo‘yicha amalga oshishi lozimligi klassik olimlar
tomondan ilgari surilgandir. Bu borada o‘rta asrlarda “adolatli” narx qanday bo‘lishi
kerakligi to‘g‘risida bahslar borilgan bo‘lib, “adolatli” narx ikkita talabga javob berishi
lozim. Birinchidan, u “mehnat va xarajatlar” miqdoriga muvofiq ayirboshlashning
ekvivalentligini ta'minlashi lozim. Ikkinchidan, ayirboshlash ishtirokchilarining
ijtimoiy mavqeiga ko‘ra ularning hayot kechirishini ta'minlaydigan narx “adolatli”
hisoblanadi. Narx hunarmandga turmush farovonligining ma'lum darajasini, cherkov
xodimiga – boshqa bir darajasini, feodalga – yana bir darajasini ta'minlashi lozim [3].

Shu o‘rinda narxning iqtisodiy mohiyatini yoritishda tabiiy narx to‘g‘risidagi

ta’limot asoschisi V.Pettining fikriga ko‘ra tabiiy narxni qiymat deb bilganlarini oqlash
uchun ishlatildi [4]. U mazkur g‘oya orqali qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi.
Vaqt va tasodifiy omillar ta’sirida o‘zgarib turuvchi bozor narxiga tabiiy narx
(qiymat)ni qarama-qarshi qo‘ydi. Tabiiy narx mehnat miqdori bilan o‘lchanishi sababli
ichki bozor narxiga teng bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. U non bilan kumushning
narxini solishtirib, ularning narxini sarflangan mehnat miqdori bilan tenglashtiradi.
V.Petti iqtisodiyot tarixida qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini ta’riflaydi.
“Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir” degan fikrni bildiradi. Qiymatni
aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushunadi.

Qiymat miqdori narxga aylanishi bilan u zarur munosabat ma’lum bir tovarning

undan tashqaridagi pul tovarga nisbatan almashuv munosabatda yuz berishini
ta’kidlaydi. Ko‘rib turganingizdek, narx bilan qiymat miqdorining bir-biriga miqdor
jihatidan muvofiq kelmay qolishi mumkinligi narxning o‘z shaklidayoq mavjud
bo‘lishini qayd etadi.


background image

469

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Kembrij maktabi asoschisi A.Marshall narx nazariyasi bo‘yicha so‘z yuritar

ekan, mazkur nazariya uning nazariy mulohazalari markazida turadi. Ma’lumki,
zamonaviy iqtisodiy nazariyada A.Marshalning narx to‘g‘risidagi konsepsiyasi keng
tarqalgan. A.Marshall narx konseptsiyasini yoritishda A.Smit, D.Rikardo, J.B.Sey,
Ye.Bem-Baverk, D.Loderdeyllarning nazariy qarashlariga tayandi. U naflilik, ishlab
chiqarish sarf-xarajatlari, talab va taklif kontseptsiyalarini narx nazariyasida
umumlashtirdi. Ammo u qiymatning mavjudligini rad etadi, biroq u “qiymat” va
“bozor qiymati” iboralaridan foydalandi. A.Marshall bir qator iqtisodchi olimlar
tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni o‘rganib, qiymat naflilik yoki ishlab
chiqarish sarf-xarajatlari asosida tartibga solinadimi, degan masala xususida qiymat
sarf-xarajatlarning naflilikka nisbati ekanligini ta’kidlaydi. Shuningdek, u narx
ayirboshlash qiymatni tashkil etib, boshqacha qilib aytganda, mahsulotni sotib olish
qobiliyatini aks ettiradi. Bu yerdan xulosa narx sotib olinadigan tovar uchun
mo‘ljallangan tegishli pul miqdori sifatida aniqlanadi.

A.Marshall qiymat va narx kategoriyalarini aynan bir narsa deb ko‘rsatib, aslida,

qiymatni tenglashtirib qo‘ydi va narxni bozor munosabatining eng muhim elementi deb
hisobladi. Obyektiv qiymat kategoriyasi o‘rniga Marshall o‘rtacha narxning subyektiv
kategoriyasidan foydalandi, bu narsa uning nazariyasida muvozanat narxi rolini
bajaradi. Marshallning nazariyasi sintetik nazariya nomini oldi, chunki muallif o‘z
nazariyasida o‘zidan avvalgi mavjud narx nazariyalari – “eng yuqori naflilik”, ishlab
chiqarish xarajatlari, talab va taklif nazariyalarini birlashtirib, ularning hammasini
to‘g‘ri deb ko‘rsatdi. U qiymat va narx kategoriyalarini aynan bir narsa deb ko‘rsatadi.
Shuningdek, u narx bozor iqtisodiyotining eng muhim elementi deb hisoblaydi.
Marshall obyektiv qiymat kategoriyasi o‘rniga narxning subyektiv kategoriyasidan
foydalandi. Buning asosida u iqtisodiy jarayonlar muvozanat bozor narxlari atamasi
bilan izohladi.

Fransuz klassik iqtisodchilaridan bo‘lmish P.Buagilber ham narx nazariyasiga

hissa qo‘shgan bo‘lib, u o‘z e’tiborini narxlarni belgilashda optimal narxning paydo
bo‘lishiga qaratdi. Bu narxlar har bir sohadagi o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlarini
qoplashi va ma'lum kirim, sof foyda keltirishi lozim. Shuningdek, uning asosida
tovarlarni sotish jarayoni bekamu-ko‘st davom etishi va barqaror iste'mol talabi
qondirilishi kerak.

Nihoyat P.Baugilberning fikricha, optimal narxlar asosida to‘lov muomalasini

bajarishi va odamlar ustidan hukmronlik, zo‘ravonlik qila olmasligi zarur. Olimning
fikricha, bunday narxlar raqobat erkinligi sharoitida stixiyali ravishda vujudga keladi.
U, Fransiyadagi erkin raqobat sharoitining buzilishi donga maksimal narxlarning
qo‘yilganligidir, deydi. Olimning fikricha, donga erkin narxlar belgilansa, narxlar bir


background image

470

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

muncha oshadi, bu dehqonlarning daromadini oshiradi va ularning sanoat tovarlariga
talabini ko‘taradi, oqibatda bu mahsulotlarni ishlab chiqarish ortadi.

A.Smit qiymatning mehnat nazariyasini chuqur va to‘laroq ishlab chiqdi. U

tovarning bozor va tabiiy yoki haqiqiy narxlarini farqlaydi, haqiqiy narxni qiymat bilan
aynan bir narsa deb tushunadi. “Qiymat” so‘zi olimning fikriga ko‘ra, ikki xil
mazmunga ega. Bir so‘z buyumning nafliligi balki (qiymati) hamda uni boshqa
buyumga almashish qobiliyati belgilanadi. Demak, u iste’mol va almashuv
qiymatlarini farqlagan.

Narx tizimi bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy tashkiliy vazifani o‘taydi.

Tadbirkor va iste'molchilar tovarning narxiga qarab o‘zlarining ehtiyojlarini qondira
oladigan, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqara oladigan mahsulotni tanlash imkoniga
ega bo‘ladilar. Mahsulot narxida sotuvchi, xaridor, tadbirkor, jamoa manfaatlari
mujasamlanadi.

Bozorda muvozanatlashgan narx asosiy o‘rin egallab, u talab narxi va taklif narxi

o‘rtasida vujudga keladi. Bu yerda har bir tovarga bo‘lgan talab narxi – bu ma’lum bir
tovarni belgilangan muddat ichida o‘ziga iste'molchilarni jalb qilish imkoniga ega
bo‘lgan narxdir. Talab narxi tovarga bo‘lgan taklifning ortishi bilan kamaya boradi.
Taklif narxi belgilangan narxda konkret bozorga sotish uchun kelib tushgan tovar
hisoblanadi. Taklif narxida bozorga kelib tushayotgan mahsulotning kamayishi,
qisqarishi natijasida narx pasayishi yoki ortishi mumkin. Shuningdek, bunda boshqa
sarf-xarajatlar ham inobatga olinadi.

Mahsulot ishlab chiqarishda turli mehnat va kapital shaklidagi xarajatlar amalga

oshiriladi. A.Marshall buni mahsulot ishlab chiqarish real sarf-xarajatlari deb atagan.

Narxlar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar bozorda 5 ta funktsiyani bajaradi.

1.

Bozor muvozanatini ta’minlash;

2.

Hisob-kitob, o‘lchov;

3.

Iqtisodiy tartiblash funktsiyasi;

4.

Raqobat vositasi;

5.

Ijtimoiy himoya funksiyasi [5].

Agar iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishi tarixiy bosqichlarini e'tiborga

olinsa, dastlab narxning mohiyati qiymatning mehnat nazariyasi asosida ochib
berilgan. Uning ishlanmasiga A.Smit, D.Rikardo, ahamiyatli hissa qo‘shganlar.
Mazkur nazariyaning mohiyati shundan iboratki, narx tovar qiymatining puldagi
ifodasi hisoblanadi. Ya’ni, bu o‘rinda qiymat ushbu tovarni ishlab chiqarishga
sarflangan ijtimoiy zaruriy jonli va buyumlashgan mehnat sarflari yig‘indisidan
iboratdir. Bu esa narxning qiymat paradigmasi hisoblandi. Narxning yana ikkita
paradigmasi mavjud: iste’mol va almashuv.

Iste’mol yoki subyektiv-psixologik paradigma tovar narxi bilan uning mehnat

sarflari o‘rtasidagi aloqani inkor etadi. Bunda ko‘plab tovarlarning narxlari ishlab


background image

471

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

chiqarish xarajatlaridan ahamiyatli darajada farq qilishi, iste’mol qilinayotgan
ne’matlarning ba'zi birlari esa umuman hech qanday mehnat sarfini taqozo etmasligiga
asoslaniladi (masalan, atmosfera havosidagi kislorod). Bu paradigmaga asosan,
narxning asosi bo‘lib tovarning subyektiv nafliligi, uning iste’mol qiymati xizmat
qiladi. Narx faqat sub'ektiv ravishda xaridor va sotuvchi o‘rtasida belgilanadi. Narx
iste'mol qiymatining puldagi ifodasini aks ettiradi. Mazkur paradigmaning nisbatan
taniqli konsepsiyasi sifatida so‘nggi qo‘shilgan foydalilik nazariyasini keltirish
mumkin.

Narxning almashuv paradigmasi qiymat va iste’mol nazariyalarini inkor etadi.

Almashuv paradigmasiga ko‘ra narx to‘laligicha bozordagi talab va taklifning nisbati,
ya’ni mazkur tovarning muayyan miqdordagi boshqa tovarga yoki tovarning umumiy
ekvivalenti bo‘lgan pulga almashina olishi qobiliyati bilan izohlanadi. Talabning
ko‘payishi hamda taklifning kamayishi bilan narx oshar va aksincha ekan, u faqat
bozor konyunkturasini aks ettiradi va mehnat sarfi hamda iste’mol qiymati miqdoriga
bog‘liq bo‘lmaydi. Turli modifikatsiyalarda mazkur paradigma bozor raqobati
nazariyalarida uchraydi. Almashuv paradigmasi doirasida narx tovar almashuv
qiymatining puldagi ifodasini namoyon etadi.

Hozirgi iqtisodiy islohotlar davrida ham narx va narxlarni shakllanishi

masalalarini iqtisodiy jihatdan o‘rganish, ularga ta'sir qiluvchi omillarni baholash
muhim ahamiyat kasb etadi.

Ba’zan narx va uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar xorijiy va mahalliy

iqtisodiy adabiyotlarda go‘yo aniq va ravshan qilib berilgandek, ko‘rinsa-da, ammo
ular to‘g‘risida bunday fikr yuritish bir muncha munozarali ko‘rinadi.

Ma’lumki, narxning iqtisodiy mohiyati va uning shakllanishida turli omillar

ta’sir etadi. Ushbu omillarni to‘liq tushunish, tahlil etish va to‘g‘ri talqin qilish
narxning vujudga kelish va foydalanish jihatlarini to‘g‘ri tushunishda alohida ahamiyat
kasb etadi.

Agar ushbu holatlar bo‘yicha alohida to‘xtaladigan bo‘lsak, narxlar bir qator

omillar ta’sirida shakllanib boradi. Shu o‘rinda akademik M.Sh. Sharifxo‘jayev, prof.
O‘lmasovlar narxning shakllanishiga quyidagi omillar ta'sir etishini aytib o‘tganlar [7]
(1- rasm.) asosiy omil sifatida yuzaga chiqishini qayd etganlar.


background image

472

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

1- rasm. Narxga ta’sir etuvchi omillar [7]

Iqtisodchi olimlarimizdan Shodmonov Sh, Alimov R, Jo‘rayev T narxga ta’sir

etuvchi omillarni quyidagicha aks ettirganlar (2- rasm.):

2- rasm. Narxga ta’sir etuvchi omillar [8]

Len Rodjersning fikriga ko‘ra “tovar ishlab chiqaruvchilar narxni belgilanishiga

quyidagi omillar ta’sirida qiymat, harajat, raqobat, maishiy rag‘batlantirish, jamoat
fikri, xizmat ko‘rsatish ta'siri kabi omillar asosida yuz beradi” [9] deb ko‘rsatadi.

Shuningdek, xorijlik iqtisodchi olimlardan sanalgan P.Samuelson ilmiy

tadqiqotlarida narxlarning muvozanatligi milliy bozorlarga bog‘liqligini asoslandi.
Unda muallif transport xarajatlari, shuningdek turli bozorlardagi bir vaqtning o‘zida


background image

473

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

mahsulotning oldi-sotdi operatsiyalari muvozanatli narxlarni o‘rnatishga ta'siri hamda
uning xalqaro va milliy narx tizimiga ta'siri kabi masalalar tadqiq qilindi [10].

Ta’kidlash o‘rinliki, yana bir gurux xorijlik iqtisodchi olimlar T.Takayama va

J.Dodja o‘z tadqiqotlarida narxlarning bozor muvozanaligiga ta'sirini tizimlashtirish
tahlili orqali ochib berishga urinishgan. Xususan, ular tadqiqotlarida turli bozorlarda
mahsulot to‘yinishi va kamyobligi hamda mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan
yetkaziladigan tovarlarning kam yoki ko‘p yetkazilishi natijasida buzilishi mumkin.
Bunda albatta davlat aralashuvi natijasida muvozanatlik qisman tiklanadi [11].

Zamonaviy qarashlarda xorijlik yana bir iqtisodchi olim M.Kalkuxla iqtisodchi

olim P.Samuelsonning narx kategoriyasi bo‘lgan yondashuvini takomillashtirishga,
uning xalqaro va milliy bozor muvozanatli narxiga ta’sirini tadqiq qilgan. U turli
matematik tengliklar orqali uning o‘rnatilishi va ta’sir etuvchi omillariga alohida
qonuniyatlar orqali tushuntirib berishga harakat qilgan. Xalqaro va milliy bozor
muvozanatli narxiga mamlakat zaxirasidagi tovarlar miqdori, mamlakat savdosining
rivojlanish darajasi, uning hamkorlik aloqalari hamda iqtisodiyotda faoliyat
yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar iqtisodiy faoliyati samaradorligi ta’sir etadi
deb ko‘rsatib o‘tadi [12].

XULOSA

Yuqorida narx kategoriyasi bo‘yicha nazariy qarashlar evoyutsiyasi taxlilidan

kelib chiqib, quyidagi x ulosalarni keltirish mumkin:

Birinchidan, taxlillar shuni ko‘rsatadiki, narxning muvozanatli darajasining

o‘rnatilishi har qanday davlatning rivojlanganlik darajasi ta’siri, olib borilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy siyosat hamda iqtisodiyotning yetakchi kuchi sifatida faoliyat
yuritayotgan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga yaratilgan shart-
sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi. Raqobat muhitining yaratilishi milliy bozorlardagi narxning
muvozanatligini ta'minlaydi.

Ikkinchidan, korxonalar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish uchun

sarflayotgan xarajatlarning optimallashtirilishi. Ta’kidlash o‘rinliki, zamonaviy bozor
iqtisodiyoti sharoitida yangi raqamli texnologiyalardan samarali foydalanmaslik
ma’lum tarzda mahsulot tannarxini keskin oshishiga hamda narxlarning o‘sishiga olib
keladi.

Uchinchidan, iqlim o‘zgarishlari va har bir davlat urf-odatlari, qadriyatlarini

hisobga olish. Agarda iste'molchilik talabi chuqur o‘rganilmasa, iqlimning
o‘zgarishiga ko‘ra mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning bozorbop
yo‘nalishiga o‘tmaslik ma’lum davrda ayrim mahsulotlar narxining o‘sishi hamda
ayrimlarining zaxirada qolib ketishiga olib keladi.

To‘rtinchidan, davlat tomonidan olib borilayotgan moliya-kredit sohasidagi

mexanizmning samaradorligi. Bozordagi narxlarga mamlakatda yoki boshqa


background image

474

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

mamlakatlarda olib boriladigan moliya-kredit sohalaridagi o‘zgarishlar ham narxlarga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, moliya bozorlaridagi, valyuta
birjalaridagi holatlarni bunga misol qilishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

https://www.gov.uz/uz/news/view/26071

2.

Всемирная история экономической мысли. В 6 т. Т1. / МГУ им.

М.В.Ломоносова.

-

М.: Мысль, 1987, с.131.

3.

Бартенев С.А. История экономических учений: учебник.

М.:

Экономист, 2005, с.33.

4.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. Islomov A., Egamov E.

Toshkent moliya instituti. Toshkent, 2001.

5.

Маршал А. Прибыль на капитал и предпринимательские способности.

Принципы политической экономии. Т.3.

-

М.: Наука,1984. 8

глава.

6.

Сариков Э., Маматов М. Иқтисодиёт ва бизнес асослари. Ўқув

қўлланма.

-

Т.: «Шарқ» нашриёти, 1997

. - 24-25-

б.

7.

O‘lmasov A,Sharifxo‘jayev M. Iqtisodiyot nazariyasi «Noiqtisodiy o‘quv

yurtlariga darslik – T.: Mehnat 1995. 295 b.

8.

Шодмонов Ш, Алимов Р, Жўраев Т. Иқтисодиёт назарияси

Т.: “Молия”

нашриёти,2002

-168-

169 б.

9.

Роджерс Л. Маркетинг в малом

бизнесе: Пер. С англ./Под ред. Л.Г.

Зайцева, М.И. Соколовой

М.: Аудит, ЮНИТИ,

1996 –

с. 95

-96.

10.

Samuelson, P. Spacial price equilibrium and linear programming //

American Economic Review. -

№ 42.

- 1952. - P. 283-303.

11.

Takayama, T., Judge G. Spatial and temporal price allocation models. –

Amsterdam: NorthHolland Pub. Co. 1971. -

Р. 528.

12.

Kalkuhl, M. How Strong Do Global Commodity Prices Influence Domestic

Food Prices? A Global Price Transmission Analysis. Selected Paper prepared for
presentation at the Agricultural & APlied Economics Association’s 2014 AAEA
Annual Meeting, Minneapolis, MN, July 27-29, 2014. Available at:

http://ageconsearch

.

umn.edu/bitstream/169798/2/Manuscript%20-%20Global
_Transmission_Analysis.pdf. (

дата обращения: 3.10.2017).

- P. 5.