Цифровые технологии и цифровая судебная экспертиза

  • Республиканский центр судебной экспертизы имени Х.Сулеймановой при Министерстве юстиции Республики Узбекистан
  • Республиканский центр судебной экспертизы имени Х.Сулеймановой при Министерстве юстиции Республики Узбекистан
CC BY f
83-89
56
66
Поделиться
Якубов, М., & Кудратов, С. (2022). Цифровые технологии и цифровая судебная экспертиза. Современные тенденции развития цифровизации в сфере юстиции, 1(1), 83–89. https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-1-8-MTDDFJ-2021-pp83-89
Муроджон Якубов, Республиканский центр судебной экспертизы имени Х.Сулеймановой при Министерстве юстиции Республики Узбекистан

начальник, Отдел внедрения информационных технологий и инноваций 

Санжар Кудратов, Республиканский центр судебной экспертизы имени Х.Сулеймановой при Министерстве юстиции Республики Узбекистан

cтарший специалист, Организационно-контрольный и аналитический отдел 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье освещаются проблемы повышения эффективности и расширения возможностей судебно-экспертной деятельности на основе применения современных цифровых технологий. Рассмотрены цифровые технологии, используемые в современной экспертной практике. Отмечается, что внедрение современных технологий в экспертную практику происходит двумя путями: творческим использованием достижений математических, технических и естественных наук и приспособлением существующих цифровых технологий и информационных систем для нужд судебно-экспертной деятельности. Основное внимание в работе уделено перспективным направлениям цифривизации экспертной деятельности, к которым отнесены создание общей специализированной информационно-коммуникационной сети экспертных учреждений, разработка новейших методик судебных экспертиз, необходимых для борьбы с преступными проявлениями в сети Интернет, применение систем искусственного интеллекта, включая робототехнику. Автор отмечает проблемы, связанные с цифровизацией судебной экспертизы: процессуальные ограничения, быстрое развитие цифровых технологий и отставание инструментальных средств анализа данных, необходимость дальнейшего развития экспертных методик и обеспечения информационной безопасности судебно-экспертной деятельности, совершенствования подготовки судебно-экспертных кадров.

Похожие статьи


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

83

Yoqubov Murodjon G‘opirjonovich

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi

markazining Axborot texnologiyalarini va innovatsiyalarni joriy qilish bo‘limi boshlig‘i

Kudratov Sanjar Marupovich

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi

markazining Tashkiliy-nazorat va tahliliy bo‘limi katta mutaxassisi

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA RAQAMLI SUD EKSPERTIZA

Yakubov Murodjon Gopirjonovich

The Republican Center of Forensic Expertise named after Khadicha Sulaymonova under

the Ministry of Justice. Head of the Department for Implementation of Information

Technologies and Innovations.

Kudratov Sanjar Marupovich

The Republican Center of Forensic Expertise named after Khadicha Sulaymonova under

the Ministry of Justice. Senior Specialist of the Organizational Control and Analytical

Department.

DIGITAL TECHNOLOGIES AND DIGITAL FORENSIC EXAMINATION

Якубов Муроджон Гопиржонович

Республиканский центр судебной экспертизы при Министерстве юстиции

.

Начальник Отдела внедрения информационных технологий и инноваций.

Кудратов Санжар Марупович

Республиканский центр судебной экспертизы при Министерстве юстиции

.

Старший специалист Организационно

-

контрольного и аналитического отдела.

ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ЦИФРОВАЯ СУДЕБНАЯ

ЭКСПЕРТИЗА

Insoniyat taraqqiyotining eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan davri bu

XXI asr-axborot asridir. Ushbu asrda kompyuter vositalari va axborotlashtirish

jarayonlari kashf etilib insoniyat hayotining yengil bo‘lishi bilan birga tezkorlik

bilan axborot olishi, saqlashi, ulardan nusxa ko‘chirishi va unga taqiq qilish kabi

ko‘p masalalar o‘z yechimini topdi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan

bir qatorda bu sohada jinoyatchilikning o‘sib borayotgan va rivojlanayotgan

tendensiyasi mavjud.

Jinoyatlarni tergov qilish ancha mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Bu jinoiy

va jinoyat-protsessual huquq sohasidagi bilimlardan, shuningdek, fan,

texnologiya, san’at yoki hunarmandchilik sohasidagi bilimlarni o‘z ichiga olgan

maxsus bilimlardan foydalanishni talab qiladi.

Jinoyat protsessida maxsus bilimlardan foydalanishning muhim

protsessual shakllaridan biri bu sud ekspertizasi hisoblanadi.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

84

Ekspertizaning mohiyati jinoyat ishini to‘g‘ri hal etish uchun muhim

bo‘lgan faktik ma’lumotlarni aniqlash maqsadida moddiy ashyolarni,

shuningdek, turli hujjatlarni (shu jumladan, tergov harakatlari bayonnomalarini)

tahlil qilishdan iborat. O‘rganish natijalari bo‘yicha ekspert xulosa tuzadi, bu

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlaridan biridir.

Dastlabki tergov va sud tergovi davomida ham amalga oshiriladigan

protsessual harakat sifatida ekspertiza ma’lumotlarning belgilangan hajmi va

ahamiyati bo‘yicha so‘roqdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, sud-ekspertizasi amaliyoti soha sifatida turli xil

elementlarning murakkab tizimi bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi,

normativ tartibga solish, ekspert faoliyati subyektlarining holati va funksiyalari,

texnik vositalar va ilmiy asoslangan ekspert tadqiqotlarini o‘tkazish usullari.

Shuning uchun bunday murakkab, rivojlanayotgan tizimda zamonaviy texnik

vositalardan foydalanmasdan turib, rivojlanish mumkin emas, albatta, ular

kompyuter texnologiyalari va tizimlarini o‘z ichiga olishi kerak.

Hozirgi vaqtda zamonaviy kompyuter texnologiyalari juda yuqori darajaga

ko‘tarilganligi va ulardan foydalanishda ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda

odatiy operatsiyalarni ko‘p jihatdan avtomatlashtirish, murakkab va

mashaqqatli hisob-kitoblarning aniqligi va samaradorligini oshirish imkoniyatini

beradi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma’lum ekspertiza tadqiqotlarini

kognitiv jarayon sifatida aylantirish bo‘lsa, boshqa tomondan, uning

imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishga, shuningdek, olingan

ma’lumotlarning ilmiy asosliligini oshirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda qo‘llaniladigan ko‘p sonli ekspert tadqiqot usullarining har

biri, jumladan, kompyuterlardan foydalanish, o‘ziga xos va turli obyektlarni

o‘rganishda muayyan muammoni hal qilishga qaratilgan bo‘lishiga qaramay, ular

ham bir qator umumiy xususiyatlarga ega bo‘lib kelmoqda.

Ayni paytda telekommunikatsiya tizimlari, videoyozuvlarning raqamli

fonogrammalari, kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar bo‘yicha

tadqiqotlar jadal rivojlanmoqda, sud-ekspertizalarining boshqa turlarini

o‘tkazish usullarini takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Ekologik, suv

transporti, oziq-ovqat mahsulotlari kabi ekspertiza asoslari ishlab chiqilmoqda.

Sud-ekspertizasiga kompyuter texnologiyalarini joriy etilishi bu insoniyat

faoliyatining barcha sohalarini, ham kasbiy, shaxsiy, maishiy faoliyatni

kompyuterlashtirishning umumiy jarayoni bo‘lib qolmoqda.

Kompyuter texnologiyalari sud-ekspertizasi jarayonini ko‘p jihatdan

avtomatlashtirishga imkon berdi. Eksperimental ma’lumotlarni yig‘ish va qayta

ishlash, ma’lum formulalar va algoritmlar yordamida yordamchi hisob-

kitoblarni amalga oshirish, tasvirlarni tahlil qilish, individual ekspert

muammolarini hal qilishda va yangi usullarni joriy etdi va ekspert tadqiqotlari

metodologiyasini o‘zgartirdi.

Sud ekspertizasini rivojlantirish jarayoni bevosita tergov va sud

amaliyotining ehtiyojlariga bog‘liq. Aynan u jinoyatlarni tergov qilish uchun

muhim bo‘lgan holatlarni aniqlash uchun zarurligini yoki boshqa ilmiy

tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlaydi.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

85

Jamiyat rivojlanishining zamonaviy davri axborotlashtirish jarayoni bilan

ajralib turadi. Bugungi axborot davrida har qanday jamiyatda axborot hamisha

mamlakat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning tafakkuri va siyosiy saviyasining

shakllanishida asosiy vosita bo‘lib kelmoqda.

Jahonda kechayotgan globallashuv va integratsiya, mamlakatimizda olib

borilayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlarida axborotning ahamiyati, xususan,

axborot erkinligi va ochiqligi masalasi shaxs, jamiyat va davlat hayotida tobora

muhim ahamiyat kasb etib, zamonaviy axborot tizimining shakllanganligi har

qanday mamlakatning salohiyati va taraqqiyotini belgilovchi omil bo‘lib sanalmoqda.

So‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar ijtimoiy hayotga raqamli

texnologiyalarni faol joriy etish bilan birga aholining elektron xizmatlardan

foydalanish, davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazish

hamda aholining raqamli ko‘nikmalarini oshirish kabi ustuvor vazifalarni

belgilamoqda.

Shunga ko‘ra, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi

markazida ham zamon bilan hamnafas tarzda yangi innovatsion ishlanmalar,

axborot tizimlari keng joriy qilinmoqda. Bugungi kunda Markazda axborot

texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy etish, raqamli sud ekspertizasini tashkil

etishga mas’ul bo‘lgan alohida bo‘lim “Axborot texnologiyalarini va

innovatsiyalarni joriy qilish bo‘limi” faoliyat yuritmoqda.

So‘ngi yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi

markazida bir qancha yangi axborot tizimlari joriy etildi. Jumladan, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ–4125-son Qarori bilan

tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 20-bandi ijrosi yuzasidan avtomatlashtirilgan

axborot-qidiruv tizimlari va kompyuter dasturlari, elektron ma’lumotlar

bazalarini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Ushbu chora-tadbirlar dasturiga binoan sud ekspertiza muassasalarida

quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari va

kompyuter dasturlari, elektron ma’lumotlar bazalarini joriy etish ko‘zda tutilgan:

– sud ekspertlarining avtomatlashtirilgan ish o‘

rinlarini tashkil etish;

– ekspert xulosalarini ro‘yxatga olish va buyurtmachilarga yuborish,

shuningdek, sud ekspertlarining qo‘shimcha materiallar taqdim etilishini so‘rab

kiritgan iltimosnomalarini yuborish va ularni taqdim qilish muddatlarini

qisqartirish maqsadida idoralararo elektron hujjat aylanishi tizimini joriy qilish;

– ko‘rilayotgan ish natijasidan manfaatdor bo‘lgan tomonlardan birining

yoki boshqa shaxslarning foydasiga xulosa olish uchun sud ekspertiga ta’sir

ko‘rsatish holatlari, shuningdek, sud eksperti tomonidan korrupsiya holatlariga

yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tadqiqot obyektlarini shifrlash (kodlash) tizimini

to‘

liq joriy etish;

– sud ekspertizalarini o‘tkazish ketma-ketligi, shuningdek, ularning

muddatini to‘xtatish va uzaytirishni nazorat qilish imkoniyati.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

86

Ushbu chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, 2019-yil iyul – 2020-yil dekabr

oylari oralig‘ida “Sud ekspertizalari hisobi tizimi” axborot tizimini ishlab chiqish

va tegishli huquqni muhofaza etuvchi organlar bilan integratsiya qilish

belgilangan.

Axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha “Texnik topshiriq” ishlab chiqilgan

bo‘lib, ushbu “Texnik topshiriq”qa O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va

telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining

Texnik ko‘maklashish markazi DUK va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va

raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi tomonidan ijobiy xulosa

olingan.

Bugungi kunda elektron hujjatlar aylanish axborot tizimini ishlab chiqish

jarayoni yakunlanib, Markazda to‘liq ishga tushirildi. Tizim quyidagi modullardan

iborat:

administrator moduli;

kadrlar hisobini yuritish moduli;

– kadrlar hisobi bo‘yicha hisobotlar mo

duli;

– tadqiqot fayllarini tizimda ro‘yxatdan o‘

tkazish moduli;

tadqiqot fayllari harakati moduli;

tadqiqot fayliga ijrochi tayinlash moduli;

ekspertiza fayli tayinlash moduli;

ekspertiza xulosasini shakllantirish moduli;

– ekspertiza xulosasini rahbariyat bilan kelishish moduli

;

– hisobotlar moduli va boshqalar axborot tizimining asosiy vazifasi

quyidagilar hisoblanadi:

– RSEMda ekspertizalar hisobini yuritishning samarali va aniq boshqaruv

mexanizmini joriy qilish;

– sud ekspertizasi hisobini yur

itishni avtomatlashtirish;

sud ekspertizasini ijro qismida nazoratni kuchaytirish;

– axborot-tahlil faoliyatini samarasini rivojlantirish

– sud ekspertizasini o‘tkazishda tizimli tahlil va rejalashtirishni

tashkillashtirish;

– hisobot shakllantirish jara

yonini muqobillashtirish;

– xodimlar h

isobini yuritish;

– RSEM devonxonasi faoliyatini sud ekspertizasi hisobi qismida

avtomatlashtirish;

sud ekspertizasi harakati hisobini yuritish;

– ekspertlar faoliyatini sud ekspertizasi hisobini yuritish qismida

avt

omatlashtirish;

– avtomatik tarzda sud ekspertizalari bo‘yicha statistik va tasdiqlangan

hisobot shakllarini shakllantirish.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil

17-yanvardagi PQ–4125-son Qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning

19-bandiga ko‘ra Markaz rasmiy veb-sayti (sudex.uz) yangidan ishlab chiqildi.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

87

Mazkur veb-sayt Markaz faoliyatiga daxldor axborot va yangiliklarni maqola, xabar

va tahliliy materiallar shaklida yoritib borish, e’lonlar va boshqa ma’lumotlarni

ochiqlik tamoyili asosida ommaga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika

sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud

ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risi”da 206-son

Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda bugungi murakkab pandemiya

sharoitidan kelib chiqib “Elektron ta’lim platformasi” axborot tizimi ishlab

chiqildi.

Mazkur tizim quyidagi modullardan tashkil topgan:

– tinglovchilarni ro‘yxatdan o‘

tkazish moduli;

tinglovchilarni aktivatsiya hamda deaktivatsiya qilish moduli;

tinglovchilarni davomatini nazorat qilish moduli;

– tinglovchilarni kursni o‘zlashtirish ko‘

rsatkichini nazorat qilish moduli;

– tinglovchilarni tashkilotlari bo‘

yicha saralash moduli;

testlar moduli;

– video ma’

ruzalar moduli;

taqdimotlar moduli;

– sertifikatlar moduli.

Axborot makonida ma’lumotlar ko‘payib borgani sari kerakli ma’lum bir

kichik yo‘nalishga mo‘ljallangan ma’lumotlarni izlab topish, ulardan foydalanish

shunchalik qiyinlashib boraveradi. Ushbu muammoning yechimi sifatida axborot

portallaridan keng foydalaniladi.

Axborot portali – bu ma’lum bir mavzu bo‘yicha batafsil ma’lumot

beradigan katta internet-resurs. Axborot portali oddiy tematik saytdan farqli

o‘laroq, foydalanuvchilar bilan aloqa qilish, tematik pochta jo‘natmalari, qidirish

uchun vositalarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, tashrif buyuruvchilarga bir-biri

bilan, masalan, forumda yoki suhbatda muloqot qilish imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 11-fevraldagi

“Adliya vaziri tomonidan Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini

muvofiqlashtirish boshqarmasining 2020-yil yakuni bo‘yicha hisoboti natijalari

yuzasidan belgilangan topshiriqlarni 2021-yilda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l

xaritasi”ning 20-bandiga ko‘ra “Sud ekspertlik sohasiga zamonaviy axborot

texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish, shu jumladan, aholiga sud-

ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazishga qaratilgan sud-ekspertiza

axborot portalini yaratish” belgilab o‘tilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “sudexpert.uz” – axborot

portali ishlab chiqildi. Ushbu axborot portal quyidagi asosiy modullardan iborat:

– markaz tarixi haqida ma’

lumot;

– murojaatlarni ko‘

rib chiqish tartibi va muddatlari;

– markaz va uning viloyat bo‘limlaridagi laboratoriya va bo‘limlari haqida

ma’

lumot;

– sud-

ekspertiza sohasida akkreditatsiya;


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

88

– o‘tkaziladigan tadqiqot turlari haqida ma’

lumot;

markazga ishga qabul qilish tartibi;

– sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazi haqida ma’

lumot;

– nodavlat sud-

ekspertiza tashkilotini tashkil etish tartibi;

– nodavlat sud eksperti bo‘lish uchun qo‘yiladi

gan talablar;

– nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqot

turlari ro‘

yxati;

– ekspertiza tadqiqotini o‘tkazish uchun to‘lov narxlari haqida ma’lumot

va “sudexpert.uz” – axborot portali yaratilishi natijasida quyidagi natijalarga

erishiladi:

– aholiga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlar qulay shaklda

yetkaziladi;

– ma’lumotlar guruhlangan holda sodda foydalanuvchi interfeysida

joylashtiriladi;

– markaz tarixi, Markazda o‘tkaziladigan sud ekspertizasi va tadqiqot

turlari to‘g‘risida ma’lumotlar, davlat va nodavlat sud eksperti bo‘lish uchun

qo‘yiladigan talablar, tadqiqot o‘tkazish muddatlari va boshqa ko‘plab foydali

axborotlardan tashkil topadi.

Bugungi kunda axborot tizimlari bilan bir qatorda tezkor xabar almashish

vositasi messenjerlar ommalashib bormoqda. Yurtimizda ushbu

messenjerlarning eng mashhuri telegram bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya

vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi

markazi ham o‘zining telegram tarmog‘idagi rasmiy boti “@sudexuz_bot” va

kanaliga (t.me/sudexuz) ega.

Bundan tashqari, Markaz pulli xizmat uchun to‘lovlarni naqdsiz

ko‘rinishda qabul qilish uchun “payme” elektron pul o‘tkazmalari tizimiga

ulangan.

Sud-ekspertiza sohasidagi eng muhim va oxirgi qadamlaridan biri bu

“O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6256-son, 05.07.2021-y.) qabul

qilinganligi bo‘ldi.

Farmon bilan O‘zbekistonda sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning

2021−2025

-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi hamda konsepsiya bo‘yicha

2021−2023

-yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-martdan aholiga va vakolatli organlarga sud-

ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazish va axborot hamkorligining

barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan “E-ekspertiza” yagona elektron

axborot tizimi ishga tushiriladi.

Shu bilan birga, sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari

va innovatsiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:

sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va

innovatsiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi hamda sohada

zamonaviy axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishi bo‘yicha tegishli chora-

tadbirlarni amalga oshiriladi;


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

89

sud-ekspertiza muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari

va kompyuter dasturlari, elektron ma’lumotlar bazalarini joriy etish yuzasidan

takliflar ishlab chiqi

ladi;

davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza

tashkilotlarida axborot xavfsizligi, tizim va manbalarni himoyalash bo‘yicha “Axborot

xavfsizligi siyosati” tizimini ishlab chiqish hamda sud-ekspertiza faoliyatiga tatbiq

etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi hamda uning bajarilganligini tizimli ravishda

o‘

rganib boriladi;

sud-ekspertiza muassasalari va tashkilotlarini jihozlashga doir minimal

talablarni tizimli ravishda o‘rganib boriladi va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha

taklif

lar ishlab chiqiladi;

davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza

tashkilotlarida axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini va axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, rivojlantirish, ma’lumotlarni saqlash

va ularga ishlov berish, avtomatlashtirish masalasida maxsus dasturlar majmuini

ishlab chiqish va ularni sud-ekspertiza faoliyatlariga tatbiq etish bo‘yicha taklif va

ko‘

rsatmalar beriladi;

sud ekspertlari va ekspertiza to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov

berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, aholiga va vakolatli organlarga sud-

ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazish, ekspertiza harakatlarini amalga

oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini

ta’minlash uchun mo‘ljallangan “E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimi

ishlashi va undagi ma’

lumotlarni doimiy ravishda yangilanib boriladi;

“E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimi samarali, tizimli va uzluksiz

ishlashi uchun tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik o‘

rnatiladi;

davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza

tashkilotlariga axborot-kommunikasiya texnologiyalari va innovatsion

ishlanmalarni tatbiq etish borasida tegishli vazirlik va idoralar bilan o‘zaro

hamkorlik amalga oshiriladi.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, raqamli texnologiyalarni joriy etish

zarurati ekspert hal qilinadigan muammolari sonining kengayishi va

murakkabligi bilan bog‘liq. Hozirda ekspertiza amaliyotida qo‘llanilayotgan

texnologiyalarni kengaytirish va mukammallashtirish va, shu bilan birga,

raqamli texnologiyalarni sud-ekspertizasi ehtiyojlariga moslashtirish kerak. Bu

sohani yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari ekspert muassasalarining

umumiy ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya tarmog‘ini yaratish yo‘li

bilan foydalanilayotgan axborot tizimlarini integratsiyalash, internet

tarmog‘idagi jinoiy ko‘rinishlarga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan yangi

ekspertiza usullarini ishlab chiqish, eng so‘nggi texnologiyalardan

foydalanishdan iborat bo‘lib, raqamli texnologiyalar, shu jumladan, sun’iy

intellekt tizimlarini joriy etish kerak.

Библиографические ссылки

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов