Современные тенденции развития цифровизации в сфере юстиции

CC BY f
79-82
32
27
Поделиться
Тухтаев, С. (2022). Современные тенденции развития цифровизации в сфере юстиции. Современные тенденции развития цифровизации в сфере юстиции, 1(1), 79–82. https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-1-8-MTDDFJ-2021-pp79-82
Сардор Тухтаев, Университет мировой экономики и дипломатии

студент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Основными направлениями деятельности Минюста являются укрепление законности и правопорядка в стране с участием правоохранительных органов и государственного управления, а также долгосрочные организационные планы мероприятий по комплексной государственной программе общеправовых образование, разрабатывает и контролирует его выполнение. Требует правовой статистики от всех государственных и иных органов, дает методические указания по ведению и анализу статистической отчетности по этим вопросам, информирует Олий Мажлис Республики Узбекистан и Президента Республики Узбекистан о правовой защите граждан и их информирует вас о статусе юридической помощи. При проведении такой деятельности, конечно, важно, чтобы не было проблем, чтобы качество работы было хорошим, чтобы цифровизация в сфере юстиции была надежной и быстрой. В этой статье представлены идеи и размышления о текущих тенденциях развития цифровизации в сфере юстиции.

Похожие статьи


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

79

To‘xtayev Sardor Sulton o‘g‘li

Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti talabasi

ADLIYA SOHASIDA RAQAMLASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISHNING

ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Tuxtayev Sardor Sulton ugli

Student of University of world economy and diplomacy

MODERN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF DIGITALIZATION IN

THE FIELD OF JUSTICE

Тухтаев Сардор Султон угли

Студент университета мировой экономики и дипломатии.

СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ЦИФРОВИЗАЦИИ

В СФЕРЕ ЮСТИЦИИ

Annotatsiya.

Adliya vazirligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bu huquqni

muhofaza qilish organlari va davlat boshqaruvi organlari ishtirokida respublikada

qonunchilik jarayoni qonuniyligini va huquq-tartibot mustahkamlashini

ta’minlash, shuningdek, huquqiy umumiy ta’limning kompleks davlat dasturi

bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarning uzoq muddatli rejalarini ishlab chiqadi va

uning ijrosini nazorat qiladi. Barcha davlat va boshqa organlardan huquqiy

statistika ma’lumotlarni talab qilib oladi, ushbu masalalar bo‘yicha statistik

hisobotning yuritilishiga va tahlil qilishga uslubiy rahbarlik qilishni ta’minlaydi,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini

fuqarolarni huquqiy himoya qilinganligini va ularga yuridik yordam

ko‘rsatishning ahvoli to‘g‘risida xabardor qilib turadi. Bu kabi faoliyatni amalga

oshirish vaqtida, albatta, turli xildagi muammolar kelib chiqmasligi, olib

borilayotgan ishlarning sifatli bo‘lishida ham, ishonchli va tezkorlikda Adliya

sohasida raqamlashtirish muhim sanaladi. Ushbu maqolada Adliya sohasida

raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari haqida fikr va

mulohazalar qilinadi.

Kalit so‘

zlar:

Adliya sohasi, raqamlashtirish jarayoni, zamonaviy

tendensiyalar, ishonchlilik, tamoyil, fuqarolar huquqlari, faoliyat.

Ma’lumki, Adliya vazirligi o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining

topshiriqlari bo‘yicha va o‘z tashabbuslariga ko‘ra, qonunchilik va normativ

huquq aktlarining loyihalarini ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun

tegishli organlarga kiritadi, yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning loyihalari


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

80

yuzasidan yuridik xulosalar beradi, respublika qonunchiligini tartibga solish

bo‘yicha ishlarni olib boradi, ularga o‘zgarishlar yoki qo‘shimchalar kiritishga

oid takliflarni tayyorlaydi.

Oʻzbekisto

n Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga

oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish

chora-

tadbirlari toʻgʻ

risida” gi F

armoni eʼlon qilindi

.

Bugungi kunda mamlakatimizda tub islohotlar davrida adliya idoralariga

tobora masʼuliyatli va muhim vazifalar yuklanmoqda. Xususan, yagona davlat

huquqiy siyosatini tashkil etish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish,

fuqarolarga malakali yuridik yordam koʻrsatish borasida adliya organlari va

muassasalari f

aoliyati oʻziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Farmonda ularning

ushbu yoʻnalishdagi ishlarini yanada rivojlantirish bilan birga, hozirgi karantin

sharoitida adliya idoralari faoliyatini masofaviy tarzda tashkil etish maqsadida

sohaga raqamli texnologiyalarni

keng joriy etishga eʼtibor qaratilgan.

Taʼkidlash joizki, adliya idoralarining raqamli texnologiyalar yordamida

faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun zarur qonunchilik bazasi

shakllantirilmoqda. “Harakatlar strategiyasi”da koʻrsatib oʻtilgan is

lohotlarni

toʻlaqonli amalga oshirish va belgilangan maqsadlarga erishishda Adliya

vazirligining institutsional asoslari va faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha bir qator

tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu borada Davlat xizmatlari

ag

entligi faoliyatini misol sifatida keltirish mumkin. Rivojlangan davlatlarning ilgʻor

tajribalariga nazar solsak, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davlat

organlari faoliyatida katta oʻrin tutishini koʻrishimiz mumkin.

Adliya idoralari nufuzini yuksaltirish, fuqarolarning huquq va

manfaatlarini toʻliq roʻyobga chiqarish uchun toʻsqinlik qilayotgan byurokratik

holatlarni yoʻqotish, raqamli texnologiyalar asosida koʻrsatiladigan xizmatlar

sonini oshirish, shu jumladan, maʼmuriy tartib

-taomillar sohasini

ilgʻor xorijiy

tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida muntazam ravishda

takomillashtirib borish kabi vazifalarni bajarish zamon talabidir. Farmonda

adliya organlari va muassasalari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy

etish hamda davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali “virtual adliya” tizimini

ishga tushirish vazifasi qoʻyilgan.

Mamlakatimizda ham so‘nggi yillar davomida deyarli barcha soha va

tarmoqlarda allaqachon zamonga moslashish, uning talablaridan chetda

qolmaslik uchun ham raqamlashtirish jarayoni davlat masalasiga ko‘tarildi.

Ko‘plab hujjatlar elektronlashtirishni boshladi, shu jumladan, bu kabi

tashabbuslar Adliya vazirligi faoliyatiga ham tatbiq etila boshlandi. Bu esa,

avvalo, Adliya faoliyatidagi muammolarning bartaraf etilishida dasturulamal

bo‘ldi, deb bemalol aytish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi bilan

Adliya vazirligi doimiy amaliy aloqada bo‘ladi. Bu jarayonda ham

raqamlashtirish tufayli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish

uchun kiritilgan qonun loyihalariga o‘z takliflarida ham elektron va raqamli

tizimning samarasi mavjud.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

81

Bugungi kunda jahonda raqamli transformatsiya hali davom etmoqda.

Hatto,

ilgʻor ma

mlakatlarda ham bu jarayon tugallanmagan va raqamlashtirish

darajasi tarmoqdan tarmoqqa qadar juda kuchli oʻzgarib boradi. Baʼzi sohalar

allaqachon axborot texnologiyalarining anchagina taʼsiriga uchragan (moliyaviy

xizmatlar, telekommunikatsiyalar, reteyl (chakana savdo), media sektori),

boshqalari esa bu yoʻlning boshida turibdi va raqamli texnologiyalarni ayrim

jarayonlargagina (neft-

gaz va togʻ

-

kon tarmogʻi, qishloq xoʻjaligi, mudofaa

sanoati) joriy etmoqda. Bu bilan birinchilardan boʻlib jadal transfor

matsiyalash

ular uchun raqobatbardosh

likning garovi boʻlgan korxonalar shugʻullana

boshladilar. Internetning barcha yerda tarqalishi esa raqamli servislarning

paydo boʻlishiga imkon berdi. Bu kabi raqamlashtirish jarayoni ham

mamlakatimizda jadallik bilan davom etayotgani amalda o‘z isbotini topmoqda.

Masalan, ko‘plab vazirlik va davlat tashkilotlari qatorida Adliya faoliyatida bu

jarayon boshlangan. Adliya vazirligining matbuot xizmati soha faoliyatini onlayn

tarzda yoritib borishi va ma’lumotlarning, bo‘layotgan jarayonning internet

orqali tezkor tarqalishini buning bir yaqqol misoli deb olsak bo‘ladi. Ammo

raqamlashtirish jarayoni bugun yoki ertaga to‘la amalga oshiriladi deb hech kim

aytolmaydi, eng muhimi esa, hozirda bu borada amaliy ishlar boshlangani va

hujjatlar va ma’lumotlarning, qisman Adliya sohasi faoliyatining elektron

tartibda amalga oshirilayotganini bemalol keltirishimiz mumkin. Bundan

tashqari, Oʻzbekistonda, menimcha, banklar, telekommunikatsiya va sugʻurta

kompaniyalari boshqalarga qaraganda ancha faolroq raqamli transformatsiyaga

oʻtmoqda,

chunki

ularda

daromadlilikning

muhim

koʻrsatkichlari

texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy etishga bogʻliq.

Ma’lumki, O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vaziri vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi, vazirlikka

yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

O‘zining o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi. Vazirlik faoliyatining

ayrim uchastkalarida va vazirlikka qarashli organlar ishiga rahbarlik qilishi

uchun ularning javobgarligining darajalarini belgilaydi.

Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri bo‘lmish, jamoat

birlashmalari ustavlarining, Respublika Vazirliklari, davlat qo‘mitalari va

idoralarining fuqarolar va respublikaning huquqlari va qonun manfaatlariga

daxl qiluvchi normativ huquqiy aktlarning O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar beradi,

ushbu xulosalar asosida ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini ham

soddalashtirish, ham fuqarolarga qulayliklarga yaratish maqsadida sohada

raqamlashtirish jarayoni olib borilmoqda. Aslida, biz XXI-asrni

nanotexnologiyalar, axborot kommunikatsion texnikalarsiz tasavvur qila

olmasligimiz bor haqiqat. Shu sababdan ham raqamlashtirilgan tizimga o‘tish bu

nafaqat ijtimoiy talab, balki zamon talabi ham deb aytish mumkin.

Adliya sohasi faoliyatida fuqarolarga va yuridik shaxslarga huquqiy

yordam berish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati uchun litsenziya (ruxsatnoma)

berishda, xalq xo‘jaligida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshirish,


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

82

uni yaxshilash yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chiqish, ishlarning qo‘yilishi

amaliyotini tekshirish va tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va

respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korxonalar, muassasalar,

tashkilotlar yuridik xizmatlarining ijobiy ish tajribalari joriy qilishi chora-

tadbirlarini ko‘rish, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatlarini huquqiy ta’minlashni

amalga oshirish kabi faoliyatlarning elektronlashtirishi albatta faqatgina

jamiyatimizning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.

Adliya vazirligiga yuklangan majburiyatlarni bajarishda, ya’ni vazirliklar,

davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyatlari bo‘yicha turdagi

korxonalar, tashkilotlardagi huquqiy ishlari holati va yuridik xizmatlar faoliyati,

shuningdek, vazirlikda ro‘yxatdan o‘tgan xo‘jalik birlashmalari, aksiyadorlik

jamiyatlari, birjalar, auditorlik firmalarining ustavlariga rioya etilganligini

nazorat qilishda, ulardan keyingi hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilish,

aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatilgan organlar va

korxonalarning rahbarlariga bir oy muddat ichida bajarishi shart bo‘lgan

talabnomalar yuborish, amaldagi qonunlarni buzganligi yoki o‘z rahbarlari bilan

yetkazilgan zararni davlatga yoxud korxonaga to‘lamagan mansabdor shaxslarni

belgilangan javobgarlikka tortish uchun yuqori turuvchi organlar yoki sudga

murojaat etishda ham zamonaviy tendensiyalar asosida tashkil etilgan va sohaga

tatbiq etilayotgan raqamlashtirilgan tizimdan foydalanish natijasida ish

samaradorligi ham yuqori bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, Farmonning qabul qilinishi adliya idoralari

faoliyatida raqamli texnologiyalar joriy etish ko

ʻrsatkichlarini yanada oshirish,

malakali va sifatli davlat xizmati, jumladan, yuridik xizmat olishga boʻlgan fuqaro

va tashkilotlarning manfaatlarini taʼminlash darajasini yuksaltirish, adliya va

notariat faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish, adliya organlari oldida

turgan asosiy vazifalardan biri – davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda

samarali zamonaviy mexanizmlarni qoʻllashga imkon beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘

YXATI:

1.

Xojiyev Ye.T. Ma’muriy huquq. Adliya sohasini boshqarish. T.

«Ilm

-

ziyo».

2006-y. 417-bet.

2.

Otaxonov F.H. O‘

zbekiston Respublikasida yuridik xizmat. T., «Ilm

-

ziyo».

2006-y.

3.

Mirenskiy B.A., Raxmonqulov A.X. O‘zbekiston Respublikasining huquqni

muhofaza qiluvchi organlari. T., 2005-y. 77–

88 bet.

4.

https://zamin.uz/uz/jamiyat/78121

-adliya-vazirligi-va-tika-davlat-va-

yuridik-xizmatlarni-raqamlashtirish-sohasidagi-qoshma-loyihalarni-amalga-

oshirishni-rejalashtirmoqda.html.

5.

https://uza.uz/oz/posts/adliya

-idoralari-faoliyatida-raqamli-

texnologiyalarning-aham-22-05-2020.

Библиографические ссылки

Xojiyev Ye.T. Ma’muriy huquq. Adliya sohasini boshqarish. T. «Ilm-ziyo». 2006-y. 417-bet.

Otaxonov F.H. O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat. T., «Ilm-ziyo». 2006-y.

Mirenskiy B.A., Raxmonqulov A.X. O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari. T., 2005-y. 77–88 bet.

https://zamin.uz/uz/jamiyat/78121-adliya-vazirligi-va-tika-davlat-va- yuridik-xizmatlarni-raqamlashtirish-sohasidagi-qoshma-loyihalarni-amalga- oshirishni-rejalashtirmoqda.html.

https://uza.uz/oz/posts/adliya-idoralari-faoliyatida-raqamli- texnologiyalarning-aham-22-05-2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов